Авторы

Биография автора

  • Лаззат Сайдалиэва , Ташкентский государственный педагогический университет
    преподавателя кафедры "Математика и методика ее преподавания в начальном образовании"

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.entrepreneurship-pedagogy.80720

Ключевые слова:

акмеологический подход ценности педагогика адаптация межкультурная коммуникация инновационные методы развитие

Аннотация

В данной статье с педагогической точки зрения анализируется формирование личностных ценностей у студентов-мигрантов на основе акмеологического подхода. В процессе адаптации к новой культурной среде студенты-мигранты испытывают потребность в самосознании, культурной интеграции и психологической адаптации, развитии личностных ценностей. В исследовании используются акмеологические принципы, изучаются факторы, влияющие на их интеллектуальные и нравственные компетенции, а также освещается процесс социализации посредством педагогических инноваций и интерактивных методов. Воспитательная поддержка, нравственная ориентация, принцип индивидуализации и психологическая поддержка служат укреплению учебной мотивации. Результаты исследования предоставляют научно обоснованные рекомендации по повышению эффективности работы со студентами-мигрантами. Акмеологический подход, современные технологии и психолого-педагогическая помощь играют важную роль в духовном и социальном развитии студентов-мигрантов.


background image



198

2025/№ 2

PEDAGOGIKA

AKESEOLOGIK YONDASHUVLAR ASOSIDA MIGRANT TALABALARDA

SHAXSIY QADRIYATLARNI SHAKLLANTIRISHNING PEDAGOGIK

ASOSLARI

SAYDALIEVA LAZZAT MUXTARALI QIZI

Toshkent davlat pedagogika universiteti

“Boshlangich talimda matematika

va uni o‘qitish metodikasi” kafedrasi o‘qituvchisi

E-mail:

lazzat.saydalieva@gmail.com

UDK: 37.091.3

https://orcid.org/0009-0004-5111-1621

Kalit so‘zlar:

akmeologik
yondashuv,
qadriyatlar,
pedagogika,
moslashuv,
madaniyatlararo
muloqot,
innovatsion
metodlar,
rivojlanish.

Annotatsiya:

Ushbu maqolada akmeologik yondashuv

asosida migrant talabalarda shaxsiy qadriyatlarning shakllanishi
pedagogik nuqtayi nazardan tahlil qilinadi. Migrant talabalar
yangi madaniy muhitga moslashish jarayonida o‘z-o‘zini
anglash, madaniy integratsiya va psixologik adaptatsiyani
boshdan

kechirib,

shaxsiy

qadriyatlarini

rivojlantirish

zaruriyatini his etadilar. Tadqiqotda akmeologik tamoyillar
qo‘llanilib, ularning intellektual va axloqiy kompetensiyalariga
ta’sir etuvchi omillar o‘rganiladi hamda pedagogik
innovatsiyalar va interfaol metodlar orqali ijtimoiylashuv
jarayoni yoritiladi. Tarbiyaviy qo‘llab-quvvatlash, axloqiy
yo‘naltirish, individualizatsiya printsipi va psixologik yordam
o‘quv motivatsiyasini mustahkamlashga xizmat qiladi. Tadqiqot
natijalari migrant talabalar bilan ishlash samaradorligini
oshirish uchun ilmiy asoslangan tavsiyalarni taqdim etadi.
Akmeologik yondashuv, zamonaviy texnologiyalar va psixo-
pedagogik yordam migrant talabalarning ma’naviy va ijtimoiy
rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi.








background image



199

2025/№ 2

ПЕДАГОГИЧЕСКИЕ ОСНОВЫ ФОРМИРОВАНИЯ ЛИЧНОСТНЫХ

ЦЕННОСТЕЙ У СТУДЕНТОВ-МИГРАНТОВ НА ОСНОВЕ

АКЦЕЕОЛОГИЧЕСКИХ ПОДХОДОВ

Ключевые слова:

акмеологический
подход, ценности,
педагогика,
адаптация,
межкультурная
коммуникация,
инновационные
методы, развитие.
инновационные
методы,
нравственное
развитие.

Аннотация:

В данной статье с педагогической точки

зрения

анализируется

формирование

личностных

ценностей

у

студентов-мигрантов

на

основе

акмеологического подхода. В процессе адаптации к новой
культурной

среде

студенты-мигранты

испытывают

потребность в самосознании, культурной интеграции и
психологической

адаптации,

развитии

личностных

ценностей. В исследовании используются акмеологические
принципы, изучаются факторы, влияющие на их
интеллектуальные и нравственные компетенции, а также
освещается

процесс

социализации

посредством

педагогических инноваций и интерактивных методов.
Воспитательная поддержка, нравственная ориентация,
принцип индивидуализации и психологическая поддержка
служат укреплению учебной мотивации. Результаты
исследования

предоставляют

научно

обоснованные

рекомендации по повышению эффективности работы со
студентами-мигрантами.

Акмеологический

подход,

современные технологии и психолого-педагогическая
помощь играют важную роль в духовном и социальном
развитии студентов-мигрантов.

AXIOLOGICAL APPROACHES TO THE FORMATION OF

PERSONAL VALUES IN MIGRANT STUDENTS: PEDAGOGICAL

FOUNDATIONS

Keywords:

acmeological
approach, values,
pedagogy, adaptation,
intercultural
communication,
innovative

Abstract:

In this article, the formation of personal values in

migrant students based on the acmeological approach is
analyzed from a pedagogical point of view. Migrant students, in
the process of adapting to a new cultural environment,
experience the need for self-awareness, cultural integration, and
psychological adaptation, as well as the development of
personal values. The study uses acmeological principles, studies


background image



200

2025/№ 2

methods,
development.

the

factors

influencing

their

intellectual

and

moral

competencies, and illuminates the process of socialization
through pedagogical innovations and interactive methods.
Educational support, moral guidance, the principle of
individualization, and psychological support serve to strengthen
learning motivation. The research results provide scientifically
based recommendations for increasing the effectiveness of
working with migrant students. The acmeological approach,
modern technologies, and psycho-pedagogical support play an
important role in the spiritual and social development of
migrant students.

KIRISH

Yangi O‘zbekistonda globallashuv sharoitida ta’lim sohasi doimiy o‘zgarish va

rivojlanish jarayonida bo‘lib, bu jarayon milliy va madaniy xilma-xillikning ortishiga
olib kelmoqda. Xususan, dunyo bo‘ylab turli davlatlardan kelgan migrant talabalar
sonining oshishi oliy ta’lim muassasalarida ularning samarali integratsiyasini
ta’minlash masalasini dolzarb qilib qo‘ymoqda. Migrant talabalar yangi muhitga
moslashish jarayonida nafaqat akademik bilimlarni egallash, balki ijtimoiy hayotga
singish, yangi madaniyatni qabul qilish va o‘z shaxsiy qadriyatlarini shakllantirish
ehtiyojini ham sezadilar. Shu sababli ta’lim tizimi migrant talabalar uchun samarali
pedagogik yondashuvlarni ishlab chiqish va joriy etish orqali ularning intellektual
hamda axloqiy rivojlanishiga ko‘mak berishi zarur.

Migrant talabalar bilan ishlashda ta’lim jarayonini ularning ehtiyojlari va

madaniy o‘ziga xosliklarini hisobga olgan holda tashkil etish muhim sanaladi.
Bunday talabalar turli madaniy muhitlardan kelgani sababli ularning qadriyatlar tizimi
ham turlicha bo‘lishi tabiiydir [1]. Shunday ekan, ularning shaxsiy qadriyatlarini
shakllantirish jarayoni doimiy pedagogik qo‘llab-quvvatlash va moslashtirishni talab
etadi. Bu borada aksiologik yondashuv samarali natijalar berishi mumkin, chunki u
talabalarning axloqiy va ijtimoiy rivojlanishini ta’minlashga yo‘naltirilgan tizimli
pedagogik metodlarni o‘z ichiga oladi.

Aksiologik yondashuv ta’lim jarayonida qadriyatlarning shakllanishi va

rivojlanishiga e’tibor qaratib, talabalarning shaxsiy o‘sishini ta’minlashga xizmat
qiladi. Ushbu yondashuv migrant talabalar uchun nafaqat kasbiy va akademik
muvaffaqiyatga erishish, balki yangi ijtimoiy muhitga moslashish hamda o‘z madaniy
va axloqiy qadriyatlarini mustahkamlash imkonini beradi. Shu bois, migrant talabalar
bilan ishlashda ularga mos keladigan pedagogik strategiyalarni ishlab chiqish muhim
ahamiyat kasb etadi [2].


background image



201

2025/№ 2

Ushbu tadqiqot migrant talabalar uchun shaxsiy qadriyatlarni shakllantirishda

aksiologik yondashuvning ahamiyatini ochib berishga qaratilgan. Tadqiqot natijalari
ta’lim muassasalari va pedagoglar uchun migrant talabalarni qo‘llab-quvvatlashda
samarali yondashuvlarni ishlab chiqishda foydali bo‘lishi mumkin.

ASOSIY QISM

Aksiologik yondashuvning mohiyati

Aksiologiya – qadriyatlarning tabiati, ularning jamiyat hayotidagi o‘rni va inson

shaxsiyatiga ta’sirini o‘rganadigan fan sohasi hisoblanadi. Ushbu yo‘nalish insonning
axloqiy, madaniy, estetik va ijtimoiy qadriyatlarini tahlil qiladi hamda ularning
shakllanish jarayonlarini o‘rganadi. Pedagogik nuqtayi nazardan, aksiologik
yondashuv o‘quvchilarga va talabalarga muhim qadriyatlarni singdirish, ularni
hayotiy tamoyillarga asoslangan holda tarbiyalash jarayonida muhim ahamiyat kasb
etadi.

Ta’lim tizimida aksiologik yondashuvning asosiy vazifasi insonning

fundamental qadriyatlarini aniqlash va ularni yosh avlod ongiga singdirishga
qaratilgan. Bu jarayonda nafaqat an’anaviy axloqiy tamoyillar, balki zamonaviy
jamiyatda dolzarb bo‘lgan universal qadriyatlar ham inobatga olinadi. Masalan,
insonparvarlik, hurmat, adolat, mas’uliyat va tolerantlik kabi qadriyatlar yoshlarning
shaxsiy rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Shu bois pedagogik jarayonda
aksiologik yondashuvdan samarali foydalanish talabalar ongida jamiyatga mos va
yo‘naltirilgan qadriyatlar tizimini shakllantirishga yordam beradi.

Migrant talabalar uchun aksiologik yondashuv alohida ahamiyatga ega. Ular

yangi madaniy va ijtimoiy muhitga moslashish jarayonida o‘z shaxsiy qadriyatlarini
yo‘qotmasliklari, shu bilan birga, yangi ijtimoiy normalarga moslashishlari zarur.
Migrant talabalar turli madaniy an’analarga ega bo‘lgani sababli ularning qadriyatlar
tizimi ham farqlanadi. Shu nuqtayi nazardan, ta’lim jarayonida migrant talabalar
uchun shaxsiy qadriyatlarning ahamiyatini tushuntirish, ularni jamiyatga integratsiya
qilish hamda o‘z madaniy merosini saqlab qolishiga ko‘maklashish muhim
hisoblanadi.

Aksiologik yondashuv migrant talabalar uchun shaxsiy identifikatsiyani saqlab

qolish va shu bilan birga, yangi muhitga moslashishga yordam beradigan samarali
pedagogik metodlarni taklif etadi. Ushbu yondashuv orqali talabalar o‘z madaniy
qadriyatlarini anglab yetishlari, ular bilan faxrlanishlari va, shu bilan birga, yangi
jamiyatdagi qadriyatlarni ham o‘zlashtirishlari mumkin. Bu jarayonda pedagoglarning
roli muhim sanaladi. Ular migrant talabalar uchun shunday ta’lim muhitini
yaratishlari kerakki, bunda talabalar o‘zlarini hurmat qilingan va qadrlangan deb his


background image



202

2025/№ 2

qilsinlar.

Umuman olganda, aksiologik yondashuv migrant talabalarni o‘z madaniyati va

jamiyat talablariga mos tarzda rivojlanishga yo‘naltiradi. Ushbu yondashuv orqali
ular nafaqat o‘z shaxsiy qadriyatlarini mustahkamlashlari, balki yangi ijtimoiy va
madaniy sharoitlarda muvaffaqiyatli faoliyat yuritish ko‘nikmalarini ham
shakllantirishlari mumkin. Shunday qilib, ta’lim jarayonida aksiologik yondashuvdan
samarali foydalanish migrant talabalar uchun nafaqat moslashuv jarayonini
yengillashtiradi, balki ularning shaxsiy va kasbiy rivojlanishiga ham katta hissa
qo‘shadi.

Migrant talabalarning qiyinchiliklari

Migrant talabalar ta’lim jarayonida turli xil qiyinchiliklarga duch kelishadi.

Ularning yangi ta’lim muhitiga moslashish jarayoni ko‘plab omillarga bog‘liq bo‘lib,
bu jarayon individual va jamiyat miqyosida qo‘llab-quvvatlanishni talab qiladi.
Migrant talabalar duch keladigan asosiy muammolar quyidagilardan iborat:

Madaniy farqlar:

Migrant talabalar o‘z ona yurti va yangi muhit o‘rtasidagi

madaniy tafovutni sezilarli darajada his qilishadi. Ularning o‘zlari bilan olib kelgan
urf-odatlari, qadriyatlari va madaniy an’analari ko‘pincha yangi jamiyat madaniyati
bilan farqlanadi. Ba’zi hollarda, bu farqlar migrant talabalar va mahalliy talabalar
o‘rtasida tushunmovchiliklarni keltirib chiqarishi mumkin. Ular yangi madaniyatga
moslashish jarayonida o‘z shaxsiy qadriyatlarini saqlab qolish va yangi muhitga
moslashish o‘rtasidagi muvozanatni topishga harakat qilishadi.

Til to‘sig‘i:

Yangi ta’lim muhitiga to‘liq moslashish uchun migrant talabalar

ta’lim olib boriladigan tilni mukammal bilishlari talab etiladi. Til bilish darajasi past
bo‘lsa, ular o‘qituvchilarni tushunishda, dars materiallarini o‘zlashtirishda va
imtihonlarda yaxshi natijalar ko‘rsatishda muammolarga duch kelishadi. Bundan
tashqari, til to‘sig‘i ularning mahalliy talabalar bilan muloqot qilishiga ham to‘sqinlik
qilishi mumkin, bu esa ijtimoiy integratsiya jarayonini murakkablashtiradi.

Psixologik bosim:

Migrant talabalar ko‘pincha yangi jamiyatga qo‘shilish

jarayonida o‘zlarini yolg‘iz his qilishadi. O‘z oilasidan uzoqda bo‘lish, qo‘llab-
quvvatlash tizimining yetishmasligi va yangi muhitga moslashish zarurati ularga
kuchli psixologik bosim yuklaydi. Ayrim migrant talabalar o‘zlarini jamiyatga kerak
emasdek yoki chetlatilgandek his qilishlari mumkin. Bu esa depressiya, tashvish va
o‘ziga ishonchsizlik kabi ruhiy muammolarni keltirib chiqarishi ehtimolini oshiradi.

Ijtimoiy integratsiya muammolari:

Migrant talabalar mahalliy talabalar bilan

o‘zaro muloqot qilishda qiyinchiliklarga duch kelishlari mumkin. Ularning madaniy
farqlari, til bilish darajasi va o‘zlarini begona his qilishlari ijtimoiy aloqalar o‘rnatish
jarayonini murakkablashtiradi. Ayrim hollarda, migrant talabalar kamsitilish yoki


background image



203

2025/№ 2

e’tiborsizlikka uchrashi ham mumkin, bu esa ularning yangi jamiyatga moslashishini
sekinlashtiradi.

Aksiologik yondashuv yordamida muammolarni yengish:

Aksiologik yondashuv

migrant talabalar duch keladigan qiyinchiliklarni yengishda muhim rol o‘ynaydi. Bu
yondashuv orqali talabalarga o‘z shaxsiy qadriyatlarini saqlab qolish va shu bilan
birga yangi ijtimoiy normalarga moslashish imkoniyati yaratiladi. Pedagoglar migrant
talabalar uchun inkluziv ta’lim muhitini yaratishlari, ularning madaniy o‘ziga
xosliklarini hurmat qilishlari va ularni ijtimoiylashuv jarayoniga jalb qilishlari
muhimdir [3].

Shuningdek, til o‘rganish bo‘yicha qo‘shimcha kurslar, psixologik yordam

markazlari va madaniyatlararo muloqotni rivojlantirish bo‘yicha maxsus dasturlar
migrant talabalar uchun qo‘llab-quvvatlovchi omillar bo‘lishi mumkin. Agar migrant
talabalar uchun mos shart-sharoitlar yaratilsa, ular yangi ta’lim tizimida yanada faol
ishtirok etishlari, ijtimoiy integratsiyani osonlashtirishlari va o‘z qadr-qimmatini
saqlab qolgan holda jamiyatga muvaffaqiyatli qo‘shilishlari mumkin.

Migrant talabalarda qadriyatlarni shakllantirishning pedagogik yo‘nalishlari

Migratsion jarayonlarda talabalar o‘z qadriyat tizimlarini rivojlantirish uchun

qo‘shimcha pedagogik qo‘llab-quvvatlashga muhtoj bo‘ladilar. Ularning yangi
madaniy muhitga moslashishi, til to‘sig‘ini yengib o‘tishi va jamiyatga
integratsiyalashuvi uchun maxsus pedagogik yondashuvlar zarur. Quyida migrant
talabalar uchun eng samarali pedagogik yo‘nalishlar keltirilgan.

1. Madaniy moslashuv va inklyuziv ta’lim.

Migrant talabalar o‘z madaniyatini saqlab qolgan holda yangi muhitga moslashishi

lozim. Buning uchun quyidagi pedagogik yondashuvlar qo‘llaniladi:

Madaniy almashinuv dasturlarini tashkil etish – turli millat vakillari bilan birga

tadbirlar va festivallar o‘tkazish orqali ularning madaniy merosini tanitish hamda
o‘zaro tushunishni rivojlantirish.

Mahalliy talabalar bilan hamkorlikdagi loyihalar va seminarlar – jamoaviy

ishlarda ishtirok etish orqali migrant talabalar jamiyat bilan yaxshiroq bog‘lanadi.

Multikultural muhit yaratish – turli madaniyat va millatlarga mansub talabalar

uchun ochiq va do‘stona o‘quv muhitini shakllantirish, bu orqali shaxsiy va milliy
identifikatsiyani qo‘llab-quvvatlash.

2. Til va kommunikativ ko‘nikmalarni rivojlantirish.

Migrant talabalar yangi ta’lim tizimiga muvaffaqiyatli qo‘shilishi uchun til va

kommunikativ ko‘nikmalarni mustahkamlash muhim:

Til kurslari va individual repetitorlik mashg‘ulotlari – yangi tilni tezroq

o‘zlashtirish uchun qo‘shimcha darslar tashkil etish.


background image



204

2025/№ 2

O‘zaro muloqotni rivojlantirish uchun interaktiv metodlardan foydalanish –

video roliklar, teatr sahnalari va rolli o‘yinlar orqali til muhitiga chuqurroq kirishish.

Jamoaviy ishlar orqali ijtimoiy faoliyatga jalb qilish – mahalliy va migrant

talabalar o‘rtasida do‘stona muhit yaratish uchun jamoaviy tadbirlar tashkil etish.

3. Qadriyatlar tizimini shakllantirish va mustahkamlash.

Migrant talabalar uchun nafaqat akademik bilimlar, balki axloqiy va ma’naviy

qadriyatlarni shakllantirish ham muhim:

Axloqiy va ma’naviy tarbiyaning ahamiyatini oshirish – migrant talabalarni

milliy va umuminsoniy qadriyatlar bilan tanishtirish.

Yetuk shaxs sifatida o‘zlarini namoyon qilishga ko‘maklashish – ularga o‘z

fikrlarini aniq ifodalash va mustaqil qaror qabul qilish qobiliyatini rivojlantirishda
yordam berish [4].

4. Psixologik va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash.

Migrant talabalar yangi muhitga moslashishda psixologik qo‘llab-quvvatlashga

ehtiyoj sezadilar. Ular uchun quyidagi yondashuvlar foydali bo‘lishi mumkin:

Maxsus maslahat markazlarini tashkil etish – psixologik va akademik qo‘llab-

quvvatlash xizmatlarini yo‘lga qo‘yish.

Psixologik trening va stressni kamaytirish usullarini o‘rgatish – stressni

boshqarish va o‘z-o‘zini motivatsiya qilish bo‘yicha maxsus mashg‘ulotlar o‘tkazish.

Mentorlik tizimi orqali individual yondashuvni yo‘lga qo‘yish – migrant

talabalarni tajribali talabalarga yoki o‘qituvchilarga biriktirish orqali ularga maslahat
berish va moslashuv jarayonini osonlashtirish.

5. Pedagogik texnologiyalar va metodlar.
Migrant talabalar bilan ishlash uchun quyidagi pedagogik texnologiyalar

samarali hisoblanadi [5]:

Faol ta’lim metodlari – muammoli ta’lim, loyihaviy ta’lim va tajriba asosidagi

ta’lim metodlari migrant talabalarni ta’lim jarayoniga faol jalb qilishga yordam
beradi.

Axborot-kommunikatsion texnologiyalar (AKT) – onlayn kurslar va virtual

seminarlar migrant talabalar uchun qo‘shimcha bilim olish imkoniyatini yaratadi.

Reflektiv pedagogika – talabalarning o‘z qadriyatlarini anglash va

mustahkamlashiga yo‘naltirilgan yondashuv bo‘lib, bunda ular o‘z hayotiy
tajribalarini tahlil qilib, kelajakda to‘g‘ri yo‘l tanlash ko‘nikmalarini shakllantiradilar.

Ushbu pedagogik yondashuvlar migrant talabalar uchun qulay va qo‘llab-

quvvatlovchi ta’lim muhitini yaratishga, ularning shaxsiy qadriyatlarini
mustahkamlashga va jamiyatga muvaffaqiyatli integratsiyalashuviga yordam beradi
[6].


background image



205

2025/№ 2

XULOSA

Migrant talabalar turli madaniy va ijtimoiy muhitlarga moslashish jarayonida

ko‘plab qiyinchiliklarga duch kelishadi. Ushbu muammolarni hal qilish va ularning
ta’lim jarayonida muvaffaqiyatli integratsiyasini ta’minlash uchun aksiologik
yondashuv muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu yondashuv migrant talabalar uchun
shaxsiy qadriyatlarni shakllantirish, ijtimoiy moslashuvni osonlashtirish va ularning
yangi jamiyatga qo‘shilish jarayonini yengillashtirishga xizmat qiladi.

Aksiologik yondashuv doirasida migrant talabalar uchun madaniy moslashuv,

til va kommunikativ ko‘nikmalarni rivojlantirish, qadriyatlar tizimini mustahkamlash
va psixologik qo‘llab-quvvatlash kabi yo‘nalishlar muhimdir. Madaniy almashinuv
dasturlari, jamoaviy loyihalar va inklyuziv ta’lim migrant talabalarni yangi muhitga
yaxshiroq moslashishiga yordam beradi. Til to‘sig‘ini yengish uchun maxsus kurslar
va interaktiv usullardan foydalanish esa ularning muloqot qobiliyatlarini oshiradi.

Shuningdek, migrant talabalar uchun axloqiy va ma’naviy qadriyatlarni

singdirish, ularni milliy va umuminsoniy qadriyatlar bilan tanishtirish, o‘zligini
anglashga yordam berish muhim ahamiyatga ega. Bunda reflektiv pedagogika va
mentorlik tizimi samarali natijalar berishi mumkin.

Barcha ushbu pedagogik yondashuvlar migrant talabalar uchun qo‘llab-

quvvatlovchi va qulay muhit yaratish, ularning shaxsiy va akademik rivojlanishini
ta’minlash,

madaniy

xilma-xillikni

qadrlash

va

ijtimoiy

integratsiyani

mustahkamlashga xizmat qiladi. Shu sababli migrant talabalarni ta’lim jarayoniga jalb
etishda aksiologik yondashuv asosiy tamoyillardan biri sifatida ko‘rib chiqilishi
lozim.

ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1.

Ананьев Б.Г. О проблемах современного человекознания. – М.: Наука,

1977.

2.

Бодалев А.А. Акмеология как учебная и научная дисциплина. – М.: Луч,

1993.

3.

Деркач А.А., Кузьмина Н.В. Акмеология: пути достижения вершин

профессионализма. – М.: РАО, 1993. – C. 32.

4.

Ситников

А.П.

Акмеологический

тренинг.

Теория,

методика,

психотехнологии. – М.: «Технологическая школа бизнеса», 1996. – C. 16-
17.

5.

Бодалев А.А. Акмеология как научная дисциплина. – М.: РАО, 1993. – C.

20.

Библиографические ссылки

Ананьев Б.Г. О проблемах современного человекознания. – М.: Наука, 1977.

Бодалев А.А. Акмеология как учебная и научная дисциплина. – М.: Луч, 1993.

Деркач А.А., Кузьмина Н.В. Акмеология: пути достижения вершин профессионализма. – М.: РАО, 1993. – C. 32.

Ситников А.П. Акмеологический тренинг. Теория, методика, психотехнологии. – М.: «Технологическая школа бизнеса», 1996. – C. 16-17.

Бодалев А.А. Акмеология как научная дисциплина. – М.: РАО, 1993. – C. 20.