Авторы

Биография автора

  • Наргиза Маҳмудова , Центр педагогического мастерства Хорезмской области
    заведующий кафедрой "Педагогика, психология и образовательные технологии," кандидат педагогических наук, доцент

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.entrepreneurship-pedagogy.80755

Ключевые слова:

педагогический метод лекционный метод дискурс метод колликву метод кейс-студе иллюстративный метод демонстрационный метод метод рассказа метод беседы метод

Аннотация

Педагогические методы - это совокупность методов организации обучающей деятельности учителя и учебно-познавательной деятельности учащихся для решения различных дидактических задач, направленных на усвоение изучаемого материала. Эффективное использование педагогических методов играет важную роль в демонстрации творческого потенциала учащихся в процессе урока и обеспечении их активного участия. Правильный выбор методов в педагогическом процессе демонстрирует умение эффективно использовать методы обучения. В данной статье освещаются методы, используемые в педагогическом процессе, и вопросы, связанные с их применением, а также излагаются важные мысли по этому вопросу. В педагогике существует ряд педагогических методов, активно используемых для развития учебно-познавательной деятельности учащихся и эффективной организации учебного процесса. В статье также показано теоретическое значение методов, применяемых в эффективном педагогическом процессе, проверенных на практике, и преимущества их использования.


background image



274

2025/№ 2

PEDAGOGIKA

PEDAGOGIK JARAYONDA METODLARDAN FOYDALANISHNING

NAZARIY AHAMIYATI

MAHMUDOVA NARGIZA DJUMANIYAZOVNA

Xorazm viloyati Pedagogik mahorat markazi

“Pedagogika, psixologiya va ta’lim texnologiyalari” kafedrasi mudiri

Pedagogika fanlari nomzod, dotsent

E-mail:

sabnas1@yandex.ru

Tel: +998883720155

UDK: 37.013.46

GHJ37.013.

46JKFFHHHJJ

https://orcid.org/0000-0002-1236-283X

Kalit so‘zlar:

pedagogik usul,
metod, ma’ruza
metodi, diskurssiya,
colliqua metodi,
case stude,
illyustratsiya
metodi,
demonstratsiya
metodi, hikoya
metodi, suhbat
metodi.

Annotatsiya:

Pedagogik

metodlar

o‘rganilayotgan

materialni egallashga yo‘naltirilgan turli didaktik vazifalarni
hal etish bo‘yicha o‘qituvchining o‘rgatuvchi faoliyati hamda
o‘quvchilarning o‘quv-bilish faoliyatini tashkil etish usullari
yig‘indisidir. Dars

jarayonida

o‘quvchilarning ijodiy

salohiyatini

namoyon

etib,

ularning

faol

ishtirokini

ta’minlashda pedagogik metodlardan samarali foydalanish
muhim ahamiyat kasb etadi. Pedagogik jarayonda metodlarni
to‘g‘ri tanlash ta’lim usullaridan unumli foydalanish
mahoratini namoyon qiladi. Mazkur maqolada pedagogika
jarayonida qo‘llaniladigan metodlar va ularni qo‘llashga oid
masalalar yoritilib, bu boradagi muhim fikrlar bayon etildi.
Pedagogikada o‘quvchilar yoki talabalarning o‘quv-bilish
faoliyatlarini rivojlantirish hamda dars jarayonini samarali
tashkil etishda faol qo‘llaniladigan bir qator pedagogik
metodlar mavjud. Shuningdek, maqolada tajribada sinalgan
samarali pedagogik jarayonda qo‘llaniladigan metodlarning
nazariy ahamiyati va ulardan foydalanishning afzalliklari ham
ko‘rsatib berildi.






background image



275

2025/№ 2

ТЕОРЕТИЧЕСКАЯ ЗНАЧИМОСТЬ ИСПОЛЬЗОВАНИЯ МЕТОДОВ В

ПЕДАГОГИЧЕСКОМ ПРОЦЕССЕ

Ключевые слова:

педагогический
метод, лекционный
метод, дискурс,
метод колликву,
метод кейс-студе,
иллюстративный
метод,
демонстрационный
метод, метод
рассказа, метод
беседы.

Аннотация:

Педагогические методы - это совокупность

методов организации обучающей деятельности учителя и
учебно-познавательной

деятельности

учащихся

для

решения различных дидактических задач, направленных
на усвоение изучаемого материала. Эффективное
использование педагогических методов играет важную
роль в демонстрации творческого потенциала учащихся в
процессе урока и обеспечении их активного участия.
Правильный выбор методов в педагогическом процессе
демонстрирует умение эффективно использовать методы
обучения. В данной статье освещаются методы,
используемые в педагогическом процессе, и вопросы,
связанные с их применением, а также излагаются важные
мысли по этому вопросу. В педагогике существует ряд
педагогических методов, активно используемых для
развития учебно-познавательной деятельности учащихся и
эффективной организации учебного процесса. В статье
также

показано

теоретическое

значение

методов,

применяемых в эффективном педагогическом процессе,
проверенных

на

практике,

и

преимущества

их

использования.

THEORETICAL SIGNIFICANCE OF THE USE OF METHODS IN THE

PEDAGOGICAL PROCESS

Keywords:

pedagogy
method, method,
lecture method,
discourse,
colliqua method,
case study,
illustration method,
demonstration

Abstract:

Pedagogical methods are a set of methods for

organizing the teacher’s teaching activity and the students'
educational and cognitive activity to solve various didactic
tasks aimed at mastering the studied material. Effective use of
pedagogical methods plays an important role in demonstrating
the creative potential of students in the lesson process and
ensuring their active participation. The correct choice of
methods in the pedagogical process demonstrates the skill of
effective use of teaching methods. This article highlights the


background image



276

2025/№ 2

method,
narrative method,
conversation
method.

methods used in the pedagogical process and issues related to
their application, expressing important ideas in this regard. In
pedagogy, there are a number of pedagogical methods that are
actively used in the development of the educational and
cognitive activity of pupils or students and the effective
organization of the lesson process. The article also shows the
theoretical significance of the methods used in the
experimentally tested effective pedagogical process and the
advantages of their use.

KIRISH

Pedagogik metod tushunchasi juda murakkab bo‘lib, pedagogikada uning aniq

talqini bo‘yicha munozaralar hanuz davom etmoqda. Ko‘pchilik mutaxassislar ta’lim
metodini o‘quvchilarning o‘quv-bilish faoliyatini tashkil etish usuli deb hisoblashga
moyildir. Shu fikrni boshlang‘ich nuqta sifatida qabul qilib, mazkur tushunchani
yanada batafsil ko‘rib chiqamiz hamda uning ilmiy ta’rifiga yaqinlashishga harakat
qilamiz.

“... Ta’lim metodlari o‘qituvchining o‘quv jarayonini tashkil etish faoliyati

asosida o‘quvchilarning o‘quv mehnatini yo‘lga qo‘yuvchi va didaktik topshiriqlar
yechimiga yo‘naltirilgan o‘quv-bilish faoliyati usullari majmui sifatida ham
ta’riflanadi. Ta’lim metodlari deganda o‘qituvchining o‘quv materialini tushuntirish
mahorati hamda o‘quvchilarning uni egallashiga yo‘naltirilgan turli didaktik
masalalar yechimini topishga oid o‘quv-bilish faoliyatlarini tashkil etish usullari
tushuniladi” [1, 95].

O‘quvchilarning ijodiy salohiyatini yuzaga chiqarish hamda ularning

faollashuviga yordam beruvchi muhim omillardan biri – dars jarayonida ta’lim
metodlaridan samarali foydalanish mahoratiga ega bo‘lishdir.

“Metod” so‘zi yunoncha “tadqiqot”, “maqsadga erishish yo‘li”, “usul”

ma’nolarini bildiradi. Shu sababli, mavzuning mohiyatini anglashda bu tushuncha
muhim ahamiyat kasb etadi. Bilim egallash jarayonida mustaqil faoliyat shakllarini
rivojlantiruvchi ta’lim muhitini yaratishda pedagogik metodlar asosiy o‘rin tutadi.

Metod – ko‘zlangan maqsadga erishish usuli, ma’lum tarzda tartibga solingan

faoliyat bo‘lib, shu jihatdan o‘qituvchining o‘qitish jarayoni va u tashkil etgan
o‘quvchilarning faol o‘quv-bilish faoliyati o‘zaro uyg‘unlashadi.

Pedagogikada, shuningdek, ta’lim usullari atamasi ham keng qo‘llanadi. Ta’lim

usuli – ta’lim metodining tarkibiy qismi yoki uning alohida tomoni hisoblanadi.
Metodlar bilan usullar munosabati o‘zaro bog‘langan bo‘lib, usul va metod butun va
qism sifatida bir-biriga chambarchas bog‘lanadi. Usullar yordamida faqat pedagogik


background image



277

2025/№ 2

yoki o‘quv vazifasining ma’lum bir qismi hal qilinadi. Shu bilan birga, xuddi shu
metodik usullar turli metodlarda qo‘llanilishi mumkin. Aksincha, bir metod turli
o‘qituvchilar tomonidan turli usullarda ochib berilishi mumkin.

Ta’lim usuli – o‘qitish metodining tarkibiy qismi yoki uning alohida tomoni

bo‘lib, usul va metod butun va qism sifatida o‘zaro bog‘liqdir. Usullar yordamida
faqat o‘quv vazifasining ma’lum bir qismi hal qilinadi. Masalan, o‘qituvchilar
tomonidan keng qo‘llaniladigan mashq manbasiga ko‘ra amaliy metod hisoblanadi.
Biroq uni qo‘llash bir nechta usullar orqali amalga oshiriladi:

1-usul: Mashqning qoidasini o‘qib berish.
2-usul: Mashqni namuna sifatida bajarib ko‘rsatish.
3-usul: O‘quvchilar tomonidan o‘qituvchining namunasi asosida mashq

bajarilishi.

4-usul: O‘quvchilar tomonidan bajarilgan mashqlarni tekshirish va xatolarini

tuzatish.

Shu tarzda, ta’lim metodlari va usullari o‘quv jarayonining samaradorligini

oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Pedagogik metodlar dars jarayonini tashkil etish, o‘quvchilarning salohiyatini

namoyon qilish va ijodiy qobiliyatini rivojlantirishda muhim o‘rin tutadi. Pedagogik
metodlarni E. Ya. Golyan, M. A. Danilov, B. P. Yesipov ta’lim jarayonining
muayyan qismlarida bajariladigan o‘quv vazifalarining mazmunidan kelib chiqib
o‘rganishgan. Akademik Yu. K. Babanskiy ta’lim metodlarini uchta katta guruhga
ajratib tavsiflaydi [9, 98].

Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda chop etilgan pedagogika darsliklari va

o‘quv qo‘llanmalarining “Ta’lim metodlari” bo‘limida XX asrning ikkinchi yarmida
yaratilgan ta’lim metodlarining tasnifi haqida so‘z yuritiladi. Jumladan, O. R.
Roziqov va boshqalarning 1997-yilda chop etilgan “Didaktika” darsligida Ukraina
olimlari V. F. Polamarchuk va V. I. Polamarchuk ta’lim metodlarini tasniflashda uch
omil – ta’lim manbalari, bolalarning faollik va mustaqillik darajasi hamda o‘quv-
bilish jarayonining mantiqiy yo‘li hisobga olinishi kerakligini ta’kidlaganlari qayd
etiladi.

2010-yilda o‘qituvchilar tayyorlash va pedagogika fani sohasi uchun

bakalavrlarga mo‘ljallangan, professor M. X. Toxtaxodjayeva umumiy tahriri ostida
chop etilgan “Pedagogika” darsligida pedagog N. S. Saidahmedov tomonidan taklif
etilgan ta’lim metodlari tasnifi keltirilgan. Unda qayd etilishicha, N. S. Saidahmedov
ta’lim metodlarini tasniflashda didaktik jarayon nuqtayi nazaridan yondashgan.


background image



278

2025/№ 2

O‘zbek olimlari A. Zunnunov va U. Mahkamovlar o‘zlarining “Didaktika”

o‘quv qo‘llanmasida bilimni hayotga tatbiq etishda metodlarning uch turini
tasniflashgan [8, 67-70]. O. R. Roziqov, S. Yu. Og‘ayev, M. M. Maxmudova va B. R.
Adizov tomonidan yozilgan va 1997-yilda “Fan” nashriyotida chop etilgan
“Didaktika” darsligida ta’lim metodlari o‘qituvchi va o‘quvchi faoliyati kontekstida
o‘rganilib, o‘qitish usullari va o‘qish usullari sifatida tasniflanadi [11, 184-205].
Mazkur darslikda rus pedagoglari tomonidan tasniflangan ta’lim metodlari yangicha
talablar asosida izohlab berilgan. Shuningdek, ta’lim metodlari o‘zaro ta’sirni tashkil
etish, boshqarish va uning natijasini nazorat qilish nuqtayi nazaridan ham
tasniflanadi.

NATIJALAR VA MUHOKAMALAR

Pedagogik metodlar o‘quv jarayonida o‘qituvchi va o‘quvchi faoliyatining

tartibini, o‘qitish jarayonini tashkil etish usulini hamda dars mashg‘ulotlarini olib
borish muvofiqligini belgilaydi. Shuningdek, ushbu jarayonda o‘quvchilarning o‘quv-
bilish harakatlarini tashkil etishda ham muhim rol o‘ynaydi. Pedagogik tadqiqotlar
shuni ko‘rsatadiki, ta’lim metodlarining nomenklaturasi (nomlanishi) va tasnifi ularni
ishlab chiqishda tanlangan yondashuvga bog‘liq holda turlicha bo‘lishi mumkin. “...
Ta’lim metodlari o‘quv jarayoni oldiga qo‘yilgan maqsadlarga erishish uchun
o‘qituvchi va o‘quvchilar faoliyatining yagona yo‘nalishi bo‘lib, nazariy va amaliy
bilimlarni o‘zlashtirish yo‘llarini anglatadi” [1, 95]. O‘qitish metodlari
pedagogikaning asosiy tarkibiy qismlaridan biri hisoblanadi. Quyida ba’zi metodlarga
misollar keltirilgan:

1.

Ta’limiy o‘yinlar va raqobatga asoslangan usullar:

Bu metodlar orqali

o‘quvchilar yoki talabalar guruhda o‘z bilim va ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazib,
boshqalarga nisbatan o‘z ustunliklarini aniqlash imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

2.

Brainstorming (Aqliy hujum):

Bu usul ijodiy fikrlarni to‘plashga qaratilgan

bo‘lib, unda ishtirokchilar muayyan muammo yuzasidan tanqid va kesatiqlarsiz o‘z
fikrlarini ochiq-oydin bayon etadilar hamda muammoning yechimini izlaydilar.
Masalan, o‘quvchilarga dunyodagi ocharchilik muammosi haqida fikr bildirish
vazifasi topshirilsa, ular o‘z mulohazalarini birin-ketin bayon etadilar. Hamma fikrlar
qayd etilgach, muammoni hal qilishning eng maqbul variantlari tahlil qilinadi.

3.

Case Study – Case ta’limi:

Case ta’limi turida odatda bir talaba yoki bir guruh

talabalar ma’lum bir voqea yoki vaziyat tafsilotlarini tahlil qiladilar. Keyin ular aniq
va asoslangan xulosaga kelishdan avval ushbu vaziyatni muhokama qilib, yig‘ilgan
bilim va tushunchalarni amalda qo‘llashlari talab etiladi.

Texnologiya bilan ta’minlangan case ta’limi, ayniqsa, tibbiyot ta’limida keng


background image



279

2025/№ 2

qo‘llaniladi. Bunda case ta’limi tibbiy tarix, bemor simptomlari, ko‘rgazmali
materiallar hamda mutaxassislarning turli fikrlarini o‘z ichiga oladi. Talabalar
ma’lum bir qarorga kelishdan avval barcha berilgan ma’lumotlarni ko‘rib chiqib,
muhokama qiladilar.

Agar bir qator omillar chuqur tahlil qilinsa va aniq vaziyatda to‘g‘ri qaror qabul

qilinsa, case ta’limi juda ko‘p sohalarda samarali natijalar beradi. Chunki bu metod
talabalar tomonidan turli resurslardan foydalanishni talab qiladi, bu esa guruhli yoki
masofaviy ta’lim muhitiga moslashish imkoniyatini yaratadi. Case ta’limi orqali
talabalarga mavzuni chuqur o‘rganishlari uchun dastlabki imkoniyatlar beriladi.

O‘qituvchi doimiy ravishda barcha ma’lumotlarni o‘zi yaratishi shart emas,

chunki turli sohalarga oid eng sara materiallar internetda mavjud. O‘qituvchi vazifa
bo‘yicha tushuncha va savollarni shakllantirib, talabalar uchun kerakli veb-sayt
manzillarini taqdim etishi mumkin. Shu orqali talabalar berilgan vaziyat yuzasidan
kengroq ma’lumotga ega bo‘lib, asosiy tushunchalar, boshqa o‘xshash misollar va
izohlarni o‘zlari topadilar. Bundan tashqari, case ta’limi talabalarni har xil
muhokamalar va fikr almashuvlariga jalb etib, ularning muloqot ko‘nikmalarini
rivojlantirishga ham yordam beradi.

4. Qiziqishlar markazi:

Qiziqishlar markazi – o‘quvchilarning qiziqishini

oshirishga xizmat qiluvchi usul bo‘lib, muayyan mavzuga oid turli kolleksiya va
ekspozitsiyalarni o‘z ichiga oladi. Masalan, o‘quvchilarga o‘zlarining etnik kelib
chiqishlarini izohlovchi materiallarni to‘plash, oila shajarasi rasmlarini maktabga olib
kelish va uni sinfdoshlariga taqdim etish topshirilishi mumkin. Bu metod
o‘quvchilarning dunyo xalqlari kelib chiqishiga qiziqishini oshirishga, shuningdek,
boshqa madaniyat vakillarini hurmat qilishga o‘rgatishga xizmat qiladi.

5. Colliqua:

Sinfdagilarning qiziqishlaridan kelib chiqib, sinfga taklif qilingan

mehmonlar o‘z faoliyat va kasblari haqida so‘zlab beradilar. Masalan, sinfga taklif
qilingan sozanda o‘z kasbi va faoliyati haqida o‘quvchilarga ma’lumot berishi, jonli
ijro orqali esa ularda musiqaga bo‘lgan qiziqishni oshirishi va san’atga muhabbat
uyg‘otishi mumkin.

6. Hamkorlikda o‘qitish:

Bu metod yuklatilgan vazifa va muammolarni bir

guruh bo‘lib hal etishga o‘rgatadi. O‘quvchilar o‘zaro muloqot va fikr almashish
orqali muammolarni yechish yo‘llarini izlaydilar, shu orqali ularning hamkorlik
ko‘nikmalari shakllanadi.

7. Diskussiya:

Muayyan mavzu, vaziyat yoki holatni muhokama qilish orqali

o‘quvchilarning fikrlash va muloqot madaniyatini rivojlantirishga xizmat qiladi.
Diskussiya davomida o‘quvchilar o‘z qarashlarini asoslash, dalillar keltirish va
boshqa fikrlarni tinglab, ularga baho berish ko‘nikmalarini shakllantiradilar.


background image



280

2025/№ 2

Pedagogikada tajribadan samarali natija ko‘rsatgan bir qancha interfaol

metodlarni qo‘llash ham dars mashg‘ulotining qiziqarli va samarali bo‘lishini
ta’minlaydi:

Hikoya – o‘qituvchi tomonidan mavzuga oid dalil, hodisa va voqealarning

yaxlit yoki qismlarga bo‘lib, tasviriy vositalar yordamida obrazli tasvirlash yo‘li bilan
ixcham, qisqa va izchil bayon qilinishi. Metodning samarasi ko‘p jihatdan
o‘qituvchining nutq mahorati, so‘zlarni o‘z o‘rnida, ifodali bayon qilishi, shuningdek,
o‘quvchilarning yoshi va rivojlanish darajasini inobatga olgan holda yondashuviga
bog‘liq. Shu bois hikoya mazmuni o‘quvchilarning mavjud bilimlariga tayanishi,
ularni kengaytirishga xizmat qilishi zarur. Hikoyaning axborotlar bilan boyitilishi
maqsadga muvofiqdir. Hikoya qilinayotgan materialni saralash maxsus reja asosida
amalga oshiriladi. O‘qituvchi har bir darsda uning maqsadini aniq belgilab oladi,
undagi asosiy tushunchalarga alohida urg‘u berishga e’tiborni qaratadi.

Suhbat – savol-javob shaklidagi dialogik ta’lim metodi bo‘lib, u fanga

qadimdan ma’lum. Hatto undan o‘z faoliyatida Suqrot ham mohirona foydalangan.
Suhbat ta’lim jarayonida ko‘plab funksiyalarni bajaradi, jumladan, aqliy fikrlash,
hozirjavoblik,

muloqot

madaniyatini

shakllantiradi.

Eng

asosiysi,

suhbat

o‘quvchining faolligini oshirishga xizmat qiladi. Bu usul o‘qituvchi fikriga mos
harakat qilish va natijada yangi bilimlarni bosqichma-bosqich egallash imkonini
beradi.

Suhbat – faoliyatni endigina boshlagan o‘qituvchi uchun murakkab ta’lim

metodlaridan biri hisoblanadi. Chunki savollarni tayyorlash, ularning ketma-ketligini
belgilash ko‘p vaqt talab etadi. Uni tashkil etishda barcha o‘quvchilarning diqqatini
jalb etish muhim sanaladi. O‘qituvchi oddiy savollar berishi, o‘quvchilarga ularning
mazmuni ustida batafsil o‘ylash uchun yetarli vaqt ajratishi, javoblarini diqqat bilan
tinglashi va zarur o‘rinlarda ularni sharhlashi lozim. Shu bois suhbatda bilish jarayoni
deduktiv yoki induktiv yo‘llar bilan amalga oshadi.

“... Suhbat metodida talabalar pedagog savollariga javob berish orqali

o‘rganilayotgan mavzu bo‘yicha ma’lumotlarni mantiqiy ketma-ketlikda o‘zlashtiradi,
fikr yuritadi, tahlil qiladi va fikrlarini nazariy jihatdan umumlashtiradi. Pedagogik
manbalarda suhbat metodi o‘z mazmun-mohiyatiga ko‘ra quyidagi turlarga bo‘linadi:
kirish suhbati, nazariy bilimlarni mustahkamlovchi suhbat, yangi bilimlarni ma’lum
qiluvchi suhbat, tekshiruv suhbati hamda evristik suhbat” [9, 110].

Deduktiv suhbat – o‘quvchilarga oldindan ma’lum bo‘lgan qoidalar,

tushunchalar, hodisalar va jarayonlar asosida tashkil etilib, ular tahlil yordamida
xususiy xulosalarga kelishlariga yordam beradi. Suhbatning induktiv shaklida esa
alohida dalillar va tushunchalar tahlil qilinib, umumiy xulosa chiqariladi.


background image



281

2025/№ 2

Suhbat – o‘quvchilarni yangi bilimlar bilan tanishtirish, bilimlarni

tizimlashtirish va mustahkamlash, nazoratni tashkil etish hamda o‘zlashtirilgan
bilimlarni tashxislashdi ijobiy natijalar beradi. Suhbat turli ko‘rinishlarda tashkil
etiladi: kirish, yakuniy, individual va guruhli suhbat.

Tushuntirish – o‘quv materiali mazmunini isbot, tahlil, umumlashtirish va

taqqoslash asosida bayon qilish metodidir. Bu metod hikoyaga nisbatan kengroq
qo‘llaniladi. Odatda, nazariy materiallar hamda murakkab masalalarni o‘rganishda
foydalaniladi. Tushuntirish jarayonida o‘quv materialining qiyin unsurlari ajratib
ko‘rsatiladi va shu asosda uning mohiyati ochib beriladi. Tushuntirish samaradorligi
ko‘p jihatdan o‘qituvchining ko‘rgazmali vositalardan oqilona foydalanishiga bog‘liq
bo‘ladi.

Ma’ruza – yirik hajmdagi o‘quv materialini og‘zaki bayon qilish metodi bo‘lib,

uning o‘ziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat: qat’iy mantiqiy ketma-ketlik,
uzatilayotgan axborotning ko‘pligi, bilimlar bayonining tizimliligi. Maktab ma’ruzasi
mazmuni murakkab tizimlar, hodisalar, obyektlar, jarayonlar, ularning sabab-oqibat
bog‘lanishlari, qonun va qoidalarni qamrab oladi. Shu bois ma’ruza maktab sharoitida
asosan yuqori sinflarda qo‘llaniladi, chunki u butun dars jarayonini o‘z ichiga olishi
mumkin.

“... Ma’ruzada tajribada sinalgan va qo‘llanilganda samara bera oladigan

ma’ruza-bahs metodi yaxshi natija berishi tabiiy. Zero, ma’ruzadan ko‘zlangan asosiy
maqsad – talabalarda bilimni mustaqil va ijodiy egallash qobiliyatini shakllantirishdir.
Chunki ma’ruzada talabalar mustaqil fikrlash, fikrlarni isbotlash va asoslashga
o‘rganishlari lozim” [9, 109].

Ma’ruza metodi tushuntirish va suhbat metodlarining asta-sekin kengayib

borishi natijasida vujudga keladi. Shu bilan birga, u o‘quvchilarni qisqacha yozib
olish (konspektlash)ga ham o‘rgatadi. Ta’lim sifati va samaradorligini ta’minlashda
ko‘rgazmali metodlar ham alohida ahamiyatga ega.

Tasvir (illyustratsiya) metodi namoyish metodiga chambarchas bog‘liq bo‘lsa-

da, didaktikada alohida o‘rganiladi. Illyustratsiya – narsa, hodisalar va jarayonlarni
ularning ramziy ko‘rinishlari (chizma, portret, rasm, fotosurat, yassi modellar va
boshqalar) orqali ko‘rsatishni taqozo etadi.

Namoyish (demonstratsiya) metodi esa o‘rganilayotgan obyektning harakat

dinamikasini ochib berishda qo‘l keladi va ayni chog‘da predmetning tashqi
ko‘rinishi hamda ichki tuzilishi haqida to‘laqonli ma’lumot taqdim etishda keng
qo‘llaniladi. Tabiiy obyektlarni namoyish qilishda, avvalo, uning tashqi ko‘rinishiga
(shakli, hajmi, miqdori, ularning o‘zaro munosabatlari) e’tibor qaratiladi, so‘ngra
ichki tuzilishi yoki alohida xususiyatlari o‘rganiladi. Ko‘rsatish ko‘p hollarda


background image



282

2025/№ 2

o‘rganilayotgan obyektlarning o‘zlari yoki ularning chizmalari yordamida amalga
oshiriladi.

Mashq – aqliy yoki amaliy (jismoniy) harakatlarni bajarish ko‘nikmalarini

egallash yo‘lida ko‘p marta takrorlanadigan mashg‘ulot bo‘lib, mashqsiz ko‘nikma
hamda malakalarni shakllantirish mumkin emas. Mashqlar quyidagi turlarga
bo‘linadi: og‘zaki, yozma, grafikaviy (texnik jarayonlar mohiyatini ifodalash),
ijtimoiy-foydali, jismoniy va boshqalar.

Laboratoriya ishlari – o‘quvchilarning jihozlar, maxsus uskunalar, qurollar

hamda turli texnik qoliplardan foydalangan holda tajribalar o‘tkazish metodidir.
Ushbu metod ko‘proq tabiiy fanlar asoslarini o‘rganishda qo‘llaniladi. U
o‘quvchilarga asbob-uskunalar bilan ishlash, o‘lchash ishlarini bajarish va natijalarni
tahlil qilish kabi ko‘nikmalarni tez shakllantirishga imkon beradi. Laboratoriya
ishlarini bajarish uchun maxsus qurilmalar, jihozlar, materiallar va yetarli vaqt talab
etiladi. Biroq bu jarayon o‘quvchilarning yuqori darajadagi faolligi asosida mustaqil
tajriba va o‘lchash ishlarini tashkil etish orqali takomillashtiriladi.

“...An’anaviy didaktikada ta’lim metodlarini o‘quvchi bilim oladigan manbaga

qarab, ya’ni o‘qituvchi nutqi, ko‘rgazma qurollari, darsliklar va qo‘shimcha
materiallarni ta’lim manbai deb qabul qilishga qarab, ta’lim metodlarini; og‘zaki
bayon qilish metodlari (hikoya, ma’ruza, suhbat, tushuntirish o‘qituvchining jonli
nutqi, kitob bilan ishlash); ko‘rgazmali metodlar (namoyish qilish, tasviriy
materiallar, ekskursiyalar va h.k.); amaliy metodlar (mashqlar, amaliy ishlar,
laboratoriya ishlari va h.k.)ga bo‘lib tasniflaganlar (S.I.Peroveskiy, E.Ya.Golyan).
Boshqa guruh olimlari (M.A.Danilov, B.P.Yesipov) ta’lim jarayonining muayyan
qismlarida bajariladigan o‘quv vazifasining mazmunidan kelib chiqib ta’lim
metodlarini bilimlarni o‘rganishga oid metodlar; bilish va ko‘nikmalarni
shakllantirish metodlari; bilishni tatbiq etish metodlari; ijodiy ishlash metodlari; bilim
va malakalarni mustahkamlash, hamda bilimlar va ko‘nikmalarni tekshirish metodlari
deb tasniflaydilar” [9, 106].

XULOSA

Pedagogik texnologiya o‘qituvchini ta’lim-tarbiya jarayonining maqsadlaridan

boshlab, tashxis tizimini tuzish va bu jarayon kechishini nazorat qilishgacha bo‘lgan
texnologik zanjirni oldindan loyihalashtirib olishga undaydi. Pedagogik texnologiya
yangi vositalar va axborot usullarini qo‘llashga asoslanganligi sababli, ularning
qo‘llanilishi, o‘quv-tarbiya jarayonida pedagogik texnologiyalarning to‘g‘ri joriy
etilishi o‘qituvchining bu jarayonda asosiy tashkilotchi yoki maslahatchi sifatida
faoliyat yuritishiga olib keladi. Bu esa o‘qituvchidan ko‘proq mustaqillikni, ijodni va


background image



283

2025/№ 2

irodaviy sifatlarni talab etadi [10, 461].

Pedagogik jarayonni to‘g‘ri tashkil etishda ta’lim metodlarini tanlash dars

jarayonini mazmunli tashkil etishda muhim o‘rin tutadi. Pedagogika fanida
o‘qituvchilarning amaliy tajribasini o‘rganish va umumlashtirish asosida ta’lim
metodlarini tanlashga o‘quv-tarbiya jarayoni kechayotgan shart-sharoitlar va aniq
holatlarga bog‘liq muayyan yondashuvlar vujudga keladi. Ta’lim metodlarini
tanlashda quyidagi holatlar inobatga olinishi lozim:

– Ta’limning umumiy maqsadlari.
– Fanning va o‘rganilayotgan mavzuning mazmuni hamda o‘ziga xosliklari.
– Biror fanni o‘qitish metodikasining o‘ziga xosliklari. – Materialni

o‘rganishga ajratilgan vaqt.

– O‘quv mashg‘ulotining maqsadi, vazifalari va mazmuni. – O‘quvchilarning

yoshi va bilish imkoniyatlari.

– O‘quvchilarning tayyorgarlik darajasi.
– Ta’lim muassasasining moddiy ta’minlanganligi.
– O‘qituvchining nazariy, amaliy va metodik tayyorgarligi, pedagogik

mahoratni egallaganlik darajasi.

Ta’lim metodlari o‘quv jarayonini samarali tashkil qilishga yordam beradi.

Shunga ko‘ra, ularning uch jihatini ko‘rishimiz mumkin: umumdidaktik va xususiy
metodik.


Umumiy didaktik jihat – o‘zida obyektiv mohiyatni, didaktik metodning

imkoniyat va talablarini aks ettiradi, bu esa o‘quv jarayoni davriga bog‘liq bo‘lmagan
holda amalga oshiriladi. Umumiy ta’lim fanlari bo‘yicha ta’lim metodlarining
umumiy didaktik, xususiy didaktik va xususiy metodik jihatlari pedagogik
adabiyotlarda chuqur bayon qilib berilgan.

ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1.

Mirziyoyev Sh.M. Yangi O‘zbekiston strategiyasi. – Toshkent: O‘zbekiston,

2022.

2.

Mirziyoyev Sh.M. Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari. 4-jild. –

Toshkent: O‘zbekiston, 2020.

3.

Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga

quramiz. – Toshkent: O‘zbekiston, 2017.

4.

Mirziyoyev Sh.M. Milliy taraqqiyot yo‘limizni qat’iyat bilan davom ettirib,

yangi bosqichga ko‘taramiz. – Toshkent: O‘zbekiston, 2017.


background image



284

2025/№ 2

5.

Avliyoqulov N.X. Zamonaviy ta’lim texnologiyalari. – Toshkent: O‘qituvchi,

2001.

6.

Djurayev R.X., Tolipov O‘Q. Pedagogik atamalar lug‘ati. – Toshkent:

O‘zPFITI, 2008.

7.

Zunnunov A. Pedagogika tarixi, Oliy o‘quv yurtlari uchun darslik. – Toshkent:

Sharq, 2004.

8.

Zunnunov A, Maxkamboyev U. Didaktika: Oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun

o‘quv qo‘llanma. – Toshkent: Sharq, 2006.

9.

Jurayev B.T. Pedagogik va psixologiya fanlarini o‘qitish metodikasi. – Buxoro:

Fan va ta’lim, 2022.

10.

Qurbonova F. Tarbiya darslarida interfaol metodlardan foydalanish. //
Multidisciplinary Scientific Journal. December, 2023. N:2.

11.

Roziqov O.R., Og‘ayev S.Yu. Didaktika. Darslik. (oliy o‘quv yurtlari,
aspirantlar uchun). – Toshkent: Fan, 1997.

12.

Xolmanova Z. Semantik maydon va semantik to‘r imkoniyatlari. // Computer
Linguistics: Problems, Solutions, Prospects, 2022, 1(1).

13.

Israilova S. The pragmatic occurrence and mental properties of color
component units in context. // Interpretation and Researches, 2023, 1(5).

















Библиографические ссылки

Mirziyoyev Sh.M. Yangi O‘zbekiston strategiyasi. – Toshkent: O‘zbekiston, 2022.

Mirziyoyev Sh.M. Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari. 4-jild. – Toshkent: O‘zbekiston, 2020.

Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz. – Toshkent: O‘zbekiston, 2017.

Mirziyoyev Sh.M. Milliy taraqqiyot yo‘limizni qat’iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko‘taramiz. – Toshkent: O‘zbekiston, 2017.

Avliyoqulov N.X. Zamonaviy ta’lim texnologiyalari. – Toshkent: O‘qituvchi, 2001.

Djurayev R.X., Tolipov O‘Q. Pedagogik atamalar lug‘ati. – Toshkent: O‘zPFITI, 2008.

Zunnunov A. Pedagogika tarixi, Oliy o‘quv yurtlari uchun darslik. – Toshkent: Sharq, 2004.

Zunnunov A, Maxkamboyev U. Didaktika: Oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun o‘quv qo‘llanma. – Toshkent: Sharq, 2006.

Jurayev B.T. Pedagogik va psixologiya fanlarini o‘qitish metodikasi. – Buxoro: Fan va ta’lim, 2022.

Qurbonova F. Tarbiya darslarida interfaol metodlardan foydalanish. // Multidisciplinary Scientific Journal. December, 2023. N:2.

Roziqov O.R., Og‘ayev S.Yu. Didaktika. Darslik. (oliy o‘quv yurtlari, aspirantlar uchun). – Toshkent: Fan, 1997.

Xolmanova Z. Semantik maydon va semantik to‘r imkoniyatlari. // Computer Linguistics: Problems, Solutions, Prospects, 2022, 1(1).

Israilova S. The pragmatic occurrence and mental properties of color component units in context. // Interpretation and Researches, 2023, 1(5).