ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-72
Часть–3_ июня–2025
438
2181-
3187
BAXT NIMA?
HOSHIMOVA DILDORA FOZILJON QIZI
O‘zbek tili kafedrasi notiqlik san'ati fani katta o‘qituvchisi Jaloliddin
Abdullayev ustozimizdan: "Baxt o‘zi nima?" - deb so‘radik. Ustoz shunday javob
berdilar.
Qadimgi Rimlik mashhur sarkarda aytgan ekan – “Baxtimning birinchisi-inson
bo‘lib dunyoga kelganim, ikkinchisi - rimlik bo'lib tug'ilganim, uchinchisi – erkak
bolganim", degan. Negaki, ayollarga juda katta mas'uliyat yuklangan. Biz
erkaklar, ayollar qadriga yetishimiz kerak. Bir qizni so'zida yoki yurish-turishida
masxara qilgan yigit - eng katta baxtsiz erkakdir. Chunki u qilgan masxarasi bir
kun kelib uning o'z qiziga qaytadi, degan edilar.
Men esa qachon baxtni his qilganman - sizlarga aytib bermoqchiman
Yakkabog'dagi suv omborida bundan 15 yil avval yosh edim, o'rtoqlarim bilan
bahs boylab baliq bo'lib suzganman. Suy omborining tubidan harbiy yigit bilan
qum olib chiqish kerak edi. U Buxorolik edi, meni aldabdi. U harbiy bo'lgani uchun
harbiylarda hiyla bo'ladi-da. Men chin dildan ishonib, 20-25 metrlik suv tagiga
tushdim. Suv juda muzdek edi. Sovuqdan tomirlarim tortishdi. Suv o'tlari orasida
qumni olib chiqa boshlaganimda, oldimdan juda sovuq, qalin narsa o'tib ketdi.
Chiqayotganimda qarasam, o'rtog'im allaqachon sohilga qarab suzib ketmoqda. Meni
esa qo'llarim qiyshayishni boshladi, oyog'im suzmay qoldi. O'sha paytda bobomning
suhbatlarida bo'lganim yodimga tushdi. Bobom aytgan edilar:
“Daryoda suzayotganingda tomiring tortsa, cho'kayotgan bo'lsang, orqangga
quyoshga qarab yotib ol. Shunda cho'kmaysan." Men ham shunday qildim va
sohilga chiqdim.
Sohilga chiqqanimizdan keyin Kitob tumanining dovoniga bordik. O'sha yerda
mashina oynasidan boshimni chiqarib, muzdek havoni chuqur yutdim. Yoz kunida
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-72
Часть–3_ июня–2025
439
2181-
3187
salqin havo, suv to'la o'pkaga kirsa, tomirlarni sovuq uradi. Natijada shamollab,
koronavirusga o'xshash pnevmoniyaga chalinganman. Yonimda bir do'stim bor edi, u
tibbiyot xodimi edi. Yonida vazelinga o'xshash qizil dori bor edi. Orqamga surtib,
uqalab, nafas oldirdi. Uyga borgach, haroratim 41 darajaga chiqdi, butun tanamdan suv
chiqdi. O'sha voqeadan tirik qolganim -men uchun eng katta baxt edi.
Ustozimiz o'z hayotlaridan misollar keltirganlaridan so'ng yana so'z boshladilar:
Baxt nima, bilasizmi?" dedilar. "Baxt va omad - bir-biriga yaqin tushunchalar Baxt -
sizning yaxshi insonlarning farzandi bo'ib dunyoga kelganingiz, ota-onangiz borligi,
ular sizni quchoqlab erkalatganlari, ular bilan birga ulg'ayganingizdir. Eng katta baxt -
inson bo'lib dunyoga kelganingizdir. Axir biz
ko'r yoki hayvon bo'lib kelishimiz ham mumkin edi. Ammo inson bo'lib
tanlanganmiz -bu o'zi katta baxt!"
"Baxt deganda faqat turmush qurishni tushunmang. Bu-baxtning bir ko‘rinishi
xolos. Baxtga erishish uchun harakat qilish kerak.Bir insonni baxtli qila olish- bu
ham baxt. Bir insonni sevdirish - bu ham baxt."
Yana bir savol berdik: "Inson hayotini qanday o'tkazishi kerak?"
Ustozimiz dedilar: "Inson hayotini shunday yashashi kerakki, tug'ilganida u
yig'lasa-yu, hammalar hursand bo'lsa. Vafot etayotganida esa hamma yig'lasa-yu,
u o'zi hursand bo'lib ketsa. Bugun qilgan ishidan ertaga afsuslanmasin.
Bir hofiz aytadi:
Baxtli bo'"imog'im mumkin edi, ammo aql yetmadi, keksalik chog'imda baxtiyor
bo'lishim mumkin edi, ammo umrim yetmadi.
Shuning uchun Farobiy aytgan: "Xato qilmaslik uchun bolaligingda keksa
odamdek fikr yurit." Shundagina xato qilmaysan.