ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-72
Часть–3_ июня–2025
395
2181-
3187
MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTIDA TA’LIM JARAYONINI
TASHKIL ETISH
Surxandaryo viloyati Sariosiyo tumani
22-sonli MTT direktor õrinbosari
Rahmatova Sitora Shuhrat qizi
Annotatsiya:
Ushbu maqolada O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim
tizimida ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishning huquqiy, pedagogik, metodik,
axborot-texnologik va innovatsion asoslari yoritilgan. Shuningdek, zamonaviy
yondashuvlar, davlat dasturlari va kadrlar bilan ta’minlash masalalari tahlil qilingan.
Kalit so‘zlar:
maktabgacha ta’lim, tarbiya, metodika, davlat dasturi, “Ilk
qadam”, innovatsiya, pedagog, bola rivojlanishi
.
Maktabgacha yosh – inson hayotidagi eng muhim va poydevor davr hisoblanadi.
Aynan shu bosqichda bola tafakkuri, shaxsiyati va ijtimoiy munosabatlari shakllanadi.
Shu sababli, bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimini
tubdan isloh qilish, ta’lim va tarbiya jarayonini zamon talablari asosida tashkil etish
davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim tarbiya jarayonlarini tashkil etishda
yangicha yondashuvlar asosidagi texnologiyalar tobora rivojlanib, takomillashib
bormoqda. Bolaning ilk maktabgacha yosh davri, shaxs sifatida shakllanishning
muhim davri hisoblanadi. Shunday ekan maktabgacha ta’lim tashkilotining rahbaridan
tortib posbonigacha yuksak mas’uliyat, ijodkorlik, bolajonlik talab qilinadi.
Takomillashtirilgan “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturi asosida maktabgacha ta’lim
mazmunini takomillashtirish, bolalarni o‘sishi va rivojalanishida hamda ta’lim
jarayonini mazmunli tashkil etishda tashkilotda sog‘lom psixologik muhitni yuzaga
keltirish zarur. Maktabgacha ta’lim mazmunini takomillashtirish umumiy holatda keng
ma’noli tushuncha bo‘lib, uni samarali amalga oshirish maktabgacha ta’lim
tashkilotining binosini holati, tashkilotning har bir jamoasi jumladan tarbiyachi-
pedagoglar,
tarbiyalanuvchilar,
shunindek
jamoa,
ota-onalar
hamda
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-72
Часть–3_ июня–2025
396
2181-
3187
tarbiyalanuvchilarning takomillashtirilgan “Ilk qadam” o‘quv dasturi asosida bilim,
ko‘nikma va malakalarini oshirib borishda pedagogik-psixologik, metodik, bolalar,
badiiy adabiyotlar soni va sifati, tashkilotni adabiyot bilan boyitib borishda ota-onalar
va jamoatchilikning jalb qilinishi boshqa shu kabi omillarga bog‘liqdir. O‘zbekiston
respublikasida maktabgacha ta’lim tizimida ta’lim va tarbiya jarayonini tashkil etishda
quyidagi tamoyillarga asoslanadi:
1.
Huquqiy-me’yoriy asoslar -
O‘zbekiston Respublikasida maktabgacha ta’lim tizimi
bir qator muhim qonuniy hujjatlarga tayanadi.
Jumladan:
- “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun (yangi tahrir),
- “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi Qonun (2019),
- Davlat maktabgacha ta’lim standarti (DMTS),
- Prezident farmon va qarorlari,
- Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlari.
2.
Pedagogik va metodik asoslar -
Maktabgacha ta’limda ta’lim-tarbiya jarayoni
bolalarning yosh xususiyatlari, qiziqishlari va rivojlanish darajalariga mos holda
tashkil etiladi. Asosiy metodik vosita – “Ilk qadam” o‘quv dasturi bo‘lib, u quyidagi
yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi:
- Nutq va aloqa,
- Jismoniy rivojlanish,
- Ijtimoiy-emotsional rivojlanish,
- Kognitiv rivojlanish (matematika, atrof-muhit),
- Estetik tarbiya (musiqa, san’at),
- Mustaqil faoliyat,
- O‘yin faoliyati.
3. Axborot-texnologik yondashuvlar -
Zamonaviy maktabgacha ta’limda
AKTdan keng foydalanilmoqda:
- Raqamli darslar,
- Interaktiv taqdimotlar,
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-72
Часть–3_ июня–2025
397
2181-
3187
- “E-MTT” tizimi orqali hujjat aylanishi va monitoring,
- Bolalar uchun moslashtirilgan o‘quv dasturlari va ilovalar.
4. Tarbiyaviy-ma’naviy asoslar-
Bolalarga milliy qadriyatlar asosida tarbiya
berish – ta’limning ajralmas qismidir. Tarbiyaviy ishlar quyidagilarga qaratiladi:
- Ota-onaga hurmat,
- Yaxshi muomala,
- Vatanni sevish,
- Halollik, mehnatsevarlik.
5. Innovatsion yondashuvlar va xorijiy tajriba -
O‘zbekiston maktabgacha
ta’lim tizimida Montessori, Reggio Emilia, STEAM, sensorli o‘yinlar, logopedik
xizmatlar kabi innovatsion yondashuvlar joriy qilinmoqda. Bu metodlar bolaning
mustaqil fikrlashi, muammoli vaziyatlarni hal etishi va ijodkorlik ko‘nikmalarini
rivojlantiradi.
6. Kadrlar va moddiy-texnik baza-
Yurtimizda maktabgacha ta’lim tizimi
doimiy ravishda yangilanmoqda:
- Tarbiyachilar va yordamchi xodimlar muntazam malaka oshirib boradi,
- Har bir guruh didaktik materiallar, o‘yinchoqlar, audio-vizual vositalar bilan
jihozlanadi,
- Rivojlantiruvchi muhit yaratish, bolalarning xavfsizligini ta’minlash masalalari ham
dolzarb bo‘lib qolmoqda.
Yosh avlodni yuksak g‘oyaviylik ruhida tarbiyalash ularning ongiga xalq, millat,
yurt, jamiyat manfaatlaridan yuqoriroq manfaat bo‘lishi mumkin emasligini
singdirishi, ularni Vatanga, xalqqa muhabbat ruhida va sadoqatli qilib tarbiyalash
demakdir. Bu sohada mustaqil respublikamiz maktabgacha va maktab ta’lim i tizimi
xodimlarining asosiy vazifasi erkin, ijodkor, mustaqil fikrlash qobiliyatiga ega, yetuk
mutaxassis komil shaxsni tarbiyalashdan iboratdir. Maktabgacha ta’limdan tashqarida
olib boriladigan tarbiyaviy ishlarning barchasi ijtimoiy tarbiyaning maqsadini
ro‘yobga chiqarishga yo‘naltirilishi zarur. Tarbiyachilar jamoasi va har bir pedagog -
tarbiyachi tarbiyaning maqsadi har tomonlama kamol topgan mukammal inson
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-72
Часть–3_ июня–2025
398
2181-
3187
shaxsini tarbiyalashdan iborat bo‘lishi lozim. Ana shunda mazkur tamoyil o‘z
vazifasini bajargan bo‘ladi.
Tarbiyalanuvchi shaxsini hurmat qilish – tarbiyalanuvchilarni ijtimoiy
tarbiyalashning muhim tamoyillaridan biri ularning shaxsini hurmat qilishdir. Bu
tamoyil insonparvarlik munosabatidan kelib chiqadi. Tarbiyalanuvchi shaxsini hurmat
qilish, ularga mehr-muhabbat ko‘rsatish va ularga ishonish shart. Tajribalarning
ko‘rsatishiga, qayerdaki tarbiyalanuvchilarga hurmat, muhabbat, ishonch bo‘lsagina
shu yerda tarbiyaning ta’siri samarali bo‘ladi. Bolalarga hurmat va muhabbat ular
kuchiga kuch qo‘shadi o‘qituvchiga nisbatan hurmatni uyg‘otadi.
Tarbiyada tarbiyalanuvchining yosh va alohida xususiyatlarini hisobga olish -
tarbiyaning mazmuni, shakl va metodlari bolalarning yoshi va saviyasiga qarab turli
sinflarda turlicha bo‘ladi. Bolalar maktabgacha ta’limda rivojlanishining turli
davrlarini ilk bolallik, go‘daklik, erta yosh darvi bosqichlarini bosib o‘tadilar. Shu
davrlar ichida bolaning axloqiy turg‘unligi rivojlanadi, xulqi va ongi o‘rtasidagi
uyg‘unlik vujudga keladi. Tarbiya berishda har bir tarbiyalanuvchining shaxsiy
xususiyatlarini ham hisobga olish katta ahamiyatga ega. Bolalarning jismoniy va
ma‟naviy o‘sishida bir qadar umumiylik bor, biroq bolalarning tavsif-xislatlari,
qobiliyat va mayllari, qiziqishlari, irodaviy sifatlari har xil bo‘ladi. Bu farqlar ularning
xulqida, o‘qishi va mehnatida aks etadi. Bir tarbiyalanuvchiga nisbatan foydali metodni
boshqa tarbiyalanuvchiga nisbatan qo‘llaganda natijasiz bo‘lib, chiqishi mumkin.
Shuning uchun har bir tarbiyalanuvchi xususiyatini o‘rganish maqsadga muvofiqdir.
Jamoada va jamoa yordamida tarbiyalash - tarbiya jarayoni tarbiyalanuvchilarning
jamoa bo‘lib birlashishlari, ularda manfaatdorlik birligi, o‘zaro yordam tuyg‘usini
o‘stirish xizmat qilishi lozim. Tuyg‘u tashkil etilgan jamoa a’zolarining qobiliyat va
istedodini rivojlantirish uchun keng yo‘l ochadi. Jamoada bola har tomonlama
rivojlanishi uchun keng imkoniyatga ega bo‘ladi. Tarbiyalanuvchilar ahil jamoa bo‘lib
uyushganlaridagina tarbiyaviy ishlarni amalga oshirish ancha yengil va muvaffaqiyatli
bo‘ladi. Yaxshi uyushgan jamoada jamoa fikri katta tarbiyaviy kuchga ega bo‘ladi, har
bir shaxsga ta’sir etadi. O‘z manfaatini jamiyat manfaati bilan qo‘shib olib borish,
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-72
Часть–3_ июня–2025
399
2181-
3187
o‘zaro yordam kabi fazilatlar avvalo, jamoada shakllanadi. Tarbiyachihamma vaqt
tarbiyalanuvchilar jamoasiga tayanmoo‘i, ularni jamoa bo‘lib turli ishlarni bajarishga
odatlantirib, jamoada yashash va ishlashga o‘rgatib borishi lozim. Tarbiyada
tarbiyalanuvchi xulqidagi ijobiy sifatlarga tayanib, salbiy xislatlarini yo‘qotib borishga
e’tibor qaratish lozim. Mahoratli pedagoglar o‘z tarbiyalanuvchilarining shaxsiy
fazilatlarini yaxshi biladilar. Tarbiya maqsadini amalga oshirish uchun bola xulqidagi
ijobiy sifatlarga suyanib ish ko‘radilar. Boladagi ijobiy sifatlarga tayanish uning salbiy
sifatlarini yo‘qotish, yomon odatlardan qaytarishning eng yaxshi vositasidir. Tarbiya
muvaffaqiyati mazkur masalaning to‘g‘ri hal etilishiga ko‘p jihatdan bog‘liq.
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak O‘zbekistonda maktabgacha ta’lim tizimining tub
isloh qilinishi bolalarning har tomonlama rivojlanishiga xizmat qilmoqda. Ta’lim va
tarbiya jarayonining huquqiy, metodik, axboriy va innovatsion asoslarda tashkil etilishi
bu tizim samaradorligini oshirmoqda. Kelgusida bu yo‘nalishda xalqaro tajribalar
asosida integratsion yondashuvlar joriy etilishi kutilmoqda.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni, 2020-yil.
2. O‘zbekiston Respublikasi “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi Qonuni,
2019-yil.
3. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi. “Ilk qadam” o‘quv dasturi. Toshkent,
2022.
4. O‘zbekiston Respublikasi Davlat maktabgacha ta’lim standarti (DMTS), 2021-yil.
5. Xalqaro tajriba asosida ishlab chiqilgan STEAM va Montessori metodikalari
bo‘yicha uslubiy qo‘llanmalar.