ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-73
Часть–1_ июл–2025
144
2181-
3187
HUJAYRA NAZARIYASI VA HUJAYRANING BIOKIMYOVIY
TAXLILI
Respublika o‘rta tibbiyot va farmatsevtika
xodimlari malakasini oshirish va ularni
ixtisoslashtirish markazi termiz filiali o‘qituvchilari.
Zayniddinov Muhiddin
Bo’riyev Husniddin
Annotatsiya:
Mazkur maqolada hujayra nazariyasi to‘g‘risida fikr yuritiladi.
Kalit so‘zlar:
Darvin ta’limoti, hujayra nazariyasi, arterial Sitologiya,
Mikrografiya
Hujayra nazariyasi
- barcha organizmlarning tuzilishi, rivojlanishi va
kelib chiqishidagi umumiylikni koʻrsatuvchi yirik biologik nazariyalardan biri boʻlib,
unga binoan hujayra bakteriyalar, zamburugʻlar, oʻsimliklar va hayvonlarning eng
kichik tuzilish birligi. Hujayra nazariyasiga tiriklik olamining birligi va uning tarixiy
rivojlanishi haqidagi evolyutsion tasavvurni tasdiqlaydi. Hujayra nazariyasi
[[Darvinizm|Ch.Darvinning] taʼlimoti va energiyaning oʻzgarishi qonuni bilan bir
qatorda 19-asrda tabiatshunoslik sohasida qilingan 3 buyuk kashfiyotdan biridir.
Hujayralarning kashf etilishi va hujayra nazariyasining yaratilishi tarixan bir
davrga toʻgʻri kelmaydi. Oʻsimlik hujayrasi tuzilishini dastlab tirik oʻsimlik poyasi va
poʻkaklardan tayyorlangan kesmada ingliz olimi Robert Guk oʻzi yasagan mikroskop
orqali kuzatgan va tadqiqot xulosalarini "Mikrografiya" nomli asarida bayon etgan
(1665). Ingliz bota-nigi N.Gryu hujayra qobigʻi xuddi mato (gazlama)ga oʻxshash
tolalardan tashkil topganligini taxmin qilgan.18-asrda falsafiy gʻoyalar taʼsirida fanda
tirik tabiatning birligi haqidagi fikrlar paydo boʻla boshladi. K.Volf oʻsimlik va
hayvonlarning tuzilishidagi qandaydir umumiylikni aniklashga harakat qildi. Uning
"hujayra", "donachalar" va "p-fakchalar" kabi tushunchalari, shuningdek, nemis olimi
L.Okenning organizmlar "pufakchalar" yoki "infuzoriyalar" dan tashkil topgan, degan
fikrlari fanda hujayra nazariyasi toʻgʻrisidagi dastlabki tushunchalar boʻlgan.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-73
Часть–1_ июл–2025
145
2181-
3187
19-asr boshlarida oʻsimliklarni mikroskop yordamida oʻrganish borasida
erishilgan yutuqlar tufayli hujayra — oʻsimlik moddalari umumiy massasining
boʻshliq qismi emas, balki oʻz qobigʻiga ega boʻlgan va bir-biridan ajralib turadigan
strukturaviy tuzilma ekanligi aniqlandi. 19-asrning 30-yillari oxirida oʻsimliklarning
deyarli barcha organlari hujayraviy tuzilishga ega ekanligi aniklandi va nemis olimi
F.Meyenning "Botanika" (1830) kitobida hujayra oʻsimlik toʻqimalarining umumiy
tuzilish birligi sifatida eʼtirof etildi. Lekin shundan keyin ham hujayra bu bir boʻshliq,
asosiy qismini qobiq tashkil qiladi; uning ichidagi narsalar esa ikkinchi darajali
ahamiyatga ega ekanligi toʻgʻrisidagi tushuncha uzoq vaqt saqlanib qoldi. Oʻsimlik
hujayrasi yadrosi ingliz olimi R.Braun tomonidan kashf etilgan (1831), ammo nemis
olimi M.Shleyden yadroni hujayrani hosil qiluvchi, yaʼni sitoblast deb hisoblagan.
Shleyden taʼbiricha donador substansiyadan yadrocha hosil boʻlib, uning atrofida esa
hujayra vujudga keladi; keyinchalik hujayraning hosil boʻlishi jarayonida yadro yoʻq
boʻlib ketadi. 19-asrning 2-choragi boshlarida chex olimi Ya.Pur-kine maktabining
tadqiqotlari hayvon organizmi toʻqimalarining mikroskopik tuzilishi boʻyicha juda
koʻp maʼlumotlar berdi. Lekin Ya.Purkine oʻzining "donachalar nazariyasi"da
"donachalar" (u hujayrani shunday deb atagan edi), yadro va boshqa qismlardan tashkil
topganligini yozadi. Hujayra nazariyasini rasmiylashtirishda T.Shvann (1839)
xizmatlari juda katta. U oʻzi olgan maʼlumotlar, Shleyden va Ya. Purkine maktabi va
boshqa olimlarning tadqiqotlariga asoslanib, hujayra nazariyasini yaratdi; oʻsimlik va
hayvon toʻqimalari tuzilishini taqqoslab ular uchun umumiy hisoblangan hujayraviy
tuzilish tamoyillarini koʻrsatib berdi. Ammo Shvann ham xuddi Shleyden singari
hujayraning asosiy qismi uning poʻsti va hujayra strukturasiz shiradan hosil boʻladi,
deb hisoblagan. Hujayra nazariyasining bundan keyingi rivojlanishi protoplazma va
hujayra boʻlinishining kashf etilishi bilan bogʻliq. Nemis olimi R.Virxov (1958)
"Hujayra patologiyasi" asarida hujayra nazariyasini patologik hodisalarga tatbiq etib,
yadro hujayrada yetakchi ahamiyatga ega ekanligiga eʼtibor qaratdi va hujayraning
boʻlinish yoʻli bilan koʻpayish tamoyilini (har bir hujayra hujayradan hosil boʻladi)
asoslab berdi. 19-asrning 70—80 yillarida barcha hujayraviy tuzilishga ega boʻlgan
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-73
Часть–1_ июл–2025
146
2181-
3187
organizmlar uchun universal hisoblangan hujayraning boʻlinish usuli. yaʼni mitoz, asr
oxirida esa hujayra organoidlari kashf etiladi; hujayra protoplazmaning oddiy
yigʻindisi emasligi tan olinadi.
Hujayraviy
tuzilish
haqidagi
tushunchalar
rivojlanishining
dastlabki
davrlaridanoq hujayra bilan organizmning bir butunligi haqidagi muammo paydo
boʻlgan. Bu muammoning yechimi 2 yoʻnalishda rivojlandi. mexanistik
tushunchalarga koʻra individning hayot faoliyati oʻz vazifasini bajaruvchi hujayralar
yigʻindisidan iborat. Vitalistik konsepsiya nuqtai nazaridan esa organizmning
maqsadga muvofiq yashashi sifat jihatidan oʻzgacha ("yaxlitlik qismlarning
yigʻindisiga teng emas") va "hayotiy kuch" ga bogʻliq deb tushuntirilgan.
Hujayraning mitotik boʻlinishini, hujayra organoidlarining kashf etilishi,
keyinchalik esa biokimyo va molekulyar biologiyaning rivojlanishi tufayli hujayraning
strukturasi va funksiyasi tirik tabiat iyerarxiyasida hujayraviy pogʻonaning mavjudligi
haqidagi tushunchalarning shakllanishiga olib keldi. Zamonaviy Hujayra nazariyasi
koʻp hujayrali organizmlarni muayyan vazifani bajaradigan va bir-biriga taʼsir
koʻrsatib turadigan hujayralardan tashkil topgan murakkab, integ-ratsiyalashgan
sistema sifatida eʼtirof etadi.
Organizm qancha murakkab tuzilgan boʻlsa, uning bir butunligi shuncha aniq
namoyon boʻladi. Hujayraning asosiy strukturaviy elementlari shakllangan yadroga
ega boʻlgan eukariot organizmlar hamda yadrosiz prokariotlar uchun ham tegishli.
Mustaqil hayot kechirishga moslashmagan hujayra parazitlari hisoblangan viruslarning
mavjudligi tirik organizmlarning hujayraviy tuzilishi universal ekanligini koʻrsatadi.
Tirik organizmlar hujayraviy tuzilishining mushtarakligi hujayralarning kimyoviy
tarkibi va metabolitik jarayonlarning oʻxshashligi bilan ham tasdiqlanadi. Nuklein
kislotalar va oqsillar kabi muhim hayotiy komponentlar, ularning hosil boʻlishi va
almashinib turishi barcha tirik organizmlar hujayralari uchun universal xarakterga ega.
Keyingi 150 yildan ortiqroq davr mobaynida hujayrani oʻrganish yanada
chuqurlashib bordi. Hujayradagi barcha asosiy organoidlarning maʼlum vazifani
bajarishga moslashganligi aniqlandi; elektron mikroskop yordamida hujayraning
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-73
Часть–1_ июл–2025
147
2181-
3187
yanada nozikroq boʻlgan ultrastrukturalari oʻrganildi; ularning molekulyar tuzilishi
ochib berildi.
Hujayralarda moddalar almashinuvi va metamorfozi – bu hujayra ichida sodir
bo‘ladigan barcha kimyoviy reaktsiyalar majmui bo‘lib, ular hujayraning yashashi,
o‘sishi, ko‘payishi va yangilanishi uchun zarurdir. Ular moddalar almashinuvi
(metabolizm) va metamorfoz (shakl o‘zgarishi, rivojlanish) jarayonlarini o‘z ichiga
oladi.
1.
Moddalar almashinuvi (metabolizm)
Moddalar almashinuvi ikki asosiy jarayondan iborat:
a) Anabolizm (biosintez) – qurilish jarayoni
Kichik molekulalardan katta, murakkab moddalar hosil bo‘ladi.
Energiya sarflanadi.
Misollar:
Oqsillar sintezi (aminokislotalardan)
Yog‘lar sintezi (glitserin va yog‘ kislotalaridan)
DNK sintezi
b) Katabolizm – parchalanish jarayoni
Katta molekulalar kichik, oddiy moddalarga parchalanadi.
Energiya ajralib chiqadi.
Misollar:
Glukozaning parchalanishi (glikoliz, ATP ajralishi)
Oqsillarning aminokislotalarga parchalanishi
Yog‘larning glitserin va yog‘ kislotalariga parchalanishi
2
. Energiya almashinuvi
Moddalar almashinuvining ajralmas qismi bu energiya ishlab chiqarish va
sarflashdir.
Energiya manbai:
ATF (adenozin trifosfat) – hujayradagi asosiy energiya valyutasi.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-73
Часть–1_ июл–2025
148
2181-
3187
ATF mitoxondriyalarda glyukoza va boshqa moddalarning parchalanishi orqali
hosil bo‘ladi.
3.
Hujayralarda moddalar almashinuvining asosiy jarayonlari:
Jarayon Qayerda sodir bo‘ladi Maqsadi
Glikoliz Sitoplazmada Glukozani parchalab energiya olish
Krebs sikli Mitoxondriyada Organik kislotalarni parchalab energiya olish
Fotosintez (o‘simliklarda) Xloroplastda Quyosh nuridan energiya olish va organik
modda sintezi
Nafas olish (aerob/anaerob) Mitoxondriya / sitoplazma ATF ishlab chiqarish
Oqsil/yog‘/uglevod almashinuvi Sitoplazma va ER Yangi moddalarning sintezi
yoki parchalanishi
4
.
Metamorfoz
– hujayra shakli va tuzilishining o‘zgarishi
Metamorfoz deganda hujayra yoki organizmning hayotiy davrida sodir bo‘ladigan
morfologik (shakliy) o‘zgarishlar tushuniladi. Bu, ayniqsa, ko‘p hujayrali organizmlar
rivojlanishida kuzatiladi.
Misollar:
Zigotadan embriongacha rivojlanish (hujayraning ixtisoslashuvi)
Uzumzorlarda xloroplastlarning leukoplastga aylanishi (fotosintezdan saqlovchi
rolga o‘tadi)
G‘umbakli hasharotlarda (masalan, kapalak): tuxum → lichinka → g‘umbak →
imago
Xulosa:
Hujayralarda moddalar almashinuvi va metamorfozi:
Hujayra yashashi va o‘sishini ta’minlaydi;
Energiya ishlab chiqaradi va sarflaydi;
Yangi modda sintez qiladi va eskilarini parchalaydi;
Hujayra shaklini, vazifasini va organizmdagi rolini belgilaydi.
Tavsiya etilgan adabiyotlar
:
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-73
Часть–1_ июл–2025
149
2181-
3187
•
1. Afanasyev Yu.I. i dr., Rukovodstvo po gistologii, M., 2001; Zufarov
K.A. Gistologiyadan oʻquv qoʻllanma, T., 1991.
Elektron ta’lim resurslari:
www. minzdrav.uz–O’z.Res. Sog’liqni Saqlash tizimigaoid me’yoriy hujjatla
http://www.ziyonet.uz
