ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–8_ июня–2025
12
2181-
3187
INFORMATIKA FANINI O’QITISHDA INTERFAOL METODLARDAN
FOYDALANISH
Farg’ona shahar 2-sonli politexnikum
maxsus
fan o’qituvchisi
Jumaboyev Boburmirzo Shavkatjon o'g'li.
Annotatsiya
: Ushbu maqola informatika darslarida Interfaol metodlardan
foydalanish o’quv jarayonida o’quvchilar tanqidiy fikrlashga, shart-sharoitlarini va
tegishli axborotni tahlil qilish asosida murakkab muammolarni yechishga, alternativ
fikrlarni chamalab ko’rishga va asosli ravishda qarorlar qabul qilishga, bahslarda
ishtirok etishga, boshqalar bilan muloqot qilishga o’rganish kabilar yoriti berilgan.
Kalit so’zlar
: Interfaol metodlar, kichik guruhlar, noan’anaviy usullar,
pedagogik texnologiyalar, hamkorlik, samaradorlik, motivasiya, raqobat, jamoa,
baholash mezoni.
Hozirgi davrda o’sib kelayotgan avlodni mustaqil fikrlaydigan qilib tarbiyalash
vazifasi muhimdir. Ushbu masalaning hal etilishi ko’p jihatdan o’qitishning interfaol
metodlarini qo’llashga bog’liq.
Interfaol so’zi inglizcha “Interakt” so’ziga mos kelib, “Inter – o’zaro”, “akt – ish
ko’rmoq, ishlamoq” degan ma`nolarni anglatadi.
Interfaol o’qitish – muloqotli o’qitish bo’lib, jarayonning borishida o’qituvchi va
o’quvchi orasida o’zaro ta`sir amalga oshiriladi. Interfaol o’qitishning mohiyati o’quv
jarayonini shunday tashkil etishdan iboratki, unda barcha o’quvchilar bilish jarayoniga
jalb qilingan bo’lib, erkin fikrlash, tahlil qilish va mantiqiy fikr yuritish
imkoniyatlariga ega bo’ladilar. Darslardagi interfaol faoliyat o’zaro tushunishga,
hamkorlikda faoliyat yuritishga, umumiy, lekin har bir ishtirokchi uchun ahamiyati
nazorat topshiriqlarini birgalikda echishga olib keladigan muloqotli aloqani tashkil
etish va rivojlantirishni ko’zda tutadi.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–8_ июня–2025
13
2181-
3187
Interfaol metodlardan foydalaniladigan o’quv jarayonida o’quvchilar tanqidiy
fikrlashga, shart-sharoitlarini va tegishli axborotni tahlil qilish asosida murakkab
muammolarni echishga, alternativ fikrlarni chamalab ko’rishga va asosli ravishda
qarorlar qabul qilishga, bahslarda ishtirok etishga, boshqalar bilan muloqot qilishga
o’rganadilar. Buning uchun darslarda individual, juftli va guruhli ishlar tashkil etiladi,
izlanuvchi loyihalar, rolli o’yinlar, ijodiy ishlar qo’llaniladi, hujjatlar va axborotning
turli manbalari bilan ish olib boriladi. Interfaol o’qitish tashkilotchilari uchun, sof
o’quv maqsadlaridan tashqari quyidagi jihatlar ham muhimdir:
- guruhdagi o’quvchilarning o’zaro muloqotlar jarayonida boshqalarning
qadriyatlarini tushunib etishi;
- boshqalar bilan o’zaro muloqotda bo’lish va ularning yordamiga muhtojlik
zaruratining shakllanishi;
- o’quvchilarda musobaqa, raqobatchilik kayfiyatlarini rivojlantirish.
Interfaol usullar bo’yicha o’qitish tashkil etish jarayonida o’qituvchining bergan
topshiriqlari mazmuni o’quvchining tafakkurini rivojlantirish uchun kuchli vositadir.
Ushbu topshiriqlar turli xil murakkablik darajalarida bo’lib, o’quvchilarni fikr yuritish,
o’ylash, tasavvur qilish, yaratish yoki sinchiklab tahlil etishga undovchi bo’lishi lozim.
Quyida topshiriq savollarini to’g’ri ifoda qilish uchun tavsiyalar keltiramiz:
1. Topshiriq savollarini aniq va tushunarli darajada qo’yish lozim.
2. Topshiriq mavzu bilan bevosita bog’liq bo’lishi kerak.
3. Muayyan predmetlardan umumiyga borishga harakat qiling. Bu holat
o’quvchilarni o’ylashi va savolga javob berishda engillik tug’diradi.
4. Faqatgina “ha” yoki “yo’q”, “to’g’ri” yoki “noto’g’ri” degan javoblar
beriladigan savollarni berishdan saqlaning.
5. O`quvchilarga o’z intellektual qobiliyatlariga tayangan holda javob beradigan
savollarni bering.
6. O`quvchining o’z nuqtai nazarini bildiradigan topshiriqlardan berishga harakat
qiling.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–8_ июня–2025
14
2181-
3187
7. Qo’yilgan topshiriqqa javob berilganda o’quvchilardan “Nima uchun shunday
deb o’ylaysiz?” deb so’rab turing.
Quyida bir qator interfaol metodikalarning tavsifi va mohiyatini keltiramiz:
“
Aqliy xujum” metodi.
Mazkur metod muayyan mavzu yuzasidan berilgan muammolarni hal etishda
keng qo’llaniladigan metod sanalib, u mashg’ulot ishtirokchilarini muammo xususida
keng va har tomonlama fikr yuritish, shuningdek, o’z tasavvurlari va g’oyalaridan
ijobiy foydalanish borasida ma'lum ko’nikma hamda malakalarni xosil qilishga
rag’batlantiradi. Ushbu metod yordamida tashkil etilgan mashg’ulot jarayonida
ixtiyoriy muammolar yuzasidan bir necha original yechimlarni topish imkoniyati
tug’iladi. Mashg’ulotlar jarayonida «Aqliy xujum» metodidan foydalanishda bir necha
qoidalarga amal qilish talab etiladi.
1. Mashg’ulot ishtirokchilarini muammo doirasida keng fikr yuritishga undash,
ular tomonidan kutilmagan mantiqiy fikrlarning bildirilishiga erishish.
2. Har bir ta'lim oluvchi tomonidan bildirilayotgan fikr yoki g’oyalar miqdori
rag’batlantirilib boriladi. Bu esa bildirilgan fikrlar orasidan eng maqbullarini tanlab
olishga imkon beradi. Bundan tashqari fikrlarning rag’batlantirilishi navbatdagi yangi
fikr yoki g’oyalarning tuzilishiga olib keladi.
3. Har bir ta'lim oluvchi o’zining shaxsiy fikri yoki g’oyalariga asoslanishi hamda
ularni o’zgartirishi mumkin. Avval bildirilgan fikr (g’oya)larni umumlashtirish,
turkumlashtirish yoki ularni o’zgartirish ilmiy asoslangan fikr (g’oya)larning
shakllanishiga zamin hozirlaydi.
4. Mashg’ulotlar jarayonida ta'lim oluvchilarning har qanday faoliyatlarini
standart talablar asosida nazorat qilish, ular tomonidan bildirilayotgan fikrlarni
baholashga yo’l qo’ymaydi. Agarda ularning fikr (g’oya)lari baholanib, boriladigan
bo’lsa, ta'lim oluvchilar o’z diqqatlarini, shaxsiy fikrlarini himoya qilishga qaratadilar,
oqibatda ular yangi fikrlarni ilgari surmaydilar. Mazkur metodni qo’llashdan asosiy
maqsad ta'lim oluvchilarni muammo xususida keng va chuqur fikr yuritishga
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–8_ июня–2025
15
2181-
3187
rag’batlantirish ekanligini etibordan chetda qoldirmagan holda ularning faoliyatlarini
baholab borishning har qanday usulidan voz kechish maqsadga muvofiqdir.
“
Bilaman. Bilib oldim. Bilishni xohlayman” metodi.
Sinf o’quvchilari beshta guruhga bo’linadilar, guruhlar nomlanadi. Yozuv taxtasi
uch qismga ajratiladi. Birinchi bandning yuqori qismiga «Bilaman», ikkinchi bandning
yuqori qismiga «Bilib oldim», uchinchi bandning yuqori qismiga esa «Bilishni
xohlayman»degan so’zlar yoziladi. So’ngra o’qituvchi o’quvchilardan mavzu
yuzasidan qanday ma'lumotlarga ega ekanliklarini so’raydi va bildirilgan fikrlarni
«Bilaman »nomli bandga yozib qo’yadi. Ushbu xarakat guruhlar tomonidan fikrlar
to’la bayon etilganga qadar davom etadi. Mazkur jarayonda guruhlarning barcha
a'zolari faol ishtirok etishlariga ahamiyat berish zarur. O’quvchilar tomonidan
bildirilayotgan noto’g’ri fikrlar ham inkor etilmasligi zarur (zero bunday xarakat
o’quvchilarning faolligiga salbiy ta'sir ko’rsatadi).
Keyingi bosqichda o’quvchilarga mavzuga oid matnlar tarqatiladi Ushbu matn
mavzu bo’yicha eng asosiy tushunchalarni o’z ichiga oladi. O’quvchilar matn bilan
tanishib chiqqandan so’ng fikr yuritishlari hamda mavzuga oid yana qanday
ma'lumotlarni o’zlashtiriganliklarini aniqlashlari lozim. O’quvchilar o’z xulosalari
asosida fikrlarini bayon etadilar, ushbu fikrlar «Bilib oldim» nomli ustunga yozib
boriladi. So’ngi bosqichda o’qituvchi o’quvchilaridan yangi mavzu bo’yicha qanday
ma'lumotlarni o’zlashtirish istagida ekanliklarini so’raydi va o’quvchilarni yana
o’ylashga da'vat etadi. Guruhlardan navbati bilan fikr so’raladi. O’quvchilar tomonidan
bildirilgan fikrlar «Bilishni xohlayman»nomli ustunga yozib boriladi.
Masalan: Matn o’quvchilarga tarqatiladi. O’quvchilar yakka tartibda (7 minut)
matn bilan tanishadilar. So’ngra guruhlarda yuqorida qayd etilgan jadvalni
to’ldiradilar.
“
Bumerang” texnologiyasi
.
Ushbu metod o‘quvchilarni dars jarayonida, darsdan tashqarida turli adabiyotlar,
matnlar bilan ishlash, o‘rganilgan materialni yodida saqlab qolish, so‘zlab berish,
fikrini erkin holda bayon eta olish, qisqa vaqt ichida ko‘p ma’lumotga ega bo‘lish
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–8_ июня–2025
16
2181-
3187
hamda dars mobaynida o‘qituvchi tomonidan barcha o‘qivchilarni baholay olishga
qaratilgan.[e4].
Metodning maqsadi: O‘quv jarayoni mobaynida tarqatilgan materiallarning
o‘quvchilar tomonidan yakka va guruh holatida o‘zlashtirib olishlari hamda suhbat-
munozara va turli savollar orqali tarqatma materiallardagi matnlar qay darajada
o‘zlashtirilganligini nazorat qilish va baholash jarayoni mobaynida har bir o‘quvchi
tomonidan o‘z baholarini egallashiga imkoniyat yaratish.
Metodning qo‘llanishi: Amaliy mashg‘ulotlar hamda suhbat-munozara shaklidagi
darslarda yakka tartibda, kichik va jamoa shaklida foydalanilishi mumkin.
Mashg‘ulotda foydalaniladigan vositalar: O‘quvchi dars jarayonida mustaqil
o‘qishlari, o‘rganishlari va o‘zlashtirib olishlari uchun mo‘ljallangan tarqatma
materiallar (o‘tilgan mavzu yoki yangi mavzu bo‘yicha qisqa matnlar, suratlar,
ma’lumotlar).
Mashg‘ulotni o‘tkazish tartibi:
Ushbu metod bir necha bosqichda o‘tkaziladi:
• o‘quvchilar kichik guruhlarga ajratiladi;
• o‘quvchilar darsning maqsadi va tartibi bilan tanishtiriladi;
• o‘quvchilarga mustaqil o‘rganish uchun mavzu bo‘yicha matnlar tarqatiladi;
• berilgan matnlar o‘quvchilar tomonidan yakka tartibda mustaqil o‘rganiladi;
• har bir guruh a’zolaridan yangiguruhtashkil etiladi;
• yangiguruh a’zolarining har bir guruh navbati bilan mustaqil o‘rgangan matnlari
bilan axborot almashadilar, ya’ni bir-birlariga so‘zlab beradilar, matnni o‘zlashtirib
olishlariga erishadilar;
• berilgan ma’lumotlarning o‘zlashtirilganlik darajasini aniqlash uchun guruh
ichida ichki nazorat o‘tkaziladi, ya’ni guruh a’zolari bir-birlari bilan savol-javob
qiladilar;
• yangi a’zolar dastlabki holatdagi guruhlariga qaytadilar;
• darsning qolgan jarayonida o‘quvchilar bilimlarini baholash yoki to‘plagan
ballarini hisoblab borish uchun har bir guruhda “guruh hisobchisi” tayinlanadi.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–8_ июня–2025
17
2181-
3187
O‘quvchilar tomonidan barcha matnlar qay darajada o‘zlashtirilganligini aniqlash
maqsadida o‘qituvchi (yoki opponent guruh) o‘quvchilarga savollar bilan murojaat
etadilar, og‘zaki so‘rov o‘tkazadilar;
• savollarga berilgan javoblar asosida guruhlar to‘plagan umumiy ballari
aniqlanadi:
• har bir guruh a’zosi tomonidan guruhdagi matn mazmunini hayotga bog‘lagan
holda bittadan savol tuziladi;
• guruhlar tomonidan tayyorlangan savollar orqali savol-javob tashkil etiladi
(«guruh hisobchilari» berilgan javoblar bo‘yicha ballarni hisoblab boradilar);
• guruh a’zolari tomonidan to‘plangan umumiy ballar yig‘indisi aniqlanadi;
• guruhlar to‘plagan umumiy ballar guruh a’zolari o‘rtasida teng taqsimlanadi.
• darsni yakunlash, uyga vazifa berish.
Informatika darslarida ushbu metodni quyidagicha qo‘llash mumkin:
1.4.“Zinama-zina” texnologiyasi.
Ushbu metod o‘quvchilarni o‘tilgan yoki o‘tilishi kerak bo‘lgan mavzu bo‘yicha
yakka va kichik jamoa bo‘lib fikrlash hamda xotirlash, o‘zlashtirilgan bilimlarni yodga
tushirib, to‘plangan fikrlarni umumlashtira olish va ularni yozma, rasm, chizma
ko‘rinishida ifodalay olishga o‘rgatadi. Bu metod o‘quvchilar bilan yakka holda yoki
guruhlarga ajratilgan holda yozma ravishda o‘tkaziladi va taqdimot qilinadi.
Metodning maqsadi: O‘quvchilarni erkin, mustaqil va mantiqiy fikrlashga, jamoa
bo‘lib ishlashga, izlanishga, fikrlarni jamlab ulardan nazariy va amaliy tushuncha hosil
kilishga, jamoaga o‘z fikri bilan ta’sir eta olishga, uni ma’qullashga, shuningdek,
mavzuning tayanch tushunchalariga izoh berishda egallagan bilimlarini qo‘llay olishga
o‘rgatish.
Metodning qo‘llanishi: ma’ruza (imkoniyat va sharoit bo‘lsa), seminar, amaliy va
laboratoriya mashg‘ulotlarida yakka tartibda yoki kichik guruhlarda o‘tkazish hamda
nazorat darslarida qo‘llanilishi mumkin.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–8_ июня–2025
18
2181-
3187
Mashg‘ulotda qo‘llaniladigan vositalar: A-3, A-4 formatli qog‘ozlarda
tayyorlangan (mavzuni ajratilgan kichik mavzular soniga mos) chap tomoniga kichik
mavzular yozilgan tarqatma materiallar, flomaster (yoki rangli qalam)lar.
Mashg‘ulotni o‘tkazish tartibi:
• o‘qituvchi o‘quvchilarni mavzular soniga qarab 3-5 kishidan iborat kichik
guruhlarga ajratadi (guruhlar soni 4 yoki 5 ta bo‘lgani ma’qul);
• o‘quvchilar mashg‘ulotning maqsadi va uning o‘tkazilish tartibi bilan
tanishtiriladi. Har bir guruhga kog‘ozning chap qismida kichik mavzu yozuvi bo‘lgan
varaqlar tarqatiladi;
• o‘qituvchi a’zolarini tarqatma materialda yozilgan kichik mavzular bilan
tanishishlarini va shu mavzu asosida bilganlarini flomaster yordamida kog‘ozdagi
bo‘sh joyiga jamoa bilan birgalikda fikrlashib yozib chiqish vazifasini beradi va vaqt
belgilaydi;
• guruh a’zolari birgalikda tarqatma materialda berilgan kichik mavzuni yozma
(yoki rasm, yokio‘quvchizma) ko‘rinishida ifoda etadilar. Bunda a’zolari kichik mavzu
bo‘yicha imkon boricha to‘laroq ma’lumot berishlari kerak bo‘ladi.
• tarqatma materiallar to‘ldirilgach, guruh a’zolaridan bir kishi taqdimot qiladi.
Taqdimot vaqtida guruhlar tomonidan tayyorlangan material, albatta, auditoriya (sinf)
doskasiga mantiqan tagma-tag (zina shaklida) ilinadi;
o‘qituvchi guruhlar tomonidan tayyorlangan materiallarga izoh berib, ularni
baholaydi va mashg‘ulotni yakunlaydi.
Venn diagrammasi.
Venn diagramma-grafik ko’rinishda bo’lib, olingan natijalarni umumlashtirib,
ulardan bir butun xulosa chiqarishga, ikki va undan ortiq predmetni (ko’rinish, fakt,
tushuncha) tahlil qilish va o’rganishda qo’llaniladi. Diagramma ikki va undan ortiq
aylanani kesishmasidan hosil bo’ladi.
Maqsad: ikki va undan ortiq predmet va tushunchalarni taqqoslashda, turli va
umumiy tomonlarini aniqlashda bilim va ko’nikmalarni shakllantirish.
Amalga oshirish bosqichlari:
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–8_ июня–2025
19
2181-
3187
1-bosqich. O’quvchilar (sheriklari bilan) ikki doirani to’ldiradilar, har bir doiraga
ikki tushuncha (predmet)ni e'tiborli tomonlari sanab o’tiladi.
2-bosqich. O’quvchilarni kichik guruhlarga (4-5 kishidan iborat) birlashtirib,
diagrammalarni taqqoslaymiz va to’ldiramiz.
3-bosqich. Kichik guruh o’quvchilariga bu tushunchalarning (predmet,
ko’rinishlarning) umumiy xossalarini aniqlashni taklif etamiz.
4-bosqich. Biron bir guruh vakili har bir tushunchaning o’ziga xos tomonlarini
o’qiydi. Boshqalar zarurat bo’lganda uni javobini to’ldiradilar.
5-bosqich. Boshqa guruh vakillari ikki tushunchani birlashtiruvchi (umumiy)
xususiyatlarni o’qiydi. Boshqalar zarurat paydo bo’lganda bu javoblarni to’ldiradilar.
“T-sxema” metodi
.
T- sxema metodida bahs davomida javoblarni (haG`yo’q, tarafdorG`qarshi kabi)
yozib borishda universal grafik vosita bo’lib xizmat qiladi.
Muammoning mavzu doirasi aniqlangandan so’ng, quyidagi ko’rinishdagi T-
sxemani tuzish kerak:
Besh minutdan so’ng sxemaning chap tomonini to’ldirish lozim. Unda besh minut
davomida o’quvchilar mavzuga oid nechta kategoriya o’ylab topishgan bo’lsa, shuncha
kategoriya ko’rsatiladi. Keyingi besh minutda o’quvchilar sxemaning o’ng tomonini
to’ldiradilar. Va nihoyat, yana besh minut mobaynida o’quvchilar o’zlarining T-
sxemalarini boshqa juftlik yoki kichik guruhning T- sxemasi bilan taqqoslash imkoniga
ega bo’ladilar.
Ta’lim jarayonini tashkillashda axborot–kommunikatsiya texnologiyalaridan
samarali foydalanayotgan ko’pgina rivojlangan mamlakatlar o’quv jarayonini sifat
jihatdan yangi bosqichga ko’tarishga erishayotganliklari hayotda o’z tasdig’ini
topmoqda. Ayniqsa, o’quv maqsadlarini belgilash, talabalarni mustaqil bilim olishga
undash, o’quv jarayonini doimo rivojlanib boruvchi dinamik tizim sifatida loyihalash
kabi tashkiliy-uslubiy ishlarni amalga oshirishda innovatsion texnologiyalar katta
imkoniyatlarga ega. Innovatsion texnologiyalar joriy etish tajribasini o’rganish va unga
maqsadli yondashish, o’quv jarayonini insonparvarlashtirish, bunda talabani sust
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–8_ июня–2025
20
2181-
3187
ob’ektdan faol sub’ektga aylantirish, bilish faoliyatining aniq maqsadlarga
yo’nalganligini hamda o’quv jarayonini ishlab chiqarish jarayoni kabi
takrorlanuvchanligini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega bo’ladi.
FOYDALANILGANADABIYOTLAR:
1. “Aхborot tехnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish
to`g`risida”.
“Qishloq
hayoti
”
gazеtasi
03.06.05
y.
2. Farberman. B.L . “Ilg’orpedagogiktexnologiyalar”. T: 2001 y.35. Azizxodjaeva
N.N. Pedagogicheskie texnologii i pedagogicheskoe masterstvo. Ucheb.posobie.-
Toshkent. TDPU 2003. - 192 s. http://www.aci.uz/uz/news/uzaaa/article/110/.
4. Informatika o’qituvchisi Xaytullayeva Nafisa Sahobiddinova blogi.
5. O`quv jarayonida ilg`or pеdagogik va aхborot tехnologi yalarini qo`llash yo`llari.
Uslubiy qo`llanma. Akadеmik S.S.G`ulomov umumiy rahbarligi ostida. − T.; TDIU
2005.
90
b,105
b.
6. Ismatilla Isoqov, Sindorqul Ibragimovich Qulmamatov. “Informatikani o’qitishda
innovatsion
texnologiyalar”.
Ma’ruza
matnlari.
7. Ta'lim jarayonidagi noan'anaviy shakllari (Metodik qo’llanmalar. Tuzuvchilar:
Tolipova
J.
G’ofurov
A.T.)
T,
1994
yil.,
28-bet.
8. Mamarajabov Mirsalim. Interfaol ta’lim metodlari asosida informatika darslarini
loyihalash va rejalashtirish amaliyoti.Informatika va uni o‘qitish metodikasi
dotsenti.TDPU.