Авторы

  • Umarov Umidjon Usvaliyevich.

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.esiiw.121280

Ключевые слова:

kichik guruhlar noan’anaviy usullar pedagogik texnologiyalar hamkorlik samaradorlik motivasiya raqobat jamoa baholash mezoni.

Аннотация

Ushbu maqolada jismoniy tarbiya fanini o’qitishning zamonaviy 
usullaridan foydalanib, o’qitish jarayonini samarali tashkil etish, jismoniy tarbiya 
fanini o’qitishda kichik guruhlar bilan ishlashning yutuqlari, kichik guruhlarn baholash 
mezonlarini to’g’ri  tashkillash.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-71

Часть–8_ июня–2025

7

2181-

3187

JISMONIY TARBIYA FANINI O’QITISHDA KICHIK GURUXLAR BILAN

ISHLASHNING ZAMONAVIY USULLARI

Farg’ona shahar 2-sonli politexnikum

jismoniy tarbiya fani o’qituvchisi

Umarov Umidjon Usvaliyevich.

Annotatsiya

: Ushbu maqolada jismoniy tarbiya fanini o’qitishning zamonaviy

usullaridan foydalanib, o’qitish jarayonini samarali tashkil etish, jismoniy tarbiya

fanini o’qitishda kichik guruhlar bilan ishlashning yutuqlari, kichik guruhlarn baholash

mezonlarini to’g’ri tashkillash.

Kalit so’zlar

: kichik guruhlar, noan’anaviy usullar, pedagogik texnologiyalar,

hamkorlik, samaradorlik, motivasiya, raqobat, jamoa, baholash mezoni.

Mamlakatimizda sog‘lom va barkamol avlodni tarbiyalash, yoshlarning o‘z ijodiy

va intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarishi, mamlakatimiz yigit-qizlarini har

tomonlama rivojlangan barkamol shaxslar etib, voyaga yetkazish uchun zarur shart-

sharoitlar va imkoniyatlar yaratilgan. Jismoniy tarbiyaning maqsad va vazifalari

bo‘lajak yosh avlodni turli nazariy bilimlarni, jismoniy tarbiya tizimining rivojlanish

tarixiy qonuniyatlari, metodlari, vositalarini o‘rgatish hamda jismoniy tarbiyaning

xususiyatlari haqida atroflicha va chuqur bilimlar berish bilan birga ularni kelajakdagi

ish faoliyatlarida amaliy ahamiyat kasb etuvchi bilim, ko‘nikma va malakalarni

shakllantirishdan iborat.

Hozirgi davrda ta’lim sohasining oldida turgan dolzarb vazifalardan biri,

o’qitishda ilg’or pedagogik texnologiyalar va noan’anaviy usullarning yutuqlaridan

unumli foydalanish, ularni o’quv jarayoniga tatbiq etish, hamda rivojlangan

mamlakatlarning

tajribalarini

milliy

mentalitetimiz

an’analari

bilan

mujassamlashtirgan holda mamlakatimiz ta’lim tizimida unumli foydalanish.

Ko’pchilikka ma’lumki dars mashg’ulotlarini quyidagi shakllarda amalga

oshirish mumkin:

a) yakka tartibda ishlash


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-71

Часть–8_ июня–2025

8

2181-

3187

b) juftlikda (hamkorlikda) ishlash

c) kichik guruhlarda ishlash

d) guruhiy ta’lim shakli

e) jamoaviy ta’lim shakli

f) ommaviy ta’lim shakli.

Dars jarayonida guruhni tez-tez kichik guruhlarga bo‘lib ishlash maqsadga

muvofiqdir. Bundan maqsad guruhning har bir ishtirokchisini faol ishtirok etishga

undashdir. Biror bir mavzu katta guruhlarda muhokama etilsa, butun guruhning

ishtirokini ta’minlab bo‘lmasligi aniq. Bu esa guruhdagi sust ishtirokchilarni umuman

chetda qolishiga sabab bo‘ladi. Kichik guruhlarda ishlanganda esa ularning faol

ishtiroki talab etiladi va bu har bir ishtirokchining qiziquvchanligini oshiradi. Bundan

tashqari kichik guruhlarda ishlash ishtirokchilar uchun tinch va ishonchli muxitni

yaratadi, ularning bir-birlari bilan tezroq tanishishi va bir-biri bilan kirishishiga imkon

yaratadi. Ayniqsa, oilaviy mavzularga doyr nozik savollar muhokama etilganda ba’zi

ishtirokchilarda noqulaylik, uyalish holatlari vujudga keladi. Kichik guruhlarda

ishlash esa ulardagi uyalish, noqulaylikni yo‘qotishi mumkin. Guruh soni qancha

kichik bo‘lsa, undagi ishtirokchilarda qo‘rquv, noqulaylik, uyalish hislari kamroq

namoyon bo‘ladi.

Bolalarga jismoniy ta’lim va tarbiya berish jarayonida quyidagi didaktikta’limiy

tamoyillar qo’llaniladi:

- tizimlilik va izchillik, - onglilik, mustaqillik va ijodiy faollik,

- ta’limning ko’rgazmali og’zaki va amaliy usullarini birga qo’shib olib borish;

- tushunarlilik va individuallashtirish tamoyili;

- ta’limning frontal, gruh va yakka tarzdagi shakllarini birligi;

- talablarni tobora oshirib borish tamoyili.

Jismoniy tarbiya fanini samarali o’qitish ta’lim muassasalarida malakali

mutaxassislar tayyorlashni belgilaydi. Jismoniy tarbiya fanini o’qitish o’zining

ko’pgina belgilari,ya’ni mazmuni, maqsad va vazifalari, uslublari, vositalari, tashkil


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-71

Часть–8_ июня–2025

9

2181-

3187

etilishi, o’tkazilish joyi, jixozlanishi, tuzilishi, ajratiladigan vaqti bilan ham boshqa

fanlardan keskin farq qiladi.

Mikroguruhlar bilan ishlashda vazifa bajaruvchi, kuzatuvchiyoki ekspert

rollarini jismoniy tarbiya o‘qituvchisining o‘zi taqsimlab berishi kerak.

Mikroguruhlar bilan ishlashga haddan tashqari berilib ketishkerak emas, bu narsa

treningni samaradorligi va rivojlanishigahalakit berishi xam mumkin. O‘qituvchi

mikroguruhlar bilan ishlayotganda ularning faolligini oshirish uchun quyidagi

qoidalarga qat’iy rioya qilishi kerak.

Guruhdagi muammoli holatni hal qilish

Ba’zida kichik guruhlarda berilayotgan topshiriqlarni hamma ishtirokchilar ham

bir xilda bajarishni istayvermaydilar. O‘qituvchi kichik guruhlarda ba’zi ishtirokchilar

tomonidan yuzaga keltirilishi mumkin bo‘lgan quyidagi ko‘rinishdagi muammolarni

hal qilishga tayyor turishi kerak:

-ishtirokchi suhbatga aralashaverib, qolganlarning jig‘igategishi mumkin;

- ishtirokchi o‘zini ko‘rsatish uchun boshqalarni tanqid qilishi,noo‘rin kamsitishi

mumkin;

- ishtirokchi birovlarga nima qilishi kerakligini aytib, aqlo‘rgatishga harakat

qilishi mumkin;

- ishtirokchi gapirayotgan ishtirokchining gapini bo‘lishgaharakat qilishi

mumkin;

-ishtirokchi guruh ishida qatnashishdan bosh tortishi mumkin;

- ishtirokchi topshiriqda tegishli bo‘lmagan narsalar haqidagapirib vaqt

o‘tkazishga harakat qilishi mumkin.

Guruxda bunday muammolarni hal etish uchun quyidagicha yo‘l tutish mumkin:

Agar guruh ishida og‘ishlar ro‘y bersa, guruhga muloyimlik bilan vaqt behuda

ketayotganligini va berilgan topshiriqni bajarish yokimuammoni muhokama qilish

lozimligini eslatish lozim.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-71

Часть–8_ июня–2025

10

2181-

3187

Muammo tug‘dirayotgan ishtirokchi bilanalohida gaplashishkerak. Guruh qabul

qilgan qoidalarga to‘xtalib, keyin bir kishiningxulk-atvori qolganlarga ham salbiy

ta’sir qilishini tushuntirishlozim va undan keyingi mashg‘ulotlarda guruh bilan

hamkorlikda ishlashini so‘rash kerak.

Boshqalarning so‘zini bo‘layotgan ishtirokchiga shundayogohlantirish berish

mumkin: "Meni kechirasiz-u lekin sizga shunieslatib qo‘ymokchiman — guruhning

har bir a’zosi gapirish huquqiga ega va uning so‘zini bo‘lish kerakmas".

Agar biror ishtirokchining xulk-atvori va xatti-harakatiishlashga halaqit

berayotgan bo‘lsa, uni guruhning o‘zida ochiqchasigamuhokama qilish kerak. Qilingan

harakat yoki aytilgan gapni tanqidqilinadi, uning salbiy tomonini va guruh ishiga

halaqit berganligini ko‘rsatib beriladi, lekin hech qachon shu ishni qilgan yoki gapirgan

ishtirokchining o‘zini tanqid qilinmaydi.

Mashg‘ulot so‘ngida guruhning o‘zlashtirish darajasini muhokama qilish va

bunda kimningdir hissiyotlariga tegib ketmaslikka harakat qilish lozim. Guruhda

ishlash Quyida kichik guruhlarda mashg‘ulot o‘tkazishda nimalarga e’tibor berish

lozimligi haqida ayrim tavsiyalarni havola etamiz: Ishni 3 yoki 4 kishidan iborat

bo‘lgan guruhlar bilan ishlashdanboshlash maqsadga muvofiq. Shu usul bilan

ishtirokchilardagiqurquvni yo‘qotish osonroq kechadi.

Kichik guruhlar bilan ishlash jarayonida ularga beriladigan topshiriqlar,

guruhning barcha a’zolariga umumiy topshiriqlar yoki guruhning har bir a’zosiga

individual beriladigan topshiriqlar asosida tanlanishi kerak. Kichik guruhlar bilan

ishlashda yangi interfaol usullardan foydalanish mumkin. Umuman olganda har

bir o’qituvchining o’zi kashf qilgan dars o’tish metodlari bo’ladi. Qaysi metoddan

foydalanishimizdan qat’iy nazar eng asosiysi yuqori natijaga erishishdir.

Adabiyotlar:


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-71

Часть–8_ июня–2025

11

2181-

3187

1. Z.G Gapparov. “Sport psixologiyasi”. Darslik. – Toshkent, OOO “Mexridaryo”,

2011.

2. X.Tulenova, P.Xo‘jaev, M.Xo‘jaeva, H.Meliev “Jismoniy tarbiya nazariyasi va

metodikasi”– T.: Iqtisod-moliya nashriyoti, 2012 270 b.

3. Z.G Gapparov. “Futbolchilarni psixologik tayyorlash”– T.: “Futbol” (darslik)

R.A.Akramov um.tax.os. TDJTI.

4. X.F.Rashidov, A.A.Zokirov, O.U.Avlaev “Rahbarlik psixologiya” Toshkent.2008

O‘MKHTTKMO va UQTI. Uslubiy qo‘llanma 68 b

5. E.E.G‘oziev “Psixologiya” darslik –T. Noshir nashriyoti 2010 357.b 15. E.E.G‘oziev

“Ontogenez psixologiyasi” darslik –T. Noshir nashriyoti 2010 267.b 6.Mamatov M.M.

Sport psixologiyasi kursidan ma’ruza mavzulari va uning matni. T.: Universitet. 1999

17. F.Xo‘jaev; Futbol o‘quv qo‘llanma-T: Respublika ta’lim markazi. 2010.127 b.

Библиографические ссылки

Z.G Gapparov. “Sport psixologiyasi”. Darslik. – Toshkent, OOO “Mexridaryo”,

X.Tulenova, P.Xo‘jaev, M.Xo‘jaeva, H.Meliev “Jismoniy tarbiya nazariyasi va

metodikasi”– T.: Iqtisod-moliya nashriyoti, 2012 270 b.

Z.G Gapparov. “Futbolchilarni psixologik tayyorlash”– T.: “Futbol” (darslik)

R.A.Akramov um.tax.os. TDJTI.

X.F.Rashidov, A.A.Zokirov, O.U.Avlaev “Rahbarlik psixologiya” Toshkent.2008

O‘MKHTTKMO va UQTI. Uslubiy qo‘llanma 68 b

E.E.G‘oziev “Psixologiya” darslik –T. Noshir nashriyoti 2010 357.b 15. E.E.G‘oziev

“Ontogenez psixologiyasi” darslik –T. Noshir nashriyoti 2010 267.b 6.Mamatov M.M.

Sport psixologiyasi kursidan ma’ruza mavzulari va uning matni. T.: Universitet. 1999

F.Xo‘jaev; Futbol o‘quv qo‘llanma-T: Respublika ta’lim markazi. 2010.127 b.