ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–1_ июня–2025
165
2181-
3187
KARIYESNI KELIB CHIQISH SABABLARI VA UNING OLDINI
OLISH CHORALARI.
Qo`qon Universiteti Andijon Filiali
Stomatologiya yo’nalishi 104
guruh talabasi
Abdullayev Muhammadazizxo’ja Ro’zmatjon o’g’li
+998940501623 E-mail
abdullaevmuhammadazizhuza@gmail.com
Annotatsiya
: Ushbu maqolada karies kasalligi ning kelib chiqish sabablari va
uning oldini olish chora-tadbirlari yoritib berilgan . Karies stomatologik kasalliklar
orasida eng ko‘p uchraydigan muammolardan biri bo‘lib, unga turli bakterial, gigiyenik
va oziqlanish omillari ta’sir qiladi. Maqolada shaxsiy, klinik va jamoat profilaktika
usullariga alohida e’tibor qaratilgan. Tadqiqot natijasida kariesni erta davrda aniqlash
va samarali profilaktika choralari ko‘rish orqali uning tarqalishini kamaytirish
mumkinligi xulosa qilingan. Maqola umumiy amaliyotdagi stomatologlar, talabalar va
jamoatchilik farzand ustiryatgan ota-onalar uchun foydalidir.
Kalit so‘z:
Karies, Kariesogen, omillar, Og‘iz gigiyenasi, Bakteriyalar
(Streptococcus mutans) Tish yuvish, Ftorlash, Bolalar stomatologiyasi, Og‘iz
bo‘shlig‘I salomatligi, Emal tuzilishi, So‘lak pH darajasi.
Andijan branch of Kokand University
Student of the 104 the group of medical studies
Abdullayev Muhammadazizxuja Ro’zmatjon o’g’li
abdullaevmuhammadazizhuza@gmail.com
Abstract (explanation):
This article discusses the causes of caries and measures
to prevent it. Caries is one of the most common dental diseases, and is influenced by
various bacterial, hygienic and nutritional factors. The article focuses on personal,
clinical and public prevention methods. The study concluded that early detection of
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–1_ июня–2025
166
2181-
3187
caries and effective preventive measures can reduce its spread. The article is useful for
general practice dentists, students and parents raising children.
Keywords:
Caries, Cariogenic factors, Oral hygiene, Bacteria (Streptococcus
mutans) Tooth brushing, Fluoridation, Pediatric dentistry, Oral health, Enamel
structure, Saliva pH level.
Kirish:
Kariyes -tish qattiq tuqimalarining demineralizatsiyaga uchrashi
demakdir. “Tishlarning kariyesi- tishlar qattiq to’qimalarining asta-sekin yemirilishi va
keyinchalik ularga kavak shaklida nuqson yuzaga kelishi bilan namoyon bo’ladigan
kasallikdir” Oʻzbekistonda karyes kasalligi keng tarqalgan boʻlib, ayniqsa bolalar
orasida yuqori koʻrsatkichlar qayd etilgan. Soʻnggi yillarda oʻtkazilgan tadqiqotlar
quyidagi 166tatistic maʼlumotlarni taqdim etadi: Karyes tarqalishi boʻyicha 166tatistic
maʼlumotlar Maktabgacha yoshdagi bolalar orasida: Oʻzbekistonda 65–70% bolalar
erta bolalik karyesidan aziyat chekadi. Baʼzi hududlarda bu koʻrsatkich 80–90% gacha
yetadi. Nukus shahridagi 12 yoshli bolalar orasida: Oʻtkazilgan tadqiqotda 87 nafar
bola tekshirilib, oʻgʻil bolalarda karyes intensivligi oʻrtacha darajadan past darajaga
tushgani, qiz bolalarda esa ogʻiz gigiyenasiga qatʼiy rioya qilish natijasida intensivlik
pasaygani aniqlang.
Nega tishlar yemiriladi?
1.Mikroblar asosiy aybdorlar og‘zimizda doimo millionlab bakteriyalar yashaydi
.Ular orasida ayniqsa Streptococcus mutans degani ayyorroq.U og‘zimizdagi shirin
ovqatlarni kislotaga aylantiradi. Bu kislota esa tish emalini yemira boshlaydi karies shu
tarzda boshlanadi. Misol: Shirin choy, konfet yoki limonad ichganingizdan so‘ng
tishlarda yopishqoq holat seziladi bu bakteriyalar ishlab chiqargan kislota belgisidir.2.
Noto‘g‘ri ovqatlanish tish dushmani agar siz ko‘proq shakarli, ishlab chiqarilgan va
yopishqoq ovqatlarni (masalan, karamel, zefir) iste’mol qilsangiz, bakteriyalar uchun
ajoyib muhit paydo bo‘ladi.Ular tez-tez kislota ishlab chiqaradi va tishni yemiradi.
Maslahat: Tishlar uchun eng foydali mahsulotlar sabzavotlar, sut mahsulotlari va oddiy
suvdir.3. Tish gigiyenasi asosiy himoya agar tishlar har kuni tozalab turilmasa, ovqat
qoldiqlari va mikroblar tish orasida to‘planib, plak hosil qiladi. Bu esa karies uchun
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–1_ июня–2025
167
2181-
3187
eng qulay joyga aylanadi. Maslahat: har kuni kamida 2 marta tish yuvish, haftasiga bir
necha marta tish ipidan foydalanish va har 6 oyda stomatologga borish kerak.4. Tish
shakli anatomik xavf ayrim insonlarning tishlarida juda tor yoki chuqur yoriqlar
fissuralar bo‘ladi. Bu joylarda ovqat qoldiqlari to‘planib qoladi va ularni tozalash qiyin
bo‘ladi. Fakt: ayniqsa bolalarda chiqqan birinchi pastki molyarlarda chuqur fissuralar
sababli karies tez rivojlanadi.
5. So‘lak tabiiy himoya vositasi .So‘lak tishlarni yuvib, kislotalarni
neytrallashtirib, emalni mineral bilan ta’minlaydi. Agar so‘lak kam bo‘lsa karies xavfi
ortadi. Sabablar: stress, suvsizlanish, quruq havo, ayrim dori vositalari so‘lak ishlab
chiqarishni kamaytiradi.
Karies Profilaktikasi.
Hozirgi davrgacha kariyes kasalligining kelib chiqish sabablari oxi rigacha
aniqlanmagan. Kariyesni keltirib chiqaruvchi uchta omil o‘rin tutadi:
1. Tish karashlari mikroorganizmlari;
2. Shirinliklar;
3. Ftor taqchilligi.
Shu uchta omilga ta’sir ko‘rsatish kariyes intensivligini kamayishiga olib keladi.
Kariyes intensivligini kamaytirish uchun tishni karash lardan tozalash, kunlik
taomnomada shirinlikni kamay tirish, ftor taqchilligini bartaraf etish zarur
bo‘ladi.Tayanch iboralar.Kariyes tish qattiq to‘qimalarining yemirilishi natijasida
zararlangan bo‘shliq kovak hosil bo‘lishi bilan kechadigan kasallik.
Kariesni Oldini Olishning Zamonaviy Yechimlari:
Stomatologlar tavsiya etadilar. Bu vositalar tish emalini remineralizatsiya qilishga
yordam beradi va karies rivojlanishini sekinlashtiradi 1. Ftorli vositalar bilan
remineralizatsiya Ftor tish emalini mustahkamlab, kislotali muhitga bardoshliligini
oshiradi. Stomatologlar ftorli tish pastalari, og'iz chayqovchi eritmalar va professional
ftorli laklarni muntazam qo'llashni tavsiya qiladilar. To'g'ri ovqatlanish va shakar
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–1_ июня–2025
168
2181-
3187
iste'molini cheklash shakar va shirinliklar og'izdagi bakteriyalar uchun oziqa bo'lib,
karies rivojlanishiga sabab bo'ladi. Stomatologlar shakar iste'molini kamaytirish,
sabzavot va mevalarga boy ovqatlanishni tavsiya etadilar. Tish gigiyenasiga e'tibor
tishlarni kuniga ikki marta to'g'ri texnika bilan tozalash(agar tish yuvish texnikasini
bilmasangiz tish shifokoridan maslaxat olishingizni maslaxat beraman) tish ipidan
foydalanish va muntazam stomatolog ko'rigidan o'tish kariesni oldini olishda muhim
ahamiyatga ega. Bundan tashqari har kuni ertalab nonushtadan so`ng tishlarni to`g`ri
tish texnikasi bo`yich yuvish, shirinlik kofe rangli ichimliklar masalan Coca cola
istemol qilingandan so`ng tishlarni toza suv bilan chayish og`iz bushlig`ini toza tutish
lozim kechasi uyquga yotishdan oldin yana bir marta tishlarni yuvish zarur va tish
pastasi shotkasini tanlashda xam stomatolog maslaxati orqali tish va milk xolatiga mos
pasta va shotka tanlash maqsadga muvofiq buladi .
Kariyes kasalligini oldini olish chora-tadbirlari
.
Profilaktikasi uchun tuzilgan maxsus dasturlar, birinchi navbatda, homilador
ayollar va ulardan tug‘iladigan bolalar sog‘lig‘ini muxofaza qilishga qaratilishilozim.
Chunki kariyes kasalligini chaqiruvchi omillar bola tug‘ilishidan ancha oldin ona va
bola organizmiga o‘z salbiy ta’sirini ko‘rsatishi mumkin.Sut tishlar o‘zagining hosil
bo‘lishi homiladorlikning 7-haftasidan boshlanadi. Homilaning 5-oyida birinchi oziq
tishlar kurtagi hosil bo‘ladi, 8-oyda esa doimiy kesuvchi va uzuvchi tishlarning
kurtaklari hosil bo‘ladi. Bola tug‘ilguncha barcha sut tishlarining o‘zaklari hosil bo‘la
boshlaydi. Ma’lumki, homiladorlikning 9 oyi mobaynida bo‘lajak onaning tanasida,
organizmida kechadigan turli asabiylik, spirtli ichimliklar, giyohvandlik, chekish kabi
holatlar homila salomatligiga salbiy ta’sir etadi. Salbiy holatlar yuz-jag‘ sohasida yuz
tuzilishiga qatnashuvchi suyaklar shaklini o‘zgarishi, tish o‘zaklarini o‘lishi yoki
zararlanishi,
lablar
va
tanglay
suyaklarining
kemtiklari,
tishlarning mo‘rt, kariyes kasalligiga chalinuvchi bo‘lishi, tug‘ilgan bola organizmini
ng kuchsizlanishi kabilarga sabab bo‘lishi mumkin. O.A. Prokusheva keltirgan ma’lu
motlar 3 yoshdagi bolalar tishlarini tekshirish natijalariga bag‘ishlangan
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–1_ июня–2025
169
2181-
3187
bo‘lib, homiladorlik tinch, osoyishta, me’yorda kechgan sog‘lom onalardan tug‘ilgan
bolalarning 3% da tish kariyes kasalligi bilan kechganda onalardan tug‘ilgan
bolalarning deyarliyarmisida (43%) kariyes kasalligi borligi aniqlangan.Yaxshi va
to‘g‘ri ovqatlanish ham kariyes kasalligini oldini olish omillaridan biri xisoblanadi.
Homilador ayolning kunlik ovqati mineral tuzlarga, vitaminlarga, oqsillarga, yog‘larg
a va karbonsuvlarga boy bo‘lib, har kuni 4 mahal (4—4,5 soatda bir marta) bo‘lishi
talab etiladi. Bunda, kalsiy va fosfor (4:5 dan 1:1,5 nisbatda), magniy va kalsiy (1:3
yoki 1:2) ftor va kalsiy (1:1000) elementlari muvofiqlashgan bo‘lishi kerak. Buning
uchun aminokislotalar (arginin, lizin, alanin, glisin, krolin, tirozin)ga boy bo‘lgan
hayvonot oqsillari mol go‘shtida, quyon, tovuq, kurka va boshqa go‘shtlarda mavjud
bo‘lgani uchun, ularni iste’mol qilish foydalidir. O‘simlik mahsulotlaridan lavlagi ham
foydali xisoblanadi. Kundalik ovqat tarkibiga, masalan, go‘sht yoki baliq bilan
kalsiygaboy bo‘lgan kartoshka, karam, grechka, arpa, loviya kabilar kiritilsa maqsadga
muvofiq bo‘ladi. Sut va sut mahsulotlarida ham kalsiy elementi ancha ko‘p. 1 l sutda
1,2 g kalsiy, 100 g suzmada esa 0,9 g kalsiy moddasi bor. Kalsiyning ma’lum miqdori
organizmga suv bilan kiradi. Shuning uchun ftor va kalsiy hamda boshqa mineral
moddalar har bir hududda alohida xisoblanib chiqilishi shart. O‘zbekiston Respublikasi
hududida ichimlik suvdagi ftor ionlarining o‘rtacha yillik miqdori 0,4 mg/l ni (sharqiy
zonada — 0,28, markaziy zonada — 0,42, shimoliy-sharqiy zonada — 0,51 mg/l)
tashkil etadi.Bu juda kam miqdor xisoblanadi. Chunki me’yorda 0,8-1,2 mg/l ftor
miqdori bo‘lishi kerak. Shuning uchun ham, 6 yoshli bolalarning sut tishlarida kariyes
kasalligining tarqalish darajasi O‘zbekistonda 80,86% (sharqiy zonada — 73,89%,
markaziy zonada — 85%, shimoliy-sharqiy zonada — 85,71) ni tashkil etadi. 12 yoshli
bolalarda kariyes kasalligini umumiy tarqalganlik darajasi 68,04% ni, 15 yoshli
bolalarda — 75,75% tashkil etadi. Ftorning profilaktik foydasi — emalning
kislotalarga bo‘lgan qarshilik kuchini oshiradi. Demak, O‘zbekiston davlati xududida
xomilador ayollarga har kuni 2 tabletkadan ftorid natriy qabul qilish tavsiya etiladi.
Kasalligidan ximoya etadi. Toksikoz bilan kechadigan homiladorlikda bu miqdor 2 ga
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–1_ июня–2025
170
2181-
3187
ko‘paytiriladi. Agar suvda ftor miqdori me’yorda bo‘lsa ham, 1 tabletkadan kuniga 1
marta ftorid natriy qabul qilinadigan bo‘ladi.
Xulosa :
Demak tish kaslliklari jumladan kariyes rivojlanib bo`lgach shifokorga davolatish
birinchidan sog`lom tishlardan ayrilish ikkinchidan ko`p mablag` sariflash demakdir
shuning uchun kasallikni dastlabki bosqichida aniqlab oldini olgan to`g`ri buladi.
Oldini olish uchun sog`lam turmush tarziga va og`iz bushlig`i gigiyenasiga avalo
oilada Ota-Onalar amal qilishi va farzanlariga xam urgatishi kerak agar bilishmasa
stomatolog shifokor bilan maslaxatlashib to`g`ri tish yuvish texnikasi qanday tish
pastalaridan foydalanishni to`g`risida urganib olish zarur.
.
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati:
1. Ziyayeva, M.F., & Bahodirova, R.N. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni Saqlash
Vazirligi Direktorlar rayosati raisi, oliy toifali o‘qituvchi, shifokor-stomatolog. Tibbiy-
metodik qo‘llanma. Toshkent.
2. Tashpulatova, N.A. (2016). Stomatologik kollejlari kasalliklar: Kasb-hunar
o‘quvchilari uchun o‘quv qo‘llanma (Qayta nashr). Toshkent: Fan va texnologiya. 144
b.
3. Назаров, Б. К. (2012). Болалар стоматологияси асослари. Тошкент: Тиббиёт
нашриёти.
4. Карасев, В. В., & Левит, М. Д. (2009). Профилактика стоматологических
заболеваний. Москва: Медицина.
5. Трифонов, Е. В. (2015). Гигиена полости рта и профилактика кариеса. Санкт-
Петербург: СпецЛит.
8. Мусаева, Д. У. (2010). Стоматологик касалликлар профилактикаси. Тошкент
тиббиёт академияси.
9. Касимова, З. У. (2014). Профилактика кариеса у детей дошкольного возраста.
Самарканд: СамТИ.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-71
Часть–1_ июня–2025
171
2181-
3187
10. Алиев, Ф. И., & Ахмедова, С. И. (2013). Фтор ва тиш саломатлиги. Бухоро
тиббиёт институти нашри.