Авторы

  • Beknazarova Gulnoza Berdiyor qizi
  • Amirov Farrux Sobir o’g’li

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.esiiw.124654

Ключевые слова:

Magniy yengil metall fizik-kimyoviy xususiyatlar sanoat aerokosmik texnika ishlab chiqarish tarixi dolomit elektroliz.

Аннотация

Ushbu maqolada magniy metallining fizik-kimyoviy xususiyatlari, texnikadagi ahamiyati, sanoat tarmoqlarida qo‘llanilishi hamda uni ishlab chiqarish tarixining bosqichlari tahlil qilingan. Magniy engil metallar turkumiga kiradi va yuqori 
issiqlik va elektr o‘tkazuvchanligi, mukammal korroziyaga chidamliligi, qayta ishlanuvchanligi bilan ajralib turadi. Maqolada shuningdek, magniy ishlab chiqarish texnologiyalarining evolyutsiyasi, xom ashyo manbalari va zamonaviy ishlab chiqarish 
markazlari yoritilgan.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-70

Часть–5_ июня–2025

53

2181-

3187

MAGNIYNING XUSUSIYATLARI, TEXNIKADA

UNING O‘RNI VA ISHLAB CHIQARISHNING TARIXI.

ФИЗИКО-ХИМИЧЕСКИЕ СВОЙСТВА

МАГНИЯ, ЕГО ПРИМЕНЕНИЕ В ПРОМЫШЛЕННОСТИ

И ИСТОРИЯ ПОЛУЧЕНИЯ

Beknazarova Gulnoza

Berdiyor qizi

ISLOM KARIMOV NOMIDAGI

TOSHKET DAVLAT TEXNIKA

UNVERSITETI

,

“Metallurgiya” kafedrasi katta o’qituvchisi

Amirov Farrux Sobir

o’g’li

ISLOM KARIMOV NOMIDAGI

TOSHKET DAVLAT TEXNIKA

UNVERSITETI

,

“Metallurgiya” kafedrasi talabasi

Farruxamirov429@gmail.com

Annotatsiya:

Ushbu maqolada magniy metallining fizik-kimyoviy xususiyatlari,

texnikadagi ahamiyati, sanoat tarmoqlarida qo‘llanilishi hamda uni ishlab chiqarish

tarixining bosqichlari tahlil qilingan. Magniy engil metallar turkumiga kiradi va yuqori

issiqlik va elektr o‘tkazuvchanligi, mukammal korroziyaga chidamliligi, qayta

ishlanuvchanligi bilan ajralib turadi. Maqolada shuningdek, magniy ishlab chiqarish

texnologiyalarining evolyutsiyasi, xom ashyo manbalari va zamonaviy ishlab chiqarish

markazlari yoritilgan.

Kalit so‘zlar

Magniy, yengil metall, fizik-kimyoviy xususiyatlar, sanoat,

aerokosmik texnika, ishlab chiqarish tarixi, dolomit, elektroliz.

Аннотация:

В статье рассматриваются физико-химические свойства

металла магния, его значение в технике, применение в различных отраслях

промышленности, а также этапы исторического развития технологии его

получения. Магний относится к числу лёгких металлов, отличается высокой


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-70

Часть–5_ июня–2025

54

2181-

3187

теплопроводностью, коррозионной стойкостью и перерабатываемостью. Также

раскрываются источники сырья, эволюция технологии производства и

современные центры магниевой промышленности.

Ключевые слова

Магний, легкий металл, физико-химические свойства,

промышленность, аэрокосмическая техника, история производства, доломит,

электролиз.

KIRISH

Magniy ikkinchi guruh elementi (eski klassifikasiya ko’ra ikkinchi guruh asosiy

elementidir), kimyoviy elementlar D. I. Mendeleev davriy tizimida uchinchi davri , oʻn

ikkinchi nomeri joylashgan. Magniyning kimyoviy belgisi Mg ( lot. Magnezium ).

Oddiy magniy oqimtir-kumush rangdagi engil, yumshoq metall.. Magniy tabiatda

birikmalar holida keng tarqalgan bo‘lib, okean suvlarida, dolomit va magnezit

jinslarida katta miqdorda mavjud. Uning texnikadagi ahamiyati zamonaviy mexanika,

elektrotexnika, aviatsiya va tibbiyotda beqiyosdir .Magniy — davriy jadvalning II

guruhiga mansub, engil metallar sirasiga kiruvchi muhim kimyoviy elementdir. Yer

qobig‘ida keng tarqalgan bo‘lib, asosan dolomit, magnezit, karnallit kabi minerallarda

uchraydi. U zamonaviy sanoatda keng ko‘lamda qo‘llaniladi, ayniqsa aviatsiya,

avtomobilsozlik, elektronika, tibbiyot va metallurgiyada. Magniyning asosiy

afzalliklaridan biri — uning zichligi past bo‘lishi bilan birga, nisbatan yuqori mexanik

mustahkamlik va korroziyaga chidamlikka ega bo‘lishidir. Shu sababli, u ko‘plab

yengil konstruksiyalarni yaratishda asosiy materiallardan biri hisoblanadi..Shu

jihatdan, magniy sanoatda barqaror rivojlanishni ta’minlashda strategik metallardan

biri hisoblanadi.Ushbu maqolada magniy metallining fizik-kimyoviy xususiyatlari,

texnikadagi o‘rni, ishlab chiqarish tarixidagi muhim bosqichlar, hamda ishlab

chiqarishning zamonaviy texnologiyalari haqida batafsil ma’lumot beriladi.

MAGNIYNING FIZIK-KIMYOVIY XUSUSIYATLARI

Magniy — o‘zining yengil vazni, mustahkamligi va kimyoviy faolligi bilan

boshqa ko‘plab metallar orasida ajralib turadi. U yer qobig‘ida eng ko‘p uchraydigan


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-70

Часть–5_ июня–2025

55

2181-

3187

sakkizinchi element hisoblanib, asosan dolomit, magnezit va dengiz suvida uchraydi.

Quyida magniyning asosiy fizik va kimyoviy xususiyatlari keltirilgan:

1. Fizik xususiyatlari:

• Tashqi ko‘rinishi: Yorqin, kumushsimon oq metall.

• Zichligi: Juda past – 1,738 g/cm³ bo‘lib, bu magniyni alyuminiydan ham yengil

qiladi.

• Erish nuqtasi: 650°C, nisbatan past haroratda suyuqlanadi, bu esa uni qayta

ishlashni osonlashtiradi.

• Qaynash nuqtasi: 1090°C.

• Kristall tuzilmasi: Geksaonal zich qadoq (HCP), bu esa unga ma’lum darajada

mo‘rtlik beradi.

• Issiqlik o‘tkazuvchanligi: Yaxshi, shuning uchun issiqlik tarqatish tizimlarida

ishlatiladi.

• Elektr o‘tkazuvchanligi: Toza misga nisbatan pastroq, lekin texnikada bu

muhim kamchilik hisoblanmaydi.

2. Kimyoviy xususiyatlari:

• Faolligi yuqori: Magniy havoda tezda oksidlanadi. Biroq hosil bo‘lgan yupqa

oksid qatlami (MgO) uni yanada chuqur oksidlanishdan himoya qiladi.

• Kislotalar bilan oson reaksiyaga kirishadi: Masalan, xlorid kislotasi bilan

reaksiyada vodorod gazi ajraladi.

\text{Mg} + 2\text{HCl} \rightarrow \text{MgCl}_2 + \text{H}_2 \uparrow

• Suv bilan reaksiyasi: Qaynoq suvda yoki bug‘da magnit gidroksid va vodorod

ajratadi.

• Qaytaruvchanlik xossasi kuchli: Shu sababli u titan, uran kabi metallarni

birikmalaridan ajratib olishda ishlatiladi.

3. Qotishmalar hosil qilish xususiyati:

Magniy boshqa metallar bilan — xususan alyuminiy, rux, silisiy, marganes bilan

— engil va bardoshli qotishmalar hosil qiladi. Bu qotishmalar quyidagicha

xususiyatlarga ega bo‘ladi:


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-70

Часть–5_ июня–2025

56

2181-

3187

• Mexanik jihatdan mustahkam

• Korroziyaga chidamli

• Yengil va qayta ishlash oson

Shu sababli, bu qotishmalar mashinasozlik, aviatsiya, elektrotexnika va sport

anjomlari ishlab chiqarishda keng foydalaniladi.

MAGNIYNING TEXNIKADAGI VA SANOATDAGI O‘RNI

Magniy ko‘plab zamonaviy sohalarda quyidagicha qo‘llaniladi:

3.1. Aerokosmik sanoatMagniy alyuminiy bilan qotishmalar holida samolyotlar

karkasi, raketa qismlari va yo‘ltanlamas qurilmalar uchun ishlatiladi. Uning yengilligi

tortish kuchini kamaytiradi, bu esa yonilg‘i sarfini kamaytiradi.

3.2. AvtomobilsozlikMashinalar dvigatellari, transmissiya qismlari, rul va eshik

panellari kabi joylarda magniy asosidagi qotishmalar qo‘llaniladi. Bu avtomobillarning

og‘irligini kamaytiradi va yonilg‘i tejamkorligini oshiradi.

3.3. Elektronika va texnika; Noutbuklar, mobil telefonlar, kameralar korpuslari va

boshqa elektron qurilmalar uchun magniy qotishmalari ishlatiladi. Yengil va

mustahkamligi bu sohada ustunlik beradi.

3.4. Tibbiyot ;Magniy tanaga mos keladigan, bioto‘g‘rilanuvchan metall bo‘lib,

suyak protezlari va implantlarda ishlatilmoqda. Yaqinda magniydan o‘z-o‘zidan

eriydigan implantlar tayyorlash yo‘nalishida tadqiqotlar olib borilmoqda.

3.5. Metallurgiya ;Titan, uran kabi metallarni ajratib olishda magniy qaytaruvchi

sifatida ishlatiladi. Shuningdek, po‘lat va quyma temir ishlab chiqarishda kuchli

dezoksidlovchi sifatida ham qo‘llaniladi.

U engil va ultra yengil quyma qotishmalarini ishlab chiqarish uchun

(samolyotsozlik, avtomobilsozlik), shuningdek, yoritish va yoqish raketalarini ishlab

chiqarish uchun pirotexnika va harbiy soxalarda qo’llaniladi. XX asrning ikkinchi

yarmidan boshlab magniy sof shaklda va krimniy temir bilan qotishmasi tarkibida –

ferrosilikomagniy,

Cho’yan ishlab chiqarishda keng qo’lanilqdi, chunki u cho’yandagi uglerod

formasiga tasir qiladi. Bu esa cho’yanga yangi qobiliyalar beradi.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-70

Часть–5_ июня–2025

57

2181-

3187

Qotishmalarda

Magniy asosidagi qotishmalar engilligi va mustahkamligi tufayli aviatsiya,

aviatsiya va avtomobilsozlik sanoatida muhim tarkibiy material sanaladi. » Drujba»

benzopili va » Zaporojets» avtomashinasining divigitil karterlari magniy

qotishmasidan qilingan . Hozirda engil qotishma g’ildiraklar ushbu qotishmadan

tayyorlanayabdi.

Tokning kimyoviy manbalari

Sof metall va uning kimyoviy birikmalar (bromid, perxlorat) shaklida magniy

elektr batariyalar ishlab chiqarishda ishlatiladi(misol uchun, magniy-perxlorat,

oltingugurt-magniy, xlorid-magniy, xlor kumush-magniy, magniy-vanadiy va

boshqalar).

Magniy asoslangan kimyoviy manbalari o’ziga xos energiya xususiyatlari va

yuqori EMF ning juda yuqori qiymatlari bilan ajralib turadi.

Magniy gidrid – bu ixcham saqlash va ishlab chiqarish uchun ishlatiladigan eng

katta vodorod akkumulyatorlaridan biridir.

Olovga chidamli materiallar

Magniy oksidi MgO metallurgiya pechlarini va maxsus qoplamalar ishlab

chiqarish uchun o’tga chidamli material sifatida ishlatiladi .

Magniy perxlorat, Mg (ClO4 )2 – (angidron) laboratoriyalarda gazlarni chuqur

quritish uchun va magniy yordamida kimyoviy quvvat manbalari uchun elektrolit

sifatida ishlatiladi.

MAGNIY ISHLAB CHIQARISHNING TARIXI VA

TEXNOLOGIYALARI

4.1. Tarixiy rivojlanish

Magniy birinchi bor 1808-yilda angliyalik olim Humphry Davy tomonidan

izolyatsiya qilingan. U magnizit (MgCO₃) va ohak aralashmasidan elektroliz orqali

magniy ajratib olgan. 1833-yilda fransuz kimyogari Antoine Bussy metall magniyni

sof holda ajratib olishga muvaffaq bo‘lgan. 1886-yildan boshlab sanoat miqyosida

ishlab chiqarish boshlanadi.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-70

Часть–5_ июня–2025

58

2181-

3187

4.2. Zamonaviy ishlab chiqarish texnologiyalari

Magniy asosan quyidagi ikki usulda olinadi:

• Termik usul: Dolomit (CaMg(CO₃)₂) va ferrosilikon aralashmasini 1200–

1300°C da vakuum pechida qayta ishlash orqali magniy ajratib olinadi.

• Elektrolitik usul: Magniy xlorid (MgCl₂) eritmasi elektrolizdan o‘tkaziladi. Bu

usul dengiz suvi yoki tuz konlaridan olinadigan xomashyolarga asoslanadi.

Bugungi kunda Xitoy dunyodagi eng yirik magniy ishlab chiqaruvchisi bo‘lib,

global bozordagi ulushi 85% dan ortiq. Shuningdek, AQSh, Rossiya, Germaniya va

Braziliya ham yirik ishlab chiqaruvchilar qatoriga kiradi.

XOMASHYO BAZASI

Magniy metallurgiyasining samarali rivojlanishi, avvalo, uning boy va xilma-

xil xom ashyo manbalariga bog‘liq. Magniy er qobig‘ida keng tarqalgan elementlardan

biri bo‘lib, uning ulushi 2,1% ni tashkil etadi. Tabiatda magniy erkin holda

uchramaydi, balki birikma shaklida uchraydi. Asosiy sanoat ahamiyatiga ega bo‘lgan

xom ashyo turlari quyidagilar:

1. Magnezit (MgCO₃)

• Bu eng muhim magniyli mineral hisoblanadi. Magnezitdan magniy metallini

olish uchun asosan termik usullar qo‘llaniladi.

• U asosan cho‘kindi jinslarda va metamorfik zonalarda topiladi.

• Magnezitdan nafaqat metall magniy, balki sintezlangan magneziya (MgO) va

boshqa mahsulotlar ham olinadi.

2. Dolomit (CaMg(CO₃)₂)

• Dolomit magniy olishda keng qo‘llaniladigan arzon va keng tarqalgan mineral

bo‘lib, unda magniy va kalsiy karbonat birgalikda mavjud.

• Dolomitdan Pidjen usuli (Pidgin process) orqali metall magniy ishlab

chiqariladi. Bu usulda dolomit va ferrosilikon ishtirokida metallik magniy ajratib

olinadi.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-70

Часть–5_ июня–2025

59

2181-

3187

• Dolomit zaxiralari dunyo bo‘ylab juda katta, ayniqsa Xitoy, AQSh, Rossiya,

Hindiston va Braziliyada mavjud.

3. Karnallit (KMgCl₃·6H₂O)

• Karnallit — dengiz tuzlaridan ajratib olinadigan gidratlangan xlorid bo‘lib,

magniy ishlab chiqarish uchun gidrometallurgik usullarda foydalaniladi.

• Bu xom ashyo asosan Germaniya va Rossiyadagi tuz konlarida ko‘p uchraydi.

• Karnallitning ahamiyati shundaki, u orqali suyuqlik fazasida magniy ajratish

texnologiyalari ishlatiladi.

4. Dengiz suvi va sho‘r suvlar (brinlar)

• Dengiz suvida 1 litrda o‘rtacha 1,3 g atrofida magniy mavjud.

• Bu usul atrof-muhitga kam zararli va katta miqdorda xom ashyo olish imkonini

beradi.

• Magniy, asosan, magniy xlorid (MgCl₂) holida olinadi va elektroliz orqali

metall holiga keltiriladi.

• Xitoy, Yaponiya va AQSh kabi davlatlar ushbu manbadan keng foydalanadi.

5. Talk (Mg₃Si₄O₁₀(OH)₂)

• Talk, odatda, to‘g‘ridan-to‘g‘ri magniy olishda kam ishlatiladi, ammo uni

chuqur qayta ishlash orqali magniy birikmalariga ajratish mumkin

Magniy metallurgiyasining xom ashyo bazasi juda boy va xilma-xil bo‘lib, tabiiy

minerallar (magnezit, dolomit, karnallit) hamda qayta tiklanuvchi resurslar (dengiz

suvi) asosida shakllanadi. Bu manbalar mavjudligi magniy ishlab chiqarishni ko‘plab

hududlarda yo‘lga qo‘yish imkonini beradi va sanoat uchun strategik ustunlik yaratadi.

Magniy olish texnologiyalarining rivojlanishi bilan birga, ekologik toza va energiya

tejamkor usullar afzallik kasb etmoqda.

XULOSA

Magniy metallari zamonaviy texnika va sanoatda strategik ahamiyatga ega

bo‘lgan engil metallardan biridir. U o‘zining fizik-kimyoviy xususiyatlari – past

zichligi, korroziyaga chidamliligi va yuqori mexanik mustahkamligi bilan ajralib


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-70

Часть–5_ июня–2025

60

2181-

3187

turadi. Ayniqsa, aviatsiya, avtomobilsozlik, elektrotexnika va harbiy sanoat kabi

sohalarda magniyning o‘rni beqiyosdir.

Magniy ishlab chiqarishining tarixi XIX asrga borib taqaladi. Dastlab

laboratoriya sharoitida olinib, keyinchalik texnologik jarayonlar takomillashtirilgan

holda, pirometallurgik va gidrometallurgik usullar orqali ommaviy ishlab chiqarishga

yo‘l ochildi. Bugungi kunda dunyoda magniyni ishlab chiqarish bo‘yicha Xitoy

yetakchi hisoblanadi, undan keyin AQSh, Rossiya va boshqa davlatlar

turadi.Shuningdek, maqolada magniyning asosiy xom ashyo bazasi – dolomit,

magnezit, karnallit va dengiz suvi haqida ma’lumotlar berildi. Ularning mavjudligi va

qayta ishlanish texnologiyalarining soddalashuvi magniy sanoatini yanada

rivojlantirishga xizmat qilmoqda.Umuman olganda, magniy – kelajakda ekologik toza,

yengil va samarali texnologiyalarni yaratishda muhim rol o‘ynovchi metallardan biri

sifatida sanoat va ilm-fan oldida katta istiqbollarga ega.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1.

Azimov Sh.J. Metalllar texnologiyasi. Toshkent: Oliy ta’lim, 2018.

2.

Kalinin V.V. Производство магния и его применение. Москва, 2019.

3.

Gusev Yu.M. Металлургия бериллия и магния. СПб: Наука, 2021.

4.

7. O‘zbekiston Respublikasi Geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi

materiallari, 2023.

5.

Арибжонова Д.Е., Бекназарова Г.Б. Инновационная технология выплавки

стали с использованием местных сырьевых материалов. – Ташкент: ТашГТУ,

2022. – 140 с.

6.

Арибжонова Д.Е. Пулат ишлаб чиқариш технологияси: дарслик. –

Ташкент: Shafoat Nur Fayz, 2020. – 240 с.

7.

Юсупходжаев

А.А.,

Арибжонова

Д.Е.,

Бекназарова

Г.Б.

Восстановительные процессы в металлургии: монография. – Ташкент: Изд-во

Shafoat Nur Fayz, 2020.

8.

Khojiyev Sh.T., Aribdjonova D.E., Yusupkhodjayev A.A., Beknazarova G.B.

Depletion of Slag from Almalyk Copper Plant with Aluminium Containing Waste //


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-70

Часть–5_ июня–2025

61

2181-

3187

International Journal of Innovative Technology and Exploring Engineering. – 2019. –

December.

9.

Mirzajonova S.B., Muratova M.I., Rakhmatov U.N., Lutfullayeva N.B.,

Beknazarova G.B. Iron recovery technology from copper processing plants //

Metallurgical and Materials Transactions A. – 2023.

Библиографические ссылки

Azimov Sh.J. Metalllar texnologiyasi. Toshkent: Oliy ta’lim, 2018.

Kalinin V.V. Производство магния и его применение. Москва, 2019.

Gusev Yu.M. Металлургия бериллия и магния. СПб: Наука, 2021.

O‘zbekiston Respublikasi Geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi

materiallari, 2023.

Арибжонова Д.Е., Бекназарова Г.Б. Инновационная технология выплавки

стали с использованием местных сырьевых материалов. – Ташкент: ТашГТУ,

– 140 с.

Арибжонова Д.Е. Пулат ишлаб чиқариш технологияси: дарслик. –

Ташкент: Shafoat Nur Fayz, 2020. – 240 с.

Юсупходжаев

А.А.,

Арибжонова

Д.Е.,

Бекназарова

Г.Б.

Восстановительные процессы в металлургии: монография. – Ташкент: Изд-во

Shafoat Nur Fayz, 2020.

Khojiyev Sh.T., Aribdjonova D.E., Yusupkhodjayev A.A., Beknazarova G.B.

Depletion of Slag from Almalyk Copper Plant with Aluminium Containing Waste // International Journal of Innovative Technology and Exploring Engineering. – 2019. –

December.

Mirzajonova S.B., Muratova M.I., Rakhmatov U.N., Lutfullayeva N.B.,

Beknazarova G.B. Iron recovery technology from copper processing plants //

Metallurgical and Materials Transactions A. – 2023.