Авторы

  • Tursunova Zuhra Hakimjon qizi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.esiiw.124673

Ключевые слова:

Bugungi kundan kunga rivojlanib borayotgan zamonamizga kelib kreativlik nafaqat psixologlarning

Аннотация

Ushbu maqolada"Ta'lim tizimida kreativ yondashuv "  Rus tilini yangi grammatik model orqali oson o'rgatish  haqida mulohazalar yuritilgan va aniq takliflar berilgan . 


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-70

Часть–5_ июня–2025

62

2181-

3187

"TA'LIM TIZIMIDA KREATIV YONDASHUV"

Andijon viloyati Ulug'nor tumani

13- umumiy o'rta ta'lim

maktabining

rus tili fani o'qitivchisi

Tursunova

Zuhra Hakimjon qizi

z8426731@gmail.com

Annotatsiya :

Ushbu maqolada"Ta'lim tizimida kreativ yondashuv " Rus tilini

yangi grammatik model orqali oson o'rgatish haqida mulohazalar yuritilgan va aniq

takliflar berilgan .

Bugungi kundan kunga rivojlanib borayotgan zamonamizga kelib , kreativlik

nafaqat psixologlarning , balki pedagog xodimlarning ham diqqat - e'tiborini tortmoqda

.

Xo'sh, kreativlik nima o'zi? Qanday jarayonlarda kreativlik namoyon bo'ladi?

Kreativlik-

shaxsni

rivojlantiruvchi

kategoriya

sifatida

inson

ma'naviyatining ajralmas qismi bo'lib , shaxsni o'z -o'zini rivojlantirish omili , shaxsiy

jonbozlikning asosi, pedagog yoki shaxs o'zi ega bo'lgan bilimlarni ko'p qirrali

ekanligida emas, balki yangi g'oyalarga intilishga , yangiliklar yaratish jarayonini isloh

qilish va o'zgartirishda , dars jarayonida yuzaga kelayotgan qator muammolarni

yechishda , noan'anaviy tarzda yondashishda namoyon bo'ladi.

Pedagog xodimlar o'rtasida kreativlik nima uchun kerak?

Misol tariqasida aytadigan bo'lsak, maktablarda(asosan , ta'lim o'zbek tilida

olib boriladigan ) tillarni o'rganish bilan yuzaga kelayotgan qiyinchiliklarni olib

qaraydigan bo'lsak , o'qituvchi (pedagog) an'anaviy ta'lim tizimi bilan o'quvchilarga

bilim berishdan to'xtamaydigan bo'lsa , o'quvchilar orasida ushbu fanga bo'lgan

qiziqishlari kamayib borishi mumkin. Qachonki, pedagog bitta qolipga asoslangan dars

mashg'ulotlarini o'tishni to'xtatib , o'z yo'nalishi bo'yicha o'quvchilarga yangiliklar ,

ixtirolar va yangi metodlar olib kirmas ekan , ta'lim tizimida o'zgarishlar bo'lmaydi .


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-70

Часть–5_ июня–2025

63

2181-

3187

Albatta, bugungi kunga qadar tillar (asosan rus tili) ni o'rganish yoxud

o'rgatish uchun ko'plab o'quv qo'llanmalar , audio kitoblar , video darslar va boshqa

materiallar mavjud . Biroq, bu materiallarda rus tilini o'qitish hali ham an'anaviy tarzda

qolmoqda , ya'ni qanday? O'quvchilar tilni an'anaviy grammatik qoidalarga qat'iy rioya

qilgan holda o'rganadilar . Bundan tashqari , ushbu materiallarning deyarli barchasida

o'rganilayotgan va ona tillarning lingvomadaniy , lingvodidaktik va qiyosiy jihatlari

hisobga olinmaydi .

Xo'sh, bu borada kimlar bilan hamkorlikda ish olib borish kerak?

Albatta, o'quvchi yoshlar bilan .

Qanday qilib?

degan savol yuzaga kelishi mumkin.

Biz yaxshi bilamizki , hozirgi sharoitda yoshlarni hatto kichik matnlar

o'qishga , boshqa tildagi ayrim so'zlarni o'rganishga majburlash qiyin. Shu sababli ,

mohir pedagog o'z sohasiga an'anaviylikdan qochgan holda zamonaviy metodologiya

ona tili bo'lmagan tillarni , ya'ni rus tilini o'qitishda optimal va qisqa muddatli

variantlar talab qilinadi .

Muammoni yechim nimada?

Rus

tilini ona tili bo'lmagan til sifatida o'rgatishda birinchi navbatda nutqqa

e'tibor berishi lozim. Nutqni o'rganishda ikkita narsani hisobga olish kerak deb

o'ylayman.

-har bir o'quvchiga individual nutq so'zlash uchun mashg'ulotlar o'tkazish;

-dialogik yoki monologik nutqiy ko'nikmalarni shakllantirish;

Pedagog o'quvchilarga o'zga tilda so'zlashishni o'rgatish uchun eng avvalo o'z ona

tilini yaxshi bo'lishi va o'rgatayotgan til bilan solishtira bilishi kerak. Agar pedagog

taqqoslashni o'rgatish jarayonida tanqidiy fikr yuritishni o'rgatsa o'quvchilar uchun

ushbu tilni o'rganish osonroq bo'ladi . Pedagog o'z sohasiga kreativ yondashib , dars

jarayonlarini osonroq , tushunarliroq bo'lishini ta'minlash uchun har bir darsga

taqqoslash grammatik modelini ishlab chiqishi zarur . Bu qanday bo'ladi? Har bitta

mavzu uchun o'rgatayotgan til va ona tili bilan solishtirilgan grammatik model tuzib


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-70

Часть–5_ июня–2025

64

2181-

3187

chiqiladi. Bu jarayonda o'quvchilarning fikrlash va eslab qolish qobiliyati ham ko'proq

ishlaydi.

Yuqoridagi taklif va mulohazalar o'z yo'nalishim bo'yicha yondashilgan

fikrlar edi . Umuman olganda ta'lim va dars jarayonlariga kreativ yondashishlik ,

an'anaviy tafakkur yuritishdan farqli ravishda , tafakkurning tezkorligi , yangi

g'oyalarni yaratish qobiliyati, shuningdek , shaxs xarakteriga xos jihatlar - bir qolipda

fikrlamaslikda , o'ziga xoslikda , tashabbuskorlikda , zakovatli bo'lishda aks etadi.

Библиографические ссылки

Yuqoridagi taklif va mulohazalar o'z yo'nalishim bo'yicha yondashilgan fikrlar edi . Umuman olganda ta'lim va dars jarayonlariga kreativ yondashishlik , an'anaviy tafakkur yuritishdan farqli ravishda , tafakkurning tezkorligi , yangi g'oyalarni yaratish qobiliyati, shuningdek , shaxs xarakteriga xos jihatlar - bir qolipda fikrlamaslikda , o'ziga xoslikda , tashabbuskorlikda , zakovatli bo'lishda aks etadi.

Наиболее читаемые статьи этого автора (авторов)