ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-70
Часть–5_ июня –2025
346
2181-3187
KICHIK BIZNESDA LOYIHALARNI BOSHQARISH TIZIMINING
TUZILISHI VA TAMOYILLARI
To’raqo’rg’on Agrotexnologiyalari texnikumi
Maxsus fan o’qituvchisi
Dolimov Dilmurod
Annotatsiya
:Ushbu maqolada kichik biznes subyektlarida loyihalarni boshqarish
tizimining asosiy tuzilishi va tamoyillari yoritilgan. Loyihalarni samarali boshqarish
kichik
biznesda
cheklangan
resurslardan
oqilona
foydalanish,
risklarni
minimallashtirish va raqobatbardosh mahsulot yoki xizmat yaratish imkonini beradi.
Maqolada loyiha boshqaruvining asosiy bosqichlari — maqsadni belgilash,
rejalashtirish, nazorat, risklarni boshqarish va tahlil qilish kabi jihatlar ko‘rib chiqilgan.
Shuningdek, kichik biznes uchun muhim bo‘lgan tamoyillar — moslashuvchanlik,
soddalik, jamoaviylik va foydalanuvchiga yo‘naltirilganlik alohida ta’kidlangan.
Maqola kichik korxonalar uchun amaliy ahamiyatga ega bo‘lib, ularning rivojlanish
strategiyasida loyiha boshqaruvi tizimidan samarali foydalanishga ko‘maklashadi.
Kalit so’zlar:
Loyihalarni boshqarish tizimi,
maqsadni aniqlash,
resurslarni
rejalashtirish,
monitoring va nazorat,
risklarni boshqarish,
hisobot va tahlil,
moslashuvchanlik,
jamoaviylik.
Kirish
Bugungi kunda kichik bizneslar iqtisodiyotning muhim bo‘g‘ini
hisoblanadi. Raqobatbardosh muhitda muvaffaqiyatga erishish uchun har bir kichik
korxona o‘z faoliyatini rejalashtirish, nazorat qilish va samarali boshqarish imkonini
beruvchi tizimlarga ehtiyoj sezadi. Aynan shu nuqtada
loyihalarni boshqarish tizimi
(LBT)
muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu maqolada kichik biznesda loyihalarni
boshqarish tizimining asosiy tuzilmasi va tamoyillari yoritib beriladi. Loyihalarni
boshqarish tizimi — bu loyihani muvaffaqiyatli rejalashtirish, bajarish, nazorat qilish
va yakunlash uchun qo‘llaniladigan usullar, vositalar va tamoyillar yig‘indisidir.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-70
Часть–5_ июня –2025
347
2181-3187
Kichik biznes uchun bu tizim oddiy, moslashuvchan va arzon bo‘lishi lozim, shu bilan
birga maksimal samaradorlikni ta'minlashi kerak.
Kichik biznesda loyiha boshqaruvi odatda quyidagi asosiy bloklardan tashkil
topadi:
a) Maqsadni aniqlash-
Har bir loyiha aniq va o‘lchab bo‘ladigan maqsad bilan
boshlanishi kerak. Bu — loyiha muvaffaqiyatini baholash mezoni bo‘lib xizmat qiladi.
b) Resurslarni rejalashtirish-
Kichik biznes resurslari cheklangan bo‘lishi
mumkin, shu sababli vaqt, mablag‘ va inson resurslarini optimal rejalashtirish zarur.
c) Vazifalar va muddatlar-
Loyiha bosqichlari va ularning bajarilish muddati
belgilanadi. Har bir bosqich uchun mas’ul shaxslar tayinlanadi.
d) Monitoring va nazorat-
Ish jarayoni doimiy nazoratda bo‘lishi kerak. Kerak
bo‘lsa, rejaga tuzatishlar kiritiladi.
e) Risklarni boshqarish-
Loyiha davomida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavf-
xatarlar oldindan baholanadi va ularni bartaraf etish strategiyalari ishlab chiqiladi.
f) Hisobot va tahlil-
Loyiha yakunida bajarilgan ishlar, erishilgan natijalar va
kamchiliklar tahlil qilinadi.
Kichik korxonalar o‘z miqyosi va resurslariga ko‘ra quyidagi tamoyillarga amal
qilishlari lozim:
a) Moslashuvchanlik-
Bozor sharoitlari tez o‘zgaradi, kichik biznes esa tezda
moslashishga qodir bo‘lishi kerak. Loyihalarni boshqarish tizimi bu jihatdan
moslashuvchan bo‘lishi lozim.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-70
Часть–5_ июня –2025
348
2181-3187
b) Minimal byurokratiya-
Kichik biznesda ortiqcha hujjatbozlik va murakkab
jarayonlar samaradorlikka zarar yetkazadi. Loyiha boshqaruvi soddaligi bilan ajralib
turishi kerak.
c) Jamoaviylik-
Kichik guruhlar samarali hamkorlik qilishi uchun ochiq muloqot,
fikr almashinuvi va o‘zaro yordamga asoslangan yondashuv zarur.
d) Foydalanuvchi qiymatiga yo‘naltirilganlik-
Loyiha natijasi xaridor yoki
mijoz uchun foydali va ahamiyatli bo‘lishi lozim.
e) Doimiy rivojlanish-
Har bir loyiha yakunida o‘rganilgan saboqlar asosida
keyingi loyihalarni yaxshilash tamoyili amal qiladi.
Kichik biznes sub’ektlari bozor iqtisodiyotini shakllantirishning asosiy
yo‘nalishlaridan biri bo‘lib hisoblanadi. Tadbirkorlikning bu shakliga respublikamizda
keng yo‘l ochib berilmoqda. Shu sababli ularning soni yildan yilga oshib bormoqda.
Shuni aytish joizki, ularning hammasi ham muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsatayotgani
yo‘q, bunga asosiy sabab boshqarishning yaxshi yo‘lga qo‘yilmaganligi deb asosli
holda aytish mumkin. Kichik biznesda menejment tamoyillari va usullarini qo‘llash
alohida yondashuvlarni talab qiladi. Shu sababli kichik biznesni boshqarish fanini
o‘rganish katta ahamiyatga ega bo‘lib, menejerlarni tayyorlashda ixtisoslikka
yo‘naltiruvchi fanlardan biri bo‘lib hisoblanadi. Kichik biznesni boshqarish bilan faqat
bozor iqtisodiyotiga xos bo‘lgan fanlardan hisoblanadi. Ushbu fanning maqsadiga
menejment usul va yondashuvlarini kichik biznesga moslashgtirish kiradi. Uni
o‘rganishdan maqsad - talabalarda kichik biznesni boshqarish yuzasidan nazariy va
amaliy bilimlarni chuqurlashtirishdan iboratdir
Respublikamizda bozor iqtisodiyotiga o‘tish jarayoni iqtisodiyotda kichik
biznesni shakllanishi va uni mamlakat yalpi mahsulotdagi ulushini o‘sishini zarur qilib
qo‘yadi. Bizga ma’lumki, barcha yangi mustaqil davlatlarda islohatlardan oldingi
davrda mulkchilikning davlat shakli ustunlik qilgan. Xo‘jalikning davlat sektorida
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-70
Часть–5_ июня –2025
349
2181-3187
mehnatkashlar umumiy sonining 4/5 qismi, kooperativlarda 14-15 % 8 xususiy
sektorda 3 % ga yaqini band bo‘lgan. Saksoninchi yillarning ikkinchi yarmida
xo‘jalikning kooperativ sektorini yaratish ijarani rivojlantirishga harakat qilingan. Bu
harakatlar bozor infratuzilmasini rivojlanmaganligi, davlat mulkchiligining
hukmronligi, xo‘jalik yuritishning yangicha shakllarini davlat sektoriga qaramligi,
xo‘jalik qonunlarining noaniqligi va boshqa bir qator sabablar tufayli natijasiz bo‘lgan.
Korxonalarni davlat tasarufidan chiqarish va xususiylashtirish iqtisodiy islohatlarning
yetakchi bug‘inidir. Xususiylashtirish natijasida demokratik jamiyatning ijtimoiy
zaminini tashkil qiluvchi xususiy mulkchilik qatlami shakllanishi, bozor iqtisodiyoti
va ishlab chiqarishni samarali rivojlanishi uchun sharoitlar yaratilishi kerak.
Xususiylashtirish jarayoni o‘zicha juda og‘ir o‘tadi. Bu tabiiydir. Axir xususiy
mulkchilikni yaratish kabi bunday katta qo‘lami ish turli xil sohalar va korxonalarning
iqtisodiy tayyorligini, iqtisodiy manfaatlarni, yakka hukmronlikni yengib o‘tishni,
sherikchilik asosida tadbirkorlik tuzilmalarini tashkil etilishini, aynan shunday
tashkiliy va moliyaviy munosabatlarni shakllanishini, yangi moliyaviy, ishlab
chiqarish, xususiy o‘zaro aloqalarni tashkil bo‘lishini va manfaatlarni chatishib
ketishini hisobga olishi kerak. Bozor tuzilmalarini yaratilishida umumdavlat milliy
manfaatlarni hisobga olgan holda davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash va
muvofiqlashtirish talab qilinadi. Xususiylashtirilgan mulkka haqiqiy taklif va talabni
hisobga olgan holda moliyaviy tomoni haqida ham uylash va hisoblab chiqish zarur.
Nihoyat, amalga oshirilayotgan tadbirlarni quyilgan maqsadlarga mosligini ta’minlash
kerak: faol va samarali xo‘jalik faoliyatidan manfaatdor mulkchilar va xususiy
tadbirkorlikning tashkilotchilari tabakasini tashkil qilish, bunday faoliyatning kerakli
qiziqtiruvchi omillari, raqobat muhiti va infratuzilmani yaratish. O‘zbekistonda
xususiy tadbirkorlikni rivojlanishi va shakllanishining tarixini uch bosqichga bo‘lish
mumkin: inqilobgacha, sho‘ro davri va hozirgi davr. Tarixiy shunday narsa vujudga
kelganki, inqilobga qadar, O‘zbekiston juda katta xom-ashyo resurslari zaxiralariga
ega bo‘lgan holda, o‘z sanoatiga ega bo‘lmagan. Podsho Rossiyasining sanoatchilari
Turkiston o‘lkasida sanoat korxonalarini ko‘rishga o‘z sarmoyalarini kiritmaganlar.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-70
Часть–5_ июня –2025
350
2181-3187
Ular uchun arzon xomashyolarni olib ketish va tayyor mahsulotlarni orqaga olib kelish
foydaliroq bo‘lgan. Aholining kundalik tovarlarga va har turli asbob-uskunalarga
ehtiyoji, asosan, ularni hunarmandlar va mayda korxonalar tomonidan ishlab chiqarish
orqali qondirilgan. Kichik biznes korxonalari yirik firmalardan ko‘proq farq qiladilar
va bozor iqtisodiyoti sharoitlarida o‘z xususiyatlarini amalga oshirish uchun katta
imkoniyatlarga egalar. Boshqaruv va qarorlar qabul qilishdagi mustaqillik, texnologik
ajralganlik, epchillik o‘zlarining faoliyatlarini yirik korxonalar qila olmagan ishni eng
katta foyda olish bilan bajaradigan qilib tashkil qilishga yordam beradi.
Kichik korxonalar mahalliy sharoitlar, urf-odatlar, an’analarga tez moslashish
qobiliyatini namoyon qiladilar. Bu sifatlar kichik biznesga mahalliy aholi uchun
an’anaviy tovarlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatish sohasidagi faoliyatni
rivojlantirishga imkon beradi. Shuning uchun kichik korxonalar kosibchilik,
hunarmandchilik buyumlari, badiiy dekorativ ashyolar, uy va qishloq xo‘jaligi
asboblari, qurilish detallari, bolalar o‘yinchoqlari, milliy harakterdagi oziq-ovqat
tovarlari ishlab chiqarish sohasida keng tarqalgan. Yirik ishlab chiqarishga nisbatan
kichik korxonalar o‘zlarini saqlab turish, xizmat ko‘rsatish va boshqarishga kam
harajat talab qiladilar. Bundan tashqari, ular uchun harajatlarni tez o‘zini qoplashi,
mablag‘larning jadal aylanishi harakterlidir. Bularning barchasi tejamkorlik bilan
xo‘jalik yuritishga, foydalilikka erishishga, texnik rivojlanish uchun mablag‘lar
jamlashga imkon beradi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
1.
Kerzner, H. (2017).
Project Management: A Systems Approach to
Planning, Scheduling, and Controlling
. 12th edition. New Jersey: Wiley.
2.
PMI (Project Management Institute). (2021).
A Guide to the
Project Management Body of Knowledge (PMBOK® Guide)
– Seventh
Edition. Pennsylvania: PMI.
3.
Meredith, J. R., & Mantel, S. J. (2014).
Project Management: A
Managerial Approach
. 9th edition. Wiley.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-70
Часть–5_ июня –2025
351
2181-3187
4.
Turner, J. R. (2009).
The Handbook of Project-Based
Management
. 3rd edition. McGraw-Hill.
5.
Gulomov, S. S., Xakimov, M. M. (2020). “Kichik biznesni
boshqarish asoslari”. Toshkent: Iqtisodiyot nashriyoti.
6.
Karimov, B. B. (2022). “Loyihalarni boshqarish tizimlari: nazariy
va amaliy jihatlar”. – Toshkent: Innovatsiya nashriyoti.
7.
Mamatqulov, A. N. (2021). “Kichik tadbirkorlikda loyihalarni
boshqarishning zamonaviy yondashuvlari”. – O‘zbekiston iqtisodiyoti jurnali,
№4, 45–51-betlar.