Авторы

  • Turayeva Lobar Axatovna

Биография автора

  • Turayeva Lobar Axatovna

    Qashqadaryo viloyati, Muborak tuman politexnikumi

    Biologiya fani o‘qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.esiiw.124689

Ключевые слова:

Kalitso’zlar: suhbat metodi hikoya metodi ma’ruza metodi ko‘rgazmali metodlar

Аннотация

Annotatsiya: Respublikamizdagi ijtimoiy-iqtisodiy,  ma’naviy-ma’rifiy o’zgarishlar biologik ta’lim jarayonida ilmiylik, ta’lim va tarbiyaning uzviyligi sistemalilik, fundamentallik, izchillik,  ko’rgazmalilik,  onglilik,  mustaqillik,  ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning metodologik prinsipi,  nazariyani amaliyot bilan bog’lash, samaradorlik, tushunarlilik, individual va guruhli yondashishni uyg’unlashtirish, zarurligini ko’rsatdi.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-70

Часть–5_ июня –2025

318

2181-3187

BIOLOGIYA DARSLARIDA ILG’OR TA’LIM METODLARIDAN

SAMARALI FOYDALANISH

Turayeva Lobar Axatovna

Qashqadaryo viloyati, Muborak tuman

politexnikumi

Biologiya fani o‘qituvchisi

Annotatsiya:

Respublikamizdagi ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy

o’zgarishlar biologik ta’lim jarayonida ilmiylik, ta’lim va tarbiyaning uzviyligi

sistemalilik, fundamentallik, izchillik, ko’rgazmalilik, onglilik, mustaqillik, ijtimoiy-

iqtisodiy rivojlanishning metodologik prinsipi, nazariyani amaliyot bilan bog’lash,

samaradorlik, tushunarlilik, individual va guruhli yondashishni uyg’unlashtirish,

zarurligini ko’rsatdi.

Kalitso’zlar:

suhbat metodi, hikoya metodi, ma’ruza metodi, ko‘rgazmali

metodlar

Ta’lim mazmunining tarkibiy qismlari va ularni o’quvchilar tomonidan

o‘zlashtirilishi o’qitish vositalarini to‘g‘ri tanlash va o‘z o‘rnida samarali foydalanishni

talab etadi. Biologiya darslarida o’rganilayotgan mavzuning mazmunidan kelib

chiqqan holda ularni yoritish imkonini beradigan tabiiy, tasviriy ko’rgazmalar, ekran

vositalari, o‘quv jihozlari, multimedialar, electron versiyalar va qo’llanmalardan

foydalanish tavsiya etiladi.

Darsning mazmuni va foydalaniladigan ko’rgazmali vositalar muayyan o’qitish

metodlarini talab etadi. O’qituvchi o’qitish metodlarining turlarini, ularga mansub

uslublarni, foydalanish yo‘llarini yaxshi bilishi lozim. Dhuni hisobga olgan holda

quyida o’qitish metodlarining guruhlari haqida fikr yuritiladi. Og‘zaki bayon metodlari

guruhi o‘z ichiga suhbat, hikoya, ma’ruza metodlarini oladi. Quyida shu metodlarning

tarkibiga kiruvchi metodik uslublar keltiriladi:


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-70

Часть–5_ июня –2025

319

2181-3187

Suhbat metodi:

suhbat savollarini ketma-ketlikda qo‘yish, yordamchi va

qo‘shimcha savollarni o‘z vaqtida berish, o‘quvchilarni faollashtirish, o‘quvchilar

javobidagi xatolarni to‘g‘rilash, xulosa va umumlashtirishni tarkib toptirish uslubi

hikoya metodi o‘quv materialini jonli, obyektlarga xos xususiyatlarni bayon qilish,

axborotning ilmiyligi, izchilligi, tushunarliligi, nutqning ravonligi va ifodaliligi uslubi.

Ma’ruza metodi:

o‘quv materialini mantiqiy ketma-ketlikda bayon qilish,

muammolarni qo‘yish, obyektlarni aniqlash, taqqoslash, xulosa chiqarish,

umumlashtirish, o‘quvchilarning diqqatini jalb qilish uslubi.

Ko‘rgazmali metodlar guruhiga tabiiy va tirik obyektlar, tasviriy ko‘rgazma,

ekran vositalari, AKTning ko‘rgazmali dasturlari, multimedialarni namoyish qilish

metodlari kirib, muayyan holda quyidagi ko‘rgazmali vositalarni namoyish qilish,

illyustratsiya, demonstratsiya, o‘quv kinofilmlari, videofilmlar, AKTning ta’limiy,

modellashtirilgan dasturlari, electron darsliklar, multimedialarni namoyish qilish,

ko‘rgazmaning did va estetik talablarga javob berishi, dars mazmunini yoritishi,

ketma-ketlikda o‘quvchilar faoliyatini tashkil etish uslublaridan tashkil topadi.

Amaliy metodlar guruhiga kuzatish, tajribani tashkil etish va o‘tkazish, amaliy

ishni bajarish metodlari kirib, ular mos holda, obyektlarni tanib olish va aniqlash,

kuzatish va tajribalar o‘tkazish, o‘quvchilarga amaliy ishning borishini bayon qilish,

amaliy ishlarni bajarish rejasini tuzish, amaliy ish topshiriqlarini bajarilishini nazorat

qilish, topshiriqlarni bajarish natijalarini tahlil qilish, o‘z-o‘zini nazorat qilish, amaliy

ish, kuzatish va tajribalarni yakunlash va rasmiylashtirish uslublaridan iborat bo‘ladi.

Muammoli izlanish metodlari:

muammoli vaziyatlarni yaratish, muammoli

savollar zanjirini tuzish, muammoli topshiriqlar tuzish va tajribalar o‘tkazish,

muammoli vaziyatlarni hal etish yuzasidan o’quv farazlarini hosil qilish, o‘quv

farazlarini isbotlash, obyektlarni taqqoslash, mantiqiy mulohaza yuritish, o‘quv-

tadqiqot tajribalarini o‘tkazish, o‘quv xulosalari va umumlash malarini ta’riflash

uslublarini o‘z ichiga oladi. o‘qitishning mantiqiy metodlari guruhi induktiv, deduktiv,

tahlil, bosh g‘oyani ajratish, qiyoslash, umumlashtirish metodlaridan iborat bo‘lib:


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-70

Часть–5_ июня –2025

320

2181-3187

a)

Induktiv metod

— xususiy faktlarni muammoli bayon qilish,

o‘quvchilar faoliyatini xususiydan umumiy xulosalar chiqarishga yo‘naltirish,

muammoli

topshiriqlami berish uslubi;

b)

Deduktiv metod

— umumiy qonunlarni bayon qilish, o‘quvchilarning

faoliyatini umumiydan xususiy xulosa chiqarishga yo‘naltirish uslubi;

d)

Tahlil metodi

— axborotni anglab idrok etish, o‘rganilgan obyektlarning

o‘xshashlik va farqli tomonlarni aniqlash, o‘rganilgan obyektlarni tarkibiy qismlarga

ajratish, ular o‘rtasidagi boshlanishlarni aniqlash uslubi;

e)

bosh g’oyani ajratish metodi

— o‘quv materialidagi asosiy g‘oyani

ajratish va saralash, axborotni mantiqiy tugallangan fikrli qismlarga ajratish, asosiy

g‘oya va ikkinchi darajali fikrlarni ajratish, tayanch so‘zlar va tushunchalarni ajratish,

asosiy fikr haqida xulosa chiqarish uslubi;

f)

qiyoslash metodi

— qiyosiy obyektlarni aniqlash, obyektlarning asosiy

belgilarini aniqlash, taqqoslash, o‘xshashlik va farqlarni aniqlash, qiyoslash natijalarini

shartli belgilar bilan rasmiylash trish uslubi;

g)

umumlashtirish metodi

— o‘quv materialidagi tipik faktlarni aniqlash,

qiyoslash, dastlabki xulosalar, hodisaning rivojlanish dinamikasini tasavvur qilish,

umumlashtirish natijalarini shartli belgilar yordamida rasmiylashtirish, umumiy

xulosa chiqarish uslublarini o‘zida mujassamlashtiradi.

Mustaqil ish metodlari guruhiga ko‘rgazma vositalari va darslik ustida mustaqil

ishlash metodlari kiradi. Ular tarkibiga mustaqil ish topshiriqlarini berish, o‘quv

faoliyatida mustaqillikni rivojlantirish, o‘quv mehnati malakalarini tarkib toptirish,

namunaga muvofiq mustaqil ishlarni tashkil etish, ijodiy topshiriqlar berish uslublari

kiradi.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-70

Часть–5_ июня –2025

321

2181-3187

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Селевко Г.К. Современные образовательные технологии. Учебное

пособие.

— М.: «Народное образование», 1998 г.

2.

T. G’ofurov va boshqalar ,,Biologiyani o’qitishning umumiy metodikasi“

o’quv metodik qo’llanma Toshkent 2005 yil