Авторы

  • FAZLIDDINOVA MUQADDAS ELYOR QIZI

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.esiiw.124767

Ключевые слова:

ranglar psixalogiya hissiy idrok rang psixika kontrast ranglar tarkibiy ranglar.

Аннотация

Ushbu maqolada ranglarning inson psixologiyasiga taʼsiri, ularga yashiringan turli ramzlar, ruhiy olamga bogʻliqligi, feʼl-atvor va bu borada kayfiyatga ijobiy yoki salbiy taʼsir oʻtkazuvchi omillar haqida soʻz boradi. 


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-70

Часть–4_ Мая –2025

370

2181-

3187

RANGLARINING INSON PSIXOLOGIYASIGA TAʼSIRI

FAZLIDDINOVA MUQADDAS ELYOR QIZI

Toshkent davlat pedagogika universiteti

“Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi” yo’nalishi talabasi

ANOTATSIYA

Ushbu maqolada ranglarning inson psixologiyasiga taʼsiri, ularga yashiringan

turli ramzlar, ruhiy olamga bogʻliqligi, feʼl-atvor va bu borada kayfiyatga ijobiy yoki

salbiy taʼsir oʻtkazuvchi omillar haqida soʻz boradi.

KALIT SO’ZLAR:

ranglar psixalogiya, hissiy idrok, rang, psixika, kontrast

ranglar, tarkibiy ranglar.

THE IMPACT OF COLOURS ON HUMAN PSYCHOLOGY

ANNOTATION

This article discusses the impact of colors on human psychology, the various

symbols hidden in them, their connection to the spiritual world, character, and the

factors that positively or negatively affect mood in this regard.

KEYWORDS:

color psychology, emotional perception, color, psyche,

contrasting colors, structural colors.

ВЛИЯНИЕ РЕЙТИНГОВ НА ПСИХОЛОГИЮ ЧЕЛОВЕКА

АННОТАЦИЯ

В данной статье говорится о влиянии цветов на психологию человека,

различных символах, скрытых в них, их связи с духовным миром, характером, а

также факторах, положительно или отрицательно влияющих на настроение в

этом плане.

КЛЮЧЕВЫЕ СЛОВА:

Психология цвета, эмоциональное восприятие,

цвет, психика, контрастные цвета, структурные цвета.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-70

Часть–4_ Мая –2025

371

2181-

3187

Dunyo cheksiz sir-sanoatlardan iborat. Ulami o‘rganish uchun cheksiz inson

umr kerak bo‘ladi. Chunonchi, «rang» atamasi to‘rtta harfdan iborat bo‘lsa-da, uning

ma’nosiga va sirli olamini o‘rganishiga insonlarning umri yetmaydi. Rang inson

hayotida muhim ahamiyatga ega. Shuning uchun asrlar davomida olimlar tomonidan

ranglar haqida juda ko‘p ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda.

Inson umrining har lahzasida uchraydigan rang insonlarning ma’naviyatini

shakllantirishda muhim o‘rin tutadi. Chunki, rang ruhiyatga har daqiqada ijobiy yoki

salbiy ta’sir etishi mumkin. Yorug‘lik bor joyda rang bo‘ladi.

Ranglar insonlarda muayyan his-tuyg‘ularni yuzaga keltirishga qodir

xususiyatga ega. Albatta, bunda insonning yoshi, jinsi va madaniy saviyasiga bog‘liq

jihatlarni ham e’tiborga olish lozim. Ranglar psixologiyasini tadqiq qilishga oid

izlanishlar zamonaviy psixologiya sohasida o‘tkazilmoqda. Ularda asosan ranglarning

inson kayfiyatiga, xulq-atvoriga va psixik jarayonlariga ta’sir qilish mexanizmlari

ochib berishga urinishlarni ko‘rishimiz mumkin. Shu o‘rinda, ranglarga doir o‘ziga xos

qirralarning mavjudligini ham inkor etmaslik lozim.

Ranglar psixologiyasining talqini oltita tamoyilga asoslanadi:

1. Har bir rang muayyan belgini ifodalaydi.

2. Ranglarning belgilari yoki o‘zlashtirilgan belgiga yoki tabiiy nasliy belgiga

tayanadi.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-70

Часть–4_ Мая –2025

372

2181-

3187

3. Ranglarni idrok qilish inson tomonidan baholashni namoyon qiladi.

4. Ranglarni baholash jarayoni muayyan xulq-atvorga undaydi.

5. Rang odatda o‘z ta’sirini avtomatik ravishda amalga oshiradi.

6. Rangning belgisi va samarasi o‘zaro bog‘liq bo‘ladi.

Ranglarning inson ruhiyatiga o‘ziga xos ravishda ta’sir qilishi tan olingan

haqiqatdir. Bizni o‘rab turgan ranglar olami ruhiyatimizga va ruhiy holatimizga

bevosita ta’sir qiladi. Ranglar ta’sir qilish vaqti va shiddatiga qarab ijobiy yoki salbiy

his-tuyg‘ularni uyg‘otishi mumkin. Mutaxassislar xulosasiga ko‘ra, inson ko‘zi

milliondan ziyod ranglarni ajrata olar ekan. Ranglarning inson ruhiyatiga ta’sir

qilishiga oid juda ko‘p baxs munozarali qarashlar mavjud. Ruxshunoslar ham har bir

rangni qabul qilishda o‘ziga xos yondashadilar. Ya’ni bitta rangni har kim har xil qabul

qiladi.

RANGLARNING RAMZIY MAʼNOLARI

Dunyoda yorug‘lik bor ekan, albatta ranglar bo'ladi. Har bir rangning ramziy

ma’nosi bor. Qadimda ajdodlarimiz rang orqali ramziy ma’noda gapirganlar.

Insonlarning yuzi rangiga qarab kasalliklarini aniqlaganlar va davolaganlar. Ranglar

orqali falsafiy fikr berganlar va insonlarga ruhiy ta’sir etganlar. Masalan, sallaning turli

rangi bo'lib, ular orqali turli ramziy ma’nolar o‘z ifodasini topgan. Rangiga qarab

mansabi, mazhabi va boshqalarni bilish mumkin bo'lgan.

KONTRAST RANGLAR


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-70

Часть–4_ Мая –2025

373

2181-

3187

Ranglar psixologiyasi ranglarning odamlarning xulq-atvoriga, ruhiy holatiga yoki

fiziologik jarayonlarga qanday ta'sir qilishini o'rgatadi. Ranglar bizning

xaridlarimizga, his-tuyg'ularimizga va hatto xotiralarimizga ta'sir qiladi. Rang

psixologiyasi bilan bog'liq fikrlar marketing va dizayn sohalarida keng qo'llaniladi.

Kompaniyalar o'z mahsulotlarini xarid qilish va tovarlarni anglashni yaxshilash uchun

iste'molchilarni rag'batlantiradi deb hisoblaydigan ranglarni tanlaydi. Turli xil

kasalliklarni davolash uchun rangi terapiya uslubida ranglar ishlatilgan.

Fransuz tarixchisi, medievist va ranglar simvolikasining taniqli mutaxassisi

Mishel Pasturoning "Koʻk rangning tarixi", "Qora rangning tarixi", "Yashil rangning

tarixi", "Qizil rangning tarixi" kabi kitoblari ranglarning madaniy evolyutsiyasini

chuqur oʻrganishga bagʻishlangan. "Yashil rangning tarixi" nomli kitobi madaniy,

ijtimoiy, diniy va badiiy jihatlari qamrab olingan. Mishel Pasturo yashil rangning

qadim zamonlardan to hozirgi kungacha boʻlgan oʻrganish yoʻlini tahlil qilgan, uning

turli davrlarda qanday maʼnolar va ramziy ahamiyatga ega boʻlganligini koʻrsatgan.

Xulosa qilib aytganda ranglar inson psixikasiga kuchli taʼsir ko'rsatadi va ular

his-tuyg'ular, kayfiyat va psixologik holatlarni shakllantirishi mumkin. Har bir rang

turli hissiy reaktsiyalarni keltirib chiqaradi. Ranglarning psixologik taʼsiri shundan

iboratki, ular odamlarning hissiy holatlarini anglatadi va ular bilan ishlash orqali

muayyan kayfiyatni yaratish yoki boshqarish mumkin.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-70

Часть–4_ Мая –2025

374

2181-

3187

Ranglar dunyomizning barcha elementlarini o’zida mujassam etgan.

Subliminal tarzda foydalanilganda, ranglar bizning his-tuyg’ularimizga va

psixologiyamizga kuchli ta’sir qiladi. Ular bizni baxtli, qayg’uli, g’ayratli, xotirjam

his qildira oladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI:

1.

G.M. Abdurahmonov. "Rangtasvir va kommunikatsiya". Toshkent. 1995.

2.

B. Boymatov "Qalamtasvir". Darslik 1-qism. Toshkent. 2006.

3.

N. Tolipov Abdirasilov S. Oripova N. Rangtasvir 1-qism. Toshkent 2002

4.

N.U. Abdullaev. San’at tarixi 2 jild.T. 2001-yil. 296 b.

Н.Абдуллаев. Санъат тарихи.ўқув қўлланма. 2004.

5.

D. Tulanova Tasviriy . san’at tarixi (darslik) T.”Lesson Press” nashriyoti.2019 y.

6.

N.Abdullayeva. "Sanʼatshunoslikdan ommabop lugʻat". Toshkent 2010.

7.

N. Yusupova "Ranglarga yashiringan sirlar" Toshkent "Davr Press" nashriyoti.

2010.

8.

M. Yuldosheva. Z. Saminjonova. "Ranglarning psixologik tabiati". Uslubiy

qoʻllanma. Fargʻona. 2023.

Библиографические ссылки

G.M. Abdurahmonov. "Rangtasvir va kommunikatsiya". Toshkent. 1995.

B. Boymatov "Qalamtasvir". Darslik 1-qism. Toshkent. 2006.

N. Tolipov Abdirasilov S. Oripova N. Rangtasvir 1-qism. Toshkent 2002

N.U. Abdullaev. San’at tarixi 2 jild.T. 2001-yil. 296 b.

Н.Абдуллаев. Санъат тарихи.ўқув қўлланма. 2004.

D. Tulanova Tasviriy . san’at tarixi (darslik) T.”Lesson Press” nashriyoti.2019 y.

N.Abdullayeva. "Sanʼatshunoslikdan ommabop lugʻat". Toshkent 2010.

N. Yusupova "Ranglarga yashiringan sirlar" Toshkent "Davr Press" nashriyoti.

M. Yuldosheva. Z. Saminjonova. "Ranglarning psixologik tabiati". Uslubiy

qoʻllanma. Fargʻona. 2023.