Авторы

  • ABSATOVA MUNISA ABDUSALOM QIZI
  • M.Xo’jageldiyeva

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.esiiw.124912

Ключевые слова:

musiqa kuy bastakor kompozitor jahon buyuk nota klassika.

Аннотация

Maqolada yevropa mumtoz musiqasi haqida kompozitor va bastakorlari, asarlarining ijrochilikdagi ahamiyati , faoliyati musiqa san’atidagi roli tahlil qilinadi. 


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-70

Часть–2_ Мая –2025

405

2181-3187

YEVROPA MUMTOZ MUSIQASI.

ABSATOVA MUNISA ABDUSALOM QIZI

Termiz davlat pedagogika instituti Jismoniy

madaniyat va san’at fakulteti Musiqiy ta’lim

yo’nalishi 23-01 guruh talabasi

Ilmiy rahbar: M.Xo’jageldiyeva

Musiqa mahorati va madaniyati kafedrasi

katta o’qituvchisi

Annotatsiya: Maqolada yevropa mumtoz musiqasi haqida kompozitor va

bastakorlari, asarlarining ijrochilikdagi ahamiyati , faoliyati musiqa san’atidagi roli

tahlil qilinadi

.

Kalit so’zlar:musiqa, kuy, bastakor, kompozitor, jahon, buyuk, nota,klassika.

Abstract: The article analyzes European classical music, its composers and their

works, the significance of their works in performance, their activity, and their role in

the art of music.

Key words:

Music, Melody, Composer, Composer, World, Great, Note, Classical

KIRISH

Yevropa mumtoz musiqasining opera, kantata, oratoriya, balet, simfoniya,

uvertyura, sonata kabi ko‘p ovozli janrlariga xos ilk namunalar O‘rta asrlarda paydo

bo‘lgan. Bu janrlarda asarlar yaratilishining qoidalari ham o‘sha davrlardan shakllanib,

bugungi

kunda

yuksak

rivojlanish

cho‘qqisiga

ko‘tarilgan.

Opera — XVI asrning oxirida Italiyada paydo bo‘lgan. Uning tarixiy-

qahramonlik, tarixiy-romantik, epik, afsonaviy, lirik, dramatik, hajviy mavzularda

yozilgan turlari mavjud bo‘lib, mumtoz namunaviy turlari J. Verdi, X. Glyuk, V.

Motsart

kabi

Yevropa

kompozitorlari

tomonidan

yaratilgan.

Kantata va oratoriya janrlari esa opera bilan bir davrda paydo bo‘lgan.

Ular yakkaxon, xor va orkestr uchun yozilgan ko‘p qismlik yirik asarlar hisoblanadi.

Balet — fransuzchadan olingan so‘z bo‘lib, “raqs tushaman, o‘ynayman” degan


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-70

Часть–2_ Мая –2025

406

2181-3187

ma’noni anglatadi. Fransuz kompozitori J. B. Lulli bu janrda ilk namunalarni yaratib,

turli raqs kuylaridan, o‘lkichovlardan foydalangan. Balet janri rus musiqasi rivojida

yuksaklarga

ko‘tarilgan

barcha

janrlarga

ma’lum.

Simfoniya — XVIII asrda paydo bo‘lgan, tez orada yirik va murakkab musiqa

janri sifatida butun dunyoga tarqalgan. Betxoven, Motsart, Shubert, Chaykovskiy,

Borodin kabi dunyo tan olgan kompozitorlar simfoniyaning mumtoz namunalarini

yaratganlar.

Yevropa mumtoz musiqasida “sonata”, “ballada”, “prelyudiya”, “kvartet” kabi

boshqa ko‘plab janrlar paydo bo‘lgan. I.S. Bax, F. Gendel, L. Betxoven kabi

kompozitorlar bu janrlarni rivojlantirgan. Yevropa mumtoz musiqasida “organ”

musiqasi alohida o‘rin tutadi. Havo yordamida chalinadigan bu klavishli yirik cholg‘u

sozi uchun I. S. Bax, Gendel kabi kompozitorlar asar yozishgan. Bu janrdagi asarlar

insoniyatga alohida kuch va zavq bag‘ishlaydi. Bu janrlar o‘zbek musiqasiga XX

asrdan kirib kela boshladi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Musiqada “mumtoz”, ya‟ni, “klassika” tushunchasi dastlab Yevropa

xalqlarining buyuk kompazitorlari ijodiga nisbatan baho berib, qo‟llanilgan edi.

Keyinchalik esa “klassika” atamasi jahonning ko‟plab xalqlari madaniyati, adabiyotida

yaratilgan, davr va vaqt sinovidan o‟tgan, ko‟pchilik, keng xalq ommasi tomonidan

tan olingan, e‟tirof etilgan ijod namunalariga ham qo‟llaniladigan bo‟ldi. Shu singari

o‟zbek musiqasi san‟atida ham xalqimizning milliy qadriyatlariga aylanib ulgurgan

xalq ashulalari (mumtoz deb ataluvchi qo‟shiqlar), katta ashula, dostonlar va maqomlar

(Shashmaqom, Xorazm maqomi, Toshkent – Farg‟ona maqom yo‟llari) hamda ular

ta‟sirida yaratilgan kuy – qo‟shiqlar, ya‟ni og‟zaki an‟anadagi professional

janrlardagi asarlarga nisbatan qo‟llanila boshlandi.

Jahon halqlari madaniyatidan munosib o’rin olgan, ijodi dunyo miqyosida e’tirof

etilgan, asarlari umuminsoniy ma‟naviy boylikka aylangan Yevropaning bir qator

kompazitorlari – I.S.Bax, I. Gaydin, V.A. Mosart, L. V. Betxoven, Dj. Verdi, F.

Shopen, Shubert, F. List, P. I. Chaykovskiy, M. I. Glinka, R. M. Rimskiy- Korsakov,


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-70

Часть–2_ Мая –2025

407

2181-3187

nisbatan keyingi asrda yashab ijod qilgan S. Prokofyev, D. Shostakovich, A. I.

Xachaturyan va yana ko’plab kompazitorlarning buyuk asarlari o’zining badiiy

betakrorligi va umumbashariy g’oyalari, nihoyatda yuksak ijod namunasi sifatidagi

xususiyati bilan jahonmusiqa madaniyatining oltin xazinasidan mustahkam o’rin

olgan. Zeroki, ularning asarlarida oliy insonparvarlik g’oyalari, inson qadriyati, uning

erkinlik va baxt – saodati yo’llidagi kurashi, xalqlar do’stligi va birodarligi,

bashariyatni baxtiyor qilishga da’vat, sof muhabbat eng oliy pardalarda kuylanadi.

Binobarin klassik kompazitorlar sifatida e’tirof etilgan ijodkorlar va ular tomonidan

yaratilgan asarlar yillar, asrlar o’tishi bilan eskirib, o’z qiymatini yo’qotadi degan

fikrlar asossiz ekanligini hayot ko’rsatmoqda. Jahon miqyosida Yevropa mumtoz

kompazitorlari ijodi bo’yicha o’tkazilayotgan tanlovlar, festivallar, musiqiy haftaliklar,

asarlari dunyoning eng katta teatrlari repertuaridan tushmay muxlislari tobora ortib

borayotganligi buning isbotidir. Nomlari qayd etilgan kompazitorlarning asarlari

o’zida mujassam etgan yuksak g’oyaviy mazmun va betakror jozibasi, go’zalligi bilan

doimo insoniyat baxt-saodati yo’lida xizmat qilaveradi.

Mumtoz asarlar har bir xalq madaniyatida mavjud. Shunday bo’lsa – da, Yevropa

mumtoz musiqasi o’zining keng ko’lami, jahon xalqlari musiqasiga ijobiy ta’siri bilan

alohida mavqyega egadir. I.S.Bax, L.V.Betxoven, V.A.Mosart, Dj. Verdi va ular

qatorida turuvchi ko’plab kompazitorlar tomonidan yaratilgan musiqa asarlari chuqur

mazmun va murakkab tuzilishga ega bo‟lsa – da, ammo badiiy yetukligi tufayli oson

idrok etiladi. Ular shunday bir boy xazinaki, ulardagi musiqiy matnni tinglagansari

yana tinglaging kelaveradi, har bir qayta tinglanganda esa uning yangi – yangi badiiy

qirralari kashf etiladi. Ko‟pincha mumtoz musiqa asarlari mumtoz adabiyot bilan

uyg’unlikda vujudga keladi. Shunga qaramay musiqaning o’zi tarjimasiz ham idrok

etilaveradi. Yevropa mamalakatlarida tug’ilib o’sgan, kompazitorlar va ushbu

mamlakatlar xalqlari musiqa madaniyati, an’analari negizida shakllangan, yoki ushbu

kompazitorlar tomonidan mukammal shaklga keltirilgan janrlar – kantata, simfoniya,

oratoriya, syuita, poema, ballada, balet, opera, uvertyura, sonata kabi ko’p ovozlilik

xususiyatiga ega janrlar va ularga xos ilk namunalar o’rta asrlarda paydo bo’lgan.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-70

Часть–2_ Мая –2025

408

2181-3187

Bu janrlarda asarlar yaratishning qoidalari ham o’sha davrlardan shakllanib,

hozirgi davrda yuksak rivojlanish cho’qqisiga ko’tarilgan. Masalan, hozirgi vaqtda

deyarli u kirib bormagan mamlakat, xalqni ko‟rsatish qiyin bo’lgan, eng yirik hajmli

va eng murakkab janr hisoblanuvchi opera san’ati, uning ilk namunalari XIV asarning

oxirlarida Italiyada paydo bo’lgan. Opera janrining rivojlanish taraqqiyotida uning

tarixiy qahramonlik, tarixiy romantik, epik, afsonaviy, lirik, dramatik, hajviy, ertak –

tomoshalar mavzularda yozilgan turlari shakllangan, ularning mumtoz namunaviy

turlari DjuzeppaVerdi, X. Glyuk, V.A. Mosart kabi kompazitorlar tomonidan

yaratilgan.

Yevropa mumtoz musiqasida “sonata”, “ballada”, “prelyudiya”, “Rondo”,

“konsert”, “variasiya”, “etyud”, “oda”, “oratoriya”, “opera”, “balet”, “syuita” kabi

o’nlab musiqa janrlari XVII – XVIII – asrlarda paydo bo’ladi va tez fursatda olam

bo’ylab tarqaldi. V.A. Mosart, Iosif Gaydn, G. Gendel, Berlioz, L.Betxoven, G. Glyuk

kabi ko’plab kompazitorlar bu janrlarning yuksak namunalarini yaratdilar. Ularning

aksariyat ko’pchiligi dunyoning yetakchi, rivojlangan mamlakatlarida o’quv darslik,

dasturlaridan, professional jamoalari repertuaridan joy olgan.

Yevropa mumtoz musiqasi haqidagi ma’lumotlarda organ cholg’u musiqasi

alohida o’rin tutishi ta’kidlanadi. Bu yirik va havo yordamida chalinadigan, klavishli

cholg’u sozi paydo bo’lishi Cherkov musiqa ijodiyoti bilan chambarchas bog’liq

bo’lib, buyuk kompazitor I.S. Bax, I. Gendel kabilar organ musiqa ijrosi uchun ajoyib

asarlar yaratishgan. Yevropa mumtoz musiqasiga oid to’xtalib o’tilgan janrlar o’zbek,

qolaversa O’rta Osiyo xalqlarining musiqa madaniyatiga XX asrda kirib kela boshladi.

Yevropa musiqa madaniyati ta‟sirida O’zbekistonda kompazitorlik musiqasi tez

rivojlanadi. 1936 yilda Toshkentda 1 – o’zbek davlat Konservatoriyasi ish boshladi,

dastlabki paytda bu yerga Rossiyaning markaziy shaharlaridan yetuk kompazitorlar,

musiqashunos, nazariyotchi olimlar kelib, o’zbek operasi, simfoniya, baletlarining

yaratilishiga salmoqli hissalarini qo’shishdi. Tez orada o’zbek milliy operasi, balet,

simfonik janrdagi asarlari paydo bo’ldi, zabardast o’zbek milliy kompazitorlarining

yirik avlodi shakllandi, bugungi kunda o’zbek kompazitorlari ham Yevropada


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-70

Часть–2_ Мая –2025

409

2181-3187

shakllanib, butun dunyo uzra keng tarqalgan janrlarda yetuk asarlar yaratib

kelishmoqda.

XULOSA

Sharq xalqlari mumtoz musiqa madaniyatida mohiyatan o’zaro o’xshash ijod

turlari mavjudligi, musiqa san’tining bu xalqlarning ma’naviy hayotida tutgano‟rni,

cholg‟u sozlarining turdoshligi, ijrochilik san‟atidagi o‟xshash mavqyei, aksariyat

musiqiy janrlar, ijrochilik uslublari, musiqiy atamalarning mohiyati va nomlanishidagi

umumiylikdan (masalan, maqom, mug‟om, muqom, rubob, rebob, ud – ad, g‟ijjak,

kamoncha, doira – daf, surnay–zarna, tanbur – tambur, dutor, setor, chotor, dumbira va

boshqalar) ma‟lum tushunchaga ega bo‟lishlari kerak. Yevropa mumtoz musiqasining

nota yozuvi an‟anasiga bog‟liq kamol topganligini, G‟arbiy Yevropa professional

musiqa san‟atida mumtoz (klassik) musiqa iborasining qo‟llanilish ko‟lamini

bilishlari lozim.

Simfoniya kompazitorlik ijodiyoti mahsulining yirik va murakkab janri hamda

ijodning badiiy cho‟qqisidir. Simofniya turkumi asosan 4(to‟rt) qismli bo‟lishi va bu

qismlarning turli jihatlaridan (ijro sur‟ati, parda - tonalligi va hokozolar) muayyan

farqlanib turuvchi shaklda qurilishi haqida, shuningdek, eng muhimi Yevropa mumtoz

musiqasining o‟lkan namoyondalari – Bax, Betxoven, Mosart, Shopen, Shubert, Verdi,

Gendl, Glyuk, Gaydn, Glinka, Chaykovskiy kabilar, ularning hayoti va ijodi, mumtoz

asarlari haqida yetarli bilim, ma‟lumotlarga ega bo‟lishlari shart. Rus xalq qo„shiqlari

orasida mehnat va bayram, xorovod va raqsona qo„shiqlar, to„ytomosha va og„ir

aytiladigan qo„shiqlar, rekrut (askar) qo'shiqlari, shahar qo„shiqlari va chastushkalar

mavjud. Xalq ijodining musiqiy poezia turiga, qo„shiqlardan tashqari muayyan kuyga

ega bo„lgan hamda qo„shiq kabi aytiladigan qadimgi afsonalami ham kiritishadi.

Kompozitorlar xalq qo„shiqlari kuylarini yozib olib, qayta ishlab, ulami o„rganadilar.

Ular tomonidan tuzilgan to„plamlar havaskor va professional musiqachilar orasida

tarqalib ketardi. Kompozitorlar xalq kuylarini yozib olib, ulami qayta ishlab, xalq

san‟atining butun go„zalligi va o„ziga xosligini saqlab qolishga erishdilar.

M.Balakirev, N.Rimskiy-Korsakov, P.Chaykovskiy va A.Lyadov kabi kompozitorlar


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-70

Часть–2_ Мая –2025

410

2181-3187

qayta ishlagan xalq qo'shiqlari to„plamlari eng taniqli hisoblanadi. Musiqa bizning

hayotimizda muhim o„rin egallaydi. U hamma yerda: radio va televideniye eshittirish

va ko„rsatuvlarida, teatr va konsert zallarida, bayram tadbirlari o„tadigan

maydonlarda, maktablarda jaranglaydi. Mamlakatimizdagi bayramlaming hech biri

musiqasiz o„tmaydi. Qo„shiqlar, raqslar, marshlar- bayramlaming doimiy yo„ldoshi.

Har yili Navro'z, Mustaqillik bayramlarida respublikamizning barcha shaharlaridagi

bosh maydonlarda katta konsert tomoshalari o'tkazilib, ularda o„zbek milliy kuy-

qo„shiqlari bilan birgalikda zamonaviy estrada musiqa asarlari hamda boshqa

xalqlaming kuy-qo„shiqlari mashhur san‟at ustalari va havaskorlar tomonidan ijro

etiladi. Odamlar hayotidagi ko„plab voqealar musiqa bilan bog'liq. Sokin alia ohanglari

ostida yosh go„dak uxlab qoladi. Quvnoq musiqa sadolari jo'rligida bolalar

o„ynaydilar. Maktab o„quvchilari qo„shiqlar o„rganadilar, marsh sadolari ostida

sayohatlarga otlanadilar.

ADABIYOTLAR

1. R.Tursunova, G. Tursunova. Jahon musiqa tarixi ( o’quv qo’llanma)

2. A.X. Trigulova. Xorijiy musiqa adabiyoti. T.: “ILM ZIYO” – 2016;

3. И.А.Никеева. Л.Р.Фаттахова. История музыки: Учебное пособие Омск.

гос.ун.т, 2004.

4. Печёнкина Т.А. «Этапы развития классической музыки» Методическая

разработка.

5. Р.И.Грубер История музыкальной культуры М.-Л.,1941

6. Ю.К.Евдокимова, Н.А.Симакова Музыка эпохи Возрождения М,1982

7. Музыкальная энциклопедия. Выпуск 1-6, -М.: Музыка, 1974,2003.

8. Лобанова M. Западно-европейское музыкальное барокко.-M., 1994.

Библиографические ссылки

R.Tursunova, G. Tursunova. Jahon musiqa tarixi ( o’quv qo’llanma)

A.X. Trigulova. Xorijiy musiqa adabiyoti. T.: “ILM ZIYO” – 2016;

И.А.Никеева. Л.Р.Фаттахова. История музыки: Учебное пособие Омск.

гос.ун.т, 2004.

Печёнкина Т.А. «Этапы развития классической музыки» Методическая

разработка.

Р.И.Грубер История музыкальной культуры М.-Л.,1941

Ю.К.Евдокимова, Н.А.Симакова Музыка эпохи Возрождения М,1982

Музыкальная энциклопедия. Выпуск 1-6, -М.: Музыка, 1974,2003.

Лобанова M. Западно-европейское музыкальное барокко.-M., 1994.