Авторы

  • Muratova Shaxnoza Shuxratovna

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.esiiw.124923

Ключевые слова:

tayanch-harakat apparati kasalliklari (artrit poliartrit podagra osteoxondroz) nerv sistemasining kasalliklari va jarohatlari LOR kasalliklari (tonzilit vazamator renit) ko‘z kasalliklari (kon'yuktivit keratit) ginekologik va urologik kasalliklari (salpingoofarit prostatit) nafas olish organlari kasalliklari (bronxial astma bronxit) stomatologik kasalliklar va h.z.

Аннотация

Ushbu maqolada Reabilitatsiya asoslari va fizioterapiya va massaj fanining Ultratovush bilan davolash mavzusi o‘rganish atroflicha muhokama qilingan.  


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-70

Часть–2_ Мая –2025

339

2181-3187

ULTRATOVUSH BILAN DAVOLASH USULLARI

Urganch Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat

salomatligi texnikumi yetakchi o‘qituvchisi

Muratova Shaxnoza Shuxratovna

Annotatsiya:

Ushbu maqolada Reabilitatsiya asoslari va fizioterapiya va massaj

fanining Ultratovush bilan davolash mavzusi o‘rganish atroflicha muhokama qilingan.

Kalit so‘zlar:

Ultratovush, Fizioterapiya, Reabilitatsiya.

Ultratovush bilan davolash Davolash amaliyotida boshqa fizioterapevtik

muolajalar bilan bir qatorda ultratovush bilan davolash ham keng qo‘llaniladi. Ultra

tovushlar fizik muhitda mexanik tebranishlar hosil bo‘lishi bilan xarakterlanadi.

Fizioterapiya amaliyotida ultra tovushlar 800-900 kilogers chastotasi ko‘rinishida

qo‘llaniladi. Tibbiy davolash amaliyotida esa 800-3000 kg ravishda qo‘llanilishi

mumkin. Davolash jarayonida ultra tovushlarning organizm ichiga kirishi ularning

chastotalariga bog‘liqdir.

Qo‘llanilayotgan tebranish chastotasi qanchalik katta bo‘lsa, u shuncha to‘qima

ichiga kam kiradi. Masalan: chastotasi 1600-2600 kg bo‘lgan ultra tovush

faqatgina 1 sm chuqurlikka kiradi, chastotasi 800-900 kg bo‘lgan ultra tovush 4-5

sm ichkariga kiradi. Ultra tovushlarning ta'siri asosida mexanik va issiqlik omillari

hamda shular tufayli organizmda kelib chiqadigan fizik-kimyoviy o‘zgarishlar

yotadi. Mexanik ta'siri asosan chaqiralayotgan mikrovibratsiya bilan tushuntiriladi,

bu esa to‘qimalarda mikromassaj holatini hosil qiladi.

Buning natijasida to‘qimalarning funksional holati o‘zgaradi, membranalarning

o‘tkazuvchanligi oshadi, diffuziya va osmos jarayonlari kuchayadi, to‘qimalardagi har

xil tuzilmalarning bir-biriga bog‘liqligi oshadi. Issiqlik ta'siri ultra tovushning bir

tomondan mexanik energiyasining issiqlikka aylanishi bilan, ikkinchi tomondan

biokimyoviy jarayonlarning oshishi bilan tushuntiriladi. To‘qimalarda haroratning

ortishi qon va limfa tomirlarining kengayishiga olib keladi, mikrotsirkulyatsiya oshadi,

modda almashinuvi jarayonlari yaxshilanadi.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-70

Часть–2_ Мая –2025

340

2181-3187

Fizik-kimyoviy ta'siri to‘qimalarning molekulyar kompleksining qayta qurilishi

bilan tushuntiriladi. Bunda bir qator fermentlarning faolligi ortadi, oksidlanish-

tiklanish jarayonlari yaxshilanadi, to‘qimalarda biologik aktiv moddalar (geparin,

gistamin, serotonin va h.z) hosil bo‘ladi. Ultratovushlarning fiziologik ta'siri mahalliy

va umumiy reaksiyalardan, gumoral va neyroreflektor ta'sirlaridan kelib chiqadi.

Natijada og‘riq qoldiruvchi, spazmalitik, yallig‘lanishga qarshi ta'sirlar yuzaga keladi.

Shuningdek reparativ va regenerativ jarayonlar, nerv-mushak apparatining qo‘zg‘alish

darajasi ortadi, nerv bo‘yicha impulslarning o‘tishi yaxshilanadi. Ultra tovush bilan

davolash muolajasi quyidagi apparatlar yordamida o‘tkaziladi.

Ultratovush tarqalib ketmasligi uchun muolajani har doim maz yoki vazelin

bilan o‘tkazilishi shart. Bu usul yordamida organizmga dori moddalari kirgizilishi

mumkin, bu usul fonoforez yoki ultrafonoforez deb ataladi. Masalan : butadion,

gidrokartizon, dolgit va boshqa dorili mazlar. Bu muolaja davolash amaliyotida juda

keng qo‘llaniladi, ayniqsa hozirda keng tarqalgan bo‘g‘im kasalliklarida.

Ko‘rsatmalar

: tayanch-harakat apparati kasalliklari (artrit, poliartrit, podagra,

osteoxondroz), nerv sistemasining kasalliklari va jarohatlari, LOR kasalliklari (tonzilit,

vazamator renit), ko‘z kasalliklari (kon'yuktivit, keratit), ginekologik va urologik

kasalliklari (salpingoofarit, prostatit), nafas olish organlari kasalliklari (bronxial astma,

bronxit), stomatologik kasalliklar va h.z.

Moneliklari:

tromboflebit, kaxeksiya, gipotoniya, qon ketishga moyillik

holatlarida muolajani qo‘llash mumkin emas.

Библиографические ссылки

tromboflebit, kaxeksiya, gipotoniya, qon ketishga moyillik

holatlarida muolajani qo‘llash mumkin emas.