ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-70
Часть–2_ Мая –2025
145
2181-3187
YANGIQO‘RG‘ON SUV OMBORIDAGI GIDROTEXNIKA
INSHOOTLARINING
UMUMIY TASNIFI
Aralov Behro‘z G‘ayratovich
tayanch doktorant.,
Qarshi davlat texnika universiteti
Pirmahmatova Ozoda Izomiddin qizi
talaba.,
Qarshi davlat texnika universiteti
Annotatsiya:
So‘ngi yillarda yer va suv resurslaridan samarali foydalanish, suv
resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish, suv xo‘jaligi obyektlarini
modernizatsiya qilish va rivojlantirish bo‘yicha izchil islohotlar amalga oshirilmoqda.
Shu bilan birga, global iqlim o‘zgarishi, aholi sonining va iqtisodiyot tarmoqlarining
o‘sishi, ularning suvga bo‘lgan talabi yil sayin oshib borishi tufayli suv resurslarining
taqchilligi yildan-yilga kuchayib bormoqda.
Kalit so‘zlar:
Suv ombor, to‘g‘on, iqlim, gidrologik tavsif, muzlash rejimi,
termik rejim, mineralizatsiya, kimyoviy tahlil.
Аннотация:
В последние годы осуществляются последовательные
реформы по эффективному использованию земельных и водных ресурсов,
совершенствованию системы управления водными ресурсами, модернизации и
развитию объектов водного хозяйства. Вместе с тем из года в год усиливается
дефицит водных ресурсов в связи с глобальным изменением климата, ростом
численности населения и отраслей экономики, их растущей потребностью в
воде.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-70
Часть–2_ Мая –2025
146
2181-3187
Ключевые слова:
Водохранилище, плотина, климат, гидрологическая
характеристика, режим замерзания, термический режим, минерализация,
химический анализ.
Abstract:
In recent years, consistent reforms have been carried out to effectively
use land and water resources, improve the water resource management system, and
modernize and develop water management facilities. At the same time, the shortage of
water resources is increasing year by year due to global climate change, population
growth, and the growth of economic sectors, as well as their demand for water.
Keywords:
Reservoir, dam, climate, hydrological description, freezing regime,
thermal regime, mineralization, chemical analysis.
Suv ombori va uni to‘ldiruvchi manbaning gidrologik tavsifi
1.1. Iqlimi:
Yangiqo‘rg‘on suv ombori gegrafik joylashuvi jihatidan yarimcho‘l
hududda joylashgan.
Suv ombori joylashgan hududning iqlimi, yozning jazirama issiqligi uzoq
dovom etishi (+47 oS) va qishning o‘ta sovuqligi bilan xarakterlanadi. Yoz mavsumida
havoning absalyut maksimal harorati iyulda +47 oS ga va qish mavsumida esa
havoning absalyut minimal harorati yanvarda -35 oS darajagacha bo‘ladi. Havoning
o‘rtacha yillik harorati +14 oS ni va iliq davri 200 – 210 kunni tashkil qiladi.
Yog‘ingarchilik davri oktabr-may oylarida bo‘lib, yillik yog‘in miqdori 250 – 300 mm
ga teng.
Eng ko‘p yog‘ingarchilik davri oktabr-mart oylarida bo‘lib, yillik
yog‘ingarchilikning 75 % ni tashkil etsa, qolgan qismi mart va iyun oylariga to‘g‘ri
keladi. Iyul-sentabr oylarida deyarli yog‘ingarchilik kuzatilmaydi. Havoning nisbiy
namligi 128 – 190 kun davomida 30% dan kam bo‘ladi. Yuqori tempraturada havoning
nisbiy namligi kamayishi sababli quriq garmsel shamolining paydo bo‘lishiga olib
keladi. Bu holat 1,5 – 3 oy davom etadi.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-70
Часть–2_ Мая –2025
147
2181-3187
1.2 Muzlash rejimi:
Suv omborini ekspluatatsiya qilish davrida suv ombori
yuzasining muzlashi, qish oylarining sovuq kelgan 1964, 1969, 1972, 1977 va 2008
yilarida kuzatildi. Muzning maksimal qalinligi 40 sm gacha bo‘lgan. Muzlashning eng
erta boshlangan davri dekabr oyining oxirlariga to‘g‘ri kelsa, eng kech muzlash davri
fevral oyining birinchi o‘n kunliklariga to‘g‘ri keladi. Suv omboridagi muzlar
erishining eng erta davri yanvar oyida va eng kech davri mart oyining birinchi o‘n
kunliklariga to‘g‘ri keladi.
1.3 Termik rejimi:
Suv ombori muzlarining erishidan so‘ng suvdagi tempratura
ko‘tarila boshlaydi. Bahor oylarida suvning harorati 4 oS darajadan 10 oS darajagacha
o‘zgaradi. Suv haroratining maksimal ko‘tarilish davri iyul oylariga to‘g‘ri kelib,
o‘rtacha 27,3 oS daraja iliqlikni tashkil etadi.
1.4 Suvi sifatining tavsifi:
1970-1980 yillarda suv omborining mineralizatsiyasi
370.9 mg/l dan 500.0 mg/l gacha o‘zgargan va o‘rtacha ko‘p yillik mineralizatsiya
417.4 mg/l ni tashkil etgan. Suv omborining suv tarkibidagi asosiy ionlar gidrokarbanit
sulfat va kalsiy tuzlaridan iborat. Suvning tarkibi kislorod bilan yetarli darajada
taminlangan va o‘rtacha ko‘p yillik tarkibi 10.0 mg/l ni tashkil etadi. Suv omborining
hozirgi kundagi suv sifatini, oqova va sizot suvlari bilan ifloslanishi darajasini aniqlash
maqsadida kimyoviy tahlil o‘tkazildi. Unda suv namunalari 0,5 l hajmli
idishlarga drenajdan va yuqori befdan olinib kimyoviy laboratoriyada tahlildan
o‘tkazildi. Tahlil natijalari 1.4 – jadvalda keltirilgan.
1.1-jadval. Suv ombori suvining kimyoviy tahlili.
Analiz
uchun olingan
joyi
NS
O3,
mg/
l
C
l3,
m
g/l
S
O4,
m
g/l
S
a,
m
g/l
M
g,
m
g/l
N
a+K,
m
g/l
Qatti
q qoldiq,
mg/l
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-70
Часть–2_ Мая –2025
148
2181-3187
Drenajda
n
219
7
0
1
350
2
60
1
62
1
65
2204
Yuqori
befdan
189
2
0
2
12
9
0
1
2
5
9
520
1.5 Hisobiy to‘lqin balandligi:
Yangiqo‘rg‘on suv ombori loyiha bo‘yicha
hisobiy to‘lqin balandligining 1 % ta’minlanganligi 2.25 m ga teng deb qabul qilingan.
Suv ombori to‘lqinlarining xavfli yo‘nalishi janubiy - sharqdan janubiy – g‘arb
tomon bo‘ladi. Yangiqo‘rg‘on suv ombori meteostansiyasining 2015-
2019 yillardagi kuzatuvlarida to‘lqinlarning xavfli yo‘nalishi shimoliy-sharq
tomonidan ekanligi kuzatilgan. “Sredazgiprovodxlopok” institutining 20 yillik (1975-
1994y) meteostansiya ma’lumotlari kuzatuvlariga ko‘ra to‘lqinlarning xavfli yo‘nalishi
sharqiy, shimoliy-sharq va maksimal shamol tezligi – janubiy yo‘nalishdan bo‘lganligi
kuzatilgan.
Suv omborida to‘lqinlanishni kuzatish kuchli shamol yoki dovul paytida,
to‘lqinning balandligini kelgusi hisoblar va tadbirlar uchun aniqlash maqsadida
o‘tkaziladi. To‘lqin balandligini to‘lqin o‘lchash reykasi yoki to‘g‘onning beton bilan
mahkamlangan qiyaligida to‘lqinning qiyalikka urilib chiqish uzunligini o‘lchash
orqali aniqlash mumkin.
m
l
h
гип
4
,
1
%
1
=
(1.1)
Bu yerda,
%
1
h
- 1 % ta’minlangan to‘lqin balandligi, m;
гип
l
- sondagi to‘lqinlar ketma-ketligi ichidagi eng
katta to‘lqinning qiyalikka urilib chiqish uzunligi, m;
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-70
Часть–2_ Мая –2025
149
2181-3187
m
=
ctg
- to‘g‘on bosimli qiyaligining koeffitsiyenti.
To‘lqin balandligini yana ham aniqroq yo‘l bilan aniqlash mumkin. Bunda
barqaror to‘lqinlanish hosil bo‘lgandan so‘ng shamolning yo‘nalishi belgilanadi, uning
tezligi qo‘l anemometri bilan o‘lchanadi va to‘lqinlarning paydo bo‘lib kelish
masofasini suv ombori havzasining rejasidan aniqlab, SANIIRI ning qo‘yidagi
formulasi orqali to‘lqin balandligi topiladi:
g
L
V
h
w
0027
,
0
%
1
=
, м
(
1.2)
Bu yerda:
V
w
-
10
m
balandlikdagi
(yoki
yaqindagi
meteostansiyada o‘lchangan) shamol tezligi, m/s;
L
- to‘lqinlar paydo bo‘lib kelish masofasi, m;
g
=
9,81
м/с
2
Shamol tezligi:
V
w
= 1,26 V
w2
,
bu yerda:
V
w2
– 2 m balandlikda qo‘l anomometri bilan o‘lchangan shamol tezligi,
m/s. Yangiqo‘rg‘on suv omboriga xavfli bo‘lgan shimoliy-sharq va janub
yo‘nalishlaridagi shamolning tezligidan hosil bo‘lgan to‘lqin balandliklari
%
1
h
=2,2 m
ва
%
1
h
=1,9 m ni tashkil etadi.
1.6 Suv omborini to‘ldiruvchi manba va uning gidrologik tavsifi:
Zarafshon
daryosi
suv
oborini
to‘ldiruvchi
manba
bo‘lib,
u
qor– muzliklardan to‘yinib, yil davomida daryo oqimining taqsimoti turli xil bo‘ladi.
Iyul – sentabr oyida oqimning 50 % bo‘lib, mart – iyun oylarida 1,5 – 1,8 marta ko‘p
bo‘ladi. Suvning ko‘p bo‘lgan davri kechroq boshlanadi, ko‘p suvlik yilning aprel oyini
uchinchi o‘n kunligiga to‘g‘ri kelsa, yilning o‘rtacha suvlik va kam suvlik davri may
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-70
Часть–2_ Мая –2025
150
2181-3187
oyining birinchi o‘n kunligida bo‘ladi. Suv sarfining jadallashuvi iyul oyida va
pasayishi avgustdan mart oyigacha davom etadi.
Yangi daryoning o‘rtacha yillik suv oqimining 50 % taminlanganligi 5130
mln.m3, 75 % taminlanganligi 4716 mln.m3 ga teng. Daryoning to‘liq oqimi sug‘orish
va suv omborini to‘ldirish uchun foydalaniladi.
SUV OMBORI HAQIDA UMUMIY MA’LUMOTLAR
1.
Suv
omborining
nomlanishi
«Yangiqo‘rg‘on»
2.
Suv
bilan
ta’minlovchi manba
Yakkabog‘daryo daryosi.
3.
Suv
ombori
joylashgan manzil
Qashqadaryo
viloyati,
Yakkabog‘ tumani.
4.
Suv omborning turi
Quyilma.
5.
Oqimning
boshqariluvi
Mavsumiy.
6.
Suv
omborining
maqsadi
Sug‘orish uchun.
7.
Suv
omborini
to‘ldirish boshlangan va
meyoriy dimlangan satx
(MDS) ga yetish
To‘ldirish
boshlanishi–
1974 yil.
MDS ga ko‘tarilgan vakti–
1975 yil.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-70
Часть–2_ Мая –2025
151
2181-3187
8.
Suv
ombori
foydalanishga topshirilgan
sana
Doimiy foydalanishga 1975
yil 10 yanvarda qabul qilingan.
9.
Qurilish yillari
1960-1974 yillarda amalga
oshirilgan.
10.
Suv ombori qurilish
loyixasi
«O‘zgiprovodxoz» instituti
tomonidan tuzilgan.
11.
Loyixaning saqlanish
joyi
«O‘zgiprovodxoz» instituti,
suv omborlari ekspluatatsiyasi
boshqarmasi
va
Respublika
markaziy arxivida.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.Bakiev M.R., Majidov U. Y., Nosirov B. Sh., Xo‘jaqulov R.T., Rahmatov M.I.,
Gidrotexnika inshootlari. 1 – jild. -T.: Yangi asr avlodi, 2008.
2.Bakiev M.R., Majidov U. Y., Nosirov B. Sh., Xo‘jaqulov R.T., Rahmatov M.I.,
Gidrotexnika inshootlari. 2 – jild. -T.: Iqtisod-moliya, 2009.
3.Bakiev M.R., Majidov U. Y., Nosirov B. Sh., Xo‘jaqulov R.T., Saidov I.E.,
Gidrotexnika inshootlarini loyihalash. –T.: Fan va texnologiya, 2013.
4.Gidrotexnicheskiye soorujeniya. Pod red. N. P. Rozanova. -M.: Agropromizdat,
1985.
5.Справочник проектировшика. Гидротехнические сооружения. Под ред. В. П.
Недриги. –М.:Стройиздат, 1983.
6.Курсовое и дипломное проектирование по гидротехническим сооружениям.
Под. ред. В.С. Лапшенкова, -М.: Агропромиздат, 1989.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-70
Часть–2_ Мая –2025
152
2181-3187
7.Husanxo‘jayev Z. X. Suv omborlaridagi gidrotexnika inshootlari. -T.: Mehnat,
1986.
8.Husanxo‘jayev Z. X. Daryodan suv olish inshootlari. -T.: O‘qituvchi, 1986.