Авторы

  • Tojiyeva Xolbibi Abdusalom qizi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.esiiw.124976

Ключевые слова:

son sonning ma’no turlari leksik xususiyatlari otlashgan son sanoq son miqdor son dona son chama son jamlovchi son taqsim son va kasr son.

Аннотация

Mazkur maqolada mustaqil soʻz turkumlaridan biri bo‘lgan; predmetning miqdorini, sanoq jihatdan tartibini bildiruvchi soʻzlar guruhi hisoblangan son so‘z turkumi haqida atroflicha ma’umot beriladi. Sonning leksik-grammatik xususiyatlari, turlari, morfologik xususiyatlari, otlashib kelishi va ma’nolariga atroflicha to‘xtalib o‘tilgan. 


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-70

Часть–2_ Мая –2025

30

2181-3187

SONNING LEKSIK – GRAMMATIK XUSUSIYATLARI

Shаhrisаbz dаvlаt pedаgogikа instituti

Pedаgogikа fаkulteti

BT-1-24 tаlаbаsi

Tojiyeva Xolbibi Abdusalom qizi

АNNOTАTSIYА:

Mazkur maqolada mustaqil soʻz turkumlaridan biri bo‘lgan;

predmetning miqdorini, sanoq jihatdan tartibini bildiruvchi soʻzlar guruhi hisoblangan

son so‘z turkumi haqida atroflicha ma’umot beriladi. Sonning leksik-grammatik

xususiyatlari, turlari, morfologik xususiyatlari, otlashib kelishi va ma’nolariga atroflicha

to‘xtalib o‘tilgan.

ANNOTATION:

This article is one of the independent word groups; A detailed

report is given about the numerical word group, which is a group of words that indicates

the quantity and numerical order of the subject. The lexical-grammatical features, types,

morphological features, conjugation and meanings of the number are discussed in detail.

АННОТАЦИЯ:

Данная статья является одной из самостоятельных групп

слов; Подробно сообщается о числовой группе слов, которая представляет собой

группу слов, обозначающую количество и числовой порядок предмета. Подробно

рассмотрены лексико-грамматические особенности, виды, морфологические

особенности, спряжение и значения числа.

Kаlit so‘zlаr:

son, sonning ma’no turlari, leksik xususiyatlari, otlashgan son, sanoq

son, miqdor son, dona son, chama son, jamlovchi son, taqsim son va kasr son.

Key words:

number, semantic types of number, lexical properties, accusative

number, countable number, quantitative number, unit number, sum number, total

number, division number and fractional number.

Ключевые слова:

число, семантические типы числа, лексические свойства,

винительное число, счетное число, количественное число, число единицы, число

суммы, общее число, число деления и дробное число.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-70

Часть–2_ Мая –2025

31

2181-3187

Son o‘zbek tilidagi mustaqil

soʻz turkumlaridan

biri; predmetning miqdorini, sanoq

jihatdan tartibini bildiruvchi soʻzlar guruhi. Son narsa-buyumning sanog‘ini, joylashish

tartibini, ish-harakatning bajarilish tartibini bildirgan so‘zlar son deyiladi. Necha?

Qancha? Nechanchi? so‘roqlariga javob bo‘ladi. Har qanday son raqam ko‘rinishida

ifodalanadi. Oz, ko‘p so‘zlari ham miqdorni ifodalaydi. Eski o‘zbek tilida tuman (100

000), lak (yuz ming) sonlari ham bo‘lgan. Boshqird, uyg‘ur tilida ming (o‘n)ni bildirgan.

Son predmetning miqdorini bildiradi. Shuning uchun gapda predmet tushunchasini

ifodalovchi otga bog‘lanib keladi. Son otga bog‘lanib kelgan konkret miqdorni

ifodalaydi. Otga bog‘lanmagan holda ham qo‘llanadi. Otga bog‘lanmagan holda ham

qo‘llanadi. Bunda miqdor mavhum, abstrakt bo‘ladi. (hisoblashda).

Sonning morfologik xususiyatlari: 1) turlanmasligi: Bir ozdan keyin shoir

holvafurush tandirdan yangi uzilgan ikkita non bilan juda nafis ishlangan mis lagan

kesma holva olib chiqdi: 5 kitob, 10 talaba. Otga bog‘langanda, son bog‘langan

sifatlarning ot tushib qolganda (otlashadi). Turlanadi (2 xil tushunchani – miqdor,

predmetni, tasavvurni aks ettiradi). Bilagi zo‘r birni yiqar, bilimi zo‘r mingni. Otlashgan

son fikrni stimistik jihatdan ixcham, obrazli ifodalash uchun xizmat qiladi. Hamma

turlari ham turlanmaydi, chamali son (-tacha, -lab) –lar, va kasr songa qo‘shilmaydi.

Sonning turli modal formlarini hosil qilgan forma yasovchi qo‘shimchalar bor, -ta, -

tacha, -tadan, -ov kabi. Sonning bu modal formalari predmetning to‘dasini, taxminiy

miqdorini, taqsimini ko‘rsatadi: beshtadan daftar, uchchala talaba v.h.

Son ham sifat va ravish kabi belgi tasavvurini bildiradi va shu jihatdan oʻsha

turkumlarga yaqin turadi.

Sifat

predmetning belgisini, ravish harakatning belgisini, Son

esa predmetning miqdori, sanogʻi va tartibiga ko‘ra belgisini bildiradi. Sonlar otlar bilan

birga qoʻllanib, bir necha predmetlarning yigʻindisini, aniq miqdorini (beshta kitob) yoki

noanik, miqdorini (oʻntacha bola) ifodalaydi. Son harflar bilan ifodalanadi (bir, oʻn,

ellik) yoki arab va rim raqamlari bilan (3, 5, 10, V, IX, XX) koʻrsatiladi.

Sonlarning otlashishi. Son bog‘lanib kelgan ot qo‘llanmaganda, otga qo‘shilib

kelgan so‘z o‘zgartiruvchi affikslar, ya’ni egalik, kelishik hamda shakl yasovchi ko‘plik

affiksini olishi mumkin. Bunday morfologik jihatdan o‘zgargan son otlashgan son


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-70

Часть–2_ Мая –2025

32

2181-3187

sanalib, gapda ot bajargan ega, to‘ldiruvchi, qaratqich-aniqlovchi, kesim kabi sintaktik

vazifalarni bajaradi: Birov tosh, birov gul, o‘z joyida ikkovi ham yaxshi. Bilagi

zo‘r birni yiqar, bilimi zo‘r mingni. O‘nning yarmi besh.

Otlashgan son fikrni stilistik jihatdan ixcham obrazli ifodalashi uchun xizmat qiladi.

(Maqol, matal, aforizmlarda ko‘p uchraydi) Sonning hamma turlari ham morfologik

jihatdan o‘zgarmaydi (chama son – tacha, -lab, -lar kasr songa qo‘shilmaydi).

Sonlar maʼno xususiyatiga koʻra, 2 asosiy turga boʻlinadi: miqdor sonlar va tartib

sonlar.

Miqdor

Sonlar

predmetning

miqdori, sanogʻiga koʻra belgisini

koʻrsatadi.

Oʻzbek tilida

miqdor Slar 6 turga boʻlinadi: sanoq son, dona son, chama son,

jamlovchi son, taqsim son va kasr son.

Sanoq son — predmetning sanogʻini bildiruvchi miqdor son turi (bir, ikki, oʻn,

yuz). Dona son — predmetning miqdorini donalab koʻrsatuvchi miqdor son. Bunday

sonlar sanoq songa -ta qoʻshimchasini qoʻshish bilan hosil qilinadi (beshta kitob, qirqta

daftar). Predmetlarni donalab koʻrsatishda sonlar juft, metr, nusxa, nafar, bosh, tup kabi

hisob (numerativ) soʻzlar bilan birga qoʻllanadi: bir juft qoʻshiq, ikki metr atlas, besh tup

oʻrik va boshqa. Chama son predmetning noaniq miqdorini, taxminan hisobini

koʻrsatadi. Miqdor sonning bu turi 2 usul bilan: sanoq songa -tacha, -lab, -larcha

affikslaridan birini qoʻshish (oʻntacha, oʻnlab, oʻnlarcha) va turli sonlarni juftlash yoki

ayrim soʻzlar bilan birga qoʻllash orqali hosil qilinadi. Jamlovchi son bir turdagi

predmetlarning yigʻindisini ifodalaydi, ularni jamlab koʻrsatadi; sanoq songa -ov, -ala

affikslarini qoʻshish bilan hosil qilinadi (beshov, oltov; uchala, toʻrtala). Taqsim son

predmet miqdorini teng qismlarga taqsimlash, guruhlash yoʻli bilan bildiradi va sanoq

songa -tadan affiksini qoʻshish orqali hosil qilinadi (beshtadan boʻlib kelmoq, toʻrttadan

qalam ushlamoq). Kasr son butunning qismlarini bildiradi va, odatda, sanoq sonning

chiqish va bosh kelishik shaklidagi birikmasi orqali ifodalanadi. Tartib son predmetning

anik, miqdorini, ketma-ketligini ifodalaydi. Ular sifatlarga yaqin boʻlib, ular kabi

predmet belgisini bildiradi; sanoq sonlarga —(i)nchi (baʼzan lamchi) affiksining

qoʻshilishidan hosil boʻladi: birinchi, ikkinchi, oʻninchi; birlamchi, ikkilamchi.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-70

Часть–2_ Мая –2025

33

2181-3187

Tuzilishiga kura, Sonlar 4 turga boʻlinadi: sodda son — birgina soʻzdan

ifodalanadi: bir, oʻn, ellik, ming; murakkab son — ikki yoki undan ortiq oʻzakning

birikuvidan hosil boʻladi: oʻn ikki, qirq besh, bir yuz ellik olti, ikki ming toʻrtinchi; juft

son — birdan ortiq sonning nisbiy teng bogʻlanishi asosida tashkil topadi va taxminan

miqdorni bildiradi: besh olti kishi, oʻn oʻn besh kun, ellik oltmish xonadon. Takroriy son

— bir xil oʻzaklarning aynan takrorlanishidan hosil boʻladi va jamlash yoki taqsimlash

maʼnolarini ifodalaydi: birbir aytib chiqdi, beshta beshta boʻlib saflanmoq, kitobni oʻnta

oʻnta qilib taxlamoq.

Oʻzbek tilida son kategoriyasining 2 turi mavjud: birlik son — bir turdagi narsa

buyumlardan bittasini (oʻquvchi, daftar, daraxt); predmetning bir (yakka) shaxsga

tegishliligini (ukam, daftaring, qalami); olmoshlarda shaxsning yakkaligini (men, sen,

u); feʼllarda harakatni bir (yakka) shaxs bajarishini (oldim, kelding, koʻraman, oʻqiysan,

boradi) bildiradi; koʻplik son — predmetning birdan ortiqligini, koʻpligini, uning birdan

ortiq (koʻp) shaxsga tegishliligini (kitoblar, daraxtlar; kitobimiz, maktabingiz, uylari);

olmoshlarda shaxsning birdan ortiq (koʻp)ligini (biz, siz, bizlar, ular); feʼllarda harakatni

birdan ortiq shaxs bajarishini (bordik, borganmiz, boramiz; ishlasak, ishlasangiz)

bildiradi. Otlarda birlik sonni koʻrsatadigan maxsus qoʻshimcha yoʻq, koʻplik son esa -

lar affiksini qoʻshish orqali hosil qilinadi. Koʻp tillarda birlik son koʻplik songa qarama

qarshi qoʻyiladi. Biroq ayrim tillarda (som tillarida, Avstraliya va Amerikaning mahalliy

tillarida) ikkilik son, baʼzan uchlik son gʻam uchraydi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1.

G‘.Abdurahmonov,A.Sulaymonov ,,Hozirgi o‘zbek adabiy tili sintaksis’’ 1980

2.

N.Mahmudov, A.Nurmonov,A.Sobirov, D.Nabiyeva, A.Mirzaahme-dov Ona

tili. Umumta’lim maktablarining 7-sinfi uchun darslik. T., «Ma’naviyat» 2005

3.

Anvarovna, Umarova Dilafruz. “Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ijtimoiy

ustanovkalarni rivojlantirish texnologiyasi.” Tadqiqotlar 31.4 (2024).

Библиографические ссылки

G‘.Abdurahmonov,A.Sulaymonov ,,Hozirgi o‘zbek adabiy tili sintaksis’’ 1980

N.Mahmudov, A.Nurmonov,A.Sobirov, D.Nabiyeva, A.Mirzaahme-dov Ona

tili. Umumta’lim maktablarining 7-sinfi uchun darslik. T., «Ma’naviyat» 2005

Anvarovna, Umarova Dilafruz. “Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ijtimoiy

ustanovkalarni rivojlantirish texnologiyasi.” Tadqiqotlar 31.4 (2024).