ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-69
Часть–7_ Мая –2025
184
2181-3187
1O-SINF O‘QUVCHILARIDA ESSE YOZISH KO‘NIKMASINI
RIVOJLANTIRISH
ToshDOʻTAU O‘TAT fakulteti 3-kurs
talabasi
Raximova Nigora
Annotatsiya:
Ushbu maqolada 10-sinf o‘quvchilarida esse yozish ko‘nikmasini
rivojlantirishning samarali usullari yoritilgan. Dars jarayonida ijodiy yozuv, tanqidiy
fikrlash, mantiqiy izchillik kabi ko‘nikmalarni rivojlantirishga xizmat qiluvchi
metodlar haqida fikr yuritiladi. Shuningdek, esse yozish jarayonining bosqichlari,
o‘qituvchining roli va o‘quvchining mustaqil fikrlash faoliyati tahlil qilinadi.
Kalit
so‘zlar:
10-sinf, esse yozish, tanqidiy fikrlash, o‘quv jarayoni, metodlar, ijodiy fikrlash
Article:
This article
explores effective ways to develop essay writing skills among 10th grade students. It
discusses methods that foster creative writing, critical thinking, and logical consistency
during the learning process. The paper also analyzes stages of essay writing, the
teacher’s role, and the student’s independent thinking development.
Keywords:
10
th
grade,
essay writing,
critical thinking, learning process, methods, creative thinking
Kirish.
Bugungi kunda maktab o‘quvchilarning mustaqil fikrlashi, o‘z nuqtai
nazarini asoslab berishi va mavzuni tahlil qila olish qobiliyatini shakllantirish dolzarb
vazifa hisoblanadi. Shu sababli bugun maktab o‘quvchilariga insho va bayon emas
emas, esse yozdirish samarali natija beradi. Badiiy uslubning jimjimador so‘zlariga
boy, reallikdan uzoq fikrlar asosida yoziladigan insho va bayonlar o‘quvchining
dunyoqarashini kengaytirmaydi. Jumladan, 10-sinf o‘quvchilarida ham esse yozish
orqali ularning tanqidiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish juda muhimdir. Bugungi kun
yoshlarida har bir voqea-hodisa nisbatan shaxsiy fikr, masalaning ijobiy va salbiy
tomonlarini ko‘ra olish kabi qobiliyatlar shakllangan bo‘lishi kerak. Bu kabi
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-69
Часть–7_ Мая –2025
185
2181-3187
qobiliyatlarni shakllantirishda o‘qituvchining roli katta. Esse-fransuz tilida “essai”
tajriba, ingliz tilida ”essay”, “assay-intilish, ijodiy sinov, ocherk, lotincha “exagium”-
o‘ylash degan ma’noni anglatadi. Esse - o'quvchining aniq mavzu yuzasidan shaxsiy
fikr-mulohazalari asosida yoziladigan ixcham ijodiy ish hisoblanadi. Uning
o'zgachaligi mavzuda ko'tarilayotgan muammoga fakt va dalillarni o'rinli keltirish
orqali o'z munosabatini bildirish.
1
Orif Tolib o‘z maqolasida esse bu erkin asar deydi.
Shunday bo‘lsa ham, esse shakli va mazmuniga bir qancha talablar qo‘yiladi. Quyida
eng muhimlarini eslatib o‘tamiz:
✓
Fikr –mulohazalaringizni publitsistik uslubda bayon qilish;
✓
Esse 3 tarkibiy qismdan iborat bo‘lishi lozim (kirish, asosiy qism, xulosa);
✓
Esse uchun reja tuzilmaydi, epigraf qo‘yilmaydi.
10-sinf o‘quvchilarida argumentli esse yozishni quyidagi usullar orqali
rivojlsntitish mumkin:
✓
O‘quvchilarga ularning yoshiga mos podkastlarni eshittirish;
✓
Informativ teleko‘rsatuvlarni tomosha qilish ;
✓
Sun’iy intellekt vositalari (masalan, ChatGPT, Gemini kabilar)ga esse
mavzusiga oid savollar berish .
Esse yozish – bu o‘quvchining o‘z fikrini mantiqiy izchillikda bayon etishi,
dalillar orqali asoslab berishi va o‘ziga xos yondashuvini namoyon etishidir. 10-sinf
o‘quvchilari uchun esse yozishni o‘rgatish bir necha bosqichda amalga oshiriladi:
1.Mavzu tanlash va tushunish: O‘quvchilarga mavzuni tushuntirish, asosiy g‘oyani
aniqlab olish va unga yondashuv yo‘llarini ko‘rsatish kerak.
2.Reja tuzish: (inshodagi kabi reja emas) kirish , asosiy qism va xulosani o‘z ichiga
olgan reja asosida yozish ishlari olib boriladi.
3.Ijodiy fikrlashni rag‘batlantirish: Har bir o‘quvchi mavzuga nisbatan o‘z fikrini erkin
ifodalashi uchun qulay muhit yaratish lozim. Bu esa ijodkorlik va mustaqillikni
oshiradi.
1
Esse yozish qoidalari va tavsiyalar haqida metodik tavsiya
-
Diloyat Obidova Aminovna
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-69
Часть–7_ Мая –2025
186
2181-3187
4.Tanqidiy tahlil qilish : O‘quvchilar esse yozish orqali ma’lumotlarni tahlil qilish,
taqqoslash, asoslash ko‘nikmalariga ega bo‘ladilar.
5.Baholash va tahlil: Yozilgan esselar o‘qituvchi tomonidan tahlil qilinib,
o‘quvchilarga fikr-mulohaza beriladi. Bu esa o‘quvchini o‘z ustida ishlashga undaydi.
Metodik tavsiyalar
O‘quvchilar esse yozishda quyidagi metodlardan foydalansa, samarali natija beradi:
•
Klaster usuli: Mavzu bilan bog‘liq asosiy tushunchalarni tarmoqlab yozish orqali
esse yozish rejasi shakllantiriladi.
•
“Savol-javob” usuli : Mavzu asosida beriladigan savollar orqali o‘quvchi
mavzuni chuqur anglaydi.yozuv ishini olib boradi.
•
“Rolga kirish” usuli: O‘quvchi o‘zini mavzu bilan bog‘liq sohada yoki holatda
tasavvur qilib esse yozishni olib boradi.
Esse - o‘qitish natijalarini baholashning eng samarador usulidir, chunki o‘quvchi
esse yozish jarajonida, esse yozish uchun berilgan mavzuni mustaqil bajaradi va
berilgan vaziyat yoki muammo bo‘yicha dalillar keltirish orqali o‘zining qarashlarini
isbotlaydi. Shu sababli esse yozdirish orqali o‘quvchilarning dunyoqarashini aniqlash
mumkin. Shuning ucun o‘quvchi nutqiy kompetensiyasini qaydarajada shakllanganini
aniqlashning juda qulay yo‘li hisoblanadi.
2
Xulosa o‘rnida aytish kerakki, 10-sinf o‘quvchilarida esse yozish ko‘nikmasini
shakllantirish nafaqat o‘quvchining yozma nutqini, balki og‘zaki fikrlash, tanqidiy
yondashuv, mantiqiy tahlil qilish qobiliyatini ham rivojlantiradi. Bu esa keyingi
bosqichlardagi bilim olish jarayonida mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qiladi.
O‘qituvchilar bu yo‘nalishda ‒tizimli va ijodiy yondashuvni qo‘llasa, natijalar samarali
bo‘ladi.
2
Islomova Feruza Habibullaevna . Esse turlari va ularni tashkil etishning o‘ziga xos xususiyatlari
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-69
Часть–7_ Мая –2025
187
2181-3187
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
B Mengliyev va b. Ona tili 10 [Matn]: 10-sinf uchun darslik / B. Mengliyev. –
Toshkent: Respublika ta’lim markazi, 2022. -224 b.
2.
Юсупова Т. А. To develop students’ knowledge, skills and competencies in the
organizational and technical aspects of essay // ACADEMICIA A n I n t e r n a t i o n
a l M u l t i d i s c i p l i n a r y R e s e a r c h J o u r n a l (Double Blind Refereed &
Peer Reviewed Journal) ISSN: 2249-7137 Vol. 11, Issue 2, February 2021 Impact
Factor: SJIF 2021 = 7.492
3.
Yuldasheva D. – O‘zbek tilini o‘qitish metodikasi / Darslik. ‒ Buxoro ‒ Durdona,
2021. ‒ 418 b.
4.
Obidova D. Esse yozish qoidalari va tavsiyalar haqida metodik tavsiya. //
“O‘zbekistonda fanlararo innovatsiyalar va ilmiy tadqiqotlar” jurnali. ‒ Toshkent,
2022. № 14.
5.
Islomova F. H. Esse turlari va ularni tashkil etishning o‘ziga xos xususiyatlari //
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences (E)ISSN:
2181-1784 4(01), Jan., 2024 SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7
617-betlar.
References:
1.
B Mengliyev va b. Ona tili 10 [Matn]: 10-sinf uchun darslik / B. Mengliyev.
– Toshkent: Respublika ta’lim markazi, 2022. -224 b.
2.
Юсупова Т. А. To develop students’ knowledge, skills and competencies in the
organizational and technical aspects of essay // ACADEMICIA A n I n t e r n a t i o n
a l M u l t i d i s c i p l i n a r y R e s e a r c h J o u r n a l (Double Blind Refereed &
Peer Reviewed Journal) ISSN: 2249-7137 Vol. 11, Issue 2, February 2021 Impact
Factor: SJIF 2021 = 7.492
3.
Yuldasheva D. – O‘zbek tilini o‘qitish metodikasi / Darslik. ‒ Buxoro ‒ Durdona,
2021. ‒ 418 b.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-69
Часть–7_ Мая –2025
188
2181-3187
4.
Obidova D. Esse yozish qoidalari va tavsiyalar haqida metodik tavsiya. //
“O‘zbekistonda fanlararo innovatsiyalar va ilmiy tadqiqotlar” jurnali. ‒ Toshkent,
2022. № 14.
5.
Islomova F. H. Esse turlari va ularni tashkil etishning o‘ziga xos xususiyatlari //
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences (E)ISSN:
2181-1784 4(01), Jan., 2024 SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7
617-betlar.