Авторы

  • K. Sh.Normamatova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.esiiw.125177

Ключевые слова:

Universitet xiyoboni shahar ekologiyasi shahar ekotizmi abiotik omillar bioxilma-xillik o’simlik hayvon hashorat tabiiy ekotizim.

Аннотация

Ushbu maqolada shahar ekotizmi va undagi bioxilma-xillik haqidagi ma’lumolar tahlil qilingan. Shahar ekotizimi — bu inson tomonidan yaratilgan sun'iy yashash muhiti ekanligi, unda abiotik omillar (masalan, havo, tuproq, suv) va tirik mavjudotlar 
(odamlar, o'simliklar, hayvonlar) o'zaro aloqada bo'lishi , hamda Universitet xiyoboni bioxilma-xilligi-ekotizmdagi barqarorlikni ta’minlovchi muhim jarayonlardan biri ekanligini adabiyotlar tahlili va kuzatish ma’lumotlari orqali ko’rib chiqilgan. 


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-69

Часть–6_ Мая –2025

118

2181-3187

SAMARQAND SHAHAR EKOTIZIMINING BIOXILMA-XILLIGI.

(UNIVERSITET XIYOBONI MISOLIDA)

K. Sh.Normamatova

Sharof Rashidov nomidagi

Samarqand davlat universiteti

Annotatsiya.

Ushbu maqolada shahar ekotizmi va undagi bioxilma-xillik haqidagi ma’lumolar

tahlil qilingan. Shahar ekotizimi — bu inson tomonidan yaratilgan sun'iy yashash

muhiti ekanligi, unda abiotik omillar (masalan, havo, tuproq, suv) va tirik mavjudotlar

(odamlar, o'simliklar, hayvonlar) o'zaro aloqada bo'lishi , hamda Universitet xiyoboni

bioxilma-xilligi-ekotizmdagi barqarorlikni ta’minlovchi muhim jarayonlardan biri

ekanligini adabiyotlar tahlili va kuzatish ma’lumotlari orqali ko’rib chiqilgan.

Kalit so‘zlar:

Universitet xiyoboni, shahar ekologiyasi, shahar ekotizmi, abiotik

omillar, bioxilma-xillik, o’simlik, hayvon, hashorat, tabiiy ekotizim.

Абстрактный.

В статье анализируются данные о городских экосистемах и их

биоразнообразии. На основе анализа литературы и данных наблюдений было

установлено, что городская экосистема представляет собой искусственную среду

обитания, созданную человеком, в которой взаимодействуют абиотические

факторы (например, воздух, почва, вода) и живые существа (люди, растения,

животные), а биоразнообразие Университетского проспекта является одним из

важных процессов, обеспечивающих устойчивость экосистемы.


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-69

Часть–6_ Мая –2025

119

2181-3187

Keywords:

Университетский проспект, городская экология, городской

экотизм, абиотические факторы, биоразнообразие, растения, животные,

насекомые, природная экосистема.

Abstract.

This article analyzes the data on urban ecosystems and their biodiversity. It is

considered through literature analysis and observational data that an urban ecosystem

is an artificial living environment created by humans, in which abiotic factors (for

example, air, soil, water) and living beings (people, plants, animals) interact, and that

the biodiversity of the University Avenue is one of the important processes that ensure

the stability of ecosystems.

Keywords:

University Avenue, urban ecology, urban ecotism, abiotic factors,

biodiversity, plant, animal, insect, natural ecosystem.

Shahar ekologiyasini o'rganish globallashib borayotgan davrda tobora muhim

ahamiyat kasb etmoqda. Bugungi kunda dunyo aholisining 50% dan ortig'i shaharlarda

yashaydi. Shuningdek, kelgusi 40 yil ichida dunyo aholisining uchdan ikki qismi

kengayib borayotgan shahar markazlarida istiqomat taxmin qilinmoqda.

Shahar

ekotizimi — bu inson tomonidan yaratilgan sun'iy yashash muhiti bo'lib, unda abiotik

omillar (masalan, havo, tuproq, suv) va tirik mavjudotlar (odamlar, o'simliklar,

hayvonlar) o'zaro aloqada bo'ladigan tizimdir. Tabiiy ekotizimlardan farqli o'laroq,

shahar ekotizimlari inson faoliyati natijasida shakllanadi va boshqariladi.

Samarqand shahar ekotizmi o’ziga xos strategik, ma’muriy,

iqtisodiy va

madaniy markaz hisoblanadi. Tarixiy shahar ekanligi, turizmni yaxshi rivojlanganligi

ham shahar ekotizmiga o’z tasirini ko’rsatadi.

Samarqand viloyatining doimiy aholisi

soni 2024-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra 4 208,5 ming kishini tashkil etganligi, yil

boshidan 90,3 ming kishiga yoki 2,2 foizga ko‘payganligini, shuningdek, shahar

aholisi soni 1 542,9 ming kishini (jami aholi sonidagi ulushi 36,7 %), qishloq aholisi

soni 2 665,6 ming kishi (63,3 %)ni tashkil etganligi ma’lumotlarda aytib o’tiladi. Aholi


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-69

Часть–6_ Мая –2025

120

2181-3187

sonining oshishi esa o’z navbatida ekotizmlarga ko’rsatiladigan antropogen

ta’sirlarning oshishiga olib keladi. Shu asosda ko’p aholili shaharlarda o’ziga xos

transport va sanoat yo’nalishlari ekologik jihatdan o’zgarishlarga uchraydi. Buning

natijasida ekotizimlarda muvozanatning buzulishi sodir bo’ladi. Ko’rsatiladigan

ta’sirlar nafaqat atrof-muhitga balki, bioxilma-xillikning ham o’zgarishiga olib keladi.

Shahar ekotizmi haqida

Universitet xiyoboni misolida ba’zi o’rganish ishlarini olib

bordik.

Universitet xiyoboni, Samarqand shahrining markazida joylashgan tarixiy va

madaniy ahamiyatga ega bo‘lgan maskandir. Xiyobon XIX asr oxirlarida barpo etilgan

bo‘lib, kengligi 128 metr, uzunligi 1000 metrdan ortiq hisoblanadi. Uchinchi asrda

barpo etilgan bu xiyobon noyob daraxtlar bilan o‘ralgan uchta xiyobon va ikkita

yo‘lakdan iborat. Dastlab, bu maskan fuqarolarning dam olish joyi sifatida tashkil

etilgan. Keyinchalik, Yevropa uslubidagi binolar qurilishi bilan shaharning muhim

madaniy markaziga aylangan. Bugungi kunda Universitet xiyoboni Samarqand

shahrining ekologik holatini yaxshilashda muhim rol o‘ynaydi, chunki u atrof-muhitni

toza saqlashga hissa qo‘shadi va shahar aholisi uchun yashil makon yaratadi. Shahar

ekotizmi sifatida Universitet hiyoboni bioxilma-xilligi ham fandagi qiziqarli

ma’lumotlarni o’z ichiga oladi. Samarqandning Universitet xiyoboni (Bulvar) boy va

xilma-xil oʻsimlik qoplamiga ega bo‘lib, shahar iqlimiga moslashgan daraxtlar, butalar

va gulzorlar bilan bezatilgan. U XIX asr oxirlarida barpo etilganidan buyon, turli xil

manzarali va ekologik jihatdan foydali oʻsimliklar bilan boyitilgan.

Xiyobonning asosiy qismini baland, soyali va uzoq umr koʻruvchi daraxtlar

tashkil etadi:Chinor– xiyobonning eng qadimiy va muhim daraxtlaridan biri

hisoblanadi. Katta shox-shabbali bo‘lib, yozda kuchli soya beradi va havo namligini

saqlashga yordam beradi.Qarag‘ay – doim yashil daraxtlar qatoriga kiradi, changni

ushlash va havo tozalashda muhim rol o‘ynaydi.Terak – tez o‘sadigan va changga

chidamli daraxt turi bo‘lib, xiyobonda ko‘p uchraydi.Akatsiya – yorqin yashil barglari

va bahorda yoqimli ifor tarqatadigan gullari bilan ajralib turadi.Aylantus – o‘sishi tez,


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-69

Часть–6_ Мая –2025

121

2181-3187

issiq iqlimga chidamli daraxt bo‘lib, shahar landshaftini obodonlashtirishda keng

qo‘llaniladi.Jo‘ka – yo‘lak bo‘ylab ekilgan, mayda xushbo‘y gullari va shifobaxsh

xususiyatlari bilan mashhur daraxt.Xiyobonda turli xil butalar ekilgan bo‘lib, ular

hududning estetik ko‘rinishini oshiradi va ekologik muhitni yaxshilaydi:Jiyda – mayda

kumushrang bargli, xushbo‘y gullari bor o‘simlik.Bulutgul – bahor va yoz oylarida

mayda oq yoki pushti gullar bilan bezaladigan dekorativ buta.Zirk – kichik qizg‘ish

mevalari bilan ajralib turuvchi, chiroyli manzarali buta.Atirgul butalari – turli

ranglardagi atirgullar xiyobonni bezatadi va unga nafis ko‘rinish beradi.Lola – bahorda

ochiladigan, xilma-xil rangdagi gullar xiyobonga alohida chiroy bag‘ishlaydi.Nargis –

erta bahorda ochilib, mayin ifor tarqatadi.Shirinbosh – yorqin qizil va binafsha gullari

bilan ajralib turadi.Xrizantema – kuz oylarida ochilib, xiyobonni rang-barang gullar

bilan qoplaydi.Petuniya – yo‘lak bo‘ylab ekilib, xiyobon hududini yanada go‘zal

qiladi.

Universitet xiyoboni (Bulvar) nafaqat yashil hudud, balki turli xil

jonivorlarning yashash joyi ham hisoblanadi. Ushbu xiyobonda uchraydigan hayvonlar

asosan shahar landshaftiga moslashgan mayda sutemizuvchilar, qushlar va

hasharotlardan iborat.

Tipratikanlar – asosan kechqurun faol bo‘lib, mayda hasharotlar va mevalar

bilan

oziqlanadi.Mayda

kemiruvchilar

– daraxtzor va butalar orasida

yashaydi.Yovvoyi mushuklar – odamlar tomonidan tashlab ketilgan mushuklar yoki

shahar muhitiga moslashgan yovvoyi mushuklar xiyobonda uchraydi.Universitet

xiyobonida turli xil qushlar yashaydi, ularning aksariyati doimiy yoki mavsumiy

migratsiya qiluvchi turlardir.Mayna - samarqand shahar hududida juda keng tarqalgan

qush turi.Sariq bilakli kaptar – xiyobonda eng ko‘p uchraydigan qushlardan

biri.Chug‘urchiq – daraxtlar orasida uya quradigan kichik qush.Qarg‘a – oziq-ovqat

izlab xiyobon atrofida uchraydi.To‘rg‘ay – asosan ochiq maydonlar va maysazorlar

yaqinida yashaydi.Bulbul – bahor va yoz oylarida yoqimli sayrashi bilan

tanilgan.Boyqush – xiyobonning sokin hududlarida kechasi faol bo‘ladigan qush


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-69

Часть–6_ Мая –2025

122

2181-3187

turi.O‘rgimchak kaltakesak – daraxt taglari va toshlar orasida yashaydi.Suv

qurbaqalari– xiyobonda favvoralar yoki nam joylarda uchrashi mumkin.Asalari–

gulchang yig‘ish va changlatish jarayonida muhim rol o‘ynaydi.Qandalalar va ari

turlari - ayrim daraxtlar va gullarning atrofida uchrab turadi.Kapalaklar – mavsumga

qarab

xilma-xil

rangdagi

kapalaklar

uchraydi

(masalan,

Pavlinoglazka

kapalagi.Chigirtkalar– maysazorlarda uchraydi, ayniqsa yoz oylarida.O‘rgimchaklar –

daraxt va butalar orasida to‘r hosil qilib, kichik hasharotlar bilan oziqlanadi.Tuproq

qo‘ng‘izlari – tuproq yuzasida harakatlanib, organik moddalarni parchalashda muhim

rol o‘ynaydi.Qurtlar va chumolilar – o‘simlik qoldiqlarini parchalaydi va tuproq

unumdorligini oshirishga yordam beradi. Bu organizmlar Universitet xiyoboni

(Bulvar) bioxilma-xilligini ko’rsatadi. Bundan tashqari olib borilgan izlanishlar va

tadqiqotlar orqali turlar sonini ham o’zganib chiqdik. Chinorlarning 600 turi,

kustarniklarning

190

turi,archalarning

390

turi

,

kashtanlarning

160

turi,akatsiyalarning 50 dan ortiq turlari, aylant, qayrag’och, safora, yong’oq kabi

o’simliklarning turlar sonini ham o’rgandik.

Samarqand shahrida avtomobil yo‘llari, shahar ko‘chalari, ko‘priklar va yo‘l

o‘tkazgichlarni qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash bo‘yicha amalga

oshirilayotgan ishlarni yanada jadallashtirish yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar

to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 31 avgustdagi

483-son qarorining ijrosini ta’minlash maqsadida: Universitet xiyoboni (bulvar)

hududini to‘la ta’mirlash obyektida "BAYTQO‘RG‘ON USMANOVA NARGIZA"

FX tomonidan ko‘kalamzorlashtirish ishlari bajarilgan. Bu faoliyat orqali 16000 dan

ortiq o’simlik turlari bioxilma-xillikni yaxshilash uchun ekilgan.

Shahar ekotizimlari o’rganilishi dolzarb ahamiyatga ega bo’lgan mavzu

hisoblanadi. Ekologiya fanining asosiy o’rganish obyekti, hayotdagi barqaror

muvozanatni ta’minlab beruvchi bu ekotizimlar tirik organizmlar uchun yashash

muhitidir. Shu bilan birgalikda bioxilma-xillik monitoringini olib borish tabiiy

resurslardan oqilona foydalanish, yashil hududlarni saqlab qolish va ekologik


background image

ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ

https://scientific-jl.org/obr

Выпуск журнала №-69

Часть–6_ Мая –2025

123

2181-3187

barqarorlikni ta’minlash ham muhim ahamiyatga ega. Shu boisdan, bunday tizimlarni

doimiy kuzatish, tahlil qilish va ekologik holatini baholab borish zarur.

1.

https://samstat.uz/uz/

2.

https://www.samdu.uz/uz

3.

https://en.wikipedia.org/wiki/Urban_ecology

4.Niemelä, Jari (1999).

"Ekologiya va shaharsozlik"

.

Bioxilma-xillik va Tabiatni

muhofaza

qilish.

8

(1):

119–

131.

doi

:

10.1023

/

a:

1008817325994

.

ISSN

0960-

3115

.

S2CID

36775732

.

Библиографические ссылки

Niemelä, Jari (1999). "Ekologiya va shaharsozlik". Bioxilma-xillik va Tabiatni

muhofaza qilish. 8 (1): 119–131. doi:10.1023 / a: 1008817325994. ISSN 0960

S2CID 36775732.