ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-69
Часть–6_ Мая –2025
251
2181-3187
SIFATLI TA’LIM – TARAQQIYOT POYDEVORI
Ergasheva MOHIZARBEGIM
TDSHU 2-bosqich talabasi
Annotatsiya:
Maqola sifatli ta’limning jamiyat va iqtisodiy taraqqiyotdagi
ahamiyatini tahlil qiladi. Ta’lim tizimining islohoti, raqamli savodxonlik va kreativ
fikrlash kabi yangi yo‘nalishlarning o‘rni keltirilgan. Sifatli ta’lim nafaqat iqtisodiy
o‘sish, balki ijtimoiy rivojlanish uchun ham asosiy omil hisoblanadi.
Kalit so‘zlar:
Sifatli ta’lim, jamiyat rivoji, iqtisodiy taraqqiyot, ta’lim islohoti,
raqamli savodxonlik, kreativ fikrlash, innovatsion metodlar, barqaror rivojlanish,
ijtimoiy o‘zgarishlar, Finlandiya ta’lim tizimi.
Annotation:
The article analyzes the importance of quality education in societal
and economic development. It discusses the need for educational reforms, and the role
of new directions such as digital literacy and creative thinking. Quality education is
essential for both economic growth and social progress.
Keywords:
Quality education, societal development, economic development,
educational reforms, digital literacy, creative thinking, innovative methods, sustainable
development, social change, Finnish education system.
Kirish: Bugungi globallashuv va raqobat kuchaygan davrda ta’lim
tizimining sifati mamlakatlarning taraqqiyot darajasini belgilovchi asosiy
omillardan biriga aylangan. Sifatli ta’lim — bu faqat bilim berish emas, balki
inson salohiyatini ro‘yobga chiqarish, zamonaviy ko‘nikmalarni shakllantirish va
jamiyatni har tomonlama rivojlantirishga xizmat qiladigan asosiy poydevordir.
Asosiy qism
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-69
Часть–6_ Мая –2025
252
2181-3187
1. Sifatli ta’limning mazmuni
Sifatli ta’lim — bu zamon talablari va shaxs ehtiyojlariga mos keladigan, tanqidiy
fikrlash, muammolarni hal qilish, texnologik va ijtimoiy ko‘nikmalarni
rivojlantiradigan ta’lim tizimi hisoblanadi. Uning asosiy xususiyatlari quyidagilardan
iborat:
•
O‘quv dasturlarining zamonaviyligi va moslashuvchanligi;
•
O‘qituvchilarning malakadorligi va doimiy rivojlanishi;
•
O‘quvchilarda ijodiy va mustaqil fikrlashni shakllantirish;
•
Ta’limda innovatsion metodlardan foydalanish.
Xalqaro BMT tashkilotining mavjud 17 maqsadidan to‘rtinchisi aynan ta’lim
sifatini oshirishga qaratilgan. Bu maqsadning mohiyati quyidagilardan iborat: barchani
qamrab oluvchi, teng huquqli hamda sifatli ta’limni ta’minlash va barcha uchun
uzluksiz ta’lim olish imkoniyatini kengaytirish.
2. Sifatli ta’lim va taraqqiyot o‘rtasidagi bog‘liqlik
Sifatli ta’lim nafaqat shaxsiy muvaffaqiyatning, balki butun jamiyatning
iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy taraqqiyotining negizidir. Yuqori malakali kadrlar:
•
Innovatsiyalarni yaratadi,
•
Yangi ish o‘rinlarini tashkil etadi,
•
Jamiyatda demokratiya va fuqarolik ongining rivojlanishiga xizmat qiladi.
Jahon tajribasi ko‘rsatmoqdaki, iqtisodiy o‘sishni ta’minlagan davlatlar, avvalo,
o‘z ta’lim tizimlarini tubdan isloh qilganlar. Masalan, Janubiy Koreya va Finlyandiya
tajribalari sifatli ta’lim va iqtisodiy yuksalish o‘rtasidagi bevosita bog‘liqlikni yaqqol
namoyon qilgan.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-69
Часть–6_ Мая –2025
253
2181-3187
3. Zamonaviy davrda sifatli ta’limning muhim jihatlari
XXI asrda sifatli ta’lim quyidagi ustuvor yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi:
•
Raqamli savodxonlikni
rivojlantirish;
•
Tanqidiy va kreativ fikrlash
ko‘nikmalarini shakllantirish;
•
Hamkorlikda ishlash
va
ijtimoiy mas’uliyat
hisini kuchaytirish;
•
Barqaror rivojlanish
maqsadlariga erishishga xizmat qilish.
Sifatli ta’limga erishish yo'lida Finlandiya tajribasidan o‘rnak olish muhim
ahamiyatga ega. Bu mamlakat mustaqil davlat sifatida qisqa tarixga ega bo‘lsa-da,
dunyodagi eng ilg‘or ta’lim tizimlaridan birini yaratishga muvaffaq bo‘ldi. Finlandiya
maktablarida bolalar teng sharoitlarda ta’lim oladi: barcha maktablar teng
moliyalashtiriladi, maxsus elita maktablari yo‘q. Har bir bolaning qobiliyatiga mos
yondashuv va individual rivojlanish qo‘llab-quvvatlanadi. Bolalar uchun ta’lim erta
yoshda, o‘yin shaklida boshlanadi. Maktab o‘quvchilari qisqa o‘quv kunlari va ko‘plab
dam olish kunlari bilan, stresssiz va hayotga yaqin bilim olishadi. Ta’lim amaliy
ko‘nikmalar, kundalik hayot uchun zarur bilimlarni berishga qaratilgan. Maktablarda
topshiriqlar moslashuvchan va individual ehtiyojlarga moslab belgilanadi. Oliy
ta’limda esa talabalar bilim olish jarayoniga faol jalb etiladi, ta’lim jarayonini
shakllantirishda ishtirok etadi. Ta’lim bepul va ko‘plab dasturlar ingliz tilida taklif
etiladi. O‘qituvchilar va talabalar o‘rtasida ochiq muloqot va o‘z fikrini erkin ifoda
etish madaniyati rivojlangan. Finlandiya tajribasi shuni ko‘rsatadiki, sifatli ta’lim
uchun teng imkoniyatlar yaratish, shaxsiy qobiliyatlarga hurmat va amaliy bilimlarni
rivojlantirish asosiy omillardandir.
Shuningdek, ta’limda inklyuzivlik va teng imkoniyatlarning ta’minlanishi ham
zamonaviy taraqqiyot talabidir. Sifatli ta’limning jamiyatdagi roli nafaqat iqtisodiy
o‘sishni ta’minlash, balki jamiyatning axloqiy, madaniy va ijtimoiy jihatdan
rivojlanishini ham ta’minlashdir. Ta’lim tizimining islohoti va zamonaviy
metodlarning joriy etilishi, shuningdek, yangi texnologiyalar va innovatsiyalarni
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-69
Часть–6_ Мая –2025
254
2181-3187
o‘rganish imkoniyatlari o‘quvchilarga mustaqil va kreativ fikrlashni rivojlantiradi.
Ushbu jarayonlar jamiyatda ijtimoiy tenglikni, adolatni va barqaror rivojlanishni
ta’minlashga xizmat qiladi. Sifatli ta’lim nafaqat hozirgi avlod uchun, balki kelajak
avlodlari uchun ham asosiy poydevor yaratadi.
Ta’lim tizimining samaradorligini oshirish uchun innovatsion metodlarni qo‘llash
zarur. O‘quvchilarning har tomonlama rivojlanishini ta’minlash, ularning
o‘zgaruvchan dunyoda muvaffaqiyatli bo‘lishlari uchun zarur ko‘nikmalarni
shakllantirish ta’lim tizimining asosiy maqsadi bo‘lishi kerak. Shuningdek, ta’limda
inklyuzivlikni ta’minlash, barcha fuqarolarga teng imkoniyatlar yaratish va ta’lim
sifatini barcha qatlamlarga yetkazish muhim ahamiyatga ega. Sifatli ta’lim,
shuningdek, iqtisodiy taraqqiyot va ijtimoiy farovonlikka olib keladigan eng muhim
omil hisoblanadi.
Xulosa: Sifatli ta’lim — taraqqiyotning mustahkam poydevoridir. U
insonlarning bilim, ko‘nikma va qadriyatlarini shakllantirib, jamiyatning har
tomonlama rivojlanishini ta’minlaydi. Shuning uchun ham davlatlar va xalqaro
hamjamiyat uchun ta’lim sifatini oshirish ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi.
Innovatsiyalar va zamonaviy metodikalar asosida qurilgan ta’lim tizimi kelajak
avlodga kuchli taraqqiyot sari yo‘l ochadi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:
1.
OECD. (2018). The Future of Education and Skills: Education 2030. OECD
Publishing.
2.
Alisher Anvarov. Finlandiya ta’lim tizimining asosiy afzalliklari va
kamchiliklari. Hidoya.uz
3.
Omonov H.T., Xo‘jayev N., Madyarova S.A., Eshchonov E.U. «Pedagogik
texnologiyalar va pedagogik mahorat» Darslik. T., 2009.