ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-69
Часть–5_ Мая –2025
261
2181-3187
KINO TANQIDI VA TAHLILI KASB SIFATIDA
O’zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Nukus filiali
“Texnogen va san’atshunoslik” fakulteti
“San’atshunoslik” kafedrasi
San’atshunoslik (kino san’ati tanqidi va tahlili) sohasi
XABIPNAZAROVA GU’LISTAN XOJABAEVNA
Ilimiy rahbar:
O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti
Nukus filiali“Texnogen va san’atshunoslik” fakulteti
"San’atshunoslik" kafedrasining assistent-o‘qituvchisi
JAQSIMURATOVA ANAR NURATDINOVNA
Anotatsiya:
Mazkur maqolada kino tanqidi va tahlili kasb sifatida tahlil etiladi.
Unda kino tanqidchilik faoliyatining tarixiy va nazariy asoslari ahamiyati ochib
berilgan. Kino tanqidchisi nafaqat filmni baholovchi mutaxassis, balki tomoshabin va
san’at asari o‘rtasida vositachi, ijodkor uchun esa tahliliy fikr beruvchi hamkor sifatida
qaraladi. Maqolada tanqidchilik faoliyatining estetik, g‘oyaviy, kontekstual va ijtimoiy
tahlilga asoslangan ko‘p qirrali xususiyatlari yoritiladi.
Gilt so’zlar:
Kino, kinematorgraf, psixologik, sotsiologik, youTube, telegram,
instagram, konseptual.
Анотация:
В данной статье кинокритика и анализ анализируются как
профессия. В ней раскрывается значение исторических и теоретических основ
деятельности кинокритики. Кинокритик рассматривается не только как эксперт,
оценивающий фильм, но и как посредник между зрителем и произведением
искусства, а для создателя - как партнер, дающий аналитическое мнение. В
статье освещаются многогранные особенности критической деятельности,
основанные на эстетическом, идейном, контекстуальном и социальном анализе.
Ключевые
слова:
Кино,
кинематографист,
психологический,
социологический, youTube, telegram, instagram, концептуальный.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-69
Часть–5_ Мая –2025
262
2181-3187
Anotation:
In this article, film criticism and analysis are analyzed as a profession.
It reveals the importance of the historical and theoretical foundations of film criticism.
A film critic is viewed not only as a film evaluator but also as an intermediary between
the viewer and the work of art, and for the creator, as a partner providing analytical
feedback. The article highlights the multifaceted features of critical activity based on
aesthetic, ideological, contextual, and social analysis.
Keywords:
Cinema, cinematographer, psychological, sociological, youTube,
telegram, instagram, conceptual.
Kino san`ati — kinematografiyaning texnik vositalar asosida shakllangan badiiy
ijod turi hisoblanadi; ekran san`atining muhim tarkibiy qismi; real borliqni aynan yoki
badiiy- hujjatli obrazlar, multiplikatsiya vositalari yordamida suratga olish;
kinofilmlarning omma orasida keng tarqalishi uchun xizmat qiladigan televideniye,
videokasseta va videodisklarni ham o`z ichiga oladi. Kino san`ati kinematografiya
bilan bir vaqtda paydo bolgan. Kinematograf esa fan va texnika taraqqiyoti bilan
bog`liq holda yuzaga kelgan va asta-sekin zamonaviy iqtisod, san`at va madaniyatning
eng zarur sohasiga aylangan. Kino 1895-yil Parij shahrida (ixtirochilar aka-uka O. va
L. Lyumyerlar)
1
yuzaga kelgan. Uning yuzaga kelishi, o`z navbatida, insoniyatning
badiiy madaniyati tarixida obiektiv qonuniyat bosqichi bo`ldi. Ushbu filming nomi
“Poezd kirib kelishi deb nomlangan” va by film bor yog’i nir besha sekund davom
etkan. Uning yuzaga kelishi, o`z navbatida, insoniyatning badiiy madaniyati tarixida
obiektiv qonuniyat bosqichi bo`ldi. Ushbu filming nomi “Poezd kirib kelishi deb
nomlangan” va by film bor yog’i nir besha sekund davom etkan. Bu film atigi
poezdning kirib kelishi bilan tugagan. Bu ixtiro oz navbatida insonlarni aqilbovar
hayratga solgan. Shu bilan kino va kinomatografiya deb nomlangan katta san’at turini
shakllantirgan.
Shu davrga kelib zamonaviy kinematografiya o‘zining estetik, ijtimoiy va
madaniy salohiyati bilan jahon madaniyatida muhim o‘rin egalladi. Kino bugungi
kunda nafaqat ko‘ngilochar vosita, balki mafkuraviy, tarbiyaviy, estetik va psixologik
1
Rustamxonov I.
Kino san’ati asoslari.
– Toshkent: “Fan va texnologiya”, 2015.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-69
Часть–5_ Мая –2025
263
2181-3187
ta’sir kuchiga ega san’at turi sifatida e’tirof etilmoqda. Shu munosabat bilan, film
asarlarini chuqur tahlil qilish va ilmiy baholashga ehtiyoj ortib bormoqda. Bu ehtiyoj
kino tanqidchiligi kasbi shakllanishiga zamin yaratdi. Kino tanqidi va tahlili kasb
sifatida – film san’atini chuqur o‘rganadigan, u orqali jamiyat, madaniyat va
tafakkurdagi o‘zgarishlarni tahlil qiladigan ilmiy va madaniy faoliyat turidir.
Tanqidchilik kasbi – bu faqat fikr bildirish emas. Bu – chuqur tahlil, ilmiy
asoslangan baho, estetik mezonlar orqali filmni o‘rganish, tomoshabinga to‘g‘ri
yo‘nalish berish va film ijodkoriga badiiy yondashuvlarni taklif qilishdir.
Kino tanqidchining kasbiy faoliyati quyidagi tarkibiy qismlarni o‘z ichiga oladi:
•
Filmni tahlil qilish: syujet, obrazlar, vizual uslub, dialoglar, dramatik qurilmani
o‘rganish.
•
Konseptual baholash: film g‘oyasining aktualligi, axloqiy va ijtimoiy mazmuni.
•
Tarixiy va madaniy kontekstga joylashtirish: filmni tarixiy voqeliklar yoki
madaniyatlar kontekstida tahlil qilish.
•
Omma bilan ishlash: maqola, sharh, leksiya yoki podkast orqali keng
auditoriyaga filmni tushuntirish
2
.
Kino tanqidchilari o‘z faoliyatida turli metodologik yondashuvlardan
foydalanadilar. Bu metodlar filmni strukturaviy, mazmuniy va kontekstual jihatdan
tahlil qilish imkonini beradi. Quyidagilar eng ko‘p qo‘llaniladigan yondashuvlardir:
•
Formalist yondashuv – filmning texnik va estetik jihatlarini o‘rganish: kamera
burchagi, montaj, sahna tuzilmasi, syujet dinamikasi.
•
Psixologik yondashuv – personajlar ichki dunyosi, ruhiy holatlari, dramatik
konfliktlar va motivatsiyalarni tahlil qilish.
•
Sotsiologik tahlil – filmda aks etgan ijtimoiy jarayonlar, sinfiy ziddiyatlar,
stereotiplar va ijtimoiy struktura.
•
Feministik tanqid – gender rollar, ayollar va erkaklar obrazlari, patriarxal
tuzumlar ta’sirini tahlil qilish.
2
Rustamxonov I.
Kino san’ati asoslari.
– Toshkent: “Fan va texnologiya”, 2015.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-69
Часть–5_ Мая –2025
264
2181-3187
•
Postmodernistik va dekonstruktiv tahlil – filmning ramziy qatlamlari, metafora
va ko‘p ma’nolilik elementlarini ochish.
Tanqidchi faqatgina filmni tahlil qilibgina qolmaydi, balki uni jamiyatdagi aktual
voqealar bilan bog‘lab, g‘oyaviy va mafkuraviy kontekstda baholaydi. Shu sababli,
tanqidchi har tomonlama bilimli, mustaqil fikrli va tahliliy qarashlarga ega bo‘lishi
kerak.
Kino tanqidchiligi san’atni baholash, uni ommaga yetkazish, tomoshabinni
fikrlashga undash, madaniy savodxonlikni oshirish singari muhim vazifalarni bajaradi.
Bu kasb vakillari jamiyatning estetik didini shakllantiradi, film san’atining rivojiga
turtki beradi.
Kino tanqidchisi:
•
tomoshabinga filmning g‘oyaviy mohiyatini tushuntiradi;
•
san’atkor uchun tahliliy fikr orqali takomillashtirish yo‘llarini ko‘rsatadi;
•
madaniyatshunoslik va san’atshunoslik sohalariga ilmiy hissa qo‘shadi;
•
kino siyosatini, davlat buyurtmalarining san’atga ta’sirini muhokama qiladi.
Tanqidchilik jamiyatdagi madaniy yuksalish uchun katalizator rolini bajaradi. U
ommaning kino orqali qanday qadriyatlar qabul qilayotganini ochib beradi va
muhokama maydonini kengaytiradi.
Kino tanqidchilik bugungi kunda ko‘plab sohalarda faoliyat yuritish imkonini
beradi:
•
Ommaviy axborot vositalarida: gazeta, jurnal, televideniye, radio va onlayn
platformalarda maqolalar yozish.
•
Ilmiy-tadqiqot sohasida: universitetlarda, ilmiy markazlarda kino nazariyasi va
tarixini o‘rgatish, dissertatsiyalar yozish.
•
Festival va tanlovlarda: hakamlar hay’ati a’zosi sifatida ishtirok etish, g‘oliblarni
aniqlashda estetik mezonlar qo‘llash.
•
Blogerlik va kontent yaratuvchilik: YouTube, Telegram, Instagram kabi
platformalarda mustaqil kontent orqali kino tahlilini ommaga taqdim etish.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-69
Часть–5_ Мая –2025
265
2181-3187
Tanqidchi o‘zining stilini topgan holda o‘quvchi auditoriyasiga ega bo‘lishi
mumkin. Raqamli asrda bu kasb yanada ommaviylashmoqda, ayniqsa yoshlar orasida
kino sharhlovchi blogerlar soni ortmoqda. Bu esa kasbga yangi imkoniyatlar
ochmoqda
3
.
Kino tanqidi va tahlili bugungi kunda muhim kasblardan biri sifatida
shakllanmoqda. U faqat film haqida fikr bildirish emas, balki ilmiy yondashuv orqali
tahlil qilish, g‘oya va mazmunni ochish, san’at va jamiyat o‘rtasida madaniy ko‘prik
qurish vazifasini bajaradi. Bu kasb o‘zida san’atshunoslik, sotsiologiya, falsafa,
psixologiya va madaniyatshunoslikni mujassam etadi.
Bugungi kunda qoraqalpoq kinosiga tanqid va tahlili juda ham zarur. Chunki
tomoshabinlar bazi badiiy filmlar haqida ko’plab tanqidiy fikrlar bildiriladi. Ammo,
kino tanqidshilari ushbu filmlarni tahlil etishga ojizlik etiyapti. Bu masala o’z echimini
topmas ekan, kino sohasida siljish sezilmaydi.
Taklif tariqasida quyidagilarni keltirish mumkin:
•
Oliy o‘quv yurtlarida "kino tanqidi" bo‘yicha alohida kurslar joriy etish;
•
Yosh tanqidchilar uchun tanlov va grantlar tashkil qilish;
•
Mahalliy kinoning tanqidiy bazasini rivojlantirish – ayniqsa Qoraqalpoq
kinematografiyasini ilmiy asosda yoritish;
•
Blogerlik orqali tanqidchilik faoliyatini kengaytirish va yosh auditoriyaga kino
tahlilini yetkazish.
Kino tanqidchisi – bu san’atni sevuvchi, lekin unga ko‘z yummasdan, tanqidiy
nazar bilan qaraydigan, ijtimoiy mas’uliyatni anglagan mutaxassisdir. Bu kasb orqali
biz jamiyatni o‘ylantiradigan, estetik jihatdan boyitadigan va axloqiy mezonlarni ilgari
suradigan kuchli san’at asarlarini yaratishga xizmat qiladi.
Kino tanqidi va tahlili kasb sifatida
o’z o’rniga ega bo’lmasa
qoraqalpoq kinosida
rivojlanish ham bo’lmaydi.
3
Karimov S.
Kinematografiya nazariyasi va amaliyoti.
– Toshkent: O‘zbekiston Davlat san’at instituti nashriyoti,
2012.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-69
Часть–5_ Мая –2025
266
2181-3187
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Rustamxonov I.
Kino san’ati asoslari.
– Toshkent: “Fan va texnologiya”, 2015.
2. Karimov S.
Kinematografiya nazariyasi va amaliyoti.
– Toshkent: O‘zbekiston
Davlat san’at instituti nashriyoti, 2012.
3. Abdurahmonov G‘.
Kino va hayot: Estetik mulohazalar.
– Toshkent: Yozuvchi,
2008.
4. To‘rayev A.
Kino va adabiyot: tahlil va talqin.
– Toshkent: Akademnashr, 2017.
5. O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi.