ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-69
Часть–4_ Мая –2025
288
2181-3187
MINTAQADA KICHIK BIZNES VA XUSUSIY TADBIRKORLIKNI
QO‘LLAB-QUVVATLASHNING ASOSIY YO‘NALISHLARI
Bektoshev Anvar Xamza oʻgʻli
Qarshi Davlat Texnika universiteti
1-kurs magistranti.
Annotatsiya.
Ushbu maqolada mintaqaviy darajada kichik biznes va xususiy
tadbirkorlikni rivojlantirish hamda qo‘llab-quvvatlashning asosiy yo‘nalishlari tahlil
qilingan. Unda tadbirkorlik faoliyatining iqtisodiy o‘sishdagi roli, zamonaviy
yondashuvlar, soliq imtiyozlari, kreditlash siyosati, infratuzilmani yaxshilash va biznes
muhiti erkinligini oshirish kabi omillar ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, xorijiy tajribalar
asosida tavsiyalar berilgan. Maqola hududiy rivojlanishda kichik biznesning ijtimoiy-
iqtisodiy ahamiyatini oshirishga xizmat qiladi.
Kalit so‘zlar:
Kichik biznes, xususiy tadbirkorlik, mintaqaviy rivojlanish, davlat
qo‘llab-quvvatlashi, kreditlash, soliq imtiyozlari, biznes muhit.
Hozirgi globallashuv va jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashuv jarayonida
mamlakatimizda faol tadbirkorlikni rivojlantirish, kichik biznesni zamonaviy
yondashuvlar asosida shakllantirish va ilg‘or texnologiyalar hamda boshqaruv
uslublarini joriy etish bo‘yicha keng ko‘lamli islohotlar olib borilmoqda. Ushbu sa’y-
harakatlar natijasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari uchun qulay
iqtisodiy va huquqiy muhit yaratilmoqda, bu esa o‘z navbatida ularning barqaror
rivojlanishiga, samaradorligining oshishiga va xalqaro me’yorlarga mos faoliyat
yuritishiga xizmat qilmoqda.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotini mustahkamlash, har
tomonlama rivojlantirib borish, iqtisodiyotni xususan bozor munosabatiga o‘tishni
tezlashtiruvchi eng asosiy yo‘llardan biri bu kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni
rivojlantirish hisoblanadi. Shuning uchun ham tadbirkorlikni rivojlantirishga, uni
davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi, xususiy tadbirkorlikda tashabbus ko‘rsatish,
uni rag‘batlantirishga bag‘ishlangan bir qancha qonun, farmon va qarorlar qabul
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-69
Часть–4_ Мая –2025
289
2181-3187
qilindi. Mamlakatimizda olib borilayotgan iqtisodiy ijtimoiy islohotlarning tub
negizini tadbirkorlik, omilkorlik va ishbilarmonlik xislatlarisiz tasavvur etish qiyin.
Erkin bozor munosabatlarining keng ravnaq topishi kishilar hayotida, ularning turmush
tarzida, ma’naviy va hayotiy ko‘nikmalarida namoyon bo‘lmoqda. Kichik biznes va
xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlanishi nafaqat iqtisodiyotni muttasil rivojlanishi,
xo‘jalik aloqalarini tuzatish, raqobatni rivojlantirish va iste’mol bozorini to‘ldirish
bilan bog‘liq bo‘lgan iqtisodiy maqsadlarni ham ta’minlamoqda.
Davlat
tomonidan
kichik
biznesni
qo‘llab-quvvatlashning
ustuvor
yo‘nalishlaridan biri sifatida, ushbu sohani rivojlantirishga to‘sqinlik qilayotgan
omillarni bartaraf etish choralari ishlab chiqilmoqda. Xususan, tadbirkorlik subyektlari
uchun turli soliq yengilliklari joriy qilinib, ular iqtisodiy rag‘batlantirish vositasiga
aylantirildi. Shu jumladan, yagona soliq to‘lovi amaliyoti tatbiq etilib, bu tizim orqali
kichik biznes vakillari bir nechta soliq va yig‘imlar o‘rniga soddalashtirilgan shaklda
yagona to‘lov amalga oshirish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Yurtimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni har tomonlama
mustahkamlash yo‘lida yana bir muhim qadam sifatida, tadbirkorlar huquqlarini
himoya qilish tizimi mustahkamlandi. Jumladan, ilk bor Ombudsman instituti tashkil
etilib, ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilish va yuzaga keladigan
muammolarni hal qilishda samarali mexanizmga aylandi.
Shuningdek, biznes yuritish muhitini yaxshilash maqsadida soliqlar sezilarli
darajada kamaytirildi, kredit olish shartlari soddalashtirildi va moliyalashtirishga keng
yo‘l ochildi. Shu bilan birga, yangi erkin iqtisodiy zonalar tashkil etilib, ularda
investorlar uchun maxsus imtiyozlar yaratildi. Bularning barchasi kichik biznesni
rivojlantirishga xizmat qilmoqda va mamlakatimizda raqobatbardosh tadbirkorlik
muhitini shakllantirishga zamin yaratmoqda.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish O‘zbekiston iqtisodiy
siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Bu yo‘nalish nafaqat iqtisodiy
o‘sishni jadallashtirish, balki yangi ish o‘rinlarini yaratish, aholining bandligi va
farovonligini ta’minlashda ham beqiyos ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, bozor
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-69
Часть–4_ Мая –2025
290
2181-3187
iqtisodiyoti sharoitida tadbirkorlik faoliyati muhim funksiyalarni bajarishi bilan ajralib
turadi.
Birinchidan, tadbirkorlik jamiyatda bozor munosabatlariga moslashuvchanlikni
shakllantiradi, iqtisodiyotning moslashuvchan va dinamik rivojlanishini ta’minlaydi.
Ikkinchidan, aholi orasida mavjud bo‘lgan moliyaviy, mehnat va xomashyo
resurslarini maqsadli yo‘naltirish orqali ulardan samarali foydalanish imkonini beradi.
Uchinchi jihat shuki, sog‘lom raqobat muhitini shakllantirishda kichik biznesning o‘rni
beqiyos bo‘lib, bu esa mahsulot va xizmatlar sifati oshishiga olib keladi.
Bundan tashqari, xususiy tadbirkorlik ilmiy-texnik taraqqiyotning dolzarb
yo‘nalishlarida yangiliklarni joriy etishga xizmat qiladi. U bandlik muammosining
yechimida asosiy vositalardan biri sifatida ko‘riladi, chunki ko‘plab ishsiz fuqarolar
tadbirkorlik orqali o‘z faoliyatini boshlash imkoniga ega bo‘lmoqda. Shu bilan birga,
jamiyatda yuzaga keladigan ijtimoiy zo‘riqishlar yumshatiladi va bozor munosabatlari
yanada ochiq, demokratik shaklga kiradi.
Tadbirkorlik shuningdek, insonlarda ijodiy yondashuv va yangilikka intilishni
rag‘batlantiradi. Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari – ayollar, nogironlar,
yoshlar – bu sohada o‘z o‘rnini topib, faol ishtirok etishlari mumkin. Ayniqsa, yoshlar
orasida malaka va tajriba orttirishning qulay muhitini yaratadi, bu esa ularning
kelajakdagi kasbiy rivojlanishiga xizmat qiladi.
Umuman olganda, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik mamlakat
iqtisodiyotining barqaror va inklyuziv rivojlanishida asosiy harakatlantiruvchi
kuchlardan biri sifatida ko‘riladi.
Tadbirkorlik faoliyati o‘z mazmun-mohiyati va ko‘lamiga ko‘ra turli xil
shakllarda namoyon bo‘ladi. Ular orasida ayniqsa, o‘z faoliyat hajmi bilan ajralib
turuvchi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu
sohalar mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotida muhim o‘rin egallaydi. Bu
boradagi ularning roli va amaliy ahamiyati asosan bajarilayotgan funksiyalar orqali o‘z
ifodasini topadi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning faoliyat doirasi keng va
ko‘p qirrali bo‘lib, ularning mavjudligi nafaqat global miqyosda, balki har bir
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-69
Часть–4_ Мая –2025
291
2181-3187
mamlakatda, shu jumladan, o‘ziga xos iqtisodiy va ijtimoiy xususiyatlarga ega bo‘lgan
davlatlar uchun ham alohida ahamiyatga ega.
So‘nggi yillarda bu sohalar orqali yaratilayotgan yalpi ichki mahsulotning ulushi
ortib bormoqda, shuningdek, ish bilan band bo‘lgan aholining katta qismi aynan kichik
biznes subyektlari orqali ish o‘rinlariga ega bo‘lmoqda. Bundan tashqari, zamonaviy
innovatsiyalarning katta qismi ham ushbu sektor doirasida shakllanmoqda. Dunyo
tajribasi shuni ko‘rsatadiki, ko‘plab rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar
iqtisodiy siyosatida kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash asosiy strategik yo‘nalishlardan
biri sifatida qaraladi.
Xususan, kichik biznes:
Aholining bandligini ta’minlashda yetakchi rol o‘ynaydi;
Iqtisodiyotning innovatsion salohiyatini shakllantirishda muhim manba
hisoblanadi;
Yangi ishlab chiqarish shakllarini izlab topish va amaliyotga tatbiq etishda faol
ishtirok etadi;
Davlat byudjetini soliqlar orqali to‘ldirishda sezilarli ulushga ega (masalan,
Germaniyada soliqlar tushumining yarmi kichik biznes subyektlari hissasiga to‘g‘ri
keladi);
Iqtisodiy inqirozlar yoki pasayishlar davrida barqarorlikni saqlab qolish vositasi
sifatida xizmat qiladi (Vengriya, Chexiya va Polsha misolida bu ayniqsa yaqqol
namoyon bo‘lgan).
Kichik biznes yirik biznes bilan uzviy aloqada bo‘lib, umumiy iqtisodiy
muvozanatni saqlash, mamlakatning barqaror rivojlanishi va raqobatbardoshligini
oshirishda asosiy omillardan biri bo‘lib xizmat qiladi. Shu boisdan ham, har bir davlat
iqtisodiy siyosatini ishlab chiqishda ushbu sektorga alohida e’tibor qaratadi va uni
strategik jihatdan rivojlantirishga intiladi.
O‘zbekistonda kichik korxonalar tizimini shakllantirish quyidagi imkoniyatlarni
yaratadi:
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-69
Часть–4_ Мая –2025
292
2181-3187
Erkin mehnat resurslari, yangi xo‘jalik munosabatlarining joriy etilishi va yangi
mulkchilik shakllarining paydo bo‘lishi natijasida ishlab chiqarishdan bo‘shatilgan
shaxslarni ijtimoiy ishlab chiqarishga kengroq jalb etish imkoniyati yuzaga keladi.
Aholining, ayniqsa yoshlarning moddiy, ma’naviy va kasbiy darajasini oshirish
imkoniyati yaratiladi.
Milliy va badiiy hunarmandchilikni tiklash, shuningdek, kichik va o‘rta
korxonalar, qishloq aholi punktlarini rivojlantirishga ko‘maklashiladi. Bu esa har bir
mintaqa uchun iqtisodiy samaradorlikni oshirishda muhim omil hisoblanadi.
Iqtisodiyotni rivojlantirishda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik muhim
ahamiyat kasb etishini tan olgan holda, uning ahamiyatini ortiqcha baholab
yubormaslik lozim.
O‘zbekiston ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyoti modelini shakllantirish
jarayonida muhim ustuvorliklardan biri sifatida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni
rivojlantirish belgilangan. Ushbu maqsadga erishish uchun keng ko‘lamli iqtisodiy
islohotlar amalga oshirildi, va bu sohaning o‘z o‘rnini topishi uchun zarur bo‘lgan
institutlar tizimi yaratildi. Shu jumladan, tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish va uni
huquqiy jihatdan qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiluvchi me’yoriy-huquqiy hujjatlar,
shuningdek, tadbirkorlarni rag‘batlantiruvchi nodavlat tashkilotlar va turli xizmat
ko‘rsatuvchi korxonalar faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
Bugungi kunda O‘zbekistonda xususiy tadbirkorlik va kichik biznes
subyektlarining shakllanishi va rivojlanishi izchil davom etmoqda. Ushbu subyektlar
ko‘pincha katta moliyaviy resurslarsiz, o‘z tashabbuslari asosida ish joylarini
yaratishga, iste’mol bozorida vaqtinchalik yuzaga kelgan tovar tanqisligini
kamaytirishga va hatto bartaraf etishga qodir bo‘lmoqda. Kichik korxonalar faoliyati
aholining kundalik ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan bo‘lib, ayniqsa maishiy
xizmatlar ko‘rsatish hamda xalq iste’moli mollari ishlab chiqarish yo‘nalishlarida
ularning roli yuksak baholanmoqda.
Bundan tashqari, kichik biznes subyektlari zamonaviy texnologiyalarni joriy
etishda va innovatsion yondashuvlarni amaliyotga tatbiq etishda ham muhim o‘rin
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-69
Часть–4_ Мая –2025
293
2181-3187
tutadi. Bu esa nafaqat iqtisodiyotni modernizatsiya qilishga, balki zamonaviy ishlab
chiqarish madaniyatini shakllantirishga xizmat qilmoqda. Shu nuqtai nazardan
qaralganda, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik O‘zbekistonda barqaror iqtisodiy
o‘sishning asosiy omillaridan biri hisoblanadi.
1
Xulosa qilib aytganda, Hozirgi iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida,
ayniqsa aholining tabiiy o‘sishi va ijtimoiy ehtiyojlarining ortib borishi fonida, ishlab
chiqarish sohasini kengaytirish hamda xizmat ko‘rsatish tarmoqlarini rivojlantirish
muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bunday sharoitda kichik biznes va xususiy
tadbirkorlikni keng qo‘llab-quvvatlash, ularni har tomonlama rivojlantirish orqali
aholining turli tovarlar va xizmatlarga bo‘lgan talabini qondirish mumkin. Ayniqsa,
kichik tadbirkorlik subyektlarini moliyaviy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, ularning
barqaror faoliyat yuritishiga xizmat qiladi. Shu nuqtayi nazardan, bank-moliya tizimi
faoliyatini yanada takomillashtirish, moliyalashtirish mexanizmlarini samarali yo‘lga
qo‘yish va bu jarayonda tijorat banklarining ishtirokini kuchaytirish zarur hisoblanadi.
Bu esa o‘z navbatida iqtisodiy barqarorlikka, tadbirkorlik muhitining yaxshilanishiga
va yangi ish o‘rinlarining yaratilishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Shu boisdan, kichik
biznes subyektlarini moliyalashtirishda banklarning roli va ahamiyatini oshirish
bo‘yicha ilmiy-nazariy asoslarni ishlab chiqish, moliyalashtirish manbalarini
diversifikatsiya qilish dolzarb vazifalardan biri bo‘lib qolmoqda. Mintaqada kichik
biznes va xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashning tizimli yondashuvini
ta’minlash, zamonaviy moliyaviy va infratuzilmaviy mexanizmlarni tatbiq etish,
shuningdek, xorijiy ilg‘or tajribani mahalliy sharoitga moslashtirish orqali hududlarda
iqtisodiy barqarorlik va ijtimoiy farovonlikka erishish mumkin. Bu esa mamlakatning
uzoq muddatli taraqqiyoti uchun muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1.
A.Karimov. “Tadbirkorlik iqtisodiyoti”. T., 2020.
1
Tursunov B.O. Hududiy iqtisodiyot va kichik biznesni rivojlantirish masalalari.
–
Termiz: Surxon nashriyoti, 2020.
–
132-b.
ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ
https://scientific-jl.org/obr
Выпуск журнала №-69
Часть–4_ Мая –2025
294
2181-3187
2.
Hasanov U.H. Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishda davlat siyosati. –
Toshkent: Iqtisodiyot, 2022. – 176-b.
3.
Ruzmetova M.K. Xususiy sektor va uning iqtisodiyotni liberallashtirishdagi
o‘rni. – Toshkent: Ilm Ziyo, 2020. – 145-b.
4.
G‘ofurova G.M. Bozor iqtisodiyoti sharoitida tadbirkorlikni tashkil etish. –
Toshkent: IQTISOD-MOLIYA, 2021. – 158-b.
5.
Tursunov B.O. Hududiy iqtisodiyot va kichik biznesni rivojlantirish masalalari.
– Termiz: Surxon nashriyoti, 2020. – 132-b.