Actual problems of the history of Uzbekistan / Актуальные проблемы истории Узбекистана
455
21. Шамсутдинов Р. Иккинчи жахон уруши ва фронт газеталари. 1-китоб. –
Т.: Академнашр, 2017. – 544 бет.
22. Камолов Я. Илғорликни қўлдан бермаймиз! // Сталин ҳақиқати. –№.245
(2986). 1943, 12 декабрь. – Б. 2.
23. Колхоз гидроэлектростанциялари. // Ленин йўли. –№.7 (3596). 1944, 9
январь. – Б. 2.
24. Колхоз қишлоқлари чороғон бўлади. // Сталин ҳақиқати. –№.85 (3336).
1945, 28 апрель. – Б. 2.
SHO‘ROLAR TUZUMI DAVRIDA AMALGA OSHIRILGAN DINIY
ISLOHOTLAR
Boltaboyev M.A.
FarDU, O‘zbekiston tarixi kafedrasi o‘qituvchisi
Annotatsiya: Ushbu maqolada diniy konfessiya tushunchasi va diniy qadriyatlar
masalasi yoritib berilgan. Shuningdek sovetlar davrida diniy tashkilotlarga bo‘lgan munosabat,
amalga oshirilgan o‘zgarishlar ilmiy jihatdan tadqiq etilgan.
Kalit so‘z va iboralar: din, tolerantlik, diniy konfessiya, vijdon erkinligi, diniy qadriyat,
millatlararo totuvlik, islom dini, e’tiqod.
Аннотация: В данной статье разъясняется понятие религиозной конфессии и
вопрос о религиозных ценностях. Также научно исследовано отношение к религиозным
организациям и изменения, произошедшие в советский период.
Ключевые словы: религия, толерантность, религиозная конфессия, свобода
совести, религиозная ценность, межнациональное согласие, исламская религия, вера.
Annotation: In this article, the concept of religious confession and the issue of religious
values are explained. Also, the attitude towards religious organizations and the changes made
during the Soviet period were scientifically researched.
Key words and phrases and expressions: religion, tolerance, religious belief, freedom of
conscience, religious values, interethnic harmony, islam, religion.
Dunyoda yuzlab dinlar mavjud bo‘lsa-da, bu e’tiqodlarning hech qaysi biri
insonni yomon yo‘lga yetaklamaydi. Barcha e’tiqodlar odamlarni to‘g‘ri
yashashga, halol mehnat qilishga undaydi. Din azaldan inson ma’naviyatining
tarkibiy qismi sifatida odamzodning yuksak ideallari, haq va haqiqat, insof va
adolat to‘g‘risidagi orzu-armonlarini o‘zida mujassam etgan, ularni barqaror qoida
shakllarida mustahkamlanib kelayotgan g‘oya va qarashlarning yaxlit bir tizimidir.
Actual problems of the history of Uzbekistan / Актуальные проблемы истории Узбекистана
456
Sovetlar davrida tarixni o‘rganish va o‘qitish ishlari marksistik
metodologiyaga bo‘ysundirildi. Har voqeani yoritishda komfirqa mafkuraviyligi,
partiyaviylik, sinfiylik nuqtai nazardan yondashildi. Mamlakat, butun bir xalq
tarixi ikkiga-ekspluatator va ekspluatatsiya qilinuvchilar, quldorlar va qullar,
feodallar va qaram dehqonlar, burjuaziya va yollanma ishchilar, boylar va
kambag‘allar, mulkdorlar va mulksizlar tarixiga bo‘lindi. Boylar va mulkdorlar,
ular orasidan chiqqan beklar, amirlar, xonlar, davlat arboblari, ruhoniylar
qoralandi, nomlari badnom qilindi. Tarixiy voqealar jamiyat a‘zolarining qismi
kambag‘allar va yo‘qsillarni himoya qilgan holda, ularning manfaatiga
bo‘ysindirilgan holda yoritildi. Din, diniy qadriyatlar qoralandi, insonlarning diniy
e‘tiqodlari oyoqosti qilindi, ruhoniylar quvg‘in ostiga olindi. Buyuk olimlar,
allomalar, ma‘rifatparvar shoiru - ulamolar, yozuvchilar ikkiga - materialistlar va
idealistlarga bo‘lindi. Ulardan u yoki bu dinga e‘tiqod qilganlari idealist deb ataldi
va shuning uchungina ta‘qib etildi, ularning faoliyatini o‘rganish ta’qiqlandi,
o‘zlari tahqirlandilar, asarlari xalqdan yashirildi, yo‘qotib yuborildi. Oqibatda
ko‘pgina tarixiy voqea - hodisalar soxtalashtirildi, o‘tmish qoralandi, ma‘naviy
merosimiz, milliy qadriyatlarimiz haqoratlandi. Yosh avlodga ularni jirkanch illat,
xurofot, eskilik sarqitlari, deb o‘rgatildi. Tarix faqat jangu-jadal, urushlardan
iboratdek qilib ko‘rsatildi. Xalqimiz tarixining bu qadar soxtalashtirilishiga faqat
marksistik metodologiyaning yaroqsizligini aybdor deyish kifoya qilmaydi, albatta.
Bu borada mamlakatda hukmron bo‘lgan totalitar tuzumning salbiy roli katta bldi.
Tarix esa totalitar tuzum xizmatchilariga, targ‘ibotchi va himoyachisiga,
kommunistik mafkura dumiga aylantirilgan edi. O‘zbekiston tarixini o‘rganishning
bir qator ilmiy - nazariy va metodologik asoslar mavjud bo‘lib, ular chuqr ilmiylik,
rostguylik, tarixiylik, izchillik, xaqqoniylik va boshqalardan iborat. Bu kabi
nazariy-metodologik asoslar tarixiy tasavvurni, tushuncha va xulosalarning ilmiy-
amaliy va uslubiy jihatdan to‘g‘ri hosil qilinishiga poydevor bo‘lib xizmat qiladi,
tarixni o‘rganish va o‘qitish jarayonida milliy istiqlol, vatanparvarlik,
insonparvarlik,
baynalmilallik kabi ulug‘ fazilatlarni xalqimiz an’analari, urf-
Actual problems of the history of Uzbekistan / Актуальные проблемы истории Узбекистана
457
odatlari, diniy e‘tiqodlari kabi milliy qadriyatlarni yoshlar ongiga chuqur
singdirish, ularni e‘zozlash ustivor vazifalardan hisoblanadi. Shu bilan birga
moziyga hurmat bilan qarash, milliy tiklanish tafakkuri, yondashuv ruhini yoshlar
dunyoqarashida shakllantirish lozimdir.
Markaziy Osiyo davlatlarida bugungi
islom dini ko‘rinishlarining paydo bo‘lishida hamda ularning davlat bilan
munosabatlari shakllanishida nafaqat Sovet davri, balki undan oldingi chor
Rossiyasi hukmronligi paytidagi hukumat siyosati ham muhim ahamiyatga ega.
An’anaviy islom dinida nasroniylikdagi cherkov kabi markaziy diniy boshqaruv
yo‘q. Siyosiy hokimiyat dindorlarni o‘z nazoratida tutib turish uchun davlatga tobe
muftiyat, shayxul islom kabi idora va unvonlarni o‘ylab topgan.
Sovetlar hokimiyatga kelgach, ular, avvalo, qadimchilarni yo‘q qilishga
tushdi. Chunki, qadimchilar O‘rta Osiyoda an’anaviy islom namoyandalari edi.
An’anaviy ulamolarni chetga surib, jadidchilarni hokimiyatga, mahalliy idoralarga
jalb qilishdi. Ularning yordami bilan eski dindorlardan qutulishni niyat qilishdi.
Shuningdek, sovet hokimiyatining ilk yillarida ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy
vaziyatni og‘irlashtirmaslik uchun mahalliy shariat sudlari va qoziliklarining
ishlashiga ruxsat berilgan. Ammo, Stalin hokimiyatni egallagach, vaziyat keskin
o‘zgardi. Sovet hokimiyatining dastlabki yillaridagi diniy siyosat mohiyati
xususan, islom tarixi, uning sharq xalqlari orasida tarqalishi, XX asrning 20–yillari
arafasidagi diniy ahvolga umumiy tavsif berib o‘tilgan
[1: 24].
Sovetlar barcha dindorlarni, qadimchilarni ham, modernistlarni ham yo‘q
qila boshladi. Ular madrasalarni, masjidlarni yakson qilishdi. Vaqf mulklarini
davlat hisobiga o‘tkazdi. Ko‘plab ulamolar qatag‘on qilindi.
“Hujum” harakati kabi siyosiy kampaniyalar doirasida ayollar ro‘mol va
paranjilaridan voz kechishga majburlandi. Universal majburiy ta'lim orqali ateistik
ta'limot olg‘a surilib, dahriylik davlat siyosatiga aylandi. Ammo Ikkinchi jahon
urushi davrida yana dindorlarga imkoniyat berila boshlandi. 1943-yil O‘rta Osiyo
musulmonlari diniy idorasi tuzildi. Rasmiy tarzda ayrim madrasa va masjidlar
faoliyat yuritishiga ruxsat berildi.
Actual problems of the history of Uzbekistan / Актуальные проблемы истории Узбекистана
458
“Toshkentda muftiyat tuzildi. U boshqa respublikalarda bo‘lmagan, faqat
Toshkentdan boshqarilgan. Markaziy Osiyoning boshqa respublikalarida
muftiyatning filiallari, qoziliklar ochilgan”, - deydi tadqiqotchi. Hukumatning
qattiq nazorati ostida faoliyat yuritgan bu muftiyat madrasalarida salafiylik targ‘ib
qilingan. Buni o‘sha paytda tasavvufga qarshi siyosat kuchli bo‘lgani bilan
izohlash mumkin.
“Bu davrni Rossiya imperiyasi davridagi siyosat bilan qiyoslaydigan
bo‘lsak, sovetlar muftiyat orqali islomning barcha jabhalarini nazorat qilgan bo‘lsa,
chor Rossiyasi davrida islomiy ta’lim davlat nazoratida bo‘lmagan edi. Madrasalar
nimani qanday o‘qitish bo‘yicha erkinlikka ega bo‘lgan”.
Markaziy Osiyo davlatlari 90-yillar boshiga kelib mustaqillikka erishdi.
Diniy qadriyatlar rasman qayta tiklansada, amalda din nazorati bo‘yicha sovet
modeli davom etdi. Tarixiy nuqtai nazardan Sovetlar hukmronligi uzoq davom
etmagan bo‘lsa-da, davlat va din munosabatlarining shakllanishida Markaziy
Osiyo uchun eng muhim bosqich vazifasini o‘tadi.
Sovetlar davrida islom dinimizga qarshi kurash dahriylarning bosh
vazifalaridan edi. Mustamlakachilik siyosatini yuritishda, buzuq mafkuralarini
yoyishda din va ulamolar katta to‘g‘anoq bo‘lishini ular yaxshi bilishardi. Shuning
uchun barcha vositalar ishga solinib, dinimiz va dindorlar badnom qilindi. Milliy-
diniy qadriyatlar, musulmonlarning haq-huquqlari poymol etildi, haqoratlandi.
1917-yilning 14-iyulida Muvaqqat hukumat “Vijdon erkinligi to‘g‘risida”
maxsus qonun qabul qildi. Bu qonunga muvofiq quyidagi diniy erkinliklar e’lon
qilingan edi: “mamlakatda barcha dinlar qonun oldida barobarligi, har qanday
dinga e’tiqod qilishidan qat’iy nazar saylash va saylanish huquqiga egaligi,
qonunchilikni umumiy talablari asosida diniy uyushmalar tashkil etish, mone’siz
chiqish va boshqasiga o‘tish, fuqarolarni diniy e’tiqodidan qat’iy nazar barcha
huquqiy burchlaridan foydalanish, unga rioya etish kabilar. Ammo qonunda ateist
bo‘lish va dinga qarshi siyosat yuritish mumkinligi haqida hech qanday gap
yuritilmagan”
[2: 17].
Actual problems of the history of Uzbekistan / Актуальные проблемы истории Узбекистана
459
1924-yiliyoq markazning buyrug‘i bilan O‘zbekistonda ishlab turgan deyarli
barcha madrasa va masjidlar yopildi. Ko‘zga ko‘ringan ulamolar, din arboblari
soxta aybnomalar bilan qamoqqa olindi yoki olis yurtlarga badarg‘a qilindi.
Ko‘plari jonini, dinini asrash uchun xorijga hijrat qilishga majbur bo‘lishdi. Ming
yillar mobaynida bitilgan, o‘rganilgan, asralgan jild-jild nodir qo‘lyozmalar,
kitoblar o‘tga yoqildi, suvga oqizildi, yerga ko‘mildi.
Ayniqsa, o‘ttiz yillik Stalin shaxsiga sig‘inish davri musulmonlarga
nihoyatda og‘ir sinov bo‘ldi. Zulmu sitam yanada avjga mindi, ommaviy
qatag‘onlar uyushtirildi. Dahriylik siyosati boshqalar qatori xalqimizning moddiy
hayotinigina emas, ma’naviy-ruhiy olamini ham inqiroz yoqasiga olib keldi.
Odamlar hatto uylarida namoz o‘qigani, kitob mutolaa qilgani qo‘rqadigan bo‘lib
qolishdi. Ana shunday vaziyatda Ikkinchi Jahon urushi boshlandi. Bu qonli urush
ayni qizigan bir paytda sovetlar hukumati birdaniga boshqa dinlar qatori islom
diniga va musulmonlarga ham bir oz erkinlik berdi. Tarixchilar bu masalada bir
necha sababni ko‘rsatishadi:
-
dindorlarni urushga safarbar etish;
-
el orasida obro‘li ruhoniylardan front orqasida g‘alabaga da’vat
ishlarida foydalanish, shuningdek, xudosiz kommunizmni yer yuzidan yo‘qotish
shiorini o‘rtaga tashlash bilan g‘alabaga erisha boshlagan Gitlerga xayrixohlar
ko‘payib ketishining oldini olish va boshqalar.
Dinga qarshi ishchilar universiteti, dinga qarshi maxsus muzey, dinga qarshi
radio eshittiruvchilar tayyorlash fakulteti (radiouniversitet), dinga qarshi
o‘quvchilar maxsus kursi, “Xudosiz ayollar” kursi kabi muassasalarda
“xudosiz”likni targ‘ib qiluvchi shaxslarni yetishtirish ishlari keng miqyosda yo‘lga
qo‘yilgan
[3: 76].
Diniya nazoratining qayta-qayta iltimosidan keyin 1945-yili Buxorodagi
xaroba holga tushib qolgan Mir Arab madrasasi binosida talabalar sonini
yigirmadan oshirmaslik sharti bilan yangi madrasa tashkil etildi.
Actual problems of the history of Uzbekistan / Актуальные проблемы истории Узбекистана
460
O‘tgan asrning 70-yillariga kelib dahriyligi bilan jahonga mashhur sovetlar
davlati tobora yakkalanib qola boshladi. Bundan tashvishga tushib, o‘z
“qiyofasi”ni o‘zgartirib, ayniqsa, arab va musulmon mamlakatlari bilan siyosiy-
iqtisodiy aloqalarni yaxshilash rejalarini tuzdi. Zero, e’tiqod masalasini birinchi
o‘ringa qo‘yadigan bu mamlakatlar dinsizlar hukumati bilan aloqa o‘rnatishni
xohlashmas edi. Shuning uchun Maskovdagi mutasaddilar zudlik bilan Ufa, Boku,
Bo‘ynoq va, xususan, Toshkentda diniy idoralar faoliyatini kengaytirishga kirishdi.
Shu yo‘l bilan xorijlik musulmonlar ko‘ziga SSSRni dinga hurmat nazari bilan
qaraydigan mamlakat deb ko‘rsatmoqchi bo‘ldi. Ammo, ichkarida baribir
musulmonlarning hayoti qattiq nazorat ostida edi. Yangi madrasalar qurish, ishga
tushirish haqida faqat orzu qilish mumkin edi, xolos. Undan tashqari,
masjidlarning tahoratxonalarini ta’mirlash uchun ham Maskovdan ruxsat olinardi.
Obidalar, ulug‘ allomalarimizning maqbaralari xarobaga aylangan edi. Imom-
xatiblar masjid faoliyatini boshqarishda huquqsiz, hatto juma ma’ruzalari matnini
ruschaga o‘girib, tasdiqlatib olishga majbur edilar. Bor-yo‘g‘i ikki madrasa bo‘lib,
ularning o‘quv rejalari Maskovda tasdiqlanar, diniy fanlarni o‘qitish iloji boricha
kamaytirilardi. Hajga borish uchun o‘zbekistonliklarga bor-yo‘g‘i besh-olti o‘rin
ajratilardi. Musulmonlar hatto yurtimizda chop etilgan jurnalga obuna bo‘lish
huquqidan ham mahrum edilar.
Sho‘rolar zamonida yashirin faoliyat yuritgan diniy saboq olishga qaratilgan
hujralar ta‘qibga uchragan. Sovet Ittifoqi vaqtida O‘zbekiston Markaziy Osiyoning
diniy savod chiqarish markazi bo‘lib kelgan. Yashirin tashkil qilingan hujralarda
Qirg‘iziston, Qozog‘iston va Rossiyadan toliblar kelib saboq olishgan. Bunday
hujralardagi saboqlarda mumtoz arab tili va aqida darslari o‘rgatilgan. Hadislar va
Payg‘ambar Muhammad (s.a.v) hamda sahobalarning hayotidan darslar o‘tilgan.
Shuningdek, Sovet mulozimlari musulmonlarning diniy erkinligi uchun barcha
sharoit muhayyo qilinganini ta‘kidlasalar ham, ushbu darslarning barchasi yashirin
tarzda tashkil qilingan.
Actual problems of the history of Uzbekistan / Актуальные проблемы истории Узбекистана
461
"Kommunistik blok cho‘kishi bilan dunyoda Islom o‘rtaga chiqdi. Manzara
tamoman o‘zgardi. Raqamlarga qarasak, sovetlar davrida masjidlar soni 89 ta
bo‘lgan. (“XX asr boshlarida birgina Buxoroning o‘zida 360 masjid, 140 madrasa,
360 boshlang‘ich diniy maktab va boshqa binolar bor edi”
[4: 16].
Mustaqillik yillari boshida O‘zbekistonning o‘zida 8000 masjid bor edi.
Hozirgi siyosat natijasida bu 2202 taga tushirildi”. Hozirgi kunga kelib diniy
bag‘rikenglik va millatlararo totuvlik (tolerantlik) yo‘nalishida amalga
oshirilayotgan islohotlar, tub o‘zarishlar jarayonlari davomida masjidlar soni
yildan-yilga oshib bormoqda.
Foydalanilgan manba va adabiyotlar:
1.
Бартольд В.В. Мусульманский мир. – П.,1922.
2.
Алексеев В. Иллюзии и догмы. – М.,1991.
3.
Салмонов А. Ўзбекистонда совет ҳокимиятининг диний сиёсати:
уйдирма ва тарих ҳақиқати. – Т.:Тафаккур, 2015.
4.
Эргашев Б.Х. Идеология национально–освободитульного движение в
Бухарском эмирате. – Т.: Фан, 1991.
“TURKISTON TO‘PLAMI” O‘ZBEKISTON TARIXINI O‘RGANISHDA
MUHIM MANBA SIFATIDA
Yo‘ldoshev S.V.
FarDU, O‘zbekiston tarixi kafedrasi dotsenti, (PhD
)
Boboyev M.Q.
FarDU, I bosqich magistranti
Annotatsiya: Ushbu maqolada Rossiya imperiyasi va Sobiq ittifoq davrida yozilgan
“Turkiston to’plami” asosida mamlakatimiz tarixiga oid bo‘lgan ma’lumotlar tahlil qilingan.
Bundan tashqari ushbu maqolada mamlakatimizning Rossiya imperiyasi davrida yuz bergan
ijtimoiy-siyosiy jarayonlar va “Turkiston to’plami” tarixshunosligi haqida qisqacha bayon
etilgan.
Kalit so‘z va iboralar: Turkiston to‘plami, Rossiya imperiyasi, Turkiston, etnomadaniyat,
xo‘jalik hayot, mustamlaka, manbashunoslik, qiyosiy tahlil.
Annotation: This article analyzes information about the history of our country based on
the “Turkestan Collection” written during the Russian Empire and the Former Soviet Union. In
addition, this article briefly describes the socio-political processes of our country during the
Russian Empire and the historiography of the “Turkestan Collection”.
Key words and phrases: Turkestan collection, Russian Empire, Turkestan, ethnoculture,
economic life, colony, source studies, comparative analysis.