Авторы

  • Mamadaliyeva Barnoxon Ibragimovna
    Toshkent Oriental universiteti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ijrs.59794

Ключевые слова:

Узлуксиз тaълим биoлoгия мaсaлa мaшқ креaтивлик ижoдий фикрлaш

Аннотация

Uzluksiz ta'lim tizimida biologiya fanlarini o'qitishda o'quvchilarda masala va mashqlar yechish ko'nikmalarini shakllantirish ularni kreativ faoliyatini, mantiqan, ijodiy va tahliliy fikrlash qobilyatlarini rivojlantirishga asos bo'ladi.


background image

109

7.1

2

10

BIOLOGIYA TA'LIMIDA O'QUVCHILARDA MASALA VA MASHQ

YECHISH KO'NIKMALARI MUAMMO SIFATIDA

Mamadaliyeva Barnoxon Ibragimovna

Toshkent Oriental universiteti

Aннoтaция.

Uzluksiz ta'lim tizimida biologiya fanlarini o'qitishda o'quvchilarda masala va

mashqlar yechish ko'nikmalarini shakllantirish ularni kreativ faoliyatini, mantiqan, ijodiy va
tahliliy fikrlash qobilyatlarini rivojlantirishga asos bo'ladi.

Кaлит сўзлaр:

Узлуксиз тaълим, биoлoгия, мaсaлa, мaшқ, креaтивлик, ижoдий

фикрлaш.

Aннoтaция.

В препoдaвaнии биoлoгических нaук в системе непрерывнoгo oбрaзoвaния

фoрмирoвaние у студентoв нaвыкoв решения зaдaч и упрaжнений является oснoвoй
рaзвития их твoрческoй aктивнoсти, нaвыкoв лoгическoгo, твoрческoгo и aнaлитическoгo
мышления.

Ключевые слoвa:

непрерывнoе oбрaзoвaние, биoлoгия, зaдaчa, упрaжнение,

твoрчествo, твoрческoе мышление.

Annotation.

In the teaching of biological sciences in the system of continuous education, the

formation of students’ skills in solving problems and exercises is the basis - 106 - for the
development of their creative activity, the skills of logical, creative and analytical thinking.

Key words:

lifelong education, biology, task, exercise, creativity, creative thinking.

Uzbekistonning uzliksiz ta'lim sohasida ko'zlagan asosiy maqsadi milliy,

umuminsoniy va ma'naviy qadriyatlar asosida o'quvchilarga bilim va tarbiya
berishning samarali shakllari va usullarini joriy etish, o'quv–tarbiya jarayoniga
zamonaviy yondashuvga asoslangan texnologiyalarni joriy etish, bo'lajak biologiya
o'qituvchilarini salohiyatli kadr etib tayyorlash uchun ta'lim, fan va ishlab
chiqarishning samarali integratsiyasini ta'minlashdan iborat.

Jumladan, barcha fanlar kabi biologiya fanini o'qitilishida biologik bilim,

ko'nikma va malakalarni tarkib topirishga asoslangan metodik tizimni joriy etish,
o'quvchilarni mustaqil, tahliliy, mantiqiy va ijodiy fikr yuritish faoliyatiga yo'naltirish
ustuvor vazifalardan sanaladi. Mazkur vazifalarni amalga oshirishda biologiya o'quv
mashg'ulotlarini faol metodlardan foydalanib takomillashtirish, fanlararo aloqadorlik
vositasida o'quvchilarda masala-mashq yechish ko'nikmalarini rivojlantirib borishni
ta'minlash, ularda tabiiy-ilmiy dunyoqarashni rivojlantirish, biologik bilimlarni
kundalik va hayotiy faoliyatda qo'llay olish ko'nikmasini shakllantirish, mantiqiy va
kreativ fikrlash qobilyatlarini o'stirishga qaratilganligi bilan ahamiyatlidir.

Bu borada Prezidentimiz tomonidan qabul qilingan ta'lim tizimini

takomillashtirish, ilm-fanni 2030 yilgacha rivojlantirishga oid qonunlar, qarorlar,
farmonlar, O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning Harakatlar strategiyasi,


background image

110

7.1

2

10

yangi tahrirdagi “Ta'lim to'g'risida”gi qonun mazkur jarayon uchun metodologik asos
bo'lib, mavzuni dolzarbligini belgilaydi. Jumladan, O'zbekiston Respublikasi
Prezidentining “Ilm-fanni 2030-yilgacha rivojlantirish konseptsiyasini tasdiqlash
to'g'risida”gi PF-6097 sonli farmonida 2025-yilga qadar ilmiy-tadqiqot va
ishlanmalar sohasidagi texnologik innovatsiyalarga harajatlarning umumiy hajmida
tashkilotning o'z kuchi bilan bajarilgan texnologik innovatsiyalarni ta'lim sohasida
qo'llash, kadrlar tayyorlashga oid konseptsiyani tadbiq etishdan iborat.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi

tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konseptsiyasini tasdiqlash to'g'risida”gi PF-5712
sonli farmonida esa, O'zbekiston Respublikasining 2030-yilga kelib PISA (The
Programme for International Student Assessment) Xalqaro miqyosda o'quvchilarni
baholash dasturi reytingi bo'yicha jahonning birinchi 30 ta ilg'or mamlakati qatoriga
kirishiga erishish, uzluksiz ta'lim tizimi mazmunini sifat jihatidan yangilash,
shuningdek professional kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini
oshirish, yoshlarni tarbiyalash va ularning bandligini ta'minlashda maktabdan tashqari
ta'limning zamonaviy usullari va yo'nalishlarini joriy etish kabi masalalarga to'xtalib
o'tilgan.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kimyo va biologiya yo'nalishlarida

uzluksiz ta'lim sifatini va ilm-fan natijadorligini oshirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi
PQ-4805 sonli qarorida, mamlakatimizda kimyo va biologiya fanlarini rivojlantirish,
ushbu yo'nalishlarda ta'lim sifati va ilm-fan natijadorligini oshirish «Ilm, ma'rifat va
raqamli iqtisodiyot yili» Davlat dasturining ustuvor vazifalari qatorida belgilangan.

Kimyo va biologiya fanlari bo'yicha ta'lim sifatini tubdan oshirish, umumta'lim

maktablarida ushbu fanlarni o'qitishning mutlaqo yangi tizimini joriy etish, ta'lim
muassasalarini zamonaviy laboratoriyalar, darsliklar va boshqa o'quv jihozlari bilan
ta'minlash, ushbu yo'nalishlarga malakali o'qituvchi-murabbiylarni jalb etish, kadrlar
tayyorlash va ilm-fan natijalaridan foydalanishda ta'lim, ilm-fan va ishlab chiqarish
sohalari o'rtasida o'zaro yaqin muloqot va hamkorlikni yo'lga qo'yishga oid masalalar
belgilandi.

Shu bilan bir qatorda, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Pedagogik

ta'lim sifatini oshirish va pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy ta'lim muassasalari
faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risi”dagi PQ-289 sonli qarorida
pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy ta'lim muassasalarini tizimli rivojlantirish va ularda
boshqaruv faoliyatini takomillashtirish, ilg'or xorijiy tajribalarni joriy qilgan holda,
zamonaviy ta'lim dasturlarini ishlab chiqish, yuqori malakali professional kadrlar
tayyorlashni yangi bosqichga ko'tarish, shuningdek, pedagogika sohasida ta'lim, ilm-


background image

111

7.1

2

10

fan va amaliyot uyg'unligini ta'minlash maqsadida pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy
ta'lim muassasalari uchun «Oliy ta'lim jarayonlarini boshqarish» axborot tizimida
elektron o'quv dasturlar, darsliklar, ilmiy-tadqiqot ishlari, maqolalar, taqdimotlar,
multimedia ta'lim mahsulotlari, ma'ruzalarning audio va video yozuvlari hamda
boshqa kontentlarni joylashtish, pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy ta'lim
muassasalarining o'quv jarayoniga talabalarda mustaqil ta'lim olish, tizimli tahlil
qilish va ijodiy fikrlash ko'nikmalarni shakllantirishga qaratilgan metodikalarni joriy
qilish vazifalari qo'yildi.

Yuqorida keltirilgan prezidentimizning farmon va qarorlaridan ko'zlangan

asosiy maqsad ijodiy, kreativ fikrlovchi, mustaqil shaxslarni tarbiyalashdir. Bu boradi
o'quvchilarda ijodiy va kreativ fikrlashni oshirish maqsadida biologiyaning qator fan
tarmoqlarida masala-mashqlardan keng foydalanib kelinmoqda. Quyida keltirilgan
darslik va o'quv qo'llanmalarda aynan shu masalaga to'xtalib o'tilgan. B.Sheraliev
“Biologiya va genetikadan masalalar” o'quv qo'llanmasida biologiya fanidan keyingi
yillarda oliy o'quv yurtiga kirish imtihonlarida genetika bilan birgalikda
biologiyaning boshqa sohalariga oid bir qancha masalalar berib borilayotganligi, Oliy
o'quv yurtiga kirish imtihonlariga tayyorlanuvchi abiturientlarning aksariyatida
genetika va biologiyaning turli sohalariga oid masalalarni yechish biroz «og'riqli»
nuqta hisoblanishi, bundan tashqari, biologiya fanidan Xalqaro olimpiadaga saralash
bosqichida ham deyarli barcha savollar genetika fanidan berilishi va yana biologiya
fani o'qituvchilarini pedagogik faoliyatda masala va mashqlar yechish metodikasini
bilan tanishtirish orqali ularni ilmiy-metodik jihatdan tayyorlash samaradorligini
oshirish masalalariga e'tibor qaratilayotgani, masala va mashqlarning mazmuni,
turlari va qiyinchilik darajalari umumiy o'rta ta'lim maktablarida o'qitiladigan
biologiya o'quv fanining tarmoqlariga mos holda tanlanishi haqida so'z yuritadi.

Yuqoridagilardan kelib chiqib quyidagi xulosalarni bildirish mumkin.

Birinchidan o'qituvchilar va o'quvchilarni biologiyadan har xil tipdagi masalalar va
ularning ishlash metodikasi bilan tanishtirish, ikkinchidan o'qituvchilar uchun
o'quvchilar bilan ishlash jarayonida foydalanish uchun qator masalalarni taklif
etishdir.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

“Ilm-fanni 2030 yilgacha rivojlantirish konseptsiyasini tasdiqlash to'g'risida”gi
PF-6097 sonli farmoni, Lex.uz.29.10.2020y

2.

“O'zbekiston respublikasi xalq ta'limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish
konseptsiyasini tasdiqlash to'g'risida”gi PF-5712 sonli farmoni, Lex.
uz.29.04.2019y


background image

112

7.1

2

10

3.

“Kimyo va biologiya yo'nalishlarida uzluksiz ta'lim sifatini va ilm-fan
natijadorligini oshirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PQ-4805 sonli qarori,
Lex.uz.12.08.2020y

4.

“Pedagogik ta'lim sifatini oshirish va pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy ta'lim
muassasalari faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risi”dagi PQ-
289 sonli qarori, Lex.uz.26.08.2022y

5.

Sheraliev B. Biologiya va genetikadan masalalar. O'quv qo'llanma. -Toshkent.
2018

Библиографические ссылки

“Ilm-fanni 2030 yilgacha rivojlantirish konseptsiyasini tasdiqlash to'g'risida”gi PF-6097 sonli farmoni, Lex.uz.29.10.2020y

“O'zbekiston respublikasi xalq ta'limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konseptsiyasini tasdiqlash to'g'risida”gi PF-5712 sonli farmoni, Lex. uz.29.04.2019y

“Kimyo va biologiya yo'nalishlarida uzluksiz ta'lim sifatini va ilm-fan natijadorligini oshirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PQ-4805 sonli qarori, Lex.uz.12.08.2020y

“Pedagogik ta'lim sifatini oshirish va pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy ta'lim muassasalari faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risi”dagi PQ-289 sonli qarori, Lex.uz.26.08.2022y

Sheraliev B. Biologiya va genetikadan masalalar. O'quv qo'llanma. -Toshkent. 2018