65
7.1
3
2
IJTIMOIY TARMOQLARDA HIS-TUYG‘U IFODALOVCHI VOSITALAR
Sevinch Nu’monova,
Qarshi davlat universiteti
Filologiya fakulteti 2-kurs talabasi
Annotatsiya:
Siz ushbu ilmiy tadqiqot orqali ijtimoiy tarmoq va platformalarda qay tarzda
kulgichlardan foydalanish unumli ekanligini anglaysiz. Emoji, stiker, gif, kulgich kabilarning ham
bir-biridan farqli jihatlari va umumiy xususiyatlari keltirib o‘tilgan.
Kalit so‘zlar:
emoji, stiker, gif, telegram, kanal-guruh, platforma, raqamli va vizual aloqa,
format, kulgich.
XXI asr — texnologiyalar zamoni bo‘lib, bu davrda texnik vositalar orqali
kommunikatsiya jarayoni bir muncha oson, qulay va tez. Makon va zamon
qarshiliklarisiz, xoh so‘zlashuv, xoh ilmiy, xoh rasmiy mavzularda bo‘lsin, bemalol
suhbat qura olamiz, fikr bildira olamiz. Bunda bizga telegram messengeri, instagram
va You Tube ijtimoiy tarmoqlari, sms xabarnoma va boshqalar yordam beradi.
Kommunikatsiya jarayonida nafaqat so‘zlardan, balki his-tuyg‘ularni erkin va
jozibador tarzda ifodalashga yordam beruvchi vositalar — emoji, stiker, gif va
kulgichlar (smaylik)dan ham foydalanish kutilgandan ko‘ra samaraliroqdir. Bu
vositalarning har birining o‘z o‘rni va mohiyati mavjud. Shu bilan bir qatorda
mazmun jihatdan ham bir-biridan farq qilib turadi.
Bugungi kunda raqamli aloqa uzundan uzun jumlalarni yozishdan ancha
uzoqlashadi. Har qanday ijtimoiy tarmoqqa qarab, qanchadan qancha gullar, qalblar,
hayvonlar, oziq-ovqat va boshqa tasvirdagi belgilarni ko‘rish mumkin. Ular –
emoji
!
Stiker
– bu multfilmlar va yaponcha tabassumga o‘xshash “emojilar”
aralashmasi bo‘lgan his-tuyg‘u yoki harakatni ifodalovchi qahramonning batafsil
tasviri. Stikerlar animatsiyalar ya’ni harakatlanuvchi rasmlar orqali muloqotga
kiritiladi. Stikerning ikkinchi ma’nosi ham bo‘lib, u yorliq turini anglatadi. Bu
turdagi stikerlar tovarga yopishtiriluvchi qog‘oz plastmassa yoki boshqa material ham
bo‘lishi mumkin.
Biz fikr yuritayotgan stiker esa birinchi izohlangan, ya’ni emoji bilan o‘rindosh
bo‘lgan stikerdir. “2013-yil aprel oyida Facebookning asosiy va Facebook Messenger
mobil ilovalari paydo bo‘ldi. Iyul oyida stiker funksiyasi Facebook veb-interfeysiga
kengaytirildi, Kick Messenger ham stikerlarni qo‘shdi. Stikerlarga bag‘ishlangan
startap kompaniyalari ham paydo bo‘ldi va ularni reklama kompaniyalari doirasida
brendlar nomidan ishlab chiqarishga yordam berdi” [1].
Gif
(inglizcha: “Graphics Interchange Format”) — rasmlarni almashtirish
formati. “Qisqartmaning talaffuzi 1990-yildan buyon bahsli bo‘lib keladi.
Talaffuzning ikki variantidan foydalanib kelinadi:
/diзf/
(jang so‘zidagi “j” tovushi
66
7.1
3
2
bilan),
/gif
/ (gul so‘zidagi “g” tovushi bilan). Format yaratuvchisi Steve Wilhite
2013-yilgi “Webby Awards” tanlovida nutq so‘zlab,
g
bilan talaffuz to‘g‘ri ekanligini
aytgan” [2]. Giflar, odatda, qisqa, takrorlanuvchi animatsiyalarni ko‘rsatish uchun
ishlatiladi.
Kulgichlar (smaylik)
matematik shakllar, tilshunoslikdagi punktuatsion
ishoralar va yana turli xil belgilar tizimidan tashkil topgan va bu belgilar
qorishuvidan o‘xshatmalar hosil qilingan. Kulgichlarning ham foydalanish maqsadiga
ko‘ra o‘z ma’noviy guruhlari bor:
— norozi qiyofa;
— imo-ishoralar;
— yig‘i;
— asabiylik;
— tabassum va boshqalar…
Oddiygina “Telegram” messengerining o’zida fikrni qisqa va ta’sirli ifodalashga
yordam beruvchi vositalarning 4 turidan foydalanish imkoni mavjud. Bular: stikerlar,
emojilar, giflar, kulgichlar. Ular paradigma a’zolari kabi xususiyatga ega, ya’ni
umumiy va xususiy belgilari mavjud.
Umumiy belgisi: bularning barchasi raqamli aloqa uchun ishlatiladigan vizual
ifodalardir. Lekin ularning har biri turli ma’nolar va ishlatilish usullariga ega.
Farqli belgisi:
1.
Emoji
—Ta’rifi: kichik rasm yoki belgi, his-tuyg‘ular, narsalar yoki har xil
tushunchalarni ifodalaydi.
—Qo‘llanilishi: matnda his-tuyg‘ularni va kayfiyatni ifodalashda ishlatiladi.
Masalan,
(kulib turgan yuz),
(qizil yurak),
(qarsak)
—Format: har bir emoji standart Unicode kodida mavjud bo‘lib, u har bir
platformada (iOS, Android, Windows) bir xil yoki o‘xshash ko‘rinishda bo‘lishi
mumkin.
2.
Stiker
—Ta’rifi: ko‘proq o‘ziga xos dizaynlangan rasm.
—Qo‘llanilishi: odatda, ulardan xabar almashish dasturlarida (Whatsapp yoki
Telegram) qo‘llaniladi va ko‘proq kulgili yoki maxsus mavzudagi hissiyotlarni
ifodalashda ishlatiladi.
—Format: ular ko‘p hollarda rasm sifatida yoki animatsiya sifatida mavjud
bo‘ladi va ko‘proq personalizatsiyalangan uslublarni taklif etadi.
3.
Gif
67
7.1
3
2
—Ta’rifi: qisqa animatsiyalangan rasmlar bir necha soniya davomida
ko‘rsatiladi.
—Qo‘llanilishi: ular juda ko‘p turli xil his-tuyg‘ularni yoki g‘oyalarni ifodalash
hazil-mutoyibalar qilish va o‘yin-kulgi uchun ishlatiladi. Ular ko‘pincha ijtimoiy
tarmoqlarda xabar almashish dasturlarida yoki saytlarida paydo bo‘ladi.
—Format: gif fayl formati yangidan yuklanadi yoki ijtimoiy tarmoqdan olinadi
va ko‘plab platformalarda qo‘llaniladi.
Umumiy qilib aytganda, emoji oddiy va tez ifoda shakli bo‘lsa, stikerlar va
giflar ko‘proq vizual va dramatik ta’sir ko‘rsatadi. Matnda kulgich yuzlari va
tabassumlardan foydalanish xabarlarni yanada qiziqarliroq qiladi.
Yuqoridagi belgilarni turli kontekstlarda samarali qo‘llash bo‘yicha
ko‘rsatmalar:
1.
Ma’nolarni tushuning.
Har bir emoji ma’lum bir his-tuyg‘u yoki
hissiyotni bildiradi, shuning uchun ularning ta’riflari bilan tanishishga vaqt ajrating.
Masalan, tabassumli yuz baxtdan dalolat beradi, quvonch ko‘z yoshlari esa haddan
tashqari kulishni anglatadi.
2.
Kontekstni ko‘rib chiqing.
Xabaringizning ohangi va maqsadiga
e’tibor bering va umumiy muloqotga mos keladigan kulgichlarni tanlang. Tasodifiy
suhbatlar uchun o‘ynoqi va yengil kulgichlar mos keladi, professional sozlamalar esa
ko‘proq neytral yoki rasmiy tanlovlarni talab qilishi mumkin.
3.
Tejamkorlik bilan foydalaning.
Xabaringizni haddan tashqari ko‘p
belgilar bilan aralashtirib yubormasdan, o‘zingiz yetkazmoqchi bo‘lgan his-
tuyg‘ularni qamrab oladigan bir nechta kulgichlarni tanlang.
4.
Aralashtiring va moslashtiring.
Xabar mazmunini kuchaytirish uchun
turli emoji yuzlari va tabassumlarni birlashtirish bilan tajriba qilishdan qo‘rqmang.
Misol uchun, tabassum bilan birga bosh barmog‘ini ko‘targan kulgichdan
(
) foydalanish ma’qullik va ijobiylikni ko‘rsatishi mumkin.
5.
Madaniy farqlardan xabardor bo‘ling.
Emoji ma’nolari va talqinlari
turli madaniyatlarda farq qilishi mumkinligini doimo yodda tuting. Ya’ni bir
mamlakat yoki jamiyatda umumiy tushunilishi mumkin bo‘lgan narsa boshqa
joylarda butunlay boshqacha ma’noga ega bo‘lishi mumkin, xuddi nutqiy
muloqotdagi farqlar kabi.
Nutqiy muloqotdagi madaniyatlararo farq: “Toshkent va vodiyda xayrlashuv
chog‘idagi “biznikiga boringlar” ifodasi shunchaki mulozamat tariqasida qabul
qilinsa, Xorazmda esa bu ifoda o‘z ma’nosida tushunilib, ertasiga mehmonga
boriladi” [3, B.67]. Emojilarda ham shunga o‘xshash millatlar va madaniyatlararo
68
7.1
3
2
tafovutlar uchraydi. Ularning madaniyatlarda farq qilishi madaniyatlararo muloqotda
noto‘g‘ri talqin va tushunmovchiliklarga olib keladi. Bu o‘zgarishlarni tushunish
globallashgan jamiyatda muloqot uchun juda samarali. Farq faqat madaniyat yohud
til o‘rtasida emas, balki auditoriya nuqtayi nazaridan ham bo‘ladi. Yaqin do‘stlar
orasida mos bo‘lgan kulgichlar rasmiy muhitda bir xil ta’sirga ega bo‘lmasligi
mumkin. Emojilarni qanday matnda va qachon samarali qo‘llash mumkinligini bilish
uchun ularning ma’nolari juda muhim. Masalan:
1)
Bosh barmog‘ini ko‘tarish (
) — ma’qullash yoki kelishish;
(“
Odamlar buning juda yaxshi fikr ekanligini aytishardi
”) [6, B.124].
2)
Qarsak chalish (
) — kimnidir olqishlash yoki tabriklash; (“
Fugui,
sen va oilanga rahmat. Juda yaxshi natijaga erishdingiz
”) [6, B.141].
3)
Ko‘zlar (
) — qiziqish yoki hushyorlik tuyg‘usi; (“
Fengxia qo‘lida
guruch boshoqlari bilan bizga qarab turar, Longerga ma’nosiz boqardi
”) [6, B.63].
4)
Qo‘llarni siqish (
) — kelishuv, sheriklik va do‘stona ifoda; (“
Siz shu
yerda kuting, men olib kelaman,—dedi. Kutdim, kutaverdim
”) [7].
5)
Olov (
) — ajoyib; (“
Barakalla, taqsir, barakalla
”) [8].
6)
Jilmayga yuz (
) — baxt, quvonch yoki zavqlanish ifodasi; (“
Borib
dam olishini tayinlasam, xursand bo‘lib kulimsirardi
”) [6, B.66].
7)
Shodlik ko‘z yoshlari bilan yuz (
) — qattiq kulish, haddan tashqari
zavq; (“
Onam yuzida sevinch yoshlari bilan menga qarab, “Senga aytgandim-ku”,—
dedi
”) [6, B.66].
8)
Chiroq (
) — yorqin g‘oya yoki ilhom; (“
Toji qassobning qizi
Turg‘unbush yugurib borib, og‘ilning tomiga chiqdi-da, bir chekkaga bosib
qo‘yilg‘on tut o‘tinidan bitta uzun butoqni sindirib olib, hovuz bo‘yiga keldi va haligi
butoq bilan suvni o‘z tomonig‘a torta boshladi
”) [8].
9)
Qulf (
) — xavfsizlik, himoya, mahfiylik; (“
Biz chayqovchimiz,
orqamizdan taftishchilar, militsiyalar tushgan. Siz bormang, boshingiz baloga
qoladi
”) [7].
10)Kitob (
) — bilim; (“
Mato jildli “Bin Im klassikasi” nomli kitobni
qo‘limga olib, o‘rnimdan turdim va o‘qituvchimga qarab: “Yaxshilab quloq osing!
Otangiz sizga bir matnni o‘qib beradi!”, —degandim
”) [6, B.13].
11)Sovg‘a (
) — bayram, tug‘ilgan kun, yubiley; (“
Yo‘ldosh boyvachcha
o‘n botmon guruch, bitta yaxshi uloqchi ot, bosh-oyoq kiyim berdi
”) [8].
69
7.1
3
2
12)Toj (
) — muvaffaqiyat, tugun; (“
Boshini qimirlatib: “Imperator bir
parcha non uchun tilamchilik qilsa ham, u imperatordir
”) [6, B.41].
13)Gul (
) — bahor, go‘zallik, sevgi (“
O‘sha mahallar Jiashen nihoyatda
go‘zal edi
”) [6, B.30].
Boshqa emoji, stiker, kulgichlar ham o‘ziga xos ma’nolarga ega.
His-tuyg‘u ifodalovchi vositalarning ijtimoiy tarmoqlarning ayrimlarida
ishlatilish darajasi:
Telegram messenjerida — emoji, stiker, gif, kulgich;
You Tubeda — faqatgina stiker;
Instagram ijtimoiy tarmog‘ida — emoji, stiker, gif, kulgich;
Facebookda — faqatgina stiker.
Xulosa:
Onlayn aloqa olamida emojilar — his-tuyg‘ularni ifodalash va
xabarlarni yetkazish uchun muhim vosita. Biroq emojilarning o‘zi har doim ham
ko‘zda tutilgan ma’noni to‘liq yetkaza olmaydi. Ular orqali faqatgina uzatilayotgan
xabarga chuqurlik va ijodkorlik qo’shish mumkin. Shunda ham ulardan tejamkorlik
bilan o‘rinli foydalanish zarur. Emojilar ifodaviylikni oshirishi mumkin bo‘lsa-da,
haddan tashqari ko‘p foydalanish xabarni chalkashtirib yuborishi va ularning ta’sirini
susaytirishi, hatto ma’noni o‘zgartirib yuborish ehtimoli bor.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Stiker — Wikipedia.org.
2.
Uz.m:Wikipedia.org.
3.
Shoira Usmanova, Gulchehra Rixsiyeva. Madaniyatlararo muloqot. —Toshkent,
2017. —67b.
4.
Hamidulla Dadaboyev, Shoira Usmanova. Xorijiy sotsiolingvistika. — Toshkent:
Universitet, 2014. -136b.
5.
Judith Martin, Thomas Nakayama. Intercultural communication in contexts. 5
th
ed. —New York: McGraw-Hill, 2010. -528p.
6.
Yuy Xua. Yashamoq. — Huzur nashriyoti, 2024. —13; 30; 41; 63; 66; 124; 141b.
7.
https://teletype.in/@xushnudbek/aziz-nesin-siz-biroz-kuting.
8.
https://teletype.in/@xushnudbek/abdulhamid-cho‘lpon-qor-qo‘ynida-lola.
