Авторы

  • Nasretdinova Aziza Adxamjonovna
    Qarshi davlat universiteti, Iqtisodiyot fakulteti Turizm yo‘nalishi 2-bosqich talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.ijsr.76583

Ключевые слова:

diplomatik aloqalar xalqaro munosabatlar mahalliy biznes turizm salohiyati daromat iqtisodiy samaradorlik Buyuk Ipak Yo‘li ijtimoiy barqarorlik turistlarni jalb etish infrastrukturaning ahamiyati.

Аннотация

Bugungi global dunyoda turizm nafaqat odamlarning dam olish va ko‘ngil ochar faoliyatlari bilan bog‘liq bo‘lib qolmay, balki mamlakatlarning siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishida ham muhim o‘rin tutadi. O‘zbekiston kabi turizm salohiyati katta bo‘lgan davlatlar uchun bu soha iqtisodiy o‘sish, madaniy almashuv va xalqaro munosabatlarni rivojlantirishda alohida ahamiyatga ega. Turizmning siyosiy ahamiyati, avvalo, mamlakatning xalqaro sahnada obro‘sini oshirish va diplomatik aloqalarni mustahkamlash bilan bog‘liq bo‘lsa, ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati esa aholining farovonligini yaxshilash, ish o‘rinlarini yaratish va mahalliy iqtisodiyotga qo‘shilgan qiymatni oshirishda ifodalanadi. O‘zbekiston o‘zining boy tarixiy, madaniy va tabiiy merosi bilan turizmni rivojlantirishda katta imkoniyatlarga ega. Bularning barchasi O‘zbekistonni jahon turizm xaritasida yetakchi o‘rinlarga olib chiqishga qaratilgan siyosatni amalga oshirishda yordam berishi ushbu maqolada keng talqinda yoritiladi.


background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS

ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293

Volume 10, issue 2, March 2025

https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR

worldly knowledge

Index:

google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG

https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge

https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X

225

Nasretdinova Aziza Adxamjonovna

Qarshi davlat universiteti, Iqtisodiyot fakulteti

Turizm yo‘nalishi 2-bosqich talabasi

TURIZMNING SIYOSIY VA IJTIMOIY-IQTISODIY AHAMIYATI

Annotatsiya:

Bugungi global dunyoda turizm nafaqat odamlarning dam olish va ko‘ngil ochar

faoliyatlari bilan bog‘liq bo‘lib qolmay, balki mamlakatlarning siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy

rivojlanishida ham muhim o‘rin tutadi. O‘zbekiston kabi turizm salohiyati katta bo‘lgan davlatlar

uchun bu soha iqtisodiy o‘sish, madaniy almashuv va xalqaro munosabatlarni rivojlantirishda

alohida ahamiyatga ega. Turizmning siyosiy ahamiyati, avvalo, mamlakatning xalqaro sahnada

obro‘sini oshirish va diplomatik aloqalarni mustahkamlash bilan bog‘liq bo‘lsa, ijtimoiy-

iqtisodiy ahamiyati esa aholining farovonligini yaxshilash, ish o‘rinlarini yaratish va mahalliy

iqtisodiyotga qo‘shilgan qiymatni oshirishda ifodalanadi. O‘zbekiston o‘zining boy tarixiy,

madaniy va tabiiy merosi bilan turizmni rivojlantirishda katta imkoniyatlarga ega. Bularning

barchasi O‘zbekistonni jahon turizm xaritasida yetakchi o‘rinlarga olib chiqishga qaratilgan

siyosatni amalga oshirishda yordam berishi ushbu maqolada keng talqinda yoritiladi.

Kalit so‘zlari

:diplomatik aloqalar, xalqaro munosabatlar, mahalliy biznes, turizm salohiyati,

daromat, iqtisodiy samaradorlik, Buyuk Ipak Yo‘li, ijtimoiy barqarorlik, turistlarni jalb etish,

infrastrukturaning ahamiyati.
Turizm – bu xordiq chiqarish va dam olish sog‘lomlashtirish mehmondorchilik, kasbiy va ish

maqsadlarida insonlarning bo‘sh vaqtida o‘zlarining doimiy yashash joylaridan vaqtinchalik

boshqa davlatlar yoki joylardagi vaqtinchalik xarajat qilishlaridir (tashrif buyurgan joyda haq

to‘lanadigan ish bilan shug‘ullanmasdan). Turizm atamasi uzoq yillar mobaynida ko‘pgina

davlatlarda ishlatilib kelingan. Ushbu so‘z ―ulkan turli ma’nosidan kelib chiqib va dastlab

tanishuv tashrifini anglatgan. Bunday tashrifni XVII-XVIII asrlarda yosh dvoryanlar amalga

oshirganlar. Tashrif maqsadi bo‘lib turistlarning boshqa madaniyatlari bilan tanishishlari

bo‘lishgan. Asrlar mobaynida turizmning asosiy belgilanishi - bu sayohatchilarning boshqa

davlatlar bilan tanishishlari, boshqa xalqlar bilan aloqalarni o‘rnatish hisoblanib kelmoqda.

Mamlakat iqtisodiyoti va turizm bir biri bilan o‘zaro bog‘liq harakatdadir. Umumiqtisodiy

omillar turizmga ijobiy va salbiy ta‘sir ko‘rsatadi. Ijobiy ta’sir omillariga quyidagilar kiradi:

1. Real daromadning oshishi – real daromadning oshishida iste’molchilar o‘z ixtiyorlarida katta

mablag‘ga ega bo‘ladilar va tegishli ravishda turizmga talab ortadi;

2. Daromadning tekisroq taqsimlanishi jamiyatda daromad bir tekisda taqsimlansa, ko‘proq

shaxslar turistik mahsulotni xarid qilishlari mumkin bo‘ladi;

3. Valyutaning barqaror holati – agarda chet el valyutasining kursi barqaror bo‘lsa, aholi uni

ko‘p hajmda xarid qilishi mumkin.

Turizmga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillarga quyidagilar kiradi:
1. Iqtisodiy inqiroz holatlari;
2. Ishsizlikning oshishi, ish haqining kamayishi va hokazolar;


background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS

ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293

Volume 10, issue 2, March 2025

https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR

worldly knowledge

Index:

google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG

https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge

https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X

226

3. Valyuta bilan nobarqaror holat – agarda chet el valyutasining kursi yuqori bo‘lsa, aholi uni

kam xarid qiladi va natijadi mamlakat aholisining chet ellarga chiqishi qimmatga tushadi.

Turizm rivojlanayotgan hudud iqtisodiyotiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Turizmning jamiyat

ta’sirini uch asosiy yondashish bo‘yicha ajratish mumkin: iqtisodiy, ijtimoiy va gumanitar.

Turizmning iqtisodiy ahamiyati. Iqtisodiy holat sifatida turizmga ikki tomonlama qarash mumkin.

Iqtisodiy kompleks sifatida. Uning rivojlanishi ko‘pchilik hollarda dunyo xo‘jalik aloqalari,

jarayonlar, munosabatlar bilan izohlanadi. Iqtisodiy o‘sishning muhim katalizatori sifatida.

Bunday holatda turizm yalpi ichki mahsulotni davlatlar o‘rtasida qayta taqsimlash kanali sifatida

namoyon bo‘ladi. Hozirgi dunyoda turizm industrial shaklga ega:

- samaradorlikning yuqori darajasi, investitsiyalarning tez qoplanishi bilan tavsiflanadi;

- yangi hududlarni o‘zlashtirishning boshlovchisi (pioneri) hosoblanadi;

- tabiat va madaniy me‘rosni qo‘riqlashning samarali vositasi sifatida namoyon bo‘ladi. Xalq

xo‘jaligining qariyb barcha tarmoqlari va inson faoliyatining turlari bilan bog‘liqdir.

Ma‘lumki, rivojlangan davlatlarda chet el turizmidan tushgan daromad rangli va qora

metallarning xalqaro savdosiga qaraganda ikki barovarga ko‘pdir. Turizmning daromadlari

turistik xarajatlar natijasida shakllanadi. Turistik xarajatlar o‘z ichiga quyidagilarga haq to‘lashni

oladi:

- kompleks tashriflarga;

- turlar va dam olish uchun xizmatlar paketiga;
- joylashtirishga;
- ovqatlanishga;
- transportga;
- faoliyatning rekratsion, madaniy va sport turlariga;

- sayyohatning ajralmas qismi hisoblangan iste‘mol mollarini xarid qilishga;

- tibbiy xizmat ko‘rsatishga va boshqalarga.

Qayd qilingan turistik xarajatlar iqtisodiyotga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir ko‘rsatadi, ya’ni

turizmning iqtisodiy faoliyati milliy daromadni yaratishga o‘z hissasini qo‘shadi. Turizmning

mamlakat iqtisodiyoti va jamiyatga ta’sir sohasi bo‘lib hisoblanadi. Tadbirkorlik sohasi. Turistik

korxonaning tashkil etilishi naf keltiradi, chunki mijozlarga o‘z mahsulotlari va xizmatlarini

taklif etadi, ishchi va xizmatchilarga – ish haqini, aksionerlarga – foydani, davlatga (hududga) –

soliq va yig‘imlarni. Iste’mol va daromad sohasi. Turizm iste’mol talabining yangi shaklini

yaratadi. Turistlarning turli xildagi tovarlar va xizmatlarga bo‘lgan talabi mahalliy sanoatning

rivojlanishiga imkon yaratadi. Unga ko‘ra iste’mol mollarini ishlab chiqarish rivojlanadi va

aholining hayot darajasi oshadi. Valyuta sohasi. Turizm katta hajmdagi chet el valyutasi oqimini

ta’minlaydi. Xususan chet el valyutasining kelib tushishi nafaqat tur (paket) uchun haq to‘lash

shaklida, balki turistik markazdagi almashtirish punktlarida almashtirish kundalik ehtiyojlar va

qo‘shimcha xizmatlarga haq to‘lash shaklida ham bo‘ladi. Ishlab chiqarish infratuzilmasi.

Turizm dam olish strukturasini yaratadi, u nafaqat turistlar tomonidan, balki mahalliy aholi

uchun ham foydalanilishi mumkin, yangi turistik markazlarning paydo bo‘lishi servis savdo


background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS

ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293

Volume 10, issue 2, March 2025

https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR

worldly knowledge

Index:

google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG

https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge

https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X

227

markazlarining paydo bo‘lishiga, yo‘llarning qurilishiga, hordiq chiqarish korxonlarining

vujudga kelishiga olib keladi va u o‘rab turgan infratuzilmaga, iste’mol bozoriga va boshqa

tadbirkorlik faoliyatlariga ijobiy ta’sir ko’rsatadi. Turistik infratuzilmaning rivojlanishi u yoki bu

hududagi aholining hayot darajasining ko‘rsatkichi hisoblanadi. Kelish joyida turistlar

tomonidan sarflangan pullar bir vaqtning o‘zida davlatga (hududga) daromad keltiradi.

Turizm umumiqtisodiy muammolarni hal etishga yordam beradi, ammo turistik faoliyatning

ko‘p qirrali ekanligini inobatga oladigan bo‘lsak, u o‘z o‘zidan samarali ravishda rivojlana

olmaydi. Turizmning iqtisodiy aktivligi to‘g‘ridan to‘g‘ri mamlakat iqtisodiyotining rivojlanishi

bilan bog‘liq. Turizmning iqtisodiy samaradorlligi shuni ko‘zda tutadiki, mamlakatda turizm

xizmat ko‘rsatish kompleksining boshqa tarmoqlari bilan parallel ravishda rivojlananishi lozim.

O‘zbekiston o‘zining boy madaniy merosi, tarixiy obidalari va go‘zal tabiati bilan, turizmni

rivojlantirishga katta e’tibor qaratadigan davlatlar qatoriga kiradi. “O‘zbekiston – 2030”

Ctrategiyasida O‘zbekistonda tashqi va ichki turizmni rivojlantirish uchun keng sharoitlar

yaratish orqali sayyohlar sonini oshirish vazifasi qo‘yilgan. Xorijiy turistlar tashrifi bo‘yicha

O‘zbekiston pandemiyadan oldingi darajaning 98 foizini tashkil etdi. Jumladan, 2019 yilda

O‘zbekistonga 6 mln 748 ming nafar xorijiy turistlar tashrif buyurgan bo‘lsa, 2023 yilga kelib 6

mln 626 ming nafarga yetdi. Bu esa mamlakatimizda turizm sohasining tez sur’atlar bilan

tiklanayotganini ko‘rsatadi. O‘zbekistonga xorijiy turistlarni yanada ko‘proq jalb qilish

maqsadida viza rejimini soddalashtirish chora-tadbirlari, yangi yo‘nalishlarni ishlab chiqish, soha

bilan bog‘liq loyihalarga investitsiya kiritish, yirik tadbirlarni o‘tkazish kabi amaliy ishlar olib

borilmoqda.

Masalan, 2023 yilda umumiy qiymati 9,5 trln so‘mlik 508 ta loyiha amalga oshirilganligi

hisobiga jami 9 492 ta yangi ish o‘rni yaratildi. 183 ta yangi mehmonxona va 232 ta xostel

faoliyati yo‘lga qo‘yilib, jami joylashtirish vositalari soni 5 526 taga yetdi. Shuningdek, 452 ta

oilaviy mehmon uyi tashkil qilinib, ularning umumiy soni 3 458 taga yetdi. Turistlar uchun

xizmat ko‘rsatuvchi 810 ta yangi turistik tashkilot va turagentlar faoliyati yo‘lga qo‘yilishi

natijasida ularning soni 2 649 taga yetdi. 2017-2023 yillar davomida O‘zbekistonga xorijiy

turistlar soni yil sayin ortib bordi. Xususan, 2017 yilda 2,7 mln. nafarni tashkil etgan bo‘lsa,

2023 yilga kelib 6,6 mln nafarni tashkil etdi, bu esa 2017 yilga nisbatan 2,5 barobarga, 2022

yilga nisbatan esa 1,3 barobarga oshganini ko‘rishimiz mumkin. Sayyohlar soni 2023 yilda

Yaponiyadan – 5 barobar, Hindiston va Italiyadan – 3,5 barobar, AQShdan – 2 barobarga ortdi.

O‘zbekistonga 2023 yilda kelgan xorijiy turistlarning 80,7 foizi qo‘shni davlatlar, 11,5 foizi

qolgan MDH davlatlari hamda 7,8 foizi boshqa davlatlar hisobiga to‘g‘ri kelmoqda. Shu bilan

birga, turistlarning o‘rtacha qolishi 4-5 kunni tashkil etib, 2022 yilga (3 kun) nisbatan 1,5

baravarga ortdi. Bu esa mamlakatda turistlarga har tomonlama qulaylik yaratilganligining

natijasidir. Ichki turizmni rivojlantirish bo‘yicha ham bir qator amaliy choralar ko‘rilmoqda.

“O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” dasturi doirasida 15 mln. nafar aholi sayohatga chiqdi va

hududlar bo‘ylab 21 mln. tashrif uyushtirildi. Ijtimoiy ko‘mak sifatida 1,1 ming nafar imkoniyati

cheklangan shaxs va 570 ming nafar yoshlar sayohatga chiqarildi. 2023 yilda turistik xizmatlar

eksporti 2 mlrd. 143,5 mln. dollarni tashkil etdi, bu 2022 yilga nisbatan 1,3 barobar oshganini

ko‘rsatadi. Shuningdek, turizm va unga yondosh sohalar yo‘nalishida 70 ming nafarga yaqin

yangi ish o‘rni yaratildi. Bu esa mamlakatda turistlarga har tomonlama qulaylik

yaratilganligining natijasidir. Turizmning rivojlanishi, shuningdek, mamlakatimizning xalqaro

reytinglarda yuqori o‘rinlarni egallashini ta’minlamoqda. Masalan, “Jahon musulmon sayohati

indeksi” (GMTI-2023) xalqaro ziyorat turizmi reytingida O‘zbekiston 140 ta mamlakat ichida

13-o‘rinni egalladi. “Halal In Travel Awards 2023” tadbirida Xiva shahri “Yilning islom merosi


background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS

ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293

Volume 10, issue 2, March 2025

https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR

worldly knowledge

Index:

google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG

https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge

https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X

228

turizm manzili” sovrinini qo‘lga kiritdi. 2023 yilda Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan UNWTO

Bosh Assambleyasining 25-sessiyasida Navoiy viloyatidagi Sentob qishlog‘i “Best Tourism

Village 2023 Awards” nominatsiyasi bo‘yicha g‘olib bo‘ldi. Bundan tashqari, “Lonely Planet”

xalqaro nashriyot kompaniyasi tomonidan 2024 yil uchun

“O‘zbekiston – eng yaxshi sayohat

maskani”

nominatsiyasi g‘olibi bo‘lganligi munosabati bilan O‘zbekistonga maxsus sertifikat

topshirildi. O‘zbekistonning 2024 yilda sayohat qilish uchun eng yaxshi davlatlar ro‘yxatiga

kiritilishi va “World of Statistics” tomonidan bu haqda e’lon qilinishi, xorijiy turistlar soni

ortishi va turizm eksporti hajmining oshishiga xizmat qiladi. Bularning barchasi

mamlakatimizning xalqaro maydonda yanada tanilishiga yordam beradi. Umuman olganda,

O‘zbekistonda turizm sohasining hozirgi holati va rivojlanish tendensiyalari ijobiy natijalarni

ko‘rsatmoqda. Mamlakatimizda turizmni yanada rivojlantirish uchun amalga oshirilayotgan

chora-tadbirlar va kelajakdagi istiqbollar haqidagi tahlillar ushbu sohaning strategik ahamiyatini

tasdiqlaydi. Shuningdek,

“O‘zbekiston – 2030”

strategiyasida nazarda tutilgan turizmni

rivojlantirishga oid vazifalar aholi daromadi oshishi, yangi ish o‘rinlari yaratilishi va xalq

farovonligini ta’minlashga xizmat qiladi.
O‘zbekiston uchun turizm nafaqat iqtisodiy o‘sish manbai, balki siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy

rivojlanishning muhim omilidir. Mamlakatimizda turizmni rivojlantirish orqali xalqaro

maydonda obro‘si oshirilmoqda, diplomatik aloqalar mustahkamlanmoqda va madaniy

almashuvlar faol bo‘lib bormoqda.

Iqtisodiy ahamiyati:

Turizm sohasining rivoji yangi ish o‘rinlarini yaratish, aholining

turmush farovonligini yaxshilash va mahalliy iqtisodiyotni kuchaytirishga katta hissa

qo‘shmoqda. Masalan, 2019 yilda O‘zbekistonda turizmning YaIMdagi ulushi 3,4%ni tashkil

etgan bo'lib, yillik o‘sish sur‘ati 12,3%ni ko'rsatgan.

Siyosiy ahamiyati:

Turizm orqali mamlakatimiz xalqaro hamjamiyat bilan yanada

yaqinlashib, diplomatik aloqalarni rivojlantirmoqda. “Buyuk Ipak yo‘li” kabi xalqaro turizm

loyihalari mamlakatimizni dunyo miqyosida tanitishda muhim rol o‘ynamoqda.

Ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyati:

Turizm sohasining rivoji ijtimoiy infratuzilmani yaxshilash,

ta’lim va madaniyat sohalarini qo‘llab-quvvatlashga yordam bermoqda. Bu esa aholining

turmush darajasini oshirishga, yangi ish o‘rinlarini yaratishga va ijtimoiy barqarorlikni

ta’minlashga xizmat qilmoqda.
O‘zbekistonda turizm sohasining yanada rivojlanishi uchun davlat siyosati, infratuzilma va

xalqaro hamkorlikni kuchaytirish zarur. Bu esa mamlakatni global turizm bozorida yetakchi

o‘rinlarga olib chiqish va xalqaro miqyosda yuksak obro‘ga erishish imkonini beradi. Shu tariqa,

turizm O‘zbekistonning istiqbolli va barqaror rivojlanishida muhim omilga aylanishi mumkin.

Foydalanilgan adabiyotlar:

Amonboyev M., Abidova D.I., Jurayeva N.A. Turizm iqtisodiyoti va menejmenti. O‘quv

qo‘llanma. – T.: “IQTISODIYOT”, 2019. -

https://renessans-edu.uz/files/books/2023-11-16-05-

37-24_b875ded129fb6077674e987c56bcc2a7.pdf

“O‘zbekistonda turizm sohasining rivojlanishi xalq farovonligining yuksalishiga xizmat qiladi”

Iskandar O‘roqboev -

https://www.uzbekistan.org.ua/uz/yangiliklar/7108-o-zbekistonda-turizm-

sohasining-rivojlanishi-xalq-farovonligining-yuksalishiga-xizmat-qiladi.html


background image

INTERNATIONAL JOURNAL OF SCIENTIFIC RESEARCHERS

ISSN: 3030-332X Impact factor: 8,293

Volume 10, issue 2, March 2025

https://wordlyknowledge.uz/index.php/IJSR

worldly knowledge

Index:

google scholar, research gate, research bib, zenodo, open aire.

https://scholar.google.com/scholar?hl=ru&as_sdt=0%2C5&q=wosjournals.com&btnG

https://www.researchgate.net/profile/Worldly-Knowledge

https://journalseeker.researchbib.com/view/issn/3030-332X

229

M.Amonboyev, S.Xalilov. Barqaror turizm rivojlanishi. O‘quv qo‘llanma. – T.: “Innovatsion

rivojlanish nashriyot-matbaa uyi”, 2021

https://renessans-edu.uz/files/books/2023-11-15-04-10-

00_cf808831729f9fabda14cebbc39f63ae.pdf

https://stat.uz/uz/

https://uzbekistan.travel/uz/uzbekistan/

Библиографические ссылки

Amonboyev M., Abidova D.I., Jurayeva N.A. Turizm iqtisodiyoti va menejmenti. O‘quv qo‘llanma. – T.: “IQTISODIYOT”, 2019. - https://renessans-edu.uz/files/books/2023-11-16-05-37-24_b875ded129fb6077674e987c56bcc2a7.pdf

“O‘zbekistonda turizm sohasining rivojlanishi xalq farovonligining yuksalishiga xizmat qiladi” Iskandar O‘roqboev - https://www.uzbekistan.org.ua/uz/yangiliklar/7108-o-zbekistonda-turizm-sohasining-rivojlanishi-xalq-farovonligining-yuksalishiga-xizmat-qiladi.html

M.Amonboyev, S.Xalilov. Barqaror turizm rivojlanishi. O‘quv qo‘llanma. – T.: “Innovatsion rivojlanish nashriyot-matbaa uyi”, 2021 https://renessans-edu.uz/files/books/2023-11-15-04-10-00_cf808831729f9fabda14cebbc39f63ae.pdf