“
Global lingvistika: yangi yondashuvlar va tadqiqotlar”
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
~ 399 ~
XORIJIY TILLARNI O`RGANISHDA CHOG`ISHTIRISH METODINING
AHAMIYATI
Yunusova Marjona
O`zDJTU SHARQ filalogiyasi fakulteti FYAP 2410-guruh talabasi
Annotatsiya:
Bizga ma’lumki, har bir mavzuni yaxshiroq tushunish uchun,
avvalo, atama va terminlarnig izohini ifodalash, tavsiflash lozim. Metod termini
yunonchada:,,metodos’’- bilish yoki tadqiqot yo`li, nazariyasi,ta’limot (voqealikni
amaliy va nazariy egallash), o`zlashtirish, o`rganish, falsafiy bilimlarni yaratish va
asoslash usuli. Hozirgi kunda xorijiy tillarni o`rganishga bo`lgan talabning yuqoriligi
bois, til o`rganish jarayonida zamonaviy lingvodidaktikalarni ishlatish samarali yo`l
deb hisoblanilmoqda. Bularning ichida chog`ishtirish metodining ahamiyati sezilarli
darajada chunki bir til oilasi yoki bir til oilasiga mansub bo`lmagan tillarni
chog`ishtirib o`rganish ikkinchi bir tilni o`rganishga katta imkoniyatlar eshigini ochib
beradi. Nafaqat, bir til,balki, ikki va undan ortiq tillarni o`rganishda ham
chog`ishtirish metodi eng ustuvor yo`nalish deb belgilangan.
Kalit so`zlar:
termin, atama, lingvodidaktika, chog‘ishtirish metodi, til oilalari,
antik davr, kontrastiv metod, metakognitiv, kategoriya, artikl, predlog.
ASOSIY QISM
Chog`ishtirish metodi-filologik hodisalarni tizimli qiyoslashga asos bo`lgan
metod bo`lib, asosan farqlarni ochib berishga qaratilgan metoddir. Shuning uchun
tilshunoslikda boshqacha nom bilan,,kontrastiv metod’’ deb atalgan. Garchi nazariy
asoslari ishlab chiqilgan bo`lmasa-da, antic davrlardan boshlab turli xil filologik
hodisalarni tadqiq qilishga qaratilgan asarlar yaratilgan. Alisher Navoiyning turkiy
tillar muhokamasiga qaratilgan,,Muhokamat-ul lug`atayn,, asari chog`ishtirish
metodining yorqin namunasidir. Navoiy o`zbek tilidagi ayrim tushunchalarni
anglatuvchi yuzta fe’lni o`zi yaxshi bilgan fors tili bilan birga muqoyasa qiladi va
uning mazmunini she’riy misollarda sharhlaydi. Turkiy tildagi ushbu yuzta fe’lning
forsiydagi muqobillarining anglashdagi mohiyati cheklanganligini ko`rsatib beradi.
Navoiy bu haqda,,Muhokamat ul-lug`atayn’’ da shunday yozadi:,,Bu yuz lafzdirki,
g`arib maqosid adosida ta’yin qilibdurlarki, takallum chog`ida kishi anga muhtoj
bo`lur.Ko`pi andoqdurki, also aning mazmunin tafhim qimoq bo`lmas va ba’ziniki,
anglatsa bo`lg`ay, har lafz tafhimi uchun necha lafzni tarkib qilmag`uncha bo`lmas,
ul dag`i arabiy alfoz madadi bila va turk alfozida bu nav’ lafz ko`p topilur. Masalan,
bu mazkur bo`lg`on yuz lafzdin bir nechaga mashg`ullik qilib sobit qilali, to xasm
muqobalada ilzom bo`lsunki, o`zgalarni munga qiyos qilsun’’. Fanda mazkur
metodning nazariy asoslari I.A.Boduen de Kurtune tomonidan XIX asrda kashf
“
Global lingvistika: yangi yondashuvlar va tadqiqotlar”
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
~ 400 ~
etilgan. Ye.D.Polivanov, L.V.Sherba kabi olimlar bu boradagi ishlarini davom
ettirishgan. Chog`ishtirish metodi orqali o`rganuvchilar o`z ona tillari bilan chet
tilidagi grammatik, fonetik va leksik farqlarni anglab, qanday xatolarni ko`proq
qilishlarini oldindan bilishlari mumkin. Bu interferensiy xatolarining oldini olishga
xizmat qiladi. Chog`ishtirish orqali har ikkala tilning grammatik kategoriyalari (fe’l
zamonlari, artikllar, predloglar va h.k.) ancha tushunarli bo`ladi. Ayniqsa ingliz, rus,
fransuz kabi chet tillarini o`rganishda bu metod mantiqiy bog`lanishlarni ko`rsatib
berish uchun foydalidir. Taqqoslash orqali o`quvchi o`z-o`zini kuzatishga va mustaqil
tahlil qilishga o`rganadi. Bu esa metakognitiv ko`nikmalarni rivojlantiradi, ya’ni o`z
o`rganish jarayonini anglash va nazorat qilishga yordam beradi. Ko`p tilli
o`quvchilarda (masalan, o`zbek-rus-ingliz tillarini biladiganlar) uchta tilni bir-biri
bilan taqqoslash orqali har bir tilning o`ziga xos jihatlarini chuqurroq o`rganish
mumkin. Bu tilni faqat yodlab emas, anglab o`rganishga olib keladi.Chog`ishtirish
metodi ayniqsa interferensiyani bartaraf etishda, grammatik tushunchalarni
osonlashtirishda va metakognitiv ko`nikmalarni shakllantirishda muhim rol o‘ynaydi.
Bundan tashqari, bu yondashuv nafaqat til o`rganishda, balki tarjimonlik, tilshunoslik
va zamonaviy sun’iy intellekt tizimlarida ham amaliy ahamiyat kasb etadi.Amaliy
sohalarda chog`ishtirish metodini ishlata olish,uni o`z o`rnida qo`llash chet tillarini
tez o`rganishga imkon beradi.
XULOSA
Shunday qilib, til o`rganish metodikalarida chog`ishtirish metodini zamonaviy
didaktik vositalar bilan uyg`unlashtirib qo`llash, til o`rganish metodik arsenalini
boyitadi va o`quvchilarning chet tillarini yanada samarali va chuqur o`zlashtirishiga
xizmat qiladi. Chog`ishtirish metodi ayniqsa interferensiyani bartaraf etishda,
grammatik
tushunchalarni
osonlashtirishda
va
metakognitiv
ko`nikmalarni
shakllantirishda muhim rol o`ynaydi. Bundan tashqari, bu yondashuv nafaqat til
o`rganishda, balki tarjimonlik, tilshunoslik va zamonaviy sun’iy intellekt tizimlarida
ham amaliy ahamiyat kasb etadi. Bundan tashqari, chog`ishtirish metodi guruhda
jamoaviy fikrlashni rivojlantiradi, a'zolarni o`z fikrlarini ochiq va erkin ifodalashga
undaydi. Bu jarayon innovatsion yondoshuvlarni va yangi perspektivalarni ishlab
chiqishda juda foydalidir.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Corder, S.P. (1967).
The Significance of Learners' Errors
. IRAL –
International Review of Applied Linguistics in Language Teaching.
2.
Lado, R. (1957).
Linguistics Across Cultures: Applied Linguistics for
Language Teachers
. University of Michigan Press.
3.
Ellis, R. (1994).
The Study of Second Language Acquisition
. Oxford
University Press.
“
Global lingvistika: yangi yondashuvlar va tadqiqotlar”
mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
~ 401 ~
4.
Brown, H. D. (2007).
Principles of Language Learning and Teaching
(5th ed.). Pearson Education.
5.
KarimovB.Adabiyotshunoslik
metodologiyasi.-
Toshkent:Muharrir,2011.-B.75
6.
Eshonboboyev A.Qiyosiy-tarixiy metod haqida//O`zbek tili va
adabiyoti.2008.n2.
7.
Поливанов Е.Д.Русскаяграмматика в сопоставлении с узбекиским
язиком.-Ташкент.
