Авторы

  • Сохиба Тошполатова
    Adigey davlat universiteti bilan qo'shma ta'lim dasturlarini muvofiqlashtirish bo'limi

Биография автора

  • Сохиба Тошполатова , Adigey davlat universiteti bilan qo'shma ta'lim dasturlarini muvofiqlashtirish bo'limi
    1-kurs talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.international-scientific.100720

Ключевые слова:

metafora til hodisasi leksik birlik semantika konseptual metafora nutqiy obrazlilik tilshunoslik.

Аннотация

Ushbu maqolada metafora til hodisasi va leksik birlik sifatida tahlil qilinadi.Uning nutqdagi estetik,semantik va ifodaviy funksiyalari o‘rganiladi. SHuningdek,metaforaning konseptual va madaniy asoslari, zamonaviy tilshunoslikdagi yondashuvlar doirasida ko‘rib chiqiladi.


background image

Global lingvistika: yangi yondashuvlar va tadqiqotlar”

mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman

~ 555 ~

METAFORA-TIL VA LEKSIK HODISA SIFATIDA

Toshpo‘latova Sohiba O‘lmas qizi

Adigey davlat universiteti bilan qo'shma ta'lim

dasturlarini muvofiqlashtirish bo'limining 1-kurs talabasi

Toshkent, Uzbekiston

toshpolatovasohiba257@gmail.com


Annotatsiya:

Ushbu maqolada metafora til hodisasi va leksik birlik sifatida

tahlil qilinadi.Uning nutqdagi estetik,semantik va ifodaviy funksiyalari o‘rganiladi.
SHuningdek,metaforaning

konseptual

va

madaniy

asoslari,

zamonaviy

tilshunoslikdagi yondashuvlar doirasida ko‘rib chiqiladi.

Kalit so‘zlar:

metafora,til hodisasi,leksik birlik,semantika, konseptual metafora,

nutqiy obrazlilik, tilshunoslik.


Metafora qadimdan adabiy va lingvistik tadqiqotlarning markazida bo‘lib kelgan

hodisalardan biridir. U faqatgina adabiy san’at vositasi emas,balki inson
tafakkurining,tilning

va

madaniyatning

muhim

ko‘rinishidir.

Zamonaviy

tilshunoslikda metaforaga konseptual asosda yondashish kuchayib bormoqda.
Metafora nafaqat tilning uslubiy xususiyat, balki bu fikrning o‘zidir ya’ni inson
ongida avtomatik tarzda ishlab chiqariladigan fikrlar majmuasidir. Lakoff va
Jonsonning “Biz bilan yashayotgan metafora” (Metaphors We live By) asarida qayd
etilishicha:”Bizning

kundalik

fikrlash

jarayonlarimiz

metaforik

asosda

shakllanadi”[1,b,3]

Metafora – bu biror narsa yoki hodisani boshqa bir narsa orqali tushuntirishga

asoslangan semantik jarayondir. U tilning obrazlilik, ifodaviylik va tushunchaviy
chuqurligini ta’minlovchi asosiy vositalardan biridir. O‘zbek tilshunosligida ham
metafora keng tadqiq etilgan. Jumladan, SH.Rahmatullayev shunday yozadi:”Bir
predmetning nomi boshqa bir predmetga shakliy o‘xshashlik asosida ko‘chiriladi”[
3,b,56]. Metafora leksik birlik sifatida so‘zning ikkilamchi ma’nosini yaratadi, bu esa
til boyligini oshirishga xizmat qiladi. Masalan, “hayot yo‘li”, “ilm nuri” kabi iboralar
metaforik mazmunga ega. Bu kabi birliklar so‘zning to‘g‘ridan-to‘g‘ri emas, balki
ko‘chma ma’noda ishlatilishini ko‘rsatadi. Metafora borliqdagi narsa-hodisa,belgi-
xususiyat,harakat-holat nomlari ma’lum bir asosga ko‘ra boshqa narsa –hodisa,belgi-
xususiyat,harakat-holat nomi sifatida qo‘llaniladi. Bunda bir leksema ma’no
ko‘chishi asosida bir necha predmetlarni nomlab keladi. Omonimdan farqli ravishda
ko‘chimda yangi ma’no hosil qiluvchi so‘zning o‘z va ko‘chma ma’nosi o‘rtasida
muayyan ma’noda bog‘liqlik mavjud bo‘ladi.


background image

Global lingvistika: yangi yondashuvlar va tadqiqotlar”

mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman

~ 556 ~

J.Lakoff va M.Jonson konseptual metafora nazariyasida shuni ta’kidlaydi:

“Metaforalar bizning tajribamiz va dunyo haqidagi bilimlarimiz asosida shakllanadi”
[1,b,5]. Shuningdek, har bir millat tili va madaniyatida metaforalarning o‘ziga xosligi
mavjud. O‘zbek tilidagi “ko‘ngil ko‘zi ochiq” yoki “dil tor” kabi iboralar milliy
tafakkur va madaniyat mahsulidir.

Bugungi kunda metafora psixolingvistika, semantika, kognitiv tilshunoslik

doirasida keng tadqiq etilmoqda. Ayniqsa, uning inson ongida tushunchalarni
shakllantirishdagi roli, bilimlarni kodlashdagi xususiyatlari o‘ziga xos tahlil
obyektiga aylangan. Shu bilan birga, tarjima nazariyasi va tarjimashunoslikda ham
metafora muhim tadqiqot yo‘nalishlaridan biri sifatida qaralmoqda. Xususan,bu
sohada “metaforaning saqlanish qonuni” tushunchasi shakllangan bo‘lib, unga ko‘ra
tarjimada metaforik obraz iloji boricha to‘liq saqlanishi kerak. Aks holda,bu holat
metaforaning semantik mazmuniga,estetik qiymatiga va pragmatik ta’siriga salbiy
ta’sir ko‘rsatadi. V.N.Vovk ta’kidlashicha, asliyat manbasidagi metaforalarning
tushurib qoldirilishi muallif intensiyasini «buzishning jiddiy va juda keng tarqalgan
vositasidir»[ 2,b,127]

Metafora – bu til hodisasi bo‘lishi bilan birga, inson tafakkuri va madaniyatining

ifodaviy vositasidir. Uning leksik va semantik xususiyatlari, konseptual asoslari,
madaniy kontekstdagi roli tilshunoslikdagi dolzarb masalalardan biri bo‘lib
qolmoqda. Uni chuqur o‘rganish til va tafakkur o‘rtasidagi bog‘liqlikni yanada
aniqroq anglashga xizmat qiladi.

Metaforaga bo‘lgan qarashlar turlicha bo‘lishiga qaramay, uning xos

xususiyatlari va tuzilishi haqidagi nazariyalar deyarli o‘xshash. Aristotel “Poetika”
asarida yaxshi metafora yaratish uchun narsalarning o‘zaro o‘xshash tomonini ko‘ra
olish kerak degan edi.

Adabiyotlar sharhi. Aristotelning metafora bu bir narsa-hodisa nomining boshqa

narsa-hodisa nomiga ular o‘rtasidagi o‘xshashlik asosida ko‘chishi deya bergan
ta’rifi, ushbu lingvistik elementning ilk mumtoz ta’rifi deya tan olinadi. Ushbu xulosa
metaforani o‘xshatish san’ati kabi uch qismli tuzilma sifatida o‘rganish imkonini
berdi.

Olam haqidagi bilimlarning lisoniy tus olishida kognitiv mexanizmlarning bir

turi bo‘lgan metaforalar qo‘llanishi kommunikatsiya jarayonida juda muhim
hisoblanadi. Umuman olganda, metaforalar orqali ifodalanadigan tushunchalarni
ko‘pincha idrok etish qiyin, shuning uchun ularni tushunish insonning tashqi dunyo
va turli insonlar bilan aloqasi natijasida olingan butun hayotiy tajribasini konseptual
tizimlashtirishni taqozo etadi. Metaforik birliklar nutqda mavhumroq tushunchalarni
“moddiy”, ya’ni aniqroq tushunchalar orqali ifodalash uchun ishlatiladi.

Mashhur kognitiv lingvistlar J.Lakoff va M.Jonson “Metaphors we live by”

nomli asarlarida metaforizatsiya jarayonini tahlil qila turib, insonni o‘rab turgan


background image

Global lingvistika: yangi yondashuvlar va tadqiqotlar”

mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman

~ 557 ~

olamni anglash jarayoni o‘z tabiatiga ko‘ra metaforik xususiyatga ega bo‘lib,
tajribalarimiz natijasini tushunishda avvalgi tajribalarimizdan olingan ma’lumotlarga
oid tushunchalarni qo‘llash orqali amalga oshadi deb yozishadi.

Tilshunoslikka oid tadqiqotlarda metafora tilda voqelangan eng samarali

kognitiv model sifatida e’tirof etiladi. J.Lakoff va M.Jonson ta’kidlashganidek,
metafora konseptuallashgan obyektning turli xususiyatlarini ochishga yoki
yashirishga xizmat qilib, oddiy tuyulgan metaforalar aslida murakkab va ko‘pxossali,
u turli diskurslarning nafaqat universal, balki milliy jihatlarini ham ochib berishga
xizmat qiladi hamda bu orqali ma’lum tilda so‘zlovchilarning ong va ongostida sodir
bo‘ladigan kognitsiya jarayonlarini yuzaga chiqaradi. [1,b,116]

Xulosa qilib aytganda, yuqoridagi tahlil natijalari shuni ko‘rsatadiki, metafora

ma’lum bir madaniyatning ijtimoiy-madaniy e’tiqodlari va munosabati orqali
shakllanadi. Shu sababdan metafora tarjimasiga kognitiv yondashish metaforalarni
insonlarning tajribalari, munosabati va amaliyotlarini kontseptual ifodalovchi
kognitiv konstruktsiyalar sifatida ko‘rish imkonini beradi.


Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Lakoff, G., & Johnson, M. (1980). Metaphors We Live By. University of

Chicago Press.

2.

Вовк В.Н. Языковая метафора в художественной речи. Природа

вторичной номинации. – Киев: Наукова думка, 1988. –140 с.
3.

Rahmatullayev.Sh.Hozirgi adabiy o‘zbek tili.Toshkent “Universitet”,

2006-476 b.

Библиографические ссылки

Lakoff, G., & Johnson, M. (1980). Metaphors We Live By. University of Chicago Press.

Вовк В.Н. Языковая метафора в художественной речи. Природа

вторичной номинации. – Киев: Наукова думка, 1988. –140 с.

Rahmatullayev.Sh.Hozirgi adabiy o‘zbek tili.Toshkent “Universitet”, 2006-476 b.