International scientific journal
“Interpretation and researches”
Volume 1 issue 10 (56) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2
84
KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH BO‘YICHA FAOLIYATNI
AMALGA OSHIRUVCHI VA UNDA ISHTIROK ETUVCHI ORGANLAR
HAMDA SUBYEKTLAR FAOLIYATINI TARTIBGA SOLISH
MASALALARI
Raxmonov Asadbek Abdulaxat o‘g‘li
Toshkent davlat yuridik universiteti Magistratura va sirtqi ta’lim fakulteti
Korrupsiyaga qarshi kurash va komplayens nazorat mutaxasisligi magistranti
Annotatsiya:
Ushbu maqolada korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha
faoliyatni amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi davlat organlari hamda boshqa
subyektlarning institutsional va huquqiy asoslari tizimli tahlil qilinadi. Korrupsiya —
davlat boshqaruvining izchilligi, iqtisodiy taraqqiyot va fuqarolarning ijtimoiy
adolatga bo‘lgan ishonchiga tahdid soluvchi murakkab ijtimoiy-huquqiy hodisa
sifatida qaralib, unga qarshi kurashishning samarali mexanizmlari davlat siyosatining
ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida baholanadi. Korrupsiyaga qarshi kurashish
bo‘yicha foliyatni amalga oshiruvchi hamda unda ishtirok etuvchi organlar va
subyektlarning vazifalari, funksiyalari hamda vakolatlari tahlil qilinib, ularning
huquqiy maqomi va amaliy roli yoritiladi. Maqola yakunida korrupsiyaga qarshi
kurashuvchi organlar faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha normativ va institutsional
tavsiyalar ilgari suriladi, jumladan, vakolatlarning aniq chegaralanishi, axborot
almashinuvi samaradorligini oshirish, fuqarolik jamiyati nazoratini kuchaytirish va
huquqiy savodxonlikni oshirish bo‘yicha takliflar beriladi.
Kalit so‘zlar:
korrupsiya, halollik vaksinasi, korrupsiyaga qarshi kurashda
ishtirok etuvchi organlar, korrupsiyaga qarshi kurashda ishtirok etuvchi subyektlar,
organlar va subyektlar vakolatlari.
Аннотация:
В данной статье системно анализируются институциональные
и правовые основы деятельности государственных органов и иных субъектов,
осуществляющих и участвующих в борьбе с коррупцией. Коррупция
рассматривается как сложное социально-правовое явление, угрожающее
целостности государственного управления, экономическому развитию и
доверию граждан к социальной справедливости, а эффективные механизмы
противодействия ей признаются одним из приоритетных направлений
государственной политики. В статье анализируются задачи, функции и
полномочия органов и субъектов, осуществляющих и участвующих в
антикоррупционной деятельности, раскрывается их правовой статус и
практическая роль. В заключении статьи выдвигаются нормативные и
институциональные предложения по совершенствованию деятельности
International scientific journal
“Interpretation and researches”
Volume 1 issue 10 (56) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2
85
антикоррупционных органов, в частности: четкое разграничение полномочий,
повышение эффективности информационного обмена, усиление общественного
контроля и повышение правовой грамотности населения.
Ключевые
слова:
Коррупция,
Вакцина
честности,
Органы,
осуществляющие деятельность по борьбе с коррупцией, Субъекты,
участвующие в борьбе с коррупцией, Полномочия органов и субъектов.
Abstract:
This article presents a systematic analysis of the institutional and
legal foundations of the activities of state bodies and other entities involved in the
fight against corruption. Corruption is viewed as a complex socio-legal phenomenon
that poses a threat to the consistency of public administration, economic
development, and citizens' trust in social justice. The development of effective
mechanisms to counter corruption is recognized as one of the priority areas of state
policy. The article examines the responsibilities, functions, and powers of the bodies
and entities responsible for anti-corruption efforts, highlighting their legal status and
practical role. In conclusion, the article puts forward regulatory and institutional
recommendations for improving the effectiveness of anti-corruption agencies,
including clear delineation of powers, enhancing the efficiency of information
exchange, strengthening civil society oversight, and increasing legal awareness
among the population.
Keywords:
Corruption, Integrity vaccine, Anti-corruption enforcement bodies,
Anti-corruption participating entities, Powers and competences of bodies and entities.
Hozirda butun dunyodaga davlatlar taraqqiyotiga salbiy taʼsir koʻrsatayotgan,
barchani tashvishga solayotgan korrupsiya xavfi ortib bormoqda. Korrupsiya –
siyosat va davlat boshqaruvi sohasidagi ijtimoiy xavfli xodisa boʻlib, davlat
funksiyalarini bajarish vakolatiga ega boʻlgan yoki ularga tenglashtirilgan
shaxslarning noqonuniy tarzda moddiy va boshqa boyliklar, imtiyozlarni olishda oʻz
maqomi va u bilan bogʻliq imkoniyatlardan foydalanishi, shuningdek, bu boylik
imtiyozlarni jismoniy yoki yuridik shaxslar qonunga xilof ravishda egallashiga imkon
berishida ifodalanadi
. Taraqqiyotning yangi bosqichida O‘zbekiston uchun
korrupsiyaning har qanday shakldagi ko‘rinishi islohotlar shiddatini va samarasini
susaytirishi mumkin bo‘lgan illat hisoblanadi. Darhaqiqat, Davlatimiz rahbarining
2022-yil 20-dekabrdagi Oliy Majlis va Oʼzbekiston xalqiga murojaatnomasida
“Korrupsiyaga qarshi kurashishda aholining barcha qatlamlari, eng yaxshi
mutaxassislar jalb qilinmas ekan, jamiyatimizning barcha aʼzolari, taʼbir joiz bo‘lsa,
“halollik vaksinasi” bilan emlanmas ekan, o‘z oldimizga qo‘ygan yuksak marralarga
erisha olmaymiz” deb bejizga taʼkidlanmagan. Shu sababli, Yangi O‘zbekistonda
“Inson qadri uchun” tamoyili asosida xalqimizning farovonligini yanada oshirish,
9
https://uza.uz/oz/posts/korrupsiya-jamiyat-rivojiga-xavf-soluvchi-ijtimoiy-xavfli-ho-31-07-2020
International scientific journal
“Interpretation and researches”
Volume 1 issue 10 (56) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2
86
inson huquqlari va manfaatlarini so‘zsiz taʼminlash hamda faol fuqarolik jamiyatini
shakllantirishga qaratilgan islohotlar doirasida barcha sohalarda korrupsiyaga qarshi
murosasiz kurashish muhitini shakllantirish talab etiladi
O‘zbekiston Respublikasining 03.01.2017 yildagi “Korrupsiyaga qarshi
kurashish to‘g‘risida”gi O‘RQ-419-son qonuni qabul qilingan bo‘lib, mazkur
qonunda aynan “korrupsiya” so‘ziga quyidagicha huquqiy ta’rif berib o‘tilgan:
“korrupsiya” — shaxsning o‘z mansab yoki xizmat mavqeyidan shaxsiy
manfaatlarini yoxud o‘zga shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab moddiy yoki nomoddiy
naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi, xuddi shuningdek bunday
nafni qonunga xilof ravishda taqdim etish
dir.
Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi organlar –
bu davlat hokimiyati va boshqaruvi tizimida alohida vakolatga ega bo‘lgan va
bevosita korrupsiyaga qarshi kurashish funksiyasini bajaruvchi institutsiyalar
hisoblanib, ular bevosita davlat siyosatini shakllantiruvchi va uni amalga oshiruvchi,
nazorat qiluvchi hamda korrupsiyaviy jinoyatlarga qarshi chora-tadbirlar ko‘ruvchi
maxsus vakolatli davlat organlaridir. Ularning faoliyatini tartibga solish esa bu
organlar o‘rtasida funksional taqsimot, vakolatlar doiralari, o‘zaro hamkorlik tartibi
va taomili, hisobdorlik, shaffoflik va javobgarlik mexanizmlarini belgilovchi
me’yoriy-huquqiy tizim tushuniladi. Mazkur tartibga solishning asosiy maqsadi – bu
korrupsiyaga
qarshi
kurashishda
institutsional
muvofiqlikni
ta’minlash,
vakolatlarning takrorlanishini oldini olish, subyektlarning mas’uliyatini kuchaytirish,
ularning faoliyatida samaradorlik va hisobdorlikni mustahkamlash va ta’minlashdan
iboratdir. Ularning asosiy vazifalari quyidagilarda namoyon bo‘ladi:
Davlat korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha davlat siyosatini ishlab chiqish va
korrupsiyaga qarshi strategiyalarni amalga oshirish;
Korrupsiyaviy jinoyatlarni oldini olish, ularni aniqlash va tergov qilish;
Normativ-huquqiy hujjatlarni korrupsiyaviy-huquqiy tahlil qilish (ekspertiza
bilan bog‘liq harakatlar);
Davlat xizmatchilari ustidan korrupsion holatlar mavjud yoki mavjud emasligi
yuzasidan xizmat tekshiruvlarini o‘tkazish;
Moliya va byudjet nazoratiga oid tadbirlarni amalga oshirish;
Jamoatchilikka axborot berish va davlatning ochiqlikni siyosatini ta’minlashdan
iboratdir.
O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi
Qonunning 7-moddasiga ko‘ra, Bosh prokuratura, Davlat xavfsizlik xizmati, Adliya
vazirligi, Adliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, shuningdek, O‘zbekiston
10
https://cbu.uz/uz/anti-corruption/
11
O‘zbekiston Respublikasining 03.01.2017 yildagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘RQ-419-son
qonuni https://lex.uz/docs/-3088008
International scientific journal
“Interpretation and researches”
Volume 1 issue 10 (56) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2
87
Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish
departamenti korrupsiyaga qarshi kurashda bevosita ishtirok etuvchi asosiy davlat
organlari sifatida belgilab qo‘yilgan. Mazkur organlar tarkibiga korrupsiyaga qarshi
kurashish bo‘yicha ixtisoslashgan bo‘linmalar kiradi. Ishtirokchi subyektlar esa
korrupsiyaga qarshi kurashishda bevosita yoki bilvosita ishtirok etadigan, qonuniy
vakolatlarga ega yoki fuqarolik faolligi, nazorati, tahliliy faoliyati orqali tizimga
ta’sir ko‘rsatadigan nodavlat yoki yarim davlat tuzilmalaridir. Bularga Fuqarolik
jamiyati institutlari(nodavlat notijorat tashkilotlari, kasaba uyushmalari), ommaviy
axborot vositalari, tadbirkorlik subyektlari, fuqarolar vo hokazolar.
O‘zbekiston Respublikasi “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonuni
8
1
-moddasiga asosan, Agentlik o‘z vakolatlari doirasida: korrupsiyaning oldini olish
va unga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatini shakllantiradi va amalga
oshiradi, har yili O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish
to‘g‘risida milliy ma’ruza tayyorlaydi hamda uni ko‘rib chiqish uchun O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentiga va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga
kiritadi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining va
Senatining korrupsiyaga qarshi kurashishga daxldor bo‘lgan qo‘mitalari,
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining tegishli qo‘mitasi, xalq
deputatlari viloyatlar hamda Toshkent shahar, tuman va shahar Kengashlarining
korrupsiyaga qarshi kurashish komissiyalari bilan hamkorlik qiladi, korrupsiyaga oid
jinoyatlarni, birinchi navbatda O‘zbekiston Respublikasining milliy manfaatlariga va
xalqaro obro‘siga putur yetkazadigan korrupsiyaga oid jinoyatlarni tergov qilish
natijalarini kompleks tahlil qiladi, uning yakunlari to‘g‘risida O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentiga va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga
axborot beradi.
Shu bilan birga, Agentlik korrupsiyaga oid jinoyatlar tufayli jamiyat va davlat
manfaatlariga yetkazilgan zararning o‘rni to‘liq qoplanishiga erishilishi ustidan
nazoratni amalga oshiradi, normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalarining
korrupsiyaga qarshi ekspertizasini o‘tkazish tizimi samaradorligini tahlil qiladi, ushbu
tizimni takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritadi, fuqarolik jamiyati institutlari
bilan birgalikda korrupsiyaning darajasini, shu jumladan hududlar, iqtisodiyot
tarmoqlari va boshqa sohalar kesimidagi darajasini baholovchi Korrupsiyani idrok
etish milliy indeksini tuzishni tashkil etadi.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi korrupsiyaga qarshi kurashish
bo‘yicha quyidagi vakolatlarga ega: korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat
dasturlarini va boshqa dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok
etadi, korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonunchilikning aniq va bir xilda
ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi, korrupsiyaga qarshi kurashish
sohasidagi tezkor-qidiruv faoliyatini, tergovga qadar tekshiruvni, surishtiruvni,
International scientific journal
“Interpretation and researches”
Volume 1 issue 10 (56) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2
88
dastlabki tergovni amalga oshiruvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiradi,
korrupsiya bilan bog‘liq jinoyatlar bo‘yicha dastlabki tergovni amalga oshiradi,
korrupsiyaning holati va korrupsiyaga qarshi kurashish natijalari to‘g‘risidagi
axborotni yig‘ish hamda tahlil qilishni amalga oshiradi, jismoniy va yuridik
shaxslarning korrupsiya faktlariga doir murojaatlarini ko‘rib chiqadi hamda ularning
buzilgan huquqlarini tiklash va qonuniy manfaatlarini himoya qilish choralarini
ko‘radi, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi qonun ijodkorligi faoliyatida, shu
jumladan qonunchilik tashabbusi huquqini amalga oshirishda va aholi o‘rtasida
jamiyatda huquqiy ongni, huquqiy madaniyatni yuksaltirishga va qonuniylikni
mustahkamlashga qaratilgan huquqiy targ‘ibotga doir faoliyatda ishtirok etadi,
korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning o‘z vaqtida oldi olinishini, aniqlanishini va
ularga chek qo‘yilishini ta’minlashga, ularning oqibatlarini, shuningdek ularga imkon
beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etishga doir tadbirlarni ishlab chiqadi
hamda amalga oshiradi, korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni amalga
oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi boshqa organlar hamda tashkilotlar bilan
hamkorlik qiladi hamda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikni
amalga oshiradi.
Davlat xavfsizlik xizmatining korrupsiyaga qarshi kurash sohasidagi vakolatlari
boshqa organlar kabi “Korrupsiyaga qarshi kurash to‘g‘risida”gi qonun da
belgilangan va boshqa vakolatli organlar bilan deyarli bir xil. Uning o‘ziga xos jihati
shuki, korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha davlat dasturlarini va boshqa
dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi hamda korrupsiyaning
holati va unga qarshi kurashish natijalari to‘g‘risidagi axborotni yig‘adi, tahlil qiladi,
shuningdek, milliy xavfsizlik uchun tahdidlarni baholashni amalga oshirib, tegishli
davlat organlariga zarur bo‘lgan axborotni taqdim qiladi. Shuningdek, Davlat
xavfsizlik xizmati davlat organlari hamda boshqa tashkilotlarda davlat manfaatlariga
va xavfsizligiga tahdid soluvchi korrupsiyaviy holatlar, huquqbuzarliklarga qarshi
kurashadi, jismoniy va yuridik shaxslarning qilgan korrupsiyaviy huquqbuzarliklarga
oid faktlar asosida qilgan murojaatlarini ko‘rib chiqadi va ularning buzilgan
huquqlarini, erkinliklarini tiklash va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga doir zarur
choralarni ko‘radi hamda korrupsiyaga qarshi kurash faoliyatini amalga oshiruvchi va
unda ishtirok etuvchi davlat organlari va boshqa subyektlar bilan o‘zaro hamkorlikni
amalga oshiradi.
Ichki ishlar vazirligi korrupsiyaga qarshi kurash sohasida aholi o‘rtasida
jamiyatda huquqiy ongni, huquqiy madaniyatni yuksaltirishga va qonuniylikni
mustahkamlashga qaratilgan huquqiy targ‘ibotga doir faoliyatda ishtirok etadi,
korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi statistika ma’lumotlarining hisobi
12
O‘zbekiston Respublikasining 03.01.2017 yildagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘RQ-419-son
Qonuni // https://lex.uz/docs/-3088008
International scientific journal
“Interpretation and researches”
Volume 1 issue 10 (56) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2
89
yuritilishini va tahlil qilinishini ta’minlaydi, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning
o‘z vaqtida oldi olinishini, aniqlanishini va ularga chek qo‘yilishini ta’minlashga,
ularning oqibatlarini, shuningdek ularga imkon beruvchi sabablar va shart-
sharoitlarni bartaraf etishga doir tadbirlarni ishlab chiqadi hamda amalga oshiradi
hamda boshqa vakolatli organlar kabi korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha
faoliyatni amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi boshqa organlar hamda
tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi.
Ichki ishlar vazirligi korrupsiyaga qarshi
profilaktik chora-tadbirlar, xususan, xizmat intizomini kuchaytirish, shaxsiy tarkibni
halollikka o‘rgatish va fuqarolarning murojaatlarini ko‘rib chiqish samaradorligini
oshirish orqali ichki tizimdagi shaffoflikni ta’minlashga intilmoqda. Shuningdek,
jinoyat turlari bo‘yicha ma’lumotlar bazasini yuritish, korrupsion jinoyatlarga oid
statistikani yuritish, fuqarolar ishonchini tiklash borasida ham faol ish olib
borilmoqda.
Adliya vazirligining korrupsiyaga qarshi kurash sohasidagi vakolatlari
“Korrupsiyaga qarshi kurash to‘g‘risida”gi qonunning 12-moddasida belgilab
qo‘yilgan. Unga asosan, Adliya vazirligi korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi
davlat dasturlarini va boshqa dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda
hamda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi qonun ijodkorligi faoliyatida
ishtirok etadi, aholi o‘rtasida jamiyatda huquqiy ongni, huquqiy madaniyatni
yuksaltirishga va qonuniylikni mustahkamlashga qaratilgan huquqiy targ‘ibotga doir
faoliyatni amalga oshiradi hamda muvofiqlashtiradi.
Bundan tashqari, Adliya vazirligi ta’lim muassasalarida korrupsiyaga qarshi
kurashish sohasida huquqiy ta’lim va tarbiyaga doir chora-tadbirlarni amalga
oshirishda ishtirok etadi, normativ-huquqiy hujjatlardagi hamda ularning
loyihalaridagi korrupsiya uchun shart-sharoitlar yaratadigan qoidalar va normalarni
aniqlash maqsadida ushbu hujjatlar va loyihalarning tahlilini amalga oshiradi,
korrupsiyaga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish bo‘yicha
tegishli choralar ko‘radi, korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni amalga
oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi boshqa organlar hamda tashkilotlar bilan
hamkorlik qiladi va albatta korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida xalqaro
hamkorlikni ham amalga oshiradi.
“Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonunga asosan, O‘zbekiston
Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish
departamenti korrupsiyaga qarshi kurash sohasida: korrupsiyaga qarshi kurashish
sohasidagi davlat dasturlarini va boshqa dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga
oshirishda ishtirok etadi, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish bilan
13
O‘zbekiston Respublikasining 03.01.2017 yildagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘RQ-419-son
Qonuni // https://lex.uz/docs/-3088008
14
O‘zbekiston Respublikasining 03.01.2017 yildagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘RQ-419-son
Qonuni // https://lex.uz/docs/-3088008
International scientific journal
“Interpretation and researches”
Volume 1 issue 10 (56) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2
90
bog‘liq jinoyatlar, iqtisodiy va korrupsiya bilan bog‘liq boshqa jinoyatlar bo‘yicha
tezkor-qidiruv faoliyatini, tergovga qadar tekshiruvni, surishtiruvni va dastlabki
tergovni amalga oshiradi. Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi
kurashish departamentining boshqa davlat organlaridan farq qiladigan vakolati shuki,
u jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishning ehtimol tutilgan yo‘llari
va mexanizmlarini aniqlash uchun pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan
bog‘liq operatsiyalarning monitoringini tashkil etadi hamda o‘tkazadi, jinoiy ta’qib
etishni tashkil qilish va huquqiy ta’sir ko‘rsatishning boshqa choralarini ko‘rish
uchun tegishli davlat organlarini korrupsiyaga oid aniqlangan huquqbuzarliklar
to‘g‘risida o‘z vaqtida xabardor qiladi. Shuningdek, departament korrupsiyaga oid
huquqbuzarliklarning o‘z vaqtida oldi olinishini, aniqlanishini va ularga chek
qo‘yilishini ta’minlashga, ularning oqibatlarini, shuningdek ularga imkon beruvchi
sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etishga doir tadbirlarni ishlab chiqadi hamda
amalga oshiradi, korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi
va unda ishtirok etuvchi boshqa organlar hamda tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi
hamda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikni amalga
oshiradi.
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va
fuqarolar, ommaviy axborot vositalarining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida:
korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat dasturlarini va boshqa dasturlarni
ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etishi, aholining huquqiy ongi va
huquqiy madaniyatini yuksaltirishda, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz
munosabatni shakllantirishda ishtirok etishi, korrupsiyaga qarshi kurashish
to‘g‘risidagi qonunchilikning ijro etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga
oshirishi, korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonunchilikni takomillashtirish
yuzasidan takliflar kiritishi, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida davlat organlari
va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik qilishi mumkin.
Fransiya.
Fransiyada korrupsiyaga qarshi kurashish milliy xavfsizlik, iqtisodiy
barqarorlik va jamiyatga bo‘lgan ishonchni ta’minlashning ustuvor yo‘nalishi sifatida
e’tirof etilgan. Bu boradagi faoliyat bir nechta mustaqil organlar va qonunchilik
asosida olib boriladi. Asosiy e’tibor manfaatlar to‘qnashuvini bartaraf etish, ochiqlik
va shaffoflikni ta’minlash, davlat va xususiy sektor faoliyatini korrupsiyaga qarshi
compliance tizimi orqali nazorat qilishga qaratilgan.
Haute Autorité pour la
transparence de la vie publique (HATVP)
– 2013-yil 11-oktabrdagi 2013-907-sonli
qonunga muvofiq tashkil etilgan mustaqil konstitutsiyaviy organ bo‘lib, davlat
xizmatchilari, parlament a’zolari va yuqori lavozimli shaxslarning moliyaviy
manfaatlari va faoliyatining shaffofligini ta’minlashga mas’ul hisoblanadi. Ushbu
15
O‘zbekiston Respublikasining 03.01.2017 yildagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘RQ-419-son
Qonuni // https://lex.uz/docs/-3088008
International scientific journal
“Interpretation and researches”
Volume 1 issue 10 (56) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2
91
organ quyidagi vakolatlarga ega: Mol-mulk va manfaatlar deklaratsiyalarini qabul
qilish, tahlil qilish va nashr etish, manfaatlar to‘qnashuvini aniqlash va oldini olish,
e’tika va shaffoflik standartlariga rioya etilishi ustidan nazorat o‘rnatish,
korrupsiyaga qarshi profilaktik choralarni taklif qilish.
Agence Française Anticorruption (AFA)
– bu 2016-yil 9-dekabrdagi mashhur
Sapin II qonuni asosida tashkil etilgan profilaktik organ bo‘lib, u korrupsiyani
aniqlash emas, balki uni oldini olishga qaratilgan. AFA davlat va yirik xususiy
kompaniyalar uchun majburiy bo‘lgan korrupsiyaga qarshi siyosatni ishlab chiqish va
amalga oshirish ustidan nazoratni amalga oshiradi. Asosiy vazifalari quyidagilardan
iborat: Korrupsiyani oldini olish siyosatlarini baholash va monitoring qilish,
korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tizimlarini tekshirish, tavsiyalar va metodologiyalar
ishlab chiqish, tahliliy ma’lumotlar asosida strategiyalar ishlab chiqish. Sapin II
qonuni Fransiyada yirik korxonalarni (50 mln yevrodan ortiq aylanma va 500+
xodim) compliance dasturlarini joriy qilishga majbur etgan.
Parquet
National
Financier
(PNF)
– 2014-yilda tashkil etilgan
ixtisoslashtirilgan prokuratura bo‘lib, u yirik moliyaviy jinoyatlar, korrupsiya,
poraxo‘rlik va davlat mablag‘larini talon-taroj qilish holatlarini tergov qilish va jinoiy
javobgarlikka tortish bilan shug‘ullanadi. PNF faoliyati moliyaviy tergovlar uchun
kuchli mutaxassislar jamoasini birlashtirgan va xalqaro darajadagi jinoyat ishlarini
ham ko‘rib chiqadi.
Shuningdek, Fransiyada korrupsiyaga qarshi kurash faqat davlat organlari bilan
cheklanmaydi.
Anticor
kabi fuqarolik jamiyati tashkilotlari ham faol qatnashib,
korrupsiya holatlarini jamoatchilikka oshkor qiladi va sudlarga murojaat qiladi. Ular
jurnalistlar, huquqshunoslar va fuqarolarni birlashtirgan mustaqil monitoring va
monitoring platformalari orqali faoliyat yuritadi.
Yaponiya.
Yaponiya dunyoning iqtisodiy jihatdan eng rivojlangan davlatlaridan
biri bo‘lib, bu mamlakatda davlat boshqaruvi, biznes va fuqarolik jamiyati o‘rtasida
shakllangan
kuchli
institutsional
aloqalar
korrupsiyaga
qarshi
barqaror
mexanizmlarni yuzaga keltirgan. Mamlakat korrupsiyaga nisbatan «oldini olish –
axloq – javobgarlik» tamoyillariga asoslangan tizimni ishlab chiqqan. Bu tizim
qonunchilik, mustaqil nazorat organlari va axloqiy normalar orqali tartibga solinadi.
Yaponiya korrupsiyaga qarshi kurashda davlat xizmatchilarining xatti-harakatlarini
tartibga solishni ustuvor deb biladi. 1999-yil 1-mayda kuchga kirgan
“National
Public Service Ethics Act”
davlat xizmatchilarining manfaatlar to‘qnashuvi, sovg‘a
16
Loin
2013-907
du
11
octobre
2013
relative
à
la
transparence
de
la
vie
publique.
https://www.legifrance.gouv.fr/loda/id/JORFTEXT000027009312.
17
Loin 2016-1691 du 9 décembre 2016 relative à la transparence, à la lutte contre la corruption et à la modernisation de
la vie économique. URL: https://www.legifrance.gouv.fr/jorf/id/JORFTEXT000033558528
18
Site officiel de l'association Anticor. URL: https://www.anticor.org
19
Décret
n°
2013-730
du
13
août
2013
au
parquet
national
financier.
URL:
https://www.legifrance.gouv.fr/jorf/id/JORFTEXT000027879244
International scientific journal
“Interpretation and researches”
Volume 1 issue 10 (56) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2
92
olish va xususiy sektor bilan munosabatlari kabi holatlarni qat’iy tartibga solgan.
Ushbu qonunga binoan, davlat xizmatchilari: Ishbilarmonlik aloqalar doirasida qabul
qilingan har qanday sovg‘a yoki mehmondorchilik bilan bog‘liq holatlarni darhol
axloqiy nazoratchiga (Ethics Officer) ma’lum qilishi lozim, shaxsiy manfaatga ega
bo‘lgan tashkilotlar bilan xizmat doirasida aloqaga kirishishi mumkin emas, har yili
moliyaviy ahvoli haqida deklaratsiya topshirishi shart. Shu bilan birga, har bir
vazirlik va agentlikda etik nazorat bo‘yicha mas’ul ofitser tayinlanadi va etik
buzilishlar aniqlansa, intizomiy choralar ko‘riladi.
Yaponiya qonunchiligiga ko‘ra, poraxo‘rlik va boshqa korrupsion jinoyatlar
bo‘yicha tergov va jinoiy javobgarlikka tortish vakolati
Bosh Prokuratura (Public
Prosecutors Office)
hamda
Milliy Politsiya Agentligi (National Police Agency)
zimmasiga yuklangan. Yaponiyada yuqori martabali siyosatchilar yoki byurokratlar
korrupsion jinoyatlarda gumon qilinsa, mustaqil tergov komissiyalari tuziladi.
Yaponiya Adolatli Savdo Komissiyasi (JFTC)
davlat xaridlarida adolatsizlik, bid
rigging (tender kelishuvlari) va monopoliyaga qarshi kurashish sohasida faoliyat
yuritadi. Garchi to‘g‘ridan-to‘g‘ri poraxo‘rlikni tergov qilmasa-da, u korrupsion
risklarni keltirib chiqaruvchi nohaq iqtisodiy amaliyotlarga qarshi jazo choralarini
qo‘llaydi. Komissiya kartel tashkil etgan kompaniyalarga nisbatan yirik jarimalar
belgilaydi. Masalan: 2017-yilda JFTC avtomobil qismlari bo‘yicha kartelga aloqador
8 kompaniyaga 12 milliard yen jarima tayinlagan.
Xulosa o‘rnida aytishimiz joizki, O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga
qarshi kurashish sohasi davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, bu
yo‘nalishdagi tashkiliy-huquqiy asoslar izchil rivojlantirilmoqda. Mamlakatda
korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini amalga oshiruvchi maxsus organlar —
jumladan, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Bosh prokuratura, Ichki ishlar
vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati va Adliya vazirligining o‘zaro muvofiqlashtirilgan
faoliyati orqali korrupsion xavf-xatarlar oldi olinmoqda. Shu bilan birga, fuqarolik
jamiyati institutlari, OAV, ilmiy muassasalar va oddiy fuqarolar ishtirokida
korrupsiyaga qarshi ijtimoiy muhit shakllanmoqda. Korrupsiyaga qarshi kurashish
bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi organlar hamda
subyektlar faoliyatini tartibga solish yuzasidan quyidagi takliflarni ilgari surish
maqsadga muvofiqdir.
Birinchidan,
normativ-huquqiy asoslarni takomillashtirish bo‘yicha takliflar:
“Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonunga maxsus band sifatida
faoliyatni muvofiqlashtirish va subyektlararo hamkorlik mexanizmlarini aniq
belgilovchi modda kiritilishi lozim;
20
National Public Service Ethics Act, 1999, Law No. 129. https://www.japaneselawtranslation.go.jp/laws/view/104.
21
JFTC Annual Report 2023. URL: https://www.jftc.go.jp/en/.
International scientific journal
“Interpretation and researches”
Volume 1 issue 10 (56) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2
93
“Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida”gi Qonunga jurnalistik surishtiruvlar
asosida rasmiy organlarning javob berish majburiyatini belgilovchi normalar
qo‘shilishi kerak;
“Davlat organlarining jamoatchilik bilan aloqalari to‘g‘risida”gi alohida qonun
loyihasi ishlab chiqilishi zarur.
Ikkinchidan,
ishtirokchi subyektlar faoliyatini rag‘batlantirish bo‘yicha taklif:
Jurnalistlar, fuqarolar va NNTlar tomonidan aniqlangan korrupsiya holatlari uchun
huquqiy himoya va moddiy rag‘bat tizimini joriy etish.
Uchinchidan,
xalqaro hamkorlikni kuchaytirish bo‘yicha takliflar:
GRECO va OECD bilan hamkorlik doirasida xalqaro tajriba asosida intellektual
tahdid tahlili va risk xaritalarini yaratish;
BMTning Korrupsiyaga qarshi konvensiyasi asosida har yili bajarilgan ishlar
yuzasidan hisobotlarini jamoatchilikka ochiq e’lon qilish amaliyotini yo‘lga qo‘yish.
Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi va unda
ishtirok etuvchi organlar hamda subyektlar o‘rtasidagi hamkorlik korrupsiyaning
ildizini yo‘q qilishda muhim omildir. Ushbu tizimda davlat organlarining vakolatlari,
subyektlarning ijtimoiy faolligi va huquqiy asoslar uyg‘unligi muhim sanaladi.
Amaldagi qonunchilikda muvofiqlashtirish mexanizmlarining kuchaytirilishi,
ochiqlik va jamoatchilik nazorati printsiplariga asoslangan yondashuvlar ustuvor
ahamiyat kasb etadi. Korrupsiyaga qarshi kurashda jamoatchilik va OAVning
ishtiroki samarali ijtimoiy bosimni ta’minlaydi. Tizimning samaradorligi
institutlararo axborot almashinuvi, profilaktika va xolis baholashga tayanadi.
Ishtirokchi subyektlarning salohiyatini huquqiy jihatdan rag‘batlantirish muhim
vazifa bo‘lib qolmoqda. Yagona yondashuv orqali korrupsiyaviy xatarlarni
kamaytirish, fuqarolar ishonchini mustahkamlashga erishiladi. Shu bois, institutsional
va normativ islohotlar izchil davom ettirilishi lozim.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
I. Normativ-huquqiy hujjatlar:
1.1. O‘zbekiston Respublikasining 03.01.2017 yildagi “Korrupsiyaga qarshi
kurashish to‘g‘risida”gi O‘RQ-419-son qonuni https://lex.uz/docs/-3088008.
II. Internet manbaalari:
2.1.
https://uza.uz/oz/posts/korrupsiya-jamiyat-rivojiga-xavf-soluvchi-ijtimoiy-
2.2.
https://cbu.uz/uz/anti-corruption/
2.3.
https://direct.mit.edu/daed/article/147/3/202/27206/Combating-Corruption-
2.4. Loi n° 2013-907 du 11 octobre 2013 relative à la transparence de la vie
publique.URL:https://www.legifrance.gouv.fr/loda/id/JORFTEXT000027009312.
International scientific journal
“Interpretation and researches”
Volume 1 issue 10 (56) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2
94
2.5. Loi n° 2016-1691 du 9 décembre 2016 relative à la transparence, à la lutte
contre la corruption et à la modernisation de la vie économique. URL:
https://www.legifrance.gouv.fr/jorf/id/JORFTEXT000033558528
2.6. Site officiel de l'association Anticor. URL:
2.7.Décret n° 2013730 du 13 août 2013 au parquet national financier. URL:
https://www.legifrance.gouv.fr/jorf/id/JORFTEXT00002787924.
2.8.
National
Public
Service
Ethics
Act,
1999,
Law
No.
129.
URL:https://www.japaneselawtranslation.go.jp/laws/view/104.
2.9. JFTC Annual Report 2023. URL:
