Авторы

  • Машхура Бурханова
    Namangan davlat universiteti

Биография автора

  • Машхура Бурханова, Namangan davlat universiteti
    o‘qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.international-scientific.120747

Аннотация

Ushbu maqolada Fargʼona vodiysida temiryoʼllar qurilishini oʼlka xalqlarining siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy hayotidagi oʼzgarishlar xususida toʼxtalib oʼtilgan. Unda muallif asosiy etiborni Temiryoʼl oʼtgan hududlarda yangi shaharlar va aholi punktlarining paydo boʼlishi, ilgaridan aholi yashagan hududlarda iqtisodiy-ijtimoiy va siyosiy hayotning jonlanishi, yangi yerlarning oʼzlashtirilishiga qaratgan.


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 1 issue 10 (56) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

113

FАRGʼONА VODIYSIDА TEMIR YOʼLLАR QURILISHINI OʼLKА

XАLQLАRINING SIYOSIY, IQTISODIY VА IJTIMOIY XАYOTIDАGI

OʼZGАRISHLАR

Mashxura Burxanova

Namangan davlat universiteti o‘qituvchisi


Annotatsiya:

Ushbu maqolada Fargʼona vodiysida temiryoʼllar qurilishini oʼlka

xalqlarining siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy hayotidagi oʼzgarishlar xususida toʼxtalib
oʼtilgan. Unda muallif asosiy etiborni Temiryoʼl oʼtgan hududlarda yangi shaharlar
va aholi punktlarining paydo boʼlishi, ilgaridan aholi yashagan hududlarda iqtisodiy-
ijtimoiy va siyosiy hayotning jonlanishi, yangi yerlarning oʼzlashtirilishiga qaratgan.

Kalit so‘z va iboralar:

Iqtisodiy-ijtimoiy va siyosiy hayot, aholining ijtimoiy

tarkibi, savdo aloqalari, rus aholisi, mahalliy aholi, qish loq xoʼjalik mahsulotlari

ИЗМЕНЕНИЯ В ПОЛИТИЧЕСКОЙ, ЭКОНОМИЧЕСКОЙ И

СОЦИАЛЬНОЙ ЖИЗНИ НАРОДА СТРАНЫ В СВЯЗИ СО

СТРОИТЕЛЬСТВОМ ЖЕЛЕЗНЫХ ДОРОГ В ФЕРГАНСКОЙ ДОЛИНЕ

Машхура Бурханова

Преподаватель Наманганского государственного университета

mashhura1983@mail.ru


Аннотация:

В статье рассматривается строительство железных дорог в

Ферганской долине с точки зрения изменений в политической, экономической
и общественной жизни народов региона. Автор акцентирует внимание на
появлении новых городов и поселений на территориях, где проходила железная
дорога, возрождении экономической, общественной и социалной жизни на
ранее заселенных территориях, освоении новых земель.

Ключевые слова и фразы:

Экономическая, общественная и культурная

жизнь, социальная структура населения, торговые связи, русское население,
местное население, зимние сельскохозяйственные продукты

CHANGES IN THE POLITICAL, ECONOMIC AND SOCIAL LIFE OF THE

PEOPLE OF THE COUNTRY IN CONNECTION WITH THE

CONSTRUCTION OF RAILWAYS IN THE FERGANA VALLEY

Mashkhura Burkhanova

Teacher of Namangan State University

mashhura1983@mail.ru


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 1 issue 10 (56) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

114


Annotation:

The article examines the construction of railways in the Ferghana

Valley from the point of view of changes in the political, economic and social life of
the peoples of the region. The author focuses on the emergence of new cities and
settlements in the territories where the railway passed, the revival of economic, social
and cultural life in previously inhabited territories, and the development of new lands.

Key words and phrases:

Economic, social and cultural life, social structure of

the population, trade relations, Russian population, local population, winter
agricultural products


XIX asrning so‘nggi choragi – XX asr boshlarida Turkiston o‘lkasida dastlabki

temiryollarning qurilishi o‘lka xalqlarining siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy hayotida
muhim o‘zgarishlarning bujudga kelishiga sabab bo‘ldi. 1881–1899 yillarda Kaspiy
dengizi qirg‘oqlaridan Тоshkentgacha bo‘lgan masofada barpo etilgan, o‘lkadagi ilk
temiryollar tarmog‘i hisoblangan O‘rta Osiyo temiryo‘li, 1901–1906 yillarda qurilgan
Toshkent-Orenburg, 1899–1902 yillarda bunyod etilgan Qoqon-Andijon temiryo‘llari
Rossiya imperiyasining siyosiy, harbiystrategik va iqtisodiy manfaatlarini
mustahkamlash bilan bir qatorda, o‘lka iqtisodiyotida qator o‘zgarishlar ro‘y
berishiga turtki bo‘ldi. Qolaversa, temiryo‘llarning qurilishi o‘lka xalqlarining
ijtimoiy hayotiga ham muayyan darajada ta’sir ko‘rsatdi. Temiryo‘l o‘tgan
hududlarda yangi shaharlar aholi punktlarining paydo bo‘lishi, ilgaridan aholi
yashagan hududlarda iqtisodiy-ijtimoiy va madaniy hayotning jonlanishi, yangi
yerlarning o‘zlashtirilishi shular jumlasidandir. Shuningdek Rossiya imperiyasining
markaziy rayonlaridan ko‘chib kelgan aholi soni oshib borganligi tufayli temiryo‘l
o‘tgan hududlarda aholining ijtimoiy tarkibi o‘zgarishi temiryo‘l qurilishining eng
muhim natijalaridan biri hisoblanadi. XIX asrning oxiri – XX аsr boshlarida
Turkistonga Rossiya guberniyalaridan ko‘chib kelgan aholi bilan mahalliy xalqlar
o‘rtasida etnomadaniy aloqalar vujudga kelishi mahalliy aholini maishiy va madaniy
hayoti hamda kundalik turmushida qator o‘zgarishlarning yuzaga kelishiga sabab
bo‘ldi. [8, 102-103]. Xususan, bu davrda Turkiston iqtisodiyotida etakchi tarmoq
bo‘lgan dehqonchilikda qator o‘zgarishlar vujudga kelganliginin kuzatish mumkin
edi. Ма’lumki, Rossiya imperiyasi Turkiston o‘lkasini zabt etishdan ilgariyoq uning
dehqonchilik uchun qulay hududlaridan biri bo‘lgan Farg‘ona vodiysiga alohida
ahamiyat qaratgan edi. Bundan tashqari, Farg‘ona vodiysi temiryo‘llar vositasida
o‘lkaning muhim shaharlari bilan bir qatorda Rossiya imperiyasi hududi markazi
bilan bevosita bog‘langan edi. Bu esa vodiyda etishtiriladigan paxta va boshqa
qishloq xo‘jalik mahsulotlarining qisqa masofada imperiya markaziga etkazib
borilishiga imkon yaratgan. Shu sababli dehqonchilik bilan bog‘liq ko‘pgina
tajribalar aynan Qo‘qon xonligi o‘rnida tashkil Farg‘ona viloyatida amalga oshirilgan


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 1 issue 10 (56) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

115

edi. XIX asrning oxiri – XX аsr boshlarida Turkistonga asosan Тurkistonda asosan
Amerika va Misr paxta navlari sinab ko‘rilgan. Dastlabki sinov harakatlari XIX
asrning 60–70-yillaridan boshlangan [10, 13]. М.I. Brodovskiy 1875 yilda o‘zining
asarida Turkistonda sifatli paxta yetishtirish uchun barcha imkoniyatlar yetarli
ekanligini ta’kidlab, “Sea – Island”, “New Orleans”, “Upland” navlarini mahalliy
sharoitga moslashtirish uchun tajriba haqida fikr yuritgan. [9, 13]. Lekin М.I.
Brodovskiydan ilgari 1871 yilda Toshkentlik xususiy tadbirkor Raevskiy tomonidan
45 pud Amerika navi chigiti xohlovchilarga tarqatilgan bo‘lsa, Xo‘jand shahrida
yashovchi Fovitskaya va Qo‘qon xoni Xudoyorxon ham vodiyda tajriba uchun
ektirgan[3, 143]. Lekin unumdorligi va sifatining yaxshiligiga qaramasdan, hosil
Nijniy Novgorod yarmarkasida mahalliy paxta bilan bir-xil narxda sotilgan. Shunday
bo‘lsada, yangi navlarning sinovi to‘xtab qolmadi, aksincha, ommaviy tus ola
boshlagan. Ekin turlarining navlarini o‘zlashtirish ishlari boshqa viloyatlarda ham
olib borilgan. Masalan, Kaspiyorti viloyatida 1890 yilda paxta maydoni yerni uzoq
muddatga ijaraga berish va “Аmerika” navli chigitni tekinga taratish kabi qaror qabul
qilinganligi haqida ma’lumotlar mavjud. [2, 85] Samarqand viloyatida esa sholining
navini yaxshilash maqsadida boshqa hududlardan keltirilgan urug‘lar sinab ko‘rilgan.
Sholikorlik sohasida Xitoydan keltirilgan sholi urug‘i yaxshi natija bergan. Farg‘ona
navlari bilan bog‘liq o‘zgarishlarni paxtachilikdan boshqa sohalarda ham kuzatish
mumkin edi. Xususan, ko‘chib kelgan rusiyzabon aholi tomonidan boshoqli
ekinlarning yangi navlari ham olib kelingan. Farg‘onada bug‘doyning “oq bug‘doy”,
“Qizil bug‘doy”, “Qoramoqdor” va boshqa navlarini [9, 42], arpaning esa “Оq arpa”,
“Sholi arpa”, “Qoramoqdor arpa”, “Shashqirra” kabi navlarini uchratish mumkin
bo‘lgan. [4, 43]. XIX asr oxiri – XX asr boshlarida ko‘chirib kelingan rus dehqonlari
o‘zlari bilan bug‘doy va boshqa boshoqli ekinlarning mahalliy aholiga noma’lum
bo‘lgan yangi navlarini ham olinb kelganlar. Yangi navlarning aksariyati lalmi
yerlarda ekib ko‘rganlar[6, 244-245]. Bug‘doyning “Poltava” hamda “Кuban”,
“Himolay arpasi”, makkajuxorining “Chikvantino” va “Кutaisi gibridi” navlari
paydo. Rus dehqonlari esa o‘z ehtiyojlari uchun hududda makkajuxorining Amerika
navini ekib ko‘rganlar. Shuningdek olmani mahalliylashtirilgan Kalbil Beliy, Bifler,
Kandil-sinap, Ranet shampanskiy Aport, Kanadskiy, Orleanskiy, Zolotoy, Anisovka,
Parmen, Bismark, Napaleon, Antonovka Belikiy Mogil kabi navlari tajriba sifatida
ekib ko‘rilgan. Shuningdek, Ushbu mahalliy dehqonlar var us krestyanlari tomonidan
o‘lkada sinov tariqasida etishtirilgan. Mazkur jarayonda Turkiston general-
gubernatori fon Kaufman, rus bog‘bonlari-N.I.Korolkov, I.Krauze, N.N.Kasyanov,
M.M.Nevskiy, V.I.Cherevanskiy, O.I.Favistkaya [5, 67] va boshqalar muhim rol
o‘ynagan edilar. O‘z navbatida, manbalarda qayd etilishicha, XIX asr oxirida
Turkiston o‘lkasi, shu jumladan, Farg‘ona viloyatining Marg‘ilon uyezdida
Rossiyada ko‘chi kelgan aholi tomonidan apelsinning “Gitrus” navi va limon


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 1 issue 10 (56) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

116

etishtirish yo‘lga qo‘yilgan edi, lekin mazkur ekinmahalliy iqlimga moslashmaganligi
tufayli natija bermagan edi [7, 115].

Shunday qilib, XIX asrning oxiri – XX аsr boshlarida Turkiston o‘lkasida

temiryo‘llarning qurilishi va ularni malakali ishchilar bilan ta’minlash zaruriyati
hamda Rossiya imperiyasining markaziy rayonlaridan ko‘chib kelgan boshqa etnoslar
aholisi sonining oshishiga sabab bo‘lgan. Кo‘chib kelgan aholi xo‘jalik ishlab
chiqarishida ayrim o‘zgarishlarning vujudga kelishi, shu bilan bir qatorda, mahalliy
xalqning xo‘jaligida ham muayyan o‘zgarishlarning sodir bo‘lishiga sabab bo‘ldi.


Foydalanilgan manba va adabiyotlar ro‘yxati:

1. Бродовский М. И. Техническая производства в Туркестанском крае.

Санкт-Петербург, 1875. С. 9

2. Гейер И. И. Путеводитель по Туркестану с двумя картами одним

портретом. Ташкент. Издание В. М. Ильина, 1901. С. 85.

3. Ершов Н.Н. Сельское хозяйство таджиков Ленинабадского района

Таджикской ССР перед Октябрской революцией (Историко-этнографический
очерк). Сталинабад, 1960. С. 143.

4. Ершов Н. Н. Сельское хозяйство таджиков Ленинабадского района... С.

133; Исоқов З. Фарғона водийси анъанавий деҳқончилик маданияти... Б. 43

5. Кузикулов И. У. Россия империяси мустамлакачилик сиёсатининг

Туркистондаги этномаданий жараёнларга таъсири (Фарғона водийси
материаллари асосида). Тарих фанлари бўйича фалсафа доктори (PhD)
диссертацияси. Термиз, 2022. Б. 67.

6. Кушелевский В. И. Материалы для медицинской географии... С. 244–

245.

7. Путеводитель по Туркестану и желъезным дорогамъ Средне-Азиатской

и Ташкентской. Санкт-Петербург, 1913. С. 115.

8. Тоғаева А.З. Туркистонда темирйўллар қурилишининг ўлкадаги

жараёнларга таъсири (XIX аср охири – XX аср бошлари) этнос ва маданият:
анъанавийлик ва замонавийлик. “Академик Карим Шониёзов ўқишлари”
туркумида V Республика илмий конференцияси материаллари Тошкент: Фан,
2010 Б. 102-103

9. Туркестанские ведомости. 1881. №18., Ершов Н. Н. Сельское хозяйство

таджиков Ленинабадского района... С. 132; Исоқов З. Фарғона водийси
анъанавий деҳқончилик маданияти... Б. 42.

10. Ҳайитов Ж.Ш. Туркистонда янги экин навларининг тарқалиши ва

улардаги ўзгаришлар (XIX аср охири – XX аср бошлари). Бухоро: Дурдона,
2018. Б. 13.

Библиографические ссылки

Бродовский М. И. Техническая производства в Туркестанском крае. Санкт-Петербург, 1875. С. 9

Гейер И. И. Путеводитель по Туркестану с двумя картами одним портретом. Ташкент. Издание В. М. Ильина, 1901. С. 85.

Ершов Н.Н. Сельское хозяйство таджиков Ленинабадского района Таджикской ССР перед Октябрской революцией (Историко-этнографический очерк). Сталинабад, 1960. С. 143.

Ершов Н. Н. Сельское хозяйство таджиков Ленинабадского района... С. 133; Исоқов З. Фарғона водийси анъанавий деҳқончилик маданияти... Б. 43

Кузикулов И. У. Россия империяси мустамлакачилик сиёсатининг Туркистондаги этномаданий жараёнларга таъсири (Фарғона водийси материаллари асосида). Тарих фанлари бўйича фалсафа доктори (PhD) диссертацияси. Термиз, 2022. Б. 67.

Кушелевский В. И. Материалы для медицинской географии... С. 244–245.

Путеводитель по Туркестану и желъезным дорогамъ Средне-Азиатской и Ташкентской. Санкт-Петербург, 1913. С. 115.

Тоғаева А.З. Туркистонда темирйўллар қурилишининг ўлкадаги жараёнларга таъсири (XIX аср охири – XX аср бошлари) этнос ва маданият: анъанавийлик ва замонавийлик. “Академик Карим Шониёзов ўқишлари” туркумида V Республика илмий конференцияси материаллари Тошкент: Фан, 2010 Б. 102-103

Туркестанские ведомости. 1881. №18., Ершов Н. Н. Сельское хозяйство таджиков Ленинабадского района... С. 132; Исоқов З. Фарғона водийси анъанавий деҳқончилик маданияти... Б. 42.

Ҳайитов Ж.Ш. Туркистонда янги экин навларининг тарқалиши ва улардаги ўзгаришлар (XIX аср охири – XX аср бошлари). Бухоро: Дурдона, 2018. Б. 13.