Авторы

  • Насиба Бегматова
    Chirchiq Davlat Pedagogika universiteti,

Биография автора

  • Насиба Бегматова, Chirchiq Davlat Pedagogika universiteti,
    Pedagogika fakulteti, Umumiy pedagogika kafedrasi 1-bosqich mustaqil tadqiqotchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.international-scientific.120749

Аннотация

Jadidchilik yoki jadidizm arabchada- “yangi” degan ma’noni anglatib, u XIX asr oxiri XX asr boshida Turkiston, Kavkaz, Qrim va Tatariston ziyolilari hayotida muhim ahamiyat kasb etgan ijtimoiy-siyosiy, maʼrifiy harakat hisoblanadi.Dastlab jadidchilik XIX asrning 80-yillarida Qrimda vujudga keldi. XIX asrning 90-yillaridan Oʻrta Osiyoda xususan, O‘zbekistonda tarqaldi. Jadidchilik harakati namoyandalari koʻpincha oʻzlarini taraqqiyparvarlar, keyinchalik jadidlar deb atashgan. Oʻsha davrning ilgʻor taraqqiyparvar kuchlari, birinchi navbatda, ziyolilar mahalliy aholining umumjahon taraqqiyotidan orqada qolayotganligini his etib, jamiyatni isloh qilish zaruriyatini tushunib yetgandilar. Jadidchilik mohiyat eʼtibori bilan avvalo siyosiy harakat edi. Jadidlar orasidan yetuk olimlar, sanoat va ziroatchilik sohalarining zamonaviy bilimdon mutaxassislari, madaniyat arboblari yetishib chiqib, yurtni obod va oʻz vatanlarini mustaqil koʻrishni orzu qildilar va shu yoʻlda kurashdilar. Jadidchilikning asosiy gʻoya va maqsadlaridan biri xalqqa ma’rifat tarqatish hisoblangan. [1]Ushbu maqolada jadidchilik namoyandalarining bola tarbiyasiga oid qarashlari, fikrlari, shuningdek, bu jarayonda mavjud imkoniyatlar haqida ma'lumotlar berilgan. Bola tarbiyasiga esa bevosita ta’sir ko‘rsatuvchi maskan sifatida maktab o‘z o‘rniga ega.Unda o‘quvchilar ijtimoy va psixologik jihatdan rivojlanib, o‘quvchilar o‘zaro kommunikativ jarayonlarni amalga oshiradilar, bu o‘rinda aytish mumkinki, o‘qituvchilar tomonidan berilayotgan ta’lim-tarbiya, ularning ijtimoiylashuvida katta o‘rin tutadi.Buni misoli sifatida umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘qitilayotgan “Tarbiya” darsini ko‘rishimiz mumkin.


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 1 issue 10 (56) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

122

MAKTABDA TARBIYA DARSLARINI O‘QITILISHIDA JADIDLAR

TA'LIMOTINING O‘ZIGA XOS AHAMIYATI

Begmatova Nasiba Safarbayevna

Chirchiq Davlat Pedagogika universiteti, Pedagogika fakulteti, Umumiy pedagogika

kafedrasi 1-bosqich mustaqil tadqiqotchisi

nbegmatova@cspi.uz

Annotatsiya:

Jadidchilik yoki jadidizm arabchada- “yangi” degan ma’noni

anglatib, u XIX asr oxiri XX asr boshida Turkiston, Kavkaz, Qrim va Tatariston
ziyolilari hayotida muhim ahamiyat kasb etgan ijtimoiy-siyosiy, maʼrifiy harakat
hisoblanadi.Dastlab jadidchilik XIX asrning 80-yillarida Qrimda vujudga keldi. XIX
asrning 90-yillaridan Oʻrta Osiyoda xususan, O‘zbekistonda tarqaldi. Jadidchilik
harakati namoyandalari koʻpincha oʻzlarini taraqqiyparvarlar, keyinchalik jadidlar
deb atashgan. Oʻsha davrning ilgʻor taraqqiyparvar kuchlari, birinchi navbatda,
ziyolilar mahalliy aholining umumjahon taraqqiyotidan orqada qolayotganligini his
etib, jamiyatni isloh qilish zaruriyatini tushunib yetgandilar. Jadidchilik mohiyat
eʼtibori bilan avvalo siyosiy harakat edi. Jadidlar orasidan yetuk olimlar, sanoat va
ziroatchilik sohalarining zamonaviy bilimdon mutaxassislari, madaniyat arboblari
yetishib chiqib, yurtni obod va oʻz vatanlarini mustaqil koʻrishni orzu qildilar va shu
yoʻlda kurashdilar. Jadidchilikning asosiy gʻoya va maqsadlaridan biri xalqqa
ma’rifat tarqatish hisoblangan. [1]Ushbu maqolada jadidchilik namoyandalarining
bola tarbiyasiga oid qarashlari, fikrlari, shuningdek, bu jarayonda mavjud
imkoniyatlar haqida ma'lumotlar berilgan. Bola tarbiyasiga esa bevosita ta’sir
ko‘rsatuvchi maskan sifatida maktab o‘z o‘rniga ega.Unda o‘quvchilar ijtimoy va
psixologik jihatdan rivojlanib, o‘quvchilar o‘zaro kommunikativ jarayonlarni amalga
oshiradilar, bu o‘rinda aytish mumkinki, o‘qituvchilar tomonidan berilayotgan ta’lim-
tarbiya, ularning ijtimoiylashuvida katta o‘rin tutadi.Buni misoli sifatida umumiy
o‘rta ta’lim maktablarida o‘qitilayotgan “Tarbiya” darsini ko‘rishimiz mumkin.

Kalit so‘zlar:

jadidchilik, jadidlar, ta’lim-tarbiya, milliy qadriyatlar, odob-axloq

qoidalari, kommunikativ jarayonlar.

ОСОБАЯ ЗНАЧИМОСТЬ ОБРАЗОВАНИЯ В ПРЕПОДАВАНИИ УРОКОВ

ОБРАЗОВАНИЯ В ШКОЛЕ


Аннотация:

Джадидизм, или джадидизм по - арабски - “новый", - это

социально-политическое, просветительское движение, которое приобрело
важное значение в жизни интеллигенции Туркестана, Кавказа, Крыма и
Татарстана в конце XIX-начале XX века.Первоначально джадидизм зародился в


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 1 issue 10 (56) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

123

Крыму в 80-х годах XIX века. С 90-х годов XIX века распространился в
Средней Азии, в частности, в Узбекистане. Представители джадидистского
движения часто называли себя прогрессистами, а затем и джадидами.
Прогрессивные

прогрессивные

силы

того

времени, прежде

всего

интеллигенция, осознавали необходимость реформирования общества,
чувствуя, что местное население отстает от общемирового прогресса. По сути,
джадидизм был прежде всего политическим движением. Из среды джадидов
выросли зрелые ученые, современные знающие специалисты в области
промышленности и ювелирного дела, деятели культуры, которые мечтали
видеть страну процветающей и независимой от своей родины и боролись на
этом пути. Одной из главных идей и целей джадидизма считалось
распространение просвещения среди народа. [1] в этой статье представлены
взгляды, мнения представителей джадидизма относительно воспитания детей, а
также информация о возможностях, доступных в этом процессе. А школа как
место, оказывающее непосредственное влияние на воспитание детей, имеет
свое место.В нем учащиеся развиваются социально и психологически, а
учащиеся реализуют между собой коммуникативные процессы, в которых
можно сказать, что образование, предоставляемое учителями, играет большую
роль в их социализации.Примером этого может служить урок” воспитание",
который преподается в общеобразовательных школах.

Ключевые слова:

Джадидизм, джадиды, образование, национальные

ценности, правила этикета, коммуникативные процессы

THE SPECIAL IMPORTANCE OF EDUCATION IN THE TEACHING OF

EDUCATION LESSONS AT SCHOOL


Annotation:

Jadidism or Jadidism, which means "new" in Arabic, is a socio-

political and educational movement that played an important role in the lives of the
intelligentsia of Turkestan, the Caucasus, Crimea and Tatarstan in the late 19th and
early 20th centuries. Initially, Jadidism emerged in the Crimea in the 1980s. From the
1990s, it spread throughout Central Asia, particularly in Uzbekistan. Representatives
of the Jadidism movement often called themselves progressives, and later Jadids. The
progressive progressive forces of that time, primarily the intelligentsia, felt that the
local population was lagging behind the global development and understood the need
to reform society. Jadidism was, in essence, primarily a political movement. Among
the Jadids, outstanding scientists, modern knowledgeable specialists in the fields of
industry and agriculture, and cultural figures grew up, dreaming of seeing the country
prosperous and their homeland independent, and they fought for this. One of the main
ideas and goals of Jadidism was to spread enlightenment to the people. [1] This


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 1 issue 10 (56) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

124

article provides information on the views and opinions of Jadidism representatives on
child upbringing, as well as on the opportunities available in this process. The school
has its place as a place of direct influence on the upbringing of children.In IT,
students develop spiritually and psychologically, and students carry out
communicative processes among themselves, in which it can be said that the
education provided by teachers plays a huge role in their socialization.As an example
of this, we can see the “upbringing” lesson that is being taught in general secondary
schools.

Keywords:

Djadidism, djadidy, education, national values, rules of etiquette,

communication processes

KIRISH

Hozirgi rivojlanayotgan davrda yosh avlodni yetuk, barkamol, sog‘lom fikrli

etib tarbiyalash, ularga ma’naviy-ma’rifiy bilim va axborotlarni yetkazib bera olish
dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.Ularga ta’lim-tarbiya berish jarayonida jadidlar
ta’limotidan foydalanish, milliy qadriyatlarimizga, xususan,odob-axloq qoidalariga
rioya etgan holda tushuntirib, amalda ko‘rsata bilish tarbiya jarayoninig muhim jihati
desak aslo mubolag‘á bo‘lmaydi.O‘tmish tariximiz asosida o‘qitishning milliy va
zamonaviy usullaridan foydalanish, ularda vatanparvarlik, o‘zaro hurmat, vatan
ravnaqi yo‘lida hissa qo‘shish kabi ezgu xislatlarni uyg‘onishiga omil bo‘ladi.Va bu
borada Oʻzbekistonning bugungi yoshlariga berilayotgan taʼlim-tarbiya va
koʻrsatilayotgan gʻamxoʻrlikni, eʼtiborning amaliy ifodasi sifatida ko‘rishimiz
mumkin.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA TADQIQOT METODOLOGIYASI

Jadidlar jamiyatning rivojlanishi uchun eng avvalo ta;lim tizimini isloh qilish

zarurligini anglab yetganlar. Ular ta’limning faqat diniy ko‘rinishda bo‘lishi millatni
jaholatda qoldirishi, dunyoviy bilimlarning yo‘qligi esa milliy taraqqiyotning asosiy
to‘siqlaridan biri ekanligini tushunganlar. Shuning uchun jadidlar ta’limni yangilash,
uni zamonaviylashtirish, bolalarga sifatli va keng qamrovli bilim beradigan tizimni
yaratishga e’tibor qaratdilar. Avvalo, ular yangi usuldagi maktablarni – “usuli jadid”
maktablarini tashkil qila boshladilar. Bu maktablar avvalgi eski maktab va
madrasalardan tubdan farq qilardi. Unda faqat diniy ilmlar emas, balki matematika,
geografiya, tarix, tabiiy fanlar kabi zamonaviy fanlar ham o‘qitila boshlandi. Bu
ta’lim tizimining bosh maqsadi yoshlarni hayot uchun zarur bilim va ko‘nikmalarga
ega bo‘lishini ta’minlash edi. Bundan tashqari, jadidlar dars jarayonida muhokama,
mantiqiy fikrlash va ijodiy yondashuv kabi usullarni qo‘llab, o‘quvchilarning
faolligini oshirishga harakat qildilar. Shuningdek, jadidlarning o‘quv adabiyotlar
yaratishga bo‘lgan yondashuvlari ham o‘zgacha edi. Mahmudxo‘ja Behbudiy,
Abdulla Avloniy, Ismoil Gasprinskiy kabi jadidlar milliy til va madaniyatni


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 1 issue 10 (56) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

125

ta’limning asosiy qismiga aylantirishni maqsad qilganlar. Masalan, Behbudiy
tomonidan yozilgan darsliklar oddiy va sodda tilda yozilib, o‘quvchilarga mavzularni
tushunishda qulaylik yaratgan. Avloniy esa “Turkiy guliston yoxud axloq” kitobida
nafaqat ilmiy, balki axloqiy tarbiyaga ham katta e’tibor qaratgan. Bu asar
o‘qituvchilarga pedagogik ishda foydalanish uchun ajoyib manba bo‘lib xizmat
qilgan.[2] Ularning,Vatanimiz tarixining gʻoyat murakkab davrida – XX asr
boshlarida oʻzining maʼrifatparvarlik faoliyati va fidokorona xizmatlari bilan milliy
taʼlim-tarbiya tizimini yaratish hamda yurtimiz istiqloli, xalqimizning ozodligi va
erkinligi, kelajak avlodlarning obod va farovon hayotini taʼminlashga qoʻshgan
beqiyos

hissasini

inobatga

olib,

O‘zbekiston

Respublikasi

Prezidenti

Sh.M.Mirziyoyevning 2020 yil 30 sentabrdagi farmoniga ko‘ra maʼrifatparvar adib,
pedagog, jamoat arbobi Abdulla Avloniy va Turkistondagi jadidchilik harakatining
asoschilaridan biri, adib, pedagog va olim Mahmudxo‘ja Behbudiy atoqli
maʼrifatparvar murabbiy, adib, muharrir va jamoat arbobi Munavvar qori
Abdurashidxonovlarni “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlashi yosh
avlod qalbida ularga nisbatan gúrur, iftixor tuygúlarini uyg‘otadi.

Abdulla Avloniy asarida axloqiy kategoriyalar haqida fikr yuritar ekan, birinchi

o‘rinda o‘quvchilarni ko‘zda tutadi, ammo ularni bolalar tarbiyasiga singdirish
vazifasini muallimlar zimmasiga yuklaydi. Demak, asar o‘quvchilardan ko‘ra ko‘proq
muallimlar uchun yaratilganligiga ishonch hosil qilish mumkin. Shu nuqtai nazardan,
Abdulla Avloniyning muallimlarga qarata aytgan quyidagi so‘zlari “Turkiy guliston
yoxud axloq” asarining maqsadini to‘la ifodalaydi: “Fikr tarbiyasi eng kerakli, ko‘b
zamonlardan beri taqdir qilinib kelgan, muallimlarning diqqatiga suyalgan,
vijdonlariga yuklangan muqaddas bir vazifadur. Fikr insonning sharofatlik, g‘ayratlik
bo‘lishiga sabab bo‘ladur. Bu tarbiya muallimlarning yordamiga so‘ng daraja
muhtojdurki, fikrning quvvati, ziynati, kengligi muallimning tarbiyasiga bog‘lidur.
Ta’lim ila tarbiya orasida bir oz farq bor bo‘lsa ham, ikkisi biridan ayrilmaydurgan,
birining vujudi biriga boylangan jon ila tan kabidur”[3].

Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev Jadidlarning faoliyatiga, ularning yoshlar

tarbiyasiga oid qarashlarini yuksak e’tirof etib, Hamidulla Boltaboyevning “Jadidlar”
kitobining 3-sahifasida:” Yosh avlod tarbiyasi haqida gapirganda, Abdurauf Fitrat
bobomizning mana bu faikrlariga har birimiz, ayniqsa, endi hayotga kirib kelayotgan
o‘g‘il-qizlarimiz amal qilishlarini juda-juda istardim:” Xalqning aniq maqsad sari
harakat qilishi, davlatmand bo‘lib izzat-hurmat topishi, jahongir bo‘lishi yoki zaif
bo‘lib xorlikka tushishi, baxtsizlik yukini tortishi, e’tibordan qolib, o‘zgalarga tobe va
qul, asir bo‘lishi ularning o‘z ota-onalaridan bolalaikda olgan tarbiyalariga bog‘liq”
deya, Zaynobiddin Abdurashidovning “Jadidlar” kitobi 3-sahifasida Mahmudxo‘ja
Behbudiy haqida shunday so‘zlarni keltirib:”Umuman, biz jadidchilik harakati,
ma’rifatparvar bobolarimiz merosini chuqur o‘rganishimiz kerak.Bu ma’naviy


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 1 issue 10 (56) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

126

xazinani qanchako‘p o‘rgansak, bugungi kunda ham bizni tashvishga solayotgan juda
ko‘p savollarga to‘g‘ri javob topamiz.Bu bebaho boylikni qancha faol targ‘ib etsak,
xalqimiz ayniqsa, yoshlarimiz bugungi tinch va erkin hayotning qadrini anglab
yetadi”-deya yoshlar tarbiyasiga urg‘u berib o‘tgan.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Jadidlar tomonidan yaratilgan boy ma’naviy meros mana bir asrdan ortiq

mabaynida nafaqat maktab tizimida balki, keng jabha misolida bir necha ilm ahli
tomonidan o‘rganilib kelinmoqda.O‘lmas va mangu hisoblangan bu milliy meros
yoshlarni tarbiyalashda dasturil amal bo‘lib xizmat qilib kelmoqda.Yoshlarovozi.uz
internet bazada bazada ham ular haqida shunday fikrlar keltirib o‘tilgan:Jadidlar
ta’lim-tarbiyani faqat maktabda o‘rgatiladigan vosita emas, balki bu o‘quvchida
mustaqil fikrlash va ijodkorlik ruhini kashf etish, deb hisoblagan. Ular an’anaviy
fanlar bilan bir qatorda amaliy ko‘nikmalarga ham urg‘u beradigan yangi turdagi
jadid maktablarini Toshkent, Buxoro, Qo‘qon kabi yirik shaharlarda tashkil etdilar.
Jadidchilik harakatining eng yirik namoyandalaridan biri Mahmudxo‘ja Behbudiy
o‘zining “Risolayi asbobi savod” va “Kitabul atfol” nomli asarlarida an’anaviy
o‘qitish usullarini isloh qilish bilan birgalikda zamonaviy ta’lim tizimini amalda
qo‘llash zarurligini ta’kidlagan. U pedagoglarni o‘quvchida mustaqil fikrlash va atrof
olamni savolga tuta olish qobilyatini rivojlantirishga chaqirdi.

Qolaversa, jadidlar ta’lim sohasidagi gender tengligini targ‘ib qildilar, ijtimoiy

mavqeyi va jinsidan qat’i nazar barcha uchun ta’limning muhimligini bildirdi.
Ularning inklyuziv ta’lim borasidagi qarashlari o‘zbek jamiyatidagi xotin-qizlarning
imkoniyatlarini kengaytirish, ijtimoiy hayotda faol ishtirok etishni rag‘batlanishga
zamin yaratdi. Abdurauf Fitratning “Oyina” jurnalida berilgan “Xotin-qizlarning
tarbiyasi- millat ravnaqi va ma’rifatning poydevoridir” iqtibosi bu fikrning isbotidir.

Jadid me’rosining yana bir muhim jihati ularning ta’lim sohasida sekulyarizm –

dunyoviylikni targ‘ib etishidir. Ular jamiyatda, eng avvalo, yoshlar orasida turli diniy
e’tiqodlarni hurmat qiladigan, bag‘rikenglik muhitini yaratish muhimligiga urg‘u
berishgan. Munavvarqori Abdurashidxonov “Taraqqiy” jurnalidagi maqolasida
bag‘rikenglik va inklyuzivlikni targ‘ib qiluvchi ta’lim tizimi zarurligini ta’kidlab:
“Ta’lim diniy aqidalar va xurofotlardan holi bo‘lishi, o‘quvchilarning o‘z bilimlarini
oshirishi va dunyoqarashini shakillantirishi mumkin bo‘lgan makonni ta’minlashi
kerak”, degan edi.

Jadidlar ta’limni modernizatsiya qilish, ma’rifatparvarlik ruhini targ‘ib qilish

yo‘lidagi fidoyiliklari tarixda o‘chmas iz qoldirdi. Bugungi kunga kelib jadidlarni
tadqiq qilishga yo‘l ochilishi biz, yoshlarning ular tasvirlagan va o‘stirishga intilgan
avlod bo‘lishimizga undaydi.[7]

XULOSA


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 1 issue 10 (56) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

127

Xulosa qilib aytganda, jadidlar faoliyati va ularning boy adabiy-ilmiy merosi

o‘quvchi-yosh avlodni komil inson etib tarbiyalashda o‘ziga xos ahamiyatga ega.Va
ularning pedagogik qarashlarini hozirgi zamon talablariga mos ravishda amalga
oshirish zarur. Bu jarayonda maktabda tarbiya darslarini o‘qitilishida jadidlar
ta’limotining o‘ziga xos ahamiyatini faqat dars mashg‘ulotlaridagina emas, balki turli
tadbirlar ko‘rinishida “Oila, mahalla, maktab” konsepsiyasi asosida ularga yetkazilsa
maqsadga muvofiq bo‘ladi.Ta’lim-tarbiya jarayonini amalga oshirishda ta'lim,
axloqiy tarbiya, zamonaviy texnologiyalar, ijtimoiy muhit, davlat va jamoatchilikning
o‘rni muhim ahamiyatga ega. Faqat shunday yondashuv orqali biz o‘quvchi yoshlar
ongida milliy ma’naviyatimiz asoslarini singdira olishimiz, ularni barkamol etib
tarbiyalashimiz va kelajak avlodni zamon talablariga mos ravishda tayyorlashimiz
mumkin.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Wikipedia.uz

2.

To‘xtamurodov Lazizbek. “JADIDLAR HARAKATI VA UNING

PEDAGOGIKA RIVOJIGA QO‘SHGAN HISSASI” Zamonaviy dunyoda ijtimoiy
fanlar:nazariy va amaliy izlanishlar nomli ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya
maqolasi 1-2 bet

3.uza.uz
4.jadid.uz
5. H.Boltaboyev.Jadidlar. Yoshlar nashriyot uyi.2022
6.Zaynobiddin Abdirashidov.Jadidlar.Yoshlar nashriyot uyi.2022
7. M.Abdurashidxonov "Tanlangan asarlar" Nashrga tayyorlovchi Sirojiddin

Ahmedov Toshkent: Ma'naviyat, 2003

8. "Munavvarqori Abdurashidxonov" Jadidlar to'plami 8-qism Muallif Sotimjon

Xolboyev Toshkent: Yoshlar nashriyot uyi, 2022

Библиографические ссылки

Wikipedia.uz

To‘xtamurodov Lazizbek. “JADIDLAR HARAKATI VA UNING PEDAGOGIKA RIVOJIGA QO‘SHGAN HISSASI” Zamonaviy dunyoda ijtimoiy fanlar:nazariy va amaliy izlanishlar nomli ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiya maqolasi 1-2 bet

uza.uz

jadid.uz

H.Boltaboyev.Jadidlar. Yoshlar nashriyot uyi.2022

Zaynobiddin Abdirashidov.Jadidlar.Yoshlar nashriyot uyi.2022

M.Abdurashidxonov "Tanlangan asarlar" Nashrga tayyorlovchi Sirojiddin Ahmedov Toshkent: Ma'naviyat, 2003

"Munavvarqori Abdurashidxonov" Jadidlar to'plami 8-qism Muallif Sotimjon Xolboyev Toshkent: Yoshlar nashriyot uyi, 2022