Авторы

  • Фарида Нурметова
    Toshkent davlat agrar universiteti
  • Бобокул Тохтаев
    Toshkent Davlat Agrar Universiteti

Биографии авторов

  • Фарида Нурметова , Toshkent davlat agrar universiteti
    1-bosqich magistr talabasi
  • Бобокул Тохтаев , Toshkent Davlat Agrar Universiteti
    professori b.f.d.

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.international-scientific.120757

Аннотация

Ushbu tezisda O`zbekistonda hamda chet davlatlarda o`sadigan Qon cho`p (chelidonium) o`simligining tavsifi,yer yuzida tarqalishi, kimyoviy tarkibi, foydali xususiyatlari va xalq tabobatida qo`llanilishi haqida ma`lumotlar berilgan.


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 1 issue 10 (56) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

154

KATTA QONCHO‘P O‘SIMLIGINING BIOEKOLOGIK VA

FARMAKOLOGIK XUSISIYATLARI

Nurmetova Farida Ortiq qizi

Toshkent davlat agrar universiteti 1-bosqich magistr talabasi

Ilmiy rahbar:

To‘xtayev Boboqul Yorqutovich

Toshkent Davlat Agrar Universiteti professori b.f.d.


Annotatsiya:

Ushbu tezisda O`zbekistonda hamda chet davlatlarda o`sadigan

Qon cho`p (chelidonium) o`simligining tavsifi,yer yuzida tarqalishi, kimyoviy tarkibi,
foydali xususiyatlari va xalq tabobatida qo`llanilishi haqida ma`lumotlar berilgan.

Kalit so`zlar

: qon-cho`p, chelidonium majus, chelidonium asiatcium, xelidonin,

sanguinarin saponin, berberin, protopin, flavonoid, so‘gal, papilloma, psoriaz.


Kirish

. Qon-cho`p (chelidonium ) o`simligi qadimdan xalq tabobatida keng

foydalanilgan dorivor o`simliklardan biri hisoblanadi. Uning ikki turi --Chelidonium
majus (katta qon-cho`p) va chelidonium asiaticum (Osiyo qon-cho`pi) dorivor
xususiyatlari va kimyoviy tarkibi jihatidan muhim ahamiyatga ega. Ushbu maqolada
bu ikki turga oid adabiyotlar sharxi asosida ularning kimyoviy tarkibi,dorivor
xususiyatlari va xalq tabobatida qo`llanilishi tahlil qilinadi.

Chelidoium qadimgi yunon tilidan tarjima qilinganda “qaldirg`och” degan

manoni bildiradi. Abu Ali ibn Sino davrida qaldirgochlar bolalarini ko`zlarini shu
o`simlik shirasi bilan davolaydi degan fikrlar ham mavjud bo`lgan. [10] Boshqa
manbalarda uni “qaldirgoch o`ti” deb ham ataydilar. Chunki qaldirg`ochlar uchib
kelganda gullaydi, qaldirg`ochlar qaytishiga uning vegetatsiyasining tugashi to`gri
keladi. Balki shu sabablar tyfayli unga shunday nom berilgandir. Sutli sharbatida
40% gacha yog`ni o`z ichiga olgan modda qatronli modda bilan ifodalanadi.
Urug`ida 40-68% gacha yog` hamda lipaza saqlaydi. Shuningdek kalsiy, kaliy, mis,
rux, magniy, temir moddalari ham bor. Alkaloidlar eng ko`po`simlik tomirlarida
bo`ladi, ammo barglari ham zaharlidir.

1. Chelidonium majus ( Katta qon-cho`p)

Chelidonium majus – ko`p yillik dorivor o`simlik bo`lib, ko`knordoshlar

(Papaveceae) oilasiga mansubdir. O`simlikning barcha qismlarida zaharli alkaloidlar
mavjud bo`lib, ular og`riqni qoldirish, yallig`lanishni kamaytirish va infeksiyaga
qarshi ta`sir ko`rsatadi. Chelidonium majusning xalq tabobatida ishlatilishi teri
kasalliklari, so`gal, eczema va oshqozon ichak muammolarini davolash bilan bog`liq.

2. Chelidonium asiaticum ( Osiyo qon-cho`pi)

Chelidonium asiaticum Sharqiy Osiyo mintaqasida o`suvchi ko`p yillik

o`simlikdir. Uning kimyoviy tarkibida alkaloidlar ( chelidonin, sanguinarin, berberin)


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 1 issue 10 (56) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

155

mavjud. Mahalliy tabobatda teri kasalliklari va ichki organlar muammolarini
davolashda qo`llaniladi. Chelidonium asiaticumning tarkibi chelidonium majusdan
farq qilishi bilan birga, xususiyatlari ham biroz boshqacha.

Kimyoviy tarkibi va dorivor xususiyatlari

Har ikki tur alkaloidlar, flavanoidlar va organik kislotalarga boy. Chelidonium

majusda chelidonin, homochelidonin, sanguinarin va cheleritin mavjud bo`lib ular
antibakterial va yallig`lanishga qarshi ta`sir ko`rsatadi. Chelinonium asaiaticum
tarkibidagi alkaloidlar esa antispazmatik va virusga qarshi xususiyatlarga ega.

Sutli sharbatida 40% gacha yog`ni o`z ichiga olgan modda qatronli modda bilan

ifodalanadi. Urug`ida 40-68% gacha yog` hamda lipaza saqlaydi. Shuningdek kalsiy,
kaliy, mis, rux, magniy, temir moddalari ham bor. Alkaloidlar eng ko`p o`simlik
tomirlarida bo`ladi, ammo barglari ham zaharlidir.

Ushbu o`simliklar xalq tabobatida so`gal, ekzema, teri infeksiyalari oshqozon –

ichak kasalliklari va yallig`lanishlarga qarshi ishlatiladi.

Qon-cho`p o`simligi qadoq, so`gal, zamburug`, papiloma, psoriaz kabi yaralarni

davolaydi hamda yallig`lanishga qarshi, og`riq qoldiruvchi, tinchlantiruvchi,
xoleretik, diuretic va laksativ ta`sirga ham egadir. Qon-cho`p damlamasi jigar, o`t
pufagi va oshqozon-ichak, ich qotishi kasalliklari uchun ham qo`llaniladi. Abu Ali
ibn Sinoning “Tib qonunlari” kitobida ham bir qancha kasalliklarga davo ekanligi
yozilgan, jumladan: medaning dam bo`lib quldirashi, bolalarning og`ziga quyiladigan
dorilar tarkibiga kirishi,va bir qancha kasalliklarda foydalanilishi haqida yozilgan.

Qon-cho`pni suvli ekstraktini rus farmakologi S.O. Chirviniskiy o`rganib terida

qo`llashda, tirnash xususiyatini qayd etgan. Alkaloidlarni V.A. Chelobitko va D.A.
Muravevoylar o`rgangan. Homochelidonin tomir tortishishni chaqiradigan zaharlar
guruhiga

kirishi, og`riqlansizlantiruvchi

ta`sir qilishi,

protopin bachadon

muskullariga ta`sir etib asab tizimini reaktivligini pasaytirishni o`rganganlar. Bu
o`simlikning foydali xususiystlariga qaramay zaharli tomonlari ham bor. Agar
meyordan ortiq qo`llanilsa oshqozon-ichakni kuchli yallig`laydi. Shamolash va
tomoq og`rig`ida qon-cho`p damlamasi bilan chayish tavsiya etiladi.

Ba`zi tadqiqotlarda qon-cho`p ekstrakti o`sma hujayralarni to`xtatishi

aniqlangan.O`simlikning zaharli xususiyatlari tufayli gijjalarga qarshi vosita sifatida
qo`llaniladi. Bu ikki tur o`simlikning sharbatini faqat tashqi muolajalarda ishlatish
tavsiya etiladi. Ichki foydalanishda o`simlikning qaynatmasi yoki damlamasi
mikrodozalarda iste`mol qilinishi lozim.

Kimyoviy tarkibi va dorivor xususiyatlari haqidagi ilmiy ma`lumotlar tahlili

o`simlik tarkibidagi mavjud alkaloidlarning samaradorligini tasdiqlaydi. Qon-
cho`pning xalq tabobatidagi qollanilishi bo`yicha adabiyotlar, uning mahalliy
muolajalarda muvaffaqiyatli ishlatilganini ko`rsatadi. Katta qon-cho`p va Osiyo qon-


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 1 issue 10 (56) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

156

cho`pi turlarining farqlari haqida batafsil izlanishlar mavjud bo`lib, ular dorivor
ta`sirining o`xshashligi va ayrim farqlarini yoritadi.

` Katta qon-cho`p ekstraktlarning og`iz mikroorganizmlarga qarshi antioksidant

va antimikrobiyal salohiyatini Suhyen Hong, Jumin Parklar o`rgangan. Uning
biologik faolligini baxolash uchun qon-cho`p fraksiyalari 80%metanol, n-geksan,
etilasetat, n-butanol va suv yordamida olingan.

Spektroskopik va xromatografik usullar yordamida qon-cho`pning bargi, poyasi,

guli, va ildizi kabi o`simlikning turli qismlarida metabolik o`zgarishlar, antioksidant
salohiyat va sitotoksik ta`sir o`rganildi. Jami fenollik moddalar va flavanoidlar qon-
cho`pning turli qismlarida o`rganilgan, poya, gul va ildiz bilan solishtirilganda
bargida ko`proq flavonoid 137.43 mg/g, poyada esa eng yuqori fenollik 23,67 mg/g
ko`rsatilgan. O`simlikning gulida, boshqa qismlariga qaraganda yuqori antioksidant
faollik aniqlandi.. Sutli sharbatida 40% gacha yog`ni o`z ichiga olgan modda qatronli
modda bilan ifodalanadi. Urug`ida 40-68% gach yog` hamda lipaza saqlaydi.
Shuningdek kalsiy, kaliy, mis, rux, magniy, temir moddalari ham bor. Alkaloidlar
eng ko`p o`simlik tomirlarida bo`ladi, ammo barglari ham zaharlidir.

In vitro SRB tahlili HeLa CaSki odamning bachadon bo`yni saraton

hujayralariga qarshi sitotoksik ta`sirini baxolashga yordam berdi. Ekstrakt ikkala
hujayra chizig`ida dozaga bog`liq inhibitiv ta`sir ko`rsatdi.Eng yoqori sitotoksik ta`sir
1000 mkg/ml dozada 48 soat ta`sir qilishdan so`ng novda va gul ekstraktlarida
kuzatilgan. Shu bilan birga katta qon-cho`p o`zining turli farmokologik birikmalari
bilan yallig`lanishni kamaytirishi ham aniqlandi. Yarani parvarish qilish bo`yicha
innavatsion yechimlarga talab ortib borayotganligi sababli, tabiiy maxsulotlarning
terapevtik salohiyatini tushunish zarur bo`ladi. Ushbu sharx Sericin va katta qon-
cho`p bo`yicha mavjud bilimlarni sintez qilib, tabiiy moddalarni yaralarni
boshlashning tarkibiy qismi sifatida o`rganish jarohatni davolash sohasiga sezilarli
ta`sir ko`rsatishi mumkin bo`lgan barqaror, samarali va biologik mos materiallarni
ishlab chiqish uchun istiqbolli yo`lni taqdim etadi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Hwang, B.Y. et al. (2004) “Antitimor agents from Chelidonium majus.”

Journal of Natural

Products, 67(5), 875-880.
2. Hiller, K. & Ploss, H. (2006) “ The alkaloids of chelidonium majus”,

“Phytochmistry, 47(8), 1565-1570

3. Refieian-Kopaei, M. & Nasri, H (2015). “Chelodonium majus and its

trerapeutic effects.” “International journal of pharmaceutical sqiences and research,”
6(2), 582-588.


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 1 issue 10 (56) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

157

4. Park, H. J., et al (2010). “Phyotochemical analysis and biological activites of

Chelidonium asiaticum extracts.” Journal of medical plants research, 4(22), 2392-
2397.

5. Jung, H. J., et al.(2009). “ Antimicrobial and anti-inflammatory effects of

Chelidonium asiaticum exstracts.” Journal of ethnopharmacology, 125(1),49-54.

6. Arakawa, Y., et al.(2015). “ Chemical composition of chelidonium

asaiticumand its therapeutic potential. “ Asian journal of chemistry. 27(9),3471-3474.

7. Tibbiy ensiklopediya (2023). “ Chelidonium majus va chelidonium

asiaticumning dorivor xususiyatlari.” O`zbekiston tibbiyot ilmiy markazi.

8. Kimyoviy ensiklopediya (2022). “ Chistotel o`simligining kimyoviy tarkibi.”

O`zbekiston kimyo instituti.

9. A.D. Turova, E. N.Sapojnikova (1983). “ Лекарственные растения СССР и

их применение.” Справочник.

10. Abu Ali ibn Sino (1980). “ Tib qonunlari.” Beshinchi tom.
11. Shivraj Hariram Nile, Hui Wang, Arti Nile, Xianmin Lin, Huilin Dong

(2021) “Food and Chemical Toxicology”

Библиографические ссылки

Hwang, B.Y. et al. (2004) “Antitimor agents from Chelidonium majus.” Journal of Natural

Products, 67(5), 875-880.

Hiller, K. & Ploss, H. (2006) “ The alkaloids of chelidonium majus”, “Phytochmistry, 47(8), 1565-1570

Refieian-Kopaei, M. & Nasri, H (2015). “Chelodonium majus and its trerapeutic effects.” “International journal of pharmaceutical sqiences and research,” 6(2), 582-588.

Park, H. J., et al (2010). “Phyotochemical analysis and biological activites of Chelidonium asiaticum extracts.” Journal of medical plants research, 4(22), 2392-2397.

Jung, H. J., et al.(2009). “ Antimicrobial and anti-inflammatory effects of Chelidonium asiaticum exstracts.” Journal of ethnopharmacology, 125(1),49-54.

Arakawa, Y., et al.(2015). “ Chemical composition of chelidonium asaiticumand its therapeutic potential. “ Asian journal of chemistry. 27(9),3471-3474.

Tibbiy ensiklopediya (2023). “ Chelidonium majus va chelidonium asiaticumning dorivor xususiyatlari.” O`zbekiston tibbiyot ilmiy markazi.

Kimyoviy ensiklopediya (2022). “ Chistotel o`simligining kimyoviy tarkibi.” O`zbekiston kimyo instituti.

A.D. Turova, E. N.Sapojnikova (1983). “ Лекарственные растения СССР и их применение.” Справочник.

Abu Ali ibn Sino (1980). “ Tib qonunlari.” Beshinchi tom.

Shivraj Hariram Nile, Hui Wang, Arti Nile, Xianmin Lin, Huilin Dong (2021) “Food and Chemical Toxicology”