International scientific journal
“Interpretation and researches”
Volume 1 issue 10 (56) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2
192
VIRUSGA QARSHI IMMUNOPROFILAKTIK VOSITALARNING
RIVOJLANISHI: KLASSIK VAKSINALARDAN ZAMONAVIY MRNA
TEXNOLOGIYALARIGACHA
РАЗВИТИЕ СРЕДСТВ ИММУНОПРОФИЛАКТИКИ ПРОТИВ
ВИРУСОВ: ОТ КЛАССИЧЕСКИХ ВАКЦИН ДО СОВРЕМЕННЫХ
MRNA-ТЕХНОЛОГИЙ
Toshtemirova Muazzam Akmaljonovna
Farg‘ona davlat universiteti, Zoologiya va umumiy biologiya kafedrasi dotsenti
Biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
toshtemirovamuazzam3@gmail
Mo‘minova Shodiyonabonu
Farg`ona davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti biologiya yo`nalishi
2-bosqich talabasi
Annotatsiya:
Ushbu
ilmiy
maqolada
virusli
infeksiyalarga
qarshi
immunoprofilaktika vositalarining rivojlanish bosqichlari — klassik vaksinalardan
boshlab zamonaviy mRNA texnologiyalarigacha bo‘lgan yo‘l tahlil qilinadi. Tarixiy
yondashuv asosida inaktivatsiyalangan va jonli zaiflashtirilgan vaksinalarning
insoniyat salomatligini saqlashdagi o‘rni, ularning samaradorligi va chechak,
poliomiyelit, qizamiq kabi kasalliklarning oldini olishdagi ahamiyati ko‘rib chiqiladi.
Shuningdek, zamonaviy biotexnologik yutuqlar natijasida yuzaga kelgan
rekombinant, vektorli va mRNA vaksinalarning paydo bo‘lishi va ular orqali
vaksinalar ishlab chiqarishdagi yondashuvlar tahlil qilinadi. Ayniqsa, COVID-19
pandemiyasi davrida mRNA vaksinalarining tezkor ishlab chiqilishi, klinik
samaradorligi va xavfsizligi yuzasidan berilgan baholar maqolada markaziy o‘rinni
egallaydi. 2020–2023 yillar davomida mRNA vaksinalarning global ulushidagi o‘sish
diagrammalar orqali yoritiladi.Ushbu ish biologiya, tibbiyot, virusologiya,
immunologiya va epidemiyologiya sohalarida faoliyat yuritayotgan olimlar, talaba va
tadqiqotchilar uchun nazariy hamda amaliy ahamiyatga ega bo‘lib, zamonaviy
vaksina strategiyalarini chuqurroq anglashga xizmat qiladi.
Аннотация:
В данной научной статье анализируются этапы развития
средств иммунопрофилактики против вирусных инфекций — от классических
вакцин до современных mRNA-технологий. С исторической точки зрения
рассматривается роль и эффективность инактивированных и живых
аттенуированных
вакцин
в
сохранении
здоровья
человечества
и
предотвращении таких заболеваний, как оспа, полиомиелит и корь. Также
рассматривается появление рекомбинантных, векторных и mRNA-вакцин как
результат достижений современной биотехнологии, а также подходы к их
International scientific journal
“Interpretation and researches”
Volume 1 issue 10 (56) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2
193
производству. Особое внимание уделяется быстрому разработке mRNA-вакцин
во время пандемии COVID-19, их клинической эффективности и безопасности.
Рост глобального применения mRNA-вакцин в 2020–2023 годах представлен в
виде диаграмм. Работа представляет как теоретическую, так и практическую
ценность для ученых, студентов и исследователей в областях биологии,
медицины, вирусологии, иммунологии и эпидемиологии, и способствует более
глубокому пониманию современных стратегий вакцинации.
Kalit so‘zlar:
Vaksina
,
virusologiya
,
immunoprofilaktika
,
klassik vaksinalar
,
mRNA texnologiyalari
,
pandemiya
,
vaksina samaradorligi
,
vaksina xavfsizligi
,
biotexnologiya
,
antigen
,
immunitet
,
profilaktik choralar
,
klinika sinovlari
,
COVID-
19
,
genetik muhandislik
.
Ключевые
слова:
Вакцина,
вирусология,
иммунопрофилактика,
классические вакцины, mRNA-технологии, пандемия, эффективность вакцины,
безопасность вакцины, биотехнология, антиген, иммунитет, профилактические
меры, клинические испытания, COVID-19, генная инженерия.
Kirish
Immunoprofilaktika inson salomatligini saqlashda 9eng muhim strategiyalardan
biri hisoblanadi. Yuqumli kasalliklarning oldini olishda vaksinalar hal qiluvchi vosita
bo‘lib, ularning tibbiyot tarixidagi o‘rni beqiyosdir. Tarixan birinchi vaksina 1796-
yilda Edvard Jenner tomonidan chechak kasalligiga qarshi ishlab chiqilgan bo‘lib, bu
insoniyatda sun’iy immunitet shakllantirish imkoniyatining boshlanishi edi.
Keyinchalik Lui Paster tomonidan ishlab chiqilgan quturishga qarshi vaksina, undan
so‘ng esa difteriya, poliomiyelit va qizamiq kabi kasalliklarga qarshi vaksinalar
paydo bo‘ldi. Mazkur maqolada aynan klassik vaksinalardan zamonaviy mRNA
texnologiyalarigacha bo‘lgan evolyutsion jarayon tahlil qilinadi.
Maqolaning dolzarbligi shundaki, u nafaqat vaksinologiya tarixini yoritadi, balki
zamonaviy yondashuvlarning afzallik va muammolarini ham chuqur tahlil qiladi. Shu
bilan birga, bu mavzu virusologiya, immunologiya, epidemiologiya va sog‘liqni
saqlash tizimi uchun muhim ilmiy-amaliy ahamiyat kasb etadi.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA
Virusga qarshi vaksinalarning rivojlanishini o‘rganish uchun bir nechta asosiy
ilmiy manbalar, monografiyalar, tibbiyot va biologiya sohasidagi maqolalar tahlil
qilindi. Xususan, Plotkin, Orenstein va Offit tomonidan yozilgan “Vaccines” nomli
fundamental asar vaksinologiya bo‘yicha asosiy nazariy bilimlarni beradi.
Shuningdek, Nature, The Lancet, NEJM (New England Journal of Medicine) va
WHO (JSST) nashrlarida e’lon qilingan statistik ma’lumotlar, klinik sinovlar
natijalari hamda vaksinalarning samaradorligi va xavfsizligi haqidagi hisobotlar
asosiy manba bo‘lib xizmat qildi.
International scientific journal
“Interpretation and researches”
Volume 1 issue 10 (56) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2
194
Klassik vaksinalar — jonli zaiflashtirilgan (masalan, qizamiq, poliomiyelit) va
inaktivatsiyalangan (masalan, gripp, gepatit A) vaksinalar — uzoq yillar davomida
ishlatib kelingan va yuqori xavfsizlik darajasi hamda barqaror immunitet bilan ajralib
turadi. Ammo ular ishlab chiqarishda ko‘p vaqt talab qilishi va ba’zan nojo‘ya
ta’sirlar chaqirishi mumkin. Zamonaviy rekombinant va vektorli vaksinalar esa
ma’lum antigenlarni maxsus tashuvchilar orqali inson organizmiga yetkazadi. Bu
texnologiyalar xavfsizlikni oshirgan bo‘lsa-da, ba’zi holatlarda immun javob sust
bo‘lishi mumkin. mRNA vaksinalar esa genetik material orqali organizmga ma’lumot
yetkazadi va u orqali organizmning o‘zi virusga qarshi antigen ishlab chiqaradi.
Pfizer-BioNTech va Moderna kompaniyalari tomonidan ishlab chiqilgan mRNA
vaksinalar 2020-yilda qisqa muddat ichida ishlab chiqildi va ommaviy ravishda
qo‘llanila boshlandi. Bu jarayon klinik sinovlarning uch bosqichidan o‘tgan holda,
xavfsizlik va samaradorlikni isbotladi. Masalan, Pfizer vaksinasining klinik
samaradorligi 94–95% deb baholangan.
Metodologik yondashuv quyidagilardan iborat bo‘ldi:
•
Vaksinalarning tasnifi va evolyutsiyasini taqqoslov tahlil qilish;
•
Ilmiy maqolalar, klinik sinov natijalari va global statistik ma’lumotlar asosida
kontent tahlil qilish;
•
mRNA
vaksinalarning
tarqalishi
va
samaradorligiga
oid
statistik
ko‘rsatkichlarni matematik tahlil qilish (trendlarga asoslangan eksponential o‘sish
modeli qo‘llanilgan);
•
Diagrama, jadval va grafiklar yordamida vizual tahlil qilish.
Virusga qarshi immunoprofilaktika vositalari turlari bo‘yicha o‘tkazilgan
solishtirma tahlil shuni ko‘rsatdiki, klassik inaktivatsiyalangan va jonli
zaiflashtirilgan vaksinalar uzoq muddatli va kuchli immunitet hosil qilishda samarali
hisoblanadi, biroq ularning ishlab chiqarish jarayoni vaqt va resurs jihatidan
murakkab hamda xavfsizlik talablarini yuqori darajada ta’minlashni talab qiladi.
Vaksina turi
Immun javob darajasi Xavfsizlik Ishlab chiqarish tezligi
Jonli zaiflashtirilgan
Yuqori
O‘rtacha
Sekin
Inaktivatsiyalangan
O‘rtacha
Yuqori
Sekin
Rekombinant
Yuqori
Yuqori
O‘rtacha
Vektorli
Yuqori
O‘rtacha
O‘rtacha
mRNA
Yuqori
Yuqori
Juda tez
Jadval-1. Vaksina turlari bo‘yicha immunologik javob va xavfsizlik
darajasi (shartli baholash)
COVID-19
pandemiyasi
davrida
mRNA
asosidagi
vaksinatsiya
texnologiyalarining ahamiyati ortdi. Ular qisqa vaqt ichida ishlab chiqilishi,
laboratoriyada tez moslashtirilishi, klinik sinovlarga tez jalb etilishi bilan boshqa
vaksinatsiya usullaridan ajralib turdi.
International scientific journal
“Interpretation and researches”
Volume 1 issue 10 (56) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2
195
XULOSA
Olib borilgan ilmiy tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, virusli infeksiyalarga qarshi
kurashishda vaksinalar hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lib, ular orqali kasalliklarning
oldini olish va pandemiyalarni jilovlash imkoniyati mavjud. Klassik vaksinalar uzoq
yillik tajriba asosida shakllangan bo‘lsa-da, ularning ba’zi kamchiliklari — ishlab
chiqarish murakkabligi va xavf-xatar darajasi — zamonaviy texnologiyalar, xususan
mRNA asosidagi vaksinalar bilan bartaraf etilmoqda.
mRNA vaksinalari nafaqat samaradorligi va xavfsizligi, balki qisqa vaqt ichida
ishlab chiqilishi bilan zamonaviy immunoprofilaktikaning asosiy yo‘nalishiga
aylanmoqda. Shu nuqtai nazardan kelib chiqqan holda, istiqbolda mRNA va boshqa
genetik
texnologiyalarga
asoslangan
vaksinalarning
rivojlanishi
insoniyat
salomatligini himoyalashda muhim o‘rin tutadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni Saqlash Vazirligi (2021).
Koronavirus
infeksiyasiga qarshi vaksinalar haqida qo‘llanma
.Toshkent: O‘quv-metodik markaz.
2.Bobojonov S., Toshqulov A. (2019).
Immunologiya va vaktsinoprofilaktika
asoslari
. Samarqand: SamDMI.
3.Salimova M.N. (2018).
Biologiyada zamonaviy yutuqlar: Genetik va
molekulyar tibbiyot asoslari
. Toshkent: Fan.
4.
M.Toshtemirova.
Nitrification and denitrification: microbiological processes in the
nitrogen cycle.
Academic research in modern science
5.
M.Toshtemirova
.
Air microorganisms: significance, sources, and research methods.
Gurrent approaches and new research inmodern sciences.
6.
M. Toshtemirova.
M. Sobirjonova.
Virus structure and the hypotheses
regarding their origin.
International journal of scientific trends- (ijst) issn: 2980-4299
