Авторы

  • Шарифа Искандарова
    Farg‘ona davlat universiteti
  • Одина Ахмадалиева
    Farg‘ona davlat universiteti

Биографии авторов

  • Шарифа Искандарова, Farg‘ona davlat universiteti
    tilshunoslik kafedrasi professori Filologiya fanlari doktori (DSc)
  • Одина Ахмадалиева, Farg‘ona davlat universiteti
    lingvistika: o ‘zbek tili Mutaxassisligi 2-kurs magistranti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.international-scientific.120783

Аннотация

Ushbu maqolada o ‘zlashma so ‘zlar, asosan, arabcha o‘zlashmalar haqida mulohazalar yuritiladi. Ibrat ijodida uchraydiga ayrim arabcha leksemalar semantik va leksik tomondan tahlilga tortiladi.


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 1 issue 10 (56) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

212

ARABCHA O‘ZLASHMALARNING LEKSIK- SEMANTIK TADQIQI

LEXICAL-SEMANTIC STUDY OF ARABIC LOANWORDS

Sharifa Iskandarova

Farg‘ona davlat universiteti tilshunoslik kafedrasi professori

Filologiya fanlari doktori (DSc)

Axmadaliyeva Odina Solijon qizi

Farg‘ona davlat universiteti lingvistika: o ‘zbek tili Mutaxassisligi 2-kurs magistranti

Annotatsiya:

Ushbu maqolada o ‘zlashma so ‘zlar, asosan, arabcha o

‘zlashmalar haqida mulohazalar yuritiladi. Ibrat ijodida uchraydiga ayrim arabcha
leksemalar semantik va leksik tomondan tahlilga tortiladi.

Kalit so ‘zlar:

leksik-semantik, o ‘zlashma so ‘zlar.

Abstarct:

This article focuses on loanwords, primarily those of Arabic orign.

Some Arabic lexemes found in the work Ibrat will be analyzed lexically and
semantically.

Key words:

lexical-semantic, loanwords.


Kirish.

Dunyodagi barcha tillar o‘zga tildan so‘zlarni qabul qilish jarayonida kengayadi.

Shuning uchun ham dunyoda bironta ham sof til mavjud emas. Amaldagi til ikki xil
usulda lug‘at tarkibini kengaytiradi. Bulardan birinchisi, o‘z qatlam, ya’ni o‘z ichki
imkoniyatlaridan: masalan, shevalardan so‘z olish natijasida kengayishi mumkin.
Ikkinchisi esa, tashqi manba hisoblanib, chetdan kirgan so‘zlar hisobiga lug‘at
boyligini oshirishi mumkin.

Adabiyotlar tahlili va metodologiya

.

Xalqaro munosabatlar, iqtisodiy-siyosiy va madaniy aloqalar natijadsida bir

tildan ikkinchi tilga so ‘zlar olinadi va lug‘at tarkibiga joylashib, ana shu tilning
qonun-qoidalariga moslashadi. Bunday jarayonlarning ahamiyati haqida atriflicha
bahs-munozaralar olib borilmoqda. Bunday hodisalar bir necha yuz yillardan beri
tilshunoslarning diqqat markazida e’tirof etilmoqda. O ‘zbek tili taraqqiyotida o ‘zga
millatlarning lisoniy ta’siri, xususan, lug‘at qatlamida yaqqol ko ‘zga tashlanadi.

O‘zbek tiliga tashqi manbalardan, asosan, arabcha, forscha-tojikcha va Ruscha-

international so‘zlar kirib, o‘zlashib qolgan. Professor Fattoh Abdullayevning “Til
qanday rivojlanadi?” risolasida ko‘rsatilishicha, o‘tgan asrning yigirmanchi yillarida
tuzilgan bir lug‘atdagi so‘zlarning 28,6%arabcha, 16,9% tojikcha, 4,7% ruscha-
internatsional, 50,3% asli o‘zbek so‘zlaridan iborat bo‘lgan.


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 1 issue 10 (56) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

213

R.A.Budagov luga’viy o‘zlashmalarning o‘z tildagi shakli bilan so‘z qabul

qilgan tildagi shakli 8 funksional qiymat bilan munosabatga kirishi haqida fikr
bildiradi. Bu fikrni o‘zbek tilidagi arabcha so‘zlar tabiati ham to‘la tasdiqlaydi:

1. Arab tilida konkret ma’noda ishlatiladigan lug‘aviy birlik o‘zbek tilida

mavhum ma’no bildiradi, sohib-ega, ayyom-kunlar, mavj-to‘lqin;

2.Arab tilida jins ma’nosida ishlatiluvchi so‘z o‘zbek tilida tur ma’nosida

qo‘llanadi, muarbbo- marmalad, ayol- bola-chaqa, oila;

3.Arab tilida bir ma’noda ishlatilgan so‘z o‘zbek tilida polisemantik xarakter

kasb etadi, masalan, bisot;

4.Arab tilidagi otdan o‘zlashgan ba’zi so‘zlar o‘zbek tilida uslubiy muqobiliga

ega bo‘lmaydi. Masalan, anhor, anqo, ariza, aruz;

5. Arab tilida noarxaik tavsifdagi lug‘aviy birlik o‘zbek tilida arxaiklashgan

bo‘ladi. Masalan, qozi, firqa, xikmat;

6.Arab tilida lug‘aviy mustaqillikka ega bo‘lgan so‘z o‘zbek tilida lug‘aviy

mustaqilligini inkor etadi. Masalan, almisoqdan beri;

7. Arab tilida lug‘aviy birlik ba’zan o‘zbek tilida so‘z tavsifida bo‘ladi. Masalan,

lisoniy, lug‘aviy, sifat, fe’l, taqriz;

8.Arab tilida so‘z holida ishlatiluvchi birlik o‘zbek tilida so‘z birikmasi tarkibida

qo‘llaniladi. Masalan, nazar solmoq, avf etmoq, xayol surmoq, bahridan o‘tmoq.

Arab tilidan so‘z o‘zlashtirish VIII asrdan boshlab, IX-X asrlargacha

faollashgan. Arab tilidan so‘z o‘zlashtirilishiga olib kelgan sabablar ichida
quyidagilari muhim ahamiyat kasb etadi:

a)

Arablar istilosi;

b)

Islom dinining keng tarqalishi;

c)

Arab yozuvining qo‘llanila boshlanganligi;

d)

Madrasalarda arab tilining o‘qitilishi;

e)

Turkiy arab tilining tarkib topganligi;

f)

Olimlarning arab tilida ijod qilganligi.

Arab tili deyarli 300 yil davomida o ‘zbek, tojik va boshqa bir qator xalqlar

uchun umumadabiy tillik vazifasini bajargan[1.165].

Natija va muhokama

.

Arab tili va adabiyotining sharq xalqlari, jumladan, o‘zbek xalqi orasida keng

yoyilishining o‘zi muhim omillardan biridir. Islom mazhabi, arab tili va adabiyoti
o‘sha paytda ar arab so ‘zlarining o ‘zbek tiliga kirib kelishi xilma-xil bo ‘lganligi
kabi, uning semantik tuzilishidagi o‘zgarishlar ham turlicha hisoblanadi.
T.I.Rahmonov o ‘zining ilmiy ishida o ‘zlashma so ‘z semantik tuzilishi 3 xil
ekanligini aytib o ‘tgan:

1.So ‘z ma’nolarining kengayishi.
2.So ‘z ma’nolarining torayishi.


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 1 issue 10 (56) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

214

3. So ‘z ma’nolarining ko ‘chishi.
Etib ko ‘b xalqni majruhu ma’dum,
Qo ‘lida

tasbeh

u oqi hamoyil.

(Ibrat.
Ushbu baytda bir nechta arabcha so ‘zlar ishtirok etgan. Masalan, majruh- bu

arabcha macruh(un) shakliga ega; o ‘zbek tiliga cho ‘ziq u unlisi y unlisiga, xoyu
xutti undoshini x undoshiga almashtirib qabul qilingan; Macruh-majruh, asli
“jismoniy shikast yetkazdi” ma’nosini anglatuvchi caraha fe’lining I bob majhul
nisbat sifatdoshi bo ‘lib, “jarohatlangan”, “nogiron”, “mayib” ma’nolarini anglatadi.
Hozirgi zamon o ‘zbek tilida ham bu so ‘z xuddi mana shu semalari bilan ifodalanib
kelinmoqda. Tasbeh- bu arabcha so ‘z tasbih(un) shakliga ega; o ‘zbek tiliga cho ‘ziq
I unlisi e unlisiga, xoyi xutti undoshi x undoshiga almashtirib qabul qilingan: tasbix-
tasbeh; ko ‘pma’noli sabaha fe’lining “maqtadi” ma’nosi bilan hosil qilingan II
mastari bo ‘lib, asli “maqtov” ma’nosini anglatadi. Subxon ollo! Maqtov so ‘zlari
maxsus miqdorda ipga tizilgan munchoqlarni birma-bir ayirib aytilagni uchun bu so
‘z keyinchalik “maxsus miqdorda ipga tizilgan munchoqlar” ma’nosini anglatish
uchun ishlatiladigan bo ‘lgan[2.426]. O ‘zbek tilida ham tasbeh so ‘zi duolar va
ibodat so ‘zlarini hisoblab borish maqsadida ishlatiladigan munchoqlar shodasi
hisoblanadi. Tasbeh so ‘zining kelib chiqish tarixi uzoqqa borib taqaladi. “Rasululloh
solallallohu alayhi vasallam bir ayolning oldiga kirdilar, u paytda ayol danak yoki
mayda toshlarni sifatida ishlatib ollohu duo, zikr keltirayotgan ekan, shunda U zot
“Men senga undan oson yoki Afzal narsaning xabarini beraman deb, zikrni ko ‘p
takrorlash va uni qo ‘ldan boshqa narsa bilan ham sanash mumkinligini aytganlar”.
Mana shu ma’noni anglatish maqsadida mashhur muhaddis imom Abu Dovud o ‘z
kitobida “mayda tosh bilan tasbeh aytish” bobini yaratgan. Mana shu voqealardan
keyin bizda “tasbeh” nomini olgan, arabcha “ subha” deb nomlanadigan danak yoki
dumaloq narsalarni ipga tizib yaratiladigan narsa paydo bo ‘lgan. Boshqa bir hadis
kitoblarida, tasbeh namozdan tashqari holatlarda ollohga ko ‘p martalab zikr aytish
jarayonida ishlatilishi kerakligi haqida ham ma’lumotlar uchraydi, shunday qilib
musulmon xalqi mana shunday tasbehlarni yasab foydalanganlar.

Bizdan odob usul etmang umid,

Odami

qishloqidurmiz uch kishi.

(Ibrat. Hikoyati uch kishi)
Ushbu parchadagi odam so‘ziga diqqat qarataylik. Odam so ‘zi lug‘atimizga

arabchada kirib kelgan. O ‘TILda ushbu so ‘zga shunday ta’rif beriladi: ar-
Odamato;inson. Fikrlash, so ‘zlash va mehnat qilish qobiliyatiga ega bo‘lgan, shu
tufayli boshqa hamma maxluqotdan ustun turuvchi jonli zot; kishi, inson. Odam
leksemasini semalarga ajratamiz: 1. Kishilik jamiyatining bir vakili. 2. Tarbiya ko


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 1 issue 10 (56) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

215

‘rgan, yaxshi xislatlarga ega insonga el orasida ‘ odam bo ‘lgan’ iborasi qo ‘llaniladi.
3. Oila a’zolarning har biriga nisbatan. Masalan: Odam boshiga uch so ‘mdan.

Xulosa.

Xulosa o ‘rnida shuni ta’kidlash kerakki, olib borilgan kichik tadqiqotimiz shuni

ko ‘rsatadiki, o ‘zlashma so‘zlar o ‘zbek tili lug‘at tarkibining ajralmas bir qismi
hisoblanadi.

Tilimizda ishlatilayotgan faol so ‘zlarning kelib chiqishini o ‘rganish va tadqiq

etish jarayoni o ‘tgan asrdan buyon tilshunos olimlarning diqqatini tortib kelmoqda.
Bu mavzu yuzasidan ko ‘plab ilmiy ishlar yaratilgan. Shunday ekan, millatimizning
ulkan va bebaho boyligi hisoblangan ona tilimizning so ‘z boyligini oshirishda qaysi
tillar o ‘z ta’sirini o ‘tkazganligini aniqlash bugungi kundagi dolzarb masalalardan
biridir.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.Hojiyev A. O ‘zbek tili leksikologiyasi.-Toshkent,1981.
2.Rahmatullayev Sh. O ‘zbek tilining etimologik lug‘ati.-Toshkent,2003.
3.Kaye,

A.S.(Ed).Semantic

Studies

in

Honor

of

Wolf

Leslau.-

Wiesbaden:OttoHarrassowitz,1987.

4.Qayumov A. Lug‘aviy so‘zlar tarixi.-Toshkent:O‘qituvchi,1983.
5.Abdurahmonov G‘. O‘zbek tilida arabcha so‘zlar.-Toshkent:Fan,1995.

Библиографические ссылки

Hojiyev A. O ‘zbek tili leksikologiyasi.-Toshkent,1981.

Rahmatullayev Sh. O ‘zbek tilining etimologik lug‘ati.-Toshkent,2003.

Kaye, A.S.(Ed).Semantic Studies in Honor of Wolf Leslau.-Wiesbaden:OttoHarrassowitz,1987.

Qayumov A. Lug‘aviy so‘zlar tarixi.-Toshkent:O‘qituvchi,1983.

Abdurahmonov G‘. O‘zbek tilida arabcha so‘zlar.-Toshkent:Fan,1995.