Авторы

  • Санжар Шодмонов
    Toshkent Davlat Yuridik Universiteti,

Биография автора

  • Санжар Шодмонов , Toshkent Davlat Yuridik Universiteti,
    Magistratura va sirtqi ta’lim fakulteti Biznes huquqi mutaxassisligi magistranti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.international-scientific.120805

Аннотация

Ushbu maqolada iqtisodiy sudlarda investitsiyaviy nizolarni ko‘rib chiqishning huquqiy va protsessual asoslari keng yoritilgan. Xususan, investitsiya nizolarini hal etishning milliy sud tizimidagi tartiblari, xalqaro arbitrajning o‘rni, shuningdek, nizolarni samarali hal qilish mexanizmlarining mavjud muammolari va ularni bartaraf etish bo‘yicha tavsiyalar tahlil qilingan.


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 1 issue 11 (57) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

15

IQTISODIY SUDLARDA INVESTITSIYAVIY NIZOLAR: HUQUQIY

TARTIB, MUAMMOLAR VA XALQARO TAJRIBAGA TAYANILGAN

YONDASHUV

Shodmonov Sanjar Qurbonmurod o‘g‘li

Toshkent Davlat Yuridik Universiteti, Magistratura va sirtqi ta’lim fakulteti

Biznes huquqi mutaxassisligi magistranti

sanjarshodmonov44@gmail.com


Annotatsiya:

Ushbu maqolada iqtisodiy sudlarda investitsiyaviy nizolarni

ko‘rib chiqishning huquqiy va protsessual asoslari keng yoritilgan. Xususan,
investitsiya nizolarini hal etishning milliy sud tizimidagi tartiblari, xalqaro
arbitrajning o‘rni, shuningdek, nizolarni samarali hal qilish mexanizmlarining mavjud
muammolari va ularni bartaraf etish bo‘yicha tavsiyalar tahlil qilingan.

Kalit so‘zlar:

investitsiya nizolari, iqtisodiy sudlar, protsessual huquq, arbitraj,

yirik investor, nizolarni hal etish.

Аннотация:

В статье подробно рассматриваются правовые и

процессуальные основы разрешения инвестиционных споров в экономических
судах Узбекистана. Особое внимание уделяется порядку рассмотрения споров в
национальных судах, роли международного арбитража, а также анализируются
актуальные проблемы и даны рекомендации по их решению.

Ключевые слова:

инвестиционные споры, экономические суды,

процессуальное право, арбитраж, крупный инвестор, разрешение споров.

Annotation:

This article explores the legal and procedural framework for

resolving investment disputes in the economic courts of Uzbekistan. It focuses on the
domestic court procedures, the role of international arbitration. It also highlights
existing challenges in dispute resolution and provides practical recommendations.

Keywords:

investment disputes, economic courts, procedural law, arbitration,

major investor, dispute resolution.


Bugungi kunda O‘zbekiston xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va saqlab qolish

bo‘yicha faol siyosat yuritmoqda. Buning isboti sifatida 2022-yil 28-yanvarda qabul
qilingan PF–60-sonli Prezident farmonida “Yangi O‘zbekistonning rivojlanish
strategiyasi – 2022–2026 yillar” doirasida mamlakat investitsiyaviy jozibadorligini
oshirish va kelgusi besh yil davomida jami 120 milliard AQSh dollari miqdorida
investitsiyalar, jumladan, 70 milliard dollari xorijiy kapital sifatida jalb etish ko‘zda
tutilgan.

Shu maqsadni amalga oshirishda investitsiyaviy muhitning barqarorligi va

ishonchliligi muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, yuzaga keladigan investitsiyaviy


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 1 issue 11 (57) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

16

nizolarni tez va shaffof hal qilish imkonini beradigan sud-huquqiy mexanizmlar

mavjud bo‘lishi xorijiy sarmoyadorlar uchun muhim omildir.

6

Xalqaro huquqda "investitsiya" yoki "investor" tushunchasining aniq ta'rifi yo'q.

Davlatlar o'zlarining xalqaro investitsion shartnomalarida ushbu atamalarga
ta'riflarini tasdiqlashlari mumkin va bunda ular hujjatning qolgan qismida ko'rsatilgan
himoya doirasini belgilaydilar. Nizo yuzaga kelgan taqdirda hakamlik sudi
tomonidan sanab o'tilgan ta'rifga to'g'ri keladigan tijoriy faoliyat turlarigina

shartnoma imtiyozlaridan foydalanish huquqiga ega bo'ladi.

7

Amaldagi qonunchilikning muhim kamchiliklaridan biri — “yirik investor”

tushunchasining huquqiy jihatdan aniqlanmaganligidir. Bu amaliyotda nizoning
ko‘rib chiqilishi va sud yurisdiksiyasi masalalarida noaniqlik keltirib chiqaradi. Shu
sababli “yirik investor” atamasini qonuniy asosda ta’riflash lozim.

O‘zbekiston Respublikasi 1992-yildan boshlab Xalqaro valyuta jamg‘armasi,

Xalqaro moliya korporatsiyasi va boshqa qator xalqaro moliyaviy institutlarga a’zo
bo‘lgan. Shu bilan birga, xorijiy investitsiyalar bilan bog‘liq nizolarni hal etish tartibi
dastlab “Investitsiyalar va investitsiyaviy faoliyat to‘g‘risida”gi Qonun bilan tartibga
solingan.

Avvalgi normativ-huquqiy hujjatlar xorijiy investorlar bilan bog‘liq nizolarni

muzokaralar, arbitraj yoki iqtisodiy sudlar orqali ko‘rib chiqishni nazarda tutgan
bo‘lsa, 2019-yilda qabul qilingan “Investitsiyalar va investitsiyaviy faoliyat
to‘g‘risida”gi Qonun 63-moddasi bilan bu tartiblar birlashtirildi. Mazkur modda
investitsiyaviy nizolarni muzokara, medatsiya, sud va xalqaro arbitraj orqali hal etish
imkonini yaratadi.

Bundan tashqari, Iqtisodiy protsessual kodeksda investitsiyaviy shartnomalar

bilan bog‘liq nizolar toifasi va ularni ko‘rib chiquvchi sudlar aniq belgilangan. Yirik
investorlar da’volari O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudida, qolganlari esa hududiy
iqtisodiy sudlarda ko‘rilishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasining tegishli sudi doirasida va xalqaro arbitraj

doirasida hal etilishi mumkinligi belgilangan. O‘zbekiston Respublikasining Iqtisodiy
protsessual kodeksida investitsiyaviy nizolarga taalluqli ishlar quyidagilar kiradi:
investitsiya shartnomalarini tuzish, o‘zgartirish va bekor qilish bilan bog‘liq nizolar;
investitsiya shartnomalarini haqiqiy emas deb topish to‘g‘risidagi nizolar; investitsiya
shartnomasini bajarish bilan bog‘liq nizolar; investitsiya shartnomasidan kelib
chiqadigan soliq, bojxona, ijtimoiy, ekologik va boshqa majburiyatlarning investor
tomonidan bajarilishi bilan bog‘liq nizolar; shuningdek investitsiya shartnomasi
bo‘yicha investorga berilgan mol-mulkni talab qilib olish yoxud bunday shartnoma

6

Баратова М.А. Инвестиционные споры: понятие, виды, способы разрешения // Законодательство. - 1998. - Ks

4. - С.66-76.

7

Xalqaro Investitsiya huquqiga kirish [Matn]: darslik /Devid Kollins (David Collins), Narziyev Otabek Sa'diyevich. -

T.: TDYU nashriyoti, 2023. 119 b.


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 1 issue 11 (57) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

17

bo‘yicha neustoyka va (yoki) zararlarni undirish bilan bog‘liq nizolar. Yuqorida
sanab o‘tilgan nizolarni umumlashtirib, shuni ta’kidlash mumkinki, iqtisodiy
protsessual qonunchilik doirasida ko‘rib chiqiladigan investitsiya ishlariga
investitsiya shartnomasidan kelib chiqadigan barcha nizolar kiradi. IPKda
investitsiyaviy nizolarning sudlovga taalluqliligiga oid ayrim xususiyatlar ham
mavjud.

8

Masalan, yirik investitsiyaviy nizolardan kelib chiqadigan ishlar

investorning xohishiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan, qolgan
investitsiyaviy nizolar investorning xohishiga ko‘ra Qoraqalpog‘iston Respublikasi
sudi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari tomonidan birinchi instansiya sudi sifatida
ko‘rib chiqilishi tartibi belgilandi.

Xalqaro tajribada keng qo‘llanilayotgan arbitraj institutlari, xususan ICSID,

UNCITRAL, Stokgolm arbitraj instituti va Toshkent xalqaro arbitraj markazi xorijiy
sarmoyadorlar uchun ochiq bo‘lib, ulardan foydalanish uchun nizoni arbitrajga
topshirish haqidagi yozma bitim zarur hisoblanadi.

9

Xulosa qilsak, investitsiyaviy nizolarni hal etish bo‘yicha qonunchilik asoslarini

takomillashtirish zarur, shuningdek, huquqiy mexanizmlarni soddalashtirish va aniq
belgilash natijasida xorijiy investorlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish va
investitsion muhitini yaxshilash kerak.

Foydalanilgan adabiyotlar:
Normativ-huquqiy hujjatlar:

1. O‘zbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksi;
2. “Investitsiyalar va investitsiyaviy faoliyat to‘g‘risida”gi Qonuni.

Darslik, o‘quv qo‘llanma va maqolalar:

1. Богуславский М.М Правовое положение иностранных инвестиций. - М:

1993.

2. Волова Л.И. Механизм разрешения международных инвестиционных

споров//Пространство

экономики.

2010.

№1.

URL:

https://cyberleninka.ru/article/n/mehanizm-razresheniyamezhdunarodnyh-
investitsionnyh-sporov (дата обращения: 21.04.2022).

3. Мороз С.П. Инвестиционный контракт // Бизнес, менеджмент и право.

— 2016. —№2. —С. 21-25.

4. Баратова М.А. Инвестиционные споры: понятие, виды, способы

разрешения // Законодательство. - 1998. - Ks 4. - С.66-76.

5. Ануфриева Л.П. Международное частное право: В 3-х т. Том 1.

Общаячасть: Учебник. - М.: Издательство БЕК, 2000. - 228 с.

8

Умарова K., & Панабергенова, Ж. (2022). Механизмы разрешения инвестиционных споров, предусмотренные

законодательством республики Узбекистан. Ренессанс в парадигме новаций образования и технологий в XXI
веке, (1), 227–229.

9

Богуславский М.М Правовое положение иностранных инвестиций. - М: 1993.


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 1 issue 11 (57) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

18

6. Xalqaro Investitsiya huquqiga kirish [Matn]: darslik /Devid Kollins (David

Collins), Narziyev Otabek Sa'diyevich. -T.: TDYU nashriyoti, 2023. 456 b.

Foydalanilgan saytlar:

1.

https://lex.uz/ru/docs/-3523891#-5231724

2.

https://www.dissercat.com/content/investitsionnye-spory-mezhdu-

gosudarstvom-i-inostrannym-investorom



Библиографические ссылки

Normativ-huquqiy hujjatlar:

O‘zbekiston Respublikasining Iqtisodiy protsessual kodeksi;

“Investitsiyalar va investitsiyaviy faoliyat to‘g‘risida”gi Qonuni.

Darslik, o‘quv qo‘llanma va maqolalar:

Богуславский М.М Правовое положение иностранных инвестиций. - М: 1993.

Волова Л.И. Механизм разрешения международных инвестиционных споров//Пространство экономики. 2010. №1. URL: https://cyberleninka.ru/article/n/mehanizm-razresheniyamezhdunarodnyh-investitsionnyh-sporov (дата обращения: 21.04.2022).

Мороз С.П. Инвестиционный контракт // Бизнес, менеджмент и право. — 2016. —№2. —С. 21-25.

Баратова М.А. Инвестиционные споры: понятие, виды, способы разрешения // Законодательство. - 1998. - Ks 4. - С.66-76.

Ануфриева Л.П. Международное частное право: В 3-х т. Том 1. Общаячасть: Учебник. - М.: Издательство БЕК, 2000. - 228 с.

Xalqaro Investitsiya huquqiga kirish [Matn]: darslik /Devid Kollins (David Collins), Narziyev Otabek Sa'diyevich. -T.: TDYU nashriyoti, 2023. 456 b.

Foydalanilgan saytlar: