Авторы

  • Зафаржон Рахмонов

Биография автора

  • Зафаржон Рахмонов
    Iqtisod fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.international-scientific.120846

Аннотация

Zamonaviy jamiyatda malakali mutaxassislarni tanlashni tashkil etish, ularning malakasini oshirish va ko‘nikmalarini shakllantirish, uzluksiz kasbiy rivojlantirib borish bugungi kunning zarurati bo‘lib qolmoqda. Maqolada ta’lim tizimi kadrlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirib borish holatlari ko‘rib chiqilgan.


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 1 issue 11 (57) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

140

INSON KAPITALINI SHAKLLANTIRISHDA UZLUKSIZ KASBIY

RIVOJLANISHNING O‘RNI VA AHAMIYATI

Zafarjon Yashinovich Raxmonov

Iqtisod fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent

Annotatsiya.

Zamonaviy jamiyatda malakali mutaxassislarni tanlashni tashkil

etish, ularning malakasini oshirish va ko‘nikmalarini shakllantirish, uzluksiz kasbiy
rivojlantirib borish bugungi kunning zarurati bo‘lib qolmoqda. Maqolada ta’lim
tizimi kadrlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirib borish holatlari ko‘rib chiqilgan.

Kalit so‘zlar:

ta’lim, ko‘nikma, maktab, malakali mutaxassis, malakasini

oshirish, maxsus sertifikat, uzluksiz kasbiy rivojlantish.

Abstract.

In modern society, the organization of the selection of qualified

specialists, their professional development and skills formation, and continuous
professional development remain a necessity today. The article examines the cases of
continuous professional development of personnel in the education system.

Key words:

education, skills, school, qualified specialist, advanced training,

special certificate, continuous professional development.

Аннотация.

В

современном

обществе

организация

отбора

квалифицированных специалистов, их профессионального развития и
формирования навыков, непрерывного профессионального развития остаются
необходимостью и сегодня. В статье рассматриваются случаи непрерывного
профессионального развития кадров в системе образования.

Ключевые слова:

образование, навыки, школа, квалифицированный

специалист,

повышение

квалификации,

специальное

удостоверение,

непрерывное профессиональное развитие.


O‘zbekistonda amalga oshirilgan tub ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar uzluksiz

kasbiy rivojlantirib borish tizimini yangi iqtisodiy sharoitlarga moslashtirishni talab
qiladi. Kasbiy rivojlanish jamiyatning inson kapitalini shakllantiruvchi unsurlardan
biri bo‘lib, mamlakat iqtisodiy yuksalishining hal qiluvchi omilidir. Insonning malaka
va bilim darajasi shaxsning jamiyatdagi mavqeyini belgilaydi, shaxsning o‘z
imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarish qobiliyatini oshiradi va shaxsning ijtimoiy-
iqtisodiy muhit talablariga moslashishini ta’minlaydi.

Rivojlangan ta’lim tizimi mamlakatimiz raqobatbardoshligini oshirishning

asosiy omili hisoblanadi. Ayni paytda mamlakatimizda ta’lim xizmatlariga talabning
muttasil ortib borishi kuzatilmoqda, bu esa ta’limning, ayniqsa, maktab ta’limining
nufuzi va ahamiyati ortib borayotganidan dalolat beradi. O‘zbekistonda malaka
oshirish ta’limining rivojlangan sektoriga qaramay, mehnat bozorida va ta’lim


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 1 issue 11 (57) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

141

xizmatlari bozorida inson kapitalidan ham ijtimoiy, ham individual darajada
foydalanish samaradorligini pasaytiradigan ma’lum qarama-qarshiliklar mavjud:
mehnat bozorida ushbu to‘plangan inson kapitaliga talabning yo‘qligi; inson
kapitalining ma’naviy qadrsizlanishi; mehnat bozori va ta’lim xizmatlari bozoridagi
manfaatlarning assimetriyasi; iqtisodiyotning mutaxassislarga bo‘lgan talab
dinamikasi va malaka oshirish tizimining ishlashi bilan kelishilgan mexanizmning
yo‘qligi sababli ta’limda boshqaruv kadrlar sonining taqchilligi yoki ortiqcha
mavjudligida namoyon bo‘ladigan ta’lim menejmentida profitsional kasbiy
ma’lumotga ega bo‘lgan mutaxassislar ko‘lamidagi nomutanosiblik sezilib qolmoqda.

Iqtisodiyotning jadal rivojlanishi va uzluksiz o‘zgarishlari, xususan,

iqtisodiyotning innovatsion rivojlanish yo‘liga o‘tishi munosabati bilan
korxonalarning kasbiy va kadrlar tarkibiga bo‘lgan ehtiyoji, maktab ta’limi tizimidagi
mutaxassislar va rahbarlarining kasbiy tayyorgarlik darajasiga qo‘yiladigan talablar
o‘zgarmoqda. Bunday sharoitda pedagogik oliy ta’lim va malaka oshirish
muassasalarining strategik vazifalari quyidagilardan iborat:

zamonaviy sharoitda pedagogik oliy ta’lim va malaka oshirish muassasalarining

institutsional va tarkibiy o‘zgarishlari yo‘nalishlarini aniqlash;

pedagogik oliy ta’lim va malaka oshirish muassasalarining ham milliy, ham

xalqaro miqyosda raqobatbardoshligini ta’minlash;

taqdim etilayotgan ta’lim xizmatlari sifatini boshqarish; mutaxassislar

tayyorlash uchun davlat tomonidan ajratiladigan byudjet mablag‘laridan samarali
foydalanish;

nomenklatura va tayyorgarlik darajasi bo‘yicha iqtisodiyot real sektorining

kadrlarga bo‘lgan ehtiyojini qondirish.

Shundan kelib chiqqan holda, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning dinamik modeli

mehnat bozori talablariga tezda javob beradigan, iqtisodiy o‘sishni
rag‘batlantiradigan va iqtisodiyot tomonidan talab qilinadigan mutaxassislarni qayta
ishlab chiqaradigan moslashuvchan ta’lim tizimiga mos kelishi kerak. Kadrlar
tayyorlash hajmi, tarkibi va sifati iqtisodiyotning real sektoriga yo‘naltirilgan bo‘lsa,
o‘rta muddatli istiqbolda mutaxassislarga bo‘lgan ehtiyojni aniqlash juda dolzarb
ko‘rinadi.

Bu muammoni hal etish ta’lim tizimi va mehnat bozorining o‘zaro hamkorligiga

yangi uslubiy yondashuvlarni taqozo etadi, kadrlar tayyorlash bo‘yicha dasturlar
majmuasi va trayektoriyasini ishlab chiqish, kelajakda mutaxassislarga bo‘lgan
ehtiyojni o‘rganish va prognoz qilishdir. Bu kadrlarni tayyorlash, malakasini oshirish
va qayta tayyorlash xarajatlarini qisqartirish, mehnat bozori va ta’lim xizmatlari
bozorida talab va taklifning yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nomutanosibligini
bartaraf etish, ta’lim xizmatlari sifatini oshirish imkonini beradi.


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 1 issue 11 (57) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

142

2022-yildan dunyoda gibrid o‘qitish formati birinchi o‘ringa chiqdi – ta’lim

muassasalarining 92 foizi undan foydalanadi. Ushbu formatda xodimlarning 63 foizi
masofaviy ta’limni tanlaydi, 37 foizi esa oflayn (yuzma-yuz) ta’limni tanlashgan.
Ta’lim muassasalarining atigi 8 foizi masofaviy ta’lim formatidan foydalanadi.

2025-yilda gibrid formatga e’tibor saqlanib qolinadi - ta’lim muassasalarining

80% dan ortig‘i talaba-o‘quvchilarni shu tarzda o‘qitadi. Bunda, asosiy o‘qitish va
rivojlanish formatlari strategik sessiyalar, korporativ ta’lim dasturlari va ekspertlar
bilan uchrashuvlar bo‘lib qoladi.

Onlayn treningda asosiy format slayd kurslari bo‘lib qoladi, ular ta’lim

muassasalarining 86% tomonidan tanlanadi. Boshqa formatlar - testlar, amaliy
topshiriqlar, video materiallar, konferensiyalar, dialog simulyatorlari, uzoq o‘qishlar,
skrinshotlar va dasturiy ta’minot simulyatorlari - kamroq qo‘llaniladi.

Pandemiya va masofaviy ishlashga ommaviy o‘tish tufayli ijtimoiylashuv

o‘qitishning muhim elementiga aylanib bormoqda va ijtimoiy ta’limga alohida e’tibor
qaratilmoqda. So‘nggi yillarda bu amaliyot ta’lim muassasalarida tobora ommalashib
bormoqda. Buning sababi, xodimlarning bir-biri bilan kamroq muloqot qilishlari va
mutaxassislardan kamroq yordam olishlari. Shu bilan birga, talaba va o‘quvchilarning
yarmidan ko‘pi ushbu turdagi yordamga muhtoj deb hisoblashadi.

Shu munosabat bilan mentorlik va murabbiylik eng samarali o‘quv

formatlaridan biri sifatida e’tirof etila boshlandi. Kichik guruhlarda murabbiylik va
treninglar 2023-2024 yillar uchun asosiy tendensiyalardan biri sifatida belgilandi.
Ijtimoiy ta’lim formatlari allaqachon O‘zbekistonning ta’lim muassasalari tomonidan
qo‘llaniladi.

Tadqiqotlarga ko‘ra, 2027-yilga kelib, dunyoda har oltinchi ta’lim xizmatlari

xodimi qayta malaka oshirishga muhtoj bo‘ladi. Dunyo bo‘ylab ta’lim
muassasalarining 80% dan ortig‘i esa kadrlarni qayta tayyorlash va jarayonlarni
avtomatlashtirishga sarmoya kiritadi.

Darhaqiqat zamonaviy jamiyatda malakali mutaxassislarni tanlashni tashkil

etish, ularning malakasini oshirish va ko‘nikmalarini shakllantirish, uzluksiz kasbiy
rivojlantirib borish bugungi kunning zarurati bo‘lib qolmoqda.

Bugungi kunda olib borilayotgan islohotlarning maqsadi ta’lim tizimining va

zamonaviy mehnat bozori o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning uslubiy asoslarini
ishlab chiqishdan iborat.

Ushbu maqsadga erishish uchun ushbu islohatlarning mantiqiyligi va tuzilishini

aniqlaydigan quyidagi muammolarni hal qilish kerak:

1) inson kapitalini shakllantirishda kadrlar tayyorlash va malaka oshirish tizimi

samaradorligini o‘rganish va uzluksiz kasbiy rivojlantirib borish zarurligini asoslash;


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 1 issue 11 (57) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

143

2) asosiy muammolar va istiqbollarni baholashda alohida pedagogik oliy ta’lim

va malaka oshirish muassasalari darajasida va ta’lim sohasidagi xalqaro tendensiyalar
kontekstida O‘zbekiston ta’limi sifatini baholashga yondashuvlarni aniqlash;

3) byudjet mablag‘lari hisobidan kadrlar tayyorlanayotgan ta’lim tashkilotlarini

kadrlar bilan ta’minlash masalasini hal etish yo‘llarini ishlab chiqish;

4) oliy kasbiy ma’lumotga va maxsus sertifikatga ega bo‘lgan mutaxassislarda

mamlakat hududlaridagi mehnat bozori va ta’lim xizmatlari bozori tarkibini
o‘rganish;

5) iqtisodiyotning xususan ta’lim tizimining mutaxassislarga bo‘lgan ehtiyojini

prognozlashning eng maqbul usulini aniqlash va hududlardagi ta’lim muassasalari
uchun oliy ma’lumotli va maxsus sertifikatli mutaxassislarga bo‘lgan umumiy
ehtiyojning prognoz hisoblarini hisoblash;

6) hududlardagi ta’lim muassasalarining oliy kasbiy ma’lumotga ega bo‘lgan

mutaxassislarga bo‘lgan ehtiyojlarini monitoring qilish misolidan foydalanib,
mutaxassislarga bo‘lgan ehtiyojni aniqlash usulini taklif qilish, uning asosida kelajak
uchun oliy ma’lumotli va maxsus sertifikatli mutaxassislar korpusining ehtimollik
modelini tuzish;

7) ta’lim tizimi va mehnat bozori o‘rtasidagi munosabatlarni o‘rnatish modelini

taqdim etish.

Ma’lumki, mehnat bozori va ta’lim xizmatlari bozorining o‘zaro ta’siri

individual harakatchanlikni oshirish va mehnat bozorida oliy kasbiy ma’lumotga ega
bo‘lgan mutaxassislarga bo‘lgan ehtiyojni aniqlashi, ularning malakasini oshirishga
va ko‘nikmalarini shakllantirishi, uzluksiz kasbiy rivojlantirib borishi hamda ta’lim
sifatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi shubhasiz, bu esa pedagogik oliy ta’lim va malaka
oshirish muassasalari tizimidagi ta’lim xizmatlari bozorida ham va milliy darajada
ham, alohida hududlar darajasidagi mehnat bozorida ham raqobatning rivojlanishiga
ijobiy muhit yaratadi.

Ta’lim tizimi va ta’lim xizmatlari bozorida olib borilayotgan islohotlar

zamonaviy mehnat bozori o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning uslubiy asoslari ishlab
chiqilgandan so‘ng quyidagi natijalarga erishish mumkin:

- byudjet mablag‘laridan oqilona foydalanish maqsadida maqsadli qabul

bo‘yicha tahsil olayotgan shaxslarni byudjetdan moliyalashtirish doirasida ta’limga
maqsadli subsidiyalarni qo‘llash mexanizmini taklif etish;

- mutaxassislarga bo‘lgan talabning iqtisodiy ko‘rsatkichlarning o‘zgarishi

tendensiyalariga bog‘liqligi haqidagi gipoteza (YaIM dinamikasi, mehnat
unumdorligining o‘sish dinamikasi, asosiy fondlar dinamikasi) tasdiqlanadi va ushbu
ko‘rsatkichlar asosida hududlarning oliy kasbiy ma’lumotli va maxsus sertifikatli
mutaxassislarga bo‘lgan ehtiyojini prognoz qilish uchun ko‘p omilli ekonometrik
model tuziladi;


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 1 issue 11 (57) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

144

- innovatsion faol ta’lim tashkilotlari misolida oliy kasbiy ma’lumotga ega

bo‘lgan mutaxassislarga bo‘lgan ehtiyojni monitoring qilishning miqdoriy va sifat
ko‘rsatkichlari ishlab chiqiladi (pedagogik oliy ta’lim va malaka oshirish
muassasalarining innovatsion faoliyati ko‘rsatkichlari, maktabgacha va maktab
ta’limi tizimi faoliyati va oliy o‘quv yurtlari bilan hamkorlik shakllari; ta’lim
tashkilotlari

tomonidan

kadrlarni

tanlashning

maqbul

usullari;

zarur

mutaxassislarning vakolat sohalari va boshqalar), ushbu ehtiyojga eng katta ta’sir
ko‘rsatadigan omillarning korrelyatsion tahlili va pedagogik oliy ta’limga bo‘lgan
kasbiy ta’limning prognozli modeli tayyorlanadi;

- ta’lim xizmatlari iste’molchilari (talabalar; o‘quvchilar, o‘qituvchilar, ish

beruvchilar, ota-onalar va davlat) nuqtayi nazaridan ta’lim xizmatlari sifatini aniqlash
mezonlari belgilanadi;

- uzluksiz ta’lim va uzluksiz kasbiy ta’lim hamda qo‘shimcha kasbiy ta’lim

tushunchalari farqlanadi.

Zamonaviy mehnat bozori va ta’lim xizmatlari bozori o‘rtasidagi o‘zaro

munosabatlar uzluksiz kasbiy ta’lim tizimida davlat tomonidan tartibga solish
usullarini takomillashtirishni taqoza etmoqda.

Ushbu usullarni takomillashtirishga erishish quyidagi asosiy ilmiy muammolarni

hal qilishni talab qiladi:

- O‘zbekiston uzluksiz ta’limda malaka oshirish tizimini rivojlantirish va

ko‘nikmalarini shakllantirishning asosiy tendensiyalarini o‘rganish;

- ta’lim xizmatlari bozorida ta’lim menejerlari va mutaxassislarining roli va

funksiyalarini o‘rganish hamda ta’lim rahbarlari va mutaxassislarini tayyorlash
modelini ishlab chiqish;

- marketing tadqiqotlari asosida ta’lim xizmatlari bozoridagi mavjud vaziyatni

tahlil qilish;

- ta’lim menejeri va kasbiy ta’lim tizimini tanlashda shaxsning qaroriga ta’sir

qiluvchi asosiy omillarning ahamiyatini aniqlash va baholash;

- byudjet mablag‘laridan foydalanish samaradorligini oshirish maqsadida ta’lim

boshqaruvchilari va mutaxassislari uchun davlat buyurtmalarini shakllantirish
modelini taklif etish;

- hududiy ehtiyojlar asosida ta’lim boshqaruvchilari va mutaxassislarini

prognozlash metodikasini ishlab chiqish.

O‘tkazilayotgan tadqiqot jarayonida pedagogik oliy ta’lim va malaka oshirish

muassasalarining yangi O‘zbekiston jamiyatidagi o‘rni va roli aniqlanib boriladi.
Belgilangan maqsadga erishish uchun ta’lim xizmatlarining asosiy iste’molchilari –
jamiyat (iqtisodiyot sektorlari, korxona va tashkilotlar), shaxs va davlatning xulq-
atvor xususiyatlari bosqichma-bosqich o‘rganiladi. Shundan kelib chiqib, quyidagi
xulosalarga kelindi:


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 1 issue 11 (57) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

145

1. Hozirgi vaqtda mamlakat ta’limi ochiq, moslashuvchan va o‘zgaruvchan

uzluksiz kasbiy rivojlanish ta’lim tizimi bo‘lib, uning barqaror faoliyatini ta’minlash
imkonini beradi, shuningdek, bozor iqtisodiyoti sharoitida uning dinamikligi va
moslashish qobiliyatini oshiradi. Harakatchanlik va qisqa muddatli kadrlar tayyorlash
ta’lim tizimining barcha tarmoqlari uchun kadrlar tayyorlash tizimida malaka oshirish
va qayta tayyorlashning yetakchi o‘rnini belgilab berdi.

2. Ta’lim menejerlari va sertifikatli mutaxassislar - yangi O‘zbekistonning

kadrlar salohiyatining asosiy tarkibiy qismlaridan biri. Ta’limda boshqaruvchi
mutaxassislar tartibga solinadigan variantlar doirasida muammolarni hal qilishning
eng samarali va yuqori sifatli yechimlarini baholash, tanlash va amalga oshirishdan
iborat bo‘lgan taktik ishlab chiqarish vazifalarini hal qilishga chaqiriladi. Nomoddiy
ishlab chiqarish sohasida mutaxassislarning ishi kasbiy, aqliy mehnatni talab qiluvchi
ijroiya funksiyalarining katta qismini amalga oshirishni ham o‘z ichiga oladi.

Boshqaruvning bozor sharoitiga o‘tishi bilan ta’limda boshqaruvchi

mutaxassislarining sifatiga qo‘yiladigan talablar o‘zgardi. Ta’lim jarayonida
boshqaruvchi mutaxassisning shaxsiy va kasbiy fazilatlari tobora muhim rol
o‘ynaydi, ko‘p funksiyali ko‘nikmalarni va umumiy hamda tegishli texnologiyalarni
o‘zlashtirishga asoslangan xodimning malakasiga qo‘yiladigan talablar ortib
bormoqda. Mehnat bozoridagi mavjud raqobat ta’lim menejerlari va sertifikatli
mutaxassislarni tayyorlash sifatini oshirish zarurligini belgilaydi.

3. Shaxsning ta’lim ehtiyojlarini qondiradigan malaka oshirish va qayta

tayyorlash tizimi O‘zbekiston ta’limi tizimining bir qismidir. Bozor sharoitida ta’lim
darajalari o‘rtasidagi munosabatlar raqobat darajasida shakllanadi, bunda shaxs o‘z
tanlovini amalga oshirib, o‘zi olgan kasbiy ta’limning afzalliklari va kamchiliklarini
baholaydi. Shuning uchun malakasini oshirish va ko‘nikmalarini shakllantirish,
uzluksiz kasbiy ta’lim sohasidagi vaziyatni tahlil qilish bozor (marketing)
yondashuvidan foydalanishni taqozo etadi.

O‘tkazilgan tadqiqot jarayonida ta’lim xizmatlari bozoridagi raqobat

sharoitlarini baholash uchun ta’lim tizimi yo‘nalishlarini tanlashda shaxsning
qaroriga ta’sir qiluvchi ikki guruh omillar aniqlandi. Birinchi guruh omillar ta’lim
xizmatlari bozoridagi raqobatni belgilovchi omillardan, ikkinchisi - olingan malaka
raqobatini tavsiflovchi omillardan iborat.

Ta’lim tizimi yo‘nalishlarini tanlashda shaxsning qaroriga ta’sir etuvchi

omillarni baholash har bir ta’lim yo‘nalishi darajasining “kuchli” va “zayif
tomonlarini” aniqlashga va shu asosda mintaqaviy tizim darajasida ham, alohida
ta’lim muassasasi doirasida ham tegishli siyosatni amalga oshirishga imkon beradi.

4. Uzluksiz kasbiy rivojlanishdagi tashkiliy tuzilmalarni takomillashtirish

pedagog

xodimlar

malakasini

oshirish

ta’limi rivojlanishining muhim

yo‘nalishlaridan biri sifatida qaralib, uni tayyorlash sifatini oshirishni ta’minlash


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 1 issue 11 (57) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

146

imkonini beradi. Ta’lim muassasalarini integratsiya qilish mavjud resurslarni (asosiy
vositalardan foydalanish, kadrlar, moliyaviy resurslar va boshqalar), o‘quvchilar
kontingentiga xizmat ko‘rsatishni boshqarish samaradorligini oshirish imkonini
beradi .

XXI asr zamonaviy yuqori texnologiyalar asrida ta’limda boshqaruvchi

mutaxassis kadrlar mehnat bozorida raqobatbardoshligini saqlab qolish uchun doimiy
ravishda o‘z bilim saviyasini oshirib boradi, uni yangilaydi, malaka oshirish
kurslarida qatnashadi, ikkinchi oliy ma’lumot oladi, uzluksiz kasbiy boradi.

So‘nggi 10-15 yil ichida dunyoda ta’limning barcha turlariga munosabat

o‘zgarmoqda. Ta’lim, ayniqsa oliy ta’lim, malaka oshirish va qayta tayyorlash,
uzluksiz kasbiy rivojlanib borish ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning asosiy, yetakchi
omili hisoblanadi. Bunday e’tiborning sababi zamonaviy jamiyatning eng muhim
qadriyati va asosiy kapitali yangi bilimlarni izlash va o‘zlashtirishga va nostandart
qarorlar qabul qilishga qodir shaxs ekanligini tushunishdir.

O‘quv jarayonida olingan har tomonlama tizimli ta’lim insonning o‘zini shaxs

sifatida anglashi uchun sharoit yaratadi, unga ijtimoiy va kasbiy harakatchanlikni
beradi, o‘zgaruvchan turmush sharoitlarida raqobatbardoshlik uchun asos yaratadi.

Foydalanilgan adabiyotlar
1.

O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni 23.09.2020 y.

N O‘RQ-637,

Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (

www.lex.uz

),

2020 yil 24

sentabr, "Xalq so‘zi", 2020 yil 24 sentabr, "O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari
to‘plami", 2020 yil 28 sentabr, 37-38-son, 419-modda.

2.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022–2026 yillarga mo‘ljallangan

yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi 2022 yil 28 yanvardagi
PF-60-son Farmoni.

3.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022–2026 yillarda Xalq ta’limini

rivojlantirish bo‘yicha milliy dasturni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 2022 yil 11 maydagi
PF-134-son Farmoni.

4.

G‘.M.Qosimov. Menejment. Darslik. - T.: O‘zbekiston, 2002. – 312 bet.

5.

R.X.Djuraev, S.T.Turg‘unov. Ta’lim menejmenti. T.: “Voris-Nas’hriyoti”,

2006. 263 bet.

6.

Sh. Qurbonov, E. Seytxalilov. Ta’lim sifatini boshqarish. T.: “Turon-Iqbol”,

2006. 592 bet.

7.

D.N.Rahimov va boshqalar. Zamonaviy menejment: nazariya va amaliyot. –

T.: G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2009. - 792 bet.

8.

Андреас Шляйхер. Образование мирового уровня. Как выстроит

школную систему ХХИ века? Успешные реформы и высокие резултаты. Пер. с
англ. – М.: Издателство «Натсионалное образование», Москва, 2019. 336 с.

9.

A.Radjiev, F.Karimov, A.Ibragimov. TALIS-2018 Xalqaro tadqiqotlari

talablari asosida o‘tkazilgan so‘rovnoma va tadqiqot hisobotining ma’lumotlar
to‘plami. 2-qism. Toshkent-2022. 119 bet.

Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni 23.09.2020 y. N O‘RQ-637, Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz), 2020 yil 24 sentabr, "Xalq so‘zi", 2020 yil 24 sentabr, "O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami", 2020 yil 28 sentabr, 37-38-son, 419-modda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022–2026 yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi 2022 yil 28 yanvardagi PF-60-son Farmoni.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022–2026 yillarda Xalq ta’limini rivojlantirish bo‘yicha milliy dasturni tasdiqlash to‘g‘risida”gi 2022 yil 11 maydagi PF-134-son Farmoni.

G‘.M.Qosimov. Menejment. Darslik. - T.: O‘zbekiston, 2002. – 312 bet.

R.X.Djuraev, S.T.Turg‘unov. Ta’lim menejmenti. T.: “Voris-Nas’hriyoti”, 2006. 263 bet.

Sh. Qurbonov, E. Seytxalilov. Ta’lim sifatini boshqarish. T.: “Turon-Iqbol”, 2006. 592 bet.

D.N.Rahimov va boshqalar. Zamonaviy menejment: nazariya va amaliyot. – T.: G‘afur G‘ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, 2009. - 792 bet.

Андреас Шляйхер. Образование мирового уровня. Как выстроит школную систему ХХИ века? Успешные реформы и высокие резултаты. Пер. с англ. – М.: Издателство «Натсионалное образование», Москва, 2019. 336 с.

A.Radjiev, F.Karimov, A.Ibragimov. TALIS-2018 Xalqaro tadqiqotlari talablari asosida o‘tkazilgan so‘rovnoma va tadqiqot hisobotining ma’lumotlar to‘plami. 2-qism. Toshkent-2022. 119 bet.