International scientific journal
“Interpretation and researches”
Volume 1 issue 12 (58) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2
60
MANFAATLAR TO‘QNASHUVINI TARTIBGA SOLISHGA DOIR MILLIY
QONUNCHILIK TAHLILI
Aktamova Zulfizar Utkir qizi
Toshkent davlat yuridik universiteti “Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens
nazorat” yo‘nalishi 1-kurs magistranti
Annotatsiya.
Ushbu dissertatsiyada manfaatlar to‘qnashuvini huquqiy tartibga solish
masalalari, uning korrupsiyani oldini olishdagi o‘rni va axloqiy madaniyat bilan o‘zaro
bog‘liqligi tahlil qilinadi. O‘zbekiston Respublikasida 2017-yil va 2024-yillarda qabul
qilingan qonunlar, Prezident farmon va qarorlari asosida manfaatlar to‘qnashuvining
huquqiy asoslari o‘rganilgan. Xalqaro tajriba – Germaniya, Chexiya, Latviya, Janubiy
Koreya, Kanada va boshqa mamlakatlar qonunchiligi misolida taqqoslama tahlil amalga
oshirilgan. Amaldagi normativ-huquqiy hujjatlardagi mavjud bo‘shliqlar aniqlanib,
takomillashtirish yo‘nalishlari asoslab berilgan.
Kalit so‘zlar:
manfaatlar to‘qnashuvi, korrupsiya, axloqiy madaniyat, huquqiy
asoslar, davlat xizmati, normativ-huquqiy hujjatlar, xalqaro tajriba.
Аннотация.
В данной диссертации анализируются вопросы правового
регулирования конфликта интересов, его роль в предупреждении коррупции и
взаимосвязь с этической культурой. На основе законов Республики Узбекистан,
принятых в 2017 и 2024 годах, а также указов и постановлений Президента
исследуются правовые основы института конфликта интересов. Выполнен
сравнительный анализ зарубежного опыта на примерах законодательства
Германии, Чехии, Латвии, Южной Кореи, Канады и других стран. Выявлены
существующие пробелы в действующих нормативно-правовых актах и обоснованы
направления их совершенствования.
Ключевые слова:
конфликт интересов, коррупция, этическая культура,
правовые основы, государственная служба, нормативно-правовые акты,
международный опыт.
Abstract.
This dissertation analyzes the legal regulation of conflict of interest, its
role in preventing corruption, and its connection with ethical culture. The legal framework
of the conflict of interest institution is studied based on the laws of the Republic of
Uzbekistan adopted in 2017 and 2024, as well as presidential decrees and resolutions. A
comparative analysis of international experience is conducted using the legislation of
Germany, the Czech Republic, Latvia, South Korea, Canada, and other countries. Existing
gaps in the current regulatory framework are identified, and directions for improvement
are substantiated.
International scientific journal
“Interpretation and researches”
Volume 1 issue 12 (58) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2
61
Keywords
: conflict of interest, corruption, ethical culture, legal framework,
civil service, regulatory acts, international experience.
Bugungi kunda davlat boshqaruvi tizimida halollik, shaffoflik va ishonchlilikni
ta’minlash eng dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Ayniqsa, manfaatlar to‘qnashuvi
holatlarini oldindan aniqlash va ularni huquqiy tartibga solish orqali korrupsiyaning oldini
olish imkoniyati yuqori bo‘ladi. Manfaatlar to‘qnashuvi – bu shaxsiy manfaatlar bilan
xizmat vazifalarining to‘qnashuvi oqibatida qarorlarning xolis va adolatli qabul qilinishiga
putur yetkazilishi mumkin bo‘lgan holatdir.
Odatiy holda, manfaatlar to‘qnashuvini tartibga soluvchi qonunchilik, asosan,
axloqiy madaniyatning yetishmasligini bartaraf etish maqsadida qabul qilinadi
. Biroq
amaliyot shuni ko‘rsatadiki, bunday qonunchilik faqat ishonchsizlikka asoslangan
madaniyat mavjud bo‘lgan sharoitda samaraliroq ishlaydi. Mackenzie ta’kidlaganidek,
axloqiy siyosat sohasining o‘zi “ishonchsizlikka asoslangan madaniyat” bo‘lib, u davlat
vakillari va kuchlilardan yanada oshkoralik va hisobdorlik talab qilinishidan kelib
chiqadi
. Keyingi tahlillarimizdan ko‘rinib turibdiki, manfaatlar to‘qnashuvini tartibga
solish darajasi va siyosiy institutlarga bo‘lgan ishonch o‘rtasida bevosita bog‘liqlik
mavjud: agar mamlakatda siyosiy institutlarga nisbatan ishonch past bo‘lsa, manfaatlar
to‘qnashuvini batafsil va qat’iy qoidalar bilan boshqarishga intilish kuchayadi.
Shu bilan birga, qoidalar va standartlar sonining ortishi ularning buzilishi
holatlarining ko‘payishiga olib keladi. Natijada, ommaviy axborot vositalari va
jamoatchilik bunga axloqiy me’yorlarning pasayishi sifatida baho berishi mumkin. Ya’ni,
ilgari qoidalarga muvofiq bo‘lgan xatti-harakatlarni axloqiy jihatdan noto‘g‘ri deb e’lon
qilish orqali, axloqiy buzilishlar va jamoatchilik e’tirozlarining ko‘payishi kuzatiladi. Bu
esa davlat mansabdorlari axloqiy jihatdan yomonlashmoqda, degan noto‘g‘ri taassurotni
yuzaga keltiradi. Shu bilan birga, yuqori axloqiy standartlar, uzoq muddatda, davlat
xizmatining umumiy axloqiy holatini yaxshilashga xizmat qiladi
Shu sababli tanqidchilar fikricha, axloqiy qoidalar sonining ortishi va ularni
kuchaytirishga qaratilgan harakatlar jamoatchilikning davlat va siyosiy institutlarga
bo‘lgan ishonchini oshirishda har doim ham samarali bo‘lmaydi; aksincha, bunday
yondashuv yanada ko‘proq kinikizm va ishonchsizlikka olib kelishi mumkin
. Ularning
fikricha, axloqiy qoidalar va manfaatlar to‘qnashuvini tartibga soluvchi mexanizmlarga
10
Peters, A. & Handschin L., (eds.), (2012), Conflict of Interest in Global, Public and Private Governance, Cambridge,
Cambridge
University Press.
11
Mackenzie, G.S., (2002), Scandal Proof, Do Ethics Laws Make Government better?, Brookings Institution,
Washington D.C.
12
Behnke, N., (2005), "Ethics as Apple Pie: The arms race of ethical standards in congressional and presidential
campaigns",
EGPA-Paper, "Ethics and Integrity of Governance: A transatlantic dialogue", Leuven , June 2005, 8.
13
Nieuwenburg, P., (2007), The Integrity Paradox, in: Public Integrity, 2007, Vol. 9, No.9, pp.213-224; also
Anechiarico & Jacobs (1996), Mackenzie (2002), Stark (….), Saint-Martin & Thompson (….), Behnke (2005).
International scientific journal
“Interpretation and researches”
Volume 1 issue 12 (58) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2
62
doir muhokamalar hamda yangi talablar jamoatchilikning hukumatga bo‘lgan ishonchini
oshirishga sezilarli hissa qo‘shmagan. Aksincha, bu jarayon ko‘plab axloqiy tergovlar va
jamoatchilik munozaralarining kuchayishiga sabab bo‘lmoqda. Yangi axloqiy qonunchilik
yoki qoidalar qanchalik samarali bo‘lmasin, ular davlat mansabdorlari axloqiy xatti-
harakatlari haqida keng jamoatchilik e’tiborining kamayishiga hissa qo‘shmayapti
O‘zbekiston Respublikasi korrupsiyaga qarshi kurashish borasida tizimli islohotlarni
amalga oshirmoqda. Xususan, manfaatlar to‘qnashuvini tartibga solishga doir qator
normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilingan. Biroq, amaldagi qonunchilikda hali ham ayrim
bo‘shliqlar, takomillashtirishga muhtoj jihatlar mavjud.
Ushbu ilmiy ishning asosiy maqsadi – O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi
doirasida manfaatlar to‘qnashuvini tartibga soluvchi me'yoriy-huquqiy asoslarni tahlil
qilish, amaliyotdagi muammolarni aniqlash hamda xalqaro tajriba asosida takliflar ishlab
chiqishdan iborat.
O‘zbekiston Respublikasida manfaatlar to‘qnashuvini tartibga solishga qaratilgan
huquqiy asoslar keyingi yillarda shakllanib, muayyan evolyutsion bosqichlarni bosib o‘tdi.
Avvalo, 2023-yil 30-aprel kuni qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining yangi
tahrirdagi Konstitutsiyasida korrupsiyaga qarshi kurashish organining maqomi
konstitutsiya darajasida belgilab qo‘yildi. Manfaatlar to ‘qnashuvi institutiningf huquqiy
asoslari 2017-yil 3-yanvarda qabul qilingan “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi
Qonunda
hamda 2024-yil 5-iyunda qabul qilingan “Manfaatlar to‘qnashuvi
to‘g‘risida”gi Qonunda
mustahkamlab qo‘yilgan. Ushbu Qonunlarning 3-moddasida
manfaatlar to‘qnashuvi so‘ziga tarif berilgan. Unga ko‘ra manfaatlar to‘qnashuvi —
shaxsning shaxsiy (bevosita yoki bilvosita) manfaatdorligi uning o‘z lavozim yoki xizmat
majburiyatlarini lozim darajada bajarishiga ta’sir ko‘rsatayotgan yoxud ta’sir ko‘rsatishi
mumkin bo‘lgan hamda shaxsiy manfaatdorlik bilan fuqarolarning, tashkilotlarning,
jamiyatning yoki davlatning huquqlari, qonuniy manfaatlari o‘rtasida qarama-qarshilik
yuzaga kelayotgan (mavjud manfaatlar to‘qnashuvi) yoki yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan
(ehtimoliy manfaatlar to‘qnashuvi) vaziyatdir deb belgilangan
. Bundan tashqari ushbu
qonunda manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish va uni bartaraf etishga oid chora-
tadbirlar ham belgilangan hisoblanadi.
“Manfaatlar to‘qnashuvi” tushunchasining huquqiy tabiati va tahliliga e’tibor
qaratilganda, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida mazkur atamaning kiritilishi
mamlakatning xalqaro hujjatlardagi majburiyatlari bilan bog‘liqligini ta’kidlash zarur.
O‘zbekiston Respublikasi 2008-yil 7-iyulda Birlashgan Millatlar Tashkilotining
14
Mackenzie, G.S., (2002), Scandal Proof, Do Ethics Laws Make Government better?, Brookings Institution,
Washington D.C pp 112
15
O'zbekiston Respublikasi 2017-yil 3-yanvardagi O‘RQ-419-sonli “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi
Qonun
16
O‘zbekiston Respublikasi 2024-yil 5-iyundagi O ‘RQ-931-sonli “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonun
17
O‘zbekiston Respublikasi 2024-yil 5-iyundagi O ‘RQ-931-sonli “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonunning 3-
moddasi
International scientific journal
“Interpretation and researches”
Volume 1 issue 12 (58) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2
63
Korrupsiyaga qarshi konventsiyasiga qo‘shilgan. Mazkur konventsiyaning 7-moddasida
har bir ishtirokchi davlat o‘z qonunchiligining asosiy tamoyillariga muvofiq shaffoflikni
ta’minlaydigan va manfaatlar to‘qnashuvining oldini oladigan tizimni yaratish hamda
mustahkamlashga intilishi lozimligi belgilangan
Korrupsiyaga qarshi kurashishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlarda manfaatlar
to‘qnashuvi bilan bog‘liq qonun mavjud bo‘lib, undan tashqari ayrim normativ huquqiy-
hujjatlar ham bor, ular maxsus qonun bo’lguniga qandar umumiy va maxsus qonun
hujjatlari doirasida tasniflangan..
Shu munosabat bilan, manfaatlar to‘qnashuvini huquqiy tartibga solish sohasidagi
normativ-huquqiy bazaning shakllanishini quyidagi bosqichlar bo‘yicha o‘rganish
maqsadga muvofiq:
1991-2008-yillar – mustaqillikning ilk bosqichida qabul qilingan normativ-huquqiy
hujjatlar davri;
2008-2017-yillar – korruptsiyaga qarshi kurash yo‘nalishida huquqiy islohotlar
jadallashgan davr;
2017-2023-yillar – korrupsiyaga qarshi islohotlarni institutsional asosda amalga
oshirish bosqichi.
2023-yildan hozirgi davrgacha – manfaatlar to‘qnashuvini tartibga solishda tizimli
yondashuv va shaffoflik tamoyillarini joriy etish davri
Birinchi davr, ya’ni 1991–2008 yillar oralig‘i, mustaqillikdan so‘ng huquqiy
asoslarni yaratish va BMTning Korruptsiyaga qarshi konvensiyasiga qo‘shilishgacha
bo‘lgan jarayonni qamrab oladi.
Mazkur bosqichda manfaatlar to‘qnashuvini tartibga solish bevosita alohida
me’yorlar orqali emas, balki umumiy davlat siyosati va korruptsiyaga qarshi kurashishga
qaratilgan yondashuv doirasida amalga oshirilgan. Shu bilan birga, davlat hokimiyati va
boshqaruvi faoliyatiga oid ayrim qonunlarda manfaatlar to‘qnashuvining oldini olishga
xizmat qiluvchi qoidalar elementar tarzda aks ettirilgan.
Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 2-moddasida davlat xalq
irodasini ifoda etishi va xalq manfaatlariga xizmat qilishi lozimligi ko‘rsatilgan.
Shuningdek, boshqa moddalarida davlat organlari hamda mansabdor shaxslar jamiyat va
fuqarolar oldida mas’ul ekani, ularning ilmiy va pedagogik faoliyatdan tashqari boshqa
haq to‘lanadigan faoliyat turlari bilan shug‘ullanishi mumkin emasligi belgilangan.
Mansabdor shaxslarni lavozimga tayinlash hamda saylashda aniq mezonlarning
belgilanishi, shuningdek, ularga nisbatan ma’lum cheklovlarning joriy etilishi, avvalo,
manfaatlar to‘qnashuviga olib kelishi mumkin bo‘lgan holatlarning oldini olishga
qaratilgan huquqiy mexanizmlarning mavjudligini ko‘rsatadi.
O‘zbekiston Respublikasining davlat hokimiyati va boshqaruv organlari faoliyatini
tartibga soluvchi qonun hujjatlarida — xususan, “Mahalliy davlat hokimiyati
18
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Korrupsiyaga qarshi konvensiyasi.–Nyu York, 2003 yil 31 oktabr.
International scientific journal
“Interpretation and researches”
Volume 1 issue 12 (58) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2
64
to‘g‘risida”gi
hamda “Rasmiy statistikasi to‘g‘risida”gi
bir davlat organi faoliyatini tashkil etuvchi maxsus normativ-huquqiy hujjatlarda
manfaatlar to‘qnashuvi bo‘yicha aniq normalar mavjud bo‘lmasa-da, korrupsiyaga yo‘l
qo‘ymaslik hamda manfaatlar to‘qnashuvining oldini olishga qaratilgan qoidalar
belgilangan edi.
Misol uchun, Vazirlar Mahkamasi a’zolariga ilmiy va pedagogik faoliyatdan
tashqari, haq to‘lanadigan boshqa faoliyat bilan shug‘ullanish taqiqlandi. Shu kabi
cheklovlar maxsus davlat xizmatiga ega bo‘lgan organlar — jumladan, prokuratura,
bojxona va soliq organlari xodimlariga ham tatbiq etilgan.
Bundan tashqari, davlat fuqarolik xizmatida faoliyat yurituvchi shaxslar o‘rtasida
manfaatlar to‘qnashuvi holatlari ko‘pincha ularning tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq
bo‘ladi. Shu sababli, mustaqillikning ilk yillaridanoq, 1992-yil 6-martdagi O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining 103-sonli qarori bilan
tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish taqiq qilingan mansabdor shaxslar ro‘yxati
tasdiqlangan.
O‘zbekistonda manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish masalasi davlat boshqaruvi,
fuqarolik xizmati va iqtisodiy munosabatlar tizimida muhim huquqiy ustuvorlik sifatida
e’tirof etilgan. Bu boradagi me’yoriy-huquqiy baza davlat organlari faoliyatini tartibga
soluvchi qonun hujjatlarida, jumladan, “Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”, “Mahalliy
davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunlar hamda sohaviy maxsus normativ-huquqiy
hujjatlarda o‘z ifodasini topgan.
Xususan, Vazirlar Mahkamasi a’zolariga ilmiy va pedagogik faoliyatdan tashqari,
boshqa haq to‘lanadigan faoliyat turlari bilan shug‘ullanish taqiqlangan. Bunday
cheklovlar prokuratura, bojxona, soliq kabi maxsus davlat organlari xodimlariga ham
tatbiq etiladi. Shuningdek, Mehnat kodeksida qarindoshlik aloqalari mavjud bo‘lgan
shaxslarning bevosita bo‘ysunuvchi lavozimlarda birgalikda ishlashiga yo‘l qo‘yilmasligi
nazarda tutilgan.
O‘zbekiston 2008-yilda BMTning Korrupsiyaga qarshi konvensiyasiga, 2010-yilda
esa Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining “Istanbul harakatlar rejasi”ga
qo‘shilgani orqali xalqaro standartlar va tavsiyalarni milliy qonunchilikka
implementatsiya qilishga yo‘naltirilgan muhim islohotlarni boshladi. Shu asosda
aksiyadorlik jamiyatlari, xususiylashtirish jarayonlari, investitsiya shartnomalari, davlat-
xususiy sheriklik va davlat xaridlari sohalarida manfaatlar to‘qnashuvini aniqlash,
baholash va bartaraf etishga qaratilgan huquqiy mexanizmlar joriy etildi.
So‘nggi yillarda qabul qilingan “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”, “Davlat
fuqarolik xizmati to‘g‘risida”, “Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida”gi Qonunlar,
19
O‘zbekiston Respublikasi 1993-yil 2-sentabrdagi O ‘RQ -913-XII-sonli “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi
Qonn
20
O‘zbekiston Respublikasi 2021-yil 11-avgustdagi O‘RQ-707-sonli “Raqamli statistika to‘g‘risida”gi Qonun
International scientific journal
“Interpretation and researches”
Volume 1 issue 12 (58) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2
65
shuningdek, 2022-yilda tasdiqlangan Davlat fuqarolik xizmatchilari odob-axloqining
namunaviy qoidalari orqali manfaatlar to‘qnashuvi alohida huquqiy institut sifatida
mustahkamlandi. Endi davlat xizmatchilari manfaatlar to‘qnashuvi yuzaga kelgan
holatlarda bu haqida o‘z rahbarini xabardor qilishi, vaziyatni baholash va bartaraf etish
choralari ko‘rilishi qonunan shart qilib belgilangan.
Ushbu sohadagi huquqiy mexanizmlarni yanada takomillashtirish maqsadida
“Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonun loyihasi ishlab chiqilib, 2023-yilning 5-iyun
sanasida “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi.
O‘zbekiston Respublikasida manfaatlar to‘qnashuvini huquqiy tartibga solish
sohasidagi eng muhim me’yoriy hujjatlardan biri — 2017-yil 3-yanvarda qabul qilingan
“Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonundir. Ushbu Qonunda birinchi marta
“manfaatlar to‘qnashuvi” atamasi alohida ta’rifga ega bo‘lgan.
Qonunga muvofiq, davlat organlari va tashkilotlarida manfaatlar to‘qnashuvi hamda
boshqa korrupsiyaviy holatlarning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar amalga
oshirilishi kerak. Bu borada maxsus komissiyalar tuzish, davlat xizmatchilari faoliyati
ustidan nazoratni kuchaytirish, kasbiy etika va xizmat intizomiga rioya etilishini
ta’minlash muhim vazifalar sifatida belgilangan.
So‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan islohotlar doirasida ushbu sohani tartibga
soluvchi bir qator Prezident farmon va qarorlari qabul qilindi. Jumladan:
2019-yil 3-oktabrdagi PF–5843-sonli “O‘zbekiston Respublikasida kadrlar siyosati
va davlat fuqarolik xizmati tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi
Farmonda davlat xizmatchilari o‘rtasida manfaatlar to‘qnashuvini oldini olishga oid
mexanizmlarni shakllantirish vazifasi belgilangan;
2019-yil 27-maydagi PF–5729-sonli “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga
qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonda
manfaatlar to‘qnashuvini hal etishning tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish
vazifasi belgilangan;
2021-yil 6-iyuldagi PQ–5177-sonli “Korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini
samarali tashkil etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorda manfaatlar
to‘qnashuvi holatlarida tuzilgan shartnomalarni haqiqiy emas deb topish, shuningdek,
davlat xizmatchilari tomonidan tadbirkorlik faoliyatida ishtirok etishining huquqiy
oqibatlarini aniq belgilash belgilangan;
2024-yil 5-iyundagi PQ–210-sonli “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonuni
ijrosini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorda manfaatlar
to‘qnashuvining oldini olish va nazorat qilish mexanizmlari kuchaytirilishi, tegishli davlat
organlari va tashkilotlarda mas’uliyat oshirilishi ko‘zda tutilgan. Shuningdek, xodimlar va
mansabdor shaxslar uchun malaka oshirish va tushuntirish ishlari olib borilishi, axborot
almashinuvi hamda monitoring tizimlari joriy etilishi ta’kidlangan. Nazorat va javobgarlik
International scientific journal
“Interpretation and researches”
Volume 1 issue 12 (58) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2
66
mexanizmlarini takomillashtirish orqali qonunning to‘liq va samarali bajarilishi
ta’minlanishi belgilandi.
Xorijiy davlatlar tajribasi shundan dalolat beradiki, manfaatlar to‘qnashuvi
muammosi ko‘plab rivojlangan mamlakatlarda ham huquqiy jihatdan qat’iy tartibga
solinadi. Quyidagi davlatlarda alohida qonunlar qabul qilingan:
Germaniya: Germaniyada manfaatlar to‘qnashuvi (CoI) masalalari bir qator federal
qoidalar bilan tartibga solinadi. Ushbu qoidalar jinoyat huquqi, davlat xaridlari
qonunchiligi, davlat xizmatchilari huquqi hamda korrupsiyaga qarshi qonunchilik
sohalarini qamrab oladi. Bundan tashqari, Germaniyaning federal yerlari (Länder) hamda
mahalliy munitsipalitetlari o‘zlarining qonunlari, qoidalari, kodekslari va protseduralariga
ega.
Shunga qaramay, Germaniyaning huquqiy madaniyati manfaatlar to‘qnashuvini
boshqarishdagi yondashuvlar milliy madaniyatga mos kelishini talab qiladi. Huquqiy
madaniyat va tartibga solishga bo‘lgan e’tibor natijasida Germaniya ushbu sohada
samarali natijalarga erishmoqda
Shuni alohida ta’kidlash joizki, bu yerda faqat tegishli qonunchilik yoki
kodekslarning mavjud yoki mavjud emasligi umumiy tarzda qayd etilgan. Halollik
(integritet) tamoyillari, ularning mazmun-mohiyati, amaldagi darajasi yoki turli hududiy
(submilliy) boshqaruv organlarida amal qilayotgan huquqiy me’yorlar va qoidalarning
batafsil tavsifi keltirilmagan. Masalan, Germaniyada mavjud bo‘lgan 16 ta federativ yer
birligi (Bundesländer)ning har biri korrupsiya, firibgarlik va manfaatlar to‘qnashuvi
masalalari bo‘yicha o‘ziga xos alohida qonunchilik bazasiga ega.
Yevropa Ittifoqi davlatlarida mavjud bo‘lgan so‘nggi 2008-yilgi ma’lumotlarga
ko‘ra, a’zo davlatlarning aksariyatida manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish bo‘yicha
ustuvor yondashuv sifatida davlat boshqaruvi sohasini to‘liq qamrab oluvchi gorizontal
xarakterdagi qonunchilik asosida ish yuritiladi. Mazkur davlatlarda manfaatlar
to‘qnashuviga oid alohida normativ-huquqiy hujjatlar mavjud bo‘lib, axloqiy xulq-atvor
kodekslari ham qabul qilingan. Shuningdek, ushbu mamlakatlar manfaatlar to‘qnashuvi
muammosini hal etishda qonunchilik asoslari va xulq-atvor me’yorlarini uyg‘unlashtirgan
kombinatsiyalashgan yondashuvni qo‘llamoqdalar.
Bundan tashqari, federal yoki markazlashmagan boshqaruv tizimiga ega bo‘lgan
davlatlarda manfaatlar to‘qnashuviga oid amaldagi qonunchilik, shuningdek, tegishli
me’yorlar va standartlar hududiy (submilliy) darajada ham amal qilishi nazarda tutilgan.
Chexiya: “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonun davlat mansabdor
shaxslariga nisbatan manfaatlar to‘qnashuvini aniqlash, oldini olish va bartaraf etish
21
Federal Ministry of the Interior, Rules on Integrity, Berlin, 2014.
22
The Effectiveness of Conflict of Interest Policies in the EU-Member States Manuscript completed in October2020
European Union,2020
International scientific journal
“Interpretation and researches”
Volume 1 issue 12 (58) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2
67
tartiblarini belgilaydi. Shuningdek, tegishli organlar faoliyati va ularning mas’uliyati ham
ko‘rsatilgan.
Chexiya Konstitutsiyasi, Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi qonun hamda Davlat
xizmati to‘g‘risidagi qonunda funksiyalarni birlashtirishga oid qator taqiq va cheklovlar
belgilangan. Masalan, Parlamentning ikki palatasi a’zosi bo‘lish, shuningdek, Prezident va
sudya lavozimlarini bir vaqtda egallash mumkin emas. Deputatlar davlat boshqaruvi,
prokuratura yoki sud tizimi, politsiya, Oliy Audit Idorasi, Prezident apparati yoki har
ikkala palataning idoralari, davlat fondlari hamda Ombudsman ofisida to‘lanadigan
lavozimlarni egallay olmaydi. Vazirlar esa Parlament raisi yoki rais o‘rinbosari hamda
parlament qo‘mitalari yoki komissiyalari a’zosi bo‘lishi taqiqlanadi. Davlat boshqaruvi
xodimlari esa ko‘plab boshqa funksiyalarni, xususan saylangan lavozimlarni (faqat viloyat
yoki mahalliy yig‘ilishlarning yarim stavkali a’zolari bundan mustasno), sud lavozimlari,
hamda tartibga soluvchi organlardagi rahbarlik lavozimlarini egallay olmaydi. Bundan
tashqari, rahbarlar yoki bo‘lim boshliqlari (ya’ni o‘z bo‘limi ostida xodimlari bo‘lgan har
qanday mansabdor shaxslar) siyosiy partiya yoki harakatlarda hech qanday lavozimda
faoliyat yurita olmaydi
Latviya: “Davlat xizmatchilari faoliyatida manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish
to‘g‘risida”gi Qonunda ushbu masaladagi chora-tadbirlar, jumladan, taqiq va hisob-kitob
berish tartiblari ko‘zda tutilgan. Mazkur sohada vakolatli organ — Latviya Korrupsiyaga
qarshi kurashish va milliy etika byurosidir (KNAB).
Xorvatiya: Mansabdor shaxslar manfaatlar to‘qnashuvi yuzasidan majburiy ravishda
xabar berishlari kerak. Shuningdek, maxsus komissiya tashkil etilishi va intizomiy
choralar ko‘rilishi belgilangan.
Gruziya: “Davlat xizmatidagi manfaatlar to‘qnashuvi va korrupsiya to‘g‘risida”gi
Qonunda xabar berish majburiyati, daxlsizlik kafolatlari va tartibga solish choralarini
aniqlab berilgan.
Kanada va Ukraina: ushbu davlatlarda ham manfaatlar to‘qnashuvini tartibga
soluvchi maxsus qonunlar mavjud bo‘lib, ularda manfaatlar to‘qnashuvi holatlarini
aniqlash, xabar berish va jazolash bo‘yicha aniq mexanizmlar ishlab chiqilgan.
Umuman olganda, manfaatlar to‘qnashuvini samarali boshqarish davlat xizmatining
shaffofligini ta’minlash, jamoatchilik ishonchi va institutsional nufuzni mustahkamlashda
muhim o‘rin tutadi.
Sud ishlarining mazmuni manfaatlar to‘qnashuvini tartibga solishni siyosiy muhim
masalaga aylantirdi, chunki klientelizm, sovg‘a berish va "aylanma eshiklar" amaliyotlari
Janubiy Koreya davlatining obro‘siga jiddiy putur yetkazdi. Shu sababli, 2016-yil
23
Technical Paper: The legal and institutional framework regulating conflict of interest in the Czech Republic:
Assessment and Recommendations pp 13
International scientific journal
“Interpretation and researches”
Volume 1 issue 12 (58) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2
68
sentyabrda kuchga kirgan “Noto‘g‘ri talablar va poraxo‘rlikka qarshi qonun”
Solicitation and Graft Act) Sewol paromi hodisasi bo‘yicha olib borilgan tergov natijasida
qabul qilindi
. 2021-yilda esa “Davlat xizmatchilarining vazifalari bilan bog‘liq
manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish to‘g‘risidagi qonun”
to‘qnashuvining oldini olish qonuni) yer spekulyatsiyasi skandali ortidan yangi kuchga
ega bo‘ldi
Ushbu ikki qonun 2003-yilda tasdiqlangan va 2010-yilda sezilarli islohotlar kiritilgan
Davlat xizmatchilarining xulq-odob kodeksi
hamda 1981-yilda qabul qilingan,
keyinchalik bir necha bor o‘zgartirilgan Davlat xizmati etikasi to‘g‘risidagi qonun
to‘ldiriladi. Xulq-odob kodeksi davlat xizmatchilaridan kutiladigan xulq-atvor
me’yorlarini belgilaydi. Davlat xizmati etikasi esa mulkni ro‘yxatga olish va oshkor qilish
orqali davlat va shaxsiy manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish orqali davlat
xizmatchilarining etik prinsiplarini mustahkamlashga xizmat qiladi.
Kanadada davlat xizmatchilarining ishga kirish jarayonida, qaror qabul qilishda va
davlat xizmatlarida aniqlangan ma’lumotlarni shaxsiy manfaatlari yo‘lida ishlatmasliklari
majburiyati qonun bilan belgilangan. Ushbu qonunda manfaatlar to‘qnashuvining oldini
olishga doir chora-tadbirlar, manfaatlar va axloqiy me’yorlarga rioya qilinishini nazorat
qiluvchi komissiyaning vakolatlari hamda qonun talablarini buzganlik uchun javobgarlik
mexanizmlari aniq ko‘rsatib o‘tilgan.
Shuningdek, Moldava, Rossiya, Ukraina va Qozog‘iston kabi davlatlarda manfaatlar
to‘qnashuviga oid talablarni bajarmaslik ma’muriy javobgarlikni yuzaga keltiradi.
Xulosa qilib aytganda, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish masalalari milliy
huquqiy tizimda aniq va samarali tarzda tartibga solingan bo‘lib, ushbu normativ hujjatlar
asosida davlat xizmatlari faoliyati tizimli ravishda boshqarilmoqda.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
I. O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi
24
Qarang, Republic of Korea. Improper Solicitation and Graft Act. Korea Legislation Research Institute. URL:
https://elaw.klri.re.kr/eng_service/lawView.do?hseq=41954&lang=ENG
25
Lee D. S. South Korean anti-graft law misses revolving door // Nikkei Asia. 2016. URL:
https://asia.nikkei.com/Politics/David-S.-Lee-South-Korean-anti-graft-law-misses-revolving-door
26
Qarang, Republic of Korea. Prevention of Conflict of Interest Act. – Seoul: Korea Legislation Research Institute,
2022. URL:
https://elaw.klri.re.kr/eng_service/lawView.do?hseq=57427&lang=ENG
27
Сон У.-С. National Assembly passes conflict of interest bill, 8 years after its introduction // The Hankyoreh. 2021.
URL: https://english.hani.co.kr/arti/english_edition/e_national/993401.html; Anti-Corruption and Civil Rights
Commission (ACRC). The Act on the Prevention of Conflict of Interest in Public Office drafted by the ACRC was
passed.
2021.
URL:
https://acrc.go.kr/board.es?mid=a20301000000&bid=62&tag=&act=view&list_no=13098&nPage=9; Kim & Chang.
National
Assembly
Passes
Conflict
of
Interest
Act.
2021.
URL:
https://www.kimchang.com/en/insights/detail.kc?sch_section=4&idx=22925
28
Qarang, Republic of Korea. Code of Conduct for Public Officials. Korea Legislation Research Institute. URL:
https://elaw.klri.re.kr/eng_mobile/viewer.do?hseq=49321&type=part&key=5
29
Qarang, Republic of Korea. Public Service Ethics Act. Korea Legislation Research Institute. URL:
https://elaw.klri.re.kr/eng_service/lawView.do?hseq=45491&lang=ENG
International scientific journal
“Interpretation and researches”
Volume 1 issue 12 (58) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2
69
1.
O‘zbekiston Respublikasi. “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi
Qonun. O‘RQ-419. 03.01.2017.
2.
O‘zbekiston Respublikasi. “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi
Qonun. O‘RQ-931. 05.06.2024.
3.
O‘zbekiston Respublikasi. “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi
Qonunning 3-moddasi. O‘RQ-931. 05.06.2024.
4.
O‘zbekiston Respublikasi. “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi
Qonun. O‘RQ-913-XII. 02.09.1993.
5.
O‘zbekiston Respublikasi. “Raqamli statistika to‘g‘risida”gi Qonun.
O‘RQ-707. 11.08.2021.
II. Xalqaro huquqiy hujjatlar
6.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti. Korrupsiyaga qarshi konvensiya. Nyu-
York, 31.10.2003.
III. Chet el qonunchiligi va institutlar hujjatlari
7.
Republic of Korea. Improper Solicitation and Graft Act. Korea
Legislation
Research
Institute.
URL:
https://elaw.klri.re.kr/eng_service/lawView.do?hseq=41954&lang=ENG
(дата
обращения: 19.06.2025).
8.
Republic of Korea. Prevention of Conflict of Interest Act. – Seoul: Korea
Legislation
Research
Institute,
2022.
URL:
https://elaw.klri.re.kr/eng_service/lawView.do?hseq=57427&lang=ENG
(дата
обращения: 19.06.2025).
9.
Republic of Korea. Code of Conduct for Public Officials. Korea
Legislation
Research
Institute.
URL:
https://elaw.klri.re.kr/eng_mobile/viewer.do?hseq=49321&type=part&key=5
(дата
обращения: 19.06.2025).
10.
Republic of Korea. Public Service Ethics Act. Korea Legislation
Research
Institute.
URL:
https://elaw.klri.re.kr/eng_service/lawView.do?hseq=45491&lang=ENG
(дата
обращения: 19.06.2025).
11.
Federal Ministry of the Interior. Rules on Integrity. Berlin, 2014.
12.
Council of Europe. Technical Paper: The legal and institutional
framework regulating conflict of interest in the Czech Republic: Assessment and
Recommendations. Strasbourg: Council of Europe, 2020. P. 13. URL:
13.
European Union. The Effectiveness of Conflict of Interest Policies in the
EU-Member States. Manuscript completed October 2020. European Union, 2020.
IV. Ilmiy adabiyotlar va tahliliy manbalar
International scientific journal
“Interpretation and researches”
Volume 1 issue 12 (58) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2
70
14.
Peters A., Handschin L. (eds.). Conflict of Interest in Global, Public and
Private Governance. Cambridge: Cambridge University Press, 2012.
15.
Mackenzie G. S. Scandal Proof, Do Ethics Laws Make Government
Better? Washington, D.C.: Brookings Institution, 2002. – 112 p.
16.
Behnke N. Ethics as Apple Pie: The arms race of ethical standards in
congressional and presidential campaigns // EGPA-Paper. “Ethics and Integrity of
Governance: A transatlantic dialogue”. Leuven, June 2005. – P. 8.
17.
Nieuwenburg P. The Integrity Paradox // Public Integrity. 2007. Vol. 9,
No. 9. Pp. 213–224.
V. Internet manbalari va yangiliklar
18.
Lee D. S. South Korean anti-graft law misses revolving door // Nikkei
Asia. 2016. URL:
https://asia.nikkei.com/Politics/David-S.-Lee-South-Korean-anti-
graft-law-misses-revolving-door
19.
Son U.-S. National Assembly passes conflict of interest bill, 8 years after
its
introduction
//
The
Hankyoreh.
2021.
URL:
https://english.hani.co.kr/arti/english_edition/e_national/993401.html
(дата
обращения: 19.06.2025).
20.
Anti-Corruption and Civil Rights Commission (ACRC). The Act on the
Prevention of Conflict of Interest in Public Office drafted by the ACRC was passed.
2021.
URL:
https://acrc.go.kr/board.es?mid=a20301000000&bid=62&tag=&act=view&list_no=1
3098&nPage=9
21.
Kim & Chang. National Assembly Passes Conflict of Interest Act. 2021.
https://www.kimchang.com/en/insights/detail.kc?sch_section=4&idx=22925
