Авторы

  • Анвар Рахмонов
    Namangan davlat pedagogika instituti,

Биография автора

  • Анвар Рахмонов , Namangan davlat pedagogika instituti,
    Aniq va tabiiy fanlar fakulteti, kimyo yo‘nalishi magistranti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.international-scientific.120892

Аннотация

Ushbu tadqiqotning asosiy maqsadi – jadal rivojlanib borayotgan nanotexnologiyalar doirasida nanokimyo fanining nazariy asoslari va amaliy qo‘llanilish yo‘nalishlari bilan tanishtirishdan iborat. Nanokimyo – bu kimyo, fizika, materialshunoslik va muhandislik fanlarining kesishgan nuqtasida shakllangan zamonaviy yo‘nalish bo‘lib, u moddalarning nanoo‘lchamdagi xossalari va ular bilan bog‘liq reaksiyalarni o‘rganadi.

Nanomateriallar – bu o‘ziga xos fizik-kimyoviy xususiyatlarga ega bo‘lgan, 1–100 nanometr oralig‘idagi zarrachalardan tashkil topgan moddalardir. Nanozarrachalar katta sirt maydoni, kvant o‘lcham effektlari va yuqori faollik tufayli an’anaviy moddalarga nisbatan mutlaqo yangi fazilatlarga ega bo‘ladi. Ular zamonaviy texnologiyalarda – elektronika, tibbiyot, ekologiya, energetika, qishloq xo‘jaligi va boshqa ko‘plab sohalarda keng qo‘llanilmoqda.

Bugungi ilm-fan texnik qurilmalarni miniaturalashtirish sari intilmoqda. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, elektron qurilmalarda ishlatiladigan materiallar nanozarracha shaklida butunlay yangicha xatti-harakat va funksional imkoniyatlarga ega bo‘ladi. Masalan, yuqori o‘tkazuvchanlik, sirt faolligi, optik sezuvchanlik kabi xususiyatlar faqat nanomiqyosda namoyon bo‘ladi.

Xulosa qilib aytganda, nanokimyo – bu XXI asr fanining eng istiqbolli yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, u yordamida yuqori samarali, ekologik xavfsiz va innovatsion mahsulotlar yaratish imkoniyati yuzaga kelmoqda.


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 1 issue 12 (58) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

80

NANOKIMYO TARAQQIYOTI VA UNING ISTIQBOLLARI

Raxmonov Anvar

Namangan davlat pedagogika instituti, Aniq va tabiiy fanlar fakulteti, kimyo

yo‘nalishi magistranti

ORCID:

0009-0004-3880-0705

E-mail:

enverrahman191@gmail.com


Annotatsiya:

Ushbu tadqiqotning asosiy maqsadi – jadal rivojlanib borayotgan

nanotexnologiyalar doirasida

nanokimyo

fanining nazariy asoslari va amaliy

qo‘llanilish yo‘nalishlari bilan tanishtirishdan iborat. Nanokimyo – bu kimyo, fizika,
materialshunoslik va muhandislik fanlarining kesishgan nuqtasida shakllangan
zamonaviy yo‘nalish bo‘lib, u moddalarning nanoo‘lchamdagi xossalari va ular bilan
bog‘liq reaksiyalarni o‘rganadi.

Nanomateriallar

– bu o‘ziga xos fizik-kimyoviy xususiyatlarga ega bo‘lgan, 1–

100

nanometr

oralig‘idagi zarrachalardan tashkil topgan moddalardir.

Nanozarrachalar katta sirt maydoni, kvant o‘lcham effektlari va yuqori faollik tufayli
an’anaviy moddalarga nisbatan mutlaqo yangi fazilatlarga ega bo‘ladi. Ular
zamonaviy texnologiyalarda – elektronika, tibbiyot, ekologiya, energetika, qishloq
xo‘jaligi va boshqa ko‘plab sohalarda keng qo‘llanilmoqda.

Bugungi ilm-fan texnik qurilmalarni miniaturalashtirish sari intilmoqda.

Tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, elektron qurilmalarda ishlatiladigan materiallar
nanozarracha shaklida butunlay yangicha xatti-harakat va funksional imkoniyatlarga
ega bo‘ladi. Masalan, yuqori o‘tkazuvchanlik, sirt faolligi, optik sezuvchanlik kabi
xususiyatlar faqat nanomiqyosda namoyon bo‘ladi.

Xulosa qilib aytganda, nanokimyo – bu XXI asr fanining eng istiqbolli

yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, u yordamida yuqori samarali, ekologik xavfsiz va
innovatsion mahsulotlar yaratish imkoniyati yuzaga kelmoqda.

Abstract:

The main objective of this research is to introduce the theoretical

foundations and practical applications of nanochemistry within the rapidly
developing field of nanotechnology. Nanochemistry is a modern interdisciplinary
direction that lies at the intersection of chemistry, physics, materials science, and
engineering, focusing on the properties and chemical behavior of substances at the
nanoscale. Nanomaterials are substances composed of particles ranging from 1 to 100
nanometers, which possess unique physical and chemical properties. Due to their
large surface area, quantum size effects, and high reactivity, nanoparticles exhibit
entirely new qualities compared to conventional materials. These materials are widely
applied in modern technologies such as electronics, medicine, environmental science,
energy, agriculture, and many other fields. Today’s scientific advancements are


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 1 issue 12 (58) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

81

aimed at the miniaturization of technical devices. Research shows that materials used
in electronic devices can acquire completely new behaviors and functional
characteristics in nanoparticle form. For example, properties like high conductivity,
surface activity, and optical sensitivity are particularly evident at the nanoscale.
In conclusion, nanochemistry is emerging as one of the most promising fields of
science in the 21st century, providing opportunities to create high-performance,
environmentally safe, and innovative products.

Аннотация:

Основной

целью

данного

исследования

является

ознакомление с теоретическими основами и практическими направлениями
применения нанохимии в рамках стремительно развивающейся области
нанотехнологий. Нанохимия — это современное междисциплинарное
направление, находящееся на пересечении химии, физики, материаловедения и
инженерии, которое изучает свойства веществ и химические реакции на
наноуровне. Наноматериалы — это вещества, состоящие из частиц размером от
1 до 100 нанометров, обладающие уникальными физико-химическими
свойствами. Благодаря большой площади поверхности, квантовым размерным
эффектам и высокой реакционной способности, наночастицы демонстрируют
совершенно новые качества по сравнению с традиционными материалами.
Такие материалы находят широкое применение в современных технологиях —
электронике, медицине, экологии, энергетике, сельском хозяйстве и многих
других сферах. Современная наука стремится к миниатюризации технических
устройств. Исследования показывают, что материалы, используемые в
электронике, в форме наночастиц приобретают совершенно новые
характеристики и функциональные возможности. Например, высокая
проводимость, поверхностная активность и оптическая чувствительность
проявляются именно на наномасштабе. В заключение можно отметить, что
нанохимия является одним из самых перспективных научных направлений XXI
века,

обеспечивающим

создание

высокоэффективных,

экологически

безопасных и инновационных продуктов.

Kalit so‘zlar:

nanokimyo, nanotexnologiya, nanomateriallar, nanorobotlar,

kvant nuqtalar, uglerod nanotrubkalari, nanoelektronika, nanosan’at, investitsiya,
nanoakkumulyator, nanodori vositalari, GMR-effekti.

Kirish

Nanotexnologiya — bu modda tuzilishini atom va molekula darajasida

boshqarish orqali mutlaqo yangi fizik-kimyoviy xossalarga ega materiallar va
tizimlarni yaratish imkonini beruvchi zamonaviy fan sohasi hisoblanadi. Ushbu
tushuncha ilk bor 1959 yilda amerikalik fizik R. Feynmanning mashhur “There’s
Plenty of Room at the Bottom” nomli ma’ruzasida nazariy asoslangan bo‘lib, u


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 1 issue 12 (58) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

82

atomlarni alohida boshqarish orqali miniatur qurilmalarni yaratish g‘oyasini ilgari
surgan. Bu g‘oya fan taraqqiyotiga kuchli turtki bo‘lgan.

“Nanotexnologiya” atamasi esa birinchi bor 1974 yilda yapon olimi N.

Taniguchi tomonidan ilmiy adabiyotga kiritilgan. Dastlabki nazariy mulohazalarning
ildizlari esa hatto Nyutonning “Optika” asarida ham kuzatiladi, bu esa ushbu fan
yo‘nalishining uzoq tarixiy ildizlarga ega ekanidan dalolat beradi. XXI asrga kelib,
nanotexnologiya turli fan sohalarida, jumladan, kimyo, fizika, biologiya,
muhandislik, tibbiyot, axborot texnologiyalari va hatto san’atda chuqur
integratsiyalashdi. Aynan kimyo sohasi — nanokimyoviy yondashuvlar — bu
jarayonlarning asosi bo‘lib xizmat qilmoqda. Mazkur maqolada nanokimyo fanining
rivojlanishi, nanomateriallarning xossalari, nanoobyektlar turlari, zamonaviy
texnologiyalardagi o‘rni, shuningdek, investitsiya va madaniyat sohalaridagi
qo‘llanilishi tahlil qilinadi.

Adabiyotlar tahlili

So‘nggi yillarda nanokimyo bo‘yicha olib borilgan ilmiy izlanishlar jadal

sur’atlar bilan rivojlanmoqda. Taniguchi, Feynman, Rao, Roco kabi yetakchi olimlar
tadqiqotlari nanokimyo va nanotexnologiyaning nazariy va amaliy asoslarini
shakllantirgan. Slusar, Gorbunova kabi olimlar nanoantennalar, oziq-ovqat
sanoatidagi nanoyondashuvlarni tahlil qilgan. Mahalliy adabiyotlar, jumladan,
“Yangi O‘zbekiston strategiyasi”da ilm-fan va innovatsiyaga alohida e’tibor
qaratilgan. Adabiyotlar tahlili ushbu maqola mavzusining ilmiy asosi sifatida xizmat
qiladi.

Metodologiya

Tadqiqotda kontent-analiz, taqqoslov tahlil, tizimli yondashuv, ilmiy taxmin va

vizual-analitik metodlar qo‘llanildi. Ilmiy manbalar asosida nanokimyoviy
tushunchalar o‘rganildi, tibbiyot, sanoat, energetika, ekologiyadagi qo‘llanish
holatlari taqqoslab tahlil qilindi. Nanostrukturalarning funksional ahamiyati grafik va
sxematik yondashuvlar bilan tahlil qilinib, istiqbolli xulosalar chiqarildi.

Nanomateriallar va ularning xususiyatlari

1–100 nanometr oralig‘idagi zarrachalar

nanozarrachalar

deb nomlanadi. Ular

o‘ziga xos katalitik, adsorbsion, optik kabi yangi fizik-kimyoviy xususiyatlarga ega
bo‘lib, masalan, juda yupqa plyonkalar sifatida quyosh batareyalarida qo‘llaniladi.
Sun’iy yaratilgan nanozarrachalar biologik tuzilmalar — oqsillar, DNK molekulalari
bilan o‘zaro aloqaga kirisha oladi. Nanomateriallarning turi, o‘lchami, geometrik
shakli va ichki tuzilishiga qarab, ular elektr, yorug‘likni qaytarish, mexanik
mustahkamlik, magnit sezuvchanlik va mikroblarga qarshi faol xususiyatlar namoyon
qiladi. Aynan shu xususiyatlar ularni zamonaviy texnologiyalarda keng qo‘llash
imkonini yaratmoqda.


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 1 issue 12 (58) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

83

Nanoobyektlar turlari.

Nanoobyektlar

o‘zlarining o‘lcham darajasiga qarab

bir nechta asosiy toifalarga ajratiladi:

3D (uch o‘lchamli)

nanohissachalar,

2D (ikki

o‘lchamli)

nanoplyonkalar,

1D (bir o‘lchamli)

nanotrubkalar va nanoto‘rlar hamda

0D (nol o‘lchamli)

nanokvant nuqtalar. Shuningdek, nanoobyektlar tarkibiga

nanoklasterlar, nanodispersiyalar, nanotuzyalli yuzalar va plyonkalar ham kiradi.

Nanoobyektlar uchta asosiy turkumga bo‘linadi:

Uch o‘lchamli (3D) zarrachalar

, odatda elektr o‘tkazuvchi materiallarni

portlatish, plazma sintezi yoki yupqa qatlamlarni tiklash orqali olinadi.

Ikki o‘lchamli (2D) obyektlar

— bu molekulyar qatlamlashtirish, kimyoviy

bug‘lar yordamida cho‘ktirish (CVD), atom qatlamli cho‘ktirish (ALD) kabi usullar
orqali hosil qilinadigan plyonkalar.

Bir o‘lchamli (1D) strukturalar

esa nanotrubkalar va nanonaychalar

ko‘rinishida bo‘lib, mikroyoriqlarga modda kiritish orqali olinadi.

Muhim nanostrukturalar
-

Nanotuzyalli materiallar

(masalan, nanokristallik, nanokompozit, nanofazali,

nanoto‘rlik va boshqalar) deb, o‘zining asosiy struktura elementlari (kristallitlar,
tolalar, qatlamlar yoki g‘ovakliklar) kamida bitta yo‘nalishda 100 nanometrdan
oshmaydigan materiallarga aytiladi.

Quyidagi uglerod asosidagi nanoformalarning ahamiyati alohida ta'kidlanadi:

Uglerod nanotrubkalari

— grafen qatlamlaridan iborat bo‘lib, yuqori

mustahkamlik va elektr o‘tkazuvchanlik xususiyatlariga ega.

Fullerenlar

— karbonning allotrop shakli bo‘lib, o‘ziga xos geometrik

tuzilishga ega.

Grafen

— bitta qatlamdan iborat karbon atomlari strukturasidir, u yuqori

darajada elektr o‘tkazadi.

Nanoakkumulyatorlar

— zamonaviy Li-ion batareyalar bo‘lib, ular atigi 10–

15 daqiqa ichida to‘liq zaryadlana oladi.

Nanotibbiyot

— bu yo‘nalishda nanohissachalardan foydalanilib, inson

organizmidagi biologik tizimlar aniqlanadi va nazorat qilinadi.

Dastlabki bosqichda nanomateriallar asosida mahsulot ishlab chiqarish quyidagi

yo‘nalishlarda yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilgan:

To‘qimachilik mahsulotlarini antimikrob va zamburug‘larga qarshi ishlov

berish;

Antibakterial xususiyatga ega bo‘yoq va laklar;

Polimer asosidagi (xususan, tibbiy) mahsulotlarni mikroblarga qarshi xossalar

bilan boyitish;

Shifobaxsh kosmetik vositalar ishlab chiqish.

Keyingi ilmiy-tadqiqot bosqichidan so‘ng quyidagi yangi mahsulotlar ustida ish

olib borilishi rejalashtirilmoqda:


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 1 issue 12 (58) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

84

Chorvachilik va dehqonchilik uchun mikroelementlar bilan boyitilgan

premikslar

;

Azot oksidlarining chiqindisini kamaytiruvchi

yangi avlod bioyo‘g‘in

(bioyoqilg‘i)

— yog‘och granulalari;

Yangi turdagi polimer materiallar uchun ekologik

stabilizatorlar

ishlab

chiqish.

Raqamli texnologiyalardagi o’rni
-

Markaziy protsessorlar

Intel va AMD kompaniyalari tomonidan ishlab

chiqilib, ularning struktura o‘lchamlari 5 nanometrdan 45 nanometrgacha bo‘lishi
mumkin.

GMR-effekti

(gigant magnit qarshilik effekti) axborotlarni yuqori zichlikda

saqlash imkonini beradi.

Skanerlovchi zondli mikroskoplar

molekulalarning tuzilishini bevosita

ko‘rishga imkon beruvchi zamonaviy texnologiyadir.

Nanoantenna

lar esa quyosh nurlarini elektr energiyasiga aylantira oladigan

mikromiqyosdagi qurilmalardir.

Antenna-ossillyatorlar

— bu yuqori chastotada tebranadigan kremniy

asosidagi kristallik qurilmalardir.

Nanokimyo kompyuter texnologiyalari rivojlanishida muhim o‘rin egallaydi. Bu

soha butunlay yangi xossalarga ega materiallar va qurilmalarni yaratish imkonini
beradi. Ayniqsa, nanokimyoviy yondashuvlar mikroelektronika uchun yangi
tranzistorlar, elektr o‘tkazgichlar, dielektriklar, ma’lumot saqlovchi materiallar va
displeylar ishlab chiqishda keng qo‘llaniladi. Masalan,

kvant nuqtalar

(CdS, ZnSe

kabi nanohissachalar) zamonaviy displeylarda yorqinlik, kontrastlik va ekran hajmini
oshirish uchun ishlatilmoqda. Nanonobotika va boshqa innovatsiyalar

-

Nanorobototexnika

— bu robototexnika va nanoteknologiyalarni

birlashtiruvchi istiqbolli soha bo‘lib, u nanomiqyosdagi robotlarni yaratishga
qaratilgan. Bunday nanorobotlar atom va molekulalar darajasida ishlashga
mo‘ljallangan bo‘lib, ular tibbiyot, sanoat, energetika va ekologiya kabi ko‘plab
sohalarda keng imkoniyatlar yaratadi.

Asosiy qo‘llanilish yo‘nalishlari:

Tibbiyot:

Nanorobotlar dorilarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri zararlangan hujayralarga

yetkazish, hujayra darajasida jarrohlik amaliyotlarini o‘tkazish va organizm holatini
nazorat qilishda ishlatiladi. Masalan, 2018-yildagi tadqiqotlar natijasida yaratilgan
ultratovushli nanorobotlar qon oqimi orqali yurib, bakteriyalarni va toksinlarni yo‘q
qilgan. 2022-yilda ular pnevmoniya chaqiruvchi bakteriyalarni yo‘qotish uchun
o‘pkaga yuborilgan.


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 1 issue 12 (58) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

85

Sanoat:

Nanorobotlar atom darajasida yangi materiallar yig‘ish va ishlab

chiqarishda qo‘llanilib, mustahkam va ilg‘or xossalarga ega mahsulotlar yaratishga
yordam beradi.

Energetika:

Ular quyosh panellari va akkumulyatorlar samaradorligini

oshirish orqali energiyani ishlab chiqarish va saqlashda yangi texnologiyalarni joriy
etishda ishlatiladi.

Ekologiya:

Nanorobotlar ifloslangan suv va tuproqni tozalash, zararli

moddalarni aniqlash va ularni yo‘q qilishda qo‘llanilishi mumkin.

Natija

Ilg‘or tadqiqotlar va istiqbollar:

3D nanobosma:

Nanotexnologiyalar yordamida lazer va suyuq polimerdan

foydalanib, murakkab nanostrukturalar yaratilmoqda.

Saratonni davolovchi nanorobotlar:

Tadqiqotlar dori vositalarini faqat

saraton hujayralariga etkazib, sog‘lom to‘qimalarga zarar yetkazmaslikka
yo‘naltirilgan.

To‘qimalarni tiklovchi nanorobotlar:

Jarohatlar yoki jarrohlikdan keyingi

tiklanish jarayonida nanorobotlar yordamida to‘qimalar tiklanmoqda.

Sarmoya, biznes va san’atda nanotexnologiyaning qo‘llanilishi

Nanotexnologiya hozirgi davrda eng tez sur’atlar bilan rivojlanayotgan fan-

texnika yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, u turli sohalarda chuqur integratsiyalashmoqda.
Ayniqsa, iqtisodiy va madaniy jabhalarda —

investitsiya

va

san’at

sohasida uning

ahamiyati ortib bormoqda.

Global investitsiyalar va yetakchi davlatlar

Bugungi kunda nanotexnologiyaga dunyo bo‘yicha

yillik yuzlab milliard

dollarlik

investitsiyalar yo‘naltirilmoqda. Bu sohaga jalb etilayotgan mablag‘lar

asosan fundamental tadqiqotlar, yangi materiallar ishlab chiqish, biotibbiyot,
energetika va axborot texnologiyalari bilan bog‘liq loyihalarga qaratilmoqda.

Yaponiya, AQSH, Germaniya, Xitoy va Janubiy Koreya

— bu borada

yetakchi davlatlar bo‘lib, ular milliy rivojlanish strategiyalarida nanotexnologiyani
ustuvor yo‘nalish sifatida belgilab qo‘ygan. Masalan, AQSHning

National

Nanotechnology Initiative (NNI)

dasturi orqali minglab ilmiy laboratoriyalar

moliyalashtirilmoqda. Yaponiyada esa nanoelektronika va biotexnologiyalarni
rivojlantirish uchun alohida markazlar tashkil etilgan.

Nanosan’at (Nano-Art): texnologiya va estetikani uyg‘unlashtirish

Nanotexnologiya nafaqat sanoat va ilm-fan, balki

san’at

sohasiga ham o‘zining

innovatsion ta’sirini ko‘rsatmoqda. Yangi yuzaga kelayotgan

nanosan’at (nano-art)

yo‘nalishi orqali nanoo‘lchamdagi obyektlar estetik vositaga aylanmoqda. Bu san’at
turi asosan ilmiy tajribalar natijasida hosil bo‘lgan mikro- va nanostrukturalarni
vizual san’at shaklida ifodalashni o‘z ichiga oladi.


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 1 issue 12 (58) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

86

Bunday san’at asarlari odatdagi ko‘z bilan ko‘rilmaydi, balki

elektron

mikroskoplar yordamida suratga olinadi

. Keyin esa ular grafik dasturlar orqali

rangli, zamonaviy, abstrakt yoki figurativ obrazlar shaklida qayta ishlanadi. Misol
uchun, 2003-yilda IBM olimlari atomlar yordamida “IBM” so‘zini yozib, uni
elektron mikroskopda rasmga olgan edilar — bu nanosan’atning ilk namunalaridan
biridir.

Bugungi

kunda

ba’zi

san’at

ko‘rgazmalarida

nanohaykallar

,

nanoinstallyatsiyalar

, va

mikrografik rasmlar

namoyish qilinmoqda. Bunday

ishlar ilm va san’at o‘rtasidagi chegarani yo‘qotib, yangi turdagi ifoda vositalarini
yaratmoqda.

Xulosa

Nanokimyo — XXI asr ilm-fanining eng innovatsion va istiqbolli

yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, uning rivojlanishi nanotexnologiyalarning barcha
sohalariga sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatmoqda. Ushbu fan yo‘nalishi yordamida
nanozarrachalar va nanostrukturalarning noyob fizik-kimyoviy xususiyatlari
o‘rganilib, ularni amaliyotga tadbiq etish imkoniyatlari tobora kengayib bormoqda.

So‘nggi tadqiqotlar shuni ko‘rsatmoqdaki, nanomateriallar va nanoobyektlar

yordamida tibbiyot sohasida dorilarni aniq va maqsadli yetkazish, elektronika
yo‘nalishida yuqori samarali komponentlar yaratish, ekologiyada esa ifloslanishlarga
qarshi samarali kurashish hamda energetika sohasida resurslardan oqilona
foydalanish imkoniyatlari vujudga kelmoqda.

Bundan tashqari, nanokimyo san’at, ta’lim, qishloq xo‘jaligi va iqtisodiyot kabi

sohalarda ham samarali qo‘llanilmoqda. Xususan, nanosanoat orqali ilm-fan va
estetikani uyg‘unlashtirish, investitsiya va sarmoya vositasida esa zamonaviy
texnologik loyihalarni moliyalashtirish imkoniyatlari kengaymoqda.

Xulosa qilib aytganda, nanokimyo nafaqat nazariy ahamiyatga ega ilmiy

yo‘nalish, balki insoniyat oldidagi global muammolarga innovatsion va amaliy
yechimlar taklif etayotgan dolzarb fan sohasi sifatida o‘z o‘rnini mustahkamlab
bormoqda.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Mirziyoyev Sh.M. (2021).

Yangi O‘zbekiston strategiyasi

. Toshkent:

“O‘zbekiston” nashriyoti.

2.

Rao, C. N. R. & Müller, A. (2006).

The Chemistry of Nanomaterials:

Synthesis, Properties and Applications

. Wiley-VCH.

3.

Roco, M. C. (2004).

Nanoscale Science and Engineering: Unifying and

Transforming Tools

. Journal of Nanoparticle Research, 6(3), 123–128.

4.

Taniguchi, N. (1974).

On the Basic Concept of “Nano-Technology”

.

Proceedings of the International Conference on Production Engineering.


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 1 issue 12 (58) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

87

5.

Feynman, R. P. (1959).

There's Plenty of Room at the Bottom

. Caltech

Engineering and Science.

6.

Salata, O. V. (2004).

Applications of Nanoparticles in Biology and

Medicine

. Journal of Nanobiotechnology, 2(1), 3–8.

7.

Drexler, K. E. (1986).

Engines of Creation: The Coming Era of

Nanotechnology

. Anchor Books.

8.

Bhushan, B. (Ed.). (2017).

Springer Handbook of Nanotechnology

(4th

ed.). Springer.

9.

Mody, C. C. M. (2011).

The Long Arm of Moore’s Law:

Microelectronics and American Science

. MIT Press.

10.

Shchukin, D., Möhwald, H. (2011).

Nanostructured Smart Coatings for

Corrosion Protection

. Royal Society of Chemistry.

11.

Горбунова Н.А., Туниева Е.К. Нанотехнологии в мясной

промышленности — фантастика или реальность? // Все о мясе, 2015, №2. URL:

https://cyberleninka.ru/article/n/nanotehnologii-v-myasnoy-
promyshlennostifantastika-ili-realnost

12.

Черкесова Л.В. Проблемы современной фундаментальной науки. —

Москва: Российская академия естествознания, 2016. — ISBN 978-5-91327-382-
6. URL:

https://monographies.ru/en/book/view?id=564

13.

Рыбалкина М. Нанотехнологии для всех. — Москва: URSS, 2005. —

444 с.

14.

Слюсар В.И. Наноантенны: подходы и перспективы // Электроника:

наука, технология, бизнес. — 2009. — №2. — С. 58–65.

15.

Mohanty R. Nanomechanical Antenna Oscillator. — Boston University

Scientific Image Collection, 2014.

16.

Леонова В.А., Конькова Т.В. Нанотехнологии в современном мире

// IX Международная студенческая научная конференция «Студенческий
научный форум – 2017». URL:

https://scienceforum.ru/2017/article/2017032874


Библиографические ссылки

Mirziyoyev Sh.M. (2021). Yangi O‘zbekiston strategiyasi. Toshkent: “O‘zbekiston” nashriyoti.

Rao, C. N. R. & Müller, A. (2006). The Chemistry of Nanomaterials: Synthesis, Properties and Applications. Wiley-VCH.

Roco, M. C. (2004). Nanoscale Science and Engineering: Unifying and Transforming Tools. Journal of Nanoparticle Research, 6(3), 123–128.

Taniguchi, N. (1974). On the Basic Concept of “Nano-Technology”. Proceedings of the International Conference on Production Engineering.

Feynman, R. P. (1959). There's Plenty of Room at the Bottom. Caltech Engineering and Science.

Salata, O. V. (2004). Applications of Nanoparticles in Biology and Medicine. Journal of Nanobiotechnology, 2(1), 3–8.

Drexler, K. E. (1986). Engines of Creation: The Coming Era of Nanotechnology. Anchor Books.

Bhushan, B. (Ed.). (2017). Springer Handbook of Nanotechnology (4th ed.). Springer.

Mody, C. C. M. (2011). The Long Arm of Moore’s Law: Microelectronics and American Science. MIT Press.

Shchukin, D., Möhwald, H. (2011). Nanostructured Smart Coatings for Corrosion Protection. Royal Society of Chemistry.

Горбунова Н.А., Туниева Е.К. Нанотехнологии в мясной промышленности — фантастика или реальность? // Все о мясе, 2015, №2. URL: https://cyberleninka.ru/article/n/nanotehnologii-v-myasnoy-promyshlennostifantastika-ili-realnost

Черкесова Л.В. Проблемы современной фундаментальной науки. — Москва: Российская академия естествознания, 2016. — ISBN 978-5-91327-382-6. URL: https://monographies.ru/en/book/view?id=564

Рыбалкина М. Нанотехнологии для всех. — Москва: URSS, 2005. — 444 с.

Слюсар В.И. Наноантенны: подходы и перспективы // Электроника: наука, технология, бизнес. — 2009. — №2. — С. 58–65.

Mohanty R. Nanomechanical Antenna Oscillator. — Boston University Scientific Image Collection, 2014.

Леонова В.А., Конькова Т.В. Нанотехнологии в современном мире // IX Международная студенческая научная конференция «Студенческий научный форум – 2017». URL: https://scienceforum.ru/2017/article/2017032874