Авторы

  • К.И. Атакулов
    Toshkent Kimyo Texnologiyalari Instituti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.international-scientific.69860

Ключевые слова:

Mintaqaviy hamkorlik mintaqaviylashuv mintaqaviylashuv omillari madaniy mintaqaviylashuv iqtisodiy mintaqaviylashuv Geosiyosiy mintaqaviylashuv.

Аннотация

Maqolada mintaqaviy hamkorlik va mintaqaviylashuv tushunchalarining mazmun mohiyati, shuningdek, mintaqaviy hamkorlik bilan mintaqaviylashuvning bog‘liqligi, asoslari va xususiyatlari haqida fikr yuritilgan. Mintaqaviylashish natijasida davlat va jamiyat hayotiga ijobiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillar ochib berilgan.


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 2 issue 2 (24) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

42

MINTAQAVIY HAMKORLIK VA MINTAQAVIYLASHUVNING O‘ZARO

BOG‘LIQLIGI VA ULARGA TA’SIR KO‘RSATUVCHI OMILLAR

Ataqulov Q.I.

Toshkent Kimyo Texnologiyalari Instituti

ataqulovqahramon@gmail.com


Annotatsiya.

Maqolada

mintaqaviy

hamkorlik

va

mintaqaviylashuv

tushunchalarining mazmun mohiyati, shuningdek, mintaqaviy hamkorlik bilan
mintaqaviylashuvning bog‘liqligi, asoslari va xususiyatlari haqida fikr yuritilgan.
Mintaqaviylashish natijasida davlat va jamiyat hayotiga ijobiy ta’sir ko‘rsatuvchi
omillar ochib berilgan.

Kalit so‘zlar:

Mintaqaviy hamkorlik, mintaqaviylashuv, mintaqaviylashuv

omillari, madaniy mintaqaviylashuv, iqtisodiy mintaqaviylashuv, Geosiyosiy
mintaqaviylashuv.

Абстрактный.

В статье рассматривается сущность понятий регионального

сотрудничества и регионализации, а также связь, основы и особенности
регионального сотрудничества и регионализации. В результате регионализации
выявлены факторы, оказывающие положительное влияние на жизнь
государства и общества.

Ключевые слова:

Региональное сотрудничество, регионализация,

факторы регионализации, культурная регионализация, экономическая
регионализация, геополитическая регионализация.

Abstract.

The article discusses the essence of the concepts of regional

cooperation and regionalization, as well as the connection, foundations and
characteristics of regional cooperation and regionalization. As a result of
regionalization, the factors that have a positive impact on the life of the state and
society have been revealed.

Key words:

Regional cooperation, regionalization, factors of regionalization,

cultural regionalization, economic regionalization, Geopolitical regionalization.


Bugungi siyosiy jarayonlar va siyosiy strategiyalarning iqtisodiy, ijtimoiy

hayotga ta’siri kuchayib borayotgan davrda hamkorlik va integratsiya orqali
globallashuv jarayonlarining salbiy oqibatlariga bardosh berish, hamkorlikda
rivojlanish orqali imkoniyatni oshirish mumkin degan qarashlar yuqori o‘rinlarga
chiqmoqda. Shuning uchun rivojlanayotgan yoki kam rivojlangan mamlakatlar o‘z
taraqqiyotida

yuqori

ko‘rsatgichlarni qayd etish maqsadida, mintaqaviy

munosabatlarni rivojlantirishga alohida e’tibor bera boshladilar. Bu borada ikkinchi
jahon urushidan keyin inqiroz botqog‘idan kuchli taraqqiyotga erishgan Yevropa


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 2 issue 2 (24) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

43

ittifoqi (Yevropa mintaqasi) shakllanganligi va har tomonlama taraqqiyotga
erishganligi tajriba maktabi, namuna bo‘ldi. Yevropa mintaqasida davlatlarning
maqsadli va manfaatli birlashuvi misolida turli ilmiy konsepsiyalar ishlab chiqildi va
siyosiy-iqtisodiy uyushmalar tashkil topdi.

Globallashuv jarayonlarining kuchayib borishi natijasida yer sharining turli

mintaqalarida

mintaqaviylashuv

jarayonlari

tezlashib

bordi.

Bunday

mintaqaviylashuvdan maqsad davlatlarning o‘z taraqqiyot darajasini ko‘tarish,
zamonaviy siyosiy-iqtisodiy munosabatlarda o‘z o‘rniga ega bo‘lishdir. Xususan
prezidentimiz Sh.Mirziyoyev “biz tashqi siyosatni amalga oshirishda barch davlatlar,
birinchi navbatda, qo‘shni mamlakatlar bilan do‘stona munosabatlar va o‘zaro
manfaatli hamkorlikni yanada mustahkamlashni o‘zimizning birinchi darajali
vazifamiz deb bilamiz”

6

deganda mintaqada mustahkam hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan

holda dunyoda alohida o‘rin egallashni nazarda tutgan edi.

Mavzudan kelib chiqib avvalo mintaqaviy hamkorlik hamda mintaqaviylashuv

jarayonlari bilan bog‘liqlik va ularga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar haqida ayrim
jihatlarni keltirsak. Mintaqaviy hamkorlik tushunchasi turli sohadagi adabiyotlarda
turlicha talqin qilinadi. Rossiyalik tadqiqotchi I.N.Barginning fikricha bu tushuncha
dastlab Geografiya va iqtisodiyot fanlarida ishlatilgan

7

. Siyosiy falsafiy jihatdan

g‘arb tadqiqotchilari K.Doich, V.Bobkov. E.Xaas, Rossiyalik tadqiqotchilar
O.Butorina,

N.Liventsev

va

V.Xarlamovlar,

M.Lebedeva,

L.E.Grinnin,

O‘zbekistonlik

tadqiqotchilar

R.Alimov,

Sh.R.Arifxonov.

Ch.Kucharov,

M.M.Muhammadsiddiqov, O.O.Sirojov kabi olimlar mintaqaviy hamkorlik
tushunchasining ta’rifi va global davrdagi o‘rni haqida munosabat bildirganlar.
Yuqoridagi olimlarning keltirgan ta’riflarini umumlashtirgan holda,

Mintaqaviy

hamkorlik bu-ma’lum geografik mintaqada joylashgan davlatlarning maqsad
va manfatlar uyg‘unligi negizida, ixtiyoriylik va tenglik tamoyillariga

8

asoslangan hamfaoliyat jarayoni deyishimiz mumkin.

Shu o‘rinda mavzudan kelib chiqib “mintaqaviylashuv” tushunchasi haqida

birqancha olimlarning fikrlarini tahlil qilsak. Mintaqashunos M.Muhammadsidiqov
“Mintaqaviylashuv” hududiy xususiyati asosida madaniy, siyosiy, iqtisodiy jihatdan
davlatlarning bir-biriga yaqinlashuv jarayoni. “…mintaqalarning institutsional
maqomga ega bo‘lishi

9

- deb ta’rif beradi. Geografik jihatdan yer yuzida mintaqalar

ko‘p va ular soha olimlari tomonidan turli xil ko‘rinishda tasniflanadi. Shundan kelib
chiqadigan bo‘lsak, mintaqaviylashish uchun davlatlar ma’lum maqsad uchun bir

6

Ўзбекистон Ресрубликаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг асарлари ва марузаларидан олинган фикирлар.

Миллий тикланишдан миллий юксалиш сари. “Yoshlar nashriyoti uyi” -Т:. 2019 й 66-б

7

И. Н. Барыгин. Международное регионоведение. СПб.: «Питер», 2009. 384 с.

8

a) tenglik; b) ixtiyoriylik; v) milliy manfaatlar uyg‘unligi asosida shakllangan umummanfaatlar ustuvorligi; d) o‘zaro

ishonch va hurmat; s) milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik; i) ichki ishlarga aralashmaslik tamoyillarini
kiritish mumkin.

9

Muhammadsidiqov М.М. Xalqaro mintaqashunoslik. O‘quv qo‘llanma. -Т.: «Barkamol fayz media», 2017, 8 b.


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 2 issue 2 (24) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

44

birlari bilan hamkorlik aloqalarini mustahkamlashi va institutsional tarzda bir qancha
qoidalar bilan rasmiylashtish orqali munosabatlarni yo‘lga qo‘yish lozim bo‘ladi.

Yevropa

kengashining

axborot

saytida

keltirilgan

ta’rifga

ko‘ra

“mintaqaviylashtirish” milliy yoki federal hamkorlik doirasida subsidiyarlik
tamoyilini yaxshiroq qo‘llash uchun hokimyatni markaziy hukumatdan hududlarga
o‘tkazish jarayoni. Bu vakolatlarni yaratish, kengaytirish yoki berish, vakolat va
majburiyatlarni hududlarga o‘tkazishni o‘z ichiga oladi

10

. Amerika, G‘arb va Sharq

boshqaruvidagi farqlarni inobatga oladiga bo‘lsak, qisman avtoritar boshqaruvga ega
bo‘lgan mamlakatlar joylashgan mintaqalarda hokimyat vakolatlarini hududlarga
berish mustaqil subyektlarni vujudga keltiradi deb hisoblanadi. Aslida esa yuqorida
keltirilganidek institutsional tarzda mintaqaviylashish uchun hokimyatning ayrim
vakolatlarini mintaqaviy tashkilotlarga o‘tkazish liberal munosabatlarni rivojlanishiga
yo‘l ochadi.

Siyosatshunos N.Qosimovning fikricha “Mintaqaviylashuv - mintaqa ichidagi

integratsiyaning o‘sishini bildiradi. Ammo mintaqaviylashuv davlatlar chegarasiga
mos kelmasligi mumkin”

11

. Demak davlatlar o‘rtasida integratsiya jarayonlari

rivojlanishi bilan ma’lum qoidalar asosida sun’iy to‘siqlar ham olib tashlanishi
hisobiga barcha subyektlar bir xil darajada rivojlanadi. Bu esa hududiy jihatdan katta
va kichik bo‘lishi ahamiyatga ega bo‘lmay, nisbatan texnologik yutuqlarga ega
bo‘lgan mamlakatlar yutuqlarga erishish ehtimoli yuqori.

Xulosa qiladigan bo‘lsak,

mintaqavilashuv davlatlarning integratsiya va

hamkorlik jarayonlarini rivojlantirish uchun kelishuvlar asosida ixtiyoriy
yaqinlashuvi, uyushmalarga birlashuvi nazarda tutiladi.

Mintaqaviylashuvning quyidagi funksianal belgilari

12

mavjudki mintaqa

mamlakatlarida hamkorlik aloqalarini uzoq vaqt mustahkam va bardavom bo‘lishi
imkonini beradi.

Geosiyosiy mintaqaviylashuv - bunda dunyodagi iqtisodiy va siyosiy jihatdan

qudratli davlatlarning siyosiy bosimiga qarshi turishi mumkin bo‘lgan katta
mintaqalarning vujudga kelishi va iqtisodiy, siyosiy qudratning shakllanishi nazarda
tutilada.

Iqtisodiy mintaqavilashuv - bu asosan bozor iqtisodiyoti bilan bog‘liq bo‘lgan

munosabatlar erkin savdo hududlari, bojxona kelishuvlar kabi holatlardagi
aloqalarning mustahkamlanishi hisoblanadi.

Madaniy mintaqaviylashuv - jamiyat hayotining ijtimoiy-madaniy xususiyatlari

bilan ajralib turuvchi turli-xil mintaqalarning rivojlanishiga e’tibor qaratadi.

10

https://www.coe.int/en/web/portal/-/council-of-europe-and-georgian-authorities-launch-new-action-plan-for-2024-

2027

11

Касымова H.A. Глобализация и регионализм: связь и взаимодействия. Теоретические аспекты // Халкаро

муносабатлар, №3, 2008, 15 с..

12

Qarang. Muhammadsidiqov М.М. Xalqaro mintaqashunoslik. O‘quv qo‘llanma. -Т.: «Barkamol fayz media», 2017,

9-10 b.


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 2 issue 2 (24) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

45

“Mintaqaviy hamkorlik” va “mintaqaviylashuv” jarayonlariga yaxlit ta’rif va

tavsif keltirilmagan bo‘lsada, bu tushunchalarning o‘zaro bog‘liq jihatlari xususida
quyidagilarni keltirish mumkin.

Taraqqiyotga xizmat qiladi.

Mintaqaviy hamkorlik va mintaqaviylashuv

davlatlarning yoki hududlarning rivojlanishida ijobiy xizmat qiladi. Savdo-iqtisodiy
siyosiy-ijtimoiy, madaniy-ma’naviy sohalarda kuchli hamkorlik aloqalarining
rivojlanishida muhum ahamiyat kasb etadi. Misol, Shimoliy Koreya, Turkmaniston
kabi g‘oyaviy yoki siyosiy jihatdan ixotalangan davlatlar taraqqiyotdan orqada
qolayotganligiga tarix guvoh.

Biri ikkinchisini to‘ldirib turadi.

Mintaqaviy hamkorlik va mintaqaviylashuv

tushunchalari mazmun va mohiyatini o‘rganish jarayonida guvohi bo‘ldikki,
“hamkorlik” konflikt tushunchasi bilan yonma-yon kelib, uning oldini oluvchi vosita
sifatida o‘rganilgan

13

. Mintaqaviylashuv esa ijobiy hamfaollikdan yaqinlashuv va

institutsional uyushmaga aylanish jarayonlarida namayon bo‘ladi. Mintaqaviy
hamkorlik

mintaqaviy

aloqalarning

quyiroq,

soddaroq

ko‘rinishi bo‘lsa,

mintaqaviylashuv integratsiya va institutsional uyushmalar tuzilishi asosida yuz
beradi.

Globallashuvning birlamchi bosqichi hisoblanadi.

Mintaqaviy hamkorlik va

mintaqaviylashuv jarayonlarida kichik hududlarda integratsiya kuzatiladi. Bu
taraqqiyotni, mintaqaviy barqarorlikni taminlaydi. Savdo aloqalarining kuchayishi va
chegaralarni ochilishiga, madaniyat almashinuviga xizmat qiladi albatda. Misol
tariqasida ASEAN (Janubiy-Sharqiy Osiyo davlatlar uyushmasi

14

), NAFTA

15

va

boshqalarni keltirish mumkin. Shu bilan birga globallashuvga qarshi turishi ham
mumkin xususan, mintaqaviylashuvda subyektlarning manfaatigina inobatga olinadi.
Mintaqadan

tashqarida

hamkor

bo‘lmagan davlatlar manfaatlarining esa

imkoniyatlari cheklanadi.

Vujudga kelgan va keladigan muommolarni manfaatlar uyg‘unligi asosida

hal qilish imkonini beradi.

Mintaqaviy hamkorlik va mintaqaviylashuv jarayonlari

biror maqsadni ko‘zlab va Manfaat toppish uchun yo‘lga qo‘yilgan ijobiy
jarayonligini inobatga olsak, mintaqaning institutsiannallashuvining sababi ham
mu’ammolarni tinch yo‘l bilan hal qilish, kelajakda kutiladigan manfaatlar, vujudga
kelishi mumkin bo‘lgan holatlarni kelishib olishdir.

Mintaqaviy hamkorlik va mintaqaviylashuv uchun asos bo‘ladigan obyekt va

ushbu tushunchalarga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar haqida fikir yuritsak. Bu haqda
R.Alimov “Tarixiy madaniy birlik” mintaqaviy hamkorlik va mintaqaviylashuv
jarayonlariga asos bo‘ldi deb aytib o‘tadi. Bir jihatdan hamkorlik uchun birlamchi

13

Qarang. Сирожов О.О. Назиров М.М. Марказий Осиё давлатларининг истиқболлари ва имкониятлари.

Дарслик. -Т.: Ўзбекистон халқаро ислом академияси, 2021. 6-б

14

Qarang.

https://uz.wikipedia.org/wiki/Janubi-Sharqiy_Osiyo_davlatlari_uyushmasi

15

Qarang. https://hiddenshell.ru/uz/severoamerikanskaya-zona-svobodnoi-torgovli-nafta-nafta--/


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 2 issue 2 (24) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

46

asos bo`ladi lekin bugungi taraqqiy qilgan zamonaviy dunyoda faqat tarixiy madaniy
birlikning o‘zi ham yetarli emas. Bu borada F.Tolipov (Markaziy Osiyo misolida)
yanada to‘ldirishga urinadi “geografik makon, etnik kelib chiqish va urf-odatlar
yaqinligi” bo`lishi kerakligini aytadi, M.Muhammadsiddiqov, O.Sirojov kabi
O‘zbekistonlik olimlar shuningdek, E.Eshanova, G.Telebayev, M.Gubaydulina kabi
Qozog‘istonlik olimlar o‘z fikr mulohazalarini bildirganlar. M.Gubaydulina “savdo-
iqtisodiy va karparatsiyon hamkorlik zarurligi anglab yetish, o‘zini-o‘zi
taminlaydigan, himoyalangan umumiy bozorni tashkil qilinishi” hamkorlikni
rivojlanishiga katta sharoit yaratadi degan fikirni bildirib o‘tadi. Bu fikirda chuqur
integratsion jarayonlarda kuzatiladigan hamkorlik nazarda tutilgan, chunki o`ziga xos
bozor muhitini shakllantirish uchun ham ma’lum manoda boshlang`ich hamkorlik va
hamkorlikni tartibga soladigan kelishuv qoidalari zarur bo`ladi.

Siyosiy fanlar doktori Professor O.Sirojovning fikricha “hamkorlikni tarixiy,

madaniy, huquqiy, iqtisodiy, xavfsizlik, geografik, g‘oyaviy asoslarga bo‘lish
mumkin

16

.

Yuqoridagi olimlarning keltirgan fikrlaridan kelib chiqib, Mintaqaviy hamkorlik

va mintaqaviylashuv jarayonlariga ta’sir ko‘rsatuvchi quyidagi omillarni keltirish
mumkin:

- hududiy yaqinlik. Ya’ni geografik nuqtayi nazardan bir mintaqada

joylashganlik.

- Barqaror taraqqiyot. Bunda iqtisodiy va siyosiy barqarorlik va shu asosda

taraqqiyot ko‘zda tutiladi.

- Davlatlar siyosiy tizimning mosligi. Davlatlar siyosiy tuzumining mutannosib

bo‘lishi, ya’ni har bir tuzumning o‘z tartiblari bo‘ladiki, ular bir biriga mos kelmasa
hamkorlik kutilgan natija bermaydi.

- Hamkorlikni siyosiy elita va jamiyat tomonidan qo‘llab quvvatlanishi.

Hamkorlik jarayonlarini ijobiy tomonlarini siosiy elita his etishi va bu jarayonlardan
jamiyat foydalana olishi uchun juda zarur omildir.

- Milliy madaniyatlarning o‘zaro yaqinligi va tarixiy ildizlarining umumiyligi.

Til yaqinligi, milliy urf odat va an’analarning o‘xshashligi, mentelitetning birxilligi,
tarixiy-madaniy umumiylik mintaqa xalqlarini qalban yaqinlashtiruvchi omildir.

- Boshqaruv shakli va iqtisodiy tizimning o‘xshashligi.

Boshqaruv shaklida

erkin bozor iqtisodiyotiga asoslangan tamoyillar ustuvor bo‘lgan mamlakatda,
rivojlanishni xohlagan uyushma yoki jamiyat o‘zi uchun bozorlar topishi, uni
kengaytirishi buning uchun hamkorlar qilish zarurligini his etadi.

- Harbiy potensial darajasini yaqinligi.

Mintaqada mavjud davlatlar aytish

mumkinki harbiy jihatdan biri ikkinchisidan ustun bo‘lganda harbiy jihatdan bosim

16

Sirojov O.O. Markaziy Osiyodagi mintaqaviy hamkorlik jarayonlarida O`zbekiston manfaatlari / 2018-y 42 bet.


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 2 issue 2 (24) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

47

o‘tkazishi yoki boshqasining ichki ishlariga harbiy jihatdan aralashuv holatlari
kuzatilishi mumkin, shuning uchun bu omil muhim hisoblanadi.

- Davlatlarning hamkorlik tajribasi.

Mintaqada mavjud davlatlar vujudga kelgan

muommolarni hal qilishda qatnashganligi, hamfikir yoki bir birini qo‘llab quvatlash
natijasida muammo ijobiy hal qilinsa bu keyingi hamkorlik uchun yo‘l ochadi.

- Umumiy muammolarning mavjudligi.

Umumiy bo‘lgan muammolar yoki

“umumiy dushman”ning mavjudligi birgalikda harakat qilish ruhiyatining paydo
bo‘lishiga xizmat qiladi va bir jihatdan uyushqoqlikni taminlaydi.

- Tashabbuskorlik va siyosiy liderlarning unga moyilligi.

Mintaqaviy

muammolarni hal qilishga oid bo‘lgan tashabbuslar ko‘rsatishi mintaqa aholisini ko‘p
jihatdan qo‘llab quvatlashiga va munosabatlarni iliqlashuviga olib keladi.

Mavzudan xulosa qiladigan bo‘lsak, Mintaqaviy hamkorlik bu-ma’lum

geografik mintaqada joylashgan davlatlarning maqsad va manfaatlar uyg‘unligi
negizida, ixtiyoriylik va tenglik tamoyillariga asoslangan hamfaoliyat jarayoni
deyishimiz mumkin.

Mintaqavilashuv davlatlarning integratsiya va hamkorlik jarayonlarini

rivojlantirish uchun kelishuvlar asosida ixtiyoriy yaqinlashuvi, uyushmalarga
birlashuvi nazarda tutiladi.

Mintaqaviy hamkorlik va mintaqaviylashuv jarayonlarining bog‘liqligi

globallashuv

davrining

dastlabki

bosqichi

bo‘lib, mintaqa davlatlaridagi

kamchiliklarni to‘ldirgan holda taraqqiyot va aholi farovonligi uchun xizmat qiladi.

Mintaqaviy hamkorlik va mintaqaviylashuv jarayonlariga ta’sir ko‘rsatuvchi

hududiy yaqinlik, barqaror taraqqiyot, davlatlar siyosiy tizimning mosligi,
hamkorlikni siyosiy elita va jamiyat tomonidan qo‘llab quvvatlanishi, milliy
madaniyatlarning o‘zaro yaqinligi va tarixiy ildizlarining umumiyligi, boshqaruv
shakli va iqtisodiy tizimning o‘xshashligi, harbiy potensial darajasini yaqinligi,
davlatlarning

hamkorlik

tajribasi,

umumiy

muommolarning

mavjudligi,

tashabbuskorlik va siyosiy liderlarning mintaqaviylashuv jarayonlariga moyilligi kabi
bir qancha omillarni keltirish mumkin.

Adabiyotlar:

1.

Ўзбекистон Ресрубликаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг

асарлари ва марузаларидан олинган фикирлар. Миллий тикланишдан миллий
юксалиш сари. “Yoshlar nashriyoti uyi” -Т:. 2019 й 66-б

2.

Sirojov O.O. Markaziy Osiyodagi mintaqaviy hamkorlik jarayonlarida

O‘zbekiston manfaatlari / 2018-y 42 bet.

3.

Касымова

H.A.

Глобализация и

регионализм:

связь

и

взаимодействия. Теоретические аспекты // Халкаро муносабатлар, №3, 2008, 15
с..


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 2 issue 2 (24) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

48

4.

Muhammadsidiqov М.М. Xalqaro mintaqashunoslik. O‘quv qo‘llanma. -

Т.: «Barkamol fayz media», 2017, 8 b.

5.

. Сирожов О.О. Назиров М.М. Марказий Осиё давлатларининг

истиқболлари ва имкониятлари. Дарслик. -Т.: Ўзбекистон халқаро ислом
академияси, 2021. 6-б

6.

И. Н. Барыгин. Международное регионоведение. СПб.: «Питер»,

2009. 384 с.

7.

https://www.coe.int/en/web/portal/-/council-of-europe-and-georgian-

authorities-launch-new-action-plan-for-2024-2027

8.

https://uz.wikipedia.org/wiki/Janubi-Sharqiy_Osiyo_davlatlari_uyush-

masi

9.

https://hiddenshell.ru/uz/severoamerikanskaya-zona-svobodnoi-torgovli-

nafta-nafta--/




Библиографические ссылки

Ўзбекистон Ресрубликаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг асарлари ва марузаларидан олинган фикирлар. Миллий тикланишдан миллий юксалиш сари. “Yoshlar nashriyoti uyi” -Т:. 2019 й 66-б

Sirojov O.O. Markaziy Osiyodagi mintaqaviy hamkorlik jarayonlarida O‘zbekiston manfaatlari / 2018-y 42 bet.

Касымова H.A. Глобализация и регионализм: связь и взаимодействия. Теоретические аспекты // Халкаро муносабатлар, №3, 2008, 15 с..

Muhammadsidiqov М.М. Xalqaro mintaqashunoslik. O‘quv qo‘llanma. -Т.: «Barkamol fayz media», 2017, 8 b.

. Сирожов О.О. Назиров М.М. Марказий Осиё давлатларининг истиқболлари ва имкониятлари. Дарслик. -Т.: Ўзбекистон халқаро ислом академияси, 2021. 6-б

И. Н. Барыгин. Международное регионоведение. СПб.: «Питер», 2009. 384 с.