Авторы

  • Мафтуна Турсунбоева
    Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy Universiteti

Биография автора

  • Мафтуна Турсунбоева, Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy Universiteti
    O‘zbek filologiya fakulteti Filologiya va tillarni o‘qitish: o‘zbek tili yo‘nalishi 218-guruh talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.international-scientific.69867

Ключевые слова:

Ot so‘z turkumi UGM LGM atoqli va turdosh otlar kompozitsiya affiksatsiya yashalish modellari narsa-buyum otlari affiks.

Аннотация

O‘zbek tili qadimdan shakllangan boy tillar sirasiga kirib, unda qadimdan rivojlanib kelayotgan so‘z turkumlari, jumladan, ot so‘z turkumida namoyon bo‘lgan yasalish usullari, ot so‘z turkumi sifatida o‘ziga xos morfologik paradigma, yasalish tizimiga xoslangan sintaktik pozitsitalari tahlil qilinadi. Ot va uning UGMsi parchalanishiga ko ‘ra turlari o ‘rganiladi.


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 2 issue 2 (24) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

79

O‘ZBEK TILIDA OT SO‘Z TURKUMI YASALISHINING ILMIY-NAZARIY

ASOSLARI

Tursunboyeva Maftuna

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy Universiteti

O‘zbek filologiya fakulteti Filologiya va tillarni o‘qitish: o‘zbek tili yo‘nalishi

218-guruh talabasi

Annotatsiya:

O‘zbek tili qadimdan shakllangan boy tillar sirasiga kirib, unda

qadimdan rivojlanib kelayotgan so‘z turkumlari, jumladan, ot so‘z turkumida
namoyon bo‘lgan yasalish usullari, ot so‘z turkumi sifatida o‘ziga xos morfologik
paradigma, yasalish tizimiga xoslangan sintaktik pozitsitalari tahlil qilinadi. Ot va
uning UGMsi parchalanishiga ko ‘ra turlari o ‘rganiladi.

Kalit so‘zlar

: Ot so‘z turkumi, UGM, LGM, atoqli va turdosh otlar,

kompozitsiya, affiksatsiya, yashalish modellari, narsa-buyum otlari, affiks.


Har qanday tilning ahamiyati uning jamiyatdagi, davlatdagi maqomiga bog‘liq.

Jumladan, o‘zbek tilida so ‘z turkumlari yasalishi ham uning o‘sib-rivojlanishidagi
imkoniyatlarini belgilaydi.

Ot so‘z turkumi– kim? nima? qayer? so‘roqlariga javob bo‘lib, mavjudot, narsa,

joy, voqea, jarayonni atovchi leksik birlik. “Borliq yoki uning parchasini predmet
sifatida atash” – ot so‘z turkumining UGMsi. Bunda predmet tushunchasi mantiqiy
emas, balki grammatik mohiyatga ega. Mantiqan jonsiz va bevosita sezgi a’zosiga
ta’sir etuvchi narsa predmet deyiladi. Grammatika esa u keng ma’noda tushuniladi,
“mavjudlik” mavjudlik mohiyatiga ega deb qaraladi. Ot leksemalar turkumi bayonida
bunday leksemalarga sonlash, nisbatlash, turlash paradigmalarining morfemalari,
shuningdek, bir necha noparadigmatik morfemalar qo‘shilishi ta’kidlanadi. Ot
leksema shakllar ana shu morfemalarning ot leksemaga ma’lum qoida asosida birin-
ketin qo‘shilishi bilan hosil qilinadi. Ot leksemalar ma’no turlariga bir necha nuqtayi
nazardan tasnif qilinadi. Ot leksemalarni eng yirik tasniflash kim, nima so‘roqlari
asosida amalga oshiriladi. Kim so‘rog‘iga javob bo‘ladigan ot leksemalar kishi otlari
deyiladi: o‘qituvchi, talaba kabi. Ot leksemalarining qolgan qismi nima so‘rog‘iga
javob bo‘lib, narsa otlari deyiladi: imtihon, qush shular jumlasidan.

Ot so‘z turkumi – mustaqi so‘z turkumlaridan biri. U boshqa so‘z turkumlaridan

bir nechta belgi-xususiyatlari bilan ajralib turadi. Ular quyidagilarda iborat: 1) ot
yasalish xususiyatiga ega: ishchi, suhbatdosh, paxtakor, bog‘bon, oshpaz, Mirzacho‘l;
b) son-miqdorni bildirish xususiyatiga ega: bola – bolalar, daftar – daftarlar; v) egalik
ko‘rsatkichiga ega: otam, otang, otasi – otamiz, otangiz, otalari; g) kelishik shakllari
bilan o‘zgaradi; maktab, maktabning, maktabni, maktabga, maktabda, maktabdan; d)


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 2 issue 2 (24) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

80

gapda barcha gap bo‘laklari vazifasida keladi. Otlarning yasalishi natijasida yasama
otlar paydo bo‘ladi. Yasama otlar affiksatsiya, kompozitsiya, abbreviatsiya yo‘llari
bilan yasaladi. Affiksatsiya ot yasashdagi eng mahsuldor usul bo‘lib, uning
yordamida shaxs otlari (bo‘yoqchi, ishchi, maktabdosh, zargar); narsa-qurol otlari
(ochqich, o‘sma, kurak, qirindi); o‘rin-joy otlari (bodomzor, O‘zbekiston, qarorgoh).

Ot yasovchi qolipning aksariyati ko‘p ma’noli. Quyida ularni ko‘rib o‘tamiz.
-chi affiksli ot +-chi = 1) asosdan anglashilgan narsa bilan bog‘liq kasb

mutaxassislik bilan shug‘ullanuvchi shaxs oti; 2) asosdan anglashilgan
ish/harakat/hodisa bilan shug‘ullanuvchi shaxs oti; 3) asosdan anglashilgan ish-
harakat, faoliyatda qatnashuvchi shaxs oti; 4) asosdan anglashilgan hodisani, ish-
harakatni bajarish odati kuchli bo‘lgan shaxsni bildiruvchi ot qolipi quyidagi
hosilalarni bergan:

1) sportchi, dutorchi, kashtachi, shaxmatchi;
2) xabarchi, maslahatchi, terimchi, yordamchi;
3) jangchi, isyonchi, hasharchi, muzokarachi;
4) respublikachi, muxtoriyatchi;
5) to‘polonchi, buzg‘unchi, tavakkalchi.
Ko‘rinadiki, bu qolip polisemantik va polifunksional bo‘lib, har bir ma’noni

yana bir necha ma’no turlariga bo‘linib ketadi,

-shunos affiksli ot + -shunos = asosdan anglashilgan sohani o‘rganuvchi

mutaxassis qolipi bir ma’noli bo‘lib, u quyidagi hosilalarni bergan: adabiyotshunos,
tilshunos, tarixshunos kabi.

-kor affiksli ikkita qolip mavjud:
a) aniq ot + -kor + asosdan anglashilgan narsa/predmetni yetishtirish bilan

shug‘ullanuvchi shaxs oti (paxtakor, lavlagikor, sholikor);

b) mavhum ot + -kor = 1) asosdan anglashilgan ish, mashg‘ulot bilan

shug‘ullanuvchi shaxs (madadkor, xiyonatkor, gunohkor).

Kompozitsiya usuli bilan qo‘shma va juft otlar hosil qilinadi: toshko‘mir,

tuyaqush, karnaygul.

Qo‘shma otlar:
1.

Ot+ot: ajdargul, ayiqtovon, atirgul, kinolenta, xontaxta.

2.

Sifat +ot: kaltakesak, Markaziy Osiyo, Sho‘rko‘l.

3.

Ot+fe’l: echkiemar, ko‘zboylog‘ich, kallakesar, husnbuzar.

4.

Son+ot: besgbarmoq, beshqarsak, Yettisuv.

5.

Son+fe’l: beshotar, birqoqar.

6.

Fe’l+fe’l: iskabtopar, ishlab chiqarish

Juft otlar: Ot+ot, sifat+ot kabi qoliplar, shuningdek, boshqa turkumga oid juft

so‘zlarning otga ko‘chishidan vujudga keladi. Juft otlar tarkibiga ko‘ra quyidagi
ko‘rinishlarga ega:


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 2 issue 2 (24) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

81

1.

Har ikki qismi mustaqil holda ham ishlatilinadigan juft otlar;

2.

Qismlaridan biri mustaqi ishlatilmaydigan juft otlar;

3.

Har ikki qismi ham mustaqil ishlatilmaydigan juft otlar

O‘zbek tilida yasama otlarning leksik-semantik jihatdan bir necha guruhlari

(turlari) mavjud bo‘lib, ularga oid so‘z yasalishi tiplari majmui ot turkumiga xos so‘z
yasalishi tizimini tashkil etadi.

“ Shaxs otlari” birikmasi ikki xil ma’no bildiradi: 1) “shaxs-ning ismi”; 2)

“shaxs bildiruvchi so‘z” ma’si. Ana shu ikkinchi ma’nosida u lingvistik termin
hisoblanadi. Shu ma’nosi “atoqli ot”ga zidlanadi, turdosh ot bo‘ladi.

-chi affiksi. Bu ot yasovchi shaxs oti yasovchilar ichida eng sermahsulidir.

Uning yordamida yasalga so‘zlar ko‘p miqdorda bo‘lishi bilan birga, u ko‘p shaxs
otlarini yasalishi uchun ham xizmat qiladi.

Yuqorida ko‘rdikki, shaxs otlarining katta bir leksik-semantik guruhi insonni

uning kasb-kori bilan ataydi (nomlaydi). –chi qo‘shimchasi ham xuddi shunday shaxs
otlarini yasaydi. Boshqacha aytganda, -chi qo‘shimchasi yordamida birdan ortiq
tipdagi shaxs otlari yasaladi.

Yuqorida aytdikki, shax otlari ma’no (semema) tarkibida “mashg‘ulot unsuri

(“sema”si) bo‘ladi. Yasama shaxs otlarining tarkibida bu sema ot yasovchi
qo‘shimchaga oid bo‘lsa (ot yasovchi qo‘shimcha shunday semaga ega bo‘lsa), -chi
so‘z yasovchisi bunday semaga ega emas, ya’ni so‘z yasalish asosiga asos bo‘ladi.
Shuning uchun ham –chi qo‘shimchasi yordamida shax otlarining qanday tiplari
yasalishi ularning qanday leksik-semantik guruhga oid otlardan yasalishiga bog‘liq
bo‘ladi, -chi qo‘shimchasi ularning hammasida “shaxs” ma’nosi bilan qatnashadi.

Otlarning hammasi borliqdagi “ko‘zga ko‘rinarlik narsa” ni ifodalashi shart

emas. Es, qayg‘u zulm kabi “ma’nosi ko‘zga ko‘rinmas ot”larning ham mavjudligi
ta’kidlanadi. Otlar tuzilishiga ko‘ra soda va qo‘shma otlarga bo‘linadi. Qo‘shma otga
quyidagicha ta’rif beriladi: “Ikki ot yo bir sifat bilan bir ot qo‘shilib, bir narsaning oti
bo‘lg‘onda qo‘shma ot deyiladir”. Qo‘shma otlarning qo‘shib yozilishi bayon
qilinadi. Masalan, oybolta, oqsoqol kabi.

Shu jumladan xulosa qilib aytish kerakki, sharq olamida, borliq kishi va nokishi

deb ikkiga ajraladi. Shunga ko‘ra, nokishi tushunchasi ostiga jonsiz predmetlar bilan
birga jonli predmetlar ham mansub deb tushuniladi. Bu predmetlarni shakllantirish
uchun esa unumli va unumsiz; mahsuldor va kammahsul yasovchi qo‘shimchalar
muhim ahamiyat kasb etadi .Ot yasovchi qo‘shimchalardan foydalanish chetdan kirib
kelgan so‘larni oson o‘zlashtirish, tilimizda mavjud bo‘lgan so‘zlarni esa yanada
takommillashtirsh uchun muhim sanaladi.


Foydalanilgan adabiyotlar

:

1. Rahmatullayev Sh., “Hozirgi o‘zbek adabiy tili”., T.: “Universitet”. 2006.


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 2 issue 2 (24) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

82

2. Sayfullayeva R., Mengliyev B., va boshqalar, darslik – T.: 2010.
3. Fuzailov S., Xudoyberganova M., Yo‘ldoshova Sh. “O‘qituvchi” nashriyot-

matbaa ijodiy uyi. – T.:2012-yil. 144-bet.

4. Zikrillayev G‘ “O‘zbek tili morfologiyasi”. Buxoro, 1994.
5. Nurmonov A., Shahobiddinova Sh. O‘TA,1998-yil, 6-son, 22-26-betlar.
6. Shahobiddova Sh. O‘zbek tili morfologiyasi umumiylik va xususiylik

dialektikasi talqinida. 2-juz. Andijon, 1994-yil.

7. Hojiyev A. O‘zbek tili morfologiyasi, morfemika va so‘z yasalishining

nazariy masalalari. Toshkent. Fan, 2010.

8. G‘ulomov A. O‘zbek tilshunosligi. T.:2004.

Библиографические ссылки

Rahmatullayev Sh., “Hozirgi o‘zbek adabiy tili”., T.: “Universitet”. 2006.

Sayfullayeva R., Mengliyev B., va boshqalar, darslik – T.: 2010.

Fuzailov S., Xudoyberganova M., Yo‘ldoshova Sh. “O‘qituvchi” nashriyot-matbaa ijodiy uyi. – T.:2012-yil. 144-bet.

Zikrillayev G‘ “O‘zbek tili morfologiyasi”. Buxoro, 1994.

Nurmonov A., Shahobiddinova Sh. O‘TA,1998-yil, 6-son, 22-26-betlar.

Shahobiddova Sh. O‘zbek tili morfologiyasi umumiylik va xususiylik dialektikasi talqinida. 2-juz. Andijon, 1994-yil.

Hojiyev A. O‘zbek tili morfologiyasi, morfemika va so‘z yasalishining nazariy masalalari. Toshkent. Fan, 2010.

G‘ulomov A. O‘zbek tilshunosligi. T.:2004.