Авторы

  • Со`г`диёна Зокирова
    Andijon davlat pedagogika instituti

Биография автора

  • Со`г`диёна Зокирова, Andijon davlat pedagogika instituti
    Filologiya fakulteti O`zbek tili va adabiyoti yo`nalishi 2-bosqich 201-guruh talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.international-scientific.69871

Ключевые слова:

frazema omonimiya til paronimiya atama frazeologiya tutun birikma erkin birikma.

Аннотация

Ushbu maqolada Frazemalarning shakl munosabatiga koʻra turlari haqida maʼlumotlar berilgan. Misollar bilan mavzu aniq, ravshan tushuntirib oʻtilgan.


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 2 issue 2 (24) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

99

FRAZEMALARNING SHAKL MUNOSABATIGA KOʻRA TURLARI

Zokirova So`g`diyona Aqiljon qizi

Andijon davlat pedagogika instituti

Filologiya fakulteti O`zbek tili va adabiyoti yo`nalishi 2-bosqich

201-guruh talabasi

Annotatsiya:

Ushbu maqolada Frazemalarning shakl munosabatiga koʻra turlari

haqida maʼlumotlar berilgan. Misollar bilan mavzu aniq, ravshan tushuntirib oʻtilgan.

Abstract

: This article provides information on the types of Phrases according to

their form relationship. The topic is clearly explained with examples.

Аннотация

: В данной статье представлена информация о типах фраз в

зависимости от их формы. Тема наглядно объяснена на примерах.

Kalit soʻzlar

: frazema, omonimiya, til, paronimiya, atama, frazeologiya, tutun

birikma, erkin birikma.

Key words

: phrasal verb, homonymy, language, paronymy, term, phraseology,

compound compound, free compound.

Ключевые слова

: фразовый глагол, омонимия, язык, паронимия, термин,

фразеология, сложносочиненное слово, свободное словосочетание.


Til- millatning oʻtmishi, buguni va ertasidir. Til boʻlmasa millat oʻz

maʼnaviyatini, maʼrifatini, oʻzligini yoʻqotadi. Til yoʻqolsa, millat tanazzulga, uning
goʻzal va abadiy qadriyatlari yoʻqlikka yuz tutmogʻi muqarrardir. Tilga boʻlgan
mehr-muhabbat hissi, qondoshlik sezimi, goʻdak ong-u shuuri, murgʻakkina qalbiga
ona allasi bilan singadi. Til tizim sifatida toʻxtovsiz rivojlanishda, harakatda boʻlib
turadi. Bu uning ijtimoiy mohiyatidan paydo boʻladi: til va ong, til va jamiyat, til va
tafakkur oʻrtasida ikki tomonlama aloqadorlik ularning bir - biriga taʼsirini belgilaydi.

Frazemalaming shakl munosabatiga koʻra turlari 2 ga boʻlinadi:
1. frazeologik omonimiya
2.frazeologik paronimiya
I. Frazeologik omonimiya -frazemalaming ifoda planidagi tenglik hodisasidir.
Taqqoslang:
1.

Barmogʻini tishladi

-hech narsa qilolmay, natijaga erisholmay qoldi.

Bugungi majlisdan Samandarov barmogʻini tishlagancha chiqib keldi.
2.

Barmogʻini tishladi

- afsuslandi.

Nasiba dadasining anduhidan keyin barmogʻini tishladi.
1.

Koʻz tikdi

-tikilib qaradi.

Negadir u qizga bizning yigitlar koʻz tikdi.
2.

Koʻz tikdi

-umidvor bo’lib qaradi.


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 2 issue 2 (24) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

100

Uyimizdagi Olapar ukamning qoʼlidagi nonga koʻz tikdi.
Shaklan teng bolgan frazemalar tilshunoslikda omofrazemalar deb nomlanadi.

26

Erkin birikma bilan frazema (turg'un birikma) o'rtasidagi shakliy tenglik

hodisasi frazeologik omonimiya emas, frazeologik omonimlik sanaladi. Demak,
bunday holatlarda «Omonimiya» va «omonimlik» atamalari o'zaro farqlanadi.

27

Yaʼniki:
1. Ko'zyummoq (erkin birikma) - «Ko'zini yumib olmoq» ma’nosida;
2) Ko'zyummoq (turg'un birikma, frazema) — «ko'ra bila turib e’tiborsiz

qoldirmoq»

ma’nosida;
3) ko'zyummoq (turg'un birikma, frazema) — «vafot etmoq» ma’nosida.
Keltirilgan misollarning birinchi va ikkinchisida erkin va turg'un birikmalar,

ikkinchi va uchinchisida esa turg'un birikmalar (frazemalar) o'rtasida shakliy tenglik
borligini ko'ramiz. Birinchi va ikkinchi misollardagi shakliy tenglik omonimlik
sirasiga, ikkinchi va uchinchi misollardagi shakliy tenglik esa omonimiya sirasiga
kiradi.

28

II. Frazeologik paronimiya — tarkibidagi biror leksema bilan farq qiluvchi

frazemalar.

kayfi chog' - kayfiyati yaxshi;
kayfi buzuq - kayfiyati yomon, xafa;


Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:

1. U. Tursunov, J. Muhtorov, Sh. Rahmatullayev. Ko`rsatilgan asar, 138-b
2. Hozirgi o’zbek adabiy tili: Oliy o’quv yurtlari uchun darslik / H.Jamolxonov.

– T.: <<Talqin>>, 2005. –) Darslik. – T.: «221 b.

3. Hozirgi o`zbek adabiy tili: Oliy o`quv yurtlari uchun darslik/ H.Jamolxonov, -

T.: “Talqin”, 2005.- 222b




26

U. Tursunov, J. Muhtorov, Sh. Rahmatullayev. Ko`rsatilgan asar, 138-b

27

Hozirgi o`zbek adabiy tili: Oliy o`quv yurtlari uchun darslik/ H.Jamolxonov, -T.: “Talqin”, 2005.- 221b

28

Hozirgi o`zbek adabiy tili: Oliy o`quv yurtlari uchun darslik/ H.Jamolxonov, -T.: “Talqin”, 2005.- 222b

Библиографические ссылки

U. Tursunov, J. Muhtorov, Sh. Rahmatullayev. Ko`rsatilgan asar, 138-b

Hozirgi o’zbek adabiy tili: Oliy o’quv yurtlari uchun darslik / H.Jamolxonov. – T.: <>, 2005. –) Darslik. – T.: «221 b.

Hozirgi o`zbek adabiy tili: Oliy o`quv yurtlari uchun darslik/ H.Jamolxonov, -T.: “Talqin”, 2005.- 222b