Авторы

  • Мукаддас Тожибоева
    NamMTI
  • Розахон Номонова
    NamMTI

Биографии авторов

  • Мукаддас Тожибоева , NamMTI
    tayanch doktoranti
  • Розахон Номонова , NamMTI
    tayanch doktoranti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.international-scientific.69990

Ключевые слова:

milliy uyg‘onish davri o‘zbek adabiyoti jadidlar harakati adabiy-siyosat Turkiston adabiyot mustamlaka ozodlik.

Аннотация

Maqolada XX asr o‘zbek adabiyotining shakllanish va taraqqiyot yo‘lining mumkin qadar kitobxonlarga noma’lum bo‘lgan jarayonlarini yoritishga, bunda jadid she’riyatining o‘rni va ahamiyati nechog’lik muhimligini ko‘rsatishga harakat qilamiz. Shu manbalar asosida milliy uyg‘onish davri adabiy-siyosati ilmiy tadqiq etiladi.


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 1 issue 2 (48) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

93

MILLIY UYG‘ONISH DAVRI ADABIYOTIDA ERK VA MA’RIFAT

MASALASI

Muqaddas Tojiboyeva

ADU f,f,d, professori NamMTI tayanch doktoranti

No‘monova Ro‘zaxon No‘monjon qizi

nomonovarozaxon2@gmail.com


Annotatsiya:

Maqolada XX asr o‘zbek adabiyotining shakllanish va taraqqiyot

yo‘lining mumkin qadar kitobxonlarga noma’lum bo‘lgan jarayonlarini yoritishga,
bunda jadid she’riyatining o‘rni va ahamiyati nechog’lik muhimligini ko‘rsatishga
harakat qilamiz. Shu manbalar asosida milliy uyg‘onish davri adabiy-siyosati ilmiy
tadqiq etiladi.

Kalit so‘zlar

: milliy uyg‘onish davri o‘zbek adabiyoti, jadidlar harakati, adabiy-

siyosat, Turkiston, adabiyot, mustamlaka, ozodlik.


Ko‘plab adabiyotlarni tadqiq qilish orqali Turkistonda XIX asr oxiri XX

boshlarida adabiy jarayonlarning ancha sustlashayotganini ko‘rishimiz mumkin.
Bunga siyosiy holat sabab bo‘ladi, eng avvalo. Chunki bu davrda Turkiston bir
tarafdan mustamlakachi hokimiyati, ikkinchi tarafdan mahalliy amaldorlar nazorati
ostida edi. Qashshoqlik, savodsizlik avj olgan, xalq tashqi dunyodan uzilgan, qo‘rquv
va iskanjada yashayotgan davr edi. Bu davrni yanada yaqqol ko‘z oldimizga
keltirishimiz uchun M.Behbudiyning “Padarkush” pyesasi, Fitratning “Munozara”si,
Cho‘lponning “Qurboni jaholat”, “Do‘xtur Muhammadiyor” hikoyalarini va boshqa
o‘nlab jadid adabiyoti namunalarini o‘qishning o‘zi kifoya etadi. Ayniqsa, bu davr
she’riyati va unda kuylangan mazular kitobxon diqqatini davr ruhiyati bilan
bog‘lashga xizmat qilmay qolmaydi. Avloniy, Cho‘lpon, Tavallo va boshqa
jadidchilik vakillari aynan poeziya vositasida millatni uyg‘oqlikka, ilm o‘rganishga,
dunyoga chiqishga chaqiradilar, xalqning abgor ahvolidan mutassir holda butun orzu,
armonlarini, siyosatga nisbatan g‘azab va nafrat tuyg‘ularini she’rlarida ifoda
etmoqqa bel bog‘laydilar. Quyida A.Avloniyning “Biz, millat” she’ri ham huddi
kinoya ustida yozilgandek go‘yo:

Hama ilmu hunar asbobini olmaqni istarsa,
Chafon, chalma, riyo sotmoqg‘a xo‘b tujjor biz,millat.
Tafakkur soyasida o‘zgalar shahdu shakar yersa,
Tururmiz baqrayib har go‘shada bekor – biz,millat.

3

Qarang, ifodaning mukammal va go‘zalligini! Zamirida o‘lka ahvolidan ham

qayg‘urish, ham shu holatga sabab bo‘lganlarga nisbatan nafrat, nihoyat sham

3

Abdulla Avloniy.Tanlangan asarlar.1-jild. - T. Ma’naviyat.1998. 82-b


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 1 issue 2 (48) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

94

yanglig‘ lipillab turgan yorug‘ kelajakka umid tuyg‘ulari mujassamlashgandek.
Psixologik jihatdan qaralsa, salbiy fikr va kishini inkor qilish orqali uning ruhiyatiga
ijobiydan ko‘ra samarali ta’sir etish mumkin. She’rda uddaburon shoir shundan
foydalanganki, zora natijasi bo‘lsin, bizning xalq ham “tafakkur soyasida shahdu
shakar ye”sin, “riyo sotmoq”, “ har go‘shada baqrayib bekor” turmoqdan qochsin.
Avloniy boshqa turkum she’rlari(

“Istiqbolimiz uchun bir jigar so‘z”,”Maktab”,

“Maktab haqqinda” va h.k

)da esa pand, o‘git vositasida millatni ilmsizlik

botqog‘idan chiqarmoqqa sa’y harakat etganini ko‘ramiz:

Biling, o‘g‘lonlarim, sizlarni g‘amdan qutqarur maktab,
Siroti mustaqim, rohi alamdan qutqarur maktab,
Maishat bobida ranju alamdan qutqarur maktab,
Hayotu ruha dushman jahlu samdan qutqarur maktab,
Qo‘lingga bir kuni muhri Sulaymonni berur maktab.
Shahodatnomai firdavsi g‘ilmonni berur maktab.

4

Xo‘sh, shoir ilk misradayoq ta’kidlagani – o‘g‘lonlar boshiga kelgan g‘am nima

yoki kimlar edi?! Albatta, bu XX asr boshlarida soddadil va ishonuvchan xalq ustida
qamchisini o‘ynatib turgan hukumat edi. Demak, shoir ta’biri bilan aytganda,
yoshlarni g‘amu alamlardan qutqaruvchi, qo‘liga bir kun kelib davlat ertasini
topshiruvchi, ya’ni ziyoli, komil inson qilib tarbiyalovchi maskan maktab ekan.

O‘lkaning yana bir olovqalb shoiri A.Cho‘lpon ham zamondoshlari singari

she’rlari orqali millatni g‘aflat uyqusidan uyg‘otmoqqa, ijtimoiy muhitning asl
haqiqatlarini anglatmoqqa jahd bilan kirishadi. Xususan, “Xazon” she’rida quyidagi
misralarni uchratamiz:

Kuz chog ‘i… tuproqlar gezarib qoldilar,
Gezarib qoldilar kuz chog‘I tuproqlar.
So‘ng damda yaproqlar qizorib yondilar,
Qizorib yondilar so‘ng damda yaproqlar.

5

Nega aynan kuz fasli tasviri berilyapti? Nega tuproqlar gezarib qolmoqda?

So‘nggi dam qachon? Nima demoqchi shoir? Bilamizki, kuz inson umrining yakuniy
bosqichlaridan biri. Bu yerda esa butun Turkiston millati haqida, uning erkka to‘la
umrining so‘nggi damlari haqida gap ketmoqda. Shuning uchun ham tuproq
gezarmoqda, yaproqlar qizarmoqda… ya’ni kimlarningdir(balki ziyolilarningdir)
hayot ipi uzilmoqda. Rahm bilmas qarg‘alar (rus hukumati) bog‘larda(Turkiston
o‘lkasida) changal solish bilan ovvora… She’r da qo ‘llangan takrorlash usuli ta’sir
kuchini ortishiga xizmat qilgan. Ko‘ramizki, Mustamlakachi hukumat xalqni
savodsiz va abgor holatda tutishga harakat qilgan. Biz buni adabiyotshunos olim
N.Karimovning “XX asr manzaralari” asarida keltirilgan Rossiyaning Sharqdagi

4

Abdulla Avloniy.Tanlangan asarlar.1-jild. T.Ma’naviyat.1998.

5

Cho‘lpon.Yana oldim sozimni.Toshkent.1991.492-b


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 1 issue 2 (48) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

95

siyosatiga muayyan darajada ta’sir o‘tkazgan kishilardan biri N.I.Ilminskiyning
maslakdoshi Pobedonosevga yozgan maktubida: “Olimlardan va o‘ta bilimli
o‘qituvchilardan ehtiyot bo‘linglar. O‘ta odobli va mukkasi bilan dinga berilgan
oddiy odamlarga qaraganda ularni juda qattiq kuzatuv ostiga olinglar”

6

kabi “dono”

maslahatidan ham anglashimiz mumkin. Shunday istibdod davrida xalqda taraqqiyot
haqidagi o‘ylar tabiiyki, jadidlar va ularning asarlari orqali paydo bo‘ladi.

Ayniqsa, asr boshlaridagi Turkiston xalqlarining har jihatdan dunyo

taraqqiyotidan ortda qolayotganligi, yevropaliklar va o‘zbeklar o‘rtasidagi tafovutni
ko‘rsatish uchun Tavalloning:

Yovrupo ahli, siz quloq solingiz,
Biz hunarlar yozib tonushtiramiz.
Kelturing zanburak, qurol necha xil,
Bizni sopqon ila otushtiramiz.
Aftobomil, arobangiz qayda,
Hoqand arba bilan chopushtiramiz
Biz bilurmiz, siz to‘gri so‘zni quli,
Lek biz yolg‘onlar qotushtiramiz,
kabi mislarini keltirishimiz kifoya. Misralardan ayon bo‘ladiki, xalq ijtimoiy-

iqtisodiy va ma’naviy jihatdan qoloq, siyosiy ong rivojlanmagan. XX asrning birinchi
choragida o‘zbek adabiyoti tarixi aynan jadidlar harakati bilan e’tirof etilgani ham
bejiz emas, bunga yuqorida tahlilga tortilgan she’rlar dalolat bo‘la oladi.

Xulosa o‘rnida ayta olamizki, bu davrga kelib, adabiy muhit siyosiy jarayonlar

bilan uzviy bog‘lanib ketdi. Shu jihatdan o‘zbek adabiyoti XX asrning birinchi
choragida milliy uyg‘onish davri nomini oldi. Ya’ni adabiyotimizning bosh mavzusi
ishq emas, erk, ozodlik, hurlikka almashdi. Bu davr ijodkorlari bo‘lmish jadidlar
nafaqat qalam tebratishadi, balki xalq ozodligi, erki uchun har jabhada faol harakat
qilishadi. Millatning g‘aflat uyqusidan uyg‘onishi uchun siyosiy hayotda ham o‘z
qarashlarini ifoda etishadi, qo‘yilgan maqsad yo‘lida sobit qadam tashlashadi. Ular
milliy istiqlol uchun kurashishdi. Ozod va hur davlat qurishni maqsad qilishdi.
Jamiyat hayotining yaxshilashuvi va yangilanishi yo‘lida o‘zlarining ijtimoiy va
adabiy faoliyatlari bilan xizmat qilishdi. Adabiy-siyosiy muhitda faol qatnashishdi.
Ular mustaqil davlatni barpo etish g‘oyasini amalga oshirishga kirishishdi, ammo bu
harakat kuchli va birlashgan partiya yo tashkilotga ega bo‘lmaganligi hamda xalq
ommasini hali uyg‘ota olmaganligi sababli ularning mustaqil o‘zbek davlatini barpo
etish orzusi ro‘yobga chiqmadi, lekin keying harakatlar uchun asos bo‘lib xizmat
qildi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

6

2 Каримов Н. ХХ аср манзаралари. – Тошкент: “O’ZBEKISTON”НМИУ, 2008 Й; б-316.


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 1 issue 2 (48) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

96

1. Каримов Н. ХХ аср манзаралари. – Тошкент: “O‘ZBEKISTON”НМИУ,

2008 Й;

2. Ibragimov, S.E., (2021). JADIDCHILIK HARAKATI. Oriental Renaissance:

Innovative, educational, natural and social sciences,

3. Karimov N., Mamajonov S. va boshqalar. XX asr o‘zbek adabiyoti tarixi.

Darslik. –T.: «O‘qituvchi», 1999.

4. Milliy uyg‘oniy davri o‘zbek adabiyoti. Hammualliflar: Begali Qosimov,

Sharif Yusupov, Ulug‘bek Dolimov, Shuhrat Rizaev, Sunnat Ahmedov. Toshkent:
“Ma’naviyat”;

5.

Abdulla Avloniy.Tanlangan asarlar.1-jild. T.Ma’naviyat.1998. 82-b

6. Cho‘lpon.Yana oldim sozimni.Toshkent.1991.492-b

Библиографические ссылки

Каримов Н. ХХ аср манзаралари. – Тошкент: “O‘ZBEKISTON”НМИУ, 2008 Й;

Ibragimov, S.E., (2021). JADIDCHILIK HARAKATI. Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences,

Karimov N., Mamajonov S. va boshqalar. XX asr o‘zbek adabiyoti tarixi. Darslik. –T.: «O‘qituvchi», 1999.

Milliy uyg‘oniy davri o‘zbek adabiyoti. Hammualliflar: Begali Qosimov, Sharif Yusupov, Ulug‘bek Dolimov, Shuhrat Rizaev, Sunnat Ahmedov. Toshkent: “Ma’naviyat”;

Abdulla Avloniy.Tanlangan asarlar.1-jild. T.Ma’naviyat.1998. 82-b

Cho‘lpon.Yana oldim sozimni.Toshkent.1991.492-b