International scientific journal
“Interpretation and researches”
Volume 1 issue 2 (48) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2
137
X-XIII ASRLARDA IJOD QILGAN MOVAROUNNAHR TARIXNAVIS
OLIMLARINING FAOLIYATI VA ISLOM TARIXIGA OID ASARLARI
WORKS ON THE ACTIVITIES AND ISLAMIC HISTORY OF THE
HISTORIOGRAPHICAL SCHOLARS OF MOVAROUNNAHR, CREATED
IN THE 10TH-13TH CENTURIES
РАБОТЫ ИСТОРИКОВ МАВЕРАННАХРА X-XIII ВЕКОВ И ТРУДЫ ПО
ИСТОРИИ ИСЛАМА
Orziqulov Zikiriyo Shodimurod o‘g‘li
Oriental universiteti Tarix yo‘nalishi 2-kurs magistranti
Annotatsiya:
Mazkur maqolada X-XIII asrlarda ijod qilgan tarixnavis
olimlarning faoliyati va islom tarixiga oid asarlari haqida fikr va mulohazalar
bildirilgan. Xususan, Movarounnahrdan yetishib chiqqan tarixnavis olimlarning ilmiy
meroslarida islom tarixini yoritilishi va davrlashtirish uslublari ilmiy talqin etilgan.
Kalit so‘zlar:
Movarounnahr, tarixnavis olimlar, ilmiy meroslar, siyosiy va
madaniy tarix, islom tarixi, Al-Xorazmiy, Bal’amiy, Abu Bakr Narshaxiy, Abu
Rayhon Beruniy, Abu Xafs an- Nasafiy, Abulabbos Mustag‘firiy, Sam’oniy,
Banokatiy, Avfiy.
Аннотация:
В данной статье представлены мнения и мнения историков,
работавших в X-XIII веках, и труды по истории ислама. В частности, в научном
наследии историков, выросших из Мавераннахра, содержатся научные
интерпретации методов освещения и периодизации истории ислама.
Ключевые слова:
Маваруннахр, тарихнавис ученые, научное наследие,
политическая и культурная история, История ислама, Аль-Хорезми, балами,
Абу Бакр наршахи, Абу Райхан Беруни, Абу Хафс ан - Насафи, абулаббос
мустагфири, Самани, банокати, Авфи.
Annotation:
this article provides views and reflections on the activities of
historiographical scholars and works on Islamic history, created in the 10th-13th
centuries. In particular, the methods of highlighting and periodization of Islamic
history have been scientifically interpreted in the scientific legacies of
historiographical scholars who have matured from Movarounnahr.
Keywords:
Movarounnahr, historiographical scholars, scientific legacies,
political and Cultural History, Islamic history, Al-Khwarazmi, Balamiy, Abu Bakr
Narshahi, Abu Rayhon Beruniy, Abu Khafs an - Nasafi, Abulabbos Mustagfiriy,
Sam'ani, Banokatiy, Awfi.
International scientific journal
“Interpretation and researches”
Volume 1 issue 2 (48) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2
138
KIRISH
VIII-XII asrlar davrida Movarounnahrda katta va muhim o‘zgarishlar ro‘y bera
boshladi. Aynan shu davrdan boshlab bu tarixiy o‘lka butun dunyoga qomusiy
olimlarni yetkazib bera boshladi. IX-X asrlarga kelib bu hududlarda mustaqil
davlatlar vujudga kela boshladi. Jumladan Somoniylar, Qoraxoniylar, Ma’muniylar,
G‘aznaviylar va Xorazmshoxlar birin ketin tarix sahnasiga kelib – ketdilar. Lekin
shunga qaramay ushbu diyorlarda yetishib chiqqan olimlar shunday madaniy va
ma’rifiy ishlar qilishdiki, ular nafaqat Movarounnahrda, balki butun musulmon
Sharqi tarixida o‘chmas iz qoldirishdi.
Markaziy Osiyoda IX-XII asrlarda ilm-fan, madaniyat gurkirab rivojlanib,
Markaziy Osiyo xalqlari tarixida ilk Uyg‘onish davri bo‘lgan bo‘lsa, bu ikkinchi bor
XIV-XVasrlar oralig‘ida, Temuriylar hukmronligi davrida qayta takrorlandi.
Keyinchalik bunday ma’rifiy o‘zgarishlar davom etdi va shu davr oralig‘ida juda
ko‘plab tarixnavis olimlar yetishib chiqib, o‘sha davr tarixiy muhitini o‘z asarlarida
ko‘rsatib berishdilar. Undan tashqari movarounnahrlik tarixchi olimlarimiz islom
tarixiga oid asarlar yaratish bilan ham mashg‘ul bo‘ldilar.
Ushbu maqolada X-XVI asrlarda Movarounnahr yurtidan chiqqan qomusiy,
tarixnavis olimlarning hayoti va ijodi, ilmiy faoliyati bilan yaqindan tanishishni
maqsad qildik.
ADABIYOTLAR VA O‘RGANGANLIK DARAJASI
Manbalar xazinasida faoliyat olib borayotgan xodimlar arab, fors-tojik va
qadimiy turk tillarida yozilgan qo‘lyozma hamda toshbosma asarlarni tarjima
qiladigan, shuningdek ularning kataloglarini tuzib ilmiy tahlil olib boradigan, dolzarb
mavzudagi asarlar, yurtimizda yetishib chiqqan olimlarning o‘rganilmagan asarlarini
tadqiq etib ilmiy risolalar chiqaradigan hamda kitoblarni qayta taʼmirlaydigan
mutaxassislar hisoblanadi. Shuningdek, xodimlar aholidan qo‘lyozma va toshbosma
asarlarini sotib olish, viloyatlarda mavjud fondlar hamda arxivlarda ilmiy izlanishlar
olib borish bilan shugʼullanadi.
Bo‘lim xodimlari muntazam ravishda “Ziyo-media” studiyasi hamda
O‘zbekiston teleradiokompaniyasining kanallari tomonidan suratga olinayotgan
maʼrifiy ko‘rsatuvlar, joylardagi turli mavzularga bagʼishlangan maʼnaviy-maʼrifiy
tadbirlar, davra suhbatlarida o‘z chiqishlari va maʼruzalari bilan ishtirok etib
kelmoqdalar. O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi tarkibidagi Manbalar
xazinasidagi islom tarixiga oid manbalarni juda ko‘plab olimlarimiz o‘rganishgan.
Bularga misol qilib O‘zbekistonlik tarixchi-manbashunos olimlar B.Ahmedov,
A.Madramov, D.Yusupova, G.Fuzailova, R.Obidov, H.Аminov, Ubaydullo Uvvatov,
Ne’matullo Nasrullayev, Muhabbatxon Agzamova,Saidmuxtor Oqilov,Ahadjon
Hasanovlar o‘rganganlar.
TAHLIL VA NATIJALAR
International scientific journal
“Interpretation and researches”
Volume 1 issue 2 (48) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2
139
Abu Abdulloh Muhammad Al-Xorazmiy.
Xorazmiy garchi X asrda
yashamagan bo‘lsa ham, lekin olim birinchi bo‘lib tarixiy asarni yaratgan Markaziy
Osiyolik tarixchi sifatida e’tirof etilgani uchun birinchi bo‘lib shu kishidan
boshlashni ma’qul ko‘rdik. Qomusiy olimlardan bo‘lib, tarix, geografiya va
etnografiya kabi sohalar bilan ham qalam tebratgan buyuk alloma. To‘liq ismlari Abu
Abdulloh Muhammad ibn Muso al Xorazmiy al Majusiy al- Qatrobbuliy.
Xorazmda tavallud topgan va 850-yili vafot etgan. Bizga mashhur bo‘lgan “Algebra”
so‘zi ham olimning “Al- kitob al- muxtasar fi xisob al- jabr va al- muqobala” nomli
risolasidan olingan.
Biz al-Xorazmiyni birinchi O‘rta Osiyolik tarixchi deyishimiz
mumkin.
Chunki birinchilardan bo‘lib tarix asarini yaratgan qomusiy olim
hisoblanadi. U faoliyatini kata qismini Bag‘doddagi Bayt ul-hikmada o‘tkazgan.
Mazkur ilm dargohi malum muddat Xorazmiy tomonidan ham boshqarilgan.
Xorazmiyning geometriya, geografiya va boshqa sohalarda yozilgan asarlari adadi
soni 20ta bo‘lib, ulardan faqat 10tasi bizgacha yetib kelgan.Shunita’kidlashimiz
lozimki buyuk bobomiz Xorazmiy tarix sohasiga doir
“Kitob ut- tarix”
(Tarixkitobi)
nomli asar ham yozganlar. Asardan faqat ayrim parchalar bizga qadar yetib kelgan
bo‘lib, asarda arablar va islom tarixiga oid mavzular bitilgan. Jumladan parchalarda:
-
Arablar bilan vizantiyaliklar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan urushlar
-
Arablarning Eron va O‘rta Osiyoga yurishlar
-
Xalifalik bilan xazarlar o‘rtasidagi munosabatlar
-
Xalifalikning ichki ahvoli
Asarning bu qismlari at-Tabariyning “Kitob rasul ul- mulk va al- xulafo” va Ibn
al-Asirning(1116-1234) “Tarixi fil komil” asarlarida uchraydi.
islom tarixiga oid asari haqida ma’lumot Abu Rayhon Beruniyning “Osor ul- Boqiya”
asarida ham uchratishimiz mumkin.
Bal’amiy.
X asrda ijod qilgan buxorolik tarixnavis olim. To‘liq ismlari Mir Abu
Ali ibn Muhammad Bal’amiydir.
Marvga qarashli Bal’amon qishlog‘ida tavallud
topgan. O‘z davrining mashhur tarixnavis olimi bo‘lib ko‘zga ko‘ringan.U mashhur
arab tarixchisi Abu Jafar Muhammad ibn Jarir at- Tabariy (839-923) ning “Tarix ul-
anbiyo va rasul va xulafo”
nomli mashhur asarini fors tilida muxtasar qilib qaytadan
yozadi. Bu ishni 963-yilda nihoyasiga yetkazadi.Shuni ta’kidlash lozimki, ushbu asar
O‘rta Osiyoda fors tilida bitilgan birinchi asar hisoblanadi.
7
B.Ahmedov O’zbekistonning atoqli tarixshunos olimlari- T.: Cho’lpon,-2003. B.5.
8
M.M. Xayrullayev Ma’naviyat yulduzlari- T.: 1999.Abdulla Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti. B.36.
9
A. Madraimov, G.Fuzailova Manbashunoslik – T.: Fan,-2007.B.61.
10
U. Uvvatov Yurtimiz allomalari- T.: Hilol nashriyot,- 2014.B.196.
11
B. Ahmedov O’zbekistonning atoqli tarixshunos olimlari- T.:Cho’lpon,2003.- B.6.
12
G.A.. Tureeva Tarixiy manbashunoslik- Nukus.2008.- B.51.
13
B. Ahamedov O’zbekistonning atoqli tarixshunos olimlari-T.:Cho’lpon,2003.-B.7.
14
Asar Tarixi Tabariy nomi bilan ham mashhur bo’lib, xalifalik hududidagi yerlar, xususan Movarounnahr va
Xurosonning 915-yilgacha bo’lgan tarixi haqida malumot beradi..
15
B. Ahamedov O’zbekistonning atoqli tarixshunos olimlari-T.:Cho’lpon,2003.-B.7.
International scientific journal
“Interpretation and researches”
Volume 1 issue 2 (48) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2
140
yaratilishidan to 912-913 yilgacha Arabiston va xalifalik qo‘l oostidagi yerlardagi
jarayonlar hamda o‘sha davrdagi Movarounnahrdagi ijtimoiy va siyosiy vaziyatlar
haqida hikoya qiladi. Asarning xronalogik uslubda yoritilganligi,undan foydalanishni
birmuncha osonlashtiradi. Asarning to‘la matni 1867-1874-yillarda Parijda fransuz
tilida chop etiladi.
Abu Bakr Narshaxiy.
Markaziy Osiyo tarixnavisligining ilk qadimiy
durdonalaridan biri bo‘lmish “Tarixiy Buxoro”
nomi bilan mashhur bo‘lgan asar
muallifi. 899-yil Buxoroning Vobkent tumanida tavallud topgan.
Samoniyning “Kitob ul-ansob” asarida olimning to‘liq ismi Abu Bakr
Muhammad ibn Jafar ibn Zakariyo ibn Xattob ibn Sharik tarzida uchraydi va
olimning 899-yili tavallud topib 959-yili vafot etganligi ham shu asarda uchraydi.
Asarning asli arabcha nusxasi bizgacha yetib kelmagan, uning forscha tarjima va
tahrir qilingan nusxalari bizgacha yetib kelgan. Jumladan tarjimon Abu Nasr Ahmad
asarni qisqartirish bilan birga unga tarixiy qo‘shimchalar kiritadi va bu ishda u
ishonchli manbalardan foydalanadi. Aniqrog‘i qo‘shilgan ma’lumotlarni quydagi
asarlardan oladi:
-
Abulhasan Abdurrahmon ibn Muhammad Nishopuriy(IX) ning “Xazoin ulilm”
-
Abu Is’hoq Ibrohim ibn al- Abbos as- Suliyning “ Axbori Muqanna”
-
Abu Jafar Muhammad at-Tabariyning “Tarixi Tabariy”.
“Buxoro tarixi” asari islom tarixiga oid asarlardan hisoblanib, unda Buxoro
haqidagi ma’lumotlar, Markaziy Osiyoda arab xalifaligining hukmronligi, islom
dining tarqalishi, undan tashqari, “oq kiyimlilar” va Muqanna qo‘zg‘olonlari,
Somoniylar davrida davlatning idora qilish usullari haqida tarixiy faktlar yoritiladi.
Narshaxiyning ushbu asari keying tarixchilar- farg‘onalik Abu Nasr al-Kuboviy
tomonidan 1129-yili va Muhammad ibn Zufar tashabbusi bilan ham birmuncha
qisqartirilgan va yangi tarixiy voqealar bilan to‘ldirilgan.
«Buxoro tarixi» kitobining tarjimoni va muharriri Abu Nasr Axmad Kuboviy
asarning arab tilidan fors tiliga tarjima qilinishi haqida quydagilarni yozgan edi:
«...Ko‘pchilik kishilar arab tilida yozilgan kitobni o‘qishga rag‘bat
ko‘rgazmaganliklari sababli, do‘stlarim mendan u kitobni fors tiliga tarjima qilishni
iltimos qilishardi..... 522-yilning jumad ul-avval oyida kitobni fors tiliga tarjima
qildim. Birok, arab tilidagi nusxada keraksiz va buning ustiga o‘qiganda kishi
16
A.Abdunabiyev Tarix-munavvar ko’zgu”-T.: O’zbekiston faylasuflari milliy jamiyati,2007.-B.8.
17
Narshaxiyning o’z kitobiga qanday nom berganligi ma’lum emas. Qo’lyozmalarda uning asari “Tarixi Narshaxiy”,
“Taxqiq ul-viloyat”, “ Axbori Buxoro”, “ Tarixi Buxoro” tarzida uchraydi. Ular orasida keng ishlatiladigani va
mashhuri Tarixi Buxoro nomidir.
18
A.Abdunabiyev Tarix-munavvar ko’zgu-T.: O’zbekiston faylasuflari milliy jamiyati,2007.-B.9.
19
M.M. Xayrullayev Ma’naviyat yulduzlari- T.:Abdulla Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti.1999,B.70.
20
M.M. Xayrullayev Ma’naviyat yulduzlari- T.:Abdulla Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti.1999, B.71.
21
A.Abdunabiyev Tarix-munavvar ko’zgu-T.: O’zbekiston faylasuflari milliy jamiyati,2007.-B.9.
International scientific journal
“Interpretation and researches”
Volume 1 issue 2 (48) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2
141
tabiatiga malollik orttiradigan narsalar haqida ham so‘zlangan ekan. U narsalarning
bayoni (tarjimaga) kiritilmadi».
Abu Rayhon Beruniy.
Yurtimizda chiqqan yana bir zabardast olimlardan biri,
150dan ortiq asarlar muallifi bo‘lib, to‘liq ismi Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad
al-Xorazmiydir. Olimning qilgan ishlari nafaqat bizga, balki butun dunyoga malum
va mashhurdir. Beruniy ham qomusiy olimlardan hisoblanib, tarix sohasida ham ijod
qilgan. Olimning tarixiy asarlari quydagilar:
-“Osorul-boqiya”
(qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar) asari olimning eng
mashhur asari hisoblanib, unda xorazmliklar, yunonlar, rimliklar, sug‘diylar va
boshqa xalqlarning islom zuhur bo‘lgunga qadar kechgan ijtimoiy-siyosiy va
madaniy tarixi haqida malumotlar keltitirgan.
-
“Hindiston” nomi bilan ataladigan tarixiy asari. Olim ushbu asarni 1035-yili
G‘aznada yozib tugatgan. Asarda hindlarning tarixi, ijtimoiy-siyosiy ahvoli, diniy
etiqodi va bayramlari haqida faktga asoslangan malumotlar uchraydi.Asar 1913 va
1965- yillarda rus va o‘zbek tillariga tarjima ham qilingan.
-
“Kitob al-musammara fi axbori Xorazm” ( Xorazm haqidagi axborotlar haqida
suhbatlar). Asar yana “ Tarixi Xorazm”, “Mashoxiri Xorazm” deb ham nomlanadi.
-
Olimning yana bir tarixiy asari“ Kitob fi axborot al- mubayyizod va - l
karomita” (oq kiyimlilar va qarmatlarning axbori haqida). Ushbu asar islom tarixiga
taalluqli bo‘lib, unda olim xalifalik davridagi qo‘zgo‘lonlar, jumladan, qarmatiylar
xalq qo‘zgo‘loni haqida malumot berib o‘tadi.
Abu Xafs an- Nasafiy.
Yana bir movarounnahrlik tarixchi olimlardan biri
hisoblanadi. Olim samarqandlik bo‘lib, ( 1068 -1142 yillarda yashab ijod etgan
qomusiy olim) to‘liq ismi Abu Xafs Umar ibn Muhammad an-Nasafiy as-
Samarqandiydir. “Najmiddin” ( dinning yulduzi) degan laqab ham olgan. Bunga
olimning turli ilm sohalarida ko‘rsatgan xizmatlari uchundir.
“Kitob ul-qand fi tarixi Samarqand”
nomli asari mavjud.Asarda Samarqandning
qadimgi obidalari, osor-u atiqalari haqida hamda Samarqandlik ulamolarning
naslnasabi, tarjimai xollari haqida ma’lumotlar uchraydi. Bizga qadar asarning
arabcha nusxasi saqlanmagan, ammo bizga uning imom Abulfazl Muhammad ibn
Abdujalil ibn Abdumalik Ali ibn Xaydar tarafidan amalga oshirilgan qisqacha tahriri
yetib kelgan.
U ko‘pinch manbalarda “Qandiyayi xurd” (Kichik xandiya) deb
nomlanadi. Asar haqida to‘xtaladigan bo‘lsak, unda Samarqanding islomgacha
22
Wikiwand.com/uz/manbashunoslik
23
Asarning arabcha to’liq nom: AL-osor al- boqiya an al qurun al- xoliya
.
24
B. Ahamedov O’zbekistonning atoqli tarixshunos olimlari-T.:Cho’lpon,2003.-B.10.
25
B. Ahamedov O’zbekistonning atoqli tarixshunos olimlari-T.:Cho’lpon,2003.-B.12
26
U. Uvvatov Yurtimiz allomalari”- T.: Hilol nashriyot,- 2014.B.85.
27
Asarning boshqacha nomi “Al-qand fi ma’rifati ulamoi Samarqand- “Samarqand ulamolarining ma’rifati” deb
nomlanadi.Manba : Bo’riboy Ahamedov O’zbekistonning atoqli tarixshunos olimlari-T.:Cho’lpon,2003.-
28
-T.:Cho’lpon,2003.-B.11.
International scientific journal
“Interpretation and researches”
Volume 1 issue 2 (48) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2
142
bo‘lgan tarixi, keyinchalik bu yerlarning arablar tomonidan fath etilish,
Samarqandning mashhur ulamolari, sug‘orish tizimi va boshqa qiziqarli ma’lumotlar
haqida so‘z boradi. “Qandiyayi xurd” ning ikta tahriri mavjud bo‘lib
, uning ruscha
tarjimasi
ham
mavjud
bo‘lib, tarjima 1906-yili“ Cправочная книжка
Самаркандской области” to‘plamining sakkizinchi sonida (236-290betlari) chop
etilgan.
Abu Xafs Nasafiyning tarix sohasida hamda islom tarixi sohasida ham ijod
qilganlagi va bu sohada talabalarga dars ham o‘tganligi bizga malumdir. Jumladan
ushbu mudarris olim masjidlarda va “Tabg‘ochxon” madrasasida xadis ilmi
toliblariga quydagi islom tarixiga oid asarlarni imlo qiladi:
-
“Kitob at- tavorix va –l- ansob” (Tarix va nasablar kitobi)
-
“Tatix al- xulafo al- qoimin bada-l- xulafo ar- roshidin” (Xulafoi roshidindan
keyin hukm surgan xalifalar tarixi)
-
“Nasab mashoxir aimmat ad-din va tavorixuxum” (Din imomlarida
mashxurlarining nasab va tarixlari)
Abulabbos Mustag‘firiy.
Imom Mustag‘firiy ham tarixchi olimlardan bo‘lib
(960-1041 yillarda yashab ijod qilgan), to‘liq ismi Nasafiy Sanmarqandiy Jafar ibn
Abu Ali Muhammad ibn AbuBakr hisoblanadi. Tarixchi, adib, muhaddis va faqih
hisoblanib, olim bir qancha vaqt Samarqand, Buxoro, Marv, Nishopur va Saraxsda
yashaydi.
Olimning tarix va islom tarixiga doir yozgan asarlari quydagilar:
-
“Kitob tarixi Samarqand”
-
“Kitob daloil an-nubuvva” ( Payg‘ambarlik dalillari)
-
“Kitob ud-da’vot” ( Targ‘ibotlar kitobi)
-
“Kitob xutub an- nabiy” (Payg‘ambar xutbalari kitobi)
-
“Kitob tibb in nabiy” (Payg‘ambar tibbi kitobi)
Shu kabi olimning o‘ndan ortiq asarlari mavjud. Tarixchi olimning “Kitob daloil
an- nubuvva”asari payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v)ning ibratli hayot yo‘llari, u
zotning mo‘jizalari va ta’limotlariga bag‘ishlanadi. Tarixchi olimning “Kitob tibb in
nabiy” asari Tehronda nashr etilgan.Undan tashqari manbalarda olim qalamiga
mansub yana bir qancha asarlar mavjud bo‘lib, “Kitob ma’rifat as- saxobiy” (
sahobiylarni bilish kitobi) kitobi shular jumlasidandir.
Sam’oniy.
XII asrda yashagan mashhur tarixchi va qomusiy olim. Olimning
to‘liq ismi Abu Said Abdulkarim ibn Muhammad as- Samoniydir.1113-yili yirik
qonunshunoslar oilasida tavallud topgan. Taxsil olgan joylari Samarqand, Buxoro va
29
V.L.Vyatkin keltirgan ma’lumot
30
U. Uvvatov Yurtimiz allomalari- T.: Hilol nashriyot,- 2014.B.95.
31
Sam’oniyning Kitob al- ansobasaridan keltitilgan ma’lumot.
32
Z. Husniddin tahriri: Islom ensiklopediyasi- T.: O’zbekiston milliy entsiklopediyasi,-2004. B.16.
33
U. Uvvatov Yurtimiz allomalari- T.: Hilol nashriyot,- 2014.B.97.
International scientific journal
“Interpretation and researches”
Volume 1 issue 2 (48) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2
143
Marv hisoblanadi.
Ushbu olimning bir qancha tarixiy asarlari mavjud bo‘lib, ular
quydagilar:
-
“Kitob ul- ansob”
-
“ Tarixi Marv”. (Marvning tarixi haqidagi asar. 20 jilddan iborat.)
Sam’oniyning bizgacha yetib kelgan kitobi “Kitob ul- ansob” asari hisoblanadi.
Olim ushbu asarini O‘rta Osiyodan to Arabistongacha bo‘lgan ko‘p yillik sayohat
natijasida yozadi.
Asar 8 jilddan iborat bo‘lib, to‘liq nusxasi yo‘qolgan, shuning
uchun tarixshunos ibn al- Asir (1160-1234) tomonidan tahrir qilingan 3 jildlik
muxtasar nusxasi saqlangan xolos.
Asarda alifbo tarzida, islomiyatdan to muallif
davrigacha bo‘lgan vaqt davomida musulmon mamlakatlarida, Movarounnahr va
Eron hududida istiqomat qilgan mashhur kishilar haqida ma’lumotlar keltirilgan.
Undan tashqari olim asarida O‘rta Osiyoning qadimgi tarixi haqida ham
ma’lumotlar berib ketadi.
Banokatiy.
XIII asr oxiri XIV asr birinchi choragida faoliyat yuritgan yirik
tarixshunos olim. To‘liq ismi Faxruddin Abu Sulaymon Dovud ibn Abulfazl
Muhammad Banokatiy (1330-yil vafot etgan).
Davlatshox Samarqandiy “Faxruddun Abu Sulaymon Dovud Banokati
shoirlikda ham ulug‘ martabaga ega edi hamda qasidalar va pishiq qit’alar bilgan”,-
deb yozadi. Ammo bizga olimning ko‘proq tarixshunos olim sifatida nom qozongani
ma’lum. Olimning muhim tarixiy asarlaridan biri “Ravzat ul- i-l-albob fi
tavorixalakobir va –l- ansob” (Akobirlar va asil kishilar tarixi xususida oqillar bog‘i)
hisoblanadi. Banokatiy ushbu asarni 1317-yil yozib tugatadi. Asar islom tarixiga oid
manba bo‘lib, u muqaddim va to‘qqiz qismdan iborat.
Ravzat ul-i-l-albob fi tavorixi al-akobir va-l-ansob asari haqida. Ushbu manba
quydagi islom tarixiga oid ma’lumotlarni o‘z ichiga qamrab oladi:
1.
Odam Atodan to Muso (a.s) payg‘ambargacha o‘tgan davr ichida
patriarx va payg‘ambarlar haqida
2.
Qadimiy Eron podsholari
3.
Muhammad (s.a.v) payg‘ambarligi, xalifayi roshidin, imomlar,
Ummaviylar va Abbosiylar xalifaligi davrlari haqida
4.
Abbosiylar bilan xamasr bo‘lgan sulolalar, ya’ni Toxiriylar, Safforiylar,
Samoniylar, Xorazmshoxlar va boshqalar haqida
37
Undan tashqari asarda, Armaniston va frank davlatlatlarining geografik holati,
34
B. Ahamedov O’zbekistonning atoqli tarixshunos olimlari-T.:Cho’lpon,2003.-B.12.
35
Yoki Ansobi Sam’oniymanba: A. Irisov, A.Nosirov O’, I.Nizomiddinov “ O’rta Osiyolik qirq olim”. – T.:
O’zbekiston SSR fanlar akademiyasi nashriyoti,-1961.B.68.
36
Manba : Qomus info- onlayn ensiklopediya
37
-T.:Cho’lpon,2003.-B.12.
38
B. Ahamedov O’zbekistonning atoqli tarixshunos olimlari-T.:Cho’lpon,2003.-B.14.
37
B.
Ahamedov O’zbekistonning atoqli tarixshunos olimlari-T.:Cho’lpon,2003.-B.14.
39
A. Madraimov, Gavhar Fuzailova Manbashunoslik – T.: Fan,-2007.B.181.
International scientific journal
“Interpretation and researches”
Volume 1 issue 2 (48) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2
144
Xindiston tarixi, xindlarning e’tiqodi haqida, Yahudiylarning payg‘ambarlari va
podshoxlari haqida, Nasroniylarning hukmdorlari va mo‘g‘illar tarixi haqida
ma’lumotlar ham uchraydi. Ravzat ul-i-l-albob fi tavorixi al-akobir va-l-ansob asarini
Rashiduddin “Jome ut- Tavorix” (Tarixlar majmuasi) asarining qisqartirilgan nusxasi
deyish ham mumkin. Lekin Banokatiyning asarida “Jome ut-Tavorix” asarida
uchramaydigan ma’lumotlar bor. Masalan yeti iqlim tavsifi va shunga o‘xshash
ma’lumotlar. Asar XVIIasrdan beri tadqiqotchilar nigohida bo‘lib kelmoqda. Asar
1677-yil ayrim qismlari lotin tiliga, 1820-yili esa ingliz tiliga hamda fransuz tillariga
tarjima qilingan.
Avfiy.
XII asrning so‘ngi choragi XIII asrning birinchi yarmida ijod qilgan
yarmida ijod qilgan olim.To‘liq ismi Sa’duddin Muhammad Avfiy (1172-1173).
40
Olim Qoraxoniylar saroyida ishlagan va bir qancha ulamolar bilan uchrashishga
muvaffaq bo‘lgan. Jumladan shayx Najmiddin Kubro (1145-1221) va shayx
Majduddin Bag‘dodiy bilan uchrashgan. Avfiy Movarounnahr va Xuroson, Seiston
kabi yurtlarga safar qilgan va u yerlarda forsiy va arabiy olimlar bilan uchrashgan.
Adibning asari “Lubob ul-albob” (Qalblar qalbi) bo‘lib, shu asarni yozish uchun
olim sayoxat qilgan joylaridan manbalar yig‘gan. Mo‘g‘illar istilosida u Hindistonga
jo‘nab ketadi. Avfiyning yana bir qimmatli asari “Jome ul- hikoyat”
(Xikoyalar majmuasi) hisoblanadi. Ushbu asarda olimning ko‘rgan kechirganlari
va Markaziy Osiyo haqida so‘zlar boradi.
MUHOKAMA
Yurtimizdan chiqgan allomalarning qilgan ishlari, yozgan asarlari nafaqat ular
yashagan davr uchun balki, bugungi jamiyat va dunyo uchun ham ahamiyatli va
kerakli, eng asosiysi o‘rganilishi zarur bo‘lgan soha hisoblanadi. Movarounnhrlik
ulamolarning deyarli hammalari qomusiy olim bo‘lishgan. Ular faqat bir yo‘nalishda
ijod qilibgina qolmay, turli xil sohalarda ham qalam tebratganlar. AlXorazmiy, Ibn
Sino, Abu Rayhon Beruniy, Alisher Navoiy va shu kabi qomusiy olimlarni ko‘plab
keltirishimiz hamda ularning noyob meroslaridan faxrlanishimiz mumkin. Misol
uchun, ko‘pchilik Al-Xorazmiyni faqat hisob sohasida mashhurligini bilishadi. Lekin
shuni takidlash lozimki, Xorazmiy tarix sohasida ham ijod qilgan hamda uning
“Kitob ut-tarix” asari movarounnahrlik tarixchilar orasida yozilgan birinchi tarixga
oid asar hisoblanadi. Bitiruv malakaviy ishimiz mavzusiham aynan islom tarixi bilan
bog‘liq. Tadqiqot natijasida avvalo, shunday xulosaga keldik: Tarixnavis olimlarning
yozgan asarlarida islom tarixning o‘rganilishi va yoritilish ikki turga bo‘lingan.
Birinchisi umumiy tarix usulida yozilgan manbalar. Ushbu yo‘nalishda yozilgan
tarix kitoblari tarixning hamma sohasini qamrab olgan. Tarixchilarning deyarli
hammalari ushbu yo‘nalishda ijod qilishgan. Ular tarixni yoritishda dastlab Odam
40
B. Ahamedov O’zbekistonning atoqli tarixshunos olimlari-T.:Cho’lpon,2003.-B.15.
40
B.
Ahamedov O’zbekistonning atoqli tarixshunos olimlari-T.:Cho’lpon,2003.-B.13.
International scientific journal
“Interpretation and researches”
Volume 1 issue 2 (48) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2
145
alayhissalomdan boshlab to o‘zlarining davrlarigacha bo‘lgan tarixni yoritishga
harakat qilishgan. Buning ichiga mamlakat tarixi va o‘sha davr siyosati bilan bog‘liq
voqealar ham jam bo‘lgan. Ya’ni ushbu zaylda bitilgan tarix kitoblarida islom
tarixiga oid ma’lumotlar ham yoritilib ketilgan. Shunday asarlaran Xorazmiyning
“Kitob-uttarix”, Abu Bakr Narshaxiyning “Tarixi Buxoro”, Sam’oniyning “Tarixi
Marv”, Banoktiyning “Ravzat ul-i-l-albob fi tavorixi al-akobir va-l-ansob, Ibn al-Asir
va uning “al-komil fi-t-ta’rix” asari, Ibn Jаrir аt-Tаbаriyning “tаrix аr-rusul vаl-
muluk” asarlarini misol qilib keltirishimiz mumkin.
Ikkinchi yo‘nalishda yozilgan islom tarixi asarlari- bu xususiy tarix yo‘nalishida
yozilgan tarixiy manbalar hisoblanib, unda faqat islom tarixining o‘zi haqida
ma’lumotlar berilib ketadi. Ya’ni Odam alayhissalom tarixidan payg‘ambarimiz
davrlarigacha, undan keyin xulafou roshidunlar davri va keyini davrlarni o‘z ichiga
olgan bo‘ladi. Alisher Navoiyning “Tarixi anbiyo va-l-hukamo” asari shu usulda
yozilgan asarlar sirasiga yaqinroq hisoblanadi.
XULOSA
Yuqorida keltirilgan va shunga o‘xshash manbalarni o‘rganish va tadqiq qilib
kelajak avlodga yetkazish biz yosh ijodkorlarning, shuningdek mamlakatimiz
tarixchilarining oldida turgan dolzarb masala bo‘lib turibdi. Shu munosabat bilan
prezidentimiz Sh.Mirziyoyevning 2017-yil 24-mayda “Qadimiy yozma manbalarni
saqlash, tadqiq va targ‘ib qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida” gi qarori institutdagi manbalarni, jumladan, tarixiy qo‘lyozma asarlarni
tadqiq qilish, tarjima va o‘rganish uchun hamda ularni saqlash, kelajak avlodga asl
nusxada yetkazish kabi masalalarda yana ham ziyrak bo‘lishga turtki bo‘lib xizmat
qildi. Undan tashqari 2018 yil 14-may kuni Markaziy Osiyoning islom sivilizatsiyasi
rivojidagi tarixiy o‘rnini, mintaqa allomalarining ilmiy-ma‘naviy merosini o‘rganish
borasida yosh tadqiqotchilar hamda talabalarning olib borgan ilmiy-ijodiy izlanishlari
va tadqiqotlari natijalarini keng targ‘ib etish, ularning ilmfan rivoji yo‘lida munosib
avlod bo‘lishdek ezgu intilishlarini rag‘batlantirish va qo‘llab-quvvatlash maqsadida
Toshkent islom universitetida ( Xozirgi O‘zbekiston Xalqaro islom akademiyasi )
Oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Islom
sivilizatsiyasi markazi, Fanlar akademiyasi, Toshkent davlat sharqshunoslik instituti,
O‘zbekiston musulmonlari idorasi bilan hamkorlikda tadqiqotchi va talabalarning
“Markaziy Osiyo va islom sivilizatsiyasi” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy
konferentsiyasi o‘tkazilishi Qur’on, tafsir, hadis, kalom, fiqh, islom tarixi, islom
manbalari, tasavvuf, tilshunoslik va adabiyot sohalarida ulkan ilmiy meros qoldirgan
allomalarning hayoti va ilmiy faoliyatini o‘rganish, tadqiq qilishni targ‘ib qilishda
muhim uchrashuv bo‘lib hizmat qildi. Albatta manbalarni tadqiq qilish hamda ularni
tarjima qilish sohasi uchun sharq tillardan arab, fors tillarini mukammal biladigan
malakali kadrlar zarur. Sharqshunoslik instituti va Xalqaro islom akademiyasida arab
International scientific journal
“Interpretation and researches”
Volume 1 issue 2 (48) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2
146
tili va fors tillarini o‘rgatilishi maqsadlaridan biri ham shu hisoblanadi. Chunki aksari
manbalar shu tillarda yozilgan. Ushbu tillarni o‘zlashtirgan mutaxassis eski o‘zbek
tilida yozilgan manbalarni qiynalmay o‘qiy oladi. Lekin faqat arab yoki fors tillarini
bilishning o‘zi kifoya qilmaydi. Shuning uchun yuqorida keltirilgan ilm dargohlarida
“Tarjimonlik fakulteti” ham ochilsa, ushbu sohaga kerakli va malakali kadrlarni
yetkazishga turtki vazifasini bajargan bo‘lar edi.
Foydalangan adabiyotlar ro‘yxati:
1.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti asarlari:
1.1 Mirziyoyev Sh.M.Erkin va farovon,demokratik O‘zbekiston davlatini
birgalikda barpo etamiz.-Toshkent:O‘zbekiston, 2017.–B.5
2.Adabiyotlar ro‘yxati:
2.1 B. Ahmedov O‘zbekistonning atoqli tarixshunos olimlar –Toshkent.:
Cho‘lpon,-2003.B.5.
2.2 Irisov, A.Nosirov O‘, I.Nizomiddinov O‘rta Osiyolik qirq olim. – T.:
O‘zbekiston SSR fanlar akademiyasi nashriyoti,-1961.B.55
2.3 M.M. Xayrullayev Ma’naviyat yulduzlari- T.: 1999.Abdulla Qodiriy
nomidagi xalq merosi nashriyoti. B.36.
2.4 A. Madraimov, G.Fuzailova Manbashunoslik – T.: Fan,-2007.B.61
2.5 U. Uvvatov Yurtimiz allomalari- T.: Hilol nashriyot,- 2014.B.196
2.6 G.A.. Tureeva Tarixiy manbashunoslik- Nukus.2008.- B.51
2.7 A.Abdunabiyev Tarix-munavvar ko‘zgu”-T.: O‘zbekiston faylasuflari milliy
jamiyati,2007.-B.8
2.8 Z. Husniddin tahriri: Islom ensiklopediyasi- T.: O‘zbekiston milliy
entsiklopediyasi,-2004. B.16
2.9 Nizomiddin Shomiy Zafarnoma- T.: O‘zbekiston.1996
2.10 Sharafiddin Ali Yazdiy “Zafarnoma”-T.: O‘zRe FA “Fan”.2019.B.4
Omonulla Bo‘riyevning Fors tilidan tarjimasi
2.11 R. Madina “Tarixi Rashidiy”asari tahlili, magistirlik dissertatsiyasi-
Samarqand, 2016.
2.12 Собрание Восточных рукописей АН УзССР. Том VII. – Т.: Фан, 1964.
– С. 25-29.
2.13 Аgzаmovа Muxаbbаtxon Mirtаxirovnа ibn jаrir аt-tаbаriyning “tаrix аr-
rusul
vаl-muluk” аsаri – islom tаrixini o‘rgаnish bo‘yichа muhim
mаnbа,doctorlil(PhD) desertatsiyasi
2.14.R. Madina “Tarixi Rashidiy”asari tahlili, magistirlik dissertatsiyasi-
Samarqand, 2016.
2.15.Sharafiddin Ali Yazdiy “Zafarnoma”-T.: O‘zRe FA “Fan”.2019.B.4
Omonulla Bo‘riyevning Fors tilidan tarjimasi
International scientific journal
“Interpretation and researches”
Volume 1 issue 2 (48) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2
147
2.15. A.Abdunabiyev Tarix-munavvar ko‘zgu”-T.: O‘zbekiston faylasuflari
milliy jamiyati,2007.-B.8
2.16.Irisov, A.Nosirov O‘, I.Nizomiddinov O‘rta Osiyolik qirq olim. – T.:
O‘zbekiston SSR fanlar akademiyasi nashriyoti,-1961.B.55
2.17. B. Ahmedov O‘zbekistonning atoqli tarixshunos olimlar –Toshkent.:
Cho‘lpon,-2003.B.5.
3. Internet saytlari:
3.1 Shosh.uz
3.2. Hozir.org
3.3 Ziyouz.com
3.4 E-tarix.uz
3.5 O‘zA sayti
3.6 Wikipediya
3.7 Kun.uz
