International scientific journal
“Interpretation and researches”
Volume 1 issue 2 (48) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2
153
PIRLS: ADABIY MATNLAR UCHUN MATN XARITASI YARATISH
Rabbonayeva Dildora Tolipovna
Samarqand viloyati pedagogik mahorat markazi katta oʻqituvchisi
Annotation
. The article provides information on the technology of working on
artistic texts, creating a text map for literary texts in the PIRLS international research,
and explains the rules for creating a text map for texts in elementary school
textbooks.
Key words:
PIRLS, learner, international, text, map, assessment, education,
improvement, process, recommendation, understanding, level, quality, task.
PIRLS tadqiqotida o‘qish savodxonligining asosi matnlar bilan to‘liq ishlash
uchun zarur bo‘lgan o‘qish qobiliyatlarini shakllantirishdir. Bu o‘quvchi tomonidan
kerakli ma’lumotlarni topish va tarqatish, matnning ma’lum qismi bo‘yicha xulosalar
chiqarish, asosiy belgilarning harakatlarini sharhlash, matn namunalari va matn
tuzilishini dastlabki tahlil qilish bilan tasdiqlash kabilardir.
Tilda har bir unsurning o‘z vazifasi, ma’no doirasi, boshqa unsurlar, birliklar
bilan bog‘lanish qonuniyatlari bor. Ana shu qonuniyatlardan mukammal boxabar
bo‘lgan, so‘z sezgisi va mahorati yuksak yozuvchi betakror tasvir, kutilmagan,
qiziqarli badiiy asar yaratadi. Shunda kitobxon asarning nafaqat g‘oyasi, balki go‘zal
tilining asiriga aylanadi va xilma-xil badiiy-estetik ma’nolar bilan jilolangan
asarlardan zavq oladi.
Matn xaritasi nima?
PIRLS tadqiqotida matn xaritasi mavjud bo‘lib, u matnning dolzarbligini
aniqlashga yordam beradi, masalan: u yetarlicha mazmunli va tushunarliligini
aniqlaydi. Matndagi muhim g‘oyalarni va ularning o‘zaro munosabatlarini ko‘rsatadi.
Asosiy g‘oyalar, ularning munosabatlarini va matnni yaratish bo‘yicha vazifalarni
ishlab chiqishga alohida e’tibor qaratadi.
PIRLS tadqiqotida matn xaritasi quyidagi ikki turdan iborat:
Adabiy xarita
– badiiy asarlarning strukturasini belgilaydi.
Janr – masalan: ertak, realistik adabiyot, fantastika va x.k.;
Mavzular, syujet, vaziyat, qahramonlar, mualliflik mahorati.
Axborot xaritasi
– syujetsiz matnlardagi ma’lumotlarni qayd qiladi.
Turlar – masalan: ekspozitsiya, dalil, jarayon va x.k.
Asosiy g‘oyalar, asosiy g‘oyalarning isboti, tashkiliy shakllar, mualliflik
mahorati.
International scientific journal
“Interpretation and researches”
Volume 1 issue 2 (48) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2
154
Adabiy xarita
. O‘qish savodxonligini tekshirish bo‘yicha vazifalar adabiy
xarita yordamida beriladi. Bunday vazifalar quyidagi qadamlarda belgilanadi:
1-qadam. Matn haqidagi asosiy ma’lumotni sanab bering (sarlavha, so‘zlar soni,
o‘qish darajasi va janri).
2-qadam. Matnning mavzusini aniqlang va tasvirlab bering.
3-qadam. Vaziyatni aniqlang va ta’riflab bering, asosiy qahramonlarni sanab
o‘ting, ularning ismini, fazilatlarini va vazifalarini yoriting.
4-qadam. Asosiy syujet elementlarini aniqlang, bundan tashqari muammo va
ziddiyatlarni yechimini toping.
5- qadam. Asosiy voqealarni va epizodlarni sanab bering.
6-qadam. Yozuvchi tomonidan qo‘llanilgan tayanch iboralar va lug‘atni, adabiy
yoki ritorik uslublarni aniqlang va sanab bering.
Badiiy asar matni ustida ishlashda kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarga
kattalarning yordami zarur. Ta’lim va tarbiya jarayonida ustoz va murabbiylar
o‘quvchiga asarning badiiy-estetik ma’nolarini tushuntira olishlari juda muhimdir.
O‘qilgan asardan ma’naviy ozuqa ololgan o‘quvchigina hayotning pastu-balandini
anglab etadi va kelajak hayotida bu bilim va tajribalari asqotadi.
Boshlang‘ich sinf darsliklaridagi barcha mavzular o‘quvchilarga ta’lim-tarbiya
berish bilan birga, ularning lug‘atini boyitishga, og‘zaki va yozma nutqini to‘g‘ri
shakllantirish va nutq madaniyatini o‘stirishga ham qaratiladi.
O‘quvchilar matnlar bilan nafaqat darsliklar, badiiy adabiyotlar, gazeta va
jurnallarda berilgan o‘zbek va chet el asarlari orqali ham tanishib boradilar. Quyida
boshlang‘ich sinf darsliklaridagi matnlar uchun adaviy xarita tuzish va ishlash
jarayonini ko‘rib chiqamiz.
“Nihollarning nolasi” mavzusi uchun adabiy xarita yaratish.
1-qadam. Matn haqidagi asosiy ma’lumotni sanab bering (sarlavha, so‘zlar soni,
o‘qish darajasi va janri).
2-qadam. Matnning mavzusini aniqlang va tasvirlab bering.
1-qadam
Xudoyberdi
Toʻxtaboyev
420 ta so’z
Nihollarning
nolasi
Hikoya
International scientific journal
“Interpretation and researches”
Volume 1 issue 2 (48) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2
155
3-qadam. Vaziyatni aniqlang va ta’riflab bering, asosiy qahramonlarni sanab
o‘ting, ularning ismini, fazilatlarini va vazifalarini yoriting.
4-qadam. Asosiy syujet elementlarini aniqlang, bundan tashqari muammo va
ziddiyatlarni yechimini toping.
5- qadam. Asosiy voqealarni va epizodlarni sanab bering.
2-qadam
Tabiatni asrash
Ekologik
madaniyat
Nihollarni ekkach,
o‘zini tutib olguncha
suv quyib turish
lozim edi
Insonlar tabiatga
befarq bo‘lmasligi
lozimligi
tasvirlangan
3-qadam
Nihollar –
hayotga tashna,
yashashni
istashadi
Bolalar –
o‘yinqaroq,
sho‘x,
quvnoq
Novcha nihol –
sabr-toqatli,
umidvor, hayotga
tshna, matonatli
Insonlar –
tabiatga befarq,
ekologik madaniyat
yo‘q
4-qadam
Tabiatni asrab-
avaylash,
daraxtlarni
ko‘paytirish
Daraxt,
o‘simliklarni
ekkach, parvarish
qilish
Ekologik
tadbirlar tashkil
qilish
Ekologik
madaniyatni
rivojlantirish
International scientific journal
“Interpretation and researches”
Volume 1 issue 2 (48) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2
156
6-qadam. Yozuvchi tomonidan qo‘llanilgan tayanch iboralar va lug‘atni, adabiy
yoki ritorik uslublarni aniqlang va sanab bering.
O‘quvchi asarning mazmuni bilan uni mutolaa qilish paytida tanishsa, tahlil
qilishda uning poetik vositalariga murojaat qiladi. Mutolaa hissiyotni boyitib, aqlni
pеshlasa, tahlil asar zamiridagi ma’noni chuqur o‘rganishga yordam bеradi. Matn
xarita o‘quvchilarga asarning mazmunini to‘liq tushunib yetishlariga xizmat qiladi.
Xalqaro PIRLS tadqiqoti eng yaxshi o‘quv dasturlari va yosh o‘quvchilarning
o‘qish qobiliyatlarini rivojlantirish tajribasi haqida noyob axborot materiallarini
taqdim etadi. PIRLSga qatnashish O‘zbekistonga boshlang‘ich sinf o‘quvchilari
orasida o‘qish qobiliyatlari darajasini mustaqil ravishda obyektiv baholash imkonini
beradi. Bundan tashqari, O‘zbekiston ta’limining ochiqligi va integratsiyalashuvi
dunyoning yetakchi ta’lim tizimlarining xalqaro hamjamiyatiga integratsiyalashuvini
ta’minlaydi.
Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati.
1. Баранова В.Ю., Ковалева Г.С., Кузнецова М.И., Цукерман Г.А.,
Hурминская Н.В. ОСНОВНЫЕ РЕЗУЛЬТАТЫ МЕЖДУНАРОДНОГО
ИССЛЕДОВАНИЯ «Изучение качества чтения и понимания текста» Москва,
2007, 3-4ст.
5-qadam
Bolalar, nihol ekib
ketishadi
Nihollar suvsiz qoladi
va birin-ketin nobud
bo‘lishadi
Novcha nihol sabr-toqat,
matonat bilan, umid qilib
kutadi, lekin nech kim xabar
olmaydi va u ham nobud
bo‘ladi
6-qadam
Bolalar, nihol, suv, chollar,
kampirlar, yigitlar, qizlar,
ukalari, bobokalonlar,
tomirchalar, shoxchalar
Adabiy uslub-
nihollarning so‘zlashuvi
orqali badiiy hikoya qilingan
International scientific journal
“Interpretation and researches”
Volume 1 issue 2 (48) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2
157
2. Rabbonayeva D.T. “PIRLS tadqiqoti uchun topshiriqlar tayyorlash va ular
ustida
ishlash
texnologiyasi”.
O‘quv-uslubiy
qo‘llanma
-
Samarqand
XTXQTMOHM, 2020. 4,
3. Ubayxoʻjayeva R. A. ”Oʻquvchilarning ifodali oʻqish koʻnikmalarini
takomillashtirish”. T., 2008.
