Авторы

  • Абдурашид Саманов
    Toshkent davlat texnika universiteti

Биография автора

  • Абдурашид Саманов, Toshkent davlat texnika universiteti
    dotsenti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.international-scientific.70015

Ключевые слова:

texnik yangilash jahon bozori raqobatdoshlik innovatsiya aqliy qobiliyat tadbirkorlik kasbiy daraja yalpi ichki mahsulot ishchi kuchi texnologiyalar resurslar kapital.

Аннотация

Ushbu maqolada respublikamizda iqtisodiyotimizning asosiy tarmoqlarini modernizatsiya qilish va texnik yangilash, mamlakatimizning yangi marralarni egallashi uchun kuchli turtki beradigan va jahon bozorida raqobatdoshligini ta’minlaydigan zamonaviy innovatsiya texnologiyalarini joriy qilish bo‘yicha maqsadli loyihalarni amalga oshirishga ustuvorlik berilgan.


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 1 issue 2 (48) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

247

INNOVATSION INVESTITSIYALAR IQTISODIYOTNI

RIVOJLANTIRISHDAGI O‘RNI VA AHAMIYATI ASOSIY OMILI

SIFATIDA

Samanov Abdurashid Andamovich

Toshkent davlat texnika universiteti dotsenti


Annotatsiya:

Ushbu maqolada respublikamizda iqtisodiyotimizning asosiy

tarmoqlarini modernizatsiya qilish va texnik yangilash, mamlakatimizning yangi
marralarni egallashi uchun kuchli turtki beradigan va jahon bozorida
raqobatdoshligini ta’minlaydigan zamonaviy innovatsiya texnologiyalarini joriy
qilish bo‘yicha maqsadli loyihalarni amalga oshirishga ustuvorlik berilgan.

Kalit so‘zlar:

texnik yangilash, jahon bozori, raqobatdoshlik, innovatsiya, aqliy

qobiliyat, tadbirkorlik, kasbiy daraja, yalpi ichki mahsulot, ishchi kuchi, texnologiyalar,
resurslar, kapital.

Annotation

In this article, priority is given to the implementation of targeted

projects for the modernization and technical renewal of the main sectors of our
economy in our republic, the introduction of modern innovation technologies that
provide a strong impetus for the country's new milestone acquisition and ensure its
competitiveness in the world market.

Keywords:

technical update, world market, competitiveness, innovation, mental

ability, entrepreneurship, professional level, gross domestic product, labor force,
technology, resources, capital.


Innovatsiyalar iqtisodiyotni modernizatsiyalash va diversifikatsiyalash, uning

jadal sur’atlar bilan rivojlanishini va raqobatbardoshligini ta’minlash, mamlakatning
jahon hamjamiyatidagi o‘rni va nufuzini yanada oshirishning eng muhim omillaridan
hisoblanadi. Shu sababli bugungi kunda har bir davlat o‘z iqtisodiyoti barqarorligini
ta’minlash, aholi farovonligini oshirishda innovatsiya imkoniyatlaridan keng
foydalanishga katta e’tibor qaratmoqda.

Shu maqsadda respublikamizda iqtisodiyotimizning asosiy tarmoqlarini

modernizatsiya qilish va texnik yangilash, mamlakatimizning yangi marralarni
egallashi uchun kuchli turtki beradigan va jahon bozorida raqobatdoshligini
ta’minlaydigan zamonaviy innovatsiya texnologiyalarini joriy qilish bo‘yicha
maqsadli loyihalarni amalga oshirishga ustuvorlik berilgan.

Innovatsiya loyihalarini amalga oshirish investitsiyalar bilan bevosita bog‘liqdir.

Bu esa iqtisodiyotga investitsiyalarni jalb etish imkonini beradi. Shu sababli
mamlakatimizda innovatsiya siyosatini olib borishda investitsiyalarning samarali
ishtirokini ta’minlashga jiddiy e’tibor qaratib kelinmoqdaki, buning natijasida milliy


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 1 issue 2 (48) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

248

iqtisodiyotga jalb etilayotgan investitsiyalar hajmi, ular yordamida ishlab chiqarishga
joriy etilayotgan zamonaviy va ilg‘or texnologiyalarga asoslangan loyihalarning
sonining yil sayin ortib borishini, shuningdek, yalpi ichki mahsulotning yuqori
su’ratlar bilan o‘sishini ta’minlamoqda.

O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan investitsiya siyosatining o‘ziga xos

xususiyati mahalliy xom ashyo resurslarini chuqur qayta ishlashni ta’minlaydigan,
yuqori texnologiyalarga asoslangan yangi ishlab chiqarishlarni tashkil etishga
qaratilgan investitsiya loyihalariga ustuvor ahamiyat berilayotganida namoyon
bo‘lmoqda.

Biroq, bugungi tezkor o‘zgarish va yangilanishlar davrida mazkur yutuqlar bilan

cheklanib qolmasdan, yangidan-yangi, bugungi hayotimiz talabiga asoslangan
innovatsiya loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirish ishlarini yanada
jadallashtirish maqsadga muvofiqdir. Ushbu masalalar yuzasidan tadqiqotlar olib
borish va ilmiy asoslangan taklif-tavsiyalarni ishlab chiqish dolzarbligicha qolmoqda.

Innovatsiya faoliyati, uni tashkil etish, innovatsiya loyihalarini ishlab chiqish va

moliyalashtirish, boshqarish hamda u bilan bog‘liq xorij tajrbalari yuzasidan xorijlik
iqtisodchi-olimlar

ilmiy-tadqiqotlar

olib

borgan.

Jumladan,

Y.Shumpeter,

I.T.Balabanov, A.B.Borisov, V.G.Medinskiy, V.V.Glushchenko, I.I. Glushchenko,
V.L.Popova, A.N.Folomev, V.V.Glushchenko, I.I.Glushchenko, V.F.Baynev,
V.V.Saevichlar ilmiy-tadqiqotlari bilan bir qatorda innovatsiya loyihalarini ishlab
chiqish va amalga oshirishning nazariy asoslari, uni moliyalashtirishning ahamiyati,
milliy xususiyatlari va amaliyotiga oid masalalar mamlakatimiz iqtisodchi-
olimlaridan F.M.Matmurodov, B.E.Toshmurodova, N.Jiyanova, D.X.Suyunov,
M.N.Ravshanov, A.M.Kadirov, A.T.Axmedova, B.Mamatov, D.Xo‘jamqulovlarning
ilmiy ishlari va asarlarida tadqiq etilgan va keng yoritilgan.[3,4,5,6]

O‘zbekiston Respublikasida hozirgi vaqtda amalga oshirilayotgan iqtisodiy

siyosatning asosiy maqsadlaridan biri iqtisodiyotning jadal rivojlanishi va
raqobatbardoshligini ta’minlash hisoblanadi. Buning uchun bazaviy sohalarda ishlab
chiqarishni qayta qurollantirish, yangi va zamonaviy texnologiyalarni faol joriy qilish
va modernizatsiyalashni jadallashtirish orqali tarmoqlar va hududlarda tuzilmaviy
o‘zgarishlarni amalga oshirish, ular o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik va mutanosiblikni
ta’minlash, milliy iqtisodiyotni diversifikatsiyalash, ishlab chiqarish salohiyatini
oshirish lozimdir.

“Nufuzli xorijiy universitetlar, ilmiy va innovatsion markazlar bilan aloqalarni

kuchaytirish, ular bilan kadrlar tayyorlash bo‘yicha hamkorlikni yanada
kengaytirishimiz zarur”

60

.

Bunda mazkur maqsadga erishishda, xususan, bugungi kunning ilm-fan

60

Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Олий Мажлисга Мурожаатномаси Тошкент

шахар 28.12.2020 й //


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 1 issue 2 (48) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

249

yutuqlaridan keng va samarali foydalanish, ishlab chiqarishda eng ilg‘or va so‘nggi
avlod texnologiyalarini joriy etish, milliy iqtisodiyotning barcha tarmoq va sohalarida
innovatsiyalarning rivojlanishiga e’tiborni yanada kuchaytirish va bunda
innovatsiyalar sohasida xorijda yaratilayotgan yangiliklar va tajribalarga suyanib,
ularni o‘z iqtisodiyotimizga ko‘chirib olib kelish bilan chegaralanib qolmasdan, balki,
milliy amaliyot va yutuqlarimiz bilan yuqori darajalarga erishish, buning uchun
barcha imkoniyat va salohiyatlarimizni ishga solish muhim ahamiyat kasb etadi.

Innovatsiya loyihalarini ishlab chiqishda zamonaviy innovatsiya loyihalari,

odatda, katta investitsiyalarni talab qilishini, ular esa doim ham bo‘lavermasligini
hisobga olish zarur. SHuning uchun investitsiyalar haqidagi masala ancha qiyin hal
etiladigan muammodir, chunki mazkur loyihaning zarurligini, foydaliligini va
samaraliligini isbotlash kerak bo‘ladi. Bu holatda asosiysi moliyalashtirish manbaini
tanlash, uning hajmini, vaqt bo‘yicha to‘lovlar darajasi va hokazodir. Bu holatda
investor o‘ziga loyihaning mohiyatini tushuntirib berish, hamkorlik qanday afzallik
berishini, va eng asosiysi, ular oladigan eng minimal va eng yuqori foyda miqdorini
namoyish qilish talab etiladi.

Innovatsiya loyihasi etarlicha batafsil tuzilishi kerak, chunki bo‘lajak investor

loyiha bilan tanishganda mo‘ljallanayotgan dastur haqida to‘liq tasavvurga ega
bo‘lishi va uning maqsadlarini tushunishi lozim.

Bugungi kunda respublikamizda tadbirkorlik faoliyati erkinliklari va qulay

muhitining yaratilganligi, ochiq raqobat sharoiti va yuqori iqtisodiy manfaatdorlikka
erishish imkoniyatlari tadbirkorlarning o‘z faoliyatini tashkil etish, kengaytirish va
o‘zgartirishlarida innovatsiya loyihalarini joriy etishga bo‘lgan intilishlarini
kuchaytirmoqda. Bu esa mamlakatimizda innovatsiyaning mazmun-mohiyatini
kengroq o‘rganish, innovatsiya faoliyatini tashkil etish va moliyalashtirishga bo‘lgan
munosabatlarning rivojlanishiga olib kelmoqda.

Shunday ekan, innovatsiyaning o‘zi nima, degan savolga to‘liq javob topish

unga bo‘lgan munosabatni to‘g‘ri belgilash va tashkil etishda muhim ahamiyat kasb
etadi.

Innovatsiya tushunchasi birinchi marta XX asr boshlarida xorijlik

madaniyatshunoslar ilmiy tadqiqotlarida paydo bo‘lgan va qo‘llanilgan bo‘lib, bir
madaniyatning ayrim elementlarining boshqasiga joriy etilishini bildirgan.

Innovatsiya atamasi lotincha “innovato” so‘zidan olingan bo‘lib, yangilash va

yaxshilash degan ma’noni anglatadi. Umumiy mazmunda mazkur atama odamlar
tomonidan, asosan, ayni paytda va muayyan vaqtda yangi deb qabul qilingan
madaniyatning moddiy yoki nomoddiy qadr-qiymati sifatida tushunilgan. Innovatsiya
atamasining texnik-texnologik yangiliklarni joriy etish sohasida qo‘llanilishida
keyinchalik kirib kelishi kuzatilgan.

Mazkur atamaning mazmunidan kelib chiqib shuni aytish mumkinki, qachonki,


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 1 issue 2 (48) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

250

har qanday kashfiyotlar, yangi voqealar, xizmatlar va usullar turlari tarqalishiga qabul
qilinsa (tijoratlashish), o‘shanda xalq ommasi tomonidan tan olinadi. Bunda
yangilikning joriy etilishi yangilikni qo‘llash jarayonini bildiradi va yangilikning
tarqatilishiga qabul qilinishi vaqtidan boshlab yangi sifat innovatsiya (yangilikni joriy
etish)ga aylanadi.

Innovatsiyalar texnologik, iqtisodiy, ekologik, boshqaruv, harbiy, siyosiy,

ijtimoiy-madaniy, huquqiy va boshqa turlarga taqsimlanadi. Innovatsiyalar dunyosi
inson faoliyati sohalari kabi rangba-rang va turli-tuman ko‘rinishga ega.

Innovatsiyalarning qudrati jamiyat turmush-tarzi, salomatligini himoyalash,

ilmiy salohiyatini oshirishda katta imkoniyatlrani taqdim etadi. shu munosabat bilan
Innovatsiyalardan keng va samarali foydalanish O‘zbekiston davlati uchun bugungi
kunda o‘ta dolzarb masala hisoblanadi. Ayniqsa, iqtisodiyotni modernizatsiyalash va
rivojlantirish, xususan, korxonalar darajasida zamonaviy texnika-texnologiyalar bilan
jihozlangan ishlab chiqarishlarni yo‘lga qo‘yishda uning ahamiyati yanada yuqori
baholanadi.

Hozirgi globallushuv zamonida xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyati

samaradorligini xarakterlovchi muhim mezonlardan biri eksportga tovar chiqarish
imkoniyatidir. Buning uchun modernizatsiya qilish orqali korxonalarga yangi
texnologiyalar olib kirilishi zarur bo‘ladi. Umuman olganda, ishlab chiqarishni
modernizatsiyalash quyidagilardan iborat bo‘lishi lozim:

-eskirgan asosiy vositalarni bosqichma-bosqich yangilash, ma’nan eskirgan

asosiy vositalarni hisobdan chiqarish (likvidatsiya qilish);

- ishlab chiqarishga zamonaviy texnika va texnologiyalar joriy qilish;
-innovatsion texnologiyalar asosida tejamkor, chiqitsiz, ekologik toza, jahon

andozalaridagi sifatga javob beruvchi ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish;

-sifatni boshqarish tizimi asosida ishlab chiqarish texnologiyasini uzluksiz

ravishda takomillashtirib borish.

Innovatsiya muhitini yanada takomillashtirish zaruriyati, mazkur sohani yanada

rivojlantirish borasida davlat islohotlarini yanada izchil davom ettirish lozimligi
ayrim muammolarning mavjudligi va ularga echim topish zarurligi bilan beliglanadi:

Mavjud muammolarning barchasi shuni ko‘rsatadiki, innovatsiya muhiti ma’lum

ma’noda iqtisodiy va institutsional islohotlarning turli yo‘nalishlaridagi taraqqiyotga
bog‘liq bo‘ladi. Iqtisodiyotda innovatsion mexanizmlarni ishga tushirish strategik
ahamiyatga ega vazifa bo‘lib, uni kichik narsalardan boshlash va davlat tomonidan
katta ahamiyat berilishi maqsadga muvofiqdir.

Innovatsiya

sohasida

davlat

tomonidan

qo‘llab-quvvatlashning asosiy

maqsadlarni amalga oshirishi, davlatning undagi funksiyasini aniqlaydi. Innovatsiya
faoliyatini rag‘batlantirish jarayonida davlat siyosati quyidagilarga yo‘naltirilgan
bo‘lishi kerak:


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 1 issue 2 (48) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

251

- xususiy sektorni innovatsiya faoliyatida, uni rag‘batlantirish mexanizmida,

institutsional qayta o‘zgartirish tizimida, intelektual mulk himoyasi va uni xo‘jalik
oborotiga joriy etishdagi ishtirokini normativ-xuquqiy ta’minlashni ishlab chiqarish
va takomillashtirish;

-innovatsiya faoliyatini, ishlab chiqarishni rivojlantirishni, raqobatbardoshlikni

oshishi va ilmiy mahsulotni eksportini qo‘llab-quvvatlash kompleks tizimini yaratish;

-innovatsiya

jarayonlari

infratuzilmasini

rivojlantirish,

shu

jumladan,

informatsion ta’minotni, ekspertiza tizimini, moliya-iqtisod tizimini, ishlab chiqarish
– texnologik qo‘llab-quvvatlashni, ishlanmalarni oldinga siljish tizimini, kadrlarni
tayyorlash va qaytatayyorlash tizimini. Amaliyot shuni ko‘rsatadiki, orqada
qolishning sababi mamlakat tadqiqot va ishlanmalarni past imkoniyatliligi emas,
balki Innovatsiya faoliyati infratuzilmasining zaifligi, tovar ishlab chiqaruvchilar
yangilikni raqobat kurashining turi sifatida amalga oshirishga asoslanmaganligidir.
Bu esa ilm-fan imkoniyatlariga bo‘lgan talabni yo‘qolishiga olib keladi;

- kichik yuqori texnologiyali tashkilotlarni muvaffaqiyatli amal qilishi va tashkil

etilishi uchun qulay sharoit yaratish va ular faoliyatini boshlang‘ich bosqichida davlat
tomonidan qo‘llab-quvvatlash yo‘li bilan kichik innovatsiya tadbirkorligini
rivojlantirish;

- innovatsiyalarni ijtimoiy va ekologik yo‘naltirilganligini tartibga solish.
Innovatsiya jarayonlarini davlat tomonidan bevosita boshqarish usullari ikki

shaklda amalga oshiriladi:

- ma’muriy-idoraviy;
- dasturli-maqsadli.
Innovatsiyalarni davlat tomonidan bilvosita rag‘batlantirishning muhim

yo‘nalishlaridan biri bu maqsadli nobyudjet fondlar mablag‘larini mobilizatsiyasidir.
Innovatsiya faoliyatini boshqarish (tartibga solish) sohasida muhim masala bo‘lib,
innovatsion infratuzilmani shakllantirishda davlat ishtiroki hisoblanadi.

Investitsiyalashning ustuvor yo‘nalishlarini aniq belgilash, innovatsion

investitsiya faoliyatini oqilona tartibga solish asosida ichki va tashqi moliyaviy
manbalarni, barcha shart-sharoitlarni hisobga olgan holda jalb qilish milliy
iqtisodiyotni kelajagini belgilaydi.

O‘zbekiston halqaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlash bilan jaxonda o‘zaro

ishonchga asoslangan yangi siyosiy iqlim yaratmoqda. Bu faol tashqi iqtisodiy
siyosat dunyodagi etakchi davlatlar va xalqaro siyosiy, moliyaviy, iqtisodiy institutlar
tomonidan qo‘llab-quvvatlanishiga olib kelmoqda.

Mazkur faollik halqaro do‘stlik, hamkorlikka asoslangan iqtisodiy jadal

taraqqiyot belgilarining paydo bo‘lishiga zamin yaratadi.

Bugungi kunda O‘zbekistonda yaratilagn innovatsion investitsion qulay muhit

milliy iqtisodiyotning jadal rivojlanishida omil sifatida hizmat qiladi.


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 1 issue 2 (48) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

252

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga

Murojaatnomasi Toshkent shaxar 28.12.2020 y // manba: xs.uz

2.

Попов В.Л. Управление инновационными проектами. Учебное пособие.

– С.: ИНФРА-М, 2009. – С.11.

3.

Gimush R.I., Matmurodov F. M. Innovatsion menejment: Iqtisodiyot oliy

o‘quv yurtlari uchun o‘quv qo‘llanma – T.: 2008. – B. 10.

4.

Toshmurodova B.E., Jiyanova N. Innovatsion faoliyatni moliyaviy

rag‘batlantirish. O‘quv qo‘llanma. – T.: Iqtisod-moliya, 2006 111-b

5.

Shodmonov Sh., Juraev T. Iqtisodiyot nazariyasi. – T., 2018. 121-b

6.

Саманов, А. (2024). Иқтисодиётда меҳнат бозорининг ижтимоий-

иқтисодий асослари. Interpretation and researches, 2(24).

7.

Саманов, А. А. (2024). Development of youth entrepreneurship in

uzbekistan as a factor in ensuring employment. Spectrum Journal of Innovation,
Reforms and Development, 24, 71-75.

8.

Abdurashid, S. (2024). Milliy iqtisodiyotni rivojlantirishda innovatsion

investitsiyalar asosiy omili sifatida. Research and Publications, 1(1), 66-70.

9.

Samanov, A. A. (2022). Market methods for improving the system of

corporate management in industrial enterprises

10.

Begmullayev, O. I. (2024). Sanoat korxonalarini bozor sharoitlariga

moslashtirish samaradorligini oshirish (Monografiya). Interpretation and researches,
2(15).

11.

Begmullayev, O. (2024). O‘zbekistonda elektr energiya tizimini ta’minlash

muammolari. Raqamli iqtisodiyot (Цифровая экономика), (8), 712-726.

12.

Begmullayev, O. I., Soatov, F. Y., & Irisaliyev, A. O. (2024). O‘zbekistonda

issiqlik energetikasi korxonalari rivojlanishining tashkiliy-iqtisodiy xususiyatlari.
Educational Research in Universal Sciences, 3(1), 84-92.

13.

Бегмуллаев, O., Мирсаидова, Ш., Ибрагимова, К., & Ирисалиев, А.

(2024). Анализ эффективности деятельности предприятий энергетической
отрасли Узбекистана. Interpretation and researches, 2(24).

14.

Бегмуллаев, О., & Мирсаитов, Н. (2024). “Ўзбеккўмир” АЖ

корхоналарида инновацион фаолиятни амалга оширишнинг замонавий холати.
Interpretation and researches, 2(5 (27)).

15.

Irisalievich, B. O., & Sunnatullaevich, M. N. (2024). The Current State of

Innovation and Investment Activity at Mining Enterprises of Uzbekistan.
Excellencia: International Multi-disciplinary Journal of Education (2994-9521), 2(4),
556-560.


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 1 issue 2 (48) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

253

16.

Otabek, A., & Otabek, B. (2023, January). Alternative energy and its place

in ensuring the energy balance of the Republic of Uzbekistan. In AIP Conference
Proceedings (Vol. 2552, No. 1). AIP Publishing.

17.

Akhmedov, O., & Begmullaev, O. (2020). The ways ensuring energy

balance in Uzbekistan. In E3S Web of Conferences (Vol. 216, p. 01137). EDP
Sciences.

18.

Бегмуллаев, О. И. (2008). Оценка финансово-экономического состояния

промышленного предприятия. Вопросы экономических наук, (5), 25-26.

19.

Набиева, С. (2024). Развитие концепции увеличения инновационного

потенциала предприятий топливно-энергетического комплекса. Экономическое
развитие и анализ, 2(9), 152-161.

20.

Набиева,

С.

(2023).

Современные

методы

инвестиционной

деятельности в развитии промышленных предприятий. Экономическое
развитие и анализ, 1(6), 33-39.

21.

Nabiyeva, S. (2023). Sanoat korxonalarini rivojlantirishda investitsiya

faoliyatni amalga oshirishning zamonaviy usullari. Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 1(6),
33-39.

22.

Набиева, С. А. (2024). Развитие предприятий промышленности в

условиях активизации инновационной среды. Interpretation and researches, 2(24).

Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi Toshkent shaxar 28.12.2020 y // manba: xs.uz

Попов В.Л. Управление инновационными проектами. Учебное пособие. – С.: ИНФРА-М, 2009. – С.11.

Gimush R.I., Matmurodov F. M. Innovatsion menejment: Iqtisodiyot oliy o‘quv yurtlari uchun o‘quv qo‘llanma – T.: 2008. – B. 10.

Toshmurodova B.E., Jiyanova N. Innovatsion faoliyatni moliyaviy rag‘batlantirish. O‘quv qo‘llanma. – T.: Iqtisod-moliya, 2006 111-b

Shodmonov Sh., Juraev T. Iqtisodiyot nazariyasi. – T., 2018. 121-b

Саманов, А. (2024). Иқтисодиётда меҳнат бозорининг ижтимоий-иқтисодий асослари. Interpretation and researches, 2(24).

Саманов, А. А. (2024). Development of youth entrepreneurship in uzbekistan as a factor in ensuring employment. Spectrum Journal of Innovation, Reforms and Development, 24, 71-75.

Abdurashid, S. (2024). Milliy iqtisodiyotni rivojlantirishda innovatsion investitsiyalar asosiy omili sifatida. Research and Publications, 1(1), 66-70.

Samanov, A. A. (2022). Market methods for improving the system of corporate management in industrial enterprises

Begmullayev, O. I. (2024). Sanoat korxonalarini bozor sharoitlariga moslashtirish samaradorligini oshirish (Monografiya). Interpretation and researches, 2(15).

Begmullayev, O. (2024). O‘zbekistonda elektr energiya tizimini ta’minlash muammolari. Raqamli iqtisodiyot (Цифровая экономика), (8), 712-726.

Begmullayev, O. I., Soatov, F. Y., & Irisaliyev, A. O. (2024). O‘zbekistonda issiqlik energetikasi korxonalari rivojlanishining tashkiliy-iqtisodiy xususiyatlari. Educational Research in Universal Sciences, 3(1), 84-92.

Бегмуллаев, O., Мирсаидова, Ш., Ибрагимова, К., & Ирисалиев, А. (2024). Анализ эффективности деятельности предприятий энергетической отрасли Узбекистана. Interpretation and researches, 2(24).

Бегмуллаев, О., & Мирсаитов, Н. (2024). “Ўзбеккўмир” АЖ корхоналарида инновацион фаолиятни амалга оширишнинг замонавий холати. Interpretation and researches, 2(5 (27)).

Irisalievich, B. O., & Sunnatullaevich, M. N. (2024). The Current State of Innovation and Investment Activity at Mining Enterprises of Uzbekistan. Excellencia: International Multi-disciplinary Journal of Education (2994-9521), 2(4), 556-560.

Otabek, A., & Otabek, B. (2023, January). Alternative energy and its place in ensuring the energy balance of the Republic of Uzbekistan. In AIP Conference Proceedings (Vol. 2552, No. 1). AIP Publishing.

Akhmedov, O., & Begmullaev, O. (2020). The ways ensuring energy balance in Uzbekistan. In E3S Web of Conferences (Vol. 216, p. 01137). EDP Sciences.

Наиболее читаемые статьи этого автора (авторов)