International scientific journal
“Interpretation and researches”
Volume 1 issue 2 (48) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2
289
TARJIMADA JANR MASALASI
S. R. Matkarimov
Urganch davlat universiteti o‘qituvchisi
Annotatsiya:
Mazkur maqolada tarixiy asarlar tarjimasida janr masalasi
to‘g‘risida gap boradi. Qardosh bo‘lmagan xalqlarning adabiy meroslarini
o‘girishdagi muammolar haqida so‘z yuritiladi.Sharq adabiyotidagi janrlarning o‘ziga
xosligi aytiladi.
Kalit so‘zlar:
adabiyot, janr, ruboiy, g‘azal, tarjimashunoslik, mumtoz she’riyat,
sharq.
Аннотация:
В данной статье рассматривается вопрос о жанре перевода
исторических произведений. Речь идет о проблемах преобразования
литературного наследия неродственных народов.Уникальности жанров в
восточной литературе.
Ключевые слова:
литература, жанр, рубаи, газель, переводы,
классическая поэзия, Восток
Annotation:
This article examines the issue of the genre of translation of
historical works. We are talking about the problems of transforming the literary
heritage of unrelated peoples.The uniqueness of genres in Oriental literature.
Keywords:
literature , genre, rubai , gazelle, translations, classical poetry, East.
Kirish.
Jahon adabiyotida asrlar mobaynida turli xalqlarning adabiy izlanishlari
natijasida voqelikni badiiy ifoda etishning har xil shakllari kashf etilgan. “Badiiy
tafakkur mevasi bo‘lmish so‘z san’atining tur va xillari, uslub va usullari rang-barang
bo‘lganidek, uning tarjimasida ham xilma-xil tadbirlar, yo‘llar, usul va uslublar
mavjud”
Har qanday janrning o‘z tarkibiy tuzilishi, tasvir usuli, ifoda imkoniyati
bo‘lganidek, ularni tarjima qilishning ham o‘ziga xos talablari mavjud.” Avvalo, janr
masalasi shunchaki shakl masalasi emas. Unda, muayyan xalqning asrlar davomida
tarkib topgan badiiy an’anasi, butun bir psixologiyasi ifodalangan bo‘ladi. Ana shu
nuqtayi nazardan kelib chiqib, janr muammosi milliylik muammosi bilan
chambarchas bog‘liq. Janrning o‘ziga xosligini tarjimada aks ettirish o‘zga xalqning
milliy xususiyatlarini berishga urinish demakdir. Bu esa badiiy tarjima nazariyasining
janr spetsifikasi bilan bog‘liq maxsus muammolari ham borligidan darak beradi”
Qardosh tillardan tarjimada ham bu masala nisbatan oson hal qilinadi, zero bunda
ko‘pincha vazn muammosiga duch kelinmaydi ham. Chunki qardosh xalqlarning
tarixi, dini, madaniyati adabiyoti mushtarak an’analar asosida rivojlanganidan
she’riyatiga ham yagona she’riy tizim amal qiladi.
International scientific journal
“Interpretation and researches”
Volume 1 issue 2 (48) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2
290
Mavzuga oid adabiyotlarning tahlil va tadqiqot metodologiyasi
. Mumtoz
she’riyat janrlari asrlar davomida shakllanib, o‘z takomiliga erishgan. Shunga
muvofiq, ulardan o‘z mavzu qamrovi tasvir usullari ifoda imkoniyati va albatta o‘z
vazni mavjud. Masalan, tuyuq, dubaytiy kabi janrlar faqat bitta vaznda yaratilsa,
ruboiy bir vaznning turli tarmoqlarida yoziladi. Masnaviylar hajaz, ramal, mutaqorib
bahrlarining nisbatan ixcham bo‘lgan musaddas vaznlarida bitiladi. G‘azal bu
jihatdan keng imkoniyatlarga ega bo‘lib, aruzning deyarli barcha bahr va vaznlarida
ijod qilinishi mumkinligiga qaramay, muayyan vazndagi g‘azalni boshqa vaznga
solib tarjima qilishni tarjima nazariyasi oqlamaydi.
Mazmun jihatidan esa, qit’a tarjimasida pand-nasihatni, ruboiy tarjimasida
falsafiylikni, g‘azal tarjimasida lirik kechinmalarni yetkazib berish lozim. Dramatik
asarlar tarjimasiga kelganda esa, dramada dramatizmni, tragediyada fojiani,
komediyada kulguni chiqarish muhim.
Yirik epik asarlardan tortib eng kichik lirik janrlargacha har birining o‘z
mazmuni, shakli, ritmi, uslubi mavjud. Hatto har bir jumlaning ham o‘z qurilish
qolipi bo‘ladi. “Chunki fikr o‘z qolipi bilan fikr. Qolipi o‘zgardimi, fikrda ham ozmi-
ko‘pmi o‘zgarish yuz berishi tabiiy”.
Tarjimada asarning faqat mazmuni va shaklinigina emas, balki ritmini ham
berishi muhim. “Har bir badiiy mazmun o‘shanga mos keladigan ohangni talab etadi.
Harbiy marsh-lirik she’r ohangida, ruboiy- sochma ohangida, g‘azal-ballada
ohangida, marsiya- yor-yor ohangida yozilmaydi va tarjima qilinmaydi”
Har bir adabiy janr tarjimasining mazmun, shakl, ritm, ohang, qofiya, badiiy
san’atlar va boshqa jihatlardan o‘ziga xosliklari bo‘lib, bu tarjimon zimmasiga
qo‘shimcha qiyinchiliklar yuklaydi. U tarjimondan ikki til, ikki adabiyotni bilishdan
tashqari, badiiyat qonun-qoidalari, adabiy janrlarning o‘ziga xos xususiyatlaridan
yetarli darajada xabardor bo‘lishini taqozo qiladi. Chunki bir janrdagi asarni boshqa
janrga solib tarjima qilish, agarchi tarjima amaliyotida bunday hodisalar uchrasada,
amalda mumkin emas. Bunda bir badiiy estetik voqelik o‘rnini, butunlay boshqa
badiiy-estetik voqelik egallaydi.
Vazn sistemasi har bir xalq she’riyatida betakror va o‘ziga xosdir. O‘zbek
she’riyatida barmoq vazni bo‘g‘inlar soniga asoslanadi. Nechta unli tovush bo‘lsa,
shuncha bo‘g‘in hisoblanadi. Fransuz tilida esa so‘zda talaffuzda tushib qoladigan
unlilar bo‘lib, bo‘g‘in ma’lum qoidalarga asosan hisoblanadi. O‘zbek va fransuz
she’riyatini taqqoslasak Fransuzlarning “ Rolan haqida qo‘shiq” asari dekasillab o‘n
bo‘g‘inni tashkil qiladi. O‘zbek she’riyatida ritm ikki xil vaznga asosan yaratiladi:
aruz hamda barmoq vazni. Aruz o‘zbek adabiyotiga biroz keyinroq, arab xalqlaridan
kirib kelgan, barmoq vazni esa xalq og‘zaki ijodi namunalarining asosini tashkil
qiladi.
International scientific journal
“Interpretation and researches”
Volume 1 issue 2 (48) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2
291
Barmoq sistemasida ritm o‘zbek tilining fonetikasi, morfologiyasi va
sintaksisiga, asosiy lug‘at jamg‘armasi va lug‘at tarkibiga, ichki rivojlanish
qonuniyatiga tayanadi.
Har bir xalq she’riyatida jumladan o‘zbek va fransuz she’riyatida ham she’r
ritmining eng kichik elementi bo‘g‘in hisoblanadi. Shu jihatdan jahon xalqlari
adabiyotida uch hil she’riy tizimlar farqlanadi: sillabik , tonik, sillabo-tonik. Sillabik
sistemalar faqatgina bo‘g‘inlar soniga asoslanadi. Tonik vaznlarda bo‘g‘inning sifatiy
ko‘rinishi muhim rol o‘ynaydi. Uchinchi, she’rning sillabo-tonik tartibli jarangosida
bo‘g‘inlarning har ikki jihati sifatiy va miqdoriy o‘zgarishi muhimdir. Fransuz
she’riyati sillabik she’r tizimiga tegishli bo‘lib, bo‘g‘inlar soniga asoslanadi. O‘zbek
barmoq tizimi ham sillabik vazn hisoblansada tillar o‘rtasidagi fonetik va grammatik
farqlar tufayli tarjimada biroz nomuqobillik paydo bo‘ladi.
Tarjimon ma’lum bir xalq she’riyati namunalarini boshqa tilga o‘girar ekan,
uning dastlabki vazifasi tarjima tilidan asliyat ritmiga yaqin bo‘lgan vaznni topishdir.
G‘azalda asosan vazn va ritm yetakchilik qiladi. O‘quvchi ularni eng birinchi o‘rinda
qabul qiladi. Xatto g‘azal mazmuni ham bir necha satr yoki baytdan so‘ng vazn va
ritm bilan birga oydinlashadi. G‘azalning musiqiyligi va ritmik tuzulishining
ahamiyati shulardan kelib chiqadi, ya’ni tarjimada vazn birligi asoslangan holda
tanlanib, muqobil she’riy ton topiladi. She’riy tarjimada muqobil ton tanlash degan
ma’lum bir tuzilgan qonun –qoida yo‘q bu tarjimon mahoratiga bog‘liq bo‘ladi.
”Asliyat vazni” yoki aksincha” tarjimani o‘quvchisiga tushunarli vazn” to‘g‘risida
ko‘plab fikrlar bildirilgan.
Tarjimon ikki milliy adabiyot o‘rtasida ko‘prik vazifasini o‘taydi. Uning qalbida
asliyat muallifi yashaydi. Asliyatni butun borlig‘i bilan singdiradi, muallif qanday
tuyg‘ular bilan yaratgan bo‘lsa, tarjimon ham shu tuyg‘ularni his qiladi. Nemis
tarjimoni Alfred Kurella Navoiy asarlarini o‘z tiliga o‘girishda shoir G‘ofur
G‘ulomdan, matnlarni barcha badiiy qonuniyatlarga amal qilgan holda o‘qib berishini
so‘raydi. “U esa o‘zbek she’rining musikasini, nozikligini anglashim uchun, bir necha
soatlar davomida menga Navoiyning g‘azallarini o‘qib berardi. Agar o‘ziga xos
qag‘oz bo‘lganda, undan she’rning jarangini yozib berishini so‘ragan bo‘lar
edim”deydi A. Kurella.
Tahlil va natijalar.
Fransuz sillabikasi bilan o‘zbek g‘azal vaznini qiyoslab
ko‘rsak, bir necha farqlarni kuzatamiz. Birinchidan fransuz sillabikasida faqat
talaffuz etilgan unli tovushlargina bo‘g‘in tashkil qiladi. Ikkinchidan fransuz
she’riyatida sakkiz bo‘g‘indan qisqa vaznli she’rlar qisqa she’r hisoblansa, eng ko‘p
va mashhur qo‘llanilgan vaznlar juft vaznlar: oktosillab, dekasillab dodekasillab yoki
aleksandriya vaznlaridir. Biroq nomuqobillik qoidalariga ko‘ra hozirgi zamon fransuz
she’riyatida she’r ichki, kichik va bosh turoqlarga bo‘linishi mumkin. She’riy
ijoddagi bo‘g‘inlar soni o‘n bir bo‘lsa dodekasillab, to‘qqiz bo‘g‘inli dekasillab,
International scientific journal
“Interpretation and researches”
Volume 1 issue 2 (48) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2
292
sakkiz bo‘g‘inli enneasillab, yettilik vazn esa oktosillab orqali beriladi. O‘zbek
she’riyatidagi g‘azal janri esa 11, 14, 15, 16 ta bo‘g‘indan tashkil topgan bo‘lishi
mumkin.
Le mouvement du rythme
• L'accord du mètre et de la syntaxe
– Il suggère l'équilibre, la symétrie, la fluidité.
Exemple: Valéry, “Le Cimetière marin”;
Ce toit tranquille, où marchent des colombes,
Entre les pins palpite, entre les tombes.
Bu ikki qator dekasillab ritmga ega she’riy ijod. Birinchi qator vergulgacha 4 va
6 bo‘g‘inli , Ikkichi qator vergulgacha 6 va 4 bo‘g‘inli, Umumiy o‘n bo‘g‘inli. 4 // 6
et 6 // 4.
Dans le second vers, en outre, le verbe commande les deux compléments
circonstanciels, en équilibre parfait de part et d'autre:
Entre les pins / palpite // entre les tombes
4 2 4
Fransuz she’riyatida g‘azaldan farqli ravishda (la poésie ) deb ataladigan
she’riyat bor bo‘lib, uning ham yillar mobaynida shakllangan qonun-qoidalari
mavjud. Bular frazadagi bo‘g‘inlar soni, qofiya va ritmdir. Fransuzcha she’riyatning
12 turlik o‘lchami bo‘ladi. Bular o‘n ikki bo‘g‘inli dodekasillab yoki Aleksandriya
uslubi deyiladi va u eng ko‘p o‘lchamli hisoblanadi. U o‘z nomini qadimgi rimdan
olgan XII asrda juda urf sanalgan. Hozirda uning ikki turi bo‘lib, birinchisi
Aleksandrin biner, ikkinchisi Aleksandrin terner deb ataladi (l'alexandrin binaire
(tétramètre) et l'alexandrin ternaire (trimètre).
La/ sot/ti/se, //l'er/reur // le/ pé/ché, // la /lé//sin/(e)
{=3+3\\3+3}
Occu\pent nos esprits \\ et travail \ lent nos corps
{2+4\\3+3 har bir misra 12 bo‘g‘indan iborat.
Yuqoridagi ikki qator frazalar ritmik guruhlarga bo‘lingan bo‘lib, har bir guruh
3 bo‘g‘indan tashkil topgan. Ikkinchi frazadagi birinchi va ikkinchi ritmik guruhlarni
birinchisi 2 ikkinchisi 4 bo‘g‘inli bo‘lib, umumiy natija 12 ga teng. Yuqorida
tarjimasi tahlil qilinayotgan g‘azal esa 16 bo‘g‘indan iborat:
Tun/ oq//shom/ kel//di /kul//bam /sa//ri/ ul /gul//ruh// shi//tob/ ay//lab,
Cette/ nuit/ son/ vi//sage/ fleu//ri /pé/nètre/ de/ for//ce/ mon/ tau//dis,
Birinchi misraning asliyatdagi bo‘g‘inlar soniga fransuz tiliga tarjimasidagi
bo‘g‘inlar soni teng emas. Tarjimadagi bo‘g‘inlar soni 15 ga teng bo‘layapdi.
Yuqoridagi fransuzcha she’rning bir misrasida bo‘g‘inlar soni 12 teng va bu eng katta
o‘lchov deb qaraladi.
L'alexandrin ternaire (ou trimètre)
International scientific journal
“Interpretation and researches”
Volume 1 issue 2 (48) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2
293
Il repose sur trois accents:
Elle peignait ses cheveux d'or je croyais voir .
– El/le/ peign/ait\ ses/ che/veux/ d'or\ je/ croy/ais /voir.
4 4 4
Bunda bir qator fransuzcha she’r to‘rt bo‘g‘inli 3 aqsandan iborat va jami 12
bo‘g‘inli.
Xulosa
o‘rnida shuni aytish mumkinki, mana shular kabi uzoq yillar davomida
shakllangan adabiyotdagi qonun-qoidalar sabab, qardosh bo‘lmagan uzoq xalqlar
she’riyatidagi janrlarni to‘g‘ridan–to‘g‘ri bir-biriga mos tarjima qilib bo‘lmaydi. Shu
bois tarjimonlar ko‘pincha tarjimaning “erkin tarjima” turidan ko‘proq
foydalanadilar. Buning natijasida asliyatga nisbatan tarjima nusxa ayrim kamomad
yoki yutuqli bo‘lishi mumkin.
Foydanalanilgan adabiyotlar:
1.Ochilov E. Tarjimashunoslik. -Toshkent, 2022. 191-bet;
2. Salomov G‘., Komilov N. Jahongashta ruboiylar// Tarjima san’ati (Maqolalar
to‘plami), 3-kitob. 97-bet. O‘sha kitob . 98-bet.
3. Ochilov. E. Tarjimashunoslik. -Toshkent, 2022. Olimov S. Navoiyning
sharqshunos shogirdi. –Toshkent: “Fan”, 1990. 47-bet.
4. Salomov G‘. Tarjima tashvishlari. –Toshkent: G‘.G‘ulom nomidagi Adabiyot
va san’at nashriyoti, 1983. 44-bet.
5. Nasiriddinova Yo.A. Dissertatsiya PhD “O‘zbek folklori va mumtoz adabiyoti
fransuz tilida” Andijon 2019 , -83 bet. O‘sha manba 88 bet.
6.Nasiriddinova Yo.A. Dissertatsiya PhD “ O‘zbek folklori va mumtoz adabiyoti
fransuz tilida” Andijon 2019 ,121-122. bet.
