Авторы

  • Умида Камалова
    Toshkent Kimyo Xalqaro universiteti

Биография автора

  • Умида Камалова, Toshkent Kimyo Xalqaro universiteti
    Boshlang’ich ta’lim o‘qitish metodikasi va nazariyasi 2- kurs magistranti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.international-scientific.70023

Ключевые слова:

kreativlik tafakkur innovatsiya qobiliyat sermahsullik innovatsion yondashuv.

Аннотация

Ushbu maqolada boshlang’ich sinf o`quvchilarini kreativ o`qitish orqali ta’lim sifatini oshirish imkoniyatlari bayon qilingan.


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 1 issue 2 (48) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

294

BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINI KREATIV O‘QITISH ORQALI

TA’LIM SIFATINI OSHIRISH IMKONIYATLARI

Kamalova Umida

Toshkent Kimyo Xalqaro universiteti Boshlang’ich ta’lim o‘qitish metodikasi va

nazariyasi 2- kurs magistranti

Annotatsiya:

Ushbu maqolada boshlang’ich sinf o`quvchilarini kreativ o`qitish

orqali ta’lim sifatini oshirish imkoniyatlari bayon qilingan.

Kalit so’zlar:

kreativlik, tafakkur, innovatsiya, qobiliyat, sermahsullik,

innovatsion yondashuv.

Pedagogika va psixologiyada kreativlik xususiyatlarining rivojlanishi.ko’ogina

omillarga bog’liq.Ta’limning zamonaviy globallashuv va axborotlashuv sharoitida
rivojlanishi va takomillashuvini innovatsiyalarning turli shakllarini tadqiq etmasdan,
bugungi kunda mutaxassisni nimaga va qanday tayyorlashga bir qator yondashuv va
munosabatlarni tamoyillar asosida ko‘rib chiqmasdan amalga oshirish mumkin emas.
Shu bilan birgalikda, oliy maktab pedagogik tarkibi jadal rivojlanayotgan innovatsion
ta’lim tizimi, birinchi navbatda, ijodiy qobiliyatlar, ijod potensiali, o‘z-o‘zini ijodiy
rivojlantirish, ijodiy individuallik va kreativlik talablariga javob berish muammosiga
katta e’tibor qaratishi lozim.Shaxsning ijodkorlik imkoniyatlarini tadqiq etishga
bo‘lgan ijtimoiy buyurtma kreativlik muammosining alohida muhimligini
belgilaydi.

61

Albatta biz bilamizki zamonlar o’zgaruvi vaqtlar o’tishi bilan yangi yoki

takomillashgan metodlar ta’lim jarayoniga tadbiq etila boshlaydi. Bu avvalo
sohalarda ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan bo’ladi. Kreativlik bilan shaxs va
intellektual xossalar taqqoslangan tadqiqotlar katta ahamiyatga egadir. Intellektual
xossalar bilan taqqoslash bo’yicha tadqiqotlar Dj. Gilford tomonidan amalga
oshirilgan. Kreativlik – bu insonning shaxsiy xususiyati bo`lib, uning o’z-o’zini
takomillashtirib va rivojlantirib borishi bilan bog’liq. Kreativlik (lot., ing. “create ” –
yaratish, “creative ” yaratuvchi, ijodkor) –individning yangi g`oyalarni ishlab
chiqarishga tayyorlikni tavsiflovchi hamda mustaqil omil sifatida iqtidorlilikning
tarkibiga kiruvchi ijodiy qobiliyati. Shaxsning kreativligi uning tafakkurida,
muloqotida, his-tuyg’ularida, muayyan faoliyat turlarida namoyon bo`ladi.

62

Ya’ni

kreativlik insonlarning tafakkurida, bilish jarayonlarida umuman insonning har
qanday faoliyatida namoyon bo’ladi. Boshlang’ich sinf o’qituvchilarining kreativ

61

R.A.Mavlonova, N.H.Rahmonqulova, K.O.Matnazarova, P.Q.Xolmatov, M.K.Shirinov “Umumiy pedagogika”

toshkent-2016 192-bet

62

Gulnora Abduraxmonovna Yusufaliyeva, Noila Nasim qizi Abduraxmonova, Aziza Mirzabek qizi To’rabekova

“Boshlang’ich sinf o’quvchilarida kreativ qobiliyatlarni rivojlantirishda o’qituvchining roli” Academic research in
educational sciences volume 2 | issue 4 | 2021
issn: 2181-1385 scientific journal impact factor (sjif) 2021: 5.723


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 1 issue 2 (48) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

295

salohiyatini rivojlantirish kasbiypedagogik faoliyatda zarur bo’ladigan quyidagi
omillarga e’tibor qaratishni taqozo etadi: yangi-yangi g’oyalarni yaratishda faollik
ko’rsatish,ilg’or pedagogik yutuq va tajribalarni mustaqil o’rganish, o’qituvchi va
hamkasblar bilan pedagogik yutuqlar xususida fikr almashish.Har bir mutaxassisning
o’qituvchi sifatida o’zini o’zi rivojlantirishi va o’zini o’zi namoyon eta olishi bevosita
uning kreativlik qobiliyatiga egaligi bilan bog’liq.O’qituvchining kreativlik salohiyati
uning umumiy xususiyati sifatida aks etadi. U ijodiy faoliyatning dastlabki sharti va
natijasi sanaladi. Mazkur sifat shaxsning o’zo’zini namoyon qilish layoqatiga
egalikni va tayyorlikni ifodalaydi. Qolaversa, kreativ salohiyat negizida har bir
mutaxassisning shaxsiy qobiliyatlari, tabiiy va ijtimoiy quvvati yaxlit holda namoyon
bo’ladi. Kreativ salohiyat bilish jarayoniga yo’naltirilgan ijodkorlik bilan
chambarchas bog’liq. Boshlang’ich sinf o’qiuvchilarining kreativ salohiyatini
rivojlantirish quyidagi to’rt yo’nalish bo’yicha harakat qilishni talab qiladi:

1) O’qituvchilarning ijodiy fikrlash ko’nikmalarini namoyish etishi va erkin

faoliyat yuritishi uchun zarur shart-sharoitni yaratish

2) O’quvchilar tomonidan o’quv fanlarini qiziqish bilan o’zlashtirishiga
rag’batlantiruvchi strategiyani joriy etish;
3) Innovatsion yondashuv va pedagogik masala (muammolarning
yechimi)ni topishda ijodiy yondashuvning ustivorligini ta’minlash;
4) Belgilangan ta’limiy-tarbiyaviy vazifalarni to’laqonli bajarish orqali

kutiladigan natijaga erishish.

63

Ya’ni kreativ fikirlash uchun bir qancha

yondashuvlarning samarasi isbotlangan. Shuningdek, kreativ fikrlash oʻquvchilarning
taʼlim olishini hodisalar, tajribalar xatti-harakatlarni yangicha va shaxsan mazmunli
usulda

talqin

etish

orqali

qoʻllab-quvvatlaydi. Oʻquvchining xayoli va

qiziquvchanligi taʼlim jarayonida qoʻl keladi: ijodiy fikrlash shu tariqa oʻzaro
kelishuvchanlik vositasiga aylanadi, hattoki avvaldan belgilangan taʼlim maqsadlari
kontekstida ham. Maktabda oʻquvchining motivatsiyasi va qiziqishini oshirish uchun,
barcha oʻquvchilarning ijodiy salohiyati va shijoatini hisobga oluvchi taʼlimning
yangi shakllari yoʻlga qoʻyilishi zarur. Bu ayniqsa taʼlim jarayoniga unchalik qiziqish
bildirmayotgan oʻquvchilarga yordam berishi mumkin va ular oʻz fikrini ayta
olishiga, salohiyatini ochishiga xizmat qiladi. Shaxsning ijodiy fikrlay olish
qobiliyatining eng keng tarqalgan koʻrsatkichi – bu ko‘pincha gʻoyaviy sermahsullik
deb ataladigan, inson ishlab chiqishga qodir bo‘lgan g‘oyalar miqdoridir. Darhaqiqat,
gʻoyaviy sermahsullik shaxsning ijodiy faollikka moyilligini aniqlashda eng koʻp
ishlatilgan oʻlchamdir. Kreativ yondashuv va yutuqlar dunyo boʻylab fan va
texnologiyadan tortib, falsafa, sanʼat va gumanitar fanlar kabi turli sohalarda

63

Ne’matov Bo’ritosh Saydullayevich “Boshlang’ich sinf o’qituvchilarida kreativ salohiyatni rivojlantirishning

pedagogik xususiyatlari”
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciencesVOLUME 1 | ISSUE 9ISSN 2181-1784. 905-
906 bet


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 1 issue 2 (48) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

296

insoniyat tamaddunini ilgari surgan. Demak, kreativ fikrlash shunchaki tasodifiy
gʻoyalar berishdan kattaroq narsadir. U insonga baʼzan murakkab sharoitlarda,
yanada yaxshiroq natijaga erishishga imkon beruvchi bilim va tajribaga asoslangan
real koʻnikmadir. Butun dunyoda jamiyatlar va tashkilotlar muammolarni hal etishda
innovatsion bilim va yaratuvchanlikka tobora ehtiyoj sezmoqdalar, bu esa, oʻz
navbatida, ish boʻlgan innovatsiya va kreativ fikrlash ahamiyatini yanada
kuchaytirmoqda. Taʼlimning asosiy vazifasi oʻquvchida jamiyatda muvaffaqiyatli
hayot kechirishi uchun bugun va kelajakda kerak boʻladigan koʻnikmalarni
shakllantirishdir. Kreativ fikrlash bugungi yoshlar ega boʻlishi kerak boʻlgan muhim
koʻnikmadir. Bu koʻnikma ularga doimiy tarzda va shiddat bilan oʻzgarayotgan,
oddiy savodxonlikdan tashqari «XXI asr» koʻnikmalariga ega ishchilarni taqozo
etayotgan dunyoga moslashishga koʻmaklashadi. Umuman olganda, bugungi
oʻquvchi kelajakda hozir hatto mavjud boʻlmagan sohalarda ishlashi, yangi
muammolarni yangi texnologiyalar orqali hal etishi kutilmoqda. Oʻquvchida kreativ
fikrlash koʻnikmasini shakllantirish ularga tobora murakkablashayotgan mahalliy va
global muammolarni noodatiy yondashuv orqali hal etish imkonini beradi. Maktabda
kreativ fikrlashni rivojlantirishning ahamiyati faqatgina mehnat bozori bilan
cheklanmaydi. Maktab yoshlar uchun oʻz qobiliyat va koʻnikmalarini, shu jumladan
ijodiy talantlarini kashf etishda muhim ahamiyatga ega. Kreativ fikrlash taʼsiri butun
jamiyatga sezilarli innovatsiya turlarining ortida turishi rost, lekin u ayni damda
universal va teng lashtiruvchi xususiyatga ega fenomen hamdir, yaʼni har qanday sh
axs, u yoki bu darajada, kreativ fikrlash qobiliyatiga ega . Darhaqiqat, taʼlim
sohasidagi mutaxassislar va psixologlarning fikriga koʻra, ijodiy faoliyat bilan
bogʻliq fikrlash jarayonlarida mashgʻul boʻlish deb tushunilgan kreativ fikrlash bir
qator boshqa shaxsiy koʻnikmalarning ham rivojlani shiga olib keladi. Shular
jumlasiga metakognitiv qobiliyat, insonlar bilan muomala qilish va shaxsning oʻzini
yaxshiroq anglash koʻnikmalari, muammoni hal etish koʻnikmalari kiradi. Ustiga-
ustak, shaxs kamoloti, taʼlim olishdagi muvaffaqiyati, kelajakdagi kasbiy
muvaffaqiyati va jamoatchilik orasidagi obroʻsi ham insonning kreativ fikrlash
koʻnikmasiga bogʻliq.

64

Xulosa qilib aytganda, kreativlik ilm-fan sohalarida, balki

hayotning turli jabhalarida muvaffaqiyatga erishishda muhim omil bo'lib xizmat
qiladi.Ya’ni kreativlikning rivojlanishi orqali inson o'z imkoniyatlarini kengaytirishi,
jamiyatda innovatsion yondashuvlarni amalga oshirishi mumkin.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:

1 R.A.Mavlonova, N.H.Rahmonqulova, K.O.Matnazarova, P.Q.Xolmatov,

M.K.Shirinov “Umumiy pedagogika” toshkent-2016 192-bet

64

Tashmatova Shalola “Boshlang`ich sinf o`quvchilarining kreativligi, uning ijodiy faoliyatida paydo bo’lishi va

rivojlanishi bosqichlari”Образование и инновационные исследования (2023 год № 8) 234-bet


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 1 issue 2 (48) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

297

2 Gulnora Abduraxmonovna Yusufaliyeva, Noila Nasim qizi Abduraxmonova,

Aziza Mirzabek qizi To’rabekova “Boshlang’ich sinf o’quvchilarida kreativ
qobiliyatlarni rivojlantirishda o’qituvchining roli” Academic research in educational
sciences volume 2 | issue 4 | 2021

3 Ne’matov Bo’ritosh Saydullayevich “Boshlang’ich sinf o’qituvchilarida

kreativ salohiyatni rivojlantirishning pedagogik xususiyatlari”Oriental Renaissance:
Innovative, educational, natural and social sciencesVOLUME 1 | ISSUE 9ISSN
2181-1784. 905-906 bet

4 Tashmatova Shalola “Boshlang`ich sinf o`quvchilarining kreativligi, uning

ijodiy faoliyatida paydo bo’lishi va rivojlanishi bosqichlari”Образование и
инновационные исследования (2023 год № 8) 234-bet

Библиографические ссылки

R.A.Mavlonova, N.H.Rahmonqulova, K.O.Matnazarova, P.Q.Xolmatov, M.K.Shirinov “Umumiy pedagogika” toshkent-2016 192-bet

Gulnora Abduraxmonovna Yusufaliyeva, Noila Nasim qizi Abduraxmonova, Aziza Mirzabek qizi To’rabekova “Boshlang’ich sinf o’quvchilarida kreativ qobiliyatlarni rivojlantirishda o’qituvchining roli” Academic research in educational sciences volume 2 | issue 4 | 2021

Ne’matov Bo’ritosh Saydullayevich “Boshlang’ich sinf o’qituvchilarida kreativ salohiyatni rivojlantirishning pedagogik xususiyatlari”Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciencesVOLUME 1 | ISSUE 9ISSN 2181-1784. 905-906 bet

Tashmatova Shalola “Boshlang`ich sinf o`quvchilarining kreativligi, uning ijodiy faoliyatida paydo bo’lishi va rivojlanishi bosqichlari”Образование и инновационные исследования (2023 год № 8) 234-bet