International scientific journal
“Interpretation and researches”
Volume 1 issue 3 (49) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2
8
O‘QUVCHILARNING KREATIV
SIFATLARINI OSHIRISHDA VERTIKAL
FIKRLASH (VF) VA LATERAL FIKRLASHNING (LF) AHAMIYATI
Abdushukurova Nazokat Abdug‘affor qizi
Toshkent KIMYO xalqaro universiteti II-bosqich magistranti
Annotatsiya:
Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ijodiy
fikrlash ko‘nikmasini, ta’lim oluvchilarning kreativ sifatlarini hamda muammoli
vaziyatlarda noodatiy yondashuvni shakillantirishga turtki bo‘ladigan vertikal (VF),
lateral (LF) fikrlashning mazmun-mohiyati, o‘ziga xos xususiyatlari yoritilgan.
Kalit so‘zlar:
Kreativlik, vertikal (VF), lateral (LF) fikrlash
,
zamonaviy ta’lim,
tanqidiy fikrlash, tassavur, muammoli vaziyat.
Аннотация:
В данной статье освещаются содержание, специфика
вертикального (ВФ), латерального (ЛФ) мышления, которые способствуют
формированию у младших школьников навыков творческого мышления,
творческих качеств обучающихся, а также необычного подхода в проблемных
ситуациях.
Ключевые слова:
креативность, вертикальное (ВФ), латеральное (ЛФ)
мышление, современное образование, критическое мышление, воображение,
проблемная ситуация.
Annotation:
This article highlights the content and specifics of vertical (VF),
lateral (LF) thinking, which contribute to the formation of creative thinking skills in
younger students, creative qualities of students, as well as an unusual approach in
problem situations.
Keywords:
creativity, vertical (VF), lateral (LF) thinking, modern education,
critical thinking, imagination, problematic situation.
Hozirgi zamonaviylashgan dunyoda o‘quvchilardan kreativ sifatlarga egalik
ularni hayot faoliyatlarida qo‘llab ko‘rib to‘g‘ri xulosalar chiqarish malakalari talab
qilinmoqda.
Ta’lim
faoliyatida
o‘quvchilarning
kreativ
qobiliyatlarini
rivojlantirishning asosiy mexanizmi bu o‘quv jarayonini ular shaxsiga yo‘naltirish
hisoblanadi. Bu esa, o‘z navbatida, o‘quvchilarni axloqiy hamda kasbiy yetuklik,
mustaqillik, nazariy-tahliliy faoliyatga undash imkonini beradi. Buning natijasida
o‘quvchilarda o‘z-o‘zini rivojlantirish, yaratuvchilik, faollik, hayotiy faoliyatga o‘zini
tayyorlash va moslashtirish kabi layoqatlarni tarkib toptiradi.
Boshlang‘ich sinf o‘qiuvchilarida kreativ sifatlarni rivojlantirish jarayonining
umumiy ahamiyatini anglash uchun dastlab “kreativlik”, “keativ yondashuv”
tushunchalarining ma’nosini tushunib olish talab etiladi. Kreativlik atamasi Angliya-
International scientific journal
“Interpretation and researches”
Volume 1 issue 3 (49) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2
9
Amerika psixologiyasida 60-yillarda paydo bo‘ldi. U individning yangi tushuncha
yaratishi va yangi ko‘nikmalar hosil qilish qobiliyati, xislatini bildiradi. Kreativlik
(lot., ing. “create” – yaratish, “creative” yaratuvchi, ijodkor) – shaxsning yangi
g‘oyalarni ishlab chiqishga tayyorligini tavsiflovchi hamda mustaqil omil sifatida
iqtidorlilikning tarkibiga kiruvchi ijodiy qobiliyati ma’nosini ifodalaydi. Shaxsning
kreativligi uning tafakkurida, muloqotida, his-tuyg‘ularida, muayyan faoliyat
turlarida namoyon bo‘ladi
. Kreativlik shaxsni yaxlit holda yoki uning muayyan
xususiyatlarini, zehni o‘tkirlikni tavsiflaydi. Shuningdek, kreativlik iqtidorning
muhim omili sifatida aks etadi. Tadqiqotchi G. Ibragimova interfaol o‘qitish
jarayonida ta’lim oluvchilarda kreativlikning rivojlantirish bosqichlarini quyidagicha
ifodalab o‘tgan
1.
Reproduktiv-tavakkalchilik bosqichi.
Bu bosqich ta’lim oluvchilarda
kreativ faoliyat, kreativ faollik va ijodkorlikka bo‘lgan moyillikni qaror toptirish,
ta’limdagi innotvasion texnologiyalarning mohiyatini anglash va yangi g‘oyalarning
tug‘ilishi, shakllanishi bilan tavsiflanadi.
2.
Ijodiy-izlanish
tadqiqotchilik
bosqichi.
Ta’lim
oluvchilardagi
tadqiqotchilik, ijodiy faollik, nostandart tafakkur, bilish mustaqilligi, improvizatsiya,
yangilik yaratish ko‘nikmalarining shakllanishi bilan belgilanadi.
3.
Kreativlik, novatorlik bosqichi.
Yaratilgan yangilikni amalda qo‘llash,
baholash, tahlil qilish, ommalashtirish va uni keng tatbiq etish hamda istiqbolga
yo‘naltirilgan strategik rejalarni tuzish bilan bog‘liq jarayonlarni o‘z ichiga oladi.
Patti Drapeau nuqtai nazariga ko‘ra kreativ fikrlash, eng avvalo, muayyan
masala yuzasidan har tomonlama fikrlash sanaladi. Har tomonlama fikrlash
o‘qituvchilardan o‘quv topshirig‘i, masalasi va vazifalarini bajarishda ko‘plab
g‘oyalarga tayanishni talab etadi. Bundan farqli ravishda bir tomonlama fikrlash esa
birgina to‘g‘ri g‘oyaga asoslanishni ifodalaydi. Mushohada yuritishda muammo
yuzasidan bir va ko‘p tomonlama fikrlashdan birini inkor etib bo‘lmaydi. Binobarin,
bir va har tomonlama fikrlash kreativlikni shakllantirishda birdek ahamiyat kasb
etadi. Ya’ni, topshiriqni bajarish, masalani yechishda shaxs yechimning bir necha
variantini izlaydi (ko‘p tomonlama fikrlash), keyin esa eng maqbul natijani
kafolatlovchi birgina to‘g‘ri yechimda to‘xtaladi
. Bugungi kunda kritik fikrlash har
bir o‘quvchi uchun zarur ko‘nikmadir. Shu sababli o‘quvchilarning fikrlash
jarayonlarida ijobiy o‘zgarish sodir qilish uchun ularga bir qancha savollar bilan
murojat qilish zarur. Bu savollar orqali o‘quvchilar fikrni rag‘batlantirish mumkin.
O‘quvchilarga doimiy ravishda savollar berib, fikrlarini tahlil qila olishlariga
1
Zulxumor Shuxradovna Mirzaeva Kreativlikning Mazmun- Mohiyati va uni Rivojlantirishning Pedagogik-Psixologik
Shart sharoitlari /Academic Research in Educational Sciences, 2023 368-b
2
Ибрагимова Г.Н. Интерфаол укитиш методлари ва технологиялари асосида талабаларнинг креативлик
кобилиятларини ривожлантириш. / Монография. – Т.: “Фан ва технологиялар”, 2016. – Б. 77.
3
Drapeau Patti. Sparking student creativity (practical ways to promote innovative thinking and problem soving). –
Alexandria – Virginia, USA: ASCD, 2014. – p. 260
International scientific journal
“Interpretation and researches”
Volume 1 issue 3 (49) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2
10
ko‘maklashish lozim. Misol uchun: “Nima uchun bunday qarorga keldingiz?”, “Bu
fikrni qanday dalil bilan qo‘llab-quvvatlaysiz?”, “Boshqa variantlaringiz bormi?”
kabi savollar bilan tahlil jarayonini boyitish mumkin. Shunday keng tarmoqli fikrlash
uchun ta’lim jarayonida vertikal va lateral fikrlashdan foydalanib dars jarayonlarini
olib borish maqsadga muofiqdir.
Lateral (yon tomondan) fikrlash - bu darhol aniq bo‘lmagan fikrlash orqali
bilvosita va ijodiy yondashuv yordamida muammolarni hal qilish uslubi. Unga faqat
an’anaviy bosqichma-bosqich mantiq yordamida erishib bo‘lmaydigan g‘oyalar
kiradi. Bu atama birinchi marta 1967 yilda Edvard de Bono tomonidan “the use of
Lateral Thinking” kitobida ishlatilgan. Lateral fikrlashni tanqidiy fikrlashdan farqlash
kerak. Tanqidiy fikrlash, birinchi navbatda, xulosalarning haqiqiy qiymatini baholash
va xatolarni izlash bilan bog‘liq bo‘lsa, lateral fikrlash xulosalar va g‘oyalarning
“harakat qiymati”ga ko‘proq e’tibor beradi. Inson ma’lum bir g‘oyadan yangi
g‘oyalarga o‘tish uchun lateral fikrlashni qo‘llaydi. Vertikal fikrlashning maqsadi
ham muammoga bitta jiddiy javobni berishdir. Vertikal fikrlash, javob allaqachon
mavjud bo‘lgan va ketma-ket vositalar yordamida tushuntirilishi kerak bo‘lgan
jarayonlarda ko‘proq qo‘llaniladi. Shu nuqtai nazardan, vertikal fikrlash orqali
olingan javob, shaxs uchun mavjud bo‘lgan ma’lumotlarni ko‘rib chiqishda
ko‘pincha “eng to‘g‘ri” deb hisoblanadi
. VF va LF ning ahamiyati: qaytadan faol
fikrlash;
tizimlashtirilgan:
ketma-ket yondashishni rag‘batlantiradi;
mantiqiy yondashuvni hisobga oladi;
ehtimol eng yuqori yo‘lni tutadi;
g‘oyalar bo‘yicha tahlil;
har bir qadamda albatta to‘g‘ri bo‘lishi kerak;
aralash va ahamiyatsiz bo‘lgan narsalarni chiqarib tashlaydi;
yaxshi tahlil qilingan, ammo qarorni qabul qilish qiyin;
Bugungi zamonaviy pedagog o‘quv jarayonlarini tashkil etishda birinchi bo‘lib
rejalashtirilgan bir turdagi mashg‘ulotlaridan voz kechib, o‘quvchilarning mustaqil
izlanishlariga zamin yaratishi, tanqidiy, mantiqiy, ijodiy tafakkurni shakllantirish va
rivojlantirish ustida ish olib borishi, ularning ijodiy fikrlash, ya’ni yangi g‘oyalarni
o‘ylab topishga majbur qilish, ta’lim olishga bo‘lgan qiziqishlarini o‘stirish, o‘quv
mashg‘ulotlariga
munosabatni
o‘zgartirish, ularni yutuqlarga erishishiga
rag‘batlantirishda asosiy vazifasi bo‘lishi kerak.
O‘quv mashg‘ulotlariga yetishmayotgan omil – ijodkorlik hisoblanadi. Bugungi
kunda boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ijodkor va kreativ bo‘lishi yoki bo‘lmasligi
4
B.B.Isxakov,S.Karimbayeva,“KREATIV FIKRLASH” FANIDAN/ O`QUV-USLUBIY MAJMUA, Namangan-2023,
47-48-b
International scientific journal
“Interpretation and researches”
Volume 1 issue 3 (49) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2
11
emas, balki ularning olgan bilimlarini faoliyatda ijodkorlik, kreativlik ruhida tashkil
etishi, yangi g‘oyalarni amaliy sinab ko‘rishi maqsadga muvofiq.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1.
Zulxumor Shuxradovna Mirzaeva Kreativlikning Mazmun- Mohiyati va uni
Rivojlantirishning Pedagogik-Psixologik Shart sharoitlari /Academic Research in
Educational Sciences, 2023 368-b
2.
Ибрагимова Г.Н. Интерфаол укитиш методлари ва технологиялари
асосида талабаларнинг креативлик кобилиятларини ривожлантириш. /
Монография. – Т.: “Фан ва технологиялар”, 2016. – Б. 77.
3
. Drapeau Patti. Sparking student creativity (practical ways to promote
innovative thinking and problem soving). – Alexandria – Virginia, USA: ASCD,
2014. – p. 260
4.
B.B.Isxakov,S.Karimbayeva,“KREATIV FIKRLASH” FANIDAN/ O`QUV-
USLUBIY MAJMUA, Namangan-2023, 47-48-b
