Авторы

  • Дилшодбек Курбонов
    Tarix instituti

Биография автора

  • Дилшодбек Курбонов, Tarix instituti
    kichik ilmiy xodimi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.international-scientific.72518

Ключевые слова:

Muhammad Vafo Karminagiy “Tuhfat ul-Honiy” Muhammad Hakimbiy Otaliq Nodirshoh Abulfayzhon.

Аннотация

Mazkur maqolada Muhammad Hakimbiy Otaliq va Nodirshoh o‘rtasidagi diplomatik aloqalar “Tuhfat ul-Honiy” asari asosida tahlil qilinadi. Aynan ushbu tarixiy manba orqali ikki tomon o‘rtasidagi muzokaralar, ularning sabab va oqibatlari, shuningdek, Buxoro xonligining o‘sha davrdagi siyosiy ahvoli haqida ilmiy asoslangan xulosalar chiqariladi.


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 1 issue 3 (49) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

16

MUHAMMAD HAKIMBIY OTALIQ VA NODIRSHOH O‘RTASIDAGI

MUZOKARALAR

(MUHAMMAD VAFO KARMINAGIYNING “TUHFAT UL-XONIY” ASARI

ASOSIDA)

Dilshodbek Qurbonov

Tarix instituti kichik ilmiy xodimi

Annotatsiya:

Mazkur maqolada Muhammad Hakimbiy Otaliq va Nodirshoh

o‘rtasidagi diplomatik aloqalar “Tuhfat ul-Honiy” asari asosida tahlil qilinadi. Aynan
ushbu tarixiy manba orqali ikki tomon o‘rtasidagi muzokaralar, ularning sabab va
oqibatlari, shuningdek, Buxoro xonligining o‘sha davrdagi siyosiy ahvoli haqida
ilmiy asoslangan xulosalar chiqariladi.

Kalit so‘zlar:

Muhammad Vafo Karminagiy, “Tuhfat ul-Honiy”, Muhammad

Hakimbiy Otaliq, Nodirshoh, Abulfayzhon.

Аннотация:

В данной статье анализируются дипломатические отношения

между Мухаммадом Хакимбием Оталиком и Надир-шахом на основе
произведения

«Туҳфат ул-Ҳоний»

. Этот исторический источник дает

представление о переговорах между сторонами, их причинах и последствиях, а
также о политической ситуации в Бухарском ханстве того времени. В
исследовании приводятся научно обоснованные выводы по этим аспектам.

Ключевые слова:

Мухаммад Вафо Карминагий,

«Туҳфат ул-Ҳоний»

,

Мухаммад Хакимбий Оталик, Надир-шах, Абулфайзхон.

Annotation:

This article analyzes the diplomatic relations between Muhammad

Hakimbiy Otaliq and Nadir Shah based on the work

Tuhfat ul-Honiy

. This historical

source provides insights into the negotiations between the two sides, their causes and
consequences, as well as the political situation of the Bukhara Khanate at that time.
The study presents scientifically grounded conclusions on these aspects.

Keywords:

Muhammad Vafo Karminagiy,

Tuhfat ul-Honiy

, Muhammad

Hakimbiy Otaliq, Nadir Shah, Abulfayz Khan.


Tarixiy jarayonlarni chuqur o‘rganish va tahlil qilish, muayyan davrning siyosiy,

ijtimoiy va madaniy xususiyatlarini aniqlash imkonini beradi. 18-yuzyillikning
birinchi yarmida O‘zbek davlatchiligi ijtimoiy-siyosiy hayotida tub burilish davri
bo‘ldi. Tarixiy manbalar, ayniqsa, o‘sha davr hodisalari guvohi bo‘lgan asarlar,
o‘tmish siyosiy jarayonlarini chuqur anglashda muhim ahamiyat kasb etadi. Shunday
bebaho manbalardan biri bu Muhammad Vafo Karminagiyning

“Tuhfat ul-xoniy”


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 1 issue 3 (49) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

17

asaridir. Mazkur maqolada

Muhammad Hakimbiy Otaliq

5

va Nodirshoh

o‘rtasidagi diplomatik aloqalar

“Tuhfat ul xoniy” asari asosida tahlil qilinadi.

Aynan ushbu tarixiy manba orqali ikki tomon o‘rtasidagi muzokaralar, ularning sabab
va oqibatlari, shuningdek, Buxoro xonligining o‘sha davrdagi siyosiy ahvoli haqida
ilmiy asoslangan xulosalar chiqariladi. Tarix – bu nafaqat o‘tgan voqealar majmuasi,
balki kelajakni anglash kalitidir.

“Tuhfat ul-Honiy”asari haqida.

“Tuhfat ul-xoniy” tarixiy asari, ba'zan “

Tarixi Rahimxoniy”

deb ham ataladi,

mang‘itlar sulolasining dastlabki tarixiy asari hisoblanadi

6

. A.Semenov,

A.M.Mirzoev, A.M.Boldirev, N.D.Mikluxo-Maklay, B.Ahmedovlar “Tuhfat ul-xoniy”
ikki muallif tomonidan yozilgan deb ko‘rsatadilar

7

.

Oʻzbek tarixshunosligida “Tuhfat ul-xoniy” asari nafaqat muhim manba, balki

18-yuzyillik Buxoro xonligi siyosiy-madaniy jarayonlarini yorituvchi fundamental
tadqiqot obyekti hisoblanadi. Ushbu asar mualliflarining bevosita siyosiy voqealarga
guvoh boʻlganligi uning tarixiy ishonchliligini oshiradi. Asarning asosiy va katta
qismi, ya’ni 1722 – 1769-yillardagi voqealarni Muhammad Vafo Karminagiy
qalamiga mansub bo‘lsa, 1769 – 1782-yillardagi hodisalarni yorituvchi qismi
Olimbek Niyozqulibek Eshon tomonidan yozilgan

8

. Bu asar Mang‘itlarga

bag‘ishlangan tarixiy manbalar orasida eng mashhurlaridan biri bo‘lgan. Hozirda
ushbu asarning 29 ta qo‘lyozma nusxasi yirik shaharlarning qo‘lyozma merosi
xazinalarida – Sankt-Peterburg, Qozon, Toshkent, Madina, Dushanbe va boshqa
joylarda saqlanmoqda

9

. O‘zbek davlatchiligi tarixining ajralmas qismi hisoblangan

Mang‘itlar sulolasi (1756 – 1920) davriga oid manbalar nafaqat son jihatidan, balki
turi bo‘yicha ham juda keng qamrovli sanaladi.

Ushbu davrning yozma manbalari va ularning mualliflari haqida so‘z

yuritilganda, tadqiqotchilar avvalo Muhammad Sharif, Muhammad Yoqub
Doniyolbiy, Mirzo Sodiq Munshiy, Humuliy, Mirza Abduazim Somiy kabi
tarixchilarni e’tirof etadilar

10

.

1735 – 1740 yillarda Buxorodagi siyosiy jarayonlar.

“Tuhfat ul-xoniy” Mang‘itlar sulolasining shakllanishi, Ashtarxoniylar va

Afshoriylar bilan munosabatlari, ichki va tashqi siyosat yo‘nalishlari hamda harbiy-

5

Otaliq mansabi o’rta asirlarda joriy etilgan. Otaliq so’zi turkiycha bo’lib, ota o’rnini bosuvchi ,otaliq qiluvchi degan

ma’nolarni anglatadi. Turkiy sulolalartda otaliq unvoni odatda valiahd shahzodalarni tarbiyalovchi mashxur beklar va
yirik

sarkardalarga

berilgan.

Buxoro mang’it amirlari [Matn] Qahramon Rajabov.-Toshkent:”Fan”-

”Ochun”nashriyotlari, 2025. – 257 bet.

6

Анке фон Кюгельген. Легитимация Среднеазиатской династии мангитов в произведениях их историков

(XVIII-XIX вв.). Алматы. 2004. 110 bet.

7

Mamadjanov A. Muhammad Vafo Karmanagiy – Buxoro amirligi tarixchilik maktabining ilk vakili.

Volume 30 Issue

3, 2024-yil

. 379.

8

Жамшид Чўризода, Нурилло Ғиёсов “Tуҳфат ул-хоний”. Тожикистон. 2017. 2 bet

9

Жамшид Чўризода, Нурилло Ғиёсов “Tуҳфат ул-хоний”. Тожикистон. 2017. 2 bet

10

Mamadjanov A. MUHAMMAD VAFO KARMANAGIY – BUXORO AMIRLIGI TARIXCHILIK

MAKTABINING ILK VAKILI.

Volume 30 Issue 3, 2024-yil

379

.


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 1 issue 3 (49) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

18

siyosiy harakatlari haqida ma’lumot beradi. Asarning qimmatli jihati shundaki, uning
muallifi o‘sha davr siyosiy jarayonlarining bevosita ishtirokchisi bo‘lib, voqealarni
shaxsiy kuzatuvlari va ishonchli ma’lumotlar asosida yoritgan. Shu sababli

"Tuhfat

ul-xoniy"

boshqa tarixiy manbalardan farqli ravishda, muqobili yo‘q ilmiy

ahamiyatga ega bo‘lgan birlamchi manba sifatida baholanadi.

Ayniqsa, ushbu asar 1735-1740 yillar oralig‘idagi voqealarni tadqiq etishda

muhim ma’lumotlarga ega. Bu davrga kelib Ashtarxoniylar sulolasi ancha zaiflashib
qolgan edi. 18-yuzyillik o‘rtalarida Buxoro o‘zining siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy
hayotida nihoyatda og‘ir davrni boshidan kechirayotgan edi. Ashtarxoniylar
sulolasining vakillari davlat boshqaruvini o‘z qo‘llarida saqlab turgan bo‘lsalar ham,
markaziy hokimiyatni mustahkamlash uchun qulay sharoit yaratishga qodir
bo‘lmadilar

11

. Natijada, xonlik bir nechta mustaqil va yarim mustaqil mulklarga

bo‘linib ketdi. Ichki nizolar va ayrim viloyatlarning markazdan mustaqillikka intilishi
shahar va qishloq aholisining hayotiga salbiy ta’sir ko‘rsatib, ijtimoiy tartibning izdan
chiqishiga sabab bo‘ldi.

Bu paytga kelib Buxoro xonligini Abulfayzxon boshqaryotgan edi. Abulfayzxon

no‘noqligi hamda siyosiy qobiliyatsizligi sababli davlat boshqaruvida sustkashlik
qilgan. U asosan shaxsiy zavqlarga berilib, hashamatli hayot kechirishga moyil
bo‘lgan, may ichish va musiqiy bazmlar tashkil etish bilan mashg‘ul bo‘lgan, natijada
davlat boshqaruvi izdan chiqqan va shariat qoidalariga rioya qilinmay qolgan.
Markaziy hokimiyatning zaiflashuvi natijasida mamlakatda siyosiy tartibsizliklar avj
olgan, mahalliy hokimlar mustaqil harakat qilishga intilgan va mansab uchun kurash
kuchaygan. Bundan tashqari, Abulfayzxon eski aslzoda xonadonlarga dushmanlik
bilan qarab, yuqori martabali amirlarni yo‘q qilishga harakat qilgan. Bu esa davlat
boshqaruvidagi beqarorlikni yanada chuqurlashtirgan.

12

Abulfayzxon amalda Muhammad Hakimbiy otaliqning qo‘llariga hukumat

tizginini topshirib qo‘ygan edi. Muhammad Hakimbiy Hudoyorqul otaliqning og‘li
Hudoyqulibiy otaliqning nabirasi hisoblanardi

13

. Bu vaziyat mamlakatda mang‘it

zodagonlarining nufuzini oshirgan va ularning siyosiy hokimiyatga da’vosini
mustahkamlashiga sabab bo‘lgan. Ayniqsa, Muhammad Hakimbiy otaliqning
boshqaruvdagi faolligi Abulfayzxonning nomigagina hukmdor bo‘lib qolishiga olib
kelgan.

Mang‘it amaldorlarining asta-sekin markaziy hokimiyatni egallashi kelajakda

xonlik taxtiga o‘z sulolasini olib kelishiga zamin yaratilgan. Shu tariqa, Abulfayzxon
davrida boshlangan zaiflashish jarayoni oxir-oqibat Ashtarxoniylar sulolasining
inqirozi va mang‘itlar hukmronligining asos solinishi bilan yakunlandi.

11

Жамшид Чўризода, Нурилло Ғиёсов “Tуҳфат ул-хоний”. Тожикистон. 2017. 3bet

12

Shu asar 129 bet

13

A.Zamonov. Buxoro xonligining Ashtarxoniy hukumdorlari. Toshkent: ”Bayoz”, 2021. -102


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 1 issue 3 (49) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

19

Muhammad Hakimbiy shaxsiyati va uning siyosiy jarayonlardagi o‘rni.
Muhammad Hakimbiy otaliq ibn Hudoyorbiy otaliq

(18-yuzyillikning

birinchi yarmida Buxoro xonligining nufuzli davlat arboblaridan biri, yirik mang‘it
amirlaridan bo‘lib, o‘z davrida siyosiy maydonda muhim o‘rin tutgan shaxs edi. U
Buxoro taxtiga o‘tirgan Muhammad Rahimxonning otasi bo‘lib, 1720 – 1743-yillarda
xonlikning oliy mansablaridan biri –

otaliq

lavozimini egallagan. Muhammad

Hakimbiy otaliqning otasi Hudoyorbiy otaliq, bobosi esa Hudoyqulibiy bo‘lib, ular
mang‘it qabilasining tuq urug‘iga mansub edi

14

. Bu sulola Buxorodagi ashtarxoniylar

saroyida katta obro‘ e’tibor va siyosiy ta’sirga ega bo‘lgan. O‘sha davrda mang‘it
qabilalari nafaqat Buxoro va uning atrofida, balki Qarshi hamda Shahrisabz
yaylovlarida ham istiqomat qilib, chorvachilik va dehqonchilik bilan shug‘ullangan.
Siyosiy faoliyatini saroyda

miroxur

15

va

parvonachi

16

lavozimlarida boshlagan

Muhammad Hakimbiy qisqa fursat ichida o‘zining zakovati va harbiy-siyosiy
mahorati bilan mang‘it qavmining yetakchisiga aylanishga muvaffaq bo‘ldi.
Abulfayzxon hukmronligi davrida u xonlikning siyosiy sahnasida yetakchi
kuchlardan biriga aylandi. Uning siyosiy strategiyasida o‘z qabiladoshlariga tayangan
holda Buxoro taxti uchun muhim qarama-qarshiliklarda faol ishtirok etish muhim
o‘rin tutgan. U, ayniqsa, qatag‘on va kenagas urug‘lari, xususan, shahrisabzlik
Ibrohim kenagas qabilasiga qarshi kurash olib borib, markaziy hokimiyatni
mustahkamlashga intildi. Natijada, Muhammad Hakimbiy tez orada

devonbegi

17

lavozimiga ko‘tarildi va 1720-yilda Abulfayzxon tomonidan barcha shahzodalar
otaliqlarining boshlig‘i sifatida e’tirof etilib, unga

otaliq

unvoni berildi

18

. Shu tariqa,

u xonlikda nafaqat oliy martabalarga erishdi, balki Buxoro siyosiy tizimining muhim
tayanch ustunlaridan biriga aylandi. Xudoyqulibiy Subhonqulixon

19

hukmronligi

davrida Kesh viloyatining nufuzli shaxslaridan biri bo‘lib, to‘qsoba

20

lavozimida

xizmat qilgan. Ubaydullaxon

21

tomonidan devonbegilik mansabiga ko‘tarilgan va

14

Qahramon Rajabov. Buxoro mang’it amirlari. -Toshkent:”Fan”-”Ochun” nashriyotlari, 2025.- 259 bet.

15

O’rta Osiyo xonliklarida saroy otxonalariga boshchilik qilgan mansabdor.

https://narrativedictionary.navoiy-

uni.uz/uz/Dictionary/ViewWord/a1504eba-3b42-45e7-9567-06919665185b

Miroxur (ot) — Buxoro amirligida yuqori bosqichdagi 6-darajali mansab boʻlib, oliy hukmdorga tegishli yilqi, ot-ulov
va ularning taʼminoti bilan shugʻullangan. Miroxur dasturxonchi va parvonachidan keyingi mansabdor shaxs
hisoblangan. https://tarix.sinaps.uz/lugat/miroxur/

16

Parvonachi (ot) — XVII–XVIII asrlarda Buxoro xonligida mavjud boʻlgan mansab, vazir muovini, farmon ijro

qiluvchi. Parvonachi xon farmoni, yorligʻi va boshqa rasmiy hujjatlarni yozib, tegishli kishilarga yetkazib turgan.
Yuqori mansabga tayinlangan amaldor parvonachi tomonidan bitilgan farmonni 3 kun mobaynida oʻz sallasiga qistirib
yurishi lozim boʻlgan https://tarix.sinaps.uz/lugat/parvonachi/

17

Devonbegi — 1) oʻrta asrlarda Sharqdagi islom davlatlarida oliy saroy mansablaridan biri. Sugʻorish, moliya, harbiy,

aloqa, adliya va b. ishlarni yurituvchi mahkama (devon) boshligʻi; 2) Buxoro xonligida moliya va xoʻjalik ishlarini olib
boruvchi mansabdor; . https://uz.wikipedia.org/wiki/Devonbegi

18

Qahramon Rajabov. Buxoro mang’it amirlari...- 260bet

19

Subhonqulixon ibn Nadrmuhammadxon Ashtarxoniylardan bo'lgan Buxoro xoni. 1651-1680 yillarda Balx hokimi.

1680 dan 1702 14 sentabrgacha Buoro xoni. https://www.tarix.uz/subhonqulixon.html

20

Tuqsoba, toʻqsabo (eski oʻzbekcha — oʻz tugʻiga ega boʻlgan) — harbiy qism sarkardasi, tuqsaboshi.

21 Ubaydulla II (Ubaydullo Muhammad Bahodirxon) — (1681—1711) — ashtarxoniylar sulolasining vakili. Buxoro
xoni (1702—1711). Buxoro xoni ashtarxoniy Subhonqulixonning oʻgʻli. Buxoroda Madrasa tahsilini olgan.
Subhonqulixon vafoti arafasida valiahd qilib nevarasi Balx hokimi Muhammad Muqimxonni tayinlaydi. Biroq, Buxoro


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 1 issue 3 (49) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

20

Shahrisabz viloyati hokimi etib tayinlangan. Ushbu viloyatda o‘n yil davomida
boshqaruv yuritgan. Xudoyqulibiy Abulfayzxоn davrida vafot etgan bo‘lib, uning
otaliq lavozimi to‘ng‘ich o‘g‘li Xudoyorbiyga o‘tgan. Xudoyorbiy 1718-yilda
Chiroqchida vafot etgan

22

.

"Gulshan ul-muluk" asarida aytilishicha,

"Xudoyorbiy vafotidan so‘ng uning

o‘g‘li Hakimbiyini xon qoshiga keltirib parvonachi amalini olib berib, Shahrisabzga
yuborganlar. Ammo kenagaslar xon bergan amalga e’tibor qilmay o‘z jamoalaridan
Ibrohimbiy kenagasni hokim qilib olganlar. Xudoyorbiy xon yoniga [qaytib] kelib
devonbegi unvonini olgan. Shahrisabzliklar esa uni yana qabul qilmaganlar. So‘ng u
bir muddat Chiroqchida turgan. Kenagas va qoramang‘tlar Hakim devonbegini
xonga yomonlab Xudoyorbiy otaliqni Chiroqchidan chaqirtirib olganlar"

23

.

Mang‘it kenagas raqobati uzoq davom etib, xonlikning tinkasini quritadigan

urushga aylanib ketgan. Bu, shundoq ham inqirozga uchrayotgan xon hokimiyatini
yanada zaiflashtirib, qabila sardorlari nufuzining ortishiga, Abulfayzxоnning ularga
ta’siriga tushib borishiga olib keldi. Shunday murakkab siyosiy sharoitda Buxoro
xonligi Nodirshohning tobora kuchayib borayotgan tahdidi bilan yuzma-yuz qoldi.
Markaziy hokimiyatning zaifligi, ichki nizolar va parokandalik xonlikning harbiy va
siyosiy barqarorligiga jiddiy putur yetkazdi. Bu esa Nodirshohning Buxoro ustidan
o‘z geosiyosiy ta’sirini kuchaytirish imkoniyatini oshirdi. Abduraimovning
Muhammad Vafo Karminagiydan keltirgan iqtibosiga ko‘ra, Hakimbiy Otaliq
Nodirshohning bosqinini katta xursandchilik bilan kutib olgan

24

. Natijada shuni

aytish mumkinki, Mang‘it amiri Nodirshohni o‘z rejalari uchun bir imkoniyat deb
bilgan.

Muhammad Hakimbiy otaliq va Nodirshoh o‘rtasidagi muzokaralarning

sabablari.

1736 – 1737-yillarda Rizoqulixon Balx hududidagi o‘zbek qabilalarini itoatga

keltirdi va shu tariqa Shimoliy Afg‘onistondagi Ashtraxoniylar hokimiyatiga barham
berdi

25

. Bu paytga kelib Nodirshohning o‘gli Rizoqulixon boshchiligidagi qo‘shin

Amudaryodan o‘tib qarshi shahrini qamal qiladi

26

. Aslida Nodirshoh o‘gli

Rizoqulixonni hududni o‘rganish uchun yuborgan bo‘ladi. Biroq, otasining
buyrug‘iga bo‘ysunmagan Rizoqulixon Amudaryoni kesib o‘tib, Qarshi shahrini

ulamolari va qoʻshinning madadiga tayangan Ubaydullaxon II 1702-yil sentabrda Buxoro taxtini egallaydi.
https://uzpedia.uz/pedia/ubaydullaxon_ii

22

Muhammad Ya’qub. *Gulshan ul-muluk.* O‘zbekiston tarixi. Xrestomatiya. XVI-XIX asrlar. T.: Fan va texnologiya,

2014. 56-57-b.

23

Buxoro xonligining Ashtarxoniy hukumdorlari [Matn]:monografiya/A.Zamonov-Toshkent:”Bayoz”,2021.-102bet

24

(Abduraimov, jild: I, 1966: 176).

25

Muhammed Bilal ÇELİK. 1800–1865 YILLARI ARASINDA BUHARA EMİRLİĞİ. DOKTORA TEZİ . 2009. 59

bet.

26

Жамшид Чўризода, Нурилло Ғиёсов “Tуҳфат ул-хоний”. Тожикистон. 2017.43 bet


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 1 issue 3 (49) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

21

qamal qilishga qaror qildi

27

. Bu harakat Buxoro xonligi va Eron qo‘shinlari o‘rtasida

harbiy to‘qnashuvning boshlanishiga sabab bo‘ldi.

Qattiq janglar davom etdi, ikki tomon ham og‘ir yo‘qotishlarga uchradi. Dastlab

Eron qo‘shini ko‘plab yuqotishlar berdi va qiyin vaziyatga tushib qolishgan edi.
Lekin Erondan Boboxon boshchiligida taxminan 2-3 ming atrofidagi qo‘shin
yordamga kelib qamalni yana davom etirishdi

28

. Qizilboshlilar hujumi ortidan Buxoro

xoni Abulfayzxon shoshilinch harbiy safarbarlik e’lon qildi. U viloyat hokimlariga
dushmanga qarshi jihod e’lon qilishni buyurib, mudofaa choralari kuchaytirilishini
talab qildi. Bu harakatlar xonlikning hududiy yaxlitligini saqlashga qaratilgan bo‘lib,
mintaqadagi harbiy-siyosiy vaziyatni yanada keskinlashtirdi

29

.

Xon lashkarni safarbar etib, Nasafga yurish qilishga qaror qildi. Yo‘lda xon

lahkariga Samarqand hokimi Odinaqulbiy boshchiligidagi olti ming askar qo‘shildi

30

.

Shuningdek,

Miyonqol

qal’asi hokimi G‘aybullobiy, Abdusattorbiy va

To‘g‘aymurodbiy o‘z qo‘shinlari bilan Abulfayzxon qo‘shiniga qo‘shildi. Bu esa
Buxoro lashkarining soni va qudratini yanada oshirdi. Buxoro qo‘shini son jihatdan
ustun bo‘lsada qo‘shinda tartib intizom yo‘q edi. Shuning natijasida qo‘shinda
parokandalik yuz berib , hatto Samarqand hokimi Odinaqulbiy ham halok bo‘ladi

31

.

Shundan so‘ng, Muhammad Hakimbiy otaliq Abulfayzxondan qo‘shimcha kuch

talab qildi. Buxoro xoni Abulfayzxon Andijon, Xo‘jand, Samarqand va Toshkent
shaharlaridan hamda qoraqalpoqlar va qozoqlardan qo‘shin to‘plab otaliqga
yordamga yuboradi, shuningdek, Xiva xoni Elbarsxonni ham Eron armiyasiga qarshi
Turkistonni himoya qilishga chaqirdi

32

.

Bu paytda Xiva xoni Elbarsxonning katta qo‘shin bilan yaqinlashayotganini

eshitgan qizilboshlilar Balx tomon chekinishga va sulh taklif qilishga qaror qilishdi.
O‘tkazilgan jang natijasida har ikkala tomon ham og‘ir yo‘qotishlarga uchradi. Shu
jarayonda 60 ming kishilik qo‘shin bilan Buxoroga yetib kelgan Elbarsxon Qarshi
shaharni himoyasiz ekanligini bilib, qal’ani egalladi. Biroq, dushmanni to‘liq
mag‘lub qilmay Elbarsxon Buxoroni tark etib, Xivaga qaytadi

33

. Ayni shu paytda

Nodirshoh katta qo‘shin bilan yordam berish uchun Balxga kelib joylashdi

34

.

Nodirshoh Balxga kelib joylashgach, Buxoro xonligiga nisbatan harbiy bosimni
kuchaytirish maqsadida tahdidli xatlar yubora boshladi. U o‘z maktublarida Buxoro
xonligining itoat etishi lozimligini, aks holda harbiy harakatlar boshlanishi

27

Muhammed Bilal ÇELİK. 1800–1865 YILLARI ARASINDA BUHARA EMİRLİĞİ. DOKTORA TEZİ . 2009. 60

bet.

28

Жамшид Чўризода, Нурилло Ғиёсов “Tуҳфат ул-хоний”. Тожикистон. 2017.43 bet

29

Жамшид Чўризода, Нурилло Ғиёсов “Tуҳфат ул-хоний”. Тожикистон. 2017.44 bet

30

Жамшид Чўризода, Нурилло Ғиёсов “Tуҳфат ул-хоний”. Тожикистон. 2017.46 bet

31

Жамшид Чўризода, Нурилло Ғиёсов “Tуҳфат ул-хоний”. Тожикистон. 2017.46 bet

32

Жамшид Чўризода, Нурилло Ғиёсов “Tуҳфат ул-хоний”. Тожикистон. 2017.47 bet

33

Muhammed Bilal ÇELİK. 1800–1865 YILLARI ARASINDA BUHARA EMİRLİĞİ. DOKTORA TEZİ. 2009. 59

bet.

34

Жамшид Чўризода, Нурилло Ғиёсов “Tуҳфат ул-хоний”. Тожикистон. 2017.49 bet


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 1 issue 3 (49) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

22

muqarrarligini ta’kidlagan. Bunday murakkab va tahlikali vaziyatda Abulfayzxon
mojaroni harbiy to‘qnashuvsiz hal qilishga intilib, tajribali sarkarda va davlat arbobi
Muhammad Hakimbiy otaliqqa Nodirshoh bilan diplomatik muzokaralar olib borish
hamda mojaroni yumshatish vazifasini topshirdi

35

. Bu muzokaralar Buxoro

xonligining siyosiy mustaqilligini saqlab qolish va davlatning ichki barqarorligini
ta’minlash nuqtayi nazaridan muhim ahamiyat kasb etardi.

Nodirshoh Buxoro elchilarini yuksak hurmat bilan qarshi oldi. Muhammad

Hakimbiy muzokaralar jarayonida Nodirshohga eng nodir va qimmatbaho sovg‘alar
taqdim etib, uning e’tiborini qozondi. O‘z navbatida, Nodirshoh ham Buxoro vakiliga
ulkan in’omlar – hashamatli liboslar, tezkor otlar hamda oltin va kumush hadya qilib,
elchilarga alohida ehtirom ko‘rsatadi

36

. Ertasi kuni Nodirshoh Muhammad

Hakimbiyni shaxsiy suhbatga taklif qiladi. Bu uchrashuvda Nodirshoh dunyo siyosati,
davlat boshqaruvi va saltanat barqarorligini ta’minlash yo‘llari haqida o‘z fikrlarini
bayon qiladi. U Muhammad Hakimbiyga davlatni mustahkamlash, ichki islohotlarni
amalga oshirish hamda harbiy qudratni oshirish borasida qimmatli maslahatlar beradi.
Ushbu suhbat orqali Nodirshoh Buxoro elchisi bilan do‘stona munosabat o‘rnatishga
va uning sadoqatiga ishonch hosil qilishga harakat qildi. Nodirshoh Muhammad
Hakimbiy bilan kechgan suhbat chog‘ida shunday deydi: “ Sizning bu yerga
kelishingiz Movarounnahr va Buxoro shahrining tinchligi hamda osoyishtaligini
ta’minlashda muhim omil bo‘ldi. Aks holda, Turon shohining noto‘g‘ri siyosati va
tajribasiz qarorlari tufayli mamlakat inqirozga yuz tutib, butunlay xarobaga aylanishi
aniq edi. Endilikda bu yurtning taqdiri siz kabi dono va salohiyatli amir Muhammad
Hakimbiy qo‘liga topshirildi. Shu bois, siz zudlik bilan o‘z saltanatingizga yo‘l olib,
sharafli yurtingiz tomon harakat qilishingiz hamda davlat boshqaruvi tizginini o‘z
qo‘lingizga olishingiz lozim. Agar kimdir siz belgilagan sulh va tartib-qoidalarga
rioya qilib, itoat yo‘lidan yurishni tanlasa, u sizning lashkarlaringiz tahdididan omon
qoladi. Ammo kimki itoatdan yuz o‘girib, dushmanlik yo‘lini tutsa, u o‘z obro‘sidan
mahrum bo‘lib, shafqatsiz jazo muqarrarligini anglamog‘i kerak

37

.

Muzokaralarning natijalari.

Muhammad Hakimbiy Buxoroga qaytib kelgach, hokimiyatni o‘z qo‘liga oladi.

Zero, u endilikda Nodirshoh tomonidan rasmiy vakil sifatida Buxoro xoni huzuriga
yuborilgan edi. Shahar ma’muriyatida o‘z mavqeini mustahkamlash maqsadida u Mir
Arab madrasasiga kelib joylashadi. So‘ngra, amaldorlar, sarkardalar va xalq
vakillarini to‘plab, mamlakatda yuzaga kelgan vaziyatga aniqlik kiritadi hamda
xavotirga o‘rin yo‘qligini ta’kidlaydi. Uning bu chiqishi siyosiy barqarorlikni saqlash

35

Жамшид Чўризода, Нурилло Ғиёсов “Tуҳфат ул-хоний”. Тожикистон. 2017.50bet

36

Жамшид Чўризода, Нурилло Ғиёсов “Tуҳфат ул-хоний”. Тожикистон. 2017.53 bet.

37

Жамшид Чўризода, Нурилло Ғиёсов “Tуҳфат ул-хоний”. Тожикистон. 2017. 54 bet


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 1 issue 3 (49) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

23

hamda hokimiyat tizginini o‘z qo‘liga mustahkam olish yo‘lidagi muhim
qadamlardan biri bo‘ladi

38

.

Nodirshoh Muhammad Hakimbiyga Buxoro xoni Abulfayzxonni unga to‘liq

itoat etishga ko‘ndirish vazifasini topshiradi. Bu topshiriq Nodirshohning
Movarounnahr ustidan o‘z ta’sirini mustahkamlash yo‘lidagi muhim siyosiy qadami
edi. Muhammad Hakimbiy esa o‘z mavqeidan foydalanib, Abulfayzxonni shartli
ravishda bo‘lsa ham Nodirshoh hokimiyatini tan olishga va unga sadoqat izhor
etishga undashi lozim edi.

Vaziyat shuni ko‘rsatardiki, endilikda Muhammad Hakimbiyning siyosiy

mavqeyi sezilarli darajada oshgan edi. Abulfayzxon esa uning Nodirshoh bilan til
biriktirganiga shubha qilardi va uni o‘z hokimiyatiga tahdid sifatida ko‘ra boshladi.
Shu bois, xon Muhammad Hakimbiyni hiyla yo‘li bilan saroyga chaqirtirib, yo‘q
qilishni rejalashtirdi. Biroq, tajribali amir bu makrni oldindan sezib, xon huzuriga
bormaslikka qaror qildi. Bu esa Buxoro saroyida siyosiy ziddiyatning yanada
keskinlashishiga sabab bo‘ldi

39

. Ba’zi amaldorlarnin xonning buyrug‘ Mir Arabgacha

bormay qolipdi degan gaplaridan Abulfayzxon g‘azabga keladi

40

. Natijada

Abulfayzxon o‘z qo‘shini bilan Mir Arab madrasasi tomon yo‘l oldi. Bu haqida xabar
topgan Muhammad Hakimbiy esa askarlariga xon qo‘shini yaqinlashganda o‘q
uzishni buyurdi. U shu yo‘l bilan nafaqat o‘z kuchini namoyish etmoqchi, balki
Nodirshohning qudratini ham eslatib qo‘ymoqchi edi. Chunki Abulfayzxonning
asosiy maqsadi Muhammad Hakimbiyni yo‘q qilish va shu orqali Nodirshoh
tarafdorlarini Buxorodan butunlay siqib chiqarish edi. Ikki ortada o‘q otishlar bo‘ladi.
Biroq, xonga ochiq qarshilik ko‘rsatish natija bermasligini anglagan Muhammad
Hakimbiy o‘z tarafdorlari – taxminan 200 nafar odam bilan Tilmoch darvozasidan
chiqib ketishadi

41

. Ba’zi manbalarda jumladan, Mansur Sefatgol. Tuhfat al-Khani or

Tarikhi Muqim Khani. Tokio. 2015. Р. 6. 95bet da 100 ga yaqin odami bilan
chiqganligi aytiladi. Lekin Muhammad Hakimbiy baribir o‘z maqsadiga erishadi

42

.

Shundan so‘ng, har ikkisi — [Abulfayzxon va Muhammad Hakimbiy] —

osmoni taqdirning roziligi soyasiga kirib, Nodirshoh huzuriga kelishadi. Nihoyat,
hijriy 1158 yil sha’bon oyining 12-sanasida (milodiy 1745 yil 9-sentyabr), {

bichin

yili

43

}

maymun yili

da, chorshanba kuni asr namozida

Quruq

deb nomlangan

hududga yetib keldilar. Ushbu joy

Ko‘hak daryosi

ning shimoliy sohilida,

Chahorbakr

manzilgohiga qarama-qarshi hududda joylashgan edi

44

. Bu jarayonni

38

Жамшид Чўризода, Нурилло Ғиёсов “Tуҳфат ул-хоний”. Тожикистон. 2017. 54 bet.

39

Жамшид Чўризода, Нурилло Ғиёсов “Tуҳфат ул-хоний”. Тожикистон. 2017. 55 bet

40

Жамшид Чўризода, Нурилло Ғиёсов “Tуҳфат ул-хоний”. Тожикистон. 2017. 55bet

41

Жамшид Чўризода, Нурилло Ғиёсов “Tуҳфат ул-хоний”. Тожикистон. 2017.56 bet

42

Жамшид Чўризода, Нурилло Ғиёсов “Tуҳфат ул-хоний”. Тожикистон. 2017. 56 bet

43

Bičin (bichin) – (maymun); turklarda o’n ikki yil nomlarining biri.

Mirzayeva, M. E. qizi. (2024). Mahmud Qoshg‘ariyning “Devonu lug‘ati-t-turk” asarida yasama so‘zlarning
ifodalanishi. Journal of Universal Science Research, 657 BET. ISSN(E): 2181-4570

44

Жамшид Чўризода, Нурилло Ғиёсов “Tуҳфат ул-хоний”. Тожикистон. 2017. 57bet


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 1 issue 3 (49) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

24

chuqurroq o‘rganish maqsadida Abu Rayhon Beruniy Nomidagi sharqshunoslik
institutida tadqiqot olib bordik. Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti Tarix
fondida saqlanayotgan hujjatlar batafsil o‘rganildi. Tadqiqot doirasida asosiy fondga
tegishli bo‘lgan quyidagi qo‘lyozma manbalari tahlil qilindi: 2721-raqamli
qo‘lyozmaning 35-beti, 16-raqamli qo‘lyozmaning 43-beti, 4356-raqamli
qo‘lyozmaning 35-beti, 3530-raqamli qo‘lyozmaning 21-beti, 5359-raqamli
qo‘lyozmaning 199-beti va 2604-raqamli qo‘lyozmaning 27-betida chorshanba kuni
asr namozi vaqtida hijriy 1152 yil maymun yili (bichin yili)da Quruq nomli hududga
yetib kelganlik haqida ma’lumot berilgan.

Shuningdek, 5360-raqamli qo‘lyozma nusxasining hoshiyasida mohi rajab deb

qayd etilgan bo‘lsa-da, matnning o‘zida esa hijriy 1152 yil sha’bon oyining 12-
sanasiga oid ma’lumot keltirilgan. Biroq 4263-raqamli qo‘lyozmaning 49-betida,
5062-raqamli qo‘lyozmaning 43-betida va 2726-raqamli qo‘lyozmaning 40-betida
ushbu sana yakshanba kuniga to‘g‘ri kelgan bo‘lib, jumodil oxir oyining 19-sanasida,
hijriy 1153 yil maymun yili (bichin yili) deb qayd etilgan. 1508 va 615-raqamli
qo‘lyozmalarda esa mazkur masalaga oid kerakli ma’lumotlar saqlanmagan yoki
yo‘qolgan. Ko‘pgina manbalarda hijriy 1152 yil sha’bon oyining 12-sanasiga oid
ma’lumot chorshanba kuniga to‘g‘ri kelgani sababli, ushbu sanani asosiy mezon
sifatida tanlash maqsadga muvofiq deb topildi. Biroq barcha manbalarda yil tavsifi
soliy maymun (bichin yili) deb berilgani inobatga olinib, yilning aniq belgilanishi
muhim ahamiyat kasb etdi. Xronologik hisob-kitoblarga asoslangan holda, bichin yili
taqvim xususiyatlari tahlil qilindi va hijriy 1153 yil (milodiy 1740 yil) maymun yiliga
to‘g‘ri kelishi aniqlandi. Natijada, tarixiy manbalar tahlilining chuqurlashtirilishi
bilan hijriy 1153 yil sha’bon oyining 12-sanasini aniq sana sifatida belgilash ilmiy
jihatdan maqbul deb topildi. Shu tariqa, mavjud tafovutlar tahlil qilinib, tarixiy
xronologiyaning aniqlashtirilishi amalga oshirildi.

Ikki ortadagi muzokaralar natijasida Buxoro xonligi murosa yo‘lini tanlab,

Nodirshohga itoatkorligini bildiradi. Tuzilgan shartnomaga ko‘ra, Amudaryo ikki
davlat o‘rtasida chegara sifatida belgilandi va Buxoro amalda Eronga qaram holga
kelib qoladi. Nodirshoh Abulfayzxonning qiziga uylanib, Chingizxon nasliga kuyov
bo‘lishni ham unutmaydi

45

. Bu voqealar XVIII asrda Markaziy Osiyodagi kuchlar

muvozanati qanday o‘zgarganini va Buxoro xonligining Eronga qaram bo‘lib
qolganini ko‘rsatadigan muhim tarixiy jarayonlardan biridir. Ikki tomon o‘rtasida olib
borilgan muzokaralar natijasida Nodirshoh o‘z qo‘shini uchun xazinadan ikki yuz
ming g‘alla ajratilishini talab qildi

46

. Ushbu talab Movarounnahr hukmdorlari uchun

og‘ir iqtisodiy yuk bo‘lishiga qaramay, ixtilof va qarama-qarshiliklarning oldini olish

45

Muhammed Bilal ÇELİK. 1800–1865 YILLARI ARASINDA BUHARA EMİRLİĞİ. DOKTORA TEZİ . ŞUBAT

2009. 60 bet

46

Жамшид Чўризода, Нурилло Ғиёсов “Tуҳфат ул-хоний”. Тожикистон. 2017. 58bet


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 1 issue 3 (49) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

25

maqsadida qondirildi. Mazkur buyruq ijrosini ta’minlash maqsadida Muhammad
Hakimbiy viloyat bo‘ylab don yig‘im-terimini tashkil etib, taqsimot jarayonini
shaxsan nazorat qildi. Ushbu choralar hududdagi iqtisodiy va ijtimoiy
munosabatlarga sezilarli ta’sir ko‘rsatdi. Bundan tashqari, shartnoma shartlariga
muvofiq, davlat xizmatiga o‘n ming chavandoz safarbar etilib, Nodirshoh qo‘shiniga
jo‘natildi

47

. Ushbu harbiy kontingentning ajratilishi Movarounnahr mudofaa

qudratining susayishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan omillardan biri sifatida ko‘riladi.
Shunga qaramay, bu harakat Markaziy Osiyo hududida mavjud harbiy-siyosiy
vaziyatni barqarorlashtirish uchun zarur choralar doirasida amalga oshirildi.
Muzokaralar natijasida Muhammad Hakimbiy Movarounnahrning umumiy
boshqaruvini o‘z qo‘liga oldi. U nafaqat moliyaviy va harbiy tizimni nazorat qilish,
balki davlatning barcha tarmoqlarini boshqarish vakolatiga ham ega bo‘ldi. Ichki va
tashqi siyosatga oid masalalarni mustaqil hal etish huquqini qo‘lga kiritgan
Muhammad Hakimbiy mintaqadagi ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashga
intildi.

Uning boshqaruvi ostida jamiyatning barcha qatlamlari – oddiy dehqonlardan

tortib, yuqori martabali amaldorlar va harbiy yetakchilargacha – yagona ma’muriy
tuzilma doirasida faoliyat yurita boshladi

48

. Natijada, Movarounnahrda nisbiy siyosiy

barqarorlik vujudga kelib, hududning ijtimoiy-iqtisodiy tizimida muayyan izchillik
shakllandi.

Xulosa

Muhammad Hakimbiy Otaliq va Nodirshoh o‘rtasidagi muzokaralar Markaziy

Osiyo tarixida muhim burilish nuqtasi bo‘lib, Buxoro xonligining kelgusi siyosiy
taqdirini belgilab berdi. “Tuhfat ul-Honiy” asariga asoslanib olib borilgan tahlillar
shuni ko‘rsatadiki, XVIII asrning o‘rtalarida Buxoro xonligi kuchli tashqi bosim
ostida qolgan, ichki nizolar va zaiflashgan markaziy hokimiyat esa xonlikni mustaqil
qaror qabul qilish imkoniyatidan mahrum qilgan. Muzokaralar natijasida Buxoro
xonligi amalda Eronga qaram bo‘lib qoldi. Nodirshohning Movarounnahr ustidan o‘z
nazoratini mustahkamlash yo‘lidagi harakatlari Muhammad Hakimbiy Otaliqning
faol ishtiroki bilan amalga oshirildi. Hakimbiy o‘z davrining yirik davlat arbobi
sifatida Nodirshoh bilan diplomatik kelishuvga erishib, Movarounnahrni boshqarish
vakolatini oldi. Bu esa Buxoroda Mang‘itlar sulolasining siyosiy mavqeini yanada
mustahkamladi va kelgusida xonlikni to‘liq egallashga zamin yaratdi. Ushbu
muzokaralar shuni ko‘rsatadiki, Muhammad Hakimbiy o‘z vaqtida strategik jihatdan
to‘g‘ri qarorlar qabul qilgan, lekin bu qarorlar Buxoro xonligining mustaqilligiga
putur yetkazgan. Amudaryoning Eron va Buxoro o‘rtasida chegara sifatida
belgilanishi va Nodirshohning Abulfayzxon sulolasiga quda bo‘lishi Eronning

47

Жамшид Чўризода, Нурилло Ғиёсов “Tуҳфат ул-хоний”. Тожикистон. 2017. 58bet

48

Жамшид Чўризода, Нурилло Ғиёсов “Tуҳфат ул-хоний”. Тожикистон. 2017. 58bet


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 1 issue 3 (49) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

26

mintaqadagi ta’sirini yanada oshirdi. Buxoro xonligi uchun bu kelishuv qisqa
muddatli siyosiy barqarorlikni ta’minlagan bo‘lsa-da, uzoq muddatda uning
suverenitetini yanada zaiflashtirdi.

Umuman olganda, ushbu muzokaralar XVIII asr Markaziy Osiyo tarixida

muhim siyosiy voqea bo‘lib, Mang‘itlar sulolasining kelajakdagi yetakchiligini
ta’minlashga xizmat qilgan. Shuningdek, bu jarayonlar Buxoro xonligining keyingi
yillarda Nodirshoh va Eron siyosiy tuzilmalari bilan bo‘lgan munosabatlarini belgilab
berdi. Ushbu davr tahlili Markaziy Osiyodagi geosiyosiy kuchlar muvozanati qanday
o‘zgarishini va mintaqadagi ta’sir doiralari qanday shakllanganini anglash uchun
muhim ilmiy manba hisoblanadi.