Авторы

  • Мавлюда Бахронова
    Buxoro innovatsion ta’lim va tibbiyot universiteti

Биография автора

  • Мавлюда Бахронова , Buxoro innovatsion ta’lim va tibbiyot universiteti
    assistenti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.international-scientific.72533

Ключевые слова:

ota-ona nazorati axborot axborot xavsizligi bola tarbiyasi ehtiyotkor bo‘lish.

Аннотация

Zamonaviy axborot texnologiyalari hayotimizning barcha jabhalariga chuqur kirib bordi. Internet, ijtimoiy tarmoqlar va raqamli platformalar o‘quv-tarbiya jarayonida ham muhim o‘rin tutmoqda. Raqamli dunyo imkoniyatlari cheksiz bo‘lsa-da, u axborot xavfsizligi bilan bog‘liq muammolarni ham keltirib chiqarmoqda. Ayniqsa, oila sharoitida farzandlarni barkamol tarbiyalashda axborot xavfsizligi masalasi juda muhimdir. Axborot xavfsizligi farzandlarni zararli ma’lumotlardan himoya qilish, ularning ruhiy, axloqiy va intellektual rivojlanishiga to‘sqinlik qiluvchi omillardan saqlashni anglatadi. Shu bilan birga, bu jarayonda axborot xavfsizligini ta’minlash masalasi dolzarb ahamiyat kasb etadi.


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 1 issue 3 (49) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

58

OILADA FARZANDNI BARKAMOL QILIB TARBIYALASHDA AXBAROT

XAVFSIZLIGINING AHAMIYATI

Bahronova Mavluda O‘tkir qizi

Buxoro innovatsion ta’lim va tibbiyot universiteti assistenti

bahronovamavluda92@gmail.com

Annotatsiya:

Zamonaviy axborot texnologiyalari hayotimizning barcha

jabhalariga chuqur kirib bordi. Internet, ijtimoiy tarmoqlar va raqamli platformalar
o‘quv-tarbiya jarayonida ham muhim o‘rin tutmoqda. Raqamli dunyo imkoniyatlari
cheksiz bo‘lsa-da, u axborot xavfsizligi bilan bog‘liq muammolarni ham keltirib
chiqarmoqda. Ayniqsa, oila sharoitida farzandlarni barkamol tarbiyalashda axborot
xavfsizligi masalasi juda muhimdir. Axborot xavfsizligi farzandlarni zararli
ma’lumotlardan himoya qilish, ularning ruhiy, axloqiy va intellektual rivojlanishiga
to‘sqinlik qiluvchi omillardan saqlashni anglatadi. Shu bilan birga, bu jarayonda
axborot xavfsizligini ta’minlash masalasi dolzarb ahamiyat kasb etadi.

Kalit so‘zlar

: ota-ona nazorati, axborot, axborot xavsizligi, bola tarbiyasi,

ehtiyotkor bo‘lish.

Annotation:

Modern information technologies have penetrated all areas of our

lives. The internet, social networks, and digital platforms play an important role in
the process of education and upbringing. While the possibilities of the digital world
are limitless, it also raises issues related to information security. It is particularly
important to ensure information security in the family environment when raising
children. Information security means protecting children from harmful information
and preventing factors that could hinder their mental, moral, and intellectual
development. In this context, ensuring information security is an urgent issue.

Keywords

: Parental control, information, information security, child upbringing,

caution.

Аннотация:

Современные информационные технологии проникли во все

сферы нашей жизни. Интернет, социальные сети и цифровые платформы
занимают важное место в процессе обучения и воспитания. Хотя возможности
цифрового мира безграничны, он также вызывает проблемы, связанные с
информационной

безопасностью.

Особенно

важно

обеспечить

информационную безопасность в семейных условиях при воспитании детей.
Информационная безопасность означает защиту детей от вредоносной
информации, а также предотвращение факторов, которые могут мешать их
психическому, моральному и интеллектуальному развитию. В этом контексте
обеспечение информационной безопасности является насущной проблемой.


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 1 issue 3 (49) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

59

Ключевые слова

: Родительский контроль, информация, информационная

безопасность, воспитание детей, осторожность.

Kirish:

Hozirgi raqamli asrda internet nafaqat axborot olish vositasi, balki ta’lim,

rivojlanish va ijodkorlik platformasiga ham aylangan. To‘g‘ri yondashuv va nazorat
orqali bolalarni internetdan samarali foydalanishga o‘rgatish, ularning intellektual va
ma’naviy rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Internetning farzand tarbiyasidagi
imkoniyatlari juda katta, bolalar rivojlanishidagi ijobiy ta’sirlarini quyidagicha
izohlash mumkin:

1. Ta’lim resurslari: Onlayn darslar, elektron kitoblar, video-ma’ruzalar va o‘yin

shaklidagi o‘qitish dasturlari bolalarning bilim doirasini kengaytiradi.

2. Ijodkorlik va qiziqishlarni rivojlantirish: Grafik dizayn, dasturlash, musiqiy va

san’atga oid dasturlar orqali bolalar o‘z qobiliyatlarini rivojlantirishlari mumkin.

3. Dunyoqarashni kengaytirish: Bolalar internet orqali boshqa madaniyatlar,

tillar va an’analar haqida ko‘proq bilib olishadi.

Asosiy qism:
Axborot xavfsizligi

– tasodifiy va atayin qilingan hujumlardan himoyalanish.

Axborot xavfsizligi ko‘p qirrali faoliyat sohasi bo‘lib, unga faqat tizimli va

kompleks yondashuv muvaffaqiyat keltirishi mumkin.

O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 12-dekabrdagi №439-II-sonli
«Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida»gi qonunida axborot va

uning turlari to‘g‘risida quyidagi ta‘riflar keltirilgan:

Axborot

– manbalari va taqdim etilish shaklidan qat‘iy nazar shaxslar,

predmetlar, faktlar, voqealar, hodisalar va jarayonlar to‘g ‘risidagi ma‘lumotlar;
axborotni muhofaza etish – axborot borasidagi xavfsizlikka tahdidlarning oldini olish
va ularning oqibatlarini bartaraf etish choratadbirlari;

Ommaviy axborot

cheklanmagan doiradagi shaxslar uchun mo‘ljallangan hujjatlashtirilgan axborot,
bosma, audio, audiovizual hamda boshqa xabarlar va materiallar;

Hujjatlashtirilgan

axborot

– identifikatsiya qilish imkonini beruvchi

rekvizitlari qo‘yilgan holda moddiy jismda qayd etilgan axborot;

Maxfiy

axborot

– foydalanilishi qonun hujjatlariga muvofiq cheklab qo‘yiladigan

hujjatlashtirilgan axborot. Ushbu ta’rif Ozbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining «O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Milliy axborot
resurslarini muhofaza qilishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida» 2011-yil
8-iyuldagi PQ–1572-son qarorini amalga oshirish choratadbirlari haqida»gi 2011-yil
7-noyabr 296sonli qarorida quyidagicha ifodalangan:

Axborot xavfsizligi

– bu

axborotning o‘ziga, yaxlitligiga, muhofazasi va undan foydalanuvchilarning
himoyasini ta'minlash jarayonidir. Farzandlar internetda yoki boshqa axborot


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 1 issue 3 (49) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

60

manbalarida noto‘g‘ri, zararli yoki xavfli materiallarga duch kelmasliklari uchun
oilaning rolini kuchaytirish zarur. Axborot xavfsizligini ta'minlash, farzandlarimizni
faqat foydali va ta'limiy materiallar bilan tanishtirishni anglatadi. Internetda yoki
media resurslarda farzandlar uchun zararli bo‘lishi mumkin bo‘lgan kontent ko‘p.
Masalan, zo‘ravonlik, pornografik materiallar, soxta ma'lumotlar, kamsitish va
boshqa salbiy ta'sirlar farzandning psixologik va emotsional holatiga zarar yetkazishi
mumkin. Oilada axborot xavfsizligi, bolalarni bunday materiallardan himoya qilishni
va ularni faqat ishonchli, bilimli va ma'naviy jihatdan to‘g‘ri manbalar bilan
tanishtirishni ta'minlashdir.

Maxfiy axborot

– O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq

foydalanish cheklangan, davlat sirlariga mansub axborot mavjud bo‘lmagan
hujjatlashtirilgan axborot.

Konfedensial axborot

– hujjatlashtirilgan axborot, undan foydalanish qonun

hujjatlariga muvofiq chegaralanadi.

Hozirgi kunda bolalar o‘z vaqtining katta qismini internetda o‘tkazishadi.

Shuning uchun biz ota-onalar axborot xavfsizligini ta’minlash orqali quyidagi
maqsadlarga erishishimiz mumkin: Bolalarni zararli kontentdan himoya qilish;

Ularni yolg‘on xabarlar va manipulyativ ma’lumotlardan saqlash;
Internetdan maqsadli va foydali foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirish;
Shaxsiy ma’lumotlarni himoyalash bo‘yicha xabardorlikni oshirish;
Barkamol avlod tarbiyasida axborot xavfsizligi nafaqat bolalarni himoya qilish,

balki ularni to‘g‘ri yo‘naltirishda ham muhim o‘rin tutadi. Avvalo, axborot
xavfsizligi o‘zi nima ekanligi haqida bilib olaylik. Bu – bolalar va o‘smirlarni zararli
axborot oqimlaridan himoya qilish, ularga ishonchli va foydali ma’lumotlarni
yetkazish jarayonidir. O‘z vaqtida ta’minlanmagan axborot xavfsizligi bolalarning
dunyoqarashi va xulq-atvoriga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin: Bolalar zo‘ravonlik,
buzg‘unchilik va yolg‘on ma’lumotlarga duch kelishi mumkin; Shaxsiy
ma’lumotlarning himoyasizligi: Yoshlar o‘zlari yoki oilalari haqidagi maxfiy
ma’lumotlarni oshkor qilish xavfi ostida qoladi; Psixologik muammolar: Virtual
dunyo bolalarda stress, yolg‘izlik va haddan tashqari bog‘lanish hissini keltirib
chiqarishi mumkin.

Bu borada ota-onalar va pedagog, psixologlar quyidagi yondashuvlarga e’tibor

qaratishlari lozim:

1. Axborot madaniyatini shakllantirish. Bolalarga internetdan foydalanganda

ehtiyotkor bo‘lish, axborotni tanqidiy tahlil qilishni o‘rgatish zarur. Bu, ularning
ongli qaror qabul qilish qobiliyatini rivojlantiradi

2. Oilaviy nazorat. Farzandlarning internetda qanday faoliyat bilan

shug‘ullanayotganini kuzatish, ularga moslashtirilgan dasturlar va filtrlar o‘rnatish
samarali usullardan biridir.


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 1 issue 3 (49) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

61

3. Foydali kontentni targ‘ib qilish. Bolalarga ilmiy, ma’rifiy va tarbiyaviy

axborotlarni taqdim etish ularning bilimini boyitadi va maqsadli fikrlashni
shakllantiradi.

4. Axborot xavfsizligi bo‘yicha suhbatlar. Farzandlar bilan doimiy ravishda

internet xavfsizligi, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish va zararli kontentdan
saqlanish haqida suhbatlar o‘tkazish kerak.

Oilada farzandni tarbiyalashda, avvalo, ota-onaning o‘zini axborot xavfsizligi

sohasidagi bilim va ko‘nikmalari bo‘lishi, ishonchli ma’lumotlarni qayerdan olish
kerakligi haqida bilishlari lozim. Oilada axborot xavfsizligi faqat farzandlarni
tarbiyalashda emas, balki ota-onaning o‘zida ham ahamiyatli rol o‘ynaydi. Ota-
onalar, avvalo, o‘zlari internet va axborot manbalarini qanday ishlatishni bilishlari
kerak. Farzandlar ulardan ko‘p narsani o‘rganadilar, shuning uchun ota-onalar
axborot xavfsizligi masalalariga jiddiy e'tibor berishlari va o‘zlarining axborot
xavfsizligi madaniyatini namuna qilib ko‘rsatishlari kerak. Yana ota-onalar bolalar
uchun cheklovlarsiz va xavfsiz muhit yaratishlari, axborot texnologiyalaridan
foydalanish bo‘yicha namuna bo‘lishlari, farzandlari bilan ochiq muloqot qilish orqali
ularning ichki dunyosiga kirib borishlari lozim. Ota-ona o‘zi qancha muddatda
foydalanish, internetdan qanday foydalanishni bilmasa, farzandlariga shaxsiy
na’muna bololmasa, bu ularning tarbiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Bolalarni
internetdan oqilona foydalanishga o‘rgatish uchun ota-onalar va pedagoglar mas’ul
hisoblanamiz. Bolalar internetdan ma’rifiy va foydali maqsadlarda foydalanishga
yo‘naltirishimiz kerak. Ular uchun o‘qish, ilmiy tadqiqot va qiziqarli fanlar bilan
shug‘ullanish uchun ishonchli resurslarni tavsiya etishimiz lozim.

Biz ota-onalar bolalar bilan birgalikda internetdan foydalanish qoidalarini ishlab

chiqishimiz lozim. Internetdan foydalanish vaqti va davomiyligini cheklashimiz.

Faqat tasdiqlangan va xavfsiz saytlardan foydalanishlariga o‘rgatishimiz.

Shaxsiy ma’lumotlarni oshkor qilmaslikka qat’iy amal qilishlarini nazorat qilishimiz
lozim.

Sofiya universitetining klinik psixologiyasi faxriy professori Simoyama

Tokuzining so‘zlariga ko‘ra, agar tug'ilishidan to‘g‘ri, sog‘lom muhitda tarbiya
topgan insonlar va ulg‘ayganida jon-jahdi bilan tarbiyadagi kamchiliklarni bartaraf
etgan insonlar [4] Axborot texnologiyalarinng foydali tomoni bo‘lganidek, noto‘g‘ri
maqsadlarda foydalanish, yoshlarimizni xulq-atvori buzulib ketishiga ham sabab
bo‘lmoqda. Insonni insoniyligini ko‘rsatib turadigan narsa bu- uning xulq-atvori
hisoblanadi.

“ Ayol erining uyiga va farzandizga rahbar va ularga mas’uldir. “ Ya’ni ayol

erining molini u bilan maslahatlashmay tasarruf qilmasligi kerak va farzandlariga
chiroyli tarbiya berishi kerak. Ota-ona farzandlariga mas’ul bo‘lib, ularga adolat
qilishlari zarur. Ota-onaning necha farzandi bo‘lsa, hammasiga teng qarashi, hatto


background image

International scientific journal

“Interpretation and researches”

Volume 1 issue 3 (49) | ISSN: 2181-4163 | Impact Factor: 8.2

62

muomala qilganida ham barobar ko‘rishi kerak. Farzandlar ota-onalariga yaxshilik
qilishlari, ularning so‘zlarini also yerda qoldirmasliklari shart [4]. Bunda ko‘rinadiki,
barcha farzandlarimizga bir ko‘z bilan qarash. Biriga televizor, telefon va shunga
o‘xshash

barcha

axborot

texnologiyalaridan

foydalanishda

imkoniyatini

berganimizda, boshqa farzandlarimizgayam bir xilda foydalanishlariga ruhsat berish
va vaqt masalasiga ahamiyatli bo‘lishimiz, muomala bilan tushuntirishimiz lozim.
Yuqoridagi fikrlarga ko‘ra, farzandlarimizga oilaviy qadriyatlar, ota-onaning roli,
shaxsiy na’munani ko‘rsatib qo‘ysak, kitobga mehr uyg‘otsak, axborot
texnologiyalarining foydali tomonlari va undan foydalanish vaqti, odobini tushuntira
olsak, farzandlarimiz kamoliga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

Xulosa

Axborot xavfsizligi – farzandni barkamol tarbiyalash jarayonida muhim

jihatlardan biridir. Bugungi tezkor axborot oqimida bolalarni zararli ma’lumotlardan
himoya qilish, ularda to‘g‘ri axborot madaniyatini shakllantirish va internetning
foydali jihatlaridan samarali foydalanishni o‘rgatish har bir ota-onaning asosiy
vazifasidir. Shu orqali biz sog‘lom, bilimli va axloqan barkamol avlodni
tarbiyalashimiz mumkin. Axborot xavfsizligini ta’minlash farzandlarning shaxs
sifatida shakllanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Zararli axborotdan himoyalangan bola
sog‘lom axloqiy qarashlarga ega bo‘ladi. Internetdagi xavflardan himoya qilingan
bolalar ruhiy jihatdan bardoshli va irodali bo‘ladi. To‘g‘ri yo‘naltirilgan axborot
resurslari bolalarning bilimini boyitadi, ijodkorlik va analitik fikrlash qobiliyatini
rivojlantiradi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1.

Tahirov B.N. “Axborot xavsizligi asoslari” o‘quv qo‘llanma. Bux 2022

2.

Bahronova M.O‘ “ Oilada farzandni barkamol qilib tarbiyalash yo‘llari”

SCINE SHINE International scientific journal 15.01.2025. 186-188 bet

3.

Masaru Ibuka “Uchgacha ayni vaqti ” Toshkent -Akademnashr, 2021-248 b.

4.

Usmonxon Alimov “Oilada farzand tarbiyasi” Toshkent- “Movarounnahr ”,

2014. 486 b.



Библиографические ссылки

Tahirov B.N. “Axborot xavsizligi asoslari” o‘quv qo‘llanma. Bux 2022

Bahronova M.O‘ “ Oilada farzandni barkamol qilib tarbiyalash yo‘llari” SCINE SHINE International scientific journal 15.01.2025. 186-188 bet

Masaru Ibuka “Uchgacha ayni vaqti ” Toshkent -Akademnashr, 2021-248 b.

Usmonxon Alimov “Oilada farzand tarbiyasi” Toshkent- “Movarounnahr ”, 2014. 486 b.